cleaned_text
stringlengths 1
200k
⌀ | category
stringclasses 7
values |
---|---|
Forbes nashri 2022 yil uchun dunyoning eng boy insonlari ro'yxatini e'lon qildi . Unga ko'ra, SpaceX va Tesla'ning asosiy aksiyadori Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan birinchi o'rinni egalladi. Shunday qilib, Ilon Mask ilk marta Forbes'ning yillik milliarderlar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni esa Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos 171 mlrd dollar bilan band etdi. Uning boyligi 2021 yildagidan 6 mlrd dollarga kamaygan. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arno esa 158 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o'rindan joy oldi. Uning boyligi 2021 yildagiga nisbatan 8 mlrd dollarga oshgan. Oldingi reytinglarda Top-10'talikda bo'lgan Facebook asoschisi Mark Sukerberg bu safar ushbu reytingga kirolmadi. Dunyoning eng yosh ayol milliarderi 25 yoshli Aleksandra Andresen bo'lib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Eng yosh erkak milliarder esa 19 yoshli Kevin David Lemann bo'ldi va uning boyligi 2,4 mlrd dollarga teng. Shuningdek, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ushbu ro'yxatda 167-o'ringa tushib ketdi (Rossiya bo'yicha 7-o'rin). Alisher Usmonovning boyligi bir yil ichida 18,4 mlrd dollardan 11,5 mlrd dollarga kamaygan. Uning boyligi kamayishiga asosiy sabab tadbirkor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan AQSh , Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragani bo'ldi. Bundan tashqari, Rossiyaning eng boy Top-15'taligiga kiruvchi barcha tadbirkorlarning boyligi kamaygan. Rus tadbirkorlari orasida Telegram asoschisi Pavel Durov eng kam yo'qotishga uchradi. Uning boyligi 2,1 mlrd dollarga kamaygan bo'lsa-da, u 15,1 mlrd dollar bilan Rossiya milliarderlari reytingida 3-o'ringa ko'tarildi. Urush, pandemiya va sustlashgan bozorlar bu yil dunyo milliarderlariga ziyon keltirdi, deyiladi Forbes nashri xabarida. Forbes'ning bu yilgi dunyoning eng boy odamlari reytingidan 2668 nafar milliarderlar joy oldi. Ushbu ko'rsatkich 2021 yilga nisbatan 87 nafarga kamaygan. Ularning umumiy boyligi esa 12,7 trln dollarni tashkil qildi, bu 2021 yilga nisbatan 400 mlrd dollarga pastroqdir. Eng keskin pasayish Rossiyada sodir bo'ldi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan mamlakatda milliarderlar soni o'tgan yilga nisbatan 34 taga kam bo'lgan. Shuningdek, Xitoy hukumati texnologiyaga qarshi keskin choralar ko'rgani sababli ro'yxatda 87 nafar xitoylik milliarder kamaydi. Shunday bo'lsa-da, yil davomida 236 nafar yangi milliarderlar paydo bo'ldi. Ular orasida 34 yoshli pop yulduzi Rihanna (1,7 mlrd dollar) ham bor. Fenty Beauty kosmetika liniyasi va Savage X Fenty ichki kiyim biznesidagi ulushlari uning Barbadosdagi birinchi milliarderga aylanishiga yordam bergan .Shu bilan birga, "Uzuklar hukmdori" kinotrilogiyasi rejissyori Piter Жексо н (1,5 mlrd dollar) 2021 yil noyabr oyida Weta raqamli film effektlari do'konidagi ulushini Unity Software kompaniyasiga 975 mln dollarga sotgani ortidan milliarderga aylandi. #1- Nyu-York, AQSh. Foto: RIA Novosti #2 — Pekin, Xitoy Foto: Olympics.com Foto: Reuters #4 — London, Buyuk Britaniya Foto: RIA Novosti Foto: Wikipedia Top-10'likdan shuningdek, Shenchjen (Xitoy), Moskva (Rossiya), Mumbay (Hindiston), San-Fransisko va Seul (Janubiy Koreya) shaharlari ham joy olgan. AQSh hamon dunyodagi eng ko'p milliarderga ega mamlakat bo'lib qolmoqda. Mamlakatdagi 735 milliarderning umumiy boyligi 4,7 trln dollarga teng. Xitoy (shu jumladan, Makao va Gonkong) ikkinchi o'rinni egallab turibdi, 607 milliarderning umumiy boyligi 2,3 trln dollarni tashkil qilgan. Reytingni tuzishda 2022 yil 11 martdan boshlab birja narxlari va valyuta kurslaridan foydalanilgan.
|
world
|
Ukraina Bucha ko'chalaridagi tinch aholining jasadlari mart oyining o'rtalarida, ya'ni rus qo'shinlari shahardan olib chiqilishidan oldin u yerda bo'lgan. The New York Times nashri jurnalistlari shunday xulosaga kelishdi. Amerika gazetasi ko'chalarda o'nlab tinch aholining jasadi topilgan Buchadan sun'iy yo'ldosh tasvirlarini e'lon qildi . Jurnalistlar Maxar Technologies tomonidan mart oyi o'rtalarida olingan suratlarni tahlil qilib, aholi uch haftadan ko'proq vaqt oldin, shahar hali ham Rossiya harbiylari nazorati ostida bo'lgan paytda o'ldirilgan, degan xulosaga kelishdi. Manba: Kievskiy Dvizh via Instagram / Maxar Technologies. Xususan, 9 dan 11 martgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Yablonskaya ko'chasidagi suratlarda uch hafta davomida o'z joyida qolgan kamida 11 ta o'lchamdagi odam tanasidek qora rangdagi obyektlar paydo bo'ldi. Ularning pozitsiyalari 2 aprel kuni Ukraina harbiylari tomonidan olingan videodagi odamlarning jasadlariniki bilan mos kelgan. The New York Times Yablonskayada olingan yana bir videoni sun'iy yo'ldosh tasvirlari bilan solishtirdi, unda uchta odamning jasadini ko'rish mumkin, ulardan biri velosiped yonida, ikkinchisi — tashlab ketilgan mashina yonida. Jurnalistlarning so'zlariga ko'ra, 20−21 mart kunlari ko'chada tashlab ketilgan mashinalar va yaqin-atrofdagi jasad paydo bo'lgan. Kiyev chekkasidagi Bucha shahrida tinch aholi qirg'in qilingani 2 aprel kuni, rossiyalik harbiylar olib chiqib ketilgandan so'ng ukrainalik harbiylar karvoni shaharga yetib kelganida ma'lum bo'ldi . Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mahalliy aholining o'limida rossiyalik askarlarni aybladi va halok bo'lgan aholining fotosuratlarini chop etdi. Rossiya Mudofaa vazirligi fotosuratlar va videolavhalarni «navbatdagi provokatsiya» va «G'arb OAVlari uchun sahnalashtirish» deb atadi va «posyolka Rossiya qurolli kuchlari nazorati ostida bo'lgan davrda birorta ham mahalliy aholi qanday zo'ravonlik harakatlaridan jabr ko'rmaganini aytdi». Vazirlik, shuningdek, 30 mart kuni rus bo'linmalari Buchadan butunlay chiqib ketganini ma'lum qildi.
|
world
|
12 aprel kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi bir nechta metro bekatlarida sodir etilgan otishmada kamida 13 kishi yaralangan, deb xabar berdi ABC NY. Hujum qilgan erkak qora tanli bo'lib, guvohlarning so'zlariga ko'ra, egnida gaz niqobi va to'q sariq rangli qurilish ishchisi kamzuli kiygan. Hozir politsiya uni qidirmoqda. To'rt qurbon Sanset-park 36t-ko'cha metro bekatida, yana biri Grinvud-Xaytsdagi 25-ko'cha bekatida topilgan. Taxminlarga ko'ra, otishma paytida tutun chiqarish moslamasi ishlatilgan.
|
world
|
12 aprel kuni kechqurun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati maxsus operatsiya natijasida Rossiya prezidentiga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchukni qo'lga olganini ma'lum qildi . Keyinroq davlat rahbari Rossiyaga asirga tushgan ukrainaliklarni Putinning qo'lga olingan oligarxga almashtirishni taklif qildi. "U 48 kun yashirindi. Va nihoyat u bizning davlatimizdan tashqariga qochishga harakat qilishga qaror qildi. Xo'sh, bu "kosmonavt" uchun — so'zning yomon ma'nosida — mashhur "Ketdik!" Ish bermadi", — dedi Zelenskiy. Uning fikricha, Medvedchukning yashirish maqsadida harbiy libosdan foydalangani "ayniqsa beadablik". Vladimir Zelenskiy Rossiyaga Medvedchukni ukrainalik asirlar bilan almashtirishni taklif qildi. "Rossiya Federatsiyasiga bu yigitingizni Rossiya asirligidagi yigit va qizlarimizga almashtirishni taklif qilaman. Bizning huquq-tartibot idoralari va harbiylar ham bunday imkoniyatni ko'rib chiqishlari olishi muhim", — dedi Zelenskiy. OAV "Putinning cho'qintirgan otasi" deb ataydigan Viktor Medvedchuk rossiyaparast "Muxolifat platformasi — Hayot uchun" partiyasini boshqargan. 2021 yil may oyida u davlatga xiyonat va terrorchi tashkilotga yordam berishda ayblangan. Xususan, Medvedchuk "DXR" va "LXR"ga ko'mir yetkazib berishni tashkil qilishda gumon qilingan. Siyosatchi uy qamog'iga olingan, keyinroq muddati uzaytirilgan. Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan bir necha kun oldin Medvedchuk uy qamog'idan qochadi, biroq mamlakatdan chiqib keta olmaydi. 20 mart kuni Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi qarori bilan Rossiya bilan aloqasi bo'lgan partiyalar, jumladan, "Hayot uchun muxolifat platformasi" faoliyati to'xtatildi.
|
world
|
12 aprel kuni kechqurun Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o'rtasida otishma yuz berdi, deb xabar berdi Asia-Plyus. Bobojon G'ofurov tumani raisi Zafarbek Davlatzodaning nashrga ma'lum qilishicha, ikki davlat chegarachilari uchrashuvidan so'ng otishma to'xtatilgan, vaziyat nazorat ostida va barqaror deb baholangan. «Radio Ozodi» radiosi o'z manbalariga tayanib, yaralangan 27 yoshli tojik chegarachisi haqida ma'lum qildi Tojikiston chegara qo'shinlari hozircha mojaroga rasman izoh bermagan. Qirg'iziston chegara xizmati tojik chegarachilari chegarani kesib o'tib, qirg'iz chegarachilariga qarata o't ochganini ma'lum qildi, deb yozadi 24.kg. «Tojikiston chegarachilari Qirg'iziston chegarasini chuqur kesib o'tishdi. Qirg'iziston Respublikasi harbiy xizmatchilari havoga ogohlantiruvchi o'q uzgan, biroq tojikistonliklar ularga qarata o'q uzgan», — deyiladi xabarda. Qirg'iziston tomonining ma'lum qilishicha , otishmada ikki kishi — tinch fuqaro va chegarachi yaralangan. Yarim tundan keyin tomonlar doimiy joylashtirish punktlariga qo'shimcha kuch va vositalarni olib chiqish va voqea joyida ikki davlat delegatsiyalarining uchrashuvini o'tkazishga kelishib oldilar .
|
world
|
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2020 yil iyun oyida karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to'ladi. Bu haqda BBC xabar berdi . Jarima 2020-yil 19-iyun kuni Dauning ko'chasida bosh vazirning tug'ilgan kuni sharafiga bo'lib o'tgan tadbir sababli chiqarildi. Jarima miqdori qancha bo'lganligiga aniqlik kiritilmagan, deya yozmoqda RBK. Boris Jonson Buyuk Britaniya tarixida qonunni buzganligi uchun jarimaga tortilgan amaldagi birinchi bosh vazirga aylandi. Jonson ushbu bazmni o'tkazganligi uchun kechirim so'ragan. "Fuqarolarni himoya qilish uchun men tomonimdan boshqariladigan hukumatning kiritgan qoidalariga o'zim rioya qilmaganligim uchun ko'pchilikning norozilik tuyg'ularini tushunib turibman", — dedi u. O'sha kun haqida gapirar ekan, Jonson "bu qoidalarni buzishi hayoliga ham kelmaganligini" ta'kidladi. Bosh vazirning so'zlariga ko'ra, Dauning ko'chasidagi "qisqa yig'ilish" o'n daqiqadan ko'proqqa cho'zilmagan. Shu bilan birga, politsiya ushbu tadbir koronavirusga qarshi qoidalarni buzganligini aniqlagan va Jonson "tergov natijalarini to'liq hurmat qilishini" bildirgan. Bosh vazirdan tashqari g'aznachilik kansleri Rishi Sunak va bosh vazirning rafiqasiga ham karantin choralarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Bosh vazirning rafiqasi Kerri Jonsonning matbuot kotibi u politsiya xulosalarini qabul qilganini va "so'zsiz kechirim so'rashini" aytdi. Kansler Sunak qarorni hurmat qilib, jarimani to'laganligini ma'lum qilgan. BBC ma'lumotlariga ko'ra, Jonson bilan bog'liq tadbirlarda karantin qoidalarining buzilganligi sababli jami 50 dan ortiq jarimalar yozilgan. Jumladan, shunday tadbirlardan biri, 2020 yil oxirida mamlakatda qat'iy karantin cheklovlari amal qilib turgan vaqtda bo'lib o'tgan Rojdestvo bazmi Buyuk Britaniya jamoatchiligi orasida katta noroziliklarga sabab bo'ldi. Unda Bosh vazir kanuyelyariyasi xodimlari ishtirok etgan, Jonsonning o'zi esa tadbirda qatnashmagan va bu bo'yicha tekshiruv o'tkazishini bildirgan. Britaniya jamoatchiligi, muxolifat partiyalar ushbu qoidabuzarlik ortidan kansler va bosh vazirni o'z lavozimini tark etishga chaqirdi, biroq ular buni rad etishdi.
|
world
|
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 11 mamlakatda 151 ta salmonellyoz holati bakteriya bilan zararlangan Belgiya shokoladini iste'mol qilish natijasida yuzaga kelganini aniqladi . Birinchi holatlar 27 mart kuni qayd etilgan edi. Tashkilotning qayd etishicha, zararlangan shokolad mahsulotlari kamida 113 mamlakatga tarqatilgan. Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi idoralari tarmog'i (INFOSAN) tomonidan 10 aprel kuni global yuqumli kasallik haqida ogohlantirish e'lon qilindi. Shu bilan birga, KKinder Surprise, Kinder Mini Eggs, Kinder Surprise Maxi va Kinder Schoko-Bons brendlari kabi mahsulotlarni qaytarib olish boshlandi, deb yozadi BMT matbuot xizmati. Tashkilot bayram kunlari shokolad mahsulotlari keng tarqalganini hisobga olib, boshqa mamlakatlarda ham bunday holatlar yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Infeksiyaning bundan keyin ham tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda, kasallikning og'irligi haqidagi ma'lumotlar hamon cheklangan, deyiladi xabarda. JSST aholiga umumiy oldini olish choralarini eslatmoqda: Ishlab chiqaruvchilardan salmonellyozning oldini olish uchun oziq-ovqat zanjirining barcha bosqichlarida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish va tayyorlash uchun ham savdo korxonalarida, ham uyda nazorat choralarini amalga oshirish talab qilinadi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligining «Gazeta.uz»ga ma'lum qilishicha, respublikada mahsulotlarni iste'mol qilgandan keyin salmonellyoz bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tahririyat so'roviga ko'ra, iste'molchilar tomonidan hech qanday shikoyat kelib tushmagani va shunga ko'ra, olib kirilayotgan partiyalarni tekshirish choralari ko'rilmaganini bildirdi.
|
world
|
Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o'rinbosari Edil Baysalov mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha tezkor shtabning navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi. Bu haqda 24.kg nashri ma'lum qildi . Unda Sog'liqni saqlash vazirligiga manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda 1 maydan boshlab Qirg'iziston fuqarolari va chet el fuqarolari uchun davlat chegarasining butun uzunligi bo'ylab, barcha turdagi transport vositalarida nazorat-o'tkazish punktlarini kesib o'tayotganda PZR testi manfiy yoki koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash sertifikati mavjudligi haqidagi majburiy talabni bekor qilish vazifasi topshirildi. Eslatib o'tamiz, 16 martdan boshlab O'zbekistonning Qozog'iston va Tojikiston bilan o'tkazish punktlari orqali fuqarolar harakatiga cheklovlar bekor qilindi. Emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega chet el fuqarolaridan O'zbekistonga kirishda PZR-test natijasi talab etilmaydi .
|
world
|
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish ikki kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan so'ng 28 aprelda Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi . Avval yozganimizdek, u Mariupoldan aholini evakuatsiya qilishda BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi ishtirokiga Rossiya roziligini olgan. Foto: president.gov.ua. Muzokaralar oldidan Antoniu Guterrish urush natijasida turar-joy massivlari va infratuzilmalari vayron bo'lgan Irpin, Bucha va Borodianka shaharlarida bo'lib , halok bo'lganlar va jarohatlanganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi. Irpindagi turar-joylardagi vayronagarchilikni ziyorat qilish. Foto: BMT matbuot xizmati. «Bu urush — XXI asrda absurddir. Urush — yovuzlik», — dedi BMT rahbari Borodiankada. Hozir Xalqaro jinoiy sud va BMTning boshqa mexanizmlari zarur ishlarni amalga oshirishi va adolatni ta'minlashi juda muhim, dedi u. Buchada urush va qotilliklar qurbonlarining yuzdan ortig'i dafn etilgan sobiq ommaviy qabr joyiga tashrif. «Ukraina xalqi bilishini istaymanki, dunyo sizni ko'rmoqda, eshitmoqda hamda sizning jasoratingiz va qat'iyatingizga qoyil qolmoqda», — dedi u Ukraina prezidenti bilan qo'shma matbuot anjumanida. «Birlashgan Millatlar Tashkiloti aniq pozitsiyani egallaydi, — dedi Antonio Guterrish. — Moskvada aytganimdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi davlatning hududiy yaxlitligi va BMT Nizomini buzishdir». U BMT Xavfsizlik Kengashi Ukrainadagi urushning oldini olish yoki to'xtatish uchun mavjud mexanizmlarni qo'llamaganini tan oldi. «Bu katta umidsizlik, qayg'u va g'azabga sabab bo'lmoqda», — dedi BMT rahbari. Shu paytgacha ko'plab yetakchilar tomonidan qilingan urushni to'xtatishga qaratilgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi, dedi Guterrish. Biroq BMT taslim bo'lish niyatida emas hamda keng ko'lamli sulh va tinch aholini olib chiqib ketish, yordam yetkazish uchun samarali gumanitar yo'laklarni yaratishga intilmoqda. BMT rahbari Kiyevga «Ukraina xalqini qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, hayotni saqlab qolish, azob-uqubatlarni yengillashtirish va tinchlik yo'lini topishga yordam berish» sa'y-harakatlariga e'tibor qaratish uchun kelganini ta'kidladi. BMT bosh kotibining aytishicha, BMTning boshqa ba'zi mamlakatlardagi keng ko'lamli gumanitar operatsiyalaridan farqli o'laroq, Ukrainaning o'z fuqarolarini qo'llab-quvvatlovchi samarali institutlari va hukumati mavjud hamda BMT barcha sa'y-harakatlarini ushbu tuzilmalar bilan muvofiqlashtiradi. «Bu biz amalga oshirgan eng tez rivojlanayotgan gumanitar operatsiyalardan biri, — dedi Guterrish. — Men tushunaman, hamma narsa ham mukammal emas va bugungi kunda qila oladigan barcha narsalar ehtiyojlar ko'lamidan yuqoriroq. Men sizni ishontirish uchun keldimki, biz bu sa'y-harakatlarni har bosqichda Ukraina hukumati bilan muvofiqlashtirib, kuchaytirishda davom etamiz». Uning so'zlariga ko'ra, BMT Ukrainadagi 3,4 mln kishiga favqulodda gumanitar yordam ko'rsatmoqda va avgust oyigacha bu ko'rsatkichni 8,7 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda. Tashkilot, shuningdek, mahalliy aholiga oyiga 100 mln dollar miqdorida naqd pul yordami beradi — 1,3 mln kishi uni may oyida oladi, avgustgacha 2 mln kishi, dedi u. «Eng pessimistik prognozlarga ko'ra, yil oxirigacha 25 mln ukrainalik gumanitar yordamga muhtoj bo'lishi mumkin, — deya ogohlantirdi Guterrish. — Umid qilamanki, bunday bo'lmaydi, lekin biz eng yomoniga tayyorlanishimiz kerak». Vladimir Zelenskiy Ukraina Mariupoldan odamlarni evakuatsiya qilish bo'yicha shoshilinch muzokaralarga tayyor ekanligini va BMT bosh kotibining ushbu missiyadagi ishtiroki samarali bo'lishiga umid qilishini ta'kidladi . U Antoniu Guterrishni Ukraina fuqarolarini Rossiyaga deportatsiya qilishni to'xtatish, majburan deportatsiya qilinganlar bilan uchrashish va ularni imkon qadar tezroq vataniga qaytarish uchun harakat qilishga chaqirdi. Vladimir Zelenskiy, shuningdek, agar bosib olingan hududlarda referendumlar o'tkazilsa, ular Ukraina va dunyo tomonidan tan olinmasligi hamda Ukraina va Rossiya o'rtasidagi ehtimoliy muzokaralarni murakkablashtirishini aytdi . «Men ishonamanki, kuch bilan qo'shib olish mumkin emas va u yoki bu hududlarimizni anneksiya qilishda muvaffaqiyat qozonmaydi», — dedi u. Matbuot anjumanidan ko'p o'tmay Kiyevga ikkita raketa zarbasi berildi. BMT o'z xabarida buni «Rossiya qo'shinlari [Kiyev] chekkasidan olib chiqib ketilganiga qaramay, urush hali tugamaganini eslatish» deb atadi .
|
world
|
So'nggi yillarda kriptoaktivlar va san'at sohasida NFT atamasi paydo bo'ldi. Ushbu atamani, ehtimol, kriptovalyutalar sohasidan yiroq bo'lgan insonlar ham eshitgan bo'lsa kerak. Shunday bo'lsa-da, ko'pchilik NFT nima ekanligi va uning qanday paydo bo'lgani haqida bilishmaydi. «Gazeta.uz» ushbu maqolada NFT haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim ma'lumotlarni to'plagan. «NFT» atamasi ingliz tilidan olingan abbreviatura bo'lib « Non Fungible Token », ya'ni «almashtirilmaydigan token» degan ma'noni anlatadi. NFT yagona nusxada mavjud bo'ladi . NFT — kriptovalyuta emas. Batafsilroq tushuntiradigan bo'lsak, NFT ko'rinishidagi tokenlar bo'linmaydi va o'ziga xos virtual birlik hisoblanadi. Ularni sotib olish, sotish, sovg'a qilish yoki yo'q qilish mumkin. Ya'ni NFT o'ziga xosligiga qarab, ma'lum bir qiymatga ega. NFT-tokenlar o'zida istalgan axborotni saqlashi mumkin, ya'ni bu rasm, gif-animatsiya, video, audio yoki boshqa shu kabi elementlar, jumladan, sportga aloqador kartochkalar, virtual o'yinlardagi turli xil elementlar ko'rinishida bo'ladi. Token o'zida muallif hamda unga egalik qiluvchi haqida ma'lumotni saqlaydi. Blokcheynda tokenning yaratilishidan boshlab, oxirgi sotilishi yoki yo'q qilinishigacha bo'lgan tarix qayd etiladi. Token — bu ba'zi aktivlardagi raqamli balansni ifodalash uchun mo'ljallangan kriptovalyuta bo'lmagan hisob birligi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli dunyoda «qimmatli qog'ozlar o'rnini bosuvchi» vosita hisoblanadi. Biron-bir kriptovalyutani, aytaylik Bitkoynni qismlarga, ya'ni satoshilarga ajratib bo'lsa, NFT tokenni qismlarga ajratib bo'lmaydi va u to'liqligicha ma'lum qiymatga teng bo'ladi. Misol uchun, agar oddiy bir valyutani, masalan so'mni biz o'z qiymatiga teng boshqa bir valyuta bilan almashtira olamiz, lekin biror rassom chizgan suratni tasavvur qiling, uni qismlarga ajratib bo'lmaydi — NFT ham xuddi shunday, bunday tokenlar ham ijod mahsuli. NFT raqamli hamyonlarda (crypto wallet), aynan kim unga egalik qilsa shu insonning hamyonida saqlanadi. Muallifda esa faqat mualliflik huquqi qoladi. NFT tokenning aslligini va uning egasini tokenning kodidan bilib olish mumkin. Boshqa foydalanuvchilar esa uning nusxasini ko'chirib olishlari mumkin, ammo nusxasi hech qanday qiymatga ega bo'lmaydi, tokenni faqat haqiqiy egasi sotishi mumkin. Birinchi navbatda odamlar bunda pul ishlab olish imkoniyatini ko'rishmoqda. Shuningdek, NFT-tokenlarni sotib olish orqali odamlar o'zlari yoqtirgan, hurmat qilgan ijodkorni moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlash imkoniga ega bo'lishadi. Shu bilan bir qatorda, foydalanuvchilar ulardan ko'pincha ijtimoiy tarmoqlarda asosiy surat (avatarka) o'rnida foydalanishadi. NFT-tokenlar virtual o'yinlarda ham mavjud bo'lib, ular o'yindagi qurol, qahramon yoki obraz ko'rinishida sotiladi. Shuningdek, misol uchun, siz mashhur suratning raqamlashtirilgan versiyasining virtual maydondagi to'laqonli egasi yoki hammuallifi bo'lishingiz ham mumkin. Bitim tuzilganidan so'ng, tokenda rasmga egalik qilish huquqi qo'lga kiritiladi, ushbu ma'lumot esa barcha foydalanuvchilarga ko'rinadi. Shuning uchun ushbu raqamli sertifikat san'at asariga egalik qilish huquqi ma'lum bir shaxsga berilganligini ko'rsatib turadi. NFT ustida ilk tajribalar 2013−2014 yillarda boshlangan bo'lsa-da (Bitcoin blokcheyn tizimida), ma'lumotlarga ko'ra bunday turdagi tokenlarni hozirgidek yo'l bilan sotish va egalik qilish imkonini beradigan smart-kontraktlar (Ethereum blokcheyn tizimida) 2017 yilda yaratilgan. NFT sohasida birinchi bo'lib faoliyat yurita boshlagan platforma Pepe nomli qurbaqa tasvirlangan memlarni o'z ichiga olgan Rare Pepe Directory loyihasi bo'ldi. Ulardan keyin esa 2017 yilda NFT kriptopanklar paydo bo'lgan. Garchi ushbu turdagi tokenlarni chiqargan NFT CryptoPunks loyihasini bu sohaga birinchi bo'lib kirib kelishganini ta'kidlashsa-da, TJ nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ular Rare Pepe`dan keyin paydo bo'lishgan. Foto: Qurbaqa Pepe tasvirlangan memlar / Vice.com 2018 yilda Rare Digital Art Festival auksionida Gomer Simpson ko'rinishidagi pepe-mem 38 ming dollarga sotilgan. Ammo ko'pchilik ilk haqiqiy NFT token sifatida kriptopanklarni tan olishgan. Ushbu tokenlar 24×24 o'lchamiga ega 10 mingta o'ziga xos, bir-biridan farq qiladigan personajlar tasvirlaridan iborat. Foto: Kriptopanklar / larvalabs.com Eng qizig'i, dastlab kriptopanklarni kripto-hamyonida Ethereum kriptovalyutasi bo'lgan har bir foydalanuvchi bepul qo'lga kiritishlari mumkin bo'lgan. Xohlovchilar unchalik ko'p bo'lmagan, ammo keyinchalik kriptopanklar haqida Mashable nashri yozgach — hammasi o'zgardi. Birdaniga kriptopanklarni qo'lga kirita boshlashdi va Ethereum evaziga sotish avjiga chiqdi. Asta-sekin personajlarning (ya'ni token maqomiga ega kriptopank-qahramonlar) narxi ko'tarila boshladi, bunday tokenlar 10 Ethereum qiymatigacha (o'sha paytda 3 ming dollarga teng), keyinchalik esa kamida 35 ming dollarga teng qiymatga teng baholana boshladi. 2020−2021 yillarga kelib kriptopanklarni bu narxdan arzonroqqa sotib olib bo'lmasdi. Personaj qanchalik noyob hisoblansa, u shunchalik qimmat bo'ladi. Kriptopanklarni turli maqsadlarga ko'ra sotib olishardi: kimdir ijtimoiy tarmoqlarda «avatarkasini» o'ziga o'xshash personaj tasviriga almashtirish uchun sotib olsa, yana kimdir biroz vaqt kutib yanada qimmatroqqa sotish uchun xarid qilishardi. Token turlari juda tez fursatlarda ko'paya boshladi. 2017 yilda Dapper Labs kompaniyasi CryptoKitties (kriptomushuklar) kriptoplatformasini yo'lga qo'ydi. Bu turdagi tokenlar NFT olamidagi eng mashhur tokenlar hisoblanishadi. Ushbu turdagi NFT-tokenlar o'yin ichidagi mushuklar ko'rinishida bo'lib, ularni qo'lga kiritgan foydalanuvchi ikkita mushukni chatishtirishi va ularning avlodini sotib foyda ko'rishi mumkin. Mushuk-personajlarning modifikatsiyasi qanchalik noyob bo'lsa, ular shunchalik qimmat hisoblanadi. Misol uchun, noyob kriptomushuklarning narxi 500 ETH (Ethereum), ya'ni maqola yozilayotgan paytda salkam 1 mln 64 ming dollar turadi. Aslida bu kabi misollarning ko'pini keltirish mumkin, ammo NFT-token sifatida sotilgan obyektlar orasida Beeple nomi ostida ijod qiluvchi rassom Mayk Vinkelmanning muvaffaqiyati alohida o'ringa ega. Beeple 14 yil davomida har kuni bittadan rasm yaratib kelgan. Natijada u barcha rasmlarini qo'shib, «EVERYDAYS: THE FIRST 5000 DAYS» nomli NFT-tokenini yaratadi . Ushbu token esa 2021 yil mart oyida Christie's auksionida 69,3 mln AQSh dollariga sotildi! Foto: Christie's Images / Beeple NFT-token ko'rinishida nafaqat suratlar yoki memlar, shuningdek, musiqalar ham sotilgan. 3LAU nomi ostida ijod qiluvchi didjey o'z albomini NFT-token ko'rinishida sotgan ilk musiqachi bo'ldi . U o'z albomini cheklangan tirajda sotib, $11,6 mln ishlab olishga muvaffavaq bo'ldi. Raqamli (digital) obyektlarni yig'ish aslida jismoniy ko'rinishga ega rasmlarni, haykaltaroshlik va musiqiy asarlarni kolleksiya qilish bilan bir xil. Ha, kimdir bu asarning nusxasiga egalik qilishi mumkin, lekin asl nusxasi sizda bo'ladi — NFT-token esa buning isboti.
|
world
|
29 aprel kuni Kobuldagi Xalifa Sohib so'fiy masjidida portlash sodir bo'lib, kamida 10 kishi halok bo'ldi, 15 kishi og'ir yaralandi, deya xabar bermoqda BMT axborot xizmati. Qurbonlar soni haqidagi taxminlar bir-biriga zid. Mahalliy kasalxonalar yaradorlar va halok bo'lganlar soni o'zgarib borayotgani haqida xabar berishmoqda, Reuters masjid imomiga tayanib, 50 dan ortiq o'lim holati haqida ma'lum qildi . Portlash masjidni vayron qilgan va namoz vaqtida binoning tomi qulab tushgan. BMT Afg'oniston provinsiyalari va Kobulda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida tinch aholiga qarshi uyushtirilgan seriyali qonli hujumlarni keskin qoraladi. «Muborak Ramazon oyining so'nggi juma kuni sodir bo'lgan portlash hali ham doimiy xavf va zo'ravonlik ostida qolayotgan Afg'oniston xalqi uchun navbatdagi og'riqli zarba bo'ldi», — dedi BMTning Afg'onistondagi gumanitar masalalar bo'yicha koordinatori Ramiz Alakbarov. BMTning Afg'onistonga ko'maklashish bo'yicha missiyasining (UNAMA) bayon qilishicha, Kobul, Qunduz va Mozori-Sharifda sodir bo'lgan so'nggi paytlardagi portlash hazora, shia va so'fiy qatlamni nishonga olgan ko'rinadi. Bundan oldin, payshanba kuni Balxdagi Mozori Sharifda ikkita yo'lovchi mikroavtobusi portlatib yuborilgan, natijada 9 kishi halok bo'lgan va kamida 15 kishi jarohatlangan edi. O'tgan juma kuni Qunduzdagi masjidda 33 kishi halok bo'lgan. 19 aprel kuni Kobulning shia mahallasidagi o'g'il bolalar maktablarida portlashlar sodir bo'ldi . «Hujum… inson hayoti va diniy qadriyatlarni butunlay mensimaydi. Ibodatxonaga qarshi qilingan bu jirkanch harakatni qoralash uchun kuchli so'zlarning o'zi yo'q», — deya izoh berdi BMT Bosh kotibining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili o'rinbosari Mette Knudsen. U Afg'onistonda tinch aholi, etnik va diniy qatlamga qarshi davom etayotgan hujumlar tashvishli tendensiya ekanini ta'kidlab, xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlarining buzilishini zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi.
|
world
|
Tojikistonning Tog'li Badaxshon avtonom viloyatining Xorug' shahrida 14 may kuni bir necha yuzlab aholi norozilik namoyishi o'tkazib, viloyat rahbari Alisher Mirzonabot va Xorug' hokimi Rizo Nazarzodaning iste'fosini talab qildi. Shuningdek, ular Xorug'dagi barcha nazorat-o'tkazish punktlarini olib tashlash va Badaxshon aholisiga nisbatan ta'qiblarni to'xtatishni talab qilishgan. Bundan tashqari, namoyishchilar Gulbiddin Ziyobekov (u 2021 yilning noyabrida xavfsizlik kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operatsiya chog'ida o'ldirilgan) o'limida aybdorlarni javobgarlikka tortishni, Amriddin Alovatshoyev, Chorshanbe Chorshanbiyev va boshqa noyabrdagi namoyishlardan keyin hibsga olingan viloyat aholisini ozod qilishni talab qilishdi. Namoyishchilar, agar talablari bajarilmasa, yana norozilik yig'ilishlariga chiqishini aytishgan. Viloyat prokuraturasi miting tashkilotchilariga nisbatan terrorchilik ishi qo'zg'atishini aytib, tahdid qilgan, deya xabar beradi «Bomdod» nashri viloyat prokurori Parviz Orifzodning mahalliy televideniyedagi chiqishiga tayanib. Departament vakili bu mitingni «Barxorug'» (Yuqori Xorug') mikrorayonining «norasmiy rahbari» Mamadbokir Mamadbokirov, Muhiddin Kabiriy va Alim Sherzamonovlar tomonidan mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida uyushtirilgan «noqonuniy aksiya» deb atadi. Prokuratura rasmiylar bu harakatlarni terrorizm deb bilishini va ularga tegishli javob berishini aytdi. Orifzodaning qayd etishicha, Mamadbokirov va uning tarafdorlari yangi norozilik namoyishlarini uyushtirishga harakat qilsalar, rasmiylar terrorchilik harakati sifatida bu urinishlarni qattiq bostirishadi. Sudlar Amriddin Alovatshoyevni 18 yilga, MMA jangchisi Chorshanbe Chorshanbiyevni esa 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilganidan keyin Tog'li Badaxshondagi vaziyat so'nggi kunlarda yomonlashdi. Rasmiylar iste'foga chiqish masalasini ko'rib chiqishdan bosh tortdilar, shu sababli 16 may kuni mahalliy yoshlarning katta guruhi viloyat hokimligi tomon yo'l oldi. Chinoq shahri yaqinida ularni Tojikiston huquq-tartibot idoralari xodimlari kutib oldi, deya xabar beradi mahalliy OAV. Tog'li Badaxshon muxtor viloyatining huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarga qarshi rezina o'q va ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan . Bir necha jabrlanganlar borligi haqida xabar berilgan.
|
world
|
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 16 may kuni Elizabet Bornni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi va unga yangi hukumat tuzishni buyurdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle. Shu kuni bunga qadar Fransiya yetakchisi bosh vazir Jan Kasteksning butun boshli Vazirlar Mahkamasi bilan birga iste'fosini qabul qilgandi. Elizabet Born Fransiya tarixidagi hukumatni boshqargan ikkinchi ayol bo'ldi. Unga qadar 1991−1992 yillarda bosh vazir kursisini Edit Kresson egallagandi. Elizabet Bunga qadar u Mehnat, bandlik va integratsiya vazirligini boshqargan, ungacha esa ekologiya, transport va uy-joy vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Emmanuel Makron aprelda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida g'oliblikni qo'lga kiritgandi. Elizabet Born 2017 yildan beri Makronning «Olg'a, respublika» partiyasi a'zosi hisoblanadi. Jan Kasteks i Emmanuel Makron. Emmanuel Macron / Twitter. Sobiq hukumatning iste'fosi va yangi bosh vazir tayinlanishi prezident qayta saylanganidan uch hafta o'tgach sodir bo'ldi. «Jan Kasteks, uning hukumati va jamoasiga rahmat. Deyarli ikki yil davomida u Fransiyaga ehtiros va sadoqat bilan xizmat qildi. Keling, qilingan ishlar va birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida erishilgan natijalar bilan faxrlanaylik», — deb yozdi Makron o'zining Twitter`dagi sahifasida va Fransiya xalqi manfaati uchun yangi bosh vazir bilan birgalikda tinimsiz ishlash niyatini bildirdi.
|
world
|
Iroqning Kuruk, Saladin, Vosit va Basra provinsiyalari hamda mamlakatning boshqa hududlari 16 may kuni kuchli qum bo'ronidan aziyat chekdi, deb xabar berdi Iraqi News Agency. Sariq-to'q sariq rangli qum va changdan iborat quyuq bulut poytaxt Bag'dodni qamrab oldi. Mamlakat rasmiylari maktablar, universitetlar, davlat idoralari va aeroportlarni yopishga majbur bo'ldi. Mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi bo'ron oqibatida 4000 ga yaqin nafas qisishi holati qayd etilganini ma'lum qildi. Bu Iroqda aprel oyining o'rtalaridan beri sodir bo'layotgan sakkizinchi qum va chang bo'roni bo'lib, unga iqlim o'zgarishi natijasida tuproq degradatsiyasi, yog'ingarchilikning kamayishi va kuchli qurg'oqchilik sabab bo'ldi, deb yozmoqda AlArabiya. Dajla va Furot o'rtasida joylashgan Iroq daryolar oqimining kamayishi, o'rmonlarning yo'qolishi va tuproq degradatsiyasi tufayli iqlim o'zgarishi hamda cho'llanish oqibatlari oldidagi eng zaif davlatlar qatoriga kiradi. Aprel oyida Iroq Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi vakili mamlakatni kelgusi yigirma yil davomida yiliga «272 changli kun» kutib turishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb yozmoqda France24. 5 may kuni Iroqda ro'y bergan avvalgi bo'ron paytida bir kishi halok bo'lgan, 5 mingga yaqin aholi nafas olish tizimidagi muammolar bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
|
world
|
2−5 iyun kunlari Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi sharafiga paradlar va tantanalar o'tkazilmoqda. 96 yoshli qirolicha Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan va eng keksa monarx hisoblanadi. 1952 yil 6 fevralda, otasi qirol Jorj VI vafot etgan kuni Yelizaveta qirolicha deb e'lon qilindi. 2015 yilda u katta buvisi qirolicha Viktoriyaning hukmronlik rekordini yangiladi . Yelizaveta, shuningdek, dunyodagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan va eng keksa davlat rahbaridir. Qirolichaning turmush o'rtog'i shahzoda Filipp 2021 yil aprelida 99 yoshida vafot etdi . 2 iyun kuni bayram London markazida Trooping the Colour harbiy paradi bilan boshlandi. Bukingem saroyi balkonida qirolicha Yelizaveta II, valiahd shahzoda Charlz, uning rafiqasi Kamilla va qirollik oilasining boshqa a'zolari minglab yig'ilganlarni kutib oldilar va Qirollik havo kuchlarining parvozini tomosha qilishdi. Foto: Hannah McKay / Reuters Qirollik uyi piyoda qo'riqchilari qo'shinlari 2 iyun kuni Trooping the Colour paradida harakatlanmoqda. Foto: Richard Pohle / Pool via Reuters Foto: Matt Dunham / Pool via Reuters Odamlar qirolicha Yelizavetaning Trooping the Colour paradidan keyin Buyuk Britaniya havo kuchlarining maxsus paradini tomosha qilish uchun Bukingem saroyi balkonida paydo bo'lganini kuzatishmoqda. Foto: Aaron Chown / Pool via Reuters Foto: Richard Pohle / Pool via Reuters. 2 iyun oqshomida Buyuk Britaniya shaharlari osmonini mushakbozlik bezatdi. Vindzor qal'asi ustidagi mushakbozlik, 2 iyun. Foto: Peter Nicholls / Reuters Bukingem saroyi fasadida qirolicha Yelizaveta suratining proyeksiyasi. Foto: Phil Noble / Reuters Qirolicha Yelizaveta Vindzor qal'asidagi asosiy yubiley mayoqning yoqilishini boshqarmoqda. Foto: Steve Parsons / Pool via Reuters Blekpul shahridagi Blekpul minorasi ustidagi mushakbozliklar, Lankashir, Angliya. Foto: Molly Darlington / Reuters Platina yubileyini nishonlash paytida yoritilgan Enniskillen qal'asining ko'rinishi, Shimoliy Irlandiya, 2 iyun. Foto: Clodagh Kilcoyne / Reuters
|
world
|
Tojikiston-Qirg'iziston chegarasidagi Vorux jamoati hududida otishma sodir bo'ldi, deb xabar berdi «Aziya-Plyus» nashri. Qayd etilishicha, Tojikiston tomonidan 1 nafar chegarachi tan jarohati olgan. «Chegarachining ahvoli o'rtacha og'ir deb baholanmoqda. U shifoxonaga yetkazilgan, shifokorlar unga zarur tibbiy yordam ko'rsatmoqda», — degan nashr manbasi. Manbaga ko'ra, ayni damda tojik-qirg'iz chegarasida vaziyat barqaror, biroq keskinlik saqlanib qolmoqda. Qirg'iziston OAVlari Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Chegara xizmati matbuot markaziga tayanib, ikki kishi yaralangani haqida xabar bermoqda. «Otishma tugadi, har ikki tomondan yaradorlar bor. Ikki qirg'iz harbiysi yaralangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yaradorlardan birining ahvoli og'ir, ikkinchisining jarohati o'rtacha», deb yozadi 24.kg nashri. Nashrning keyinchalik to'ldirishicha, chegara xizmati ikkinchi askar jarohatlangani haqidagi xabarni rad etmoqda. «Chegara xizmati direktorining birinchi o'rinbosari Marat Maralbayevning so'zlariga ko'ra, harbiy xizmatchi o'q jarohati olgan. Biroq chegarachi aynan qayerda va qanday holatda yaralanganiga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Marat Maralbayev Sog'liqni saqlash vazirligining ikkinchi chegarachi jarohat olgani haqidagi ma'lumotini rad etdi. Uning so'zlariga ko'ra, harbiy xizmatchi harbiy yuklarni ko'tarayotganda bel va boshidan jarohat olgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda», deyiladi qirg'iz nashri ma'lumotida. Qirg'iziston-Tojikiston chegarasidagi otishma bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida sodir bo'lgani aytilmoqda. Yuz bergan hodisada ikki tomon bir-birlarini ayblashyapti. Qirg'izistonning 24.kg nashri yozishicha, «Qirg'iziston chegara xizmati qo'shni respublika harbiy xizmatchilarini aniqladi. Ular shartli chiziq chegara chizig'ini noqonuniy kesib o'tib, Qirg'iziston hududiga kirishgan. Hududni tark etish talablarini e'tiborsiz qoldirgan tojik chegarachilari qirg'iz harbiylariga qarata o't ochgan. Ikki davlat harbiylari o'rtasida otishma bo'lib, tojik tomoni minomyotlardan foydalangan». «Aziya-Plyus» nashrining Vorux jamoatidagi manbasiga ko'ra, «otishma qirg'iz chegarachilari tojik chegarachilari nazorati ostidagi hududga o'tib, tojik chegarachilarining hududni tark etish haqidagi talablarini e'tiborsiz qoldirganidan keyin boshlangan». Eslatib o'tamiz, ikki davlat chegarasida bu kabi otishma yil boshidan beri doimiy kuzatilmoqda. Masalan, 27 yanvar kuni kechqurun Tojikiston va Qirg'iziston chegarasida og'ir o'qotar qurollar qo'llangan holda qurolli to'qnashuv sodir bo'ldi . Qirg'iziston tomonidan 11 harbiy yaralandi. Tojikiston tomonida qurbonlar bo'lgandi — mahalliy aholi va tez yordam haydovchisi. Yana to'rt nafar tinch aholi va olti nafar harbiy jarohatlangandi. Bundan tashqari, 10 mart kuni soat 10:00 larda Tojikistonning Qirg'iziston bilan chegaradagi Isfara tumani Chorkuh mahallasida ikki davlat chegarachilari o'rtasida otishma sodir bo'ldi . Otishma 10 daqiqa davom etgandi. Buning oqibatida Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo'ldi, ikki nafari yaralandi. Shuningdek, 12 aprel kuni kechqurun Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o'rtasida yana otishma sodir bo'lgandi . Tojikiston tomoni bir kishi, qirg'izistonliklar ikki nafar yarador haqida xabar bergandi.
|
world
|
24 fevralda rus qo'shinlari bostirib kirganidan buyon Ukraina xalqi yuz kunlik urushni boshidan o'tkazdi. 14 mln ukrainalik uyini tashlab ketdi, 3 mln bola maktablarda o'qishni to'xtatishga majbur bo'ldi, 15,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni doimiy ravishda o'sib bormoqda. Bu haqda BMTning Ukrainadagi inqiroz koordinatori va BMT bosh kotibi yordamchisi Amin Avadaning 3 iyundagi xabarida aytiladi. «Ukrainaga bostirib kirish uning hududiy yaxlitligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini buzishdir», — dedi Amin Avada. «Bu urush odamlarga tuzatib bo'lmaydigan zarar yetkazdi va odamlar hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi. Bu urushda g'olib bo'lmagan va bo'lmaydi ham», — dedi va urushni zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi. «Oilalar va jamoalar vayron bo'ldi va ildizlaridan mahrum qilindi. Uch oydan sal ko'proq vaqt ichida 14 mlnga yaqin ukrainalik uylarini tark etishga majbur bo'ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar. Bu miqyos va harakat tezligi tarixda ko'rilmagan», — dedi BMT vakili. Xarkovdagi otishmalar natijasidagi vayronagarchiliklar. Foto: YUNICYeF. Uning so'zlariga ko'ra, 3 mlndan ortiq bolalarning ta'limi to'xtatilgan, yuz minglab odamlar suv va elektr energiyasidan mahrum, millionlab odamlar ertangi kun uchun oziq-ovqatni qayerdan olishlarini bilmaydilar. 100 kundan keyin urush, ayniqsa, mamlakat sharqida susaygani yo'q", — dedi Amin Avada. Uning ta'kidlashicha, vayron bo'lgan infratuzilmalar sababli millionlab tinch aholi hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Urush oylarida BMT Ukrainadagi 8 mlnga yaqin aholiga, jumladan, sharqdagi qamalda qolgan shaharlarga zudlik bilan gumanitar yordam ko'rsatdi. BMT Xavfsizlik kengashining 2 iyun kuni bo'lib o'tgan yig'ilishida xalqaro huquq normalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqildi. Xalqaro sud raisi Joan Donoxyu Xavfsizlik Kengashi a'zolariga sud o'zining 76 yillik faoliyati davomida tinch aholining tan jarohati olishi va urushlar paytida halokatga uchrashi bilan bog'liq ko'plab nizolarni ko'rib chiqqanini aytdi. Shu bilan birga, u eng jiddiy vahshiyliklarning hammasi ham xalqaro adliya organi yurisdiksiyasiga kirmasligini ta'kidladi. Joan Donoxyuning tushuntirishicha, agar har ikki tomon o'z yurisdiksiyasini qabul qilsa, Xalqaro sud da'volarni va har qanday qarshi da'volarni ko'rib chiqishi mumkin. U davlatlar yurisdiksiyasi uchun asos sifatida boshqa holatlardan: genotsid (Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to'g'risidagi konvensiya — tahr.) yoki irqiy kamsitish (Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarini yo'q qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiya — tahr.) to'g'risidagi aniq xalqaro konvensiyalarning yakuniy qoidalarini misol qilib keltirdi. «Bugun, qurolli mojarolar va ommaviy vahshiyliklar dunyoning turli burchaklarida vayronagarchiliklarni keltirib chiqarishda davom etar ekan, men fursatdan foydalanib, a'zo davlatlarga sud faqat a'zo davlatlar unga vakolat bergan darajada javobgarlikka tortish mumkinligini eslataman» , — dedi Xalqaro sud raisi. U Insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to'g'risidagi konvensiyani ishlab chiqishga chaqirdi. BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Mishel Bachelet ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqdi. «Insoniyatga qarshi jinoyatlar to'g'risidagi konvensiyani qabul qilish xalqaro huquqda mustahkamlangan ba'zi asosiy majburiyatlarni buzganlikda aybdor bo'lgan barchani javobgarlikka tortishning bir yo'li bo'ladi», — dedi Joan Donoxyu. BMT axborot xizmati xabariga ko'ra, Oksford universitetining xalqaro ommaviy huquq professori Dapo Akande bu chaqiriqni qo'llab-quvvatladi. Bunday konvensiyaning qabul qilinishi insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun genotsid va urush jinoyatlari bilan bog'liq hujjatlarda ko'rsatilganlarga teng jazo vositalarini taqdim etadi, deb hisoblaydi huquqshunos. Dapo Akandening ta'kidlashicha, agressiya kabi xalqaro jinoyat ham ko'pincha e'tiborga olinmaydi. «Barcha xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlik bo'yicha me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash uchun davlatlar Xalqaro jinoiy sud ushbu xalqaro jinoyat ustidan yurisdiksiyani amalga oshirishi uchun Agressiyaga oid tuzatishlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqishi kerak», — deya Dapo Akande so'zlarini keltirgan BMT axborot xizmati. Xalqaro sud BMTning oltita asosiy organlaridan biridir. U davlatlar o'rtasidagi nizolarni hal qiluvchi universal xarakterdagi yagona xalqaro sud organidir. Xalqaro jinoiy sud mustaqil, doimiy sud organidir. Sudning yurisdiksiyasi genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari bilan cheklangan. Agressiya jinoyatlari to'g'risidagi Rim statutiga kiritilgan tuzatishlar 2018 yilda kuchga kirdi, biroq hamma davlatlar ham ularni ratifikatsiya qilmagan.
|
world
|
Tojikistonning Tog'li Badaxshon avtonom viloyatida (TBAV) uyushgan terrorchilik guruhlari faoliyati to'liq to'xtatildi, deb xabar berdi Tojikistonning «Xovar» axborot agentligi xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash bo'yicha idoralararo shtabga tayanib. Eslatib o'tamiz, 14 may kuni TBAV aholisi norozilik aksiyasiga chiqib, viloyat rahbarining iste'fosini, Xorug'dagi barcha nazorat-o'tkazish punktlarini olib tashlash va Badaxshon aholisiga nisbatan ta'qiblarni to'xtatishni talab qilgan edi. Norozilik namoyishlari oldidan faol Amriddin Alovatshoyev va MMA jangchisi Chorshanbe Chorshanbiyevga nisbatan sud hukmlari chiqarildi. «May oyining oxirida Xorug' shahri va Rushon tumanida sodir bo'lgan voqealar oldindan rejalashtirilgan bo'lib, ichki va tashqi manfaatdor tomonlar mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini beqarorlashtirish va fuqarolar tinchligini buzishga harakat qilishgan», — deyiladi shtab matbuot markazi xabarida. «Xorug', Rushon va Roshtqal'a tumanlaridagi uyushgan jinoiy guruh rahbarlari o'ta og'ir jinoyat sodir etganliklari uchun bir necha bor hukumat tomonidan amnistiyaga uchragan, biroq ular tegishli xulosa chiqarmay, jirkanch harakatlarini davom ettirgan», — deyiladi xabarda. «Xovar» xabariga ko'ra, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida «uyushgan jinoiy guruhning barcha 12 nafar yetakchisi qo'lga olingan». Maxsus operatsiya davomida jami 220 kishi qo'lga olindi, 53 kishiga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi, qurolli qarshilik ko'rsatgan 16 kishi «zararsizlantirildi», deyiladi shtab xabarida. May oyida BMTning ozchiliklar masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Fernan de Varenn Tojikistonni TBAVdagi Pomir ozchilik vakillariga nisbatan repressiyalarni to'xtatishga chaqirdi . U norozilik namoyishlariga, jumladan hibsga olishlar, haddan tashqari va noqonuniy kuch ishlatish hamda 18 may kuni aksilterror amaliyoti doirasida norozilik namoyishlarini bostirish uchun harbiylar yuborilishi kabi hukumatning «qattiq javobi»dan xavotir bildirdi. Tog'li Badaxshon avtonom viloyatidagi keskin vaziyat xavfsizlik kuchlari tomonidan pomirlikning o'ldirilishi keng ko'lamli noroziliklarga sabab bo'lgan o'tgan yilning noyabrida vujudga kelgan edi, deya qayd etadi BMT axborot xizmati. 2021 yil 25 noyabr kuni yosh pomirlik Gulbiddin Ziyobekov Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan qiynoqqa solingan va o'ldirilgani aytiladi. O'sha kuni TBAV poytaxti Xorug'da odamlar, jumladan, maktab o'quvchilari ham o'ldirilishidan norozilik namoyishi o'tkazdi. BMT axborot xizmati hukumat qo'shinlari namoyishchilarga qarata o't ochgani, ikki namoyishchini o'ldirgani va 17 nafarini yaralagani, o'nlab odamlar esa qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar bermoqda.
|
world
|
«Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratovga tegishli bo'lgan Nobel mukofoti AQShda o'tkazilgan kimoshdi savdolarida 103,5 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion tashkilotchisi Heritage Auction xabar berdi . Boshlang'ich narxi 700 ming dollarlik lot bir necha daqiqada 16,6 mln dollarga ko'tarildi. Shundan so'ng, auksion tashkilotchisi narxni 103,5 mln dollargacha ko'tarishni taklif qildi va xaridorlardan biri bunga rozi bo'ldi. Mablag'lar ukrainalik qochqinlar va bolalarning oilalariga yordam berish maqsadida YUNISEFga beriladi. «Biz bugun qo'lga kiritgan barcha pullarni Ukrainadan qochqinlar va ularning farzandlari bor bo'lgan — Polsha, Rossiya, Germaniya, Moldova, Sloveniya Vengriya mamlakatlariga mablag'lar yetib borishiga va'da bergan YUNISEFga o'tkazib beramiz», — dedi Muratov auksiondagi nutqida. «Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov 2021 yilning oktabrida tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritgandi . O'shanda Nobel qo'mitasi uning demokratiya va tinchlikning asosiy sharti bo'lmish so'z erkinligini himoya qilishdagi sa'y-harakatlarini e'tirof etgandi.
|
world
|
Chorshanba mahalliy vaqt bilan soat 00:54 da Afg'oniston poytaxti Kobul janubidagi Xost shahri yaqinida kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda . Afg'onistonning Baxtar axborot agentligining yozishicha , Paktika viloyatining Naki, Zirok, Barmal va Gayan tumanlarida sodir bo'lgan zilzila oqibatida kamida 280 kishi halok bo'lgan, 600 dan ortiq kishi esa jarohat olgan. Rasmiylarning aytishicha, falokatda jabrlanganlarni shifoxonalarga evakuatsiya qilish uchun vertolyotlar va tez yordam mashinalari hududlarga yetib borgan. Zilzila ikki viloyatda bir nechta turar-joy binolarini vayron qilgan, qurbonlar soni ortishi mumkin. AQSh Geologiya xizmati ma'lumotiga ko'ra, erta tongda 6,1 balli zilzila taxminan 51 km chuqurlikda sodir bo'lgan. Germaniya Geologiya tadqiqot markazi esa zilzila 10 km chuqurlikda yuzaga kelganini aytmoqda . Yevropa O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila Afg'oniston, Pokiston va Hindistonning 500 km dan ko'proq qismida sezilgan. Afg'onistonda yuz bergan zilzila kuchi O'zbekistonda ham sezildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko'ra , Zilzila Surxandaryo viloyatida ko'proq sezildi — 3 ball. Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 balldan sezildi.
|
world
|
Innovatsiyalar rivojlangani sayin texnologiyalar ham yangi darajaga ko'tarilmoqda. Bunga, albatta, dunyoda sodir bo'layotgan global va mahalliy miqyosdagi hodisalar, raqobat va boshqa omillar ham sabab bo'lmoqda. Pandemiyadan keyin ham hayotimiz birmuncha o'zgardi. «Tinkoff Jurnal» aynan ushbu o'zgarishlar, 2022 yil va undan keyingi yillarda kutilayotgan trendlar ro'yxatini e'lon qildi . «Gazeta.uz» ushbu trendlar haqidagi ma'lumotlarni sizning e'tiboringizga havola etadi. Blokcheyn. 2021 yilda blokcheyn bozorining umumiy hajmi 4,93 mlrd dollar deya baholangan . 2028 yilgacha bu ko'rsatkich 227,99 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda. Xo'sh, blokcheyn o'zi nima? Blokcheyn — bloklarning uzluksiz zanjiri bo'lib, ularda barcha shartnomalar haqidagi ma'lumotlar saqlanadi. Blokcheynga bo'lgan qiziqish kriptovalyutalar bilan birga ortdi. An'anaviy ma'lumotlar bazalaridan farqli o'laroq, bu ma'lumotlarni o'zgartirish yoki o'chirish mumkin emas, faqat qo'shish mumkin. Blokcheyn hozirda nafaqat moliya sohasida, balki shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash, identifikatsiya, marketing va kompyuter o'yinlari sohalarida ham keng qo'llanilmoqda. Blokcheyn bozorining yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 72,9%. Bozordagi eng yirik vakillar: Coinbase, Block, DocuSign Inc. Metaborliq. Bu internet rivojlanishining navbatdagi bosqichi, insonlar texnologiyalar yordamida o'zaro va turli raqamli predmetlar bilan munosabat qiladigan virtual-interaktiv makon. Oldinroq metaborliq va uning kelib chiqishi haqida batafsil ma'lumot bergan edik . Metaborliq bozorining hajmi 2021 yilda 63,83 mlrd dollarni tashkil etdi . 2022 yilda u 100,27 mlrd dollarni, 2029 yilga kelib esa taxminan 1 trln 527,55 mlrd dollarni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Metaborliq bozorining yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 47,6%. Bozordagi eng yirik vakillar: Meta (Facebook), Unity Software, Roblox Corp. Narsalar interneti (IoT). Narsalar interneti — Internet of Things (IoT) — bu inson aralashuvisiz vazifalarni bajarishga imkon beradigan bir-biriga bog'langan qurilmalar dunyosi. Narsalar interneti sohasiga misol qilib, aqlli uylar (smart house), smartfonlar, qahva qaynatgichlar, muzlatgichlar, svetofor tizimlari, salomatlik monitoringi texnologiyalari kabilarni va bularning barchasini qo'llash texnologiyalarini keltirish mumkin. Bozor hajmi 2021 yilda 384,7 mlrd dollarga baholangan . 2022 yilda u 478,36 mlrd dollargacha, 2029 yilga kelib esa 2 trln 465,26 mlrd dollargacha o'sishi prognoz qilinmoqda. IoT bozorining yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 26,4%. Bozordagi eng yirik vakillar: Cisco, Qualcomm, Zebra Technologies Corp . Telemeditsina. Bu tibbiy xizmatlarini, birinchi navbatda, ko'riklar va konsultatsiyalarni masofadan turib ko'rsatishdir. Texnologiya xarajatlarni kamaytirish, tibbiy yordam samaradorligi va chekka hududlarni ham sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish imkonini beradi. Pandemiya davrida bunga bo'lgan talabning oshishi ushbu sohaning kelgusidagi rivojiga, e'tiborning kuchayishiga olib keldi. Teletibbiyot bozorining hajmi 2021 yilda 70,4 mlrd dollarga baholangan. 2022 yilda 91,2 mlrd, 2030 yilda esa 431,82 mlrdga yetishi prognoz qilinmoqda. Telemeditsina bozorining yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 25,9%. Bozordagi eng yirik vakillar: DexCom Inc , Teladoc Health Inc , Change Healthcare Inc . Kvant hisob-kitoblar. Bu qanday soha? Ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlash uchun kvant mexanikasi tamoyillari qo'llaniladi. Bu zamonaviy superkompyuterlar qodir bo'lganidan trillion marta ko'proq hisoblash quvvatiga erishish imkonini beradi. Mana shu vazifa kvant hisob-kitoblar sohasining maqsadi hisoblanadi. Ushbu bozor 2021 yilda 487,4 mln dollarga baholangan va 2030 yilga kelib 3,73 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Kvant hisob-kitoblar bozorining yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 25,4%. Bozordagi eng yirik vakillar: Microsoft Corp, IBM, Intel Corp. 3D-bosma. So'nggi yillarda ushbu texnologiya ishlab chiqarishga faol tatbiq etilmoqda. Pandemiya davrida, yetkazib berish zanjirlari buzilganida, 3D-bosmadan foydalangan holda ko'plab qismlarni joyida ishlab chiqarish qo'shimcha chora bo'ldi. Bu texnologiya, ayniqsa, oziq-ovqat sanoatiga shiddat bilan kirib kelmoqda. Spagettidan to pitssagacha tayyorlaydigan 3D-printerlar paydo bo'ldi . 2021 yilda hattoki go'shtni bosib chiqaradigan 3D-printerlar asosida yangi ko'rinishdagi mol go'shtini yetishtirib, bozorga chiqaradigan bir nechta startaplarga ham asos solindi . 3D-printerlar bozori hajmi 2021 yilda 12,6 mlrd dollarga baholangan . 2026 yilga borib 34,8 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Bozordagi yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 22,5%. 3D-printerlar bozoridagi eng yirik vakillar: 3D Systems Corp , Desktop Metal , Autodesk . Sun'iy idrok (SI). AI (artificial intelligence — sun'iy idrok) — turli vazifalarni bajarish uchun inson xatti-harakatlariga taqlid qila oladigan tizimdir. U ko'plab sohalarda: robototexnika, raqamli yordam, nutq egasini tanish, uchuvchisiz transport vositalari va shu kabilarda qo'llaniladi. 2021 yilda SI global bozorining hajmi 328,34 mlrd dollarga baholandi . Bozor hajmi 2022 yilda 387,45 mlrd dollarga, 2029 yilgacha esa 1 trln 394,3 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Bozordagi yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 20,1%. SI bozoridagi eng yirik vakillar: NVIDIA , Amazon , Alphabet Class C (Google) . Kiberxavfsizlik. Yuqoridagi texnologiyalar rivojlanishda davom etar ekan, kiberxavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj ham o'z-o'zidan oshib boraveradi. Kiberxavsizlik — tarmoq, ma'lumot va shaxsiy ma'lumotlarni kibermakondagi hujumlardan himoya qilish sohasi hisoblanadi. Kiberxavfsizlik texnologiyalari SI, mashinalarni o'rganish va narsalar interneti kabi sohalari bilan chambarchas bog'liq. 2021 yilda kiberxavfsizlik bozori 132,94 mlrd dollarga baholandi. Prognozlarga ko'ra, bu ko'rsatkich 2022 yilda 155,83 mlrd, 2029 yilga kelib 376,32 mld dollarni tashkil etadi. Bozordagi yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi — 13,4%. Kiberxavfsizlik bozoridagi eng yirik vakillar: Fortinet Inc , Crowdstrike Holdings Inc, Check Point Software Technologies .
|
world
|
12 iyul kuni NASA dunyodagi eng kuchli kosmik teleskopi James Webb («Jeyms Uebb») tomonidan koinotdan olingan birinchi to'liq rangli suratlarni taqdim etdi . Bu orbital teleskop tomonidan infraqizil diapazonda to'plangan ilmiy ma'lumotlar uzatilishining boshlanishidir. Koinot teleskopi 2021 yilda ishga tushirilgan bo'lib, loyihani tayyorlash uchun 25 yil vaqt va 10 mlrd dollar sarflandi. Hozirda teleskop Yerdan 1,5 mln km uzoqlikdagi Lagranj nuqtasi L2 (Quyosh-Yer sistemasidagi tortishish kuchlari bir-birini muvozanatlab turadigan va kichik obyektlar qolishi mumkin bo'lgan besh nuqtadan biri) «turib turibdi». «Jeyms Uebb» tasvirlarining dastlabki beshtasida koinotning turli qismlari hayratlanarli darajada batafsil aks etgan. NASA ularga teleskop qanday ishlashi haqida tafsilotlarni ilova qilgan holda ularga chiroyli tavsiflar berib chiqqan. Mazkur peysaj — Karina yulduz turkumidagi NGC 3324 emissiya tumanligining yirik gaz pufakchasining chekkasi bo'lib, u qizg'in yulduz shakllanishi jarayonini boshdan kechirmoqda. Ko'rinishidan uch o'lchamli bo'lib ko'ringan rasm «Kosmik qoyalar» deb nomlanadi — va oydin oqshomdagi qoyali tog'larga o'xshaydi. Tasvirdagi eng baland «cho'qqilar» taxminan 7 yorug'lik yili (yorug'lik yili — yorug'likning yulian taqvimi bo'yicha bir yil (365,25 kun) davomida vakuumda o'tadigan masofasi va 9,46 trln km ga teng). NGC 3324 tumanligining o'zi Yerdan taxminan 7600 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan bo'lib, uni janubiy yarimsharda Karina yulduz turkumi tarkibida kuzatish mumkin. Yulduz paydo bo'lishining eng erta va eng tez fazalarini tasvirga olish qiyin, biroq «Uebb»ning o'ta sezgirligi, fazoviy o'lchamlari va vizualizatsiya imkoniyatlari ushbu murakkab hodisalar xronikasini yuritishi mumkin, deya qayd etdi NASA. Qora tuynuk evolyutsiyasi Ushbu rasmda 1877 yilda astronomlar tomonidan kashf etilgan Pegas yulduz turkumidagi beshta vizual qo'shni galaktikalar guruhi bo'lgan Stiven kvinteti aks etgan. Rasm 150 milliondan ortiq pikselni o'z ichiga oladi va 1000 ga yaqin fayldan birlashtirilgan. Garchi ular «beshlik» deb atalsa-da, faqat to'rtta galaktika bir-biriga juda yaqin va o'zaro bog'langan. Beshinchi, eng chap tomondagi galaktika qolgan to'rttasiga nisbatan oldinroq turadi. Undan Yergacha bo'lgan masofa «atigi» 40 mln yorug'lik yili, qolgan to'rtta galaktika esa taxminan 290 mln yorug'lik yili masofasida joylashgan. Tasvirda — millionlab yosh yulduzlarning yorqin jamlanmalari hamda yangi tug'ilgan yulduzlarning yulduz hosil qiluvchi hududlari ko'rinib turibdi. Gravitatsion o'zaro ta'sirlar tufayli bir nechta galaktikalarning gaz, chang va yulduzlarning keng dumlari uzayib turibdi. Guruhdagi eng yuqori galaktika — NGC 7319 — vazni Quyoshnikidan 24 mln marta katta bo'lgan faol galaktika yadrosini, supermassali qora tuynukni o'z ichiga oladi. U materiyani faol ravishda o'ziga tortadi va 40 mlrd quyoshga teng yorug'lik energiyasini chiqaradi. Galaktikalarning yaqinligi astronomlarga ular orasidagi qo'shilish va o'zaro ta'sirni kuzatish imkoniyatini beradi, deb ta'kidlaydi NASA. Olimlar kamdan-kam holatlarda o'zaro ta'sir qiluvchi galaktikalar qanday qilib bir-birida yulduz hosil bo'lishini va bu galaktikalarda gazning qanday qo'zg'alishi jarayonini bunchalik batafsil ko'rishadi. Stefan kvinteti — barcha galaktika jarayonlari uchun fundamental bo'lgan tadqiqotlar uchun «ajoyib laboratoriya"dir. Olimlar supermassali qora tuynuklarning oziqlanish va o'sish tezligini tushunishga umid qilishmoqda. «Uebb» bortidagi ikkita kamera Janubiy Rim deb nomlanuvchi NGC 3132 sayyora tumanligini suratga oldi. Chapdagi tasvir infraqizilga yaqin, o'ngdagi tasvir o'rta diapazonda. Janubiy halqa Yerdan taxminan 2500 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Gaz va chang bulutlari o'layotgan yulduz tomonidan chiqariladi. Ular ming yillar davomida tumanlik markazidagi juftlikning xiraroq yulduzi tomonidan chiqarilgan. «Uebb»ning infraqizil datchiklari tufayli tasvirlar birinchi marta yulduzning changli parda bilan qoplanganini ko'rsatdi. «Planetar tumanliklar o'n minglab yillar davomida mavjud bo'lgani sababli, tumanlik ortini tomosha qilish xuddi nihoyatda sekinlashtirilgan filmni tomosha qilish bilan barobar. Yulduz chiqargan har bir qobiq tadqiqotchilarga undagi gaz va changni aniq o'lchash imkoniyatini beradi», deyiladi tasvir tavsifida. Webb quyoshga o'xshash olis yulduzlar atrofida aylanib yuruvchi issiq gazli gigant sayyoralar atmosferasida suvning aniq izlari, bulutlar va tuman mavjudligini qayd etdi. WASP-96 b — Somon yo'lidagi (bizning Quyosh va Yerni o'z ichiga olgan galaktika) 5000 dan ortiq tasdiqlangan ekzosayyoralardan biri. Ushbu ekzosayyora Yerdan 1150 yorug'lik yili uzoqlikda Feniks janubiy yulduz turkumida joylashgan. Quyosh tizimida bu sayyoraning o'xshashlari yo'q. Spektrografiya usuli atmosferadagi suv bug'ining miqdori va haroratini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu rasmni 11 iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden namoyish etdi . Bu koinotning hozirgi kungacha olingan eng chuqur va eng aniq infraqizil tasviridir, deya ma'lum qildi NASA. Uni olish uchun «Jeyms Vebb» 12,5 soat davomida turli to'lqin uzunlikdagi to'lqinlarda uzoq galaktikalarning yorug'ligini to'plashi kerak edi. SMACS 0723 galaktikalar jamlanmasi minglab obyektlardan iborat — ularning yorug'ligi milliardlab yillar davomida Yerga yetib kelgan. Hozirda ushbu galaktikalar yer yuzidagi tomoshabin oldida juda yosh — Katta portlashdan bir mlrd yil o'tgach paydo bo'ladi. «Uebb biz hatto to'g'ri so'ray olmaydigan savollarga — koinotimiz va undagi o'rnimizni yaxshiroq tushunishimizga yordam beradigan savollarga javob topishga ko'maklashadi», — deya NASA ma'muri Bill Nelsonning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC. Teleskop tomonidan olingan ushbu kalibrlangan surat 11 iyul kuni chop etilgan. NASA buni infraqizil nurda osmonning eng chuqur tasviri deb atadi. Uni olish uchun 32 soat kerak bo'ldi. Tasvirda yorqin yulduzlarning oltitalik uzun aniq ajralib turgan difraksion qirralari (nurlari) «Jeyms Uebb» teleskop oynasining olti burchakli segmentlarining ta'siri hisoblanadi. Yulduzlar ortidagi yorug' dog'lar — minglab xira galaktikalar deyarli butun fonni to'ldirib turibdi. Teleskop oynasi diametri 6,5 metrni tashkil qiladi. Oyna 18 ta tilla suvi yuritilgan olti burchakli yoziluvchi segmentlardan iborat. Teleskopda to'rtta ilmiy uskuna mavjud: yaqin infraqizil diapazonli kamera (NIRCam), yaqin infraqizil diapazonli spektrograf (NIRSpec), o'rta infraqizil diapazon uskuna (MIRI) va yaqin infraqizil teplovizor va yupqa ishora sensorli nursiz spektrograf. Foto: NASA, ESA ( Yevropa kosmik agentligi ), CSA ( Kanada kosmik agentligi ) va STScI (К осмик teleskop yordamida koinotni tadqiq qilish instituti ).
|
world
|
Shri-Lankadagi iqtisodiy inqirozlar tufayli 9 iyul kuni sodir bo'lgan ommaviy noroziliklar fonida mamlakat prezidenti Gotabaya Rajapaksa 13 iyul kuni iste'foga chiqishini e'lon qildi. BBC nashri Shri-lanka rahbari xotini va qo'riqchilari hamrohligida An-32 harbiy samolyotiga o'tirgani va Maldiv orollariga qarab yo'l olgani haqida xabar berdi . Shanba kuni olomon prezident qarorgohiga bostirib kirganidan so'ng, uning qayerda ekanligi noma'lumligicha qolayotgandi. Namoyishchilar davlat rahbari hamda bosh vazir Ranil Vikramasingxening iste'fosini talab qilishgandi. BBC manbalari prezidentning ukasi, sobiq moliya vaziri Bazil Rajapaksa ham mamlakatdan chiqib ketganini ma'lum qildi. Mamlakat parlamenti yangi prezidentni 20 iyul kuni saylashni rejalashtirmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga ko'ra, davlat yetakchisi iste'foga chiqsa, uning vakolatlarini vaqtincha bosh vazir amalga oshirishi shart. Bosh vazir parlamentda prezidentning o'rinbosari hisoblanadi. Biroq, BBC`ning qayd etishicha, Ranil Vikramasingxe ham taniqli bo'lmagan siyosatchilar qatorida. 9 iyul kuni namoyishchilar uning shaxsiy qarorgohini ham yoqib yuborishdi. U birlik hukumatiga yo'l ochish uchun iste'foga chiqishini ma'lum qildi, lekin aniq sanasini aytmadi. Shri-Lanka 1948 yilda Buyuk Britaniya nazorati ostidan chiqqandan beri og'ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda yoqilg'i, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan, deya ta'kidladi BBC. O'tgan haftada hukumat mamlakatda asosiy vazifalarni bajarishdan tashqari bo'lgan barcha transport vositalariga yoqilg'i sotishni taqiqlab qo'ydi. Gap avtobuslar va poyezdlar, qolaversa, favqulodda holatlarga tegishli avtomobillar haqida ketmoqda. Mamlakatda maktablar yopilgan, rakni davolash va boshqa tibbiy muolajalarni o'tkazish to'xtab qolgan, ko'plab oilalarni esa qiyinchilik bilan bir kunda bir mahal ovqatlanishga qurbi yetadi. Shuningdek, benzin, dizel yoqilg'isi, oziq-ovqat va dori-darmonlarni o'z ichiga olgan zarur tovarlarning keskin yetishmovchiligi mavjud. Hukumat ularni chet yelga sotib ololmaydi, chunki u valyuta tugamoqda, deb yozmoqda nashr. Samarasiz davlat siyosati va koronavirus pandemiyasining ta'siri tufayli mamlakatning turizmdan keladigan daromadlari keskin kamayib ketgan. May oyida Shri-Lanka o'zining tarixida ilk bor davlat qarshi bo'yicha defoltni e'lon qildi, mamlakat suveren obligatsiyalarning foizini — 78 mln dollarni o'z vaqtida to'lay olmadi.
|
world
|
Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov davlat va munitsipal ta'lim tashkilotlari rahbarlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Tanlov markazlashtirilgan asosda Ta'lim va fan vazirligining Ta'lim sifati va axborot texnologiyalarini baholash milliy markazi tomonidan o'tkaziladi. Tanlov g'oliblari ushbu lavozimga besh yil muddatga tayinlanadi. Shundan so'ng ular boshqa nomzodlar qatori umumiy asosda tanlovdan o'tish huquqiga ega bo'ladi. Farmon qabul qilinishi bilan besh yildan ortiq ishlagan barcha maktab rahbarlari ishdan bo'shatilgan hisoblanadi va yangi rahbar tayinlangunga qadar o'z vakolatlarini vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin bo'ladi. «Maktab faoliyatining natijasi direktorga bog'liq. Yangi mexanizm yetarlicha sodda, tushunarli bo'lib, insoniy va korrupsion omil va xavflarni istisno qiladi. Direktor lavozimiga da'vogar tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar to'plamini mustaqil ravishda Ta'lim vazirligining saytiga yuklaydi», — deya xabar qildi ta'lim va fan vaziri o'rinbosari Nodira Jusupbekova «Kabar» axborot agentligida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida. Hujjatlar to'plami ko'rib chiqilgach, ishtirokchilar kompyuter testlariga kiritiladi. Test natijalari tugagandan so'ng darhol e'lon qilinadi.
|
world
|
Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumatga Rossiya bozorini tark etgan xorijiy kompaniyalarning Qozog'istonga ko'chirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha topshiriq berdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri. «Deyarli 1400 ta yirik xorijiy kompaniyadan har ikkitasi o'z faoliyatini to'xtatdi yoki Rossiya bozorini butunlay tark etdi. Hukumat ularning Qozog'istonga ko'chirilishi uchun qulay sharoit yaratishi kerak. Bu bizga o'rta va yuqori qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun yaxshi imkoniyatlar beradi», — dedi davlat rahbari hukumatning kengaytirilgan yig'ilishida. Qasim-Jomart Toqayev hukumatga ishlab chiqarish sanoatida investitsiya loyihalari jamg'armasini tayyorlash va potensial investorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish bo'yicha bergan topshirig'ini eslatdi. «Ushbu ish hozircha yig'ilish va uchrashuvlar rejimida olib borilmoqda. Aniq natijalarga kelsak, hali maqtanadigan narsa yo'q. Yangi loyihalar deyarli yo'q. Yana bir bor ta'kidlaymanki, loyihalar birinchi navbatda hududlarda, joylarda amalga oshirilmoqda. Shu bois, ularni jalb qilish va yakuniy natijaga erishish bo'yicha hokimlardan talab vazirliklarda bo'lgani kabi bo'ladi», — deya ta'kidladi prezident.
|
world
|
14 avgust kuni Armanistonning Yerevan shahrida joylashgan «Surmalu» ulgurji-chakana bozorida yirik portlash sodir bo'ldi. Buning natijasida 6 kishi halok bo'ldi. Bu haqda mamlakatning FVV ma'lumotlariga asoslangan holda «Novosti-Armeniya» agentligi xabar berdi . Jabrlanganlar soni 60 dan ortiq, bedarak yo'qolganlar esa 17 kishi, deya tahmin qilinmoqda. Mamlakat FVV 911 hizmatiga kelib tushgan qo'ng'iroqlar asosida ularning ro'yxatini taqdim etdi. Aniqlanishicha, portlash pirotexnika vositalari saqlanadigan omborxonada yuz bergan. Portlash natijasida yong'in kelib chiqqan va binolarga jiddiy shikast yetgan. Yong'inni bartaraf etish bilan FVV boshlig'i Armen Pambuxchyan shug'ullangan. Armaniston tergov qo'mitasi tomonidan «Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida odam o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga olib kelish» hamda «Portlovchi, tez alangalanuvchi va yonuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, jo'natish qoidalarini buzish oqibatida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish, odam o'limiga va boshqa og'ir oqibatlar olib kelish» kabi moddalar bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari borilmoqda.
|
world
|
Qozog'iston energetika vaziri Bolat Akchulakov Qozog'istonning sentabr oyidan Rossiyani chetlab o'tib, yiliga 1,5 mln tonna neft tashish niyati haqidagi ma'lumotni rad etdi. Bu haqda Energetika vazirligi rahbari juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. «Men ham bu xabarni o'qidim. Aslida, men neftni tashish bo'yicha hech qanday shartnoma imzolaymiz, deb o'ylamayman. Bunday masalalar, ehtimol, texnik jihatdan milliy kompaniyalar darajasida ko'rib chiqiladi, muhokama qilinadi, chunki vazifa shunday. Lekin biz hali sentabr oyida neft jo'natish bo'yicha shartnoma imzolash haqida gapirmayapmiz. 1,5 mln tonnalik ko'rsatkichga kelsak, bunday hajm eksport yo'nalishi bilan bog'liq muammomizni hal qiladi, deb o'ylash juda kulgili», — dedi Bolat Akchulakov. Uning so'zlariga ko'ra, KQK (Kaspiy quvurlari konsorsiumi) quvuri faoliyati to'xtatilgan vaqtda Qozog'iston Tengiz-Batumi temir yo'li orqali neftni tashigan. Shu bilan birga, vazir kompaniyalar Energetika vazirligidan mustaqil ravishda o'z aksiyadorlari darajasida shartnomalar imzolashi mumkinligini tasdiqladi, lekin yer, qarz olish, quvurlarni qurish maydoni va boshqa masalalarni kelishib olishlari zarur. Bolat Akchulakovning ta'kidlashicha, KQK masalasini siyosiylashtirishga hojat yo'q, chunki u yerda yuzaga kelgan muammolar texnik xususiyatga ega. Bugungi kunning asosiy vazifasi KQK hajmlarini saqlab qolishdir, dedi u. «Albatta, biz muqobil yo'llar haqida o'ylashimiz kerak, chunki 2024 yildan keyin hozirgi 85 mln tonnamizdan 100 mln tonnadan ko'proq ishlab chiqarish kutilmoqda. Agar biz hozir Qashag'on [koni] uchun Faza-2 bo'yicha kelishib olsak, yana 15 mln tonna neft paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun biz ushbu hajmlarni qanday taqsimlash haqida o'ylashimiz kerak. Hozircha bizda ko'p imkoniyatlar yo'q. Xitoy orqali va Kaspiy dengizi orqali yo'nalish bor. Turkmaniston va Eron orqali potensial yo'llar mavjud. Ammo hozircha Eron orqali o'tish real emas, chunki bu davlat sanksiyalar ostida», — dedi Energetika vazirligi rahbari. Keyinchalik u KQKga to'liq muqobil yo'qligini qo'shimcha qildi. Reuters agentligi avvalroq Qozog'istonning «KazMunayGaz» davlat neft kompaniyasi Ozarbayjonning SOCAR davlat kompaniyasi bilan ozarbayjon neft quvurlari orqali Turkiyaning O'rta yer dengizi bo'yidagi Jayhan portiga yiliga 1,5 mln tonna neft yetkazib berish bo'yicha dastlabki muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Yakuniy shartnoma avgust oyi oxirida imzolanishi, bir oydan keyin esa Boku-Tbilisi-Jayhan (BTC) neft quvuri orqali oqim boshlanishi aytilgandi. Iyul oyida Rossiya sudi atrof-muhitni buzganlik uchun KQKni yopish bilan tahdid qildi, natijada Qozog'iston hukumati va yirik xorijiy ishlab chiqaruvchilarni ehtiyot chorasi sifatida boshqa kompaniyalar bilan shartnoma tuzishga kirishdi. Shundan so'ng Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev «KazMunayGaz»ga neft eksporti uchun Transkaspiy yo'nalishidan foydalanishni, jumladan, Tengiz loyihasi investorlarini jalb qilgan holda ishlab chiqishni topshirdi .
|
world
|
Milliarder Alisher Usmonovga tegishli «Metalloinvest» holdingi 2022 yilning yanvarida Moskva shahrining Vorobev shossesida joylashgan Safisa restoranini «Vi Holding» prezidenti Vitaliy Mashchitskiydan sotib olgan edi. Oradan 7 oy muddat o'tgach, u qayta sotuvga qo'yilgan. Spot.uz nashrining xabar berishicha , restoranning yangi egalari «PVS i IAM» asoschilari, biznesmenlar Vachagan Petrosov (70%) va Azik Ilishayev (30%) bo'ldi. Mazkur banket zal 2005 yilda Cherkizovskiy bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov tomonidan qurilgan. Moskvadagi eng mashhur banket zallaridan biri 3000 dan ortiq tadbirlarga mezbonlik qilgan, unda 100 dan ortiq yulduz san'atkorlar chiqish qilgan. Billur qandillar, marmar pollar va zarhal zinapoyalarga ega ikki qavatli qasrda siyosiy bayramlar nishonlanadi va Forbes ro'yxatidagi milliarder oilalarning bazmlari o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, Alisher Usmonov Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlari sababli boshqa rossiyalik milliarderlar qatorida G'arb sanksiyalariga duch kelgan edi. Forbes nashri tadbirkor o'z asosiy e'tiborini o'z vatani — O'zbekistonga qaratmoqda, deya xabar bergan.
|
world
|
24 avgust, chorshanba kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi poyezd va Chaplino vokzaliga raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi yig'ilishidagi videoaloqa orqali so'zlagan nutqida ma'lum qildi. Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, u ushbu ma'lumotni murojaat bilan chiqmoqchi bo'lib turgan vaqtida olgan. «Hozir to'rtta yengil avtomobil yonmoqda. Hozircha kamida 15 kishi halok bo'lgan, 50 ga yaqin kishi jarohatlangan. Qutqaruvchilar ishlamoqda. Ammo, afsuski, o'lganlar soni yana ortishi mumkin», — dedi Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi yig'ilishida. Keyinroq prezident devoni rahbari o'rinbosari Kirill Timoshenko stansiya va turar-joy sektoriga raketa hujumi qurbonlarining umumiy soni 25 kishini tashkil qilganini bildirdi . Ulardan ikki nafari bolalar — 11 yoshli bola uy vayronalari ostida, 6 yoshli bola esa temir yo'l vokzaliga yaqin joyda vagondagi yong'in natijasida halok bo'lgan. Unga ko'ra, 31 kishi jarohat olgan. Rossiya Mudofaa vazirligi 25 avgust kuni tushdan keyin Chaplinoga qilingan hujumga izoh berdi. «"Iskander" raketasining Dnepropetrovsk viloyatidagi Chaplino temir yo'l vokzalidagi harbiy eshelonga to'g'ri urilgani natijasida Donbasdagi jangovar hududga yo'l olgan Ukraina Qurolli Kuchlarining zaxiradagi 200 dan ortiq harbiy xizmatchisi va 10 ta harbiy texnika yo'q qilindi», — deya xabar beradi RIA Novosti Mudofaa vazirligi hisobotiga tayanib.
|
world
|
13 sentabrga o'tar kechasi Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashdi. «Tunda Armaniston qurolli kuchlarining sabotaj guruhlari tog'li yerlar va daralardan foydalangan holda Ozarbayjon armiyasi bo'linmalari pozitsiyalari va ta'minot yo'llari o'rtasidagi turli yo'nalishlarda minalash ishlarini amalga oshirgan», deya xabar bermoqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi. Ozarbayjon harbiylari minalarni zararsizlantirishga uringanida, to'qnashuv sodir bo'ldi, dedi vazirlik. «Basarkecher, Istisu, Garakils va Goris aholi punktlari yo'nalishida joylashtirilgan Armaniston qurolli kuchlari bo'linmalari turli qurollardan, jumladan, minomyotlardan, Ozarbayjon qo'shinlarining ayrim pozitsiyalari, boshpanalari va Dashkesan, Qalbajar va Lochin viloyatlari hududidagi istehkomlarini intensiv o'qqa tutdi. Natijada shaxsiy tarkibda yo'qotishlar bo'ldi, harbiy infratuzilmaga zarar yetkazildi», — deyiladi xabarda. Harbiy tahdidlarning oldini olish va ushbu sohada infratuzilma ishlariga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, shu jumladan fuqarolik ishchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida Ozarbayjon armiyasi Armaniston qurolli kuchlarining o'q otish nuqtalarini bostirish va kengayishining oldini olish uchun «kuchli javob choralarini» ko'rdi. «Sabotaj operatsiyalarida ishtirok etayotgan Armaniston qurolli kuchlarining ishchi kuchi va harbiy texnikasida yo'qotishlar bor», — dedi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi. Agentlikning ta'kidlashicha, sodir bo'lgan voqea uchun barcha javobgarlik «Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasida». Armaniston Mudofaa vazirligi o'z bayonotini xuddi shu vaqtda e'lon qildi . «Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo'linmalari artilleriya, minomyot va [uchuvchisiz uchish apparatlari] yordamida Armaniston-Ozarbayjon chegarasining bir nechta uchastkalarida joylashgan arman pozitsiyalariga birdaniga kuchli o't ochdi. Xususan, Sotk, Vardenis, Goris, Kapan, Artanish va Ishxanasar yo'nalishida joylashgan pozitsiyalar nishonga olindi. Fuqarolik infratuzilma obyektlari ham o'qqa tutilmoqda», — dedi vazirlik. Armaniston Mudofaa vazirligi ularning harbiylari «o'zlariga yuklatilgan jangovar topshiriqlarni bajarayotganini» ma'lum qildi. «Ozarbayjon Mudofaa vazirligining o'qqa tutilishi Armaniston tomonidan boshlangani haqidagi bayonotlari mutlaqo yolg'ondir. Qolaversa, harbiy-siyosiy rahbariyat ushbu provokatsiya uchun ma'lumot bazasini tayyorlab qo'ygan, buni armanlarning go'yoki o'qqa tutgani haqidagi har kungi dezinformatsiyalar tasdiqlaydi. Barcha holatlarda bo'lgani kabi, bu provokatsiya ham Ozarbayjon harbiy-siyosiy rahbariyati tomonidan uyushtirildi», — deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi xabarida. Armaniston tomonida qurbonlar va yaradorlar bor, ular haqida ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda. Ertalab mudofaa vazirligi chegaraning ayrim uchastkalarida ham pozitsiyaviy janglar davom etayotgani haqida xabar berdi. «Dushman olg'a intilishdan to'xtamayapti», dedi Armaniston Mudofaa vazirligi. Keyinroq agentlik Ozarbayjon harbiylarining qo'shni davlat hududiga yurishga urinishlari aks etgan videoni e'lon qildi.
|
world
|
Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev parlament deputatlarining mamlakat poytaxti nomini Nursultondan Ostonaga o'zgartirish taklifini qo'llab-quvvatladi. Bu xaqda davlat rahbarining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay xabar berdi. «Ma'lum bo'lganidek, bir guruh parlament deputatlari Qozog'iston poytaxtining oldingi — Ostona nomini qaytarish taklifini berdi. Prezident, o'z navbatida, aholi bilan uchrashuvlar chog'ida qayta-qayta bildirilgan takliflar, shuningdek, referendum davrida fuqarolarning ko'plab murojaatlariga tayangan holda olg'a surilgan ushbu tashabbusdan xabardor», — deya yozib qoldirdi u o'zining Facebook`dagi sahifasida. Parlament a'zolarining taklifi prezident roziligi bilan konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan. Shu bilan birga, Qasim-Jomart Toqayev «Nursulton Nazarboyevning Qozog'istonning zamonaviy davlatchiligini mustahkamlash va poytaxtning shakllanishidagi hal qiluvchi rolini tarixiy haqiqat deb biladi», dedi uning matbuot kotibi. «Shuning uchun birinchi prezident nomidagi boshqa obyektlar o'z nomini saqlab qolishi kerak», — dedi Ruslan Jeldibay. Kursiv.kz`ning xabar berishicha, 1998 yilga qadar Qozog'iston poytaxti Oqmo'la deya nomlangan. Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mahalliy ijroiya va vakillik organlarining iltimosnomalari hamda Oqmo'la shahri jamoatchiligining xohish-istaklarini inobatga olgan holda, Davlat onomastika komissiyasi tavsiyasiga binoan, shaharni Ostona deb qayta nomlash to'g'risidagi farmonni imzolagan. Poytaxt uchun bu nom roppa-rosa 20 yil davomida qo'llanildi. 2019 yil mart oyida Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev inauguratsiya marosimida referendumsiz Ostona shahrini respublikaning birinchi prezidenti sharafiga Nur-Sulton deb o'zgartirishni taklif qilgandi.
|
world
|
Bugungi kunda dunyoda 770 milliondan ortiq voyaga yetganlar o'qish va yozishni bilmaydi , deya ma'lum qildi YUNESKO bosh direktori Odri Azule. Uning fikricha, har beshta davlatdan bittasigina 12 yillik bepul majburiy ta'limni qonuniy ravishda kafolatlay oladi. Ko'p mamlakatlarda esa pandemiya tufayli ta'lim sohasidagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashgan. Odri Azule ta'lim sohasidagi sa'y-harakatlarni faollashtirishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, ta'lim asosiy ijtimoiy sohalardan biri bo'lib, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish loyihasini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. «Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida bu borada ko'plab yutuqlarga erishdik. 1979 yilda sayyoramizdagi odamlarning atigi 68 foizi o'qish va yozishni bilgan. 2020 yilga kelib bu ko'rsatkich 86,7 foizga oshgan. Ushbu yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo'ylab 771 million nafar voyaga yetgan odam hali ham asosiy savodxonlik ko'nikmalariga ega emas. Ularning 60 foizi qizlar va ayollardir», — dedi Odri Azule. YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra, pandemiya natijasida 24 millionga yaqin o'quvchi hech qachon maktab va boshqa ta'lim muassasalariga qaytmasligi mumkin. Ulardan 11 million nafari qizlar va yosh ayollardir. Azule ta'limga ko'proq mablag' ajratish va xalqaro yordam ko'rsatishga chaqirdi.
|
world
|
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yuzaga kelgan keskinlikning bartaraf etilganini olqishladi. Bu haqda vazirlik bayonotida xabar berildi. Keltirilishicha, O'zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi. «O'zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to'g'ri yo'li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo'lidir», — deyiladi bayonotda. Shuningdek, vazirlik mamlakat nomidan tinchlik shartlariga qat'iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo'lishiga umid qilinishi hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da'vat etgan. Eslatib o'tamiz, 13 sentabrga o'tar kechasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida harbiy to'qnashuv yuz bergandi. Tomonlar o'q otishni boshlaganlikda bir-birini ayblagan. Ma'lumot uchun, Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari shu hafta Samarqandda bo'lib o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.
|
world
|
RIA Novosti nashrining xabar berishicha, 20 sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga oid tuzatishlar paketini qabul qildi. Bu bilan qonunchilikka «safarbarlik», «harbiy holat», «urush davri» va «qurolli mojaro» tushunchalari kiritildi. Harbiy xizmatga qarshi jinoyatlar nafaqat qurolli to'qnashuv yoki jangovar harakatlar sharoitida, balki «safarbarlik yoki harbiy holat davrida, urush davrida» ham sodir etilgan bo'lsa, jazoni og'irlashtiruvchi holat deb hisoblanadi. Xususan, harbiy buyruqlarni bajarmaslik, harbiy xizmat boshlig'iga qarshilik ko'rsatish, xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketish, dezertirlik, xizmatdan bo'yin tovlash, xizmat o'tash qoidalarini buzish, harbiy mol-mulkni yo'qotish «harbiy holat davrida, urush davrida yoki qurolli to'qnashuvlar yoki harbiy harakatlar olib borilganda sodir etilgan bo'lsa, javobgarlikka tortish belgilandi. «Chaqiruv yoki shartnoma bo'yicha muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan ushbu davr mobaynida safarbarlik yoki harbiy holat, urush yoki qurolli to'qnashuv sharoitida, shuningdek, harbiy harakatlar olib borishda bir oydan ortiq muddatga uzrli sabablarsiz xizmatga o'z vaqtida kelmaslik, qismni yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tark etish sodir etilgan bo'lsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», — deyiladi o'zgartirish matnida. Bundan tashqari, kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, harbiy xizmatni o'tash uchun zaxiradan chaqirilgan shaxslar shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan teng ravishda xizmatga kelmaslik yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. O'zgartirishlar, shuningdek, o'z ixtiyori bilan taslim bo'lganlik uchun — 3 yildan 10 yilgacha, talonchilik uchun esa — 15 yilgacha jinoiy javobgarlikni joriy etadi. Davlat dumasidan so'ng o'zgartirishlar Federatsiya Kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi. Bu ertaga, 21 sentabrda sodir bo'lishi mumkin, keyin hujjat imzolash uchun prezidentga yuboriladi.
|
world
|
Rossiya Davlat dumasi ikkinchi va uchinchi o'qishda qonunchilikka xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishini soddalashtirish bo'yicha o'zgartishlarni qabul qildi, deb xabar beradi qonun chiqaruvchi organ sayti. O'zgartirishlarga muvofiq, «Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo'shinlari yoki harbiy tuzilmalarida kamida bir yil muddatga xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan chet el fuqarolari» yashash ruxsatnomasini olmasdan turib Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, harbiy shartnoma bo'yicha kamida uch yil xizmat qilish kerak, deyiladi xabarda. Bundan tashqari, o'zgartishlarda askar, matros, serjant va starshina saflarida harbiy xizmatga kirayotgan chet el fuqarosi bilan harbiy xizmatni o'tash uchun birinchi shartnoma tuziladigan muddatni besh yildan bir yilgacha qisqartirish taklif etilmoqda. «Yaqin kelajakda Moskva hukumati Rossiya Mudofaa vazirligiga chet el fuqarolarining harbiy xizmatga kirishini tashkil qilishda yordam berish uchun «Saxarovo»da [migratsiya markazi] to'liq infratuzilmani joylashtiradi», — deya ma'lum qildi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin o'z blogida. «Shahar xizmatlari shartnomalar tuzish fuqarolarga imkon qadar qulay bo'lishi uchun zarur bo'lgan hamma narsani qiladi», deb ishontirdi u. Eslatib o'tamiz, «Perm o'lkasidagi o'zbeklar Markaziy Osiyo jamiyati» tashkiloti rahbari Jahongir Jalolov O'zbekistonda tug'ilib, Rossiyaning ushbu hududida yashayotgan fuqarolarni Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashishga chaqirib, «o'zbeklar shu yerda yashayotgani, ishlayotgani, ularning farzandlari esa o'qiyotganini oqlashga majbur» ekanliklarini ta'kidlagandi . Mazkur xabarlarga O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi munosabat bildirib, O'zbekiston fuqarolarini bunday da'vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi. Agentlik shuningdek, O'zbekiston JKning 154−1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'zda tutilganini eslatib o'tdi. O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko'ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi, qolaversa, extiyotkor bo'lishga chaqirdi .
|
world
|
Vladimir Putin Donbass, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisining referendumda qabul qilgan qarori yuzasidan xalqqa murojaat qildi. «Rossiya DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida referendumlar xavfsiz o'tishi uchun hamma narsani qiladi», — dedi u murojaatida. Shuningdek, u «Rossiyaning hududiy yaxlitligiga tahdid tug'ilganda biz barcha usullardan, jumladan, yadroviy quroldan ham foydalanamiz», — deya ta'kidladi. Shuningdek, prezident qisman safarbarlik to'g'risidagi qarorni imzoladi. Unga ko'ra, zaxiradagi 50 yoshgacha bo'lgan fuqarolar bugundan boshlab harbiy xizmatga jalb etiladi. Yuqorida ko'rsatilgan toifadagi fuqarolar 21 sentabrdan Rossiyani tark etolmaydi. Eslatib o'tamiz, 20 sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga qarshi jinoyatlarni og'irlashtiruvchi o'zgartirishlarni qabul qildi . Unga ko'ra, xizmat davri safarbarlik yoki harbiy holat hisoblanib, bunda buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik va xizmatdan bo'yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
|
world
|
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o'tkazilishi rejalashtirilayotgani aytilmoqda, deya xabar berdi O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati. Shu munosabat bilan, agentlik ushbu davlatda bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya qonunlariga rioya etishni va odamlar ko'p to'planayotgan joylarga bormaslikni so'radi. «Bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin», — deyiladi xabarda. Eslatib o'tamiz, 21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik holati e'lon qilgandi . Uning so'zlariga ko'ra, muddatli harbiy xizmatga birinchi navbatda zaxiradagi 50 yoshgacha bo'lgan fuqarolar jalb etiladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ta'kidlashicha, buning uchun 300 ming kishini yollash rejalashtirilgan. Biroq qisman safarbarlik to'g'risidagi farmonda bunday tafsilotlar, shuningdek, kimlarning aniq chaqirilishi ham ko'rsatilmagan. Qisman safarbarlik e'lon qilingandan so'ng Rossiyaning «Vesna» harakati «Safarbarlikka yo'q!» shiori ostida norozilik namoyishini o'tkazishga chaqirdi . 21 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da Rossiyaning barcha shaharlarida namoyishlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
|
world
|
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda bo'lib o'tgan tantanali marosimda o'zini o'zi mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi to'g'risidagi shartnomalarni imzoladi. " "Ishonchim komilki, Federal Majlis Rossiya Federatsiyasining to'rtta yangi subyektini yaratishni qo'llab-quvvatlaydi", — dedi u ochilish nutqida. Mahalliy markaziy saylov komissiyalari ma'lumotlariga ko'ra, qo'shilish to'g'risida qaror Rossiya nazoratidagi hududlarda 23−27 sentabr kunlari o'tkazilgan referendumlar natijasida qabul qilingan. «Biz Kiyev rejimini zudlik bilan o't ochishni va 2014 yilda boshlagan urushni to'xtatishga, muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz», — dedi Vladimir Putin. Shu bilan birga, u muzokaralarda Ukrainaning Rossiya nazoratidagi hududlari maqomi muhokama qilinmasligini ta'kidladi. «Kiyev ma'murlari va ularning G'arbdagi haqiqiy xo'jayinlari meni eshitishlarini istayman. Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojedagilar bizning fuqarolarimizga aylanadi. Abadiy. Xalq o'z tanlovini qildi, Rossiya ularga xiyonat qilmaydi. Biz yurtimizni har tomonlama himoya qilamiz», — dedi u. Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyati xavfsizligini ta'minlashini ta'kidladi.
|
world
|
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 30 sentabr kuni navbatdagi videomurojaati orqali NATOga a'zo bo'lish uchun ariza topshirishini e'lon qildi. «De-fakto, biz allaqachon NATO yo'lini bosib o'tganmiz. De-fakto, biz Shimoliy Atlantika alyansi standartlariga mos kelishimizni allaqachon isbotladik. Ular Ukraina uchun haqiqidir — ular jang maydonida va o'zaro munosabatlarimizning barcha jabhalarida haqiqiydir», — dedi davlat rahbari. Bundan bir qancha soat oldin, 30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'zini o'zi mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya nazoratidagi hududlarini Rossiya tarkibiga qo'shilish to'g'risidagi bitimlarni imzoladi . Vladimir Putin o'z nutqida Ukrainani yana bir bor muzokara stoliga qaytishga chaqirdi. Vladimir Zelenskiy o'z videomurojaatida Ukraina muzokaralar sa'y-harakatlarida yetakchi bo'lgani va shunday bo'lib qolayotgani hamda aynan Ukraina Rossiyaga har doim teng, halol va adolatli sharoitlarda birga yashashga kelishib olishni taklif qilganini aytdi. «Shubhasiz, bu Rossiyaning ushbu prezidenti bilan mumkin emas. U sharaf va qadr nimaligini bilmaydi. Biz Rossiya bilan muloqotga tayyormiz, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan», — dedi Ukraina rahbari.
|
world
|
Shanba kuni kechqurun Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasi Malang shahridagi «Kanjuraxan» futbol stadionida yuz bergan tiqilinchda 174 kishi halok bo'ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Al Jazeera. Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga ta'ziya yo'lladi. Davlat rahbari hamdardlik maktubida vafot etganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tiladi, deya ma'lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Fojia «Arema» klubi «Persebaya» jamoasiga 3:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yindan keyin sodir bo'ldi. «Arema» muxlislari maydonga yugurib chiqishgan. Politsiya ularga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, bu esa vahima uyg'otgan va odamlar chiqish uchun yugura boshlagan. Ko'pchilik hushini yo'qotgan. Voqea joyida 34 kishi, jumladan 2 nafar politsiyachi halok bo'lgan. Jarohatlanganlar sakkizta shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:30da halok bo'lganlar soni 158 nafarni tashkil etgan bo'lsa, soat 10:30ga kelib ularning soni 174 nafarga yetdi. Ular orasida besh yoshli bola ham bor. Stadion o'z bag'riga 42 ming kishini sig'dira oladi. Rasmiylarga ko'ra, o'yin uchun barcha chiptalar sotilib ketgan. Politsiyaning aytishicha, 3000 kishi maydonga yugurib chiqqan bo'lgan. Indoneziya prezidenti fojia bo'yicha chuqur tergov o'tkazishni va xavfsizlik tekshiruvlari o'tkazilgunga qadar mamlakatdagi barcha futbol o'yinlarini to'xtatishni buyurdi. U mamlakatdagi bunday fojia oxirgisi bo'lishiga umid bildirdi. Indoneziyada muxlislar to'qnashuvi kam uchraydi. Xabar qilinishicha, tartibsizliklardan qo'rqib, «Persebaya» muxlislariga shanba kungi o'yinga chipta sotib olishga ruxsat berilmagan. Indoneziya siyosat, huquq va xavfsizlik bo'yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Muhammad Mahfudning aytishicha, tashkilotchilar rasmiylarning o'yinni tunda emas, tushdan keyin o'tkazish hamda 42 ming emas, 38 ming chipta chop etish haqidagi tavsiyalariga e'tibor bermagan. FIFA xavfsizlik qoidalari politsiya va xavfsizlik kuchlari tomonidan o'yinlar vaqtida qurol, ko'zdan yosh oqizuvchi yoki boshqa gazlardan foydalanishni taqiqlaydi
|
world
|
Shvetsiyalik genetik Svante Paabo tibbiyot va fiziologiya bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi, deb xabar berdi BBC. «Mukofot unga yo'q bo'lib ketgan gomininlar genomlari va inson evolyutsiyasi bo'yicha olib borgan tadqiqoti uchun berildi», — deya e'lon qildi Nobel qo'mitasi. Nobel qo'mitasi vakili Nils-Yoran Larsson Paabo ishining ahamiyatini quyidagicha izohladi: «Uning mukofot olish uchun hal qiluvchi bo'lgan hissasi shundaki, u qadimiy DNKni tahlil qilish va qayta tiklash usullarini ishlab chiqdi. Qadimgi suyaklardagi DNK juda buzilgan va kimyoviy shikastlanishga duchor bo'lgan va buning ustiga, DNK bakteriyalar va namunalar bilan ishlagan odamlar bilan aloqa qilish natijasida juda ifloslangan. Paabo mavjud texnologiyalardan foydalangan, chunki ular qadimgi DNKni tahlil qilish uchun o'z usullarini ishlab chiqdi va joriy qildi». Svante Paabo zamonaviy odamlarning yo'q bo'lib ketgan qarindoshi neandertal genomini ketma-ketlikda tuzdi. Olim, shuningdek, taxminan 70 ming yil avval Afrikadan ko'chib o'tgandan so'ng, hozirda yo'q bo'lib ketgan gomininlardan Homo Sapiens'ga gen o'tishi sodir bo'lganligini aniqladi. Amaliy ma'noda, bu tadqiqot muhim ahamiyatga ega, chunki bu genlar zamonaviy odamlarga ta'sir qilishda davom etmoqda, masalan, immunitet tizimi infeksiyalarga qanday javob beradi. Faoliyatining boshidanoq Paabo genetik tadqiqotning zamonaviy usullarini neandertal DNKsini o'rganishda qo'llash mumkinmi yoki yo'qligi bilan qiziqdi. BREAKING NEWS: The 2022 #NobelPrize in Physiology or Medicine has been awarded to Svante Pääbo «for his discoveries concerning the genomes of extinct hominins and human evolution.» pic.twitter.com/fGFYYnCO6J U jiddiy muammoga duch keldi: vaqt o'tishi bilan DNK kimyoviy jihatdan o'zgartiriladi va qisqa bo'laklarga bo'linadi. Bu qadimgi odamlarning DNKsini o'rganish usullari ustida ishlashni davom ettirgan Paaboni to'xtatmadi. Paabo hamkasblari bilan birgalikda DNKni qoldiqlardan to'liq olib tashlash uchun maxsus texnikani ishlab chiqdi. 2008 yilda janubiy Sibirdagi Denisov g'orida barmoq suyagining 40 ming yillik bo'lagi topilgan. Paabo jamoasi suyakda ajoyib darajada yaxshi saqlangan DNK borligini aniqladi va ishga kirishdi. 2010 yilda mutaxassislar Denisov odamining (Homo denisovensis) DNK ketma-ketligini aniqlashdi. Paaboning kashfiyotlari evolyutsiya tarixini tushunishni yaxshiladi, deya qayd etadi BBC. Homo Sapiens Afrikadan ko'chib ketgan paytda Yevroosiyoda kamida ikkita yo'q bo'lib ketgan gominin populyatsiyasi yashaganligi ma'lum. Neandertallar Yevrosiyoning g'arbiy qismida, Homo denisovensis'lar esa materikning sharqiy qismida yashagan. 1901 yildan beri fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha jami 112 ta Nobel mukofoti berildi, ulardan 224 nafari laureatga aylangan. Mukofot to'qqiz marta berilmagan: 1915−1918, 1921, 1925, 1940−1942 yillarda. Nobel jamg'armasi nizomida shunday deyilgan: «Agar ko'rib chiqilayotgan asarlarning hech biri o'z qiymatini isbotlamasa, mukofot puli keyingi yilga qadar saqlanib qoladi». Fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari orasida 12 nafar ayol bor. Ulardan faqat Barbara Makklintok uni 1983 yilda hammualliflarsiz yolg'iz o'zi olgan. Bugungi kunga kelib, fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotining eng yosh laureati Frederik Banting bo'lib, u mukofotni 1923 yilda 32 yoshida olgan. Eng keksa laureat — Peyton Rouz bo'lib, u 1966 yilda mukofotni olgan paytida 87 yoshda edi.
|
world
|
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sobiq Ittifoq vaqtida bo'lganidagidek siyosat yuritmaslikni so'radi. 14 oktabr kuni bo'lib o'tgan «Markaziy Osiyo-Rossiya» sammitidagi nutqining videoyozuvini Informburo.kz nashri e'lon qildi . Uning so'zlariga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya o'rtasida muammolar kuzatilmoqda. «Biz ochiq aytishimiz kerak. Biz nimani xohlayapmiz? Butun dunyoga Rossiya va Markaziy Osiyo, bizda muammolar borligini ko'rsatish uchunmi? Va haqiqatan ham borligi ma'lum bo'ldi. Bizda allaqachon bu "beshlik" bor! Befoyda suhbatlar, bekorga ma'lumot olishlar, ma'lumotlarni o'zlashtirish. Ko'zbo'yamachilik. Hech qanday effekti yo'q. Amerika + Markaziy Osiyo. Janubiy Koreya + Markaziy Osiyo. Yaponiya + Markaziy Osiyo. Tez orada, ehtimol, Pokiston + Markaziy Osiyo. Hindiston + Markaziy Osiyo. Yana kim qolib ketdi?» — dedi u. «Bizga nima yetishmayapti? Nimadir yetishmayotgandek. Nimadir ishlab ketmayapti. Sovet ittifoqining parchalanishi asosiy sababi bo'lgani kabi. (Vladimir Putinga murojaat qilib — tahr .) Siz xafa bo'lmang. Biz siz bilan guvoh bo'lgandik. Qanday qulaganiga men guvoh bo'lgandim… Meni ma'zur tutasiz, o'shanda hozirgidek kichik respublikalarga, kichik xalqlarga e'tibor ham yo'q edi. E'tibor. An'analar, urf-odatlar, boshqa hammasiyam hisobga olinmadi. Taraqqiyot uchun yordam ko'rsatilmadi, qo'llab-quvvatlanmadi», — dedi prezident faol imo-ishoralar bilan. «Va hozir odamlar qayoqqa qarab ketyapti? Kecha siz 2 mln (Rossiyada ishlayotgan tojikistonliklar — tahr .) haqida aytdingiz. Bu… Men xohlagandim, lekin bugun aytmoqchiman. 2 mln emas. Bu 2 mlndan ortiq fuqarolarimiz Rossiyaga nafaqat pul ishlab topish uchun uchib ketayapti. Pul ishlash uchun — 600 mingdan ortiq emas. Siz orqali boshqa mamlakatlarga ham uchishardi. Ko'ramiz, kelasi yili bu 50 foizga kamayadi, chunki yo'l yopiq — ular uchib ketolmaydi. Va keyin, ular o'qishyapti, davolanishyapti. Ha, azaldan o'ziga tortib kelgan, axir ular bir mamlakatda yashagan. Ular qayerga borishyapti? Eronga emas, Pokistonga emas, Saudiya Arabistoniga emas, yoki bizni hech kim kutmagan boshqa joyga (hissiyot bilan — tahr .). Ular Rossiyaga borishyapti», — dedi Emomali Rahmon. Foto: Qozog'iston prezidenti matbuot xizmati. Tojikiston prezidenti biznes-forumlar asosan Qozog'iston va O'zbekiston poytaxtlarida o'tkazilayotganini ta'kidladi. «Hamkasblarim ranjishmasin. Ostona va Toshkentda, xuddi Sovet Ittifoqida bo'lgani kabi: Kiyev, Minsk va Olmaotada. Qolgan respublikalar oldin qanday bo'lgan bo'lsa [shundayligicha qoldi]: «sut ber», «paxta ber», «uni ber-buni ber». Hech qanday infratuzilma yo'q… Hozir nega biz Tojikistondagi qandaydir baxtsiz biznes-forum uchun yolvoramiz? Tashqi ishlar vaziriga: «Chiq», — deb ko'rsatma berdim, biz kutayapmiz. Men hatto siz bilan gaplashdim. «Overchukka (Rossiya bosh vaziri o'rinbosari Aleksey Overchuk — tahr .) [aloqaga] chiqing, hech bo'lmaganda vazirlar darajasida ishtirok ta'minlansin. Yo'q, vazir o'rinbosarlari darajasida. Tojikiston — strategik hamkor mana shunga loyiq (bosh chayqadi — tahr .). Nima uchun, nima uchun bunday yo'l tutayapmiz?» — so'radi u. Emomali Rahmonning aytishicha, Tojikistonda 2,5 mln maktab o'quvchisi rus tilini o'rganadi, ammo darsliklar yetarli emas, vaholanki bu haqda 30 yildan beri aytib kelinyapti. «Harbiy bazalar mavjud. Poligonlar avval qanday bo'lsa, shundayligicha qolgan. Hamma narsa, bizda … Rahmat. Meni kechirasiz. Hozir 30 ming rusiyzabon, men ularni qochqin demayman, ko'chib yurganlar bizga qaytib kelishdi. Ular butun dunyoga: "Bular o'sha mehnat muhojirlari emas, qaranglar, biz Tojikistondamiz, bu yerda bunday, bunday va bunday deb" aytishmoqda… Bizdan shunday davlatni yasashdiki… qanday aytishni ham bilmayman», — dedi u. Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati. Tojikiston prezidenti shunday davom etdi: «Ha, biz — kichik xalqlarmiz. Biz 100−200 mln emasmiz. Biroq bizda sevadigan tariximiz bor. Bizni hurmat qilishlarini istaymiz. Biz tilanchi emasmiz. Bizning davlatimiz boy. Mineral resurslar zaxiralari Mendeleyev tizimidan ham ko'proq. Men guvohman, Rossiyadan kelgan barcha ishbilarmonlar faqat "qaymog'iga" — uglevodorod xomashyosi, neft va gaz borligi bilan qiziqadi. Ammo tog'-kon sanoati, rangli metallurgiya, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, juda ko'p va hatto harbiylar uchun dunyoda yo'q strategik xom ashyo mavjud . Siz menikida bo'lganingizda aytgandim. Zaxira bo'yicha Tojikiston birinchi o'rinda turadi. Hech kimni qiziqtirgani yo'q. Mana, yig'ildik, keling sharoit yaratib beraylik. Biz qayerdadir noto'g'ri ish qildikmi? Qayerdadir kim bilandir to'g'ri salomlashmadikmi?». «Biz har doim asosiy strategik hamkorimiz manfaatlarini hurmat qilganmiz va hurmat qilamiz. Biroq biz ham hurmat qilishlarini xohlaymiz… Nima, biz qandaydir begonamizmi yoki shundaymi? — deb so'radi Tojikiston prezidenti. U mintaqa davlatlarini sarmoya kiritishga chaqirdi, chunki bu yerga kiritilgan sarmoya qisqa vaqt ichida o'zini oqlashi mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, u tojikistonliklar boshqa joyga emas, Rossiyaga borishini yana bir bor eslatib o'tdi. «U yerda ular shunchaki pul topishmayapti, balki ishlashayapti ham». Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati. Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev rais sifatida Emomali Rahmondan nutqini yakunlashni so'radi. Tojikiston prezidenti o'z nutqini shunday yakunladi: «Vladimir Vladimirovich, bizning sizdan iltimosimiz shuki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan Sovet Ittifoqi davrida bo'lgani kabi siyosat yuritilmasin. Har bir davlatning o'z muammosi, har bir davlatning o'z masalalari, har bir davlatning o'ziga xos an'ana va odatlari bor. Oltin o'rtalikni topish kerak, har bir respublika bilan alohida ishlash kerak».
|
world
|
15 oktabr kuni Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda ommaviy qotillik sodir bo'ldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 11 kishi halok bo'lgani, 15 kishining yaralangani haqida xabar berdi , ammo Sota voqea guvohiga tayanib, 22 kishi halok bo'lgan, 16 kishi yaralangan deb yozmoqda . Hodisa shanba kuni ertalab soat 10 larda Soloti qishlog'idagi G'arbiy harbiy okrug poligonida sodir bo'lgan. Mamlakat Mudofaa vazirligi hodisani terakt sifatida baholadi va uni «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi sodir etganini ma'lum qildi. «Maxsus operatsiyaga tayyorgarlik ko'rayotgan ko'ngillilar bilan o't o'chirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari chog'ida terrorchilar bo'linma shaxsiy tarkibiga qarata o'q uzgan», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. Hujumchilar «javob o'qlari bilan yo'q qilindi», deyiladi xabarda. Rossiya Tergov qo'mitasi jinoiy ish qo'zg'atilganini e'lon qildi. «Kommersant»ning aniqlik kiritishicha, ish Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan qo'zg'atilgan.
|
world
|
17 oktabr kuni kechqurun Rossiyaning Krasnodar o'lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga tovushdan tez uchuvchi Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib. Halokat «Janubiy harbiy okrug harbiy aerodromidan o'quv parvozi uchun» ko'tarilish chog'ida sodir bo'lgan. Uchuvchilar katapulta qilishga muvaffaq bo'lishdi. Ularning ta'kidlashicha, halokatga dvigatellardan birining yonishi sabab bo'lgan. Mudofaa vazirligi halokat joyida yoqilg'i yonishi sodir bo'lganini ma'lum qildi. OAVning yozishicha, yong'in ko'p qavatli uyning birinchi qavatidan beshinchi qavatigacha qamrab olgan. Rossiya Telegram-kanallarida e'lon qilingan videolavhalarda halokat joyi yaqinidagi uy yonib ketganini ko'rish mumkin. Ba'zi lavhalarda uchuvchining parashyuti ko'rsatilgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Halok bo'lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumotlar aniqlanmoqda.
|
world
|
Yeyskda Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotining qulashi oqibatida 13 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo'ldi. Yana 19 kishi yaralandi, ulardan besh nafari ham bola, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Eslatib o'tamiz, 17 oktabr kuni kechqurun Rossiyaning Krasnodar o'lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga tovushdan tez uchuvchi Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushgan . Shundan so'ng, yong'in ko'p qavatli uyning birinchi qavatidan beshinchi qavatigacha qamrab olgan. Rossiya Mudofaa vazirligi avvalroq xabar berganidek, harbiy samolyot «Janubiy harbiy okrug harbiy aerodromidan o'quv parvozi uchun» ko'tarilish chog'ida halokatga uchragan. Uchuvchilar katapulta qilishga muvaffaq bo'lishgan. Ularning ta'kidlashicha, halokatga dvigatellardan birining yonishi sabab bo'lgan. Su-34 halokati yuzasidan parvoz yoki ularga tayyorgarlik ko'rish qoidalarini buzish moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan .
|
world
|
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi harbiy okruglar qo'mondonlariga 1 noyabrga qadar qisman safarbarlik tadbirlari yakunlangani to'g'risida hisobot berish bo'yicha ko'rsatmalar yubordi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. Eslatib o'tamiz, prezident Vladimir Putin 21 sentabr kuni qisman safarbarlik to'g'risida e'lon qilgan edi. Qayd etish joizki, tegishli qarorda (uning ochiq bandlarida) safarbarlikni yakunlash muddatlari belgilanmagan. «Mazkur ko'rsatmalarga muvofiq, ijro hokimiyati subyektlari bilan birgalikda zaxiradagi RF fuqarolarini harbiy komissariatlarga harbiy xizmatga chaqirish bilan bog'liq barcha tadbirlar to'xtatildi», — deyiladi xabarda. Shuningdek, harbiy komissariatlarning xabardor qilish uchastka va shtablari, fuqarolarni qabul qilish punktlari hamda safarbarlik tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan binolar endilikda bo'shatilib, avvalgi maqsadlarida foydalanilishi qayd etilgan. Safarbarlikka jalb etilgan harbiy komissarliklarning shaxsiy tarkibiga 31 oktabrdan boshlab odatdagidek o'z xizmat vazifalariga qaytish haqida buyruq berildi. «RF Qurolli Kuchlari chaqiruv bo'yicha harbiy komissariatlarining kelgusidagi faoliyati faqatgina ko'ngillilar hamda shartnoma bo'yicha harbiy xizmatga nomzodlarni qabul qilish yo'li bilan tashkil etiladi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. O'tgan juma, 28 oktabr kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga 300 ming kishini safarbar etish bo'yicha topshiriq bajarilgani haqida hisobot berdi — hozirda o'quv markazlari va poligonlarda 218 ming fuqaro tayyorgarlikdan o'tkazilmoqda, 82 ming kishi jangovar hududlarga jo'natilgan.
|
world
|
31 oktabr kuni Ukrainaning bir qator viloyatlari energetika tizimi obyektlariga keng miqyosli zarbalar berilishi natijasida butun mamlakat bo'ylab elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o'rinbosari Kirilo Timoshenko ma'lum qildi . Uning so'zlariga ko'ra, Rossiya Tu-95/Tu-160 strategik aviatsiyasidan foydalangan. «50 dan ortiq X-101 / X-555 raketalari Kaspiy dengizi shimolidan va Volgodonsk-Rostov viloyatidan uchirildi», dedi Kirill Timoshenko. Uning so'zlariga ko'ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari uchirilgan raketalardan 44 tasini urib tushirishga muvaffaq bo'lgan. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal 10 ta hududda raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan uyushtirilgan hujumlar natijasida 18 ta fuqarolik infratuzilma obyekti zarar ko'rganini, ularning aksariyati energetika obyekti ekanligini ma'lum qildi . «Ukrainaning yetti viloyatidagi yuzlab aholi punktlari elektr energiyasidan mahrum qilindi», — dedi u. Kiyev, Zaporoje, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlarida lokal favqulodda to'xtashlar davom etmoqda. Ta'mirlash guruhlari to'liq quvvat bilan ishlamoqda, dedi hukumat rahbari. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha , poytaxtda 350 mingga yaqin xonadonni ta'minlagan elektr inshooti shikastlangan. Xuddi shu sababga ko'ra, Kiyevdagi iste'molchilarning 80 foizi suv ta'minotisiz qolgan. Xarkov meri Igor Terexovning so'zlariga ko'ra, zarbalardan biri muhim infratuzilma obyektiga urilgan, buning natijasida shahar metrosi va yer usti elektr transporti «quvvatsizlangan». U shaharda suv ta'minotida muammolar mavjudligini qo'shimcha qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi «Ukrainaning harbiy qo'mondonlik va energetika tizimlariga uzoq masofali aniq boshqariladigan havo va dengiz qurollari bilan zarbalar berishda» davom etayotganini bildirdi . «Zarbalardan ko'zlangan maqsadlarga erishildi. Barcha belgilangan obyektlarga zarba berildi», — deyiladi vazirlik bayonotida. Eslatib o'tamiz, Ukraina energetika obyektlariga 10 oktabr kuni, Rossiya Qrim ko'prigidagi portlashlarga Ukraina maxsus xizmatlarini ayblaganidan keyin ham ommaviy zarbalar berilgan edi. O'shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin: «Bizning hududlarda teraktlarni amalga oshirishga urinishlar davom etgan taqdirda, Rossiya tomonidan qattiq va miqyosi Rossiya Federatsiyasiga yaratiladigan tahdid darajasiga mos bo'lgan javoblar qaytariladi», — degan edi. 29 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi o'sha kuni ertalab «Kiyev rejimi» Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasida «Qora dengiz floti kemalari va fuqarolik kemalariga terrorchilik hujumi» uyushtirganini ma'lum qildi . Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, hujum qaytarilgan, uchuvchisiz uchish apparatlari va dengizdagi uchuvchisiz transport vositalari yo'q qilingan. «Shu bilan birga, "Ivan Golubets" dengiz minalaridan tozalovchi kema hamda Janubiy ko'rfazidagi suzuvchi to'siqlar kichik zarar ko'rdi», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. Ushbu hodisa ortidan Rossiya g'alla bitimi — Turkiya va BMT ishtirokida tuzilgan Ukraina portlaridan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha kelishuvda ishtirok etishni noma'lum muddatga to'xtatganini e'lon qildi.
|
world
|
30 oktabr kuni Hindistonning Gujarat shtatidagi Morbi shahrida bir asrlik osma ko'prikning qulashi oqibatida 132 kishi halok bo'lgan edi. Hindiston politsiyasi holatga aloqador deya gumonlanayotgan 9 kishini, jumladan chipta sotuvchi va yetkazib beruvchilarni ham hibsga oldi, deb xabar berdi «Gazeta.ru» nashri. Videokuzatuvlarga tushib qolgan lavhadan ma'lum bo'lishicha , bir guruh yoshlar ko'prik ustida uni ikki tomonga silkitayotgan paytda qulab tushgan. Katta tezlik oqibatida fuqarolar Machxu daryosiga g'arq bo'lgan. Jabrlanuvchilardan biri Ashvin Mexraning aytishicha, o'zi bilan yana 6 kishi qirg'oqqacha ko'prikning temir panjaralari va to'rlardan ushlab yetib borgan. «20−25 yoshgacha bo'lgan 20 ga yaqin o'g'il bola ko'prikni silkitdi. Uch marta qandaydir tovushlarni eshitdik. Oltinchi martada osma zanjir uzildi», — deya voqeani sharhladi u. Politsiya mulozimining aytishicha, olomonni nazorat qila olmagani uchun to'qqiz kishi, jumladan boshqaruv xodimlari, chiptalar sotuvchilar va uch qo'riqchi hibsga olingan. Ashok Kumar Yadavning so'zlariga ko'ra, hibsga olinganlar orasida obyektni ta'mirlash bo'yicha shartnoma olgan ikki kishi ham bor. Hibsga olinganlar soni ortishi mumkinlitgi ham ko'shimcha qilindi.
|
world
|
Shu yilning 25 oktabridan Buyuk Britaniyaning 57-bosh vaziriga aylangan, badavlatlikda mamlakat qiroliniyam ortda qoldiradigan, sobiq hamkasblaridan yosh masalasida ilg'or (1783 yili 24 yoshida saylangan Uilyam Pitt Kichkinadan tashqari, albatta) Rishi Sunak shaxsi, siyosiy qarashlari va kelajakka tuzgan rejalari shu kunlarda ko'pning diqqat markazida turibdi. «Gazeta.uz» ingliz davlatchiligidagi ilk hind bosh vazirning yuqori mansab pillapoyasiga qayerdan, qanday yetib kelgani haqida material tayyorladi. Janubiy Angliyadagi port shaharcha — Sauzhemptonda, afro-hind oilasida tug'ilgan to'ng'ichvoyning kun kelib Buyuk Britaniyani boshqaruvchi vazirga aylanishi ko'pchilik uchun kutilmagan (balki kutilgan) hodisa bo'ldi. Foto: Rishi Sunak / Twitter. Otasi Yashvir va onasi Usha Sunak yaxshi yashash, bolalarini tuzukroq maktablarda o'qitish, durust ta'lim berish niyatida Sharqiy Afrikadan (vazirning ota-bobolari ingliz mustamlakasi paytida Panjob shtatidan qochib, Keniya va Tanzaniyaga kelib o'rnashadilar) xijrat qilgach, otasi umumiy amaliyot shifokori, onasi mo''jaz dorixonasini yuritishda davom etadi. Oilada bir tutum doimiy qoida edi — bolalar ta'limidan hech nimani ayamaslik shart! Shu an'ana sabab Rishi bilan qolgan farzandlar qimmat, ancha-muncha o'rtahol oila cho'ntagi ko'tarolmaydigan maktablarda tahsil olishadi. Sunak xususiy maktabda savodini chiqargach, ta'limni Vinchester kollejida davom ettiradi. Maktab davrida ham sinfning eng oldi, chaqqon, har ishda faol va bilimli o'quvchi bo'lgani keyingi bosqichlarda asqatadi. Univeristetlardan Oksfordni tanlab, siyosat, falsafa va iqtisodiyot bo'yicha ma'ruzalar tinglaydi. Chapdan o'ngga: Rishi Sunakning rafiqasi Akshata Murti, onasi Usha va otasi Rashvir Sunak. Foto: Wiktor Szymanowicz / Anadolu Agency / AFP. Ayni shu uch soha Britaniyaning sobiq bosh vazirlari, nufuzli davlat arboblari, siyosatdonlari tarjimai holida ko'p takrorlanadi. Sunak ham ularning munosib davomchisidek maydonga chiqishida shunga tayangan bo'lsa, ajabmas. Oksforddagi tinka quritar, nihoyasiz vazifalarni a'lo darajada topshiradigan hind talabasi o'qishni birinchi darajali diplom bilan tamomlaydi. Oradan muayyan vaqt o'tib, xalqaro biznes boshqaruvi bo'yicha Stendford universitetida o'qiydi. Silikon vodiysining qoq markazida biznes boshqaruvini o'rgangan siyosatchi: «Stenford seni kengroq fikrlashga o'rgatadi, odatdagidan kengroq va o'zgarishlarga dinamik ravishda yaqinlashishga undaydi», degandi intervyularining birida. O'qish payti bir necha kompaniyalarda tajriba oshiradi, amaliyot o'taydi. Tabiatan tirishqoq talaba tez ko'zga tashlanib, ayrim kompaniyalardan ishga takliflar ham tushadi. Amerikada shaxsiy hayoti, biznes-daromadi, yana siyosatdagi muvaffaqiyatlariga sababchi bo'lgan turmush o'rtog'i — Akshata Murti bilan tanishadi. Garchi Stenforddagi ustozlari Rishining qanday talaba bo'lganini eslay olishmasa-da, rafiqasi Akshataning o'ta iste'dodli, uddaburro, zakovatli talaba bo'lganini ta'kidlashadi. Dekan ham qizning milliarder otasi — Infosys asoschisi va Stenford biznes maktabi maslahat kengashi a'zosi Narayana Murti bilan yaqin do'stligini yashirmaydi. Ko'pchilik «Hindistonning Bill Geytsi» deb e'tirof etadigan milliarder Narayana Murtining qizi Akshata Murti otasining Infosys dasturiy ta'minot kompaniyasida taxminan, 700 million funt sterling yoki 0.91 foiz aksiyaga egalik qiladi. 2009 yili Bengaluru shaharchasida mingdan oshiq mehmon guvohligida oila qurgan juftlikning Krishna va Anushka ismli qizlari bor. Qizig'i, shu yilning aprelida Murti Buyuk Britaniyada doimiy yashash maqomiga ega bo'lmay, xalqaro daromadlaridan kelib chiqib to'lanadigan yillik 30 ming funt sterling soliqdan qochib yurgani ma'lum bo'ladi. Turmush o'rtog'iga bu masalada siyosiy bosimlar kuchayavergach, xonimning matbuot kotibi jamoatchilikka soliqlar to'lana boshlanganini aytib, noroziliklarni tinchitadi. Murti xonimning Angliyadagi mulklari qatorida Amerikadagi bir necha hashamdor uylari, o'ta qimmatbaho obyektlari ham bor. Qirol Charlz III va bosh vazir Rishi Sunak Bukingem qarorgohida. Foto: BBC.com . Sunday Times Rich List'da Sunak Murtining umumiy boyligi 730 million funt sterlingni tashkil etishi ochiqlangan, bu Qirol Charlz uchinchi va qirolicha Kamillaning 300−350 million funt-sterling aqchasidan ikki baravar ko'p degani. Tadbirkor er-xotin butun dunyodagi 15 million funt sterlingdan ortiq baholangan 4 ta mulkka egalik qiladilar. Rafiqasining boyliklari ortidan Rishi Sunak Angliyadagi boylar safidan mustahakam o'rin olishga ulgurgan. Cunak bosh vazirlikkacha bo'lgan yo'lni atigi 7 yilda bosib o'tdi. Buni zamonaviy dunyo tarixidagi eng qisqa muddatlardan deya baholaydi ekspertlar. Negaki, sobiq safdoshi Devid Kemeron bu mansabga kelgunicha 9 yilini sarflagan edi. Biroq yosh bosh vazir ham sirpanchiq, o'nqir-cho'nqir yo'llardan qayta-qayta o'tishiga to'g'ri kelgan. Qaysidir bosh vazir jamoasida javlon uradi, ba'zan kimgadir firib berib, ayrim vaziyatlarda kimnidir o'rnidan siljitishiga to'g'ri keladi. Shu yilning 5 sentabrida Liz Trass maydonga chiqqanida Rishining ham siyosiy muhorabadan butunlay chiqib ketishi kutilgandi. G'alabaga bir qadam qolganda o'z partiyadoshlari ishonchsizlik bildirib, Trass xonimni qo'llab-quvvatlashadi. Biroq tez orada vazir xonimning halokatli va moliyalashtirilmagan soliq imtiyozlari haqidagi islohotlari boshiga balo yog'dirib, o'rnini Sunakka bo'shatib berishga majbur qiladi. Yetakchilikni qo'lga kiritgach, fiskal konservatizm tarafdori bo'lmish Sunak deputatlarga «Buyuk Britaniyaning yuqori darajada mahsuldor iqtisodiyoti»ga erishmoqchiligini, past soliqlar albatta bo'lishi, lekin bu hamyonbop, hammaning qurbi yetadigan miqdorda belgilanishini aytadi. Aslida, Sunakning bugungi yutuqlari 2019 yili boshlangandi. Sobiq vazir Boris Jonson jamoasiga qo'shilib, vazir Sajid Javod bilan g'aznachilik bo'limi kotibi bo'lib ish boshlashi uni siyosiy bo'hronlar oqimiga qo'shilishga zamin hozirlaydi. Go'yo zinapoyadan hakallab yuqoriga ko'tarilgandek, Rishi ham siyosiy mansab pillapoyalariga nafasi qisilmay chiqaveradi. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson va Rishi Sunak. Foto: Kommersant. 2020 yil bahorida, pandemiya sekin-asta cho'qqisiga ko'tarilayotgan payti aholiga «nima kerak bo'lsa, o'shani hozirlashga» va'da berib, 350 milliard funt sterling miqdoridagi yordamni ajratgach, Sunakning obro'si birdan oshib ketadi. Tarafdorlari ko'payadi. Og'zini poylab, nima deyishini ilhaq kutadiganlar soni oshadi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti bo'ron ichida qolgach, janob Rishi 2020 yili Dauning stritda qoidalarni buzgani uchun jarimalarni to'lashga andarmon bo'lib qoladi. Boris Jonsonning iste'foga chiqishi lokdaun e'lon qilinishga qaramay o'tkazilgan bayram kechasi bilan bog'liq. Biroq Rishi Sunak ham o'sha mehmonnavozlikda qatnashganlardan. 2022 yil aprelida ikki siyosatdon sanitar me'yorlarini buzgani uchun jarimaga tortilgandi. Sunak avvaliga aybini tan olmay, o'zini begunohdek tutadi, lekin keyinchalik jarimani to'laganini ma'lum qiladi. O'sha yil iyulida esa vazirlar mahkamasidan iste'foga chiqib, iqtisodiyotga oid qarashlari bosh vazir Boris Jonsonnikidan «juda boshqacha»ligini ta'kidlaydi. Bu jamoada ortiq qololmasligini aytib, «bir qadam ortga, ikki qadam oldinga» yuradi. Ushbu iqror sobiq vazir Jonsonni hokimiyatdan chetlatishda muhim rol o'ynaydi. Oradan o'n olti hafta o'tib o'zi bosh vazirga aylanadi. Bloomberg nashrining yozishicha, Rishining g'alaba qozonishi hindlarning muqaddas bayramlaridan biri — Divali kuniga to'g'ri kelgani yosh vazirning tole kulganidan darak ekan. Bu «nurning zulmatdan, ezgulikning yovuzlikdan, ilmning johiliyat ustidan g'alaba qozongan» kunidir. Sunak Konservativ partiya va Buyuk Britaniya hukumati uchun tartibni tiklashda ayovsiz kechadigan kurashda yetakchilikka ega deb hisoblaydi aksar nashrlar. Inglizlar Boris Jonson bilan Rishi Sunakni o'zaro taqqoslab, birinchisini «mas'uliyatsiz», keyingisini «o'ta botartib» deb baholab ham qo'yganlar. Bloomberg Sunakni har qanaqasiga mamlakat boshi bo'lishga qodir nomzod deb biladi. Nufuzli ta'lim dargohlarini bitirib chiqqani, uch tomonlama mutaxassislikka (FSI — falsafa, siyoatshunoslik va iqtisod) egaligi unga har tarafdan ustunlik berishi tayin. Foto: BelTA. Boshqa millat vakili bo'lishiga qaramay Sunak ashaddiy konservatordir. Uni «mas'uliyatli hukumat va mas'uliyatsiz populizm o'rtasidagi vahshiyona suzuvchi konservativ qanot»ga tegishli shaxs deb ta'riflashadi. Behad kirishimligi, so'zga chechan va ajoyib boshqaruvchiligi uchun har qanday jamoada o'rni, obro'sini topib ketishini safdoshlarining havasini, gohi hasadini qo'zg'atadi. Unga texnokratlar tilini tushunadigan yagona siyosatchi deya yuqori baho berishadi. Biroq janob Ris-Mogga o'xshagan tanqidchilar uni ashaddiy «sotsialist» deb biladi. Sunak esa Jonson iqtidorligida ham Breksitning tarafdori ekanini yashirmagan, Britaniyani Osiyoning gegemonligi, Amerikaning dinamikasi bilan rivojlantirmoqchiligini ham ko'p bora ta'kidlagan. Sunak Coca-cola`ning ashaddiy muxlislaridan. Hatto bir gal ikki o'quvchiga kolaga oid neki bor, hammasini yig'ishga ishqibozligi, qopqog'idan tortib, yorlig'igacha kolleksiya qilishini erinmay aytib beradi. Tishlari kola ichaverib zararlansa-da, baribir mubtalolikni qo'ymasligini ham berkitmaydi. Foto: Kommersant. Do'stlari esa yuqori davralarga tegishli korchalonlar, aristokratlar, o'ziga to'q, maishati zo'r odamlar. «Ishchi guruhdan ham biror do'st-og'ayningiz bormi?» deb so'rashganida, «Xo'sh, yo'q, bu doiradan do'stim yo'q!» deb tan olgandi bir safar. Sunak futbolning ashaddiy ishqibozi. Agar Tereza Mey yoshligida bug'doy dalalari bo'ylab yugurishni yomon ko'rgan bo'lsa, Sunak «Yevro-96» uchrashuvlarini o'tkazib yubormaslik uchun maktabga televizor ko'tarib borgan paytlarini eng yoqimsiz davr deb eslaydi. 18 ga kirgan kuni Sauzhemptondagi eng sevimli jamoasiga qabul qilingani haqidagi ruxsatnomani olganida boshqa sovg'a-salomga qayrilib qaramaganini tez-tez xotirlaydi. Intervyularidan birida Sunak bolaligida «Yulduzlar jangi»dagi ritsar bo'lishni orzu qilganini aytadi. Ota-onasi bolalarini hind an'analaridan uzmay tarbiyalashganiga qaramay, Rishida inglizcha fikrlash va qarashlar ustun keladi. «An'anaviy tarbiya nima degani? Yakshanba kuni ibodatxonaga borsam, har shanba futbol o'ynagani yugurardim», deydi BBS jurnalisti savoliga. Biznesni qo'llab-quvvatlashga oid dasturlaridan biri Eat Out to Help Out («Yordam berish uchun ham yegin!») bo'lib, kafe va restoranlarni saqlab qolishga qaratilgani bilan e'tiborni tortgan. Taklif etilgan dastur amalda o'zini oqlab, bir qancha kichik biznes egalarini inqirozdan omon chiqishiga yordam beradi. «Millionlab ish o'rinlari»ni saqlab qolganidan hamon g'ururlanadigan vazir loyiha payti hatto o'zi bosh bo'lib restoranlarda ofitsiant bo'lib ko'radi. Foto: Kommersant. 25 oktabr kuniyoq bosh vazirlar qarorgohi sanalmish Dauning strit 10-xonadon oldida nutq so'zlagan Rishi Sunak hukumatni «Qirol nomidan» boshqarishini, mamlakat iqtisodiy inqiroz oldida ojiz qolganda jamiki mas'uliyatni bo'yniga olayotganini aytadi. «Pandemiya asorati hamon bilinyapti. Putinning Ukrainaga urushi bozor kuchini qirqdi va butun dunyoga ta'sirini ko'rsatdi. Hamkasabam Liz Trassga minnatdorlik bildirmoqchiman. Aslida u unchalik nohaq ham emasdi. Niyati xayrli edi, lekin ba'zi xatolar chindan qilindi. Men esa o'shalarni to'g'rilash uchun partiyamning va sizning yetakchingiz qilib tanlandim. Biz mamlakatimizni quruq so'z, va'da bilan emas, balki amalda birlashtiramiz. Ishonchga erishiladi va men ham ishonchingizga erishmoqchiman», — deya ommaviy axborot vakillari qarshisida xalqqa murojaat qiladi. Yaqin safdoshi Boris Jonsonning samimiyligi, muvafaqqiyatlari, zukkoligini doim qadrlaydigan Buyuk Britaniyaning hind yo'lboshlovchisi shu yilning 25 oktabridan rasman vazifasiga kirishdi.
|
world
|
20 noyabr kuni Qozog'iston Respublikasida navbatdan tashqari prezident saylovlari bo'lib o'tadi. Saylov jarayonlarini YeXHT DIIHB, MDH, SHHT, TDT, IHT va boshqa tashkilotlardan kelgan 641 nafar xalqaro kuzatuvchilar, qariyb 50 davlatdan tashrif buyurgan OAV vakillari, shu jumladan «Gazeta.uz» muxbiri Abdullo Yodgorov ham bevosita kuzatib boradi. Yakshanba kuni 10 101 ta saylov uchastkasi faoliyat ko'rsatadi. Shundan 86 tasi mahalliy vaqt bilan 6:00 da, qolganlari esa 7:00 dan ochiladi. Qozog'istonliklar 6 nafar nomzod orasidan o'ziga kelgusi 7 yilga mamlakat yetakchisini tanlashi lozim. Foto: Tengrinews.kz. Karakat Abden — «Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi» respublika jamoat birlashmasidan nomzod. Shiori: «Men oila, jamiyat va vatanga nima kerakligini bilaman». Qasim-Jomart Toqayev — ommaviy-siyosiy kuchlarning Xalq koalitsiyasidan. Shiori: «Adolatli davlat — adolatli iqtisodiyot — adolatli jamiyat». Saltanat Tursinbekova — «Qozoq onalari — an'analarga yo'l» respublika jamoat birlashmasidan. Shiori: «Mamlakatni siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqish». Nurlan Auyesbayev — muxolifat Milliy sotsial-demokratik partiyasidan. Shiori: «Ozodlik, Adolat, Birdamlik!». Jiguli Dayrabayev — «Ovul» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan. Shiori: «Boy qishloq — kuchli davlat». Meyram Kajiken — «Omonat» respublika kasaba uyushmalari birlashmasidan. Shiori: «Farovonlikning asosi birlikdir». 18 noyabr kuni Kazmedia studiyasida xorijlik jurnalistlar bilan uchrashuvda Qozog'iston davlat maslahatchsi Erlan Karin navbatdan tashqari prezident saylovlarining o'ziga xos jihatlariga to'xtalib o'tdi. Qozog'iston davlat maslahatchsi Erlan Karin. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz». «Ertadan keyin bizda prezident saylovlari bo'lib o'tadi. Fuqarolarda boshqa nomzodlardan tashqari, o'z tanlovini barchaga qarshi ovoz berish yo'li bilan ifodalash imkoniyati ham bo'ladi. Bizda ilk marotaba prezident saylovlari aynan shu tartibda o'tkaziladi», — dedi u. Davlat maslahatchisi shuningdek, muxolifatlar haqidagi savolga ham javob berdi. «Ko'plab tashabbuslar amalga oshirildiki, jamoatchilar yoki alohida muxolifat bo'ladimi farqi yo'q, xattoki, fuqarolik faollari ham yanada faolroq ushbu jarayonlarda ishtirok etmoqda. Aytish mumkinki, muxolifat jamiyatning ajralmas qismlaridan biri sifatida ham ushbu siyosiy o'zgarishlarning hammuallifi hisoblanadi», — dedi u. «Yaqinda bo'lib o'tgan referendum va hozirgi saylov — shuningdek, jamiyatda o'zgarishlarga talab borligini, qolaversa, hokimiyat ilgari surgan tashabbuslar fuqarolar tomonidan qo'llab-quvvatlanganini ko'rsatmoqda. Ular, shuningdek, hukumat va jamiyat mamlakatni yanada rivojlantirish uchun bir xil qarashlarga ega ekanligini ko'rsatyapti», — deya qo'shimcha qildi u. Bundan tashqari, Qozog'istonning amaldagi hukumati vakili yaqinda o'tkazilgan ijtimoiy so'rovnomaning natijalarini e'lon qilingani va xalq hozirgi siyosatni qo'llab-quvvatlayotganini ta'kidladi. «70 foizdan ko'proq qozog'istonliklar mamlakat to'g'ri yo'nalishda harakat qilmoqda, deb hisoblaydi. Bu shuni ko'rsatadiki, jamiyat ham, hokimiyat ham kelajak tasviri deb ataladigan mamlakatning rivojlanish istiqbollari haqida taxminan bir xil tushunchaga ega. Mafkuraga to'xtaladigan bo'lsak, bu yerda hamma narsa juda oddiy. Biz har xilmiz, teng huquqlimiz, turli fikrlarga ega — yagona millatmiz. Ya'ni, biz umumiy qadriyatlar mavjudligi va har xil farqlarga, farqlarga qaramay, ularga intilishimiz kerak deymiz», — deya qayd etdi Erlan Karin.
|
world
|
20 noyabr tongida Qozog'iston Respublikasida navbatdan tashqari prezident saylovlari boshlandi. Qozog'iston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Roman Vasilenkoning so'zlariga ko'ra, saylov birinchi bo'lib mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da Tokioda boshlandi. Yakshanba kuni 10 101 ta saylov uchastkasi faoliyat ko'rsatmoqda. Shundan 86 tasi mahalliy vaqt bilan 6:00 da, qolganlari esa 7:00 dan ochildi. Saylov jarayonlarini YeXHT DIIHB, MDH, SHHT, TDT, IHT va boshqa tashkilotlardan kelgan 641 nafar xalqaro kuzatuvchilar, qariyb 50 davlatdan tashrif buyurgan OAV vakillari kuzatib boradi. 11 mln 950 ming 485 nafar qozog'istonlik saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan. Saylovchilar umumiy sonining bir foizi hisobga olingan holda, saylov byulletenlarining soni 12 mln 69 ming 990 tani tashkil etadi. Saylovchilar 6 nafardan nomzod: Karakat Abden, Qasim-Jomart Toqayev, Saltanat Tursinbekova, Nurlan Auyesbayev, Jiguli Dayrabayev va Meyram Kajikendan biriga shuningdek, barchaga qarshi ovoz berish yo'li bilan o'zining fuqarolik pozitsiyasini bildirishi mumkin. Biroq mazkur grafani qancha odam tanlashidan qat'i nazar, prezidentlik saylovlariga ta'sir qilmaydi. Qozog'iston Konstitutsiyasiga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlarga ko'ra, ushbu saylovda g'alaba qozongan nomzod 7 yil davomida davlatni boshqaradi va ikkinchi muddatga qayta saylana olmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan 21 noyabr kuni soat 9:00 da San-Fransiskoda yakunlanadi. Ayni vaqtda Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida bo'lib turgan «Gazeta.uz» muxbiri Abdullo Yodgorov saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi. O'zbekiston va Qozog'iston saylov tizimlaridagi asosiy talablar bir xil. Misol uchun, yopiq tarzda ovoz beriladi va byulleten bilan suratga tushish va uni tarqatish mumkin emas, aks holda u tashviqot sifatida qaraladi, bu esa qonunbuzish demakdir. Byulleten maxsus kabinkada, saylovchi tomonidan, agar istisno holatlar bo'lmasa, yashirin tarzda to'ldiriladi. Qalamda yozish yoki o'zgartirishlar kiritish taqiqlanadi, fuqaroning xohishini aniq ifodalovchi har qanday belgini qo'yish mumkin. Saylov uchastkalarida fuqarolarni kutib olish uchun ko'ngillilar jalb qilingan, ayrimlarida xavfsizlik choralari ham ko'rilgan. Harorat -10 darajani ko'rsatishiga qaramay, ertalabdan asosan yoshi kattalar kelmoqda, kun nisbatan iliqlashi bilan oilaviy kelib ovoz berayotganlar ham ko'paya boshladi. Shu qatorda Qozog'iston bosh vazirining o'rinbosari — savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin ham o'zining nomzodiga ovoz berdi. Ovoz berib bo'lgach, u jurnalistlarga bergan intervyusida mamlakat uchun muhim masala yuzasidan o'z fikrini bildiradigan juda ko'p g'amxo'r odamlarni ko'rishdan xursand ekanligini ta'kidladi. «Bizning barchamizni, har bir azamatni (fuqaroni — tahr. ) Qozog'iston kelajagi uchun ovoz berayotganimiz birlashtirib turibdi. Hozir amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati ham shunda», dedi bosh vazir o'rinbosari. Ta'kidlash joizki, Ukrainada saylov uchastkasi ochilmaydi. Qozog'istonliklar qo'shni davlatlar Moldova yoki Polshaga borib, o'sha yerdagi saylov uchastkalarida ovoz berishlari mumkin. Mazkur saylov uchastkasida kuzatuvchilar va OAV vakillari uchun alohida joy hozirlangan. Qishning izg'irin sovug'iga qaramasdan qozog'iston ahli saylovda anchayin faollikni ko'rsatmoqda. Bu yerdagi uchastkada esa saylovchilarni musiqa sadolari ostida kutib olishmoqda. Saylovda o'z nomzodiga ovoz bergan odamlarning o'zaro suhbatida, mazkur saylov rostdan ham obyektiv o'tayotganiga ishonch tuyg'ulari ufurgan fikrlarini eshitish mumkin. Bunga sabab qilib, ular nomzodlar ma'qul kelmagan taqdirda barchasiga qarshi ovoz berish mumkinligini ta'kidlashmoqda.
|
world
|
20 noyabr kuni tushlik vaqtidan so'ng, Qozog'istondagi prezidentlik saylovlarini kuzatib borayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Falastin, Italiya, Armaniston, Gruziya, AQSh, Kanada, O'zbekiston, vakillari ishtirokida brifinglar o'tkazilmoqda. «Gazeta.uz» ularning saylov jarayoni haqidagi fikrlarini bir materialga to'pladi. Foto: Prezident huzuridagi Markaziy kommunikatsiya xizmati. Xalqaro va mahalliy OAVlar xodimlari bilan suhbatda Falastinning Qozog'istondagi elchisi Montaser Abuzeid yarim kun davomida 13 ta saylov uchastkasiga borishga ulgurganini ma'lum qildi. «Qozog'istondagi saylovlarda jami 4 marta ishtirok etganman. Bu safarga saylovda hozirgi vaqt [mahalliy vaqt bilan soat 14:0]ga qadar hech qanday qoidabuzarlik sodir bo'lmadi. Hozirgacha 13 ta saylov uchastkasiga bordim. Mahalliy kuzatuvchilarning o'zi urnalarni nazorat qilayapti, ularga hech kim ortiqcha narsa tashlamayapti. Mahalliy kuzatuvchilar 6 ta nomzodning vakili hisoblanadi. Har biri o'zining nomzodining huquqini himoya qilmoqda», — dedi u. Qolaversa, u bir vaqtning o'zida barcha joyda bo'la olmasligini ham qo'shimcha qilib o'tdi. «Yuqori darajadagi tayyorgarlik, yaxshi tashkillashtirilgan. Biz hech qanday qonunbuzarlikni sezmadik. Odamlar yaxshi kayfiyatda, ixtiyoriy ravishda ovoz bermoqda, ularga hech kim bosim o'tkazmayapti. Mahalliy kuzatuvchilar esa hozircha hech nimadan shikoyat qilishmadi», — deya ta'kidladi Falastin elchisi. U jurnalistlarning savoliga javob bera turib, qayerga borishni faqat u va uning yordamchisi bilishini qo'shimcha qildi. «Barcha saylov uchastkalarining manzilini olib, samolyotda uchib boshqa hududga borishimizni hisobga olgan holda, Ostonadagi uchastkalarni tanladik. Qaysi manzilga borishimizni faqat yordamchim biladi, o'zimiz xohlagan joydagina kuzatuv o'tkazdik. Mahalliy hokimiyat yoki hukumatdan hech kim bizga hamrohlik qilmadi», — dedi u. «Asosiysi hech bir qozog'istonlik uchastkadan norozi bo'lib qaytib ketmasin. Aslida, bizni vazifamiz ham shundan iborat», — dedi elchi. Navbatdagi anjuman Vision and Global Trends xalqaro instituti raisi Tiberio Gratsiani va Osiyo masalalari bo'yicha Italiy instituti bosh kotibi Domeniko Palmiyeri bilan o'tkazildi. «Qozog'iston — juda yosh respublika. Ilk 20 yil ichida ushbu yosh davlatda ko'p narsalarni qilish zarur edi. Biz iqtisodiy tahlil o'tkazdik va iqtisodiy o'sishni kuzatdik. Bu jamiyatdagi o'zgarishlarga olib keldi. Hozir demokratiyaning yuqori darajasini ta'minlash muhim, motivatsiyaga ega fuqarolar kerak. Hozir esa ayni shu tarixiy vaqtdir. Men so'nggi bor 2019 yildagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida, aynan Ostonada bo'lganman. Bugun 6 ta uchastkada bo'ldim. Saylovchilarning erta tongdan ovoz berishga borishayotganini ko'rib, ochig'i hayron qoldim. Bizda, Italiyada bunday bo'lmagandi. Hech qanday qoidabuzarlikni uchratmadim, hammasi yaxshi o'tdi», — dedi u. Domeniko Palmiyerining aytishicha esa, u Qozog'istonga ilk tashrifi. «Qozog'istonga birinchi marta tashrif buyurishim, bu kuzatuvchi sifatida shu mamlakatdagi ilk tajribam. Sizning Rimdagi elchixonangiz meni taklif qilishganida juda ham xursand bo'ldim. Chunki Qozog'iston haqida ko'p eshitganman. Hozirga qadar (tushgacha) 10 ta saylov uchastkasida bo'ldik. Men baxtli insonlarni a'lo kayfiyatda ko'rganimdan juda xursandman», — dedi u. «Alternativa» tadqiqot markazi ta'sischisi Tatul Manaseryanning fikricha, Qozog'istondagi saylovlardagi shaffoflikni e'tirof etdi. «Biz bir qancha saylov uchastkalarida bo'ldik. Birinchi bo'lib, saylovlarning tashkil etilishi va shaffof, ochiqligini e'tirof etmoqchiman. Shu bilan birga ta'kidlashim joiz, saylovchilarda g'urur, umid va optimistik kayfiyat kuzatildi, ko'pchilik saylov qutilari oldida suratga ham tushmoqda. Biz saylov uchastkalarida hozirga qadar hech qanday qoidabuzarliklarni qayd etmadik», — dedi Armaniston vakili. Kavkaz xalqaro universiteti professori, xavfsizlik bo'yicha mutaxassis Vaxtang Maisaya erta tongdan 18 ta saylov uchastkasida bo'lishga ulgurganini ma'lum qildi. «Eng asosiysi, saylovlar Qozog'iston qonunchiligi va xalqaro normalar ruhiyatida tashkillashtirildi. Saylovchilarning ishtirok soat 12 dayoq ancha yuqori ko'rsatkichni (Qozog'iston MSK ma'lumotlariga ko'ra, 12:05 da 38,55% — tahr. ) qayd etdi. Boshqa davlatlar, ayniqsa sobiq sovet mamlakatlari uchun imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus urnalar o'rnatilganini bilish juda qiziqarli va foydali bo'ldi», — dedi gruziyalik siyosatchi. Uning qo'shimcha qilishicha, saylovlar do'stona va yaxshi muhitda o'tmoqda. Kanada senatori, Qozog'iston — Kanada parlamentlararo hamkorlik guruhining hamraisi Viktor Ou saylov barchasi yaxshi o'tayotganini ta'kidladi. «Men kuzatuvchiman va kuzatuvlarimga ko'ra, Kanada saylov tizimi bilan hech qanday farqi yo'q. Kanadada biz demokratik saylovlarni ta'minlash uchun yaxshi tizimga egamiz. Va bu yerda katta farqni ko'rmadim. Sizni qo'lingizdagi byulletenga yashirin ravishda qaysi nomzodga ovoz berishingizni kiritasiz va uni urnaga tashlaysiz. Meni taxminimcha, bu yerdagi tizim yaxshi», — dedi u. Wikistrat Global Consultancy katta ilmiy xodimi, AQShning Mustaqil kuzatuvchilari missiyasi a'zosi Richard Uilyam Vayq Olmaota shahridagi bir qancha saylov uchastkalarida hosil qilgan taassurotlarini aytib berdi. «Hozircha hammasi joyida, men allaqachon 6 ta joyda bo'ldi. Ishtirok odatdagidan ozgina yaxshiroq. Biz ko'plab — mahalliy, partiyalarni, xalqaro kuzatuvchilarni ko'rdik. Men hozircha huquq buzilganini ko'rmadim. Hech qanday norozilik bo'lmadi, ovoz berish jarayoniga biron qarshilik ko'rsatilmadi. Hozircha barchasi joyida. Hozircha men ko'rganlarimdan juda mamnunman», -deya uning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tengrinews.kz. U kun davomida 20 ta saylov uchastkasiga borib ko'rishni reja qilayotganini qo'shimcha qildi. «Biz amerikalik kuzatuvchilar yetishmayapti, deb hisoblaymiz. Bizga Qozog'iston qiziq, chunki Qozog'iston muhim davlat. Bu men kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan beshinchi saylov», — dedi Vays. O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ham tushdan keyin o'tkazilgan brifingda Qozog'istondagi saylov jarayonlarini O'zbekistondan xalqaro tashkilotlar missiyalari doirasida 18 kishi kuzatib borayotganini ta'kidladi. «Ostonada 6 kishi, qolaversa, Olmaota va Chimkentda 12 kishi. Qayd etishim joiz, barcha sharoitlar yaratilgan va meni yoshlarning yuqori faolligi hayron qoldirdi. Bu yoshlar o'zining mamlakati kelajagiga befarq emasligini ko'rsatmoqda. Bu quvonarli. Yuqori darajada tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan va u bugun o'z natijasini bermoqda», — dedi u. O'zbekiston missiyasi rahbari Qozog'iston tomoni tavsiyasi asosida Ostona shahri va Akmola viloyatidagi uchastkalarda bo'lganini qo'shimcha qildi.
|
world
|
Sharm-ash-Shayx (Misr)da bo'lib o'tgan BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasida delegatsiyalar iqlim ofatlaridan jabr ko'rgan mamlakatlar uchun kompensatsiya mexanizmini yaratish bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi, deb xabar qildi BMT axborot xizmati. «Ushbu anjumanda adolat yo'lida muhim qadam qo'yildi. Yo'qotishlar va zararlarni qoplash uchun jamg'arma tashkil etish qarorini hamda uning kelgusi davrda ishlashini olqishlayman», — deya ma'lum qildi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish delegatlarga yo'llagan videomurojaatida. U iqlim o'zgarishidan jabr ko'rayotganlar va jabrlanuvchilarning ovozi iqlim o'zgarishi inqiroziga qarshi kurash, eshitish kerakligini qayd etdi. Aynan iqlim o'zgarishi oqibatlari keltirib chiqargan zararni qoplash mavzusi mazkur COP27 konferensiyaning eng keskin masalasi bo'ldi: BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi (UN FCCC) ishtirokchilari so'nggi daqiqagacha bu borada kelishuvga erisha olishmadi. Muzokarachilar juma kuni o'z ishlarini yakunlashlari kerak edi, biroq ular faqat yakshanba kuni ertalab bir to'xtamga kelisha oldilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqlim ofatlari oldida eng zaif hisoblangan, ammo iqlim o'zgarishi uchun eng kam javobgar bo'lgan davlatlarga yetkazilgan yo'qotishlar va zararlarni qoplash uchun bunday fondni yaratishni qat'iy talab qildi. «Shubhasiz, bu yetarli bo'lmaydi, lekin bu parchalangan ishonchni tiklash uchun zarur bo'lgan o'ta muhim siyosiy signaldir», — deya ta'kidladi Guterrish va BMT tizimi ushbu yo'lning har bir bosqichida qilingan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashiga ishontirdi. Kompensatsiya mexanizmini yaratish to'g'risidagi qaror ushbu konferensiyaning yutug'i bo'lsa-da, bu mexanizm qanday moliyalashtirilishi keyingi muhokama mavzusi bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari, Konferensiya ishtirokchilari global isish sabablari bilan bog'liq masalalar bo'yicha oldinga siljiy olmadilar. Tadbirda qazib olinadigan yoqilg'ilarni bosqichma-bosqich bekor qilish mavzulari, shuningdek, BMT ma'lumotlariga ko'ra, global isishni Selsiy bo'yicha 1,5 daraja ichida ushlab turish zarurligi haqida og'irroq gaplar ko'tarilmadi. Sharm-ash-Shayxdagi konferensiya yakunlarini sarhisob qilar ekan, Antoniu Guterrish iqlim o'zgarishiga qarshi kurashning ustuvor yo'nalishlari haqida dunyoga eslatdi. Endilikda, uning fikricha, global issiqxona gazlari chiqindilarini imkon qadar tezroq kamaytirish, Yerdagi haroratning oshishini Parij kelishuvida ko'zda tutilgan 1,5 daraja Selsiy chegarasida ushlab turish va insoniyatni «iqlim tubsizligi» yoqasidan olib chiqish muhim". «Biz hozir atmosferaga zararli gazlarni chiqarishni keskin kamaytirishimiz kerak — ammo konferensiya ushbu savolga javob topa olmadi», deb kuyindi BMT rahbariyu U dunyo o'z maqsadlariga erishish va qazib olinadigan yoqilg'ilarga qaramlikni tugatish uchun ulkan qadam tashlashi kerakligini aytdi. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalariga katta hajmdagi sarmoya kiritishni talab qiladi. BMT rahbari, shuningdek, moslashuv fondlarini ikki baravar oshirish bo'yicha aniq va ishonchli harakatlar rejasini ishlab chiqish orqali rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqlimni moliyalashtirish uchun yiliga 100 mlrd dollarlik uzoq muddatli va'dani bajarish zarurligini ta'kidladi. Bundan tashqari, u iqlim o'zgarishi sohasida ko'p tomonlama rivojlanish banklari va xalqaro moliya institutlarining biznes modellarini o'zgartirish zarurligini yana bir bor ta'kidladi. «Ular ko'proq tavakkal qilishga tayyor bo'lishlari va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o'rtacha narxda xususiy moliyani muntazam ravishda oshirishlari kerak», — dedi Antonio Guterres. BMT rahbarining qo'shimcha qilishicha, yo'qotishlar va zararlarni qoplash uchun jamg'arma muhim masala bo'lsa-da, agar iqlim inqirozi kichik orol davlatlaridan birini Yer yuzidan yo'q qilsa yoki butun Afrikani sahroga aylantirsa, bu chora yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun u ko'mirdan bosqichma-bosqich voz kechish va qayta tiklanadigan energiyani kengaytirishni tezlashtirish uchun yashil energiyaga o'tish bo'yicha teng huquqli hamkorlikka chaqirdi va COP27 ochilishida qilgan iqlim o'zgarishi bo'yicha birdamlik paktini tuzish taklifini takrorladi. «Pakt tomonlarni 1,5 daraja Selsiy bo'yicha isishni saqlab qolish uchun joriy o'n yil ichida tashlamalarni kamaytirish bo'yicha qo'shimcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xususiy sektor bilan birgalikda yirik rivojlanayotgan mamlakatlarni qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tishni tezlashtirish uchun ularni moliyaviy va texnik qo'llab-quvvatlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni safarbar etish bo'yicha kelishuv zarur», — deya tushuntirdi u bu 1,5 darajali maqsadga erishish uchun zarur ekanligiga urg'u qaratar ekan. Antonio Guterrish o'zining videomurojaatida COP27 natijalariga ko'ra, «ko'p uy vazifasi» bajarilishi kerakligini va buning uchun juda oz vaqt qolganini ta'kidladi. «Biz iqlim bo'yicha Parij kelishuvi qabul qilingan 2015 yil va u amalga oshirilishi kerak bo'lgan 2030 yil oralig'ida allaqachon yarmini bosib o'tdik. Adolatga erishish va maqsadlarga yetishish uchun hamma va hamma ishtirok etishi kerak», — dedi u. Bosh kotibning qo'shimcha qilishicha, bu iqlim inqirozini kuchaytiruvchi, o'simlik va hayvon turlarining yo'q bo'lib ketishiga olib keladigan hamda ekotizimlarni yo'q qiladigan tabiat bilan «o'z joniga qasd qilish urushini» tugatish istagiga ham tegishli. «Keyingi oyda bo'lib o'tadigan BMTning biologik xilma-xillik konferensiyasi — bu kelgusi o'n yillikda biologik xilma-xillikni saqlash shartlarini belgilashimiz kerak bo'lgan forum bo'lib, u tabiatning o'zi kuchidan foydalanish va mahalliy xalqlarning tajribasidan foydalanishni o'z ichiga oladi», — dedi u. BMT rahbari, shuningdek, konferensiya ochilganidan buyon o'zini va o'z talablarini jahon hamjamiyatiga baland ovozda e'lon qilib kelayotgan fuqarolik jamiyati va faollariga murojaat qildi. «Men sizning umidsizligingizga sherikman», — dedi Guterrish. Uning fikricha, iqlim himoyachilari orasida yoshlar yetakchi rol o'ynamoqda. «Dunyodagi eng muhim energiya manbai — bu odamlarning kuchi. Shuning uchun iqlim o'zgarishi kontekstida inson huquqlari jihatini hisobga olish juda muhim», — deya tushuntirdi BMT rahbari. U bizni oldinda qiyin kurash kutayotganini ta'kidlab, «har birimiz har kuni birinchi o'rinda bo'lishimiz kerak… Biz mo''jiza kutmasligimiz kerak», — deb ogohlantirdi. Keniyalik yosh atrof-muhit faoli Elizabet Vatxuti BMT bosh kotibining fikriga qo'shildi: «Tomonlarning 27-konferensiyasi tugashi mumkin, ammo xavfsiz kelajak uchun kurash hali tugamaydi. Hozir Monrealda bo'lib o'tadigan Global Bioxilma-xillik sammitida tabiatni muhofaza qilish va qayta tiklash bo'yicha kuchli global kelishuvni kelishib olish uchun siyosiy yetakchilar harakat qilishi har qachongidan ham muhim». «Hozir biz barchamiz bir-biriga bog'langan oziq-ovqat, tabiiy va iqlim inqirozlarining ta'sirini his qilyapmiz, ammo epitsentrdagi xuddi meniki kabi jamoalar eng ko'p azob chekmoqda. Harakat qilishdan oldin yana qancha signal eshitishimiz kerak?», — deya savol tashladi o'rtaga. BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 27-konferensiyasi hukumatlar, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar vakillari va kuzatuvchilarni o'z ichiga olgan 35 mingdan ortiq odamni jamladi. Nodavlat notijorat tashkilotlariningnol emissiya majburiyatlari bo'yicha Oliy darajadagi ekspertlar guruhining birinchi hisoboti taqdimoti yig'ilishning eng muhim nuqtalaridan bo'ldi. Hisobotda jamoatchilikda kompaniya yoki tashkilot atrof-muhitni muhofaza qilish uchun amaldagidan ko'ra ko'proq harakat qilmoqda, degan fikrni uyg'otadigan «grinvoshing» piar-uslubi keskin tanqid qilindi. Hisobot, shuningdek, sanoat, moliya institutlari, shaharlar va hududlarning nol emissiya majburiyatlari yaxlitligini ta'minlash va barqaror kelajakka global o'tishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yo'l xaritasini taqdim etadi. Shuningdek, konferensiya davomida BMT 2023 va 2027 yillar oralig'ida 3,1 mlrd dollarlik boshlang'ich maqsadli sarmoyani o'z ichiga olgan «Barcha uchun erta ogohlantirish» Harakat rejasini e'lon qildi, bu har bir kishi uchun yiliga atigi 50 sent sarflashga teng. AQShning sobiq vitse-prezidenti va faol Albert Gor BMT bosh kotibi ko'magida konferensiyada Climate TRACE koalitsiyasi tomonidan yaratilgan yangi mustaqil issiqxona gazlari emissiya reyestrini taqdim etdi. Platforma dunyo bo'ylab 70 mingdan ortiq saytlar, jumladan, Xitoy, AQSh va Hindistondagi kompaniyalarning chiqindilarini ko'rsatish uchun sun'iy intellekt va sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini birlashtiradi. Bu menejerlarga atmosferaga chiqariladigan uglerod va metanning joylashuvi hamda hajmini aniqlash imkonini beradi. Konferensiyaga raislik qilayotgan Misr tomonidan COP27da taqdim etilgan beshta asosiy sektor — energetika, avtomobil transporti, po'lat va vodorod ishlab chiqarish hamda qishloq xo'jaligi bo'yicha dekarbonizatsiyani jadallashtirish bo'yicha bosh rejaning qabul qilinishi konferensiyaning yana bir muhim voqeasi bo'ldi. Misr hukumati, shuningdek, 2030 yilgacha qishloq xo'jaligi hamda oziq-ovqat tizimlarini o'zgartirish uchun moliyalashtirish hajmi va sifatini yaxshilashni maqsad qilgan Barqaror transformatsiya uchun oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashabbusi boshlanganini e'lon qildi. Ta'kidlash joizki, COP27 issiqxona gazlari chiqindilarining uchdan bir qismini tashkil etuvchi qishloq xo'jaligi mavzusi kun bo'yi bag'ishlangan birinchi shunday anjuman bo'ldi. Qishloq xo'jaligi, BMTga ko'ra, iqlim muammolarini hal qilishning muhim qismiga aylanishi kerak. COP27ning boshqa tashabbuslari va tadbirlari haqida ma'lumotni ushbu konferensiyaga bag'ishlangan sahifada topish mumkin.
|
world
|
2022 yil ko'p sonli kutilgan va kutilmagan voqealari bilan tarix sahifalariga muhrlandi. Xususan, dunyo aholisi 8 mlrd nafarga yetdi ; koronavirus pandemiyasi chekindi , aksariyat davlatlarda karantin cheklovlari bekor qilindi, aholida virusga qarshi immunitet shakllanib ulgurdi (Xitoy bundan mustasno); dunyo mamlakatlari iqlim o'zgarishlarining favqulodda og'ir oqibatlarini o'z tanalarida tobora jiddiyroq his eta boshladi; XXI asr odami tasavvuriga sig'magan urush jahondagi siyosiy-iqtisodiy vaziyatni izdan chiqardi; xalqaro hamjamiyat dunyo sahnasida bir qator siyosiy o'yinlarga guvoh bo'ldi. «Gazeta.uz» 2022 yilning shu singari eng e'tiborga molik voqealarini bir materialga jamladi. Rossiya tanki Ukrainaning Mariupol shahridagi turar joy binosini o'qqa tutmoqda. 2022 yil 11 mart. Foto: Yevgeniy Maloletka / Associated Press / Meduza Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy bosqini haqidagi bashoratlar AQSh va Britaniya rasmiylari tomonidan 2021 yil oxiridayoq yangray boshlagan edi . Shunga qaramay, o'sha paytda bir davlatning boshqa bir davlat suveren hududiga bostirib kirishi zamonaviy dunyo tartibiga sira mos kelmaydigan bir voqelik sifatida ko'rilib, ko'pchilik buning amalga oshishiga shubha bilan qaradi. Qolaversa, Rossiya hukumati Ukrainaga bostirib kirish rejasi haqidagi farazlarni doimiy ravishda inkor qilib keldi , ayni paytda Ukraina chegaralariga o'z qo'shinlarini joylashtirishda, ularning safini muttasil kengaytirishda davom etdi. 2022 yil 24 fevralda Rossiya Ukrainani «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish zarurati» yuzasidan «maxsus harbiy operatsiya» boshlaganligini e'lon qildi . Rossiya hukumati dunyo hamjamiyati tomonidan mustaqil davlat suverenitetiga tajovuz sifatida baholangan mazkur «maxsus harbiy operatsiya»ni NATOning Rossiya chegaralariga tomon kengayishi va Ukrainaning NATOga qo'shilish harakatlari, Donbascda etnik ruslarga nisbatan «genotsid», ayrim bayonotlariga ko'ra esa Ukraina tarkibidagi eskitdan Rossiyaga qarashli bo'lgan hududlarni qaytarish istagi bilan izohladi. Kollektiv G'arb hamda boshqa bir qator davlatlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini keskin qoralab, unga nisbatan og'ir sanksiyalar kiritishni boshladi . Ikki tomon o'rtasida kechgan qator muzokaralar murosaga olib kelmadi. Bosqinning ilk kunlarida Zelenskiy hamkor davlatlar tomonidan Ukrainani xavfsiz tashlab chiqish uchun taklif etilgan yordamlarni qat'iy rad etdi . Ukraina bir necha oylar davomida muttasil hujumlarga dosh berdi. sentabr oyi boshida esa qarshi hujumga o'tib, rus qo'shinlari tomonidan egallab olingan hududlarni birin-ketin o'z nazorati ostiga qaytara boshladi . Ukraina qarshi hujumni kuchaytirgani ortidan Rossiyada qisman safarbarlik e'lon qilindi. Shunga qaramay, noyabr oyiga kelib rus qo'shinlari Ukraina janubi-sharqidagi Xerson shahrini tark eta boshladi. Zelenskiy endi Rossiya bilan muzokaralarda 2014 yilda bosib olgan Qrimni qaytarib olish talabini ham kun tartibiga qaytardi. Ayni paytda, o'z talablarida qat'iy turib, murosaga o'rin qoldirmay kelayotgan Rossiya prezidenti so'nggi oylarda Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini va urush yakunlanishining ehtimoliy yechimlarini ma'lum qilgan bo'lsa-da, har ikki tomonning talablarini qondiradigan aniq yechimda to'xtalish vaqt masalasi ekanligicha qolmoqda. The Economist nashriga ko'ra , Ukrainadagi urush dunyoni tarixning qonli davrlariga qaytarmoqda. Urush oqibatidagi yo'qotishlar ko'lami hali rasman ochiqlanmagan bo'lsa-da, AQSh har ikki tomondan 200 ming nafar harbiy halok bo'lgani yoki turli darajada jarohatlanganini, 40 mingga yaqin tinch aholi halok bo'lganini taxmin qilmoqda . Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus-harbiy operatsiyasi» ortidan global miqyosda gumanitar inqiroz chuqurlashdi, energiya inqirozi, narxlarning keskin ko'tarilishi, ta'minot zanjiridagi uzilishlar va oziq-ovqat taqchilligi yuzaga keldi. Yevropa Ittifoqida shu vaqtgacha energoresurslar bo'yicha asosiy ta'minotchi bo'lgan Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida energetika xavfsizligi, energetika bozori diversifikatsiyasi hamda muqobil energiya manbalariga o'tish sur'atlari sezilarli tezlashdi . Polshaning Poznan shahrida ukrainalik qochqinlar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik turar joy. 2022 yil 18 mart. Foto: Piotr Skornicki / Reuters / Meduza 2022 yilda global miqyosda gumanitar — qochqinlar inqirozi sezilarli darajada chuqurlashdi. Yilning birinchi yarmidayoq dunyo bo'ylab turli ta'qiblar, nizolar, zo'ravonliklar, inson huquqlari buzilishi yoki siyosiy tartibsizliklar oqibatida o'z vatanini tark etgan, shuningdek, o'z uylarini tashlab ketishga majbur bo'lgan, biroq o'z vatanida yashashni davom ettirayotganlar soni 100 milliondan oshib ketgan edi. BMTning Qochqinlar masalalari bo'yicha agentligiga ko'ra , Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo miqyosida gumanitar inqirozni chuqurlashtirib, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda kuzatilgan eng tez va eng yirik qochqinlar hamda mamlakat ichida o'z yashash joyini tark etganlar inqiroziga sabab bo'ldi. Ayni paytda o'z vatanini tashlab chiqqan qochqinlar soni bo'yicha Suriya, Venesuela hamda Ukraina dastlabki uchtalikda qolmoqda. «Shimoliy oqim» quvurlaridagi «sirli portlashlar» oqibatida Boltiq dengizi yuzasida «qaynab turgan» gaz. 2022 yil 30 sentabr. Foto: Danish Defence Command / Reuters / Meduza Rossiya harbiy qo'shinlarining Ukrainaga rasman kirib kelishigacha bo'lgan davrda ham energoresurslar bozorida narxlar, qisman Rossiyaning «Shimoliy oqim 2» loyihasi atrofidagi noaniqliklar ortidan, keskin o'zgaruvchan tendensiyani namoyon qilib kelayotgan edi. 24 fevraldan keyin muqarrar bo'lib turgan energiya inqirozi kuchayib ketdi. World Economic Forum'ga ko'ra , Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari energiya inqiroziga quyidagicha ta'sir ko'rsatgan: 2022 yilda butun dunyo bo'ylab inflyatsiya darajasining noodatiy tarzda yuqori o'sishi kuzatildi . Narxlarning keskin o'sishiga bir vaqtning o'zida ham talab, ham taklif omillari ta'sir ko'rsatdi . Talab nuqtai nazaridan olib qaralganida, koronavirus pandemiyasi sharoitida chuqur iqtisodiy inqirozning oldini olish maqsadida aksariyat hukumatlar davlat xarajatlarini oshirdi. Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash dasturlari tufayli aholining ixtiyoridagi daromadlari ortdi. Taklif nuqtai nazaridan, hali kovid pandemiyasi asoratlari arimagan bir paytda Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashi global ta'minot zanjirlariga putur yetkazdi va iste'mol bozorida tovarlar tanqisligini keltirib chiqardi. Tayvan poytaxti Taybeydagi AQSh Kongressi Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifini olqishlovchi lavha. 2022 yil 3 avgust. Foto: Chiang Ying-ying / Associated Press / The Conservation 2022 yilda Xitoy va AQSh o'rtasidagi raqobat kurashi sezilarli keskinlashdi. Bunda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari, Xitoy hukumatining bu borada Rossiyaga hayrixohligi hamda Tayvan bilan bog'liq mojarolar muhim rol o'ynadi. Jo Bayden ma'muriyati 2022 yil oktabr oyida e'lon qilingan Milliy xavfsizlik strategiyasida Xitoyning «xalqaro tartibni global o'yin maydonini o'z manfaati tomon yo'naltiradigan tuzum foydasiga qayta shakllantirish istagi va salohiyatiga ega» ekanligini ochiqchasiga e'tirof etdi. AQSh Xitoyning o'sishini olqishlash siyosatidan voz kechganligini Pekinning Janubiy Xitoy dengizini harbiylashtirgani, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo'llab-quvvatlagani, Tayvanga nisbatan tahdidlar va intellektual mulkni o'g'irlash singari xatti-harakatlari bilan izohladi . Avgust boshida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban Xitoy Tayvan oroli atrofida jangovarlikni kuchaytirdi . Bu, o'z navbatida, o'zaro munosabatlarning yanada taranglashishiga sabab bo'ldi. oktabr oyida AQSh hukumati Xitoyga sun'iy intellekt kabi ustuvor sohalar uchun zarur bo'lgan ilg'or yarimo'tkazgich chiplari va texnologiyalarini sotishga taqiq o'rnatdi . Noyabr oyi o'rtalarida Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin G20 sammiti doirasida uchrashib, o'zaro keskinlikni kamaytirish hamda iqlim o'zgarishi, makroiqtisodiy barqarorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, sog'liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi . Shunga qaramay, jahon iqtisodiyotida yetakchilik va hukmronlik mavqeyi, kuch-qudrat uchun zimdan yoki ochiqchasiga kurash hali davom etishi ehtimoldan holi emas. Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste'foga chiqishini e'lon qilmoqda. 2022 yil 20 oktabr. Foto: Reuters / VOAnews 2022 yilning ikkinchi yarmida Britaniya hukumatida yuzaga kelgan siyosiy g'alayonlar butun dunyo hamjamiyati diqqat markazida bo'ldi. Mamlakatda iyul-oktabr oylari — to'rt oy ichida ikki marta hukumat rahbari almashdi — shu vaqt mobaynida mamlakatni uchta bosh vazir boshqardi. 2019 yilning iyulida Brexit'ni muvaffaqiyatli amalga oshirish va'dasi bilan Jeremi Hant ustidan g'alaba qozonib, hukumat tepasiga kelgan Boris Jonson 2022 yilning 7 iyulida muddatidan oldin iste'fo berishga majbur bo'ldi . Jonson faoliyati davomida muntazam to'qnash kelgan mojarolar uning hukumatini kuchsizlantirdi. Xususan, Brexit ortidan yuzaga kelgan siyosiy inqirozning avj pallasida qirolichaga parlament faoliyatini to'xtatib turish yoki yopib qo'yish iltimosi bilan murojaat qilgani keskin tanqidlarga sabab bo'ldi; uni hukumat ishlari bilan bog'liq tartib-qoidalarni mensimaslikda, ularni o'z manfaatlari yo'lida suiiste'mol qilishda, shuningdek, xayriya mablag'larini ochiqlamagani ortidan hatto korrupsiyada ayblashdi; pandemiya vaqtida qat'iy cheklovlar, ijtimoiy masofalanish talablariga qaramay, lokdaun qoidalarini buzgani va ziyofatlarda qatnashgani sababli jarimaga tortildi . Boris Jonson iste'foga chiqish to'g'risidagi talablarni bir necha oylar davomida rad etdi. Biroq iyul oyiga kelib, hukumat a'zolari uning hukumatni boshqarishga noloyiq ekanligini ta'kidlab, birin-ketin o'z lavozimini tark eta boshlagach, 7 iyul kuni iste'foga chiqqanligi haqida rasman e'lon qildi. 6 sentabrda, olti haftalik kurashdan so'ng, hukumatni Liz Trass egalladi. Liz Trass qirolicha Yelizaveta II hukumat tuzishni so'ragan eng oxirgi bosh vazirga aylandi: u faoliyat boshlaganidan ikki kun o'tib — 8 sentabrda qirolicha 96 yoshida hayotdan ko'z yumdi . Qirolicha Yelizaveta Ikkinchining jasadi solingan tobut Vindzor qasriga olib ketilmoqda. 2022 yil 19 sentabr. Foto: Yevgeniy Feldman / Meduza Liz Trassning «past soliqlar — yuqori o'sish» siyosati dastlab saylovda unga g'alaba olib kelgan bo'lsa, keyinroq mazkur siyosatning salbiy oqibatlari birin-ketin bo'y ko'rsatdi. Funt sterling qadrsizlandi, bozor izdan chiqdi va mamlakatda moliyaviy inqiroz yuzaga keldi. oktabr oyi oxiriga kelib hukumat undan o'z lavozimini bo'shatib qo'yishni talab qildi. Shunday qilib, bor-yo'g'i 45 kunlik faoliyatidan so'ng — 20 oktabrda Liz Trass rasman iste'foga chiqdi va Britaniya tarixiga eng qisqa davr hukumatga rahbarlik qilgan bosh vazir sifatida muhrlandi. Navbatdagi saylovlarda Britaniyaning sobiq moliya vaziri, Jonsonning iste'fosida asosiy rol o'ynagan Rishi Sunak g'alaba qozondi va 25 oktabrda rasman Britaniya bosh vaziri sifatida o'z faoliyatini boshladi . Shunday qilib, chuqur inqirozdagi mamlakatni oyoqqa turg'azish, avvalgi hukumatning xatolarini to'g'rilash Rishi Sunakning zimmasiga yuklandi. Mamlakatda hukm surayotgan og'ir iqtisodiy muhit Qo'shma Qirollikning Yevropa Ittifoqiga qayta qo'shilishi mumkinligi haqidagi farazlarni keltirib chiqarmoqda. Hatto Rossiya hukumati rasmiysi Dmitriy Medvedev o'zining Twitter'dagi sahifasida 2023 yilda Qo'shma Qirollikning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishini to'liq ishonch bilan bashorat qildi . Guardian nashriga ko'ra , Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotgani nuqtai nazaridan ayni paytda Britaniya hukumati va boshqa Yevropa davlatlari o'rtasidagi munosabatlar iliqlashgan. Shunga qaramay, Brexit atrofidagi uzoq yillik muzokaralar har ikki tomon rasmiylarining o'zaro ishonchiga putur yetkazgan, uning tiklanishi esa vaqt masalasi. Pokistonning Belujiston provinsiyasida yuz bergan toshqinlar oqibati. 2022 yil 26 avgust. Foto: Hussain / AFP / UNICEF 2022 yilda Pokiston bir vaqtning o'zida siyosiy, iqtisodiy va iqlim inqirozlari oqibatlarini bartaraf etish zarurati qarshisida tang qoldi. Aprel oyida Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi . Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e'lon qilish taklifi bilan chiqqan muxolifat partiya uni COVID-19 pandemiyasi fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan xoli qilish to'g'risidagi va'dalarini bajarmaganlikda aybladi. Imron Xon muxolifat partiyani uni lavozimidan chetlatish maqsadida AQSh bilan til biriktirganlikda ayblab, buni «Xitoy hamda Rossiyaga qarshilik masalalarida Vashington tarafida turishni rad etgani ortidan AQSh boshchiligidagi fitna» deb atadi. 11 aprel kuni Imron Xonning o'rniga, kutilganidek, muxolifat partiya yetakchisi, sobiq bosh vazir Navoz Sharifning ukasi Shahboz Sharif parlament tomonidan yangi bosh vazir etib saylandi . Shunga qaramay, Imron Xon hokimiyat uchun kurashni davom ettirdi. Muddatidan avval saylovlar o'tkazilishini talab qilib, o'z tarafdorlari ishtirokida Lahordan poytaxt Islomobodga tomon yo'lga chiqqan norozilik avtokarvoniga yo'lboshchilik qilib ketayotgan vaqtida uyushtirilgan suiqasd natijasida yaralandi . Saylovlarsiz hokimiyat tepasiga kelgan amaldagi hukumat esa ovoz berish jarayonini avvaldan rejalashtirilganidek faqat 2023 yilda o'tkazilishini ta'kidladi. Mamlakatdagi siyosiy inqiroz iqtisodiy inqiroz bilan bir vaqtda kechmoqda. Pokiston ayni paytda davlat qarzlarini moliyalashtirish hamda import uchun yetarli valyuta zaxiralariga ega emas. Buning ustiga, avgust oyida mamlakatda kuchli musson yomg'irlari va muzliklarning erishi natijasida kuzatilgan epik toshqinlar siyosiy-iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtirdi. Toshqinlar mamlakatning qariyb uchdan bir qismini qamrab oldi , natijada millionlab odamlar aziyat chekdi, yuz minglab aholi boshpanasiz qoldi . Uch tomonlama inqiroz oqibatlari ortidan 2023 yil Pokistonning 225 millionlik aholisi uchun og'ir kelishi mumkin. Foto: Abduaziz Madyarov / AFP / Meduza Yanvar boshlarida Qozog'istonning Mangistau viloyati Janaozen shahrida suyultirilgan gaz narxlari keskin oshirilishi ortidan boshlangan norozilik namoyishlari mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqalib, ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. 4 yanvar kuni Mangistau viloyatida narxlar pasaytirilganligi e'lon qilindi , biroq bu namoyishlarni to'xtatmadi. Namoyishchilar mamlakatdagi korrupsiya, kambag'allik va tengsizlikka qarshi noroziliklarini bildirib , ijtimoiy-iqtisodiy talablardan siyosiy talablarga o'tishdi. Ular, xususan, sobiq prezident Nursulton Nazarbayevning hokimiyatdan butunlay ketishini talab qilishdi. Voqealar rivojida Qozog'iston hukumati iste'foga chiqdi , mamlakatda favqulodda holat e'lon qilindi. Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallab , Nursulton Nazarbayev iste'foga chiqdi. Biroq ommaviy tartibsizlar yanada kuchayib bordi. Mamlakat prezidenti tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi, KXSHTga a'zo davlatlar rahbarlaridan yordam so'radi va mamlakatda aksilterror operatsiya boshlanganini ma'lum qildi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi Qozog'iston prezidenti murojaatidan so'ng, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida «tinchlikparvar kuchlarni vaqtinchalik missiya bilan» safarbar qildi . 8 yanvardan mamlakatda vaziyat barqarorlashdi. 13 yanvardan boshlab KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog'iston hududini tark eta boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra , yanvar voqealarida, umumiy hisobda, mamlakatda 4578 kishi jabrlangan, jumladan, 4353 kishi jarohatlangan, 238 kishi halok bo'lgan. Mahsa Aminiy o'limining 40-kunida u dafn etilgan qabriston tomon yo'lga chiqqan avtokarvon, 2022 yil 26 oktabr. Foto: AFP / Meduza Sentabr oyida Tehronda «axloq politsiyasi» tomonidan hibsga olingan Mahsa Aminiy politsiya hibsxonasida vafot etgani to'g'risidagi xabar ortidan Saqqez shahrida boshlangan norozilik namoyishlari to'lqini butun mamlakat bo'ylab yoyildi va namoyishni kuch bilan bostirish vaqtidagi ommaviy qirg'inlarga sabab bo'ldi. 22 yoshli talaba qiz hijobni to'g'ri o'ramaganligi uchun «axloq politsiyasi» tomonidan hibsga olingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra , mamlakat rasmiylari AQSh va Isroilni norozilik namoyishlarini tashkil qilishda ayblagan, biroq noroziliklarning hukumatning siyosiy qatag'onlari, korrupsiya hamda iqtisodiyotdagi noto'g'ri boshqaruv sabab ommaviy tus olgan. Hukumat namoyishlarni kuch bilan bostirishga harakat qildi . Inson huquqlari guruhlariga ko'ra, mamlakat xavfsizlik kuchlari suv purkagichlardan foydalangan, shuningdek, o'q uzgan, namoyishchilar esa tosh otgan, politsiya mashinalariga va jamoat binolariga o't qo'ygan. Shuningdek, inson huquqlari guruhlari namoyishlar vaqtida kamida 450 kishi o'ldirilganini ma'lum qilgan. The New York Times Eron rasmiylari namoyishchilarni omma oldida qatl qila boshlagani to'g'risida xabar qildi . Ispaniyaning Vilyarta-de-los-Montes munitsipalitetidagi qurib qolgan suv ombori. 2022 yil 6 avgust. Foto: Susana Vera / Reuters / Meduza Yakuniga yetayotgan yil ekstremal ob-havo sharoitlari, aniqroq aytganda, iqlim o'zgarishlarining salbiy oqibatlari yaqqol yuzaga chiqqani va keng ko'lamli yo'qotishlarga olib kelgani bilan ham diqqatga sazovor bo'ldi. Xususan, ekstremal yuqori harorat, toshqinlar, bo'ronlar, qurg'oqchiliklar hukumatlarni iqlim o'zgarishlari oqibatlarini yumshatishda so'zdan harakatga ko'chishga undadi . Rekord darajadagi issiqlik to'lqinlari Yevropada o'rmon yong'inlarini keltirib chiqardi. AQSh janubi-g'arbida favqulodda qurg'oqchilik kuzatildi, suv havzalari qisqardi va ekinlar hosildorligi pasayib ketdi. Pokistonda issiqlik to'lqinlari ortidan epik musson yomg'irlari boshlanib, mamlakatning uchdan bir qismi suv ostida qoldi. Hindiston va qator Yevropa davlatlarida muzliklarning erishi kuzatildi. Sharqiy Afrikadagi qurg'oqchilik ortidan millionlab aholi ocharchilikdan aziyat chekdi. Iqlim o'zgarishi bo'yicha tashlangan muhim qadamlardan biri Misrning Sharm-al-Shayx shahrida bo'lib o'tgan BMTning iqlim masalalari bo'yicha konferensiyasi — COP27 yig'ilishi bo'ldi. Yig'ilishda rivojlangan mamlakatlar tomonidan iqlim o'zgarishidan kambag'al mamlakatlar ko'rgan zararni kompensatsiya qilishni nazarda tutuvchi Loss and Damage («Yo'qotish va zarar») jamg'armasini tuzish haqidagi kelishuvga erishildi. Shunga qaramay, atmosferaga ajratilayotgan karbonat angidrid hajmi o'sishda davom etmoqda. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati kubogi bilan. Foto: Tom Jenkins / The Guardian Futbol bo'yicha 2022 yilgi jahon chempionati bir qator o'ziga xos jihatlari bilan alohida e'tiborga molik. To'rt yilda bir marta o'tkaziluvchi chempionatning 20 noyabrdan 18 dekabrgacha davom etgan navbatdagi — 22-turniriga ilk marta arab davlati — Qatar mezbonlik qildi. Shuningdek, bu 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan keyin Osiyoda o'tkazilgan ikkinchi mundial hamdir. Yana bir o'ziga xos jihati shundaki, Qatardagi ekstremal yoz iqlimi tufayli bu yilgi chempionat noan'anaviy tarzda kuz-qishki mavsumda o'tkazildi . 2022 yilgi jahon chempionati, shuningdek, turnir davomida ilk marta ayol hakamlarning maydonga tushgani, mezbon mehnatini qadrlashning yaponlarga xos namunasi, o'yinlardagi sensatsion natijalar, Messining uzoq kutilgan orzusi, Argentinaning tarixiy chempionligi hamda Fransiyaning alamli mag'lubiyati bilan esda qolarli bo'ldi .
|
world
|
2022 yilning 24 fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo tartibiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. «Maxsus harbiy operatsiya», «natsizmga qarshi kurash» kabi shiorlar vaqt o'tib tinch aholini qirish-o'ldirish bilan davom etdi. O'n oydan oshgan urush sabab, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, shu kungacha 7 mingga yaqin tinch aholi, shundan 429 bola o'ldirildi, o'n mingdan ortiq ukrainalik esa yaralandi . Xorijiy nashrlarda urush oqibatlari, hozirgi vaziyat va kelgusidagi manzara haqida mutaxassis-ekspertlar fikri oxirgi oylarda muntazam berilmoqda. Mojaro qachon barham topishi haqida har kim turli fikrda. «Gazeta.uz» britaniyalik jurnalist va diplomat muharrir Patrik Uinterning The Guardian nashrida e'lon qilingan xulosalarini o'zbek tiliga o'girdi. Ukrainalik yozuvchi Oksana Zabujko Otto fon Bismarkning quyidagi so'zlarini bekorga eslamaydi: «Urushda g'alabani generallar emas, muallimlar, cherkov ruhoniylari qozonadi». Bu jamiyatga singgan xotira, tarixni baham ko'rish hissi bo'lib, ommaviy safarbarlikning hal etuvchi vositasi hamda jang maydonida qurol kabi o'ta muhim masaladir. Qator nizolar bosh «masxarabozlar»ning milliy o'tmish, vatanparvarlik tuyg'usi kabi ohanjamalariga solinib, allaqanday shakl-shamoyilga o'raldiki, natijasi fevralda boshlangan Ukrainadagi urush bo'ldi. Nafaqat Rossiya va Ukraina, yana Germaniya, Fransiya, Polsha, Boltiqbo'yi davlatlari, Buyuk Britaniya, AQSh va hatto global miqyosdagi janubning biri ikkinchisiga zid o'tmish kechmishlari, manfaatlari urushni biryoqlik qilishni qiyinlashtiradi. Ba'zan bo'layotgan jang tarix yakunidan ko'ra tarix qasosidek tasavvur uyg'otadi. Rossiya Mudofaa vazirligi 2022 yil 7 martda e'lon qilgan tarqatma materiallardan olingan ushbu videotasvirda Rossiya tank bo'linmasi Kiyev viloyati tomon harakatlanmoqda. Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi / AFP / Getty Images Ukrainalik tarixchi Georgiy Kasainov tarixni yangi dunyo tartibotlarini yaratishi mumkin bo'lgan mojaro qafasiga qo'yadi. «Rossiya kuchlari tarixiy uydirmalar orqali o'zlarini rag'batlantirib, yo'lni Ukrainaga solishdi», deb yozadi u Foreign Affairs nashrida. «Biroq o'tmish Ukrainaning bardoshi, chidamliligini oshiradi. Ukrainaliklar ularni jangga olg'a boshlaydigan tarix voqealarini ipidan ignasigacha juda yaxshi biladilar. Ochig'i, bu urush bir-biriga zid ikki tarixning to'qnashuvidir». Putin ko'pincha bosh qo'mondon sifatida emas, Rossiya tarixidagi muhim shaxs, to'g'rirog'i, tarixnavisdek tasvirlanadi. Ushbu urushga tagzamin Rossiya prezidentining 2021 yil iyulida chop etilgan «Rus va ukrainlarning tarixiy birligi to'g'risida»gi psevdotarixiy essesi asosida qo'yilgandi. Ushbu hujjatda Putin Ukrainani Rossiyaning ajralmas bo'lagi deya da'vo qilib, X asrda hukm surgan Oleg podshohning «Kiyev jamiki rus shaharlarining onasi bo'lsin!» degan hukmiga yopishib oladi. Polshaning sobiq tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorzki Ukrainaga hujumni o'sha esseni o'qigan onidanoq sezgani va buni Putin har bir rus askariga yuborishni buyurganini payqaganini aytadi. Rossiya o'tmishda Ukrainaga qanday jafo-sitam yetkazgan bo'lsa, yangi reja ham xuddi shunday edi: elita qatlamni yo'qotish, millatni ruslashtirish va mavjud resurslarni o'z imperiyasi ehtiyojlariga sarflash. Ukrainaga ertaklardagidek dehqon bo'lib yashashga ruxsat berilishi mumkin, biroq o'z taqdiri, ittifoqchilarini tanlashda erkin va demokratik millat bo'lishiga aslo yo'l qo'yilmaydi. Putin Ukrainani qurolsizlantirish va rus tilini ikkinchi til qilish zarurligi xususida so'zlaganda bu mamlakatning Rossiyaning bir qismi sifatida qo'shib olish emas, yana Rus imperiyasini to'la-to'kis qayta tashkil etish degani edi. Politsiyachilar Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga bostirib kirishini qoralab namoyish o'tkazganlarni qo'lga olmoqda. Foto: Aleksandr Nemenov /AFP / Getty Images Prezidentning 2022 yil mayda — G'alaba bayramidagi nutqida Ukrainadagi urush frontidan qaytib kelgan askarlarga «otalari va bobolari nima uchun kurashgan bo'lishsa, ular ham shu uchun otlanishgani»ni, «ona vatan» va natsizmga qarshi jang qilishayotganini aytadi. Unga ko'ra 2013 yili Ukrainadagi inqilob fashist « Banderachilar to'ntarishi », Kiyev hukumati — «xunta», NATO kuchlari — Anshlyus , Yevropa ittifoqi esa Rossiya madaniyatga xavf soluvchi dekadent. Putinning fikricha, 2022 yildagi Rossiya 1941 yili G'arb tahdidi, bosqin xavfi ostida qolgan SSSRga o'xshab qolgandi. Bolakay Ikkinchi jahon urushi yillari Kiyevda ochilgan Ukraina milliy tarixi muzeyidagi «G'alaba kuni» ochiq ko'rgazmasida Vladimir Putin rasmlari tushirilgan posterlarni tomosha qilmoqda. Ukraina, 2022 yil 9 avgust. Foto: Roman Pilipey / EPA Zabujkoning fikricha, adolatsizlik va xiyonat haqidagi chuqur tarixiy tuyg'u nafaqat Putinni, balki butun Rossiya jamiyatini oyoqqa qalqitmoqda. «O'ziga achinmaydigan rusni topgisi keladi kimdir. Nohaqlik hissi — zamonaviy rus jamiyatiga xos axloqiy tanazzulning yorqin belgilaridan biri». Ukrainaning ham o'ziga yarasha adolatsizlik hissi bor va ko'rsatkich barmog'ini Rossiyaga qaratgan. Londondagi Ukraina instituti direktori Olesya Xromeychukning ta'kidlashicha, «Ukrainaning tarixdan chiqargan sabog'i — davlatsizlik va kurash, repressiv tashqi boshqaruv va mashaqqat bilan qo'lga kiritilgan mustaqillik — uni bugun hammamiz ko'rib turgan millatga aylantirdi. Bugun ushbu o'lka imperializm, dushmanga qarshi birlashgan va erkinligini himoya qilishga shay xalqdir. Ukrainlar uchun ozodlik shunchaki orzu-xayol, yuksak ideal emas — najot qal'asidir». 1991 yilda erishilgan mustaqillikdan keyin Ukraina birlashuvi xiyla muddatga cho'zildi. Ikki qutbga bo'linganlar — bir tomonda millat va millatchilar deguvchilar, ikkinchi tomonda sovet davrini qo'msaydiganlar kurashi ketdi. To'g'ri, bu postsovet davlatlari orasidagi yagona holat emasdi, biroq Ukrainadagi jarayon boshqalarga nisbatan ziddiyatga boy, murosasiz davom etgandi. Odamlar 1932−1933 yillari millionlab ukrain hayotiga zomin bo'lgan ommaviy ochlik — Golodomor qurbonlarini xotirlash uchun Lvovdagi maydonga to'planmoqda. Foto: Yuriy Dyachishin /AFP / Getty Images O'shanda kurashlar maktab darsliklari, haykallar, milliy bayramlarni tanlash masalasi, ko'cha nomlari, davlat arxivlari, Golodomor haykali — 1932−1933 yillari millionlab ukrainalikni halok qilgan ommaviy ocharchilik timsoli ustida ketgandi. Viktor Yushchenkoning 2005 va 2010 yillardagi «tarixiy raisligi» davrida 159 ta tarixiy farmon chiqarilib, ularning aksari mamlakatni dekommunizatsiya qilish haqida edi. Amalda tarix ko'pincha hukmdor tomonidan noto'g'ri qo'llanadi. 2014−2019 yillari orasida Ukraina Milliy xotira institutida o'lkani sof etnik antirossiya nuqtasidan ta'riflagan o'ng qanot millatchilarining tor guruhi hukmronlik qildi. U qadar shuhrat qozonolmagan rahbarlar, masalan, Pyotr Poroshenko kundan kun millatni bo'luvchi, behad g'aliz etnik da'vatlarga suyanib, ularni hokimiyatda qolishning yagona chorasi deb bildi. 2015 yili hukumat hatto «xotira to'g'risida»gi qonunlar to'plamini ham chiqardi. Natijada, kimda kim mamlakat o'tmishi haqidagi rasmiy, chuqur antisovet nazariyadan shubhalansa, o'n yilgacha qamoq bilan jazolanishi belgilandi. Vladimir Zelenskiy va «mustaqillik avlodi» — Ukraina Sovet hukmronligidan ajralib chiqqanidan keyin tug'ilgan yoshlar — iqtidorga kelgach, o'tmish saboqlari, o'zlik va til qayta-qayta murojaat etiladigan masala-mavzuga aylandi, deb yozadi Olga Onuch «Zelenskiy effekti» kitobida. Sobiq aktyor va qiziqchi Zelenskiy 2019 yili prezident etib saylangach, tarix nega muhimligini tushundi. Shuningdek, u «Xalq xizmatkori» serialida — teleekranlarda Zelenskiy nomini chiqargan asar — tarix o'qituvchisi rolini gavdalantirib, o'quvchilariga 1903 yili birinchilardan bo'lib Ukraina tarixi Rossiyaning bir bo'lagidan iborat emasligini isbotlashga uringan tarixnavis Mixail Grushevskiyning naqadar muhim shaxs ekanini uqtirishga, yosh avlodni ishontirishga urinadi. Prokuratura eksperti Rossiya armiyasi Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga tomon otgan snaryad va raketalarning to'plangan qoldiqlarini tekshirmoqda. Foto: Aleksey Filippov /AFP /Getty Images 2020 yildagi yangi yil tabrigida Zelenskiy ukrain xalqiga «O'zingizdan 'Men kimman?' deb so'rang va boshqalarni istisno etmay javob izlamang» deya murojaat qiladi. «Pasportlarimiz bizning mos ukrainalikmizmi yoki yo'q — aytolmaydi. Unda "vatanparvar", "malorus" (milliy o'ziga xosligi bo'lmagan ukrainalikni tasvirlashda qo'llanadigan kamsituvchi atama), "vatnik" (rossiyaparast fuqaroni kamsituvchi atama»), «banderachi» (ukrainalik millatchini tasvirlaydigan kamsituvchi atama) degan yozuvlar yo'q. Unda huquq va majburiyatlari bor «Ukraina fuqarosi» deb yozib qo'yilgan. Hammamiz turlichamiz". Ushbu g'oya hurmatga yo'g'rilib «yashash»ga sazovor. Prezident Vladimir Zelenskiy 2020 yil 1 yanvarda Kiyevda butun xalqni boshlangan yangi yil bilan televideniye orqali qutlamoqda. Foto: AP Onuch va hammuallif Henri Heyl kitobda Zelenskiy ukrainaliklarga «til, millat va diniy xilma-xillikdan ustun bo'lmish boy, umumiy taqdirni anglab yetish» imkonini bergan degan fikrni ilgari suradi. Ushbu avlod o'z rusligidan shunchaki qochib qutilishni emas, balki yangi ukrain fuqarosining o'ziga xosligini topishni, umumiy qadriyatlar haqidagi beqiyos g'oyaga birikishni jon-jahdi bilan xohlaydi. Ukrainaning janubi-sharqidan chiqqan rusiyzabon yahudiy sifatida Zelenskiy rusiyzabon ukrainalik qanday bo'lishi, yana sharqda Ukraina davlatini to'la-to'kis tanishlari va vatanparvarliklarini namoyon etishga eng munosib nomzod edi. Bu ayni urush boshlangan pallalarda muhim rol o'ynadi. Polyak tarixchisi Adam Mixnikning urg'u berishicha, Yevropaning bir parchasi sifatida Ukrainaning kelajagi faqat Lvov va Kiyevning g'arbiy shaharlarigagina emas, balki Xarkov hamda Odessaga ham butunlay bog'liqdir. «Putinning raketa zarbalari sabab Xarkov va Odessa Yevropani tanlaganiga shubha yo'q», deydi tarixchi. Ukrainalik askarning Odessadagi dafn marosimi. 2002 yil, mart. Foto: Sedat Suna / EPA Qisqacha aytganda, Putin avvaldan mavjud, biroq o'zi puxta tushunmagan mamlakatga bostirib kiraverdi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati prezident Putinga qudratli armiya Kiyevni bir deganda qo'lga olishi, atigi bir necha soatda 2014 yili Qrimda bo'lganidek hukumat boshlig'ini bo'ysundirishi, xuddi shu yildan boshlab sun'iy va yetakchilariga ishonmaydigan siyosiy befarq o'lkani zabt etish mumkinligini bildiradi. Ushbu dalilga ishonch Ukrainadagi rusofob aholi o'rtasida norozilik kayfiyatini uyg'otish va rossiyaparast siyosatchilarni gijgijlash uchun sarflangan bir milliard dollar bilan asoslanadi. Afsuski, FXX xodimlari pulning bir qismini cho'ntakka urib, Moskvani mamnun etish uchun rusparastlar haqida uydirma ma'lumotlarni taqdim etgandi. Natijada, bostirib kirish zarurligi xususida noto'g'ri, puch xabarlarga to'yintirilgan rus askarlari yurtini himoya qilishga oshiqqan ukrain ko'ngilli askarlarini ko'rib dovdirab qoladi. Xersonga kirib borgach esa gul o'rniga otishmalar bilan qarshilanishadi. 31 yoshni to'ldirgan rossiyalik askar Mixail Kulikov 2022 yil 30 iyunida Chernigovdagi janglarda qilgan jinoyatlari uchun suddagi oynavand to'siq ortida o'tiribdi. U urush qonun-qoidalarini buzishda aybdor deb topilgan. T-72B tanki operatori sifatida 26 fevral kuni kuchli portlovchi-parchalovchi snaryad yordamida aholi turar joyiga o'q otish buyrug'ini olgan. U sud oldida aybini tan olib, tavba qilgan. Foto: Karol Guzi / Zuma Press Wire / Rex / Shutterstock «Siz tarqatayotgan axborot va chin hayotdagi Ukraina tamomila boshqa-boshqa qutbdan joy olgan», deya ogohlantirgan Zelenskiy ruslarni bosqin arafasida, «faqat ikkinchisigina haqiqiydir». Bosqinning uchinchi kuni rus ofitserlari jiddiy xatoga yo'l qo'yilgani, operatsiyani endi hech qachon o'nglab bo'lmasligini tushunib yetadi. Rossiyaning haddan tashqari mutakabbirligi va o'ziga ishonchining balandligi missiyadan voz kechgulik taxmin-gumonlarni o'rtaga qo'ydi. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Rossiyaning ilk xatolari xususida qisqacha xulosa beradi. U shu yil noyabrida Lordlar palatasi oldida: «Bu urush 'bir kun, bir oqshom' haqidagi jamiki ovozni jaranglatdi. Siz buni 'Havo shari yuqoriga ko'tarilgach, dushmaningizning havo mudofaasini yorib, nishonni ixtiyoringizga ko'ra bahuzur tanlashingiz mumkin' deb tarjima qilsangiz ham bo'laveradi». Ukrainalik askar noyabr oyida Baxmut yaqinida kechgan janglarda rus pozitsiyasiga qarab o't ochmoqda. Foto: Bulent Kilich/AFP/Getty Images «Bir oqshom yo bir kunda, yoki ruslar ta'kidlaganidek, uch haftada ham hech vaqoni eplolmasangiz nima qilasiz? Ularning bir kun, bir kechasida ukrainlar o'ta donolik bilan kazarmani tashqariga chiqarishdi, qurol-yarog' omborini tarqatib, harbiy havo kuchidagi qobiliyatlarini hiyla-nayrang bilan ishlatishdi. Nimalar yuz berishini avvaldan xomcho'tlab, ular havo kuchimiz shuginadan iborat deya Rossiyani aldashdi, natijada, qarshi tomon faqat noto'g'ri yo'nalishga o't ochaverdi. Keyin bir kun, bir kecha uch-to'rt haftaga ulanib ketaverdi. Sizdagi murakkab, zamonaviy qurollar ham bir kun tugaydi va siz ham ayni damda Rossiya turgan joydasiz». Ilk bosqindan 10 oy o'tib, Ukrainaning g'ayrioddiy bardoshi, jasorati mag'lubiyatning oldini oldiyu, biroq g'alabagacha yetib borolmadi. Sovuq urushdan keyingi Yevropa manzarasi ham o'zgardi, lekin hali uzil-kesil qaror qabul qilinmadi. Hamon o'tish davri ketmoqda. Rossiyalik shaxmat ustasi Garri Kasparov bu urushni «shaxmatdan ko'ra ko'proq qarta o'yiniga o'xshaydi. Shaxmat taxtasida hamma figuralar o'yindan chiqadi, lekin qarta chala-chulpa ma'lumotlarga asoslangan o'yin, unda faqat taxminlarga suyanish mumkin, taxmin bilan harakatlanib o'ynaladi», deb tasvirlagandi. Eng qiyini — ikkinchi tomon bunday halokatga ruhan, jisman nechog'lik turib berishini chamalashdir. Har bir tomon boshqalarga umid bag'ishlash uchun, dushman bombardimon etishiga yaqin qoldi deya urush qiymatini oshirishiga to'g'ri kelaveradi. Shunga qaramay, urush badali allaqachon ulkanlashib ketgan. AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi rahbari general Mark Milli urushda 100 mingdan ziyod rus aksari halok bo'lganini keltiradi. Ochiq manbali havolalarga asoslanib Oryx sayti Rossiya tomoni 24 fevraldan beri umumiy hisobda 1491 ta asosiy jangovar tankini yo'qotgani, shundan 856 tasi yakson etilgani, 62 tasi zararlangani, 55 tasi tashlab ketilgani, 518 tadan ko'prog'i ukrainaliklarga boy berilganini aniqladi. Qarangki, Rossiya beixtiyor Ukrainaning qurol yetkazib beruvchi muhim ta'minotchisiga aylandi. Hisob-kitoblarga ko'ra, AQSh yillik mudofaa budjetining 5,6 foizini Rossiya harbiy salohiyatining yarmini mahv etishga sarflagan. Muvaffaqiyatli zarbalar buyuk Rossiya mudofaasi obro'siga putur yetkazdi. Rossiya tomoni Kiyev bilan Chernigovni ololmagach, qadamni eng avval shimolda «qayta guruhlash»dan qo'yish kerakligini tushunib yetdi. 6 sentabrda rus frontining Xarkovning shimoli-sharqiy hududlarida ko'z ko'rsa ishonmaydigan mag'lubiyatlari boshlandi. 11 noyabrda esa 40 kuncha avval Rossiyaning bir bo'lagi deb jar solingan, anneksiya qilingan Xerson shahri portidan surib chiqarildi. Dnestr bo'ylab global yo'lak qurish maqsadidan — Ukrainaning g'arbiy qo'shnisi sanalmish Moldovaning Rossiya tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan alohida qismidan — hozircha voz kechilgan. Ukraina tomonining aytishicha , sentabrdan beri Rossiya okkupatsiya qilgan hududlarning 40 ming kvadrat kilometrdan ortig'i qaytarib olingan. Odamlar Xerson yaqinidagi buzib tashlangan ko'prikda qolgan mashina oldida. Janubiy Ukraina, 26 noyabr 2022 yil. Rossiya armiyasi Xersondan chiqib ketayotganida muhim infratuzilmalar, suv va elektr ta'minoti inshootlari, asosiy obyektlarni qasddan yo'q qilganlikda ayblangan. Foto: Roman Pilipey / EPA Bunga qo'shimcha, Rossiya diplomatik obro'-e'tiborini yo'qotgani uchun ham badal to'ladi. Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari bilan uchrashuvlarda Putin o'zini kamsitilgan, ziddiyatlar qurshovida qolganini sezadi va Rossiya obro'si tushib borayotgani uchun Kavkazdagi xavfsizlik masalasi xususida og'iz ochaveradi. Rossiyani Belarus, Shimoliy Koreya, Suriya va Eriteriyagina diplomatik qo'llab-quvvatlamoqda (himoya qilishdan farqli, albatta). Bir xalqaro diplomatik idora ortidan keyingisida «Rossiya qabul qilinmaydi!» kabi shiorlar yangramoqda. Xitoy mudofaa vaziri Fey Venxe iyun oyida mamlakat Rossiyaga bir dona ham o'q sotmasligi, o'rtadagi munosabatlar ittifoqdosh emas, shunchaki hamkor sifatida davom etishini ma'lum qilgandi. Har yili chop etiladigan Anholt-Ipsos Nations Brands indeksining noyabrdagi ma'lumotida Rossiya so'rovnomada ishtirok etgan 60 davlat orasida 27-o'rindan 58-o'ringa tushib ketgan. Indeks asoschisi Simon Anholtning aytishicha, «mamlakat obro'-e'tiborining bunday qulashi uning biznesi, hukumat va eng asosiysi, xalqining xalqaro hamjamiyat bilan bo'ladigan savdo-sotig'i, aloqasiga jiddiy putur yetkazadi. Agar bu uzoq yillarga cho'zilsa, iqtisodiy sanksiyalardan ko'ra ko'proq yurt taqdirini falajlantirishi mumkin». The Guardian grafigi. Rossiyaning Ukraina hududlaridan sekin-asta chekinishi. Ushbu ma'lumotnomada Rossiya tomoni harakat qilgan va hujumga o'tgan, biroq nazoratda tutolmagan hududlar aks etgan. Manba: Institute for the Study of War (ISW). Umumiy olganda, yuz berayotgan voqealar Putinni oldinga qarab yo'l izlashga emas, aksincha, urush ichida turib chora qidirishga majburlamoqda. «Putin urushlari» kitobi muallifi Mark Galeottining fikricha, Moskva bugun urushda g'alaba qozonishdan ko'ra talafot bermaslik yo'liga o'tib olgan va buning uchun G'arbdan ustun kelishga harakat qilishi shart. Yaqinda Orlando Faydjes : «Urush ayni kunlarda yangi bosqichiga ko'tarilmoqda. Sababi, qish keldi, endi ruslar chuqur kovlashiga to'g'ri keladi. Shu bois, ular Dnepr daryosining g'arbiy qirg'og'ini kesib o'tmoqdalar. Ayni shu bosqich Ukraina infratuzilmasini vayron etadi, qochoqlar bilan bog'liq muammoni o'rtaga tashlaydi, G'arbga qarshi iqtisodiy urushga debocha bo'ladi. Urush xuddi o'sha yerda boshlanib, hammasi shu joyda hal etiladi. G'arb davlatlarining Ukrainani qo'llab-quvvatlashni qanchalik davom ettirishi urush taqdirini belgiladi», deya xulosa beradi. Muddatli harbiy xizmatchi Moskvadagi chaqiruv bo'limida qarindoshlari bilan xayrlashmoqda. 2022 yil sentabr. Foto: Yuriy Kochetkov / EPA Bundan tashqari, milliy qahramonlik voqealari yakun uchun asosiy ahamiyatga ega. Moskva noyabrda bo'lib o'tgan oraliq saylovlarda Amerika izolyatsiyasiga qaytish va Tramp g'alaba qozonishiga umid bog'lagandi. Hammasi juda oddiy edi: beqaror hududlarda amerikaliklar gaz va urush xarajatlari oshib borayotganiga qarshi norozi bosh ko'tarishlari kerak edi. To'g'ri, ayrim so'rovnomalarda respublikachilar orasida urushni yoqlovchilar sekin-asta kamayayotgani sezildi, biroq aftidan Jo Bayden AQSh va Yevropa demokratiyasiga bo'lajak tahdidni juda ishonarli, jozibali qilib tasvirlab berdi-yov. Natijada, Bayden kelgusi ikki yilda Ukraina siyosatini shakllantirishda ishtirok etish imkoniga kutilganidan ko'proq ega chiqdi. Dekabr boshida Vakillar palatasining xorijiy ishlar bo'yicha qo'mitasi a'zosi respublikachi Maykl Makkol doirani kengroq olib, respublikachilar AQSh moliyalashtirishni to'xtashini emas, balki ko'proq nazorat va qat'iylikni targ'ib etishini ta'kidladi. Bayden Ukrainaga xavfsizlik bo'yicha 18,6 mlrd dollardan ko'proq va to'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy yordam sifatida 13 mlrd dollar ajratganini hisobga olsak, Makkol AQSh xarajatlari uchun javobgarlikni talab qilgani ajablanarli emas. Biroq uning asosiy maqsadi boshqa. «Ayni kundagi muammo Eron dronlarining Qrimga kirib borayotganidir. Ammo ukrainaliklarda ATACMS (taktik armiya raketa tizimi) deb nomlangan uzoq masofali artilleriya mavjud bo'lmagunicha Eron dronlarini urib tushirolmaydilar. Ayrim sabablarga ko'ra (Bayden ma'muriyati) ushbu qurollarni Ukrainaga taqdim etolmaydi. Agar (Ukrainaga) zarur qurollarni bersak, g'alaba qozonadi. Bermasak, urush uzoq davom etaveradi». Bu Amerikani yakkalash an'analarini qayta tiklashga intilgan odamning ogohlantirishlari emas. Mabodo AQSh ayni damda tor yo'lakdek yopilishga sha'ma qilsa, Putinning keyingi eng yaxshi tanlovi Germaniya bo'lardi. Biroq Germaniyaga qarshi energiya borasidagi po'pisasi endi o'ziga qarshi ishlashi, nemis sanoatiga zarar yetkazmasligi mumkin. Kyoln sobori chiroqlari Rossiyadan import qilinadigan tabiiy gazga qaramlikni kamaytirish va Germaniyada energiyani tejash maqsadida o'chirildi. Foto: Mesut Zeyrak / Anadolu Agency Davlat rejasi va shaxsiy tejamkorlik orqali Germaniya Rossiya energiyasiga qaramlikdan qutildi. Bu gazining 55 foizi Rossiyaga bog'liq mamlakat uchun favqulodda katta g'alaba. Nemis sanoati gaz iste'molini yil boshidan beri 25 foizga qisqartirganida ishlab chiqarish bor-yo'g'i 1,4 foizga tushdi. Hukumat muqobil ta'minotchilarni Norvegiya, Niderlandiya, Belgiya va Fransiyadan topdi. Germaniya zaxiralari o'rganilsa, kelgusi qish yanada tashvishli bo'lsa-da, bu yil elektr energiyasining o'chirilishi Yevropada kamroq kuzatiladi. Germaniya narxi baland subsidiya paketlarini chiqarish orqali ko'tarilgan veksellardan atrofdagilar g'azabini bostirishda foydalandi. Bryugel institutiga ko'ra , 2021 yil sentabrida boshlangan energiya inqirozidan iste'molchilarni himoya qilish maqsadida Yevropa mamlakatlari bo'ylab 705,5 milliard yevro (614 milliard funt sterling) ajratilgan. Biroq shu mablag' yetarmikan? Tunlar uzun, termometrlar ko'rsatkichi tobora pastga tushmoqda, energiya to'lovlari kamaymoqda. Ajab zamonlar kelmoqda. Zelenskiyning yosh, g'ayratli strategik aloqalar jamoasining takrorlanaveradigan dahshatli tushi shuki, Ukrainaning azob-iztiroblari hademay yangiliklarda yangramaydi, bir zamonlar ozodlik so'zi bilan ma'nodosh kelgan mamlakat esa ortiqcha yukka aylanadi. «Bizning prinsipimiz juda oddiy», deydi prezident ma'muriyati rahbari Andrey Yermak. «Agar nazardan qolsak, o'lgan kunimiz shu». Ukraina uchun dunyo diqqat-e'tibori panoh bo'lib xizmat qilmoqda. 13 dekabrda qisman blekaut kuzatilgan Ukraina poytaxti Kiyevdagi manzara. Foto: Sergey Supinskiy /AFP / Getty Images Ayni shu Putinni yana va yana taktik choralar ko'rishga, Yevropaning qarorini zaiflashtirish uchun turfa urush vositalariga murojaat qilishga undamoqda. oktabrda boshlangan fuqaro energetika tuzilmalariga hujumdan asl maqsad Ukrainadagi qashshoqlik, nochorlik ko'lamini kengaytirish qatori mahallalarni yashashga yaroqsiz holga keltirishdir. Agar vaziyat shunday davom etaversa, odamlar chor-nochor yashayotgan joyini tashlab ketishga majbur bo'ladi va ukrainlarning ikkinchi qochqin to'lqiniga G'arb aslo toqat etolmaydi. Ukraina xalq deputati Lesya Vasilenko hozirgacha 14 million ukrainalik yashash joyini o'zgartirgani, shundan 7 millioni xorijga ketganini ma'lum qilarkan, ochiqchasiga britan siyosatchilaridan qo'rqayotgani, ularning ukrain qochoqlariga nisbatan kayfiyati o'zgarib qolishidan xavfsirayotganini tan oldi. Maktablarda ukrainaliklarni xo'rlash, kamsitish allaqachon boshlangani haqidagi xavotirli bonglar yangramoqda, deydi u. Biroq Polsha migratsiya masalalari eksperti, Varshava universiteti professori Matsey Dushchik 70 foiz ukrainalik qochoq Polsha chegarasidan o'tgani va tarixdan chiqarilgan saboqlar tufayli o'lkada qochoqlarga nisbatan hech qanday nomaqbul javob bo'lmaganini aytadi. Polsha yakson etish, bo'linish, genotsid, mustamlakachilik va kommunizm so'zlarini Rossiya bilan yonma yon qo'yadi. Ukraina bilan bog'liq hozirgi yoki o'tmishdagi farqlar qandayligidan qat'iy nazar ikki mamlakatning Rossiyada umumiy dushmani bor, deydi Dushchik. Polsha bugun Ukrainadan kelgan taxminan 1 million qochqinga boshpana berdi (va juda ko'pi urushdan avval ham shu yerda qo'nim topgandi). 60 foizga yaqini esa ishini ham topgan. Dushchik kelgusi yildagi saylovlarda qochqinlar muammosi ko'tarilmasligini umid qiladi. Lvovdan kelgan Yelena va uning ukasi Bodiya Polshaning sharqiy qismidagi Medyka piyodalar chegara punktida. 2022 yil, fevral. Foto: Voytek Radvanski / AFP / Getty Soni tobora oshayotgan oqim yakuni esa og'riqsiz bo'lmaydi. Birgina Varshavada maktab va bog'chalar 18 ming bolani qaramog'iga olgani uchun shahar meri Yevropadan moliyaviy ko'mak so'ramoqda. Dushchik hozircha chegara o'tish joyidagi holat barqaror ekanini aytadi, lekin har kun ertalab Kiyevdagi ob-havo va elektr stansiyalari holati haqidagi xabarlar kelib turishini tasdiqlaydi. «Biz davlat yo jamiyat sifatida Ukrainadan kelajak ikkinchi qochoqlar to'lqinini qabul qilishga tayyormizmikan?», deydi u. Agar Polsha «yo'q, to'ldik», deya qaror chiqarsa yoki shu masala bo'yicha Germaniya bilan saylov siyosatini o'ynashga urinsa, 2 milliondan ortiq qochoq G'arbiy Yevropa davlatlariga, asosan Germaniya tomon harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, bu yiliga taxminan 48 milliard yevroga tushishi mumkin. Yevropa xalq partiyasi rahbari, Umumevropa konservativ siyosiy guruhi a'zosi Manfred Veber Germaniya sekin-asta inqirozga tomon ketishi mumkinligidan ogohlantiradi: «Putinning terror rejimi sabab biz qishda misli kutilmagan muammolarga duch kelamiz deb qo'rqaman. Germaniyadagi qabul markazlari allaqachon to'lgan, munitsipalitetlar, Niderlandiya, Belgiya va Avstriyaga o'xshagan mamlakatlar dod devorgulik ahvolda. Bu go'yo Germaniyada bir necha oy ichida mashg'ulotlar markazini ochib, ularni to'ldirish uchun maktab va sport komplekslarini cheklashimiz shart degan gapga o'xshaydi. Germaniya bunga tayyor emas». Ukrainadan poyezdda Berlinning asosiy stansiyasiga 2 martda kelib tushgan ayolni do'sti quchoq ochib qarshilamoqda. Foto: Tobi Shvars / AFP / Getty Images Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda Germaniya qit'aning Ukraina bilan aloqalari bardavomligini saqlab qolish-qolmasligini aniqlaydi. Sobiq diplomat Volfgang Ischinger Germaniya tashqi siyosatini o'zgartirishga va status-kvoga rioya etishdan voz kechishga tayyor Yevropa davlati bo'ldi, deydi. Bir tarafdan oxirgi 12 oy ichida o'lka o'zining urushdan keyingi qarashlarini o'zgartirishga urindi. Kansler Olaf Shols esa ancha siyraklashgan armiyasiga 100 milliard yevro sarmoya kiritishga qaror berdi. Germaniya tomoni urush o'chog'iga tankka qarshi raketa va Stinger raketalarini yuborishga rozi bo'ldi. Yillar bo'yi Rossiya bilan murosa qilishda eng faol mamlakat prezidenti bo'lmish Frank Volter Shtaynmayer afsusdaligini bildirish uchun Kiyevga yo'l oldi. Germaniyaning Rossiya gaziga qaramligi mutlaqo strategik xato bo'lgani, Putinning dimog'ini ko'tarib, gap uqmas odam paydo bo'lishiga zamin hozirlaganini aytdi. «Yomonlik oldida yaxshi niyat aslo kifoya qilmaydi», dedi u. Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok yanayam ilgariroq ketib, sotsial-demokratlarning Sharqqa oid siyosati noto'g'ri tarixiy tahlilga asoslanganini tanqid qildi. Germaniyaning «ayricha mas'uliyat» borasidagi qarzi mamlakatni Rossiyaga emas, eng avval yahudiylar va polyaklar, beloruslar, ukrainlar va shundan keyingina ruslarga bog'laydi. U Shols doimiy qochadigan formulani keltirdi: «Biz xavfsizlikka Vladimir Putinning Rossiyasisiz erishamiz». Aksari urush hududlaridan qochgan ukrainaliklar Ukrainaning Berlindagi elchixonasi bo'limi oldida. Germaniya, 2022 yil 1 aprel. Foto: Markus Shreyber / AP Vazir shu fikrlari bilan Bayden, Makron va hatto Sholsdan ko'ra urush Putinning mag'lubiyati bilan tugashi shart deydiganlarga yaqinroq turadi, biroq bunday yondashuv Yevropaning Rossiya bilan kelgusi aloqalarida murakkab savollarni ko'tarmay qo'ymaydi. Biroq Berbok yakunga javobgar emas. «Burilish nuqtasi halokatli va bizning na ruhiy, na strategik tayanchimiz bor. To'g'ri, juda ko'p pul sarflanyapti, lekin Germaniya tashqi siyosatini xuddi shu byurokratik ehtiyotkor fikrga ega kishilar boshqaradi. Hamma gap — jarayonda», deydi doktor Shtefan Mayster Germaniya tashqi ishlar kengashida. Donetsk viloyatining Pokrovskoyesidan evakuatsiya qilinayotgan oila poyezdda ketmoqda. 30 noyabr. Foto: Anatoliy Stepanov / AFP / Getty Images Boltiqbo'yi diplomatlaridan biri urush tugashi bilan hisob-kitob qilinsa, Franko-Germaniya og'irlik markazidan uzoqlashishni va'da bermoqda. «Germaniyaning yonib-kuyishi uchun sabablar borligini hamma biladi, ha, ular ko'pincha to'g'ri qaror qabul qilgan bo'lib chiqishadi, lekin bunga jamiki imkoniyatlarini sarflagach erishadilarki, natijada o'z obro'larini o'zlari to'kadilar» deydi u. Ukrainalik diplomat ham shunday fikrda. «Biz har doim muayyan poytaxtlardan badarg'a bo'lish qo'rquvi bilan yashayapmiz. Agar ortimizga qaytarilsak, bu Rossiya tabiatini noto'g'ri tushunganlari va biz nima uchun kurashayotganimizning ekzistensial mojarosi bo'ladi». Bu ziddiyat Putin tasvirlagan Rossiyaning tarixiy kelajagi deb atalmish nuqtai nazarga qaytaradi. 24 fevral bosqinidan bir necha kun o'tib rus qo'shinlari tomonidan bosib olingan Kupyanskning yo'l chetida vayron etilgan rus tanki. Bu hududning bosib olinishi Rossiya tarafdori — Kupyansk merining taslim bo'lishi bilan tezlashgandi. Foto: Kris Makkarti / Getty Images Hademay chop etiladigan «Rossiya urushi» kitobi muallifi, akademik Jeyd Makglinn Rossiya nima uchun Ukrainadan voz kechishi juda qiyinligini izohlaydi. «Sergey Lavrov (Rossiya tashqi ishlar vaziri) Rossiyasiz Ukrainaning biror tarixi yozilmasligini ta'kidlaydi. Ammo amalda buning butunlay teskarisi bo'lmoqda. Ukrainasiz Rossiyaning o'z-o'zini anglashi — bu ortodoksallikka asoslangan uchinchi Rimdek gap — mutlaqo mumkin emas». Mana, nima uchun Rossiya bu urushda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini tan olishi qiyin ekan.
|
world
|
Har yili dunyo bo'ylab juda ko'plab yangi kitoblar nashrdan chiqadi. Worldometer sayti ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda jami 2,8 millionga yaqin kitob bosib chiqarilgan. The New York Times, The Economist, Time kabi nashrlar va Amazon, Goodreads kabi servislar har yili shu yilning o'zida chiqqan eng yaxshi kitoblar reytingini e'lon qiladi. «Gazeta.uz» 2022 yilda chiqqan va dunyo bo'ylab ko'pchilikning diqqatiga sazovor bo'lgan kitoblar reytinglarini e'tiboringizga havola etadi. The New York Times nashri tomonidan an'anaviy tarzda e'lon qilinadigan top-10`likning 2022 yilgi talqinidan ham badiiy, ham ilmiy-ommabop kitoblar joy olgan . Asar muallifi 2010 yilda «A Visit from the Goon Squad» nomli asari uchun Pulitser mukofotini qo'lga kiritgan. «The Candy House», ya'ni «Qandli uy» kitobi aynan o'sha asarning davomi hisoblanadi. Biroq ushbu kitobni o'qishingiz uchun oldingisini o'qish talab etilmaydi, asarlar o'rtasida tushunmay qoladigan darajadagi bog'liqliklar yo'q. Ushbu asarda antiutopiya belgilarini kuzatish mumkin. Undagi asosiy qahramonlar o'z dunyosini yaratadi: u yerda insonlar xotiralar bankidan foydalanish va ularni valyuta sifatida qo'llash imkoniyatiga ega. «Checkout 19» romani Londonning kambag'al, ishchilar yashaydigan hududida o'sib ulg'aygan va o'qishni juda yaxshi ko'radigan qiz haqida hikoya qiladi. Kitoblar unga yolg'izlikdan xalos bo'lishga yordam beradi va uning tasavvurida butunlay yangi olamlarni yaratadi. The New York Times muharrirlari bu kitobni eksperimental va hatto biroz syurrealistik, ammo o'quvchiga zavq ulashuvchi kitob deb baholadi. Ushbu muallifning kitoblari doimiy tarzda The New York Times toplaridan joy olib keladi. Ushbu kitob Charlz Dikkensning «Devid Kopperfild» asarini eslatadi va kambag'al bolalik, zaharli moddalarga qaramlik kabi muammolar haqida o'ylashga majbur qiladi. Kitobning bosh qahramonlaridan biri 12 yoshli ukasini yo'qotadi. Biroq, bu voqeadan keyin taqdir u qizni ukasiga o'xshab ketadigan erkaklar bilan yo'liqtiradi. Aynan havotirlar va yo'qotish azobi bu asarning asosida turadi. Yozuvchi qayg'uning tabiatini va u vaqt tushunchasini, xotiralarni qay darajada o'zgartirishini va hatto muqobil voqelikni orzu qilishiga sabab bo'lishi mumkinligini o'rganishga harakat qiladi. Muallif o'tgan asr boshlarida amerikalik boylar sinfi qanday shakllangani haqida hikoya qiladi. Asarning bosh qahramoni Nyu-Yorkda yashovchi muvaffaqiyatli moliyachi bo'lib, u juda tez fursatlarda yuqori martabaga erishishga muvaffaq bo'ladi. Bu ilmiy-ommabop asar bo'lib, o'quvchini odatiy «qobig'ini» tark etishga va hayvonlarning o'z atrofidagi dunyoni qanday qabul qilishlari haqida o'ylashga majbur qiladi. Ed Yongning hikoya uslubi juda jonli va hayajonli. Kitobda ko'plab faktlar keltirilgan va ular bizni bu katta olamda qanchalik kichik, cheklangan mavjudot ekanligimiz haqida o'ylashga majbur qiladi. Ushbu kitob The New Yorker nashrining doimiy muallifi Xua Xsu tomonidan yozilgan memuar asar hisoblanadi. U ushbu kitobda AQSh immigratsion madaniyatini o'rganishga harakat qilgan. Ushbu kitobda muallif ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotgan odamlar haqida gapiradi va o'z muammosi bilan o'rtoqlashadi. Reychel Avivga anoreksiya tashxisi qo'yilganida u 6 yoshda edi va uni bu asarni yozishga uning tajribasi undagan. Ushbu kitobni yozishdan oldin muallif qullik va «qora tanlilar»ga qarshi kurashning afro-amerikaliklarning sog'lig'iga ta'sirini kuzatishga yordam beradigan ko'plab mustaqil hisobotlarni, tarixiy ma'lumotlarni o'rganib chiqdi. Shuningdek, AQSh aholisining qora tanlilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining ko'payishi, onalar o'limining ko'payishi va hatto ruhiy salomatlik muammolari sabablari tahlil qilinadi. Muallif kitobda Amerika sog'liqni saqlash tizimida irqchilik hali ham mavjud degan xulosaga keladigan ko'plab jihatlarni ko'rib chiqadi. Fintan O'Tul — iste'dodli munaqqid va esseist bo'lib, u o'zining yangi kitobini «zamonaviy Irlandiyaning shaxsiy tarixi» deb ataydi. Ushbu asar ko'pchilik tomonidan juda katta maqsadni o'z oldiga qo'ygan loyiha deya e'tirof etilgan. Muallif o'z mamlakati tarixidagi so'nggi 60 yilni shaxsiy tarjimai holi bilan taqqoslaydi. Amazon har yili 100 ta eng mashhur kitoblar ro'yxatini e'lon qilib boradi. 2022 yilda Amazon muharrirlar tanlovi (Editors' Picks) bo'yicha Gabriel Zevinning «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow» nomli asari yilning eng yaxshi kitobi deb topildi. Kompaniyaning 2022 yil sarhisobiga ko'ra e'lon qilgan yuztalik ro'yxatidagi top-10`likni e'tiboringizga havola etamiz. Kitob bizni yorqin xayoliy izlanishga, shaxsiyatni, ijodkorlikni va do'st orttirishga bo'lgan ehtiyojimizni o'rganadi. Va ushbu vazifa 1987 yilda kasalxonada uchrashadigan ikki qahramon — Sem va Sadi ishtirokida amalga oshiriladi. Sakkiz yil o'tgach, ular yana uchrashishadi va birga boshdan kechirgan voqealarini eslashadi. Ushbu kitob bizga Janubiy Amerikadan AQShga sayohat qilishga majbur bo'lgan 9 yoshli bolaning hissiyotlarini ko'rsatadi. Demak, ushbu asar ham migratsiya va bu davrda boshdan kechirgan barcha yaxshi-yomon his-tuyg'ular haqidadir. Bu asar juda dolzarb mavzu — nima uchun diqqatimizni jamlashimiz va qilayotgan ishimizga e'tibor qaratishimiz tobora qiyinlashib borayotganining sababi haqida so'zlaydi. Boshqacha qilib aytganda, nega biz bunchalik chalg'iyapmiz? Kitob ko'pgina tadqiqotlar asosida yozilgan bo'lib, biz uchun juda zarur bo'lgan konsentratsiyani tiklash bo'yicha tavsiyalar beradi. Shubhasiz, Stiven King nima yozishidan qat'i nazar, u har doim bestsellerlardan biriga aylanadi. «Ertak» nomini olgan bu roman bizga yaxshilik va yovuzlik o'rtasidagi epik jangda ishtirok etishi kerak bo'lgan kutilmagan qahramonni bosh qahramon sifatida taklif qiladi. Jeraldin Bruks — Pulitser mukofoti sovrindori hisoblanadi. Ushbu kitob uchta sanadan iborat hikoya haqida so'zlaydi: 1850, 1954 va 2019. Asar xayolimizni chulg'ab oluvchi fikrlar, adolatsizliklar va ruhlar haqida. Voqealar markazida sobiq tennis chempioni Kerri Sotoning hayoti yotadi. U o'z unvonini himoya qilish uchun faol hayotga qaytishga harakat qiladi. U bunday muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga tayyor. Ushbu kitob ko'plab ro'yxatlardan o'rin olgan. Yuqorida bu asarni The New York Times o'ntaligidan ham topishingiz mumkin. «Yo'qotilgan yuraklar» deb tarjima qilinadigan ushbu romanda otasi bilan tinch-totuv hayot kechirayotgan bosh qahramon Berd Gardner voqealar markazida turadi. U ichida surati bo'lgan sirli xatni qabul qilib oladi va xatni 9 yoshida tashlab ketgan onasi bilan bog'laydi. Shundan so'ng, asosiy qahramon onasini qidirishga otlanadi. Kitob Osvensimdan qochishga muvaffaq bo'lgan kam sonli odamlardan birining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. U nafaqat bu ishni qanday qilgani yoki xavfsiz joyga borish uchun nimalarni boshdan o'tkazgani haqida, balki konsentratsion lagerlarda o'zi guvoh bo'lgan vahshiyliklar haqida ham gapirib beradi. Don Uinslouning «Yonayotgan shahar» deb tarjima qilinadigan ushbu kitobi bizga 1986 yildagi Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrini tasvirlaydi va u yerdagi mafiya fraksiyalari faoliyati haqida so'zlaydi. The Economist har yili biznes va texnologiyalar yo'nalishidagi eng yaxshi kitoblarni e'lon qilib keladi. Bu safar The Economist yilning eng yaxshi kitoblari ro'yxatiga texnologiyalar haqida 5 ta, biznes haqida 10 ta kitobni kiritdi . Kitobda iqtisodiyot tarixchisining AQSh mikrochiplarni loyihalash va ishlab chiqarish bozorida qanday qilib yetakchilikka erishganligi va yarimo'tkazgichlarning o'zi zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga hamda AQSh va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklar vositasiga aylangani haqidagi fikrlari bayon etilgan. Kitob muallifi huquqshunos Syuzi Alegre texnogigantlarning iste'molchining boshiga «kirib», uning fikrlari yo'nalishiga qanday ta'sir o'tkazishga harakat qilayotgani, shuningdek, bu fikr erkinligini juda kech bo'lmasdan qanday himoya qilish haqida tadqiqot qiladi. Tarixchi-jurnalist Sebastyan Mallabining asari Google, SpaceX va Alibaba kabi texnologik dunyoning «akulalariga» sarmoya kiritgan moliyachilarning «g'alati guruhi» haqida hikoya qiladi. Kitobda eng katta korporativ muvaffaqiyatsizliklar, raqamlar va haddan ortiq yuqori berilgan baholar hamda Uber va WeWork kabi «yangilar» haqidagi hikoyalar mavjud. Kitobda faylasuf virtual reallik texnologiyasi prizmasi orqali borliq, din, tana va ong haqidagi abadiy savollar to'g'risida fikr yuritadi. Kitob metaborliq insonning kelajakdagi boshpanasi emas, balki uning hozirgi zamonining bir qismi ekanligini istisno qilmagan holda fikr yuritishga undaydi. Qiziquvchan o'smirlar va kattalar uchun kompyuterlar olamiga rasmli ekskursiya. 2017 yilda Xitoyning Tencent kompaniyasi Facebook`ni ortda qoldirib, dunyoning beshinchi yirik kompaniyasiga aylandi, bu G'arbni xavotirga soladi. Jurnalist Lulu Chen ushbu kitobda Xitoyning burilish nuqtalari xronikasi va Xitoy texnologiyasining siyosiylashgan dunyosida muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida so'zlaydi. 2011 yil: Yaman qirg'oqlari yaqinida tankerga qaroqchilar hujumi, dengiz inspektorining ochilmagan qotilligi va moliyaviy sirlarning hayratlanarli tarzda fosh etilishi… Kitobda badiiy bo'lmagan voqealarning uyg'unligi ko'proq xayoliy trillerga o'xshaydi, lekin aslida xalqaro yuk tashish sanoati va undan foyda oluvchilarning bahsli tomonlarini ochib beradi. Iqtisodchi Kouen va venchur kapitalisti Grossning fikricha, past baholangan innovatorlarni yollash biznesda oldinga borishning eng oson yo'llaridan biridir. Kitobda ular o'nlab talabgorlar orasidan iste'dodlisini qanday tanib olish va uni kompaniyaga qanday jalb qilish haqida so'z boradi. Kitobda, shuningdek, shunday iste'dod egalariga ham qanday qilib «o'zini topish» mumkinligi haqida tavsiyalar beradi. Moliyaviy jurnalist Uilyam Koenning talqinidagi General Electric kompaniyasining yuksalishi va qulash tarixi. Jurnalist Daniel Pink ijtimoiy psixologiya, nevrologiya va biologiya sohasidagi tadqiqotlarni ko'rib chiqqach, ushbu kitobida «afsus chekmasdan yashash» afsonasini rad etadi. Ushbu kitobda Los-Anjeles Menejment maktabining olimi va professori «qiyinchiliklar bo'ylab va uning atrofida» fikr-mulohazalar yuritish nima ekanligini va ish strategiyalarining sirini topishga urinib ko'rgan. An'anaviy ofislar boshidanoq xato edi, deb hisoblaydi Xobsbaum va pandemiya uzoq vaqtdan beri turib qolgan muammolarni qaytadan ko'tardi: ofis nima uchun kerak va u qanday vazifalarni hal qiladi. Kitobda muallif ish beruvchilar va xodimlarga yangi gibrid ish oqimlariga moslashishga qanday yordam berish haqida gapiradi va iyerarxiya, tarafkashlik va o'z taqdirini o'zi belgilash muammolari bunga qanday ta'sir qilishi haqida yozadi. Ushbu kitob imperiyalar davridan keyingi Buyuk Britaniyaning institutlari — banklar, yuridik firmalar, maktablar va universitetlar qanday qilib adolatli o'yin g'oyasini shakllantirishga harakat qilganligi, ammo oxir-oqibat pulga o'ch oligarxlarning xizmatkorlariga aylangani haqidagi provokatsion nuqtai nazardir. London biznes maktabining boshqaruv amaliyoti professori ushbu kitobda Yaponiyaning Fujitsu va Britaniyaning HSBC kompaniyalari gibrid va moslashuvchan ish muhiti tushunchasini qanday qayta belgilayotganligi haqida so'zlaydi. Ushbu kitobdan Iordaniya qochqinlar lageridagi suriyalik tadbirkorlarning ilhomlantiruvchi uchta hikoyasini topish mumkin. Goodreads.com har yili an'anaviy tarzda sayt foydalanuvchilari tomonidan turli nominatsiyalar bo'yicha tanlangan yilning eng yaxshi kitoblari e'lon qilinib kelinadi. Ushbu sayt kitob o'qishni sevuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va saytga doimiy tarzda millionlab foydaluvchilar tashrif buyuradi. 2013 yildan buyon ushbu sayt Amazon`ga tegishli. Goodreads 2022 yilda ham turli janrlar va yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshi kitoblarni aniqladi . Wired jurnali e'lon qilgan ro'yxat so'zboshida «Dengiz jonzotlaridan tortib, «O'n birinchi stansiya»ning davomigacha — bular biz 2022 yilda o'qigan eng yaxshi kitoblardir», — deb yozilgan. Yil yakunida Time jurnali ham 2022 yilning 100 ta «mastrid» (must-read) kitobini e'lon qildi . Ushbu ro'yxatda kitoblar nomlar bo'yicha alifbo tartibida joylashtirilgan. Shuningdek, The Guardian (alohida yo'nalishlar bo'yicha), Esquire (Top-50), Vanity Fair (Top-39) nashrlari ham o'z talqini bo'yicha yilning eng yaxshi kitoblari ro'yxatini e'lon qilishdi. Bundan tashqari, New Yorker jurnali 300 dan ortiq kitobni o'z ichiga olgan «2022 yilning eng yaxshi kitoblari» deb nomlanuvchi uzun ro'yxatni ommaga taqdim etdi. New York Times, The Guardian, Time, New Yorker kabi ko'pgina mashhur nashrlarning eng yaxshi kitoblar ro'yxatida « Stay True », « The Candy House », « Sea of Tranquility », « An Immense World », « Trust » kabi kitoblarni ko'rishimiz mumkin. Demak, ushbu kitoblarni 2022 yildagi eng muvaffaqiyatli kitoblar deb atash mumkin.
|
world
|
Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov 2022 yilda ko'rinish bergan kiyim-kechak narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar yuqori. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda . Mamlakat Soliq xizmati dekabr oyida e'lon qilgan deklaratsiyaga ko'ra, Qirg'iziston prezidenti 2021 yilda 997,8 ming som (taxminan 11,6 ming dollar) ishlab topgan. Bu prezidentning oylik maoshi 83,1 ming somni (945,3 dollar) tashkil etganini anglatadi. Uning 0,6 gektar qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasi va garaji bor, xolos. Ko'chmas mulk yoki transport vositasi haqida ma'lumot berilmagan. Davlat rahbarining eng yaqin qarindoshlarining daromadlari va mol-mulki haqida ham ma'lumot yo'q. Nashrning yozishicha, davlat rahbari Qulanak GESi qurilishiga kapsula qo'yish marosimida kiygan kurtkaning o'zi narxi uning yillik daromadidan oshib ketadi. Bu 1 mln 260 ming som yoki Sadir Japarovning 15 ta maoshi degani. Factcheck.kg jurnalistlarining aniqlashicha , Sadir Japarov oktabr oyida bo'lib o'tgan tadbirda Italiyaning Loro Piana brendining ichki bezakli ko'ylagi va 15,3 ming dollarlik nutria mo'ynali yoqasida bo'lgan. Sadir Japarov 8 fevral kuni bozor sotuvchilari bilan uchrashuvga esa Italiyaning Stefano Ricci brendidan 5900 dollarlik kurtka kiygan holda kelgan. 2021 yil yozida Markaziy Osiyo davlatlari davlat rahbarlari bilan uchrashuvda u Stefano Ricci sport kostyumini kiygan edi. O'shanda Factcheck.kg ikkilikning narxi taxminan 3000 dollar ekanligini aniqlagandi . Bayroq kunini nishonlash uchun esa prezident 4150 SR dollarlik teskari yomg'ir paltosida paydo bo'ldi. Yaqinda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yakuniy yig'ilishida Sadir Japarovning 72 ming rubllik (994,5 AQSh dollari) — oylik maoshidan ko'proq turadigan Fransiyaning Christian Louboutin brendi ostidagi qizil tagcharmli tufli kiyib olgani ko'rindi. 2022 yil avgust oyida Ermenegildo Zegna brendidan 5000 dollarga yaqin, ya'ni Sadir Japarovning oylik maoshidan deyarli besh baravar ko'p turadigan kardigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamasiga sabab bo'ldi. 2022 yil yanvar oyida Sadir Japarov va birinchi xonim Aygul Japarova Karakoldagi tog'-chang'i kurortida dam olishdi, u yerda ham turmush o'rtoqlar qimmatbaho kurtkalar kiyishgan: davlat rahbari egnida 1099 yevrolik (taxminan 105 ming so'm, ya'ni oylik daromadidan 1,5 barobar ko'proq) Lynn kurtkasi bo'lsa, birinchi xonimda — Toni Sailer brendidan. Bu markadagi kurtkalarning o'rtacha narxi 900 dan 1300 yevrogacha (80−120 ming som). Birgina o'tgan yilning o'zida Sadir Japarovning garderobida qariyb 2,5 mln somlik kiyimlar paydo bo'ldi, bu uning yillik daromadidan 2,5 barobar ko'p, deb yozadi 24.kg. O'zbekiston prezidentining garderobi oxirgi marta 2019 yil iyun oyida muhokama qilingan edi. Shavkat Mirziyoyevning bahosi 400−550 dollar bo'lgan Z Zegna krossovkalaribilan ko'rishgan. O'zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalash tizimi haligacha joriy etilmagan, biroq bu prezidentning 2022 yil 1 yanvardagi qarorida nazarda tutilgan edi.
|
world
|
Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy 22 yanvar, yakshanba kuni O'zbekistonni Kobul va Toshkent o'rtasida imzolangan shartnomada ko'rsatilgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berishga chaqirdi, deb yozmoqda TOLOnews. Muttaqiy qishning sovuq kunlarida O'zbekiston elektr ta'minotini to'xtatganini tanqid qildi. «Ular Da Afghanistan Breshna Sherkat`ga bizga 400 megavattdan ortiq energiya yetkazib berishni va'da qilgan. Mamlakat bu va'dalariga sodiq qolishi kerak. Ular hozir elektr ta'minotini uzib qo'ygan, xalq esa muammolarga duch kelmoqda», — deydi u. Kobul aholisi kuchli sovuqda so'nggi bir necha haftada davom etayotgan elektr ta'minotidagi uzilishlardan xavotirda ekanini bildirgan. Aholining so'zlariga ko'ra, elektr energiyasi 24 soat ichida bir soat atrofida berilmoqda. «Kechasi yarim soat elektr energiyasi beriladi. Biz ko'plab muammolarga duch kelyapmiz», — deydi aholi vakili. Hozirda Breshna Sherkat mamlakatda elektr quvvati taqchilligini bartaraf etish bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilayotganini ma'lum qilgan. «Biz bu muammolarni imkon qadar hal qilish uchun kechayu kunduz harakat qilyamiz», — dedi Kobul energetika va suv boshqarmasi boshlig'i Hikmatulla Oxundzoda. Afg'oniston elektr energiyasini O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan import qiladi. O'zbekistondan import qilinadigan elektr Kobul, shuningdek, Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lag'mon, Logar, Paktiy, Xost, Maydon Vardak, G'azni va Bag'lon hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, oxirgi ikki hafta ichida Afg'onistonda 100 dan ortiq odam kuchli sovuq havo va zaharlanishlardan vafot etgan, Tabiiy ofatlarni nazorat qilish bo'yicha davlat vazirligi o'limlar 15 viloyatda qayd etilganini ma'lum qilgan. «Turli viloyatlarda kamida 104 kishi halok bo'ldi. Kamida 50 ta uy vayron bo'lgan yoki zararlangan», — deydi vazirlik vakili Shafay Rahimiy. Eslatib o'tamiz, mamlakatning energiya tarqatuvchisi bo'lgan Da Afghanistan Breshna Sherkat 15 yanvar, yakshanba kuni O'zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi texnik muammolar tufayli uzilganini bildirgandi .
|
world
|
Milliarder Alisher Usmonov «nafaqaga chiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlagani munosabati bilan» Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi byurosi a'zoligidan ozod qilinishni so'radi. Bu haqda RBK xabar berdi . Usmonovning ittifoq rahbari nomiga yozgan xati BRIEF Telegram kanalida e'lon qilingan. RBK suhbatdoshi hujjatning haqiqiyligini tasdiqlagan. Nashrning ittifoqdagi boshqa manbasiga ko'ra, 25 yanvar kuni kasaba uyushmasi byurosining yig'ilishi bo'lib, unda tadbirkorning arizasi ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan. Ittifoq vakili ushbu ariza bo'yicha izoh berishdan bosh tortgan. RBK Usmonov vakiliga so'rov yuborgan. Usmonov «Metalloinvest», «Udokanskaya med» va «MegaFon»ni o'z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori (49%) hisoblanadi. U Forbes talqini bo'yicha rossiyalik eng boy milliarderlar ro'yxatida yettinchi o'rinni egallab turibdi. Jurnal uning boyligini 11,5 milliard dollarga baholagan. 2022 yil fevral oyidan beri tadbirkor Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda, AQSh , Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham unga qarshi sanksiyalar kiritgan. O'z navbatida, rossiyalik milliarder YeI kengashining unga nisbatan sanksiyalar qo'llash haqidagi qarorini bekor qilishni talab qilib, Yevropa sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan . O'zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqidan sanksiyalarni bekor qilishni so'ragan, chunki «cheklovlar tadbirkorning mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga to'sqinlik qilmoqda». Spiegel nashrining yozishicha, Germaniyaning Alisher Usmonovga nisbatan tergovi mamlakatning O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlarini yomonlashtirgan . Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonov ustidan olib borilayotgan tergov Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi diplomatik munosabatlarni keskinlashtirdi, — deya xabar qilgan jurnal. Eslatib o'tamiz, Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to'xtatib turishga qaror qilganini bildirgan . YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas'ul bo'lgan Rossiya rasmiylarini qo'llab-quvvatlagani aytilgan.
|
world
|
O'tmishda hukmdor ayollar ko'p o'tgan. Garchi aksari aqldan avval ko'ngil, hislariga quloq tutgan bo'lsa-da, davlat ishida sovuqqonlik, qat'iyat va zakovatini ko'rsata bilgan. Hatto ayrimlari qaltis vaziyatlarda farosat bilan elni tinchitgani, yurtni dushmandan qutqargani haqida eshitganmiz. Bugun dunyodagi eng boy davlatlardan biri — Singapurni boshqarayotgan Halima Yaqub ham zamonaviy tarix kitobiga nomi yozilgan arboblardan. Ishchilar va xotin-qizlar himoyachisi bo'lib o'rtaga chiqqan, 2023 yil 17 yanvar kuni O'zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni qabul qilgan xonimning prezidentlikkacha bosib o'tgan yo'li, tarjimai holi birovnikiga o'xshamaydi — o'ziga xos. Foto: Facebook / Halimah Yacob Singapurning sakkizinchi prezidenti va ilk ayol rahbari Halima Yaqub rasman to'rt til — ingliz, xitoy, malay va tamil tillarida so'zlashuvchi, madaniyati turfa, qarashlari, e'tiqodi, urf-an'analari biri ikkinchisinikiga o'xshamas, 60 dan ortiq oroldan iborat mamlakatga 2017 yildan beri yetakchilik qiladi. Prezidentning o'zi ham ikki millat farzandi — otasi hind musulmoni, onasi malayya. Ro'zg'orni amal-taqal tebratib turgan oila boshi kunlarning birida qorovulchilikdan qaytib keladiyu, anchadan beri og'riyotgan yuragini changallab jon beradi. Xotini esa besh bolani yedirib-ichirish, o'stirish, el qatoriga qo'shish tashvishi oldida yolg'iz qoladi. Oilaning kenjasi Halima onasi bilan Singapur politexnika maktabi atrofida aravacha sudrab, ko'cha taomlari, tez tayyorlanadigan yegulik sotisharkan, onasining mashaqqatlarga hecham taslim bo'lmaganini ko'p ta'kidlaydi : "8 yoshimda otamdan ayrildim. 10 yoshimdan non puli topish uchun onamga yordamchi bo'ldim. Qashshoq, bir burda nonga zor kunlarni ko'rgan bo'lsam-da, Xudoga shukr, uydagilarning daldasi, o'qituvchilarim, yaxshi insonlarning ko'magi bilan o'ziga yarasha bilim oldim. Yaxshi o'qib-o'rganganim siyosiy maydonga kirish va o'zimdek kambag'al, nochorlarga yordam beruvchi tashkilotni ochishga yo'l berdi". U 1978 yili Singapur Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2001 yili esa magistrlik darajasini ham oladi. 2016 yili esa universitet kengashi uni "Faxriy huquq doktori" unvoniga loyiq ko'radi. Universitetni bitirgach, Milliy kasaba uyushmasi kongressida huquqshunos bo'lib ish faoliyatini boshlagan Halimaxonim 1992 yili ayni shu tashkilotning huquqiy xizmat bo'limini boshqarishga o'tadi. Oradan 7 yil o'tgach, Singapur Mehnat tadqiqoti instituti direktori lavozimiga tayinlanadi. XX asr adog'iga yetib, yangi 100 yillik boshlanarkan, bo'lg'usi prezidentning ham siyosiy faoliyatida yangi sahifalar ochila boshlaydi. Qadamlar dadillashib, 2001 yili Xalq harakati partiyasi yetakchisiga va ayni shu partiyadan parlament a'zoligiga o'tadi. Ishchilar manfaati va huquqi himoyachisi 2000−2002 hamda 2005-yillari Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat standartlarini qo'llab-quvvatlash qo'mitasi direktori o'rinbosari bo'lib ishlaydi. 2011 yili esa Singapur Jamiyatni rivojlantirish, yoshlar va sport masalalari vazirligida, kelasi yili — davlat tashkilotlari ixchamlashtirilgach — jamiyatni rivojlantirish va oila masalalari vaziri bo'lib faoliyatini davom ettiradi. Oradan ikki yilcha vaqt o'tgach, Halima Yaqub Singapur parlamenti spikeri etib saylangan mamlakat tarixida ilk ayolga aylanadi. Foto: Huffpost Singapurda uning qat'iy iroda egasi, yumshoq fe'l, biroq o'ta jiddiy rahbar ekani ko'pchilikka ma'lum. Nimanidir o'ylasa, amalga oshirmaguncha tinchimasligini ham yaxshi bilishadi. Siyosat maydonida so'zi, o'rnini topgach, Halimaxonim keksalar, malakasi o'rtamiyona ishchilarni zarur sohalarga tayyorlashdan tortib, qariya va ruhiy xastalarga g'amxo'rlik qilishgacha bo'lgan ijtimoiy masalalarni o'rinli hal etolgani uchun obro'si oshib boraverdi. Yaqubni fenomen deb atashadi. Mehnat muammolari ichida yurgani uchun ona va ayol sifatida mamlakatdagi ishchi xotin-qizlarning huquqini faol himoya etadi, ularga erkaklar bilan baravar, teng sharoitda ishlashga yo'l topib beradi. "Umrim bo'yi faqat ishlab bildimki, ayol zoti mustaqil bo'lishi shart. Bunga onam yaqqol misol. Otam o'lganida, hech vaqoimiz yo'q edi. Hammasini eng quyidan boshladik. Onam menga ulkan saboqni — ayolning o'z daromad manbai bo'lishi va o'shandan ma'lum miqdorini jamg'arib, qariganida faqat o'zi uchun ishlatishi kerakligini o'rgatdi", deydi u. Halima Yaqub 2017 yili prezident saylovida nomzod sifatida ishtirok etish uchun parlament raisi lavozimidan ketadi. Ushbu saylovlarning o'ziga xos jihati shundaki, Singapurda milliy ozchilik hisoblanadigan "malayya irqi"ga mansub aholi 1970 yildan beri prezident lavozimini egallamagani bois, mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq, faqat 2017 yilgi saylovlarda nomzod malayyalardan bo'lishi kerak edi. Nomzodning malayya bo'lishi — 2017 yili saylanadigan prezidentlikka nomzod uchun qo'yilgan talablardan faqat bittasi edi. Bundan tashqari, nomzod yo davlat xizmatida ishlash tajribasiga ega bo'lishi, yoki bozor qiymati 500 mln Singapur dollari (taxminan 371 mln AQSh dollari)dan ko'p bo'lgan kompaniyaga rahbarlik qilgan bo'lishi kerak edi. Saylovda nomzod sifatida qatnashayotgan qolgan to'rt nomzod bu ikki talabning birortasiga mos tushmasdi. Shu bois, umumxalq saylovi 23 sentabr kuni o'tkazilishi kerak bo'lsa-da, Saylov komissiyasi 11 sentabr kuni yagona nomzod — Halima Yaqubni ro'yxatga olganini, 13 sentabr kuni esa nomzodlarni ro'yxatga olish yakunlanganini va, boshqa nomzodlar yo'qligi bois, Halima Yaqub umumxalq saylovisiz prezidentga aylanganini e'lon qilgan. Ertasiga u Singapurning 8-prezidenti sifatida ishga kirishadi. Mamlakat rahbariga aylangach, Halima Yaqub o'zidan avvalgi hamkasblarining ishini munosib davom ettirishga kirishadi. 2020 yili parlamentga murojaat qilarkan : "Omon qolish va yanayam ravnaq topish uchun boshqalardan ajralib turishimiz shart. O'zgarishlarga javoban boshqalardan ko'ra chidamli, hozirjavob bo'lishimiz muhim. Boshqalar qila olmaydigan ishlarni bajarishimiz yoki qila olsa ham ulardan ajralib turadiganini do'ndirishimiz shart", — deydi. Murojaatnomasida quyidagilarni asosiy maslagi sifatida ko'rsatadi : Oxirgi besh yili ichida Singapur biznes qilish uchun Osiyodagi eng qulay, xavfsiz va ishonchli, jahonda esa beshinchi raqobatbardosh iqtisodiyotga ega mamlakatga aylandi . 2021 yili Smart City Index reytingida "Eng aqlli global shahar" maqomini oldi. Shuni e'tiborga olish kerakki, bu yutuqlarning bari tabiiy resurslari cheklangan bir sharoitda qo'lga kiritilgan: fuqarolar ehtiyoji uchun barcha zarur resurslar qo'shnilardan sotib olinadi. Hatto Kalang daryosi sohillarida tashrifchilar bamaylixotir dam olishi uchun qumloq tuprog'i har yili Indoneziyadan keltiriladi. Talabalik yillari bo'lg'usi fizik olimga ko'ngil bergan Halima 1980 yili Muhammad Abdulloh Alhabshi bilan turmush quradi. Besh farzandni ulg'aytirgan er-xotin ijara uylarda sarson kezib, birinchi shaxsiy boshpanani to'ydan besh yil o'tibgina sotib olishga imkon yetganini nevaralari bugun ertakdek tinglaydi. Prezident xonim har kuni saharlab turgach, 45 daqiqacha badantarbiya mashqlarini muntazam bajaradi. Jismoniy va ruhiy faollik o'ta muhimligini yaxshi biladigan xonim boshqalarga ham ko'mak berish niyatida Club Heal jamiyatiga asos solgan. Bu markazda jamiyatga qo'shila olmaydigan, ruhan ezilgan, qiynalganlarga turli tadbir, maxsus dars, ijtimoiy loyiha, mashg'ulot va maslahatlar orqali muammosiga chora izlanadi. Foto: IDNTimes "Eslasa arzigulik xotiralarim shunchalik ko'pki, vaqti yetib bolalarim o'shalar orqali meni eslashadi. Bu eng a'lo tuhfa. Bu olamni xuddi onamdek tark etishga — alohida muhabbat va g'amxo'rlik quchog'ida yashab o'tishga umid qilaman", — deydi prezident xonim.
|
world
|
23 yanvar kuni Olmaotada ilgari McDonald's brendi ostida ishlagan restoranlar qayta ochildi, deb yozmoqda Qozog'iston OAVlari. Restoranlarga egalik qiluvchi Food Solutions KZ bosh direktori Aset Mashanovning aytishicha, barcha shaharlarda restoranlar asta-sekin ochiladi. Yopilishdan oldin kompaniya mamlakatning 6 shahrida 20 dan ortiq McDonald's restoranlariga ega edi. Peshlavhalarga «Biz ochiqmiz» (rus tilida bo'lishi kerak — tah. ) deb yozilgan bo'lib, bunda avvalgi logotipni eslatuvchi «M» harfi sariq rangga bo'yalgan. Tarmoq nomi tez orada taqdim etiladi. Internetdagi fotosuratlar va xabarlarga qaraganda, assortiment o'zgarishsiz qolgan, ammo paketlarda kompaniya nomi yo'q. Foydalanuvchilarning xabar berishicha, ovqatlarning ta'mi o'zgarmagan. Yopilish vaqtida ishlaydigan barcha restoran xodimlari o'z ish joylari, maoshlari va boshqa mehnat sharoitlarini to'liq saqlab qoladilar, deb ishontirdi kompaniya. McDonald's Qozog'istonda 2016 yilning mart oyidan beri mavjud. 5 yanvar kuni kompaniya kotlet uchun go'shtni Rossiyadan yetkazib berish taqiqlashi ortidan kelib chiqqan muammolar tufayli brend mamlakatdagi faoliyatini to'xtatayotganini ma'lum qilgan edi.
|
world
|
2022 yilda Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish 2021 yilga nisbatan qariyb 12 foizga oshdi. Jami 70 mln tonna mahsulot xorijga jo'natildi. Bu haqda TASS RF Qishloq xo'jaligi vazirligi xabariga tayanib ma'lum qildi . «Joriy narxlarda yetkazib berish hajmi qariyb 12 foizga oshdi. Tashqi bozorga 70 mln tonnadan ortiq mahsulot jo'natildi», — deyiladi xabarda. Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Sergey Levin bunga eksport oqimlarini qayta yo'naltirish, yangi logistika zanjirlari va moliyaviy operatsiyalarni barpo etish, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish evaziga erishilgan. U joriy yilda Rossiyaning qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti salohiyatini kengaytirish maqsadida yangi bozorlarni ochish bo'yicha ishlar davom ettirilishini ta'kidladi. Payshanba kuni kechqurun Pokiston shimoli-g'arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 18 kishi halok bo'ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi . Hodisa Kohat tumanidagi Kohat tunneli yaqinida sodir bo'lgan. Yo'lovchi avtobusi unga qarab harakatlanayotgan yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. Qutqaruvchilar jarohatlanganlar va halok bo'lganlarning jasadlarini olib chiqish uchun avtobusni kesishga majbur bo'lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, YTH yuk mashinasining belgilangan tezlikdan oshib ketgani tufayli sodir bo'lgan. Bryussel 24 fevralgacha joriy etishni rejalashtirayotgan YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining o'ninchi to'plami 10 mlrd yevro miqdoridagi cheklovlarni nazarda tutadi, deya ma'lum qildi Yevrokomissiya (YeK) rahbari Ursula fon der Leyen juma kuni Kiyevda Yevropa Ittifoqi va Ukraina sammiti yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida. «O'ninchi sanksiyalar paketi yo'lda, uning qiymati 10 mlrd yevroni tashkil qiladi. Bu yanada keng ko'lamli paket bo'ladi», dedi u. YeK rahbarining so'zlariga ko'ra, yangi paketda YeI avvalgi sanksiyalar paketlarida mavjud bo'lgan bo'shliqlarni yopadi. U, shuningdek, yangi sanksiyalar Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlangan 24 fevralgacha joriy etilishini tasdiqladi. Eron parlamenti hijobsiz ayollarni jarimaga tortish hamda ularga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda juma kuni parlamentning sud va huquq masalalari komissiyasi raisi Musa Gazanfarobodiy ma'lum qildi . «Hozirda avvalgidek avtomobillarda hijobga rioya qilishni nazorat qilish bo'yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Hijob o'ramagan ayollarga yana SMS yuboriladi… Bundan tashqari, tez orada qonun loyihasi ham ishlab chiqiladi va dastur kuchga kiradi, unga ko'ra biz videokuzatuv tizimlari yordamida piyodalar o'tish joylarida va boshqa jamoat joylarida ro'mol o'ramagan ayollarni aniqlaymiz. Natijada, bu shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilmaydi», — Gazanforobodiyning so'zlaridan iqtibos keltirdi Khabar Online agentligi. Mulozimning so'zlariga ko'ra, birinchi bosqichda qoidabuzarga ogohlantirish yozilgan SMS keladi, ikkinchi bosqichda esa jarimaga tortiladi. Uning milliy kartasi (Eronda bu shaxsni tasdiqlovchi hujjat) jarima to'lanmaguncha bloklanadi, shuning uchun u hech qanday ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmaydi. Qatar Sog'liqni saqlash vazirligi Yevropa Ittifoqining yeyishga ruxsat berilgan hasharotlar ro'yxatini kengaytirish to'g'risidagi qaroridan so'ng tarkibida hasharotlar bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanishi haqida ogohlantirdi . «Ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat tayyorlashda hasharotlardan foydalanishga ruxsat berish to'g'risidagi qarori haqidagi ma'lumotlar ko'payishi munosabati bilan Sog'liqni saqlash vazirligi tarkibida hasharotlar bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining texnik talablarga javob bermasligi sababli ularni sotish taqiqlanganini e'lon qiladi. Ko'rfaz mamlakatlarida halol oziq-ovqat mahsulotlari va vakolatli organlarning diniy qarashlari, bu hasharotlar, oqsil yoki ulardan tayyorlangan qo'shimchalarni iste'mol qilishni taqiqlaydi», — deyiladi SSV bayonotida. Vazirlik «Oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil manbasi vazirlik tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan, musulmon tamoyillari asosida ishlaydigan xalqaro laboratoriyalar yordamida sinchkovlik bilan tekshirilayotganini» ta'kidladi. G'arb davlatlari Moldovani «navbatdagi Ukraina» roli uchun ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Rossiya Segodnya» bosh direktori Dmitriy Kiselevga bergan intervyusida ma'lum qildi . Kisilev qaysi davlatlar «Ukraina yo'lidan borishi» mumkinligini so'radi hamda Qirg'iziston va Qozog'istonni misol tariqasida so'radi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari esa Moldova nomini oldi. «Hozir Moldova bu rol uchun ko'rib chiqilmoqda, birinchi navbatda, ular NATOga qo'shilish istagida bo'lgan erkin demokratik emas, balki mutlaqo aniq usullar bilan mamlakat boshiga prezidentni [Maya Sandu] qo'yishga muvaffaq bo'lishdi. U Ruminiya fuqaroligiga ega, u Ruminiya bilan birlashishga tayyor va umuman, deyarli hamma narsaga tayyor», — dedi u. Ikki marta qotillikda ayblanib, qariyb 16 yildan beri soxta nom ostida qochib yurgan italiyalik mafioz Fransiyaning Sent-Eten shahrida hibsga olindi, deb xabar bermoqda Interpol xalqaro politsiya tashkiloti. Edgardo Greko Italiya janubidagi Kalabriya shahrida faoliyat yurituvchi qudratli «Ndrangeta» jinoiy tashkilotiga aloqador edi. 2006 yilda Greko baliq omborida temir panjaralar bilan kaltaklangan aka-uka Bartolomeolarni o'ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Xuddi shu yili Greko Italiyadan qochib, Fransiyaga joylashdi. Frans Press agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 63 yoshli Greko 2021 yil iyun oyida Paolo Dimitrio nomi bilan Sent-Etenda Caffe Rossini Ristorante restoranini ochgan va shu yilning noyabrigacha faoliyat yuritgan.
|
world
|
Kanada va AQShdagi qariyb 100 mln kishi bu juma va shanba kunlari qattiq sovuqni boshdan kechiradi, deya xabar qilmoqda BBC Shimoliy Amerika qit'asining ba'zi hududlarida Arktika qismida havo harorati ba'zi hududlarda -50 darajagacha pasayadi, deya ogohlantirmoqda meteorologlar. Ularning qo'shimcha qilishicha, bunday ob-havoda odam 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida muzlab qolishi mumkin. Shu bois Kanadaning markaziy va Amerika shimoli-sharqidagi ko'plab shtatlarning aholisiga uyda qolishni maslahat berishmoqda. Dushanbadan beri AQShda noqulay ob-havo tufayli kamida 11 kishi halok bo'ldi. Xususan, hafta boshida muz bo'roni tufayli Texasda sakkiz kishi, Oklaxomada ikki va Arkanzasda bir kishi halok bo'ldi. Kobuldagi portlashda kamida ikki kishi jabrlandi, huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov boshladi, deya ma'lum qildi Kobul politsiyasi matbuot kotibi Xolid Zadran. Afg'oniston poytaxtining prezident saroyi va qator hukumat binolari joylashgan ikkinchi tumanida portlash sodir bo'ldi. Politsiya vakilining so'zlariga ko'ra, portlovchi moslama mashina kuzoviga biriktirilgan. Xitoy Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 8 dekabrida XXRda COVID-19 infeksiyasiga qarshi siyosat yumshatilgan va barcha cheklovchi choralar olib tashlanganidan buyon mamlakat kasalxonalarida 80 mingdan ortiq odam infeksiya natijasida vafot etgan, deya xabar qildi RIA Novosti. 2022 yil 25 dekabrda Xitoy sog'liqni saqlash davlat qo'mitasi mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bo'yicha kundalik statistik ma'lumotlarni e'lon qilishni to'xtatdi. Shundan so'ng, Xitoy Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi 2023 yil 15 yanvardan boshlab pandemiyaning butun davri uchun emas, balki faqat 2022 yil 8 dekabridan boshlab haftalik xulosani nashr eta boshladi. Shunday qilib, 2022 yilning 8 dekabridan 2023 yilning 2 fevraliga qadar Xitoy kasalxonalarida 82 238 kishi koronavirus infeksiyasi natijasida kelib chiqqan nafas yetishmovchiligi yoki COVID-19 infeksiyasi keltirib chiqaradigan turli kasalliklarning kuchayishi natijasida vafot etdi. Fransiya yadroviy reaktorlarning ishlash muddatini 60 yil va undan ko'proqqa uzaytirish imkoniyatlarini o'rganadi. Bu haqda Sinxua Yelisey saroyiga tayanib ma'lum qildi . Prezident Emmanuel Makron raisligidagi Yadro siyosati qo'mitasi yig'ilishidan so'ng e'lon qilingan press-relizga ko'ra, tadqiqotdan maqsad «uzoq muddatda uglerodsiz va raqobatbardosh elektr energiyasi» ishlab chiqarish uchun mavjud reaktorlarning ishlash muddatini uzaytirishdir. O'tgan yili Makron kamida oltita yangi avlod EPR2 reaktorlarini qurish va mamlakat yadro sektorini jonlantirish rejalarini ma'lum qilgan edi. Juma kungi yig'ilishda Yadro siyosati qo'mitasi tegishli qisqa va uzoq muddatli muammolarni muhokama qildi. Qo'mita, shuningdek, fevral oyi oxirida oltita yangi reaktor qurish rejalari bo'yicha ochiq munozara o'tkazishga kelishib oldi. Juma kuni Ruanda poytaxti Kigali chekkasidagi Gasabo tumanida makkajo'xori quritish uskunasi ustiga qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo'ldi, 36 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy amaldor ma'lum qildi . «Avariya mahalliy vaqt bilan taxminan 08:30 da sodir bo'ldi. Quritish uskunasi makkajo'xori boshoqlari og'irligidan qulab tushdi», — dedi Rusororo sektori mas'ul kotibi Dezire Nsabimana jurnalistlarga. «Jarohatlanganlar ichkarida don tekshirayotganda jihoz qulab tushdi», dedi va jarohatlanganlar Masaka tumanidagi yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya voqea sabablarini o'rganayotganini bildirdi. 18 yoshli kanadalik Juliyett Lamur birinchi urinishdayoq Milliy lotereyaning 48 mln Kanada dollari (35,8 mln AQSh dollari) jekpotini yutib oldi va lotereya tarixidagi eng yosh g'olibga aylandi, deya xabar bermoqda BBC. Kanada matbuotining ta'kidlashicha, qiz darhol moliyaviy menejment bo'yicha menejer bo'lib ishlaydigan otasiga murojaat qildi. Juliyettning so'zlariga ko'ra, u qiziga lotereya chiptasini to'ldirishni maslahat bergan. Uning so'zlariga ko'ra, u boshini yo'qotish niyatida emas va o'z kapitalini to'g'ri boshqarishni xohlaydi.
|
world
|
Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf 79 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so'ng Dubayda vafot etdi, deya xabar bermoqda «Interfaks» nashri. Parvez Musharraf 1943 yilda Dehlida tug'ilgan. U Pokiston qurolli kuchlarida qator lavozimlarda faoliyat yuritgan, 1998 yilda esa Pokiston armiyasi bosh shtab boshlig'i bo'lgan. Sobiq prezident mamlakatni 2001−2008 yillarda boshqargan. 2008 yilda impichment e'lon qilingan va o'z ixtiyori bilan iste'foga chiqqan. 2013 yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, o'limga hukm qilingandi. Parvez Musharraf 2003−2005 yillar davomida uchta suiqasddan omon qolgan. Pokiston razvedka idoralariga ko'ra, yana 14 ta suiqasdning oldi olingan. 2016 yilda Musharrafga davolanish uchun BAAga borishga ruxsat berilgandi, o'limiga qadar Dubayda yashab kelgan.
|
world
|
Dushanba kuni tongda Turkiya janubida sodir bo'lgan bir qator zilzilalarda o'nlab odamlar halok bo'ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Anadolu agentligining Twitter`da mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berishicha , soat 04:17 da Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida 7,4 magnitudali, 04:27 da Gaziantep viloyatidagi Nurdagi tumanida 6,6 magnitudali va 04:36 da shu viloyatning Islahiye viloyatida 6,5 magnitudali zilzila qayd etilgan. Manba: twitter.com/anadoluagency . Hodisa oqibatida kamida 50 kishi halok bo'lgani aytilmoqda, biroq qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, bu raqam ortishi mumkinligi qayd etilgan. The Guardian mahalliy hokimiyatlarning dastlabki ma'lumotlariga tayanib, Malatya viloyatida kamida 23 kishi (420 kishi jarohatlangan), Shanliurfada 17 (30), Diyarbakirda 6 (79) va Usmoniyda 5 kishi halok bo'lganini yozmoqda. Shuningdek, Malatyada 140 ta uy vayron bo'lgan. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakatda eng yuqori darajadagi ogohlantirish e'lon qilinganini ma'lum qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdog'an halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga sog'ayib ketishlarini tiladi. «Biz buni imkon qadar tezroq va minimal yo'qotishlar bilan birga yengib o'tishga umid qilamiz», — dedi u. Yerosti silkinishlari Misrdan Gruziyagacha bo'lgan qator boshqa mamlakatlarda ham sezildi, deb yozadi Anadolu. Sana agentligi keltirgan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Suriya shimolida ham kamida 42 kishi halok bo'lgan va 200 kishi yaralangan.
|
world
|
Kuniga 20 ming kishi o'tadigan «Do'stlik» nazorat-o'tkazish punktida qirg'izistonlik chegarachilar O'zbekiston fuqarolaridan noqonuniy ravishda pul talab qilmoqda, deya xabar bermoqda qirg'izistonlik jurnalist Shohrux Soipov. 2022 yil yozida O'shdagi mahalliy taksi haydovchilari O'zbekiston fuqarolariga qo'pol munosabatda bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan , bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lgandi . Shundan so'ng rasmiylar O'sh aeroportidan Qirg'iziston-O'zbekiston chegarasiga qadar qatnovchi mikroavtobuslar faoliyatini yo'lga qo'ygan va muammo bir qadar hal bo'lgan. Jurnalist Shohrux Soipov shunday mikroavtobuslardan biriga chiqib, «Do'stlik» chegara punktiga yo'l olgan o'zbekistonliklar bilan suhbatlashgan. Ularning ta'kidlashicha, chegarada Qirg'iziston chegarachilarining o'zbekistonliklardan ochiqchasiga pora talab qilishi odatiy holga aylanib qolgan. «Chegarachi mendan 100 qirg'iz so'mi so'radi, bersam, musht tushirdi. Deklaratsiya to'ldirtirishim kerakligini aytdi. Muhr bosayotgan xodimning oldiga borsam, chekkada kutib turishimni aytdi. Keyin meni qayta chaqirib, boshlig'ining oldiga borishimni tayinladi. Eshikni oldida turgan odam boshlig'i ekan. Borsam, 1000 qirg'iz so'mi ber, dedi. Men 200 so'm pulim borligini aytdim. Keyin u 500 so'm talab qildi. Pulimni ayirboshlab kelib, berdim. Shundan so'ng qo'yib yuborishdi. Bu yerda juda mazax qilisharkan. Hammamiz musulmon odam bo'lsak, shunday qilish shart emas-ku», — dedi o'zbekistonliklardan biri. «Chegaradan o'tayotganimizda oldimizdagi bir o'zbek akadan ham pul so'rashdi. U yonida puli yo'qligi, akasi hozirgina chegaradan o'tib ketganini aytdi. "Nega yolg'on gapiryapsan?!", deb ko'z oldimizda uni urishdi, buni hamma ko'rdi. Keyin ichkariga kirdik. U yerda Rossiya fuqaroligini olgan boshqa bir o'zbekistonlikka ham shunday muomala qilishdi, "o'zbek bo'la turib, nega Rossiya fuqaroligi bilan kirib kelyapsan?", deb undan ham yaxshigina pul olishdi», — deydi Istanbuldan O'shga qo'nib, O'zbekistonga qaytayotgan vatandoshlardan biri. Uning qo'shimcha qilishicha, chegarachilar uning o'zidan ham 50 ming o'zbek so'mi so'ragan, u esa 5 dollar berib, chegaradan o'tib ketgan. «Ular pulni pasport ichiga solishni so'raydi. Pasportda pul bo'lmasa, deportatsiya bor deb, poraga shama qilib, ko'z qisib qo'yadi… Fuqarolarni pasportni tekshiradigan xonaga kirmay turib, eshik oldida ushlashyapti», — dedi Turkiyadan qaytgan o'zbekistonlik. Shohrux Soipovning qayd etishicha, Qirg'iziston chegarachilari nazorat-o'tkazish punktida O'zbekiston fuqarolaridan pul talab qilib olayotganiga o'zi ham guvoh bo'lgan.
|
world
|
Hindiston (ayollar o'rtasida) va O'zbekistonda (erkaklar o'rtasida) bo'lib o'tadigan boks bo'yicha jahon chempionatini bir necha davlatlar boykot qildi. 8 fevral kuni AQSh boks federatsiyasi tashkilotning rasmiy saytida Amerika jamoasining erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlarida qatnashishdan bosh tortgani haqida bayonot bilan chiqdi . Bayonotda bu pozitsiya uchun bir qator dalillar keltirilgan, biroq asosiy sabab Xalqaro boks assotsiatsiyasining Rossiya va Belarus bokschilariga o'z milliy bayroqlari ostida musobaqalarda qatnashishiga ruxsat berish haqidagi qarori bo'ldi. USA Boxing rahbari Mayk MakAti Marokashda bo'lib o'tgan so'nggi boks turnirida rossiyaliklar o'z bayrog'i va madhiyasi ostida chiqish qilganiga e'tibor qaratdi. Shuningdek, u XBAga qarshi boshqa da'volarni ham sanab o'tdi, uning fikricha, jahon chempionatlarida ishtirok etish «nafaqat Xalqaro olimpiya qo'mitasining 2 fevralda tasdiqlangan sanksiyalarini, balki o'yin va shaffoflik tamoyillarini ham buzadi». Da'volar ro'yxati sudyalarni tanlashning buzilishi, sanksiyalar ostida bo'lgan «Gazprom»ga homiylik qilish, «shaffof bo'lmagan» budjetlar, gender jihatdan ayollar va erkaklarga teng pul mukofotlarining yo'qligi, shuningdek, Rossiya va Belarus sportchilarining davlat bayroqlari, madhiyalari va ranglari ostida chiqishlariga XBA berayotgan ruxsatnomani o'z ichiga oladi. AQShdan so'ng Irlandiya boks federatsiyasi ham u yerga rossiyalik sportchilar qabul qilingani sababli erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlarida qatnashishdan bosh tortishga qaror qildi, Bu haqda Irish Independent (IABA) xabar berdi . IABA Direktorlar kengashi turnirlarni boykot qilish uchun ovoz berdi, 15 kishi buni yoqladi, 5 kishi qarshi chiqdi. Chexiya boks assotsiatsiyasi prezidenti Marek Simak Chexiya terma jamoasining boks bo'yicha jahon chempionatini boykot qilish niyatini tasdiqladi. Sport.cz nashriga bergan intervyusida u bu qadamni Ukrainani qo'llab-quvvatlash va Xalqaro boks assotsiatsiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqador bo'lgan rossiyalik Umar Kremlev nazorati ostida qolayotganiga javob deb atadi. Ha, katta mukofot puli bo'ladi. Ikkita bronza medali uchun 25 000 dollar, kumush uchun 50 000 dollar va oltin uchun 100 000 dollar. Kreml jahon chempionatini biznesga aylantirmoqchi. Bu yomon emas, lekin u XOQga qarshi chiqish bilan muammoni hal qila olmaydi… Boks Olimpiya o'yinlariga tegishli, dedi u. Shvetsiya boks assotsiatsiyasi rahbari Per-Aksel Shyoxolmning aytishicha, agar Rossiya va Belarus sportchilari musobaqada ishtirok etsa, mamlakat boks bo'yicha jahon chempionatini boykot qilishga qo'shiladi. «Bu yerda na demokratiya, na oshkoralik mavjud. Biz XBA arizasini qabul qilmaymiz. Demokratiya va illyuziya yo'q. Biz o'zgarishlarni amalga oshirish uchun bir necha yil ishladik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. Keyin ular o'zlari Rossiya va Belarusga milliy bayroqlar ostida bellashishga ruxsat berishga qaror qildi», — deya uning so'zlarini keltiradi Chempionat SVT nashriga tayanib. Kanada boks federatsiyasi ayollar va erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatlarini boykot qilishga rossiyalik va belaruslik sportchilarning ishtiroki, shuningdek, ushbu sport turining jahon boshqaruv organi faoliyatiga norozilik sifatida qo'shildi. Sport tashkiloti rahbari Rayan O'Shi XBAda davom etayotgan korrupsiya tufayli sportning kelajagi haqida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. Buyuk Britaniya kelasi oy Hindistonda bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi boks bo'yicha jahon chempionatida rossiyalik sportchilarning o'z milliy bayrog'i ostida ishtirok etishidan xavotirlar tufayli ishtirok etmaydi. Sport tashkiloti erkaklar terma jamoasining Toshkentda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishi ham ko'rib chiqilayotganini ma'lum qildi . Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati 15−31 mart kunlari Hindistonda, erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati Toshkentda 1−14 may kunlari bo'lib o'tadi . Umar Kremlev 2020 yilning dekabridan buyon IBA (sobiq AIBA)ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda XBAning qarzlari 20 mln dollarni tashkil qilgan. 2021 yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to'liq qaytarilishini e'lon qildi. 2022 yilda u XBA prezidenti etib qayta saylandi. 2019 yil iyun oyida XOQ Ijroiya kengashi qarzlari tufayli tashkilotdagi XBA a'zoligini to'xtatib qo'yishni, ammo boksni Tokio-2020 Olimpiada o'yinlari dasturida saqlab qolishni tavsiya qildi. XOQ sessiyasida ushbu tavsiyanoma tasdiqlandi. Natijada 2021 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida boks bo'yicha musobaqalarni tashkil etish XOQ tomonidan amalga oshirildi. 2022 yil fevralida Xalqaro olimpiya qo'mitasi Ukrainadagi vaziyat tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalarga qo'ymaslikni tavsiya qilgan bo'lsa, 4 mart kuni XBA rossiyalik sportchilarga tashkilot shafeligidagi xalqaro turnirlarda qatnashishni taqiqlagan edi. 5 oktabr kuni XBA rossiyalik va belaruslik bokschilarning diskvalifikatsiyasini bekor qildi, sportchilarga xalqaro maydonlarda milliy bayroqlar va davlat madhiyalari ostida qatnashishlariga ruxsat berildi. O'tgan iyun oyida XOQ 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridagi boks turniri yana XBdan holi tarzda o'tkazilishini e'lon qildi. Bundan tashqari, boks 2028 yilgi Olimpiya o'yinlarining dastlabki dasturiga kiritilmagan. Dekabr oyida esa qo'mita XBA a'zoligini to'xtatib turishni ma'qullagandi.
|
world
|
Turkiya o'tgan hafta mamlakatning janubiy viloyatlarida sodir bo'lgan dahshatli zilzilalardan keyin xalqaro hamjamiyat tomonidan ko'rsatilgan do'stona ishora va yordamni hech qachon unutmaydi. Bu haqda bugun Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an aytdi. «Kechayu kunduz yurtimiz uchun yordam yig'ib, qidiruv-qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlab, o'z qo'shinlarini jo'natayotgan, duolarida bizni qo'llab-quvvatlagan barcha do'st va qardosh davlatlarga sizning huzuringizda yana bir bor minnatdorchilik bildiraman, — dedi Erdog'an BAA tomonidan tashkil etilgan 2023 yilgi Jahon hukumati sammiti ishtirokchilariga videomurojaatida. «Mana shu og'ir damlarda ko'rsatgan do'stlik ishorangizni hech qachon unutmaymiz», — deya qo'shimcha qildi u. Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen seshanba kuni ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish doirasida Isroil payshanba kuni Turkiyaga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni tiklashini ma'lum qildi . «Isroildan Turkiyaga parvozlar ikki kundan keyin tiklanadi. Bizning uchta asosiy tashuvchimiz parvozlarni boshlaydi», — dedi u Turkiya poytaxti Anqarada turkiyalik hamkasbi Mevlut Chavusho'g'li bilan o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida. Isroil o'tgan hafta Turkiyada sodir bo'lgan dahshatli zilzilalarning birinchi kunida 450 kishilik qutqaruv guruhini yubordi. So'ngra qo'shimcha yordam guruhlari yuborildi va zilziladan jabr ko'rgan hududda dala kasalxonasi tashkil etildi, dedi Isroil vaziri. Koen Turkiyaga insonparvarlik yordamini davom ettirishga va'da berdi va qurbonlarga chuqur hamdardlik bildirdi. M. Chavusho'g'li, o'z navbatida, Isroil Turkiyaga birinchilardan bo'lib yordam jo'natganini aytib, bu borada Isroil tomoniga minnatdorchilik bildirdi. BMT rasmiysi seshanba kuni Turkiya va Suriyadagi zilzilalar minglab bolalarning hayotiga zomin bo'lishi mumkinligini aytdi, deya xabar bermoqda Sinxua. «Tasdiqlangan raqamlarsiz ham, qurbonlar soni ortib borishi aniq», dedi YUNISEF vakili Jeyms Elder. Turkiyaning zilziladan jabr ko'rgan 10 viloyatida 4,6 mln bola yashaydi, Suriyadagi tabiiy ofatdan esa 2,5 mln bola jabr ko'rdi. «Bolalar va ularning oilalari zudlik bilan qo'shimcha yordamga muhtoj, — dedi Jeyms Elder. — Ko'plab mahalliy hamkor tashkilotlar va favqulodda vaziyatlar xodimlari halok bo'ldi, yarador bo'ldi, ko'chirildi, ularning ofislari va jihozlari vayron bo'ldi. Hamma, hamma joyda ko'proq yordam kerak» Vayronkor zilzilalar natijasida son-sanoqsiz bolalar ota-onalaridan ayrildi, dedi u. «Turkiyaning jabrlangan o'nta viloyatida 1,7 milliondan ortiq ro'yxatga olingan suriyalik qochqinlar istiqomat qiladi, ulardan 811 ming nafari bolalardir», dedi YUNISEF vakili va xalqaro hamjamiyat jabrlangan millionlab bolalar bilan birdamligini ko'rsatish uchun oxirgi imkoniyatga ega ekanligini qo'shimcha qildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish seshanba kuni BMT zilziladan jabr ko'rgan Suriya uchun 397 mln dollar yig'ish bo'yicha gumanitar murojaat bilan chiqdi . Uning so'zlariga ko'ra, bu miqdor suriyaliklarning yaqin uch oylik ehtiyojlarini qoplaydi. Mablag'lar 5 mln ga yaqin odamga boshpana, davolanish, oziq-ovqat va himoyani o'z ichiga olgan hayotiy yordam olishda ko'mak beradi. Zilzilalardan so'ng darhol BMT Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg'armasi orqali 50 mln dollar ajratdi. «Ammo [odamlarning] ehtiyojlari juda katta», deb ta'kidladi Guterrish vayronagarchilikli zilzilalardan so'ng millionlab odamlar omon qolish uchun kurashayotganini, uysiz va qattiq sovuq sharoitda qolayotganini ta'kidladi. Buyuk Britaniya 2022 yildan buyon davom etayotgan mehnat nizolari tufayli 2,5 mln yaqin ish kunini yo'qotdi, bu so'nggi o'ttiz yillikdagi eng yuqori ko'rsatkichdir, deya xabar beradi Milliy statistika boshqarmasi (ONS) seshanba kuni. Birgina 2022 yil dekabr oyida mehnat nizolari tufayli 2011 yil noyabridan beri rekord darajadagi 843 ming ish kuni yo'qolgan. 1989 yilda 4,1 mln kun yo'qolgan, deb ta'kidlaydi ONS. «O'tgan dekabr oyida ish tashlashlar tufayli yo'qotilgan ish kunlari soni yana keskin oshdi. Transport va kommunikatsiyalar eng ko'p zarar ko'rgan sohalar bo'lib qolmoqda, biroq sog'liqni saqlash sohasi ham jiddiy zarar ko'rdi», — deydi ONS iqtisodiy statistika direktori Darren Morgan. AQShning Janubiy Dakota shtatidagi eng yirik Pine Ridge tubjoy amerikaliklar rezervatsiyasi 2022 yil iyul oyida AQShning Hindular ishlari bo'yicha byurosi va bir nechta yuqori martabali amaldorlarni zo'ravonlik jinoyatlari ko'paygani sababli sudga berdi. Bu haqda o'tgan hafta ABC News xabar berdi. Rezervatsiya maydoni taxminan 14 ming kv km ni tashkil qiladi. Pine Ridge yiliga 100 mingga yaqin favqulodda qo'ng'iroqlarni qabul qiladi, biroq ularga faqat 33 ofitser va sakkiz nafar jinoiy tergovchi javob beradi. Hisobotda qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari federal budjetdan mablag' oladi. Rezervatsiyada yashovchi qabila bu mablag' mutlaqo yetarli emasligini ta'kidlamoqda. Da'vo arizasida AQSh federal hukumati rezervatsiyadagi «jamoat xavfsizligi inqirozi»ni hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qilish organlarini ta'minlamaganligi sababli o'z shartnoma majburiyatlari va ishonchli javobgarlikni buzayotgani da'vo qilingan. Federal hukumat, da'vogarlarda shartnomalar hukumatni qabilani «huquqni muhofaza qilish organlarining imtiyozli darajadagi xodimlari yoki mablag'lar» bilan ta'minlashga majburlashi haqida hech qanday dalil yo'qligini aytdi. O'tgan hafta ikki kunlik sud jarayonidan so'ng sudya ishni oldinga olib borishini aytdi. Yangi Zelandiya. AQSh Geologiya xizmati chorshanba kuni Yangi Zelandiya poytaxti Vellington yaqinida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'lganini ma'lum qildi . Yangi Zelandiya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy markazi «Tvitter»da zilzilalar «Shimoliy orol bo'ylab keng sezilgani» haqida xabar berdi. Vayronagarchilik va jarohatlar, sunami haqida ogohlantirishlar ham yo'q. AQSh Geologiya markazi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila Shimoliy va Janubiy orollarni ajratib turadigan Kuk bo'g'ozi ostida 74 km chuqurlikda sodir bo'lgan. Qozog'istonda Moliya vazirligi 2024 yildan boshlab «Bolalarni qo'llab-quvvatlash» milliy jamg'armasi loyihasini ishga tushirish bo'yicha yondashuvlarni ishlab chiqdi. Bunda yangi tug'ilgan bolalarga hisob varag'i ochiladi va u voyaga yetgunga qadar pul o'tkazib turiladi . Moliya vaziri o'rinbosari Dauren Temirbekovning ma'lum qilishcha, Milliy bank investitsion daromadning 50 foizini Milliy jamg'armaning o'tgan yillardagi o'rtacha rentabelligini hisobga olgan holda hisoblab chiqadi. Investitsion daromad stavkasini hisobot davriga qadar oldingi 18 yil uchun o'rtacha yillik qiymat darajasida aniqlash taklif etiladi. Bunda bolaning jamg'armalarining taxminiy miqdori 2500 AQSh dollarni tashkil qilishi mumkin. Bir necha kun avval rasmiylar Ist-Palestayn (Ogayo) shahri va uning atrofidagi aholiga 3 fevral kuni xavfli kimyoviy moddalar bilan sodir bo'lgan 150 ta vagonli poyezd halokatidan keyin uylariga qaytishga ruxsat berdi. Bu haqda dushanba kuni NBC News xabar berdi. Ammo mahalliy aholidan birining OAVga aytishicha, o'tgan seshanba kuni uning besh tovuqi va xo'rozi to'satdan o'lib qolgan. Bir kun oldin Norfolk Southern temir yo'l operatori portlashning oldini olish uchun yonuvchi vinilxlorid gazi bilan to'ldirilgan vagonlarni yoqib yubordi, deyiladi reportajda. Ogayo tabiiy resurslar departamentining ma'lum qilishicha, kimyoviy moddalar to'kilishi chorshanba holatiga ko'ra 12 km daryolar bo'ylab 3500 ga yaqin mayda baliqlarni nobud qilgan. «Poyezdning relsdan chiqib ketishi yaqinida yashovchi ba'zi odamlar o'zlari va hayvonlari havo, suv va tuproq orqali kimyoviy moddalar ta'siriga tushib qolishidan qo'rqishda davom etmoqdalar», deyiladi hisobotda. Nazorat ostida yondirilgandan so'ng, AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi avariya sodir bo'lgan hudud aholisini hid uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ammo kimyoviy xavf yo'q. Minglab taksi haydovchilari Ispaniya poytaxti markazidagi Kastiliya maydonini mintaqa hukumatiga qarshi norozilik namoyishi doirasida to'sib qo'yishdi, deya xabar beradi namoyish tashkilotchilaridan biri bo'lgan Munitsipal transport kompaniyasi kasaba uyushmasi platformasi. «Minglab taksi haydovchilari Madriddagi Kastelyanni qayta egallab olishdi. Taksi haydovchilarining kurashi — bu davlat xizmatlari uchun, mehnat ekspluatatsiyasiga qarshi va xizmat ko'rsatish sifati uchun kurash», — deyiladi «Tvitter» xabarida. Shunday qilib, taksi haydovchilari so'nggi oylardagi uchinchi norozilik aksiyasi doirasida Madrid avtonom hamjamiyati hukumati raisi Izabel Diaz Ayuso siyosatiga qarshi chiqishmoqda, ularning so'zlariga ko'ra, u sektorni Uber, Cabify va Bolt kabi yirik biznes qo'liga o'tkazmoqda.
|
world
|
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 36 187 nafarga yetdi, deb ma'lum qildi Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD). «Zilzilalar natijasida 36 187 kishi halok bo'ldi, tabiiy ofatdan jabr ko'rgan 216 347 kishi boshqa viloyatlarga evakuatsiya qilindi», — deyiladi boshqarma xabarida. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, jarohatlanganlar soni 108 068 nafarni tashkil qiladi Qutqaruvchilar Turkiya janubi-sharqidagi zilziladan 248 soat o'tib, vayronalar ostidan bir qizni tiriklayin chiqarishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar berdi TRT. «Qiz zilziladan 248 soat o'tib, Qahramanmarash shahrining Kayabashi tumanidagi vayronalar ostidan tirik holda olib chiqildi», — deyiladi telekanal xabarida. Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari zilzila sodir bo'lgan hududda shifokorlar bilan gaplashayotgan paytda yonayotgan ko'mir portlab ketdi, deb xabar bermoqda AHaber telekanali. «Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja tibbiyot xodimlari bilan gaplashayotganda o'choq ichida ko'mir portladi», — deyiladi xabarda. Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, vazirning sog'lig'iga hech narsa tahdid solgani yo'q. Yevropa O'rtayer dengizi seysmologik markazi ( EMSC ) ma'lumotlariga ko'ra, Xorvatiyada 5,3 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila UTC vaqti bilan 9:47 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri 141 ming aholi istiqomat qiladigan Riyeka shahridan 36 kilometr janubi-sharqda joylashgan. O'choq 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Keyinchalik magnitudasi 2,0 dan 1,6 gacha bo'lgan uchta aftershok zilzilalar sodir bo'ldi. Tojikistonda qor ko'chkisi qurbonlari soni 15 kishiga yetdi, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda «Mir24» mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo'mitasiga tayanib xabar berdi . Tabiiy ofat to'rtta turar-joy binosini butunlay buzib tashladi, 22 tasini qisman vayron qildi. Ko'chki chorshanba kuni ertalab tushdi. Hodisa issiq havo va kuchli yomg'ir tufayli sodir bo'ldi. 10 nafar yo'lovchisi bo'lgan avtobus ham qor ostida qolgan. Odamlar tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Ammo olamdan o'tganlar ham bor. Jahon banki prezidenti Devid Malpas chorshanba kuni o'z vakolati tugashiga bir yil qolganida iste'foga chiqish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Sinxu tashkilot bayonotiga tayanib xabar qildi . Jahon banki rahbari to'rt yildan ortiq faoliyat yuritganidan so'ng moliya yili oxirigacha (30 iyun) o'z lavozimini tark etadi, deya xabar beradi Jahon banki. Devid Malpas ushbu lavozimga AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ma'muriyati davrida ko'rsatilgan edi. Germaniyaning Dortmund, Erfurt, Dyusseldorf va Nyurnberg aeroportlarining saytlari ishlamay qoldi, deya xabar berdi RIA Novosti. Payshanba kuni ertalabdan boshlab ushbu shaharlar aeroportlarining saytlariga kirayotganda, ushbu sahifalar hozirda ishlamayotganligini ko'rsatadigan xatolik paydo bo'la boshlagan. Shu hafta boshida Lufthansa ro'yxatdan o'tish kompyuter tizimida nosozlik yuz berdi va bu butun dunyo bo'ylab parvozlar 24 soatga kechiktirilishiga sabab bo'ldi. Aviakompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, nosozliklar sababi Deutsche Telekom kabelining shikastlanishi bo'lgan, boisi provayder Frankfurtda o'z tarmog'ida qurilish ishlarini olib borayotgan edi. Biroq keyinroq Killnet guruhining rossiyalik xakerlari tizimdagi qoidabuzarliklar ularning faoliyati bilan bog'liqligini ma'lum qildi. AQSh Rossiyaning «Shimoliy oqim» tabiiy gaz uzatish tizimiga putur yetkazganlik ayblovlarini rad etadi va tergovni voqea yurisdiksiyasida bo'lgan mamlakatlarga qoldiradi, deya xabar qildi RIA Novosti Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays so'zlariga tayanib. «Bu "Shimoliy oqim" bilan, ya'ni "Shimoliy oqim" portlashi bilan bog'liq voqealar ortida AQSh turgani haqidagi sof dezinformatsiya. Biz bu xabarni Rossiya rasmiylari ishlab chiqarayotgan yolg'onlarga qarshi turib doimo aytamiz va buni har qanday shaklda qilishda davom etamiz» dedi Prays brifingda. Amerikalik jurnalist Seymur Xersh avvalroq surishtiruv maqolasini yozib, unda AQSh ma'muriyati va Norvegiya hukumatini o'tgan yili Rossiyadan Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berishni to'xtatib qo'ygan quvurlar bo'yicha sabotaj qilishda ayblagan edi. Yevropa komissiyasi Rossiya va Eronning dron yetkazib beruvchilariga qarshi sanksiyalarning o'ninchi paketini ishlab chiqdi, shuningdek, Moskvaga ilg'or texnologiyalarni sotib olishni taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda Sinxua chorshanba kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga tayanib ma'lum qildi . 11 mlrd yevrodan ortiq qiymatdagi eksport taqiqlari Rossiya iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan texnologik va sanoat tovarlariga qaratilgan bo'lib, mamlakat uchinchi mamlakatlardan jo'natish orqali ololmaydi, dedi u. Taqiq elektronika, maxsus transport vositalari, mashina qismlari, yuk va reaktiv dvigatel qismlari, shuningdek, harbiylar tomonidan ishlatilishi mumkin bo'lgan qurilish sektori uchun antennalar yoki kranlar kabi mahsulotlarga taalluqlidir. Yangi sanksiyalar paketining bir qismi, shuningdek, Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar va ilg'or texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashdir. Yevrokomissiya Rossiya qurol tizimlarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan 47 ta elektron komponentlar bo'yicha eksport nazoratini joriy etishni, shuningdek, nodir tuproq materiallari va termal tasvirlarni yetkazib berishni cheklashni taklif qilmoqda. AQShning Alabama shtati Xantsvill shahri yaqinida harbiy vertolyot halokatga uchradi, deb xabar bermoqda BNO News mahalliy hokimiyat organlari va guvohlarga tayanib. Ma'lum qilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 15:00 atrofida sodir bo'lgan. Vertolyot Xarvest tumanidagi shossega qulagan, mashinalar esa jabrlanmagan. Yerga urilganidan keyin mashina alanga ichida qolgan. Guvohlar halokat joyidan quyuq qora tutun ko'tarilayotgani aks etgan kadrlarni chop etishmoqda. Xabar qilinishicha, yong'in tezda bartaraf etilgan. Mahalliy tibbiy xizmatlar ma'lumotlariga ko'ra, omon qolganlar yo'q. Ayni paytda, bortdagi odamlar soni hali aniqlanmagan. Medison okrugi sherifining ma'lum qilishicha, rasmiylar halokat joyiga yetib borgan.
|
world
|
Boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan Qozog'iston chegarada nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews. Vazirlikning Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo'mitasi yuqumli kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i Roza Kojapova dunyoning qator davlatlarida vabo bilan kasallanish holatlari kamayib borayotganini ta'kidladi. «Bular, asosan, Afrika davlatlari va Suriya hisoblanadi. Qozog'istonga kelsak, so'nggi 10 yil davomida bu yerda vabo bilan kasallanish holatlari qayd etilmadi. Vabo — suv orqali odamdan odamga to'g'ridan-to'g'ri yuqadigan kasallik. Bu yil dunyo bo'ylab kasallik bilan bog'liq vaziyat murakkablashgan. Ammo, bu omilga qaramay, mamlakatimizda ichimlik suvi ham, ochiq suv havzalari ham doimiy ravishda suv sifati nazoratidan o'tkazilib kelinadi. Ochiq suv havzalarida patogenlar, shu jumladan, vabo mavjud yoki yo'qligi bo'yicha muntazam ravishda tekshiruvlar olib boriladi. Bugunga kelib, natijalar Qozog'istonda vabo epidemiyasi xavfi yo'qligini ko'rsatmoqda», dedi u. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, bir qator mamlakatlarda vabo kasalligi qayd etilganini hisobga olib, Qozog'iston chegarasida nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda. «Kelayotgan fuqarolarni tekshiruvdan o'tkazyapmiz. Agar ularda vaboning dastlabki belgilari namoyon bo'lsa, izolyatsiyaga olinadi. Tibbiy yordam so'rab murojaat qilganlar uchun anamnez [bemorning o'zidan yoki uni biladigan kishilardan shu bemorning hayot sharoiti va kasallik tarixi haqida so'rab to'planadigan ma'lumotlar] aniqlashtiriladi. Chet eldan kirib kelganlarda ham shunday kasallanish aniqlansa, epidemiyaga qarshi choralar ko'rilib, ular izolyatsiya qilinadi. Ammo bizda hozircha hammasi joyida», — dedi Kojapova.
|
world
|
22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadan O'zbekistonga kelayotan avtobus YTHga uchragani haqida xabar tarqaldi. Transport vazirligi yo'lovchilar orasida O'zbekiston fuqarolari bo'lmaganini ma'lum qildi . Rossiyaning Orenburg viloyatida Orenburg-Qozon trassasida yo'lovchi avtobusi haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo'qotishi oqibatida ariqqa ag'darilib ketgan. Salonda 29 nafar yo'lovchi bo'lgan, ulardan 4 nafari — bolalar. Yo'l-transport hodisasi oqibatida halok bo'lganlar yo'q. Ushbu avtobus Qozog'istonda ro'yxatga olingan bo'lib, buyurtma asosida Kostroma-Chimkent yo'nalishi bo'yicha ketayotgan bo'lgan. Yo'lovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Shundan so'ng boshqa avtobusda harakatlanishni davom ettirgan.
|
world
|
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 23 fevral, payshanba kuni bo'lib o'tgan favqulodda maxsus sessiyasida Ukrainada BMT nizomi tamoyillariga muvofiq, imkon qadar tezroq «keng qamrovli, adolatli va mustahkam» tinchlik o'rnatish zarurligi to'g'risida rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda Bosh assambleya a'zolari «Rossiya Federatsiyasidan o'zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida Ukraina hududidan barcha qurolli kuchlarini zudlik bilan, to'liq va so'zsiz olib chiqib ketishni» talab qildi va harbiy harakatlarni to'xtatishga chaqirdi, deb xabar berdi BMT axborot xizmati. Rezolyutsiyaga 141 ta davlat yoqlab ovoz berdi, 32 davlat, jumladan, O'zbekiston betaraf qoldi, 7 ta davlat — Belarus, Shimoliy Koreya, Eritreya, Mali, Nikaragua, Rossiya va Suriya qarshi ovoz berdi. Belarus tomonidan taklif qilingan tuzatishlar rad etildi. Bosh assambleya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, jumladan, hududiy suvlari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Bosh assambleya rezolyutsiyada «qurolli konflikt ishtirokchilarining barcha harbiy asirlarga munosabati 1949 yil 12 avgustdagi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to'g'risidagi Jeneva konvensiyasi va 1949 yildagi I Qo'shimcha protokol qoidalariga muvofiq bo'lishini, harbiy asirlarni to'liq almashishni, barcha noqonuniy hibsga olinganlarni ozod qilishni, majburiy ko'chirilgan va deportatsiya qilingan tinch aholini, shu jumladan, bolalarni qaytarishni talab qiladi». Bosh assambleya delegatlari «Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi agressiyasi oqibatida vujudga kelgan inson huquqlari va gumanitar vaziyat bilan bog'liq og'ir vaziyatdan afsusda ekanini» bildirdi. Hujjat tomonlarni tinch aholi va fuqarolik obyektlarini himoya qilish bo'yicha o'z majburiyatlarini hurmat qilishga va yordamga muhtoj bo'lganlarga insonparvarlik yordamining to'siqlarsiz kirishini ta'minlashga, shuningdek, Ukrainaning muhim infratuzilmasi, jumladan, uylar, maktablar va kasalxonalarga hujumlarni darhol to'xtatishga chaqiradi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Ukraina hududida sodir etilgan eng og'ir jinoyatlar milliy yoki xalqaro darajada adolatli va mustaqil tergovlar orqali xalqaro huquq doirasida javobgarlikka tortilishini ta'minlash zarurligi» ta'kidlangan. BMT Bosh assambleyasi delegatlari tashkilotga a'zo davlatlarning Ukrainada tinchlik o'rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qayd etib, xalqaro hamjamiyatni bu harakatlarni qo'llab-quvvatlashni karrasiga oshirishga chaqirdi. Urushning global oqibatlarini bartaraf etish uchun davlatlar hamjihatlik ruhida hamkorlik qilishi kerak, deyiladi rezolyutsiyada.
|
world
|
Turkiyada 6 fevraldagi vayronkor zilzilalar 43 556 kishining hayotiga zomin bo'ldi, dedi ichki ishlar vaziri Sulayman Soylu. Suriyada esa faollar 6747 kishining o'limini qayd etgan, deya xabar bermoqda DW. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy ofatdan 23 milliongacha kishi jabr ko'rgan. Tabiiy ofat bo'yicha ekspertlar zilziladan ko'rilgan iqtisodiy zararni 20 milliard dollardan (18,8 milliard yevro) ortiq deb hisoblagan. 23 fevral kuni Tojikistonda mahalliy vaqt bilan soat 03:37 da 7,3 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, deya xabar qildi RIA Novosti. Shuningdek, birinchi silkinishdan keyin 5,5, 6 va 6,3 magnitudali yana 3 ta zilzila sodir bo'lgan. Shu bilan birga, Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi 6,8 magnitudali zilzila epitsentri sifatida Murg'obdan 66 km uzoqlikda joylashgan, qariyb 11 ming kishi istiqomat qiladigan nuqtani ko'rsatmoqda. Zilzila kuchi 6,8 bo'lganligi haqidagi ma'lumotni Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Seysmologiya va seysmik qurilish instituti tasdiqlagan va u Sarez ko'lidan 40 km uzoqlikda 05:37 da sezilgani haqida xabar bergan. Qurbonlar va talofatlar haqida ma'lumot berilmadi. Qozog'iston fuqaro aviatsiyasi qo'mitasi G'arbiy Qozog'iston viloyatining Chapurino qishlog'idan 6 km uzoqlikda Mi-8 AMT vertolyoti qulashi oqibatida to'rt kishi halok bo'lgani haqida xabar berdi . «Favqulodda vaziyatlar vazirligining qidiruv guruhi hodisa joyiga yetib keldi. To'rt kishi halok bo'ldi, ikki kishi yaralandi. Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo'mitasi vertolyotning qattiq qo'nishi paytida halok bo'lgan fuqarolarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi», — deyiladi qo'mita xabarida. Moldova hukumati MDH doirasidagi bir necha o'nlab kelishuvlarni denonsatsiya qilish jarayoni boshlanganini e'lon qildi, deya xabar bermoqda DW. Respublika MDHning 330 ga yaqin kelishuvlari ishtirokchisi bo'lib, ularning ko'pchiligi qayta ko'rib chiqilishi kerak, dedi 23 fevral, payshanba kuni televideniyeda tashqi va Yevropa integratsiyasi vaziri Niku Popesku. «Shunday kelishuvlar borki, ular yo bizga to'g'ri kelmaydi, yo endi ishlamayapti, yo qo'llanilmaydi, yoki Moldova manfaatiga mos emas», — deya davom etdi u. Boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan Qozog'iston chegarada nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews. Vazirlikning Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo'mitasi yuqumli kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i Roza Kojapova dunyoning qator davlatlarida vabo bilan kasallanish holatlari kamayib borayotganini ta'kidladi. Katta yettilik davlatlari 2023 yilda Ukrainaga kamida 39 mlrd dollar moliyaviy yordam berish niyatida. Bu haqda payshanba kuni Bangalorda bo'lib o'tgan «Yettilik» guruhi (Katta yettilik) mamlakatlari moliya vazirligi va markaziy banklari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo'yicha qabul qilingan qo'shma hujjatda aytiladi, deya xabar qildi TASS. «2023 yil uchun Ukraina hukumati ehtiyojlaridan kelib chiqib, biz budjet va iqtisodiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'z majburiyatlarimizni 39 milliard dollarga oshirdik», — deyiladi hujjatda. AQShning Florida shtati Orlando shahrida qurollangan shaxs tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida to'qqiz yoshli qiz, yosh ayol va jurnalist halok bo'ldi, deya ma'lum qildi Oranj okrugi sherifi Jon Mina. «Ikki kishi mashina ichida yoki uning yonida otib ketilgan. Ular — News 13 muxbiri va fotomuxbiri. Ular ertalabki qotillikni yoritgan joyda bo'lishgan. Uy ichida bir ayol va to'qqiz yoshli qiz otib ketilgan. Afsuski, News 13ning bir xodimi vafot etdi», — dedi u brifingda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko'ra, dunyoda har 2 daqiqada bir ayol homiladorlik yoki tug'ish paytida vafot etadi, 2015 yildan beri bu raqamlar o'zgarmagan va ba'zi hududlarda hatto oshgan. 2000 yildan 2020 yilgacha milliy, mintaqaviy va global miqyosda onalar o'limini kuzatuvchi hisobot 2020 yilda dunyo bo'ylab qariyb 287 ming onalar o'limini qayd etgani, 2016 yilda bu ko'rsatkich 309 mingga yaqin bo'lganini ko'rsatadi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda onalar o'limining qariyb 70 foizi Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha bo'lgan mintaqalarda sodir bo'lgan. Afg'oniston shimolidagi Badaxshon viloyatidagi ikki qishloqda sodir bo'lgan qor ko'chkisi oqibatida to'rt nafar oila a'zosi halok bo'ldi, 30 ta uy vayron bo'ldi, deya xabar berdi Sinxua. Chorshanba kuni Ko'fab tumanida sodir bo'lgan qor ko'chkisidan so'ng hukumat jabrlangan hududlarga kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatish uchun mablag' va insonparvarlik yordamini jo'natdi, dedi tabiiy ofatlarni boshqarish va gumanitar masalalar bo'yicha viloyat boshqarmasi boshlig'i Mavlaviy Muhammad Akram Akbariy. Oxirgi bir oy davomida Afg'oniston bo'ylab kuchli qor, ayoz va qor ko'chkilari oqibatida 200 ga yaqin odam, jumladan, bolalar halok bo'ldi. Birgina Badaxshon viloyatida 30 dan ortiq odam halok bo'lgan
|
world
|
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Xitoyning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha pozitsiyasi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi . 2 mart kuni Xitoy TIV matbuot kotibi navbatdagi brifingda Entoni Blinkenning O'zbekistonga tashrifi chog'ida aytgan «Xitoy ikkala tomonda ham o'ynay olmaydi. U Vladimir Putin yoqqan olov alangasini yoqishda davom etar ekan, o'zini tinchlik tarafdori bo'lgan kuch sifatida ko'rsata olmaydi», shuningdek, «Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko'rsatish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, bu esa halokatlarga sabab bo'lishi mumkin» kabi so'zlariga to'xtalib o'tdi. Uning fikricha, aynan AQShning o'zi Ukrainadagi urushni halokatli qurollar bilan ta'minlab, alanga yoqib, hamma yerda yolg'on ma'lumot tarqatmoqda. «Xitoy bunga keskin qarshi. Xitoy har doim Ukraina masalasida xolis va adolatli pozitsiyaga amal qilgan, tinchlik va inqirozni siyosiy yo'l bilan hal etishga ko'maklashish, doimo tinchlik va muloqot tarafdori», — deya qayd etdi Mao Nin. Vazirlik rasmiysining so'zlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlar suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilishini faqat og'zaki da'vo qiladi, lekin aslida bunday emas. Shuningdek, o'z siyosiy majburiyatlarini buzgan holda Tayvan masalasida qizil chiziqdan o'tishga harakat qiladi. «Qo'shma Shtatlar tinchlikni xohlashini da'vo qiladi, lekin ular butun dunyo bo'ylab urushlarni keltirib chiqaradi va qarama-qarshilikni qo'zg'atadi. AQSh dunyo tartibini saqlash kerakligi va bunga hurmat bilan munosabatda bo'lish muhimligini ta'kidlaydi. Lekin ular ichki qonunchilikni xalqaro huquqdan ustun qo'yib, noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarga murojaat qiladi. Qo'shma Shtatlar o'zini halol raqobat tarafdoridek ko'rsatadi, ammo aynan AQSh davlat hokimiyatini suiiste'mol qilib, boshqa mamlakatlardagi kompaniyalarga o'zboshimchalik bilan bosim o'tkazadi va shu bilan xalqaro savdo qoidalarini buzadi», — deyiladi vazirlik munosabatida. Bayonotda AQSh, birinchi navbatda, aybni o'zidan qidirishi kerakligi, faktlarni buzib ko'rsatishidan tiyilishi, nizo qo'zg'ashdan ko'ra tinchlikni targ'ib qilishi va muzokaralarga kirishishda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan. Eslatib o'tamiz, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O'zbekistonga tashrifi davomida matbuot anjumanida qatnashib, Xitoyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo'yicha takliflari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgandi . «U yerda [tinchlik rejasi] ba'zi ijobiy jihatlar bor, jumladan, oldin Xitoyning o'zi bir necha bor aytgan so'zlari yoki Ukrainaning o'zida mavjud bo'lgan takliflar. Ammo Xitoy haqiqatan ham suverenitetning birinchi tamoyiliga jiddiy qaraganida edi, o'tgan yili Ukraina suverenitetini to'liq tiklashni qo'llab-quvvatlagan bo'lardi. Xitoy esa buning teskarisini qildi, o'zi Rossiyaning urush haqidagi propagandasi va dezinformatsiyasi targ'ibotini olib bordi, xalqaro tashkilotlarning Rossiya manfaatlari yo'lidagi faoliyatiga to'sqinlik qildi. Ayni paytda, oldin ma'lumot berganimizdek, Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko'rsatish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, bu esa halokatlarga sabab bo'lishi mumkin», — degandi AQSh davlat departamenti rahbari.
|
world
|
Turkmanistonda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan ayol-qizlarga pul shaklidagi sovg'alarni topshirishni boshlandi, deb xabar bermoqda «Turkmenistan: Zolotoy vek» nashri. Qayd etilishicha, mamlakat bo'ylab bayramga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkazilmoqda. «Mamlakatimizda shakllangan ezgu an'anaga ko'ra, 60 manatlik pul mukofotlarini topshirish marosimi tantanali ruhda o'tmoqda. Bog'cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo'lib prezident sovg'asini topshirish boshlandi», — deyiladi xabarda. Turkmaniston prezidentining topshirig'iga muvofiq, 1 martdan 6 martgacha bo'lgan davrda mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi, pensiya hamda davlat nafaqalari oluvchi, aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada ishdan tashqari tahsil olayotgan ayol-qizlarga pul ko'rinishidagi sovg'alar beriladi. Ma'lumot uchun, mamlakat iqtisodiyot va moliya masalalari bo'yicha bosh vazir o'rinbosari Xo'jamirat Geldimiradov ayol va qizlarga 60 manat (davlat kursi bo'yicha 17 dollar, «qora bozor»da esa 3 dollar) mukofot puli berilishini aytib, ularga o'tgan yili ham xuddi shu miqdorda pul topshirilganini qayd etdi . Ta'kidlash joizki, avvalgi yillarda bu mablag'lar budjet tashkilotlarida ishlayotgan yo o'qiyotgan ayol-qizlargagina ajratilishi talab qilingandi. Shunga ko'ra, uy bekalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar 8 mart uchun sovg'a olmagan. Eslatib o'tamiz, Turkmanistonda Shahar kunida (25 may kuni) tug'ilgan birinchi o'g'il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi, qiz bolaga Marjona yoki Maya ismi berilishi ma'lum qilingan . Shuningdek, mamlakat prezidenti 8 mart kuniga barcha ayollarga 60 manat (17,1 dollar) miqdorida pul tarqatish bo'yicha topshiriq bergan.
|
world
|
4 mart kuni Qozog'istonning Aktobe viloyatidagi Shimoliy aylanma yo'lda KamAZ va Cobalt avtomobili ishtirokida YTH sodir bo'ldi, deb xabar bermoqda Qozog'iston ichki ishlar organlari media markazi. «Cobalt haydovchisi va 3 nafar yo'lovchi voqea joyida halok bo'ldi, ularning barchasi O'zbekiston fuqarolaridir», — deyiladi xabarda. Avtomobilning davlat raqami 60 sonidan boshlanadi, bu — Andijon viloyati hududiy kodi. Hozirda tergovga qadar tergov harakatlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
|
world
|
Ta'lim vaziri Gani Beysembayev Qozog'istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pullarga 2023 yilda 70 ta maktab qurilishini ma'lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews. «Bu yil 70 dan ortiq maktab korrupsionerlar puliga quriladi. Bizda bu bo'yicha hujjatlar va shakllantirilgan ro'yxat bor. Shun kunlarda bu ro'yxat tasdiqlanib, maktablar qurilishi uchun mablag' ajratish boshlanadi. Jarayon deyarli barcha — 20 ta regionni qamrab oladi», — dedi vazir hukumat majlisida jurnalistlar savollariga javob berar ekan. Vazirning ta'kidlashicha, loyihada nafaqat yangi maktablarni qurish, balki mavjudlarini ta'mirlash ham ko'zda tutilgan. Ma'lumot uchun, korrupsiya sodir etgan amaldorlardan musodara qilingan 120 milliard tenge Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o'tkazib berilgan . Avvalroq Qosim-Jomart Toqayev xalqqa murojaatnomasida korrupsionerlardan olib qo'yilgan pullar maktablar qurishga yo'naltirilishini aytgandi. «Umuman olganda, maktablar qurish hukumat va hokimliklarning asosiy vazifalaridan biri bo'lishi kerak», — degan prezident.
|
world
|
Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa viloyatida sodir bo'lgan sel oqimi 13 kishining hayotiga zomin bo'ldi, deya xabar qildi «Anadolu» agentligi. 14 mart kuni Shanliurfada kuchli yomg'ir yog'di. Viloyat ma'muriy markazining bir qator ko'cha va xiyobonlarini sel suv bosgan. Viloyat o't o'chirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Veysel Qarani kvartalidagi binoning yerto'lasidan besh kishining jasadi topilgan, ular Suriya fuqarolari bo'lgan. Shu tariqa, Shanliurfadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 13 nafarga yetdi. Kuchli yomg'ir tufayli to'sib qo'yilgan shahar aholisini aniqlash ishlari davom etmoqda. Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin va Bashar al-Assad chorshanba kuni Moskvada bo'lib o'tgan muzokaralarda keng ko'lamli siyosiy va iqtisodiy masalalarni muhokama qildi. Bu haqda TASS Suriya rahbari idorasiga tayanib xabar berdi . «Prezident Bashar al-Assad intensiv muzokaralar chog'ida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan keng ko'lamli siyosiy va iqtisodiy masalalar, ikki tomonlama munosabatlar, turli sohalardagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi so'nggi voqealarni muhokama qildi», — deyiladi xabarda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning chorshanba kuni TASS agentligiga aytishicha, suhbat jami uch soat davom etgan. Shveysariyaning Credit Suisse banki chorshanba kuni o'z aksiyalarining qulashi fonida «qo'llab-quvvatlash namoyishi» uchun milliy markaziy bank va bozor regulyatoriga murojaat qildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi. Shu bilan birga, Yevropa Markaziy banki o'z nazorati ostidagilardan Shveysariya moliya instituti bilan bog'liq risklar hajmini o'rganishni boshladi. Avvalroq moliyaviy sharhlovchi va bestseller «Boy ota kambag'al ota» kitobi muallifi Robert Kiyosaki Amerika Silicon Valley Bank (SVB) bankrot bo'lganidan keyin barbod bo'ladigan navbatdagi bank Shveysariyaning Credit Suisse yirik banklaridan biri bo'lishini aytgan edi. Fransiyada 3 nafar jandarm qo'lga olish uchun kelgan gumonlanuvchining uyida sodir bo'lgan portlash oqibatida og'ir yaralandi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib. Hodisa Lashapel kommunasida sodir bo'lgan. «Jandarmlar qo'lga olish uchun kelgan gumonlanuvchining o'zi vafot etdi», — dedi prokuror. Amerikaning Microsoft korporatsiyasi o'z mijozlarini Outlook elektron pochta mijozining xakerlik hujumi haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi CNN . Xabarda aytilishicha, xakerlar 2022 yilning aprel-dekabr oylari oralig'ida Microsoft elektron pochta dasturidagi avval noma'lum bo'lgan zaiflikdan foydalangan. Kompaniya, shuningdek, «15 dan kam» tashkilot kiberhujum yoki xakerlik hujumiga uchraganini aytdi. BleepingComputer Microsoft ushbu hujumni G'arbda Rossiya razvedkasi bilan bog'langan APT28 (Fancy Bear/ Strontium) xakerlar guruhi bilan bog'lashi haqida xabar berdi. Polshada joriy yilning fevral oyida inflyatsiya 2022 yil fevraliga nisbatan 18,4 foizga o'sdi, deb xabar beradi Respublika Bosh Statistika boshqarmasi ( GUS ). Bu 1996 yil dekabridan beri eng yuqori inflyatsiya darajasidir. GUS ma'lumotlariga ko'ra, fevral oyida tovarlar narxi 20,2 foizga, xizmatlar esa 13,3 foizga oshgan. Fransiya Senati va Milliy Assambleyasi a'zolaridan tashkil topgan komissiya chorshanba kuni pensiya islohoti to'g'risidagi qonun loyihasining 7-moddasini ma'qulladi, deya xabar qildi «Bo'ysundirilmagan Fransiya» so'l partiyasidan deputat Matilda Pano. Unga ko'ra mamlakatning eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko'taradi. «Eng kam yoshni 64 yoshga qaytaruvchi 7-modda komissiya tomonidan [partiya fraksiyalari a'zolari] respublikachilar ko'magida qabul qilingan», dedi u va uning fikricha, bunday qaror «uyatli» ekanligini aytdi". Pensiya islohotiga qarshi mamlakatda o'tkazilayotgan norozilik namoyishlari esa tartibsizliklarga aylanib ketgani haqida xabarlar tarqaldi . AQSh Amerikaning MQ-9 ko'p maqsadli uchuvchisiz uchish apparatini Qora dengiz ustida rus qiruvchisi tomonidan urib tushirilgani tekshirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. «Hozir sabab haqida gapira olmayman», — dedi TIV rahbari voqeada Rossiya tomonining harakatlarini izohlar ekan. «Lekin tergov davom etsin», dedi Blinken. «Albatta, tergov yakunlanganidan keyin ittifoqchilar va hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda bo'lamiz», — deb va'da berdi davlat kotibi.
|
world
|
Britaniyaning The Economist jurnali Rossiyaga geosiyosiy yaqin davlatlar reytingini e'lon qildi . Ro'yxatni shakllantirishda diplomatik, harbiy, energetika va iqtisodiyot kabi 11 ta jihat asos qilib olingan. Fevral oyi oxirida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «G'arbning Rossiyani izolyatsiya qilish rejalari barbod bo'lganini» aytgandi . «Bir qarashda, Lavrovning gapi to'g'ridek tuyuladi», — deb yozadi jurnal. 23 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli harbiy bosqinining bir yilligidan bir kun oldin 39 ta davlat BMTning Rossiya harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyasini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi. AQSh va uning ittifoqchilari sanksiyalar kiritganiga qaramay, «Rossiya iqtisodiyoti va savdosi hayratlanarli darajada yaxshi holatda», — deyiladi materialda. Nashr tomonidan turli mamlakatlarning diplomatik, harbiy va iqtisodiy harakatlari to'g'risida to'plangan ma'lumotlar «unchalik aniq bo'lmagan manzarani ko'rsatmoqda». The Economist , shuningdek, ushbu ma'lumotlarga asoslanib, o'z indeksini «Putin do'stlari indeksi» deb atadi. Ro'yxatni shakllantirishda quyidagilarga ahamiyat berilgan: Birinchi faktor — diplomatik. Ular Rossiyaga qarshi ovoz berganmi, BMTning asosiy rezolyutsiyalarida betaraf qolganmi yoki bu rezolyutsiyalar uchun kamida ikki marta Rossiyaga yoqlab ovoz berganmi? Ikkinchisi — harbiy. Ular Rossiya bilan shartnoma tuzgan ittifoqchilarmi? Ularning hududida rus qo'shinlari yoki yollanma askarlar bormi? Urush boshlanganidan beri ular Rossiyaga qurol yetkazib berganmi? Uchinchisi energetika va iqtisodiyot bilan bog'liq. Ular Rossiya gaziga ehtiyoj sezadimi? Rossiya atom elektr stansiyalari yoki texnologiyasiga bog'langanmi? Rossiya bilan savdo hajmi ularning umumiy savdosida katta ulushga egami? Urush boshlangach, Rossiyaga eksport miqdori oshdimi? Eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan davlatlar sifatida dastlabki o'rinlarda Belarus, Armaniston va Qirg'iziston keltirib o'tilgan. Ro'yxatga Eron, Tojikiston, Qozog'iston, Suriya, Xitoy, Venesuela, Nikaragua, Hindiston va O'zbekiston ham kiritilgan. O'zbekiston faqatgina «Rossiyaning do'stlari» indeksida qayd etilgan bo'lib, u yerda 12 davlat orasida 12-o'rinni egallagan. Indeksga ko'ra, O'zbekiston Rossiyaga qarshi ovoz bermagan, lekin BMTning asosiy rezolyutsiyalarini qo'llab-quvvatlamagan, Rossiyaga qurol yetkazib bermagan, KXSHTga a'zo emas, fevral oyidan buyon uning hududida Rossiya qo'shinlari yoki yollanma harbiylari yo'q. 2022 yilda qo'shma harbiy mashqlar o'tkazmagan. The Economist nashrining yozishicha, O'zbekiston Rossiyadan gaz yetkazib berishda eksport hajmini oshirgan, uning umumiy savdodagi ulushi 2022 yilda 17,9 foizdan 18,6 foizga oshgan . Maqolada ta'kidlanishicha, ushbu mamlakatlarning Rossiyaga yaqin ekaniga qaramay, G'arb hamon ular bilan munosabatlarni mustahkamlashga umid qilmoqda.
|
world
|
Turkiya prezidenti Tayyip Erdog'an Turkiyadagi zilzilalarda qurbon bo'lganlar soni 49 mingdan oshganini, 115 mingdan ortiq kishi jarohatlanganini ma'lum qildi. «11 viloyat misli ko'rilmagan ofatlardan aziyat chekdi. 14 mln fuqaromiz bevosita jabr ko'rgan bo'lsa, 49 mingdan ortiq fuqaro halok bo'ldi, 115 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi», — dedi Erdog'an Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi chiqishi chog'ida. Turkiya seysmologlari payshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahridan 250 kilometr sharqda joylashgan Boluda 4,7 magnitudali zilzila yuz berganini ma'lum qildi. Qandilli rasadxonasi ma'lumotlariga ko'ra, yer silkinishlari soat 13:55 da qayd etilgan, keyin esa taxminan 2 magnitudali kamida ikkita zilzila sodir bo'lgan. Epitsentr taxminan o'n kilometr chuqurlikda bo'lgan. Hozircha vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma'lumot yo'q. Damashq Rossiyaning referendumlar natijalariga ko'ra qo'shilgan hududlari: DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari bilan yangi chegaralarini tan oladi, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida. «Albatta. Men aytamanki, bular Rossiya hududlari, urush bo'lmagan bo'lsa ham, bu tarixan Rossiya hududlari», — dedi Suriya rahbari Rossiyaning yangi chegaralarini tan olish haqidagi savolga javob berar ekan. Hindiston mudofaa vazirligi 705,84 mlrd rupiy (8,52 mlrd dollar) qiymatidagi harbiy texnika va qurol-yarog'larni sotib olishni ma'qulladi. Bu haqda TASS Hindiston harbiy departamentiga tayanib xabar qildi . Xarid qilingan qurollarning 98,9 foizi Hindistonda ishlab chiqarilgan. Xaridlar orasida 307 ta 155 mm lik artilleriya tizimlari, BrahMos Airspace Hindiston-Rossiya qo'shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ta BrahMos tovushdan tez uchadigan qanotli raketa, to'rtta raketa esminetsi va yettita fregat, Su-30MKI qiruvchi samolyotlari uchun yuqori aniqlikdagi qurol-yarog'lar, vertolyotlar hamda elektron urush tizimlari. Gazpromning 2022 yilda sof foydasi 70 foizdan ko'proqqa kamaydi, deyiladi kompaniya hisobotida. E'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yil uchun buxgalteriya standartlari bo'yicha «Gazprom»ning sof foydasi o'tgan yil natijalariga nisbatan 72,2 foizga kamaygan holda 747,25 mlrd rublni tashkil etdi. Daromad 24,9 foizga — 7,98 trln rublgacha oshgan. Avvalgi hisobotlarda «Gazprom» 2020 yilda 707 mlrd rubl yo'qotgani, 2021 yildagi sof foydasi esa rekord darajadagi 2,64 trln rublga yetganini ko'rsatdi. Liviya milliy armiyasi (LMA) payshanba kuni Atom energiyasi bo'yicha Xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan chorshanba kuni yo'qolgani haqida xabar berilgan tabiiy uran bochkalari topilganini e'lon qildi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi. LMA vakilining bayonotiga ko'ra, «armiya MAGATE yo'qolgan deb e'lon qilgan uranning to'liq miqdorini qaytarib oldi». Uning qo'shimcha qilishicha, tabiiy uran bochkalari ular saqlanadigan ombordan 5 km uzoqlikda topilgan. LMA vakili «katta ehtimol bilan, bochkalar ularda nima borligini bilmagan Chaddan kelgan harbiylashtirilgan guruhlar tomonidan olib ketilgani»ini taxmin qildi. Davlat tilini moldova tilidan rumin tiliga o'zgartirish to'g'risidagi qonun loyihasi Moldova parlamenti tomonidan ma'qullandi, deya xabar bermoqda «Kommersant'». Deputatlarning aksariyati — 101 nafardan 58 nafari uni qabul qilish uchun ovoz berdi. Qonun loyihasiga ko'ra, «moldova tili» so'zlari «rumin tili» so'zlari bilan almashtiriladi. Moldova haqida gap ketganda, «davlat tili», «rasmiy til», «ona tili» so'zlari «rumin» so'zlari bilan almashtiriladi. Qonun loyihasi parlamentda 63 o'ringa ega bo'lgan PAS partiyasi tomonidan taklif qilingan. Germaniyaning eng yirik mudofaa konserni Rheinmetall 2022 yildagi operatsion foydasi rekord darajadagi 754 mln yevroga yetdi. Bu 2021 yilga nisbatan 27 foizga ko'pdir. Rheinmetall rahbari Armin Pappergerning ta'kidlashicha, kompaniya foydasi ko'p jihatdan «Yevropadagi urush» bilan bog'liq. Armin Papperger Rheinmetall, hisobotdan kelib chiqadiki, 2023 yilda sotuvlar hajmi 7,4−7,6 mlrd yevrogacha o'sishini kutmoqda, 2022 yilda esa bu ko'rsatkich 6,4 mlrd yevroni tashkil qilgan. Chorshanba kuni AQShning Oregon shtati Portlend shahridagi mehmonxonada yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo'ldi. Bu haqda Sinxua mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi . Yarim tunda sodir bo'lgan hodisa joyiga yetib kelgan politsiya erkak va ayolning jasadlarini topgan. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan. Mehmonxona mehmonlarining aytishicha, kamida o'nta o'q uzilgan. Arizonada xavfli moddalar ortilgan poyezdi temir izdan chiqib ketdi AQShning Arizona shtatida xavfli moddalar olib ketayotgan poyezd temir izlardan chiqib ketdi, deb xabar berdi The New York Times mahalliy rasmiylarga tayanib. Hodisa chorshanba kuni kechqurun Moxave okrugidagi Topok shahri yaqinida sodir bo'lgan. Ayni paytda hodisa natijasida xavfli moddalar sizib chiqqani haqida ma'lumotlar yo'q.
|
world
|
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ning sudoldi palatasi Ukrainadagi vaziyat nuqtai nazaridan ikki shaxs — Vladimir Putin va Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi, deb xabar bermoqda BMT axborot xizmati. «Janob Vladimir Vladimirovich Putin, 1952 yil 7 oktabrda tug'ilgan, Rossiya Federatsiyasi prezidenti, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan aholini (bolalar) noqonuniy deportatsiya qilish va aholini (bolalar) Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy olib o'tish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgardir, — deyiladi sud bayonotida. — Janob Putin yuqorida qayd etilgan jinoyatlar […] hamda ushbu harakatlarni sodir etgan yoki sodir etilishiga yo'l qo'ygan fuqarolik va harbiy bo'ysunuvchilar ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmagani uchun shaxsiy jinoiy javobgarlikka tortilishiga ishonish uchun yetarli asoslar mavjud». XJS RF prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo'yicha vakil Mariya Lvova-Belova ham Ukrainaning bosib olingan viloyatlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilish ko'rinishidagi harbiy jinoyatni sodir etganlik uchun javobgar bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi. Xalqaro jinoiy sud mustaqil, doimiy sud organi bo'lib, 1998 yil 17 iyulda Italiya poytaxtida bo'lib o'tgan konferensiyada imzolangan Rim statutiga muvofiq tashkil etilgan. Uning vakolati Rim statuti kuchga kirgan 2002 yil 1 iyuldan keyin sodir etilgan barcha eng og'ir xalqaro jinoyatlarga taalluqlidir. Sudning yurisdiksiyasi genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari bilan cheklangan. Ukraina hisob-kitoblariga ko'ra, Rossiya 16 mingdan ortiq bolani mamlakatdan olib chiqib ketgan. Yaqinda BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tashkil etilgan Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo'yicha mustaqil xalqaro komissiya Jenevada o'zining birinchi hisobotini taqdim etdi . Unda aytilishicha, Rossiya Ukrainada urush jinoyati sifatida baholanishi mumkin bo'lgan qonunbuzarliklarni sodir etmoqda. Harbiy jinoyatlarning davom etishi, infratuzilmaga ixtiyorsiz hujumlar, muntazam va keng ko'lamli qiynoqlar xalqaro huquq normalarini mensimaslikdan dalolat beradi, deyiladi hisobotda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova: «Xalqaro jinoiy sud qarorlari mamlakatimiz uchun, jumladan, huquqiy nuqtai nazardan ham hech qanday ma'noga ega emas», deya ma'lum qildi. «Rossiya Xalqaro jinoyat sudining Rim statutiga a'zo bo'lmagani uchun u bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga olmaydi», — dedi u. Bir necha kun oldin Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Rossiya Xalqaro jinoyat sudini tan olmasligi va uning yurisdiksiyasiga kirmasligini aytgan edi.
|
world
|
Qozog'iston hukumati AI-92/93 benzini va dizel yoqilg'isi uchun marjinal chakana narxlarni oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Kursiv" nashri energetika vaziri v.b. Bolat Akchulakovga tayanib xabar qildi . Xabar qilinishicha, AI-92/93 benzini narxi 11 foizga — 182−187 tengedan (4582,8−4708,7 so'm) 205 tengega (5161,9 so'm), dizel yoqilg'isi esa 20 foizga — 230−260 tengega (5791,4−6546,8 so'm) dan 295 tengega (7428,1 so'm) qimmatlashadi. "Ichki yoqilg'i-moylash materiallari bozorini barqarorlashtirish uchun Qozog'iston va qo'shni davlatlar o'rtasidagi narx farqini kamaytirish zarur. Shuning uchun biz qiyin, lekin ayni paytda zarur qadam — marjinal chakana narxlarni oshirishimiz kerak", — degan Akchakulov. Rasmiylar, shuningdek, mamlakatda yoqilg'ining yagona marjinal chakana narxini belgilash niyatida ham. Hozirda benzin va dizel narxi hududlarda farq qiladi. Shu bilan birga, xorijiy xaridorlar uchun dizel yoqilg'isi narxi yuqori darajada qoladi. Ulgurji va chakana narxlar o'rtasidagi farq taxminan 20% ni tashkil qiladi. Vazirning ta'kidlashicha, mavjud marjinal narxlarni saqlab qolgan taqdirda, "arzon qozoq dizel yoqilg'isining mamlakat tashqarisiga chiqib ketishi faqat oshadi". Akchulakov, shuningdek, yaqin olti yil ichida dizel yoqilg'isi ishlab chiqarishni ko'paytirishning imkoni bo'lmasligini aytdi. Chimkent neftni qayta ishlash zavodi quvvatini 6 mln tonnadan 9−12 mln tonnagacha oshirish uchun qancha mablag' kerak bo'ladi. Energetika vazirligi rahbarining ta'kidlashicha, Rossiyada dizel yoqilg'isi narxi o'rtacha litri uchun 345 tenge, bu Qozog'iston yoqilg'isidan 45 foizga, Qirg'izistonda esa 64 foizga qimmat va litri 390 tengeni tashkil qiladi. O'zbekistonda ikki baravar qimmat — litri 480 tenge (12086,4 so'm, 101 foizga o'sgan). Shunday qilib, Qozog'iston dizel yoqilg'isini chet elda qayta sotishdan olinadigan marja 50% dan 120% gacha yoki undan ko'pni tashkil qiladi. Qozog'iston Energetika vazirligining hisob-kitoblariga ko'ra, barcha olib-sotarlar shu tarzda yiliga 140 mln dollargacha daromad olishmoqda. 2019-yildan beri Qozog'iston har yili iste'mol qilganidan ko'proq benzin ishlab chiqargan. 2017−2018-yillarda uchta yirik neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish yakunlandi va benzin ishlab chiqarishni 2017-yildagi 3 mln tonnadan 2019-yilda 4,6 mln tonnagacha oshirish imkonini berdi. 2017-yilda 4,2 mln tonna, 2019-yilda 4,5 mln va 2022-yilda 4,9 mln tonna (ishlab chiqarish 5 mln tonnadan ortiq) bo'lgan iste'mol respublikani yoqilg'ining bir qismini Rossiyadan import qilishga turtki bo'ldi. Prognozga ko'ra, Qozog'istonda 2023-yilda benzin iste'moli 2018-yildan beri birinchi marta o'z ishlab chiqarishidan oshib, 5 mln tonnani tashkil etadi. 2023-yilda dizel yoqilg'isi iste'moli 5,1 mln tonna ishlab chiqarishga nisbatan 5,8 mln tonna bo'lishi prognoz qilinmoqda. 2022-yilda bu ko'rsatkich mos ravishda 5,6 va 5,3 mln tashkil etdi. An'anaga ko'ra, Qozog'iston Rossiyadan yetishmayotgan yoqilg'i-moylash materiallarini import qiladi, deb yozadi "Kursiv". Energetika vazirligi prognozlariga ko'ra, 2023-yilda Qozog'iston neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari tufayli neftni qayta ishlash 2022-yildagi 18 mln tonnaga nisbatan 17,9 mln tonnagacha kamayadi. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish o'tgan yilgi 13,7 mln tonnaga nisbatan 13,4 mln tonnani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, neft qazib olish o'tgan yilgi 84,2 mln tonnadan 90,5 mln tonnaga, eksport esa 64,8 mln tonnadan 71 mln tonnagacha oshadi. Yanvar oyida Qozog'iston benzin va dizel yoqilg'isining chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni noma'lum muddatga, neft mahsulotlarini avtomobil transportida mamlakatdan olib chiqishni taqiqlashni esa 2023-yilning o'rtalarigacha uzaytirdi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Qozog'iston 2022-yilda 76,5 mln dollarlik 119,1 ming tonna, jumladan, O'zbekistonga 11,4 mln dollarlik 18,8 ming tonna dizel yoqilg'isi eksport qilgan .
|
world
|
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an rafiqasi bilan mamlakatda ishlab chiqarilgan Togg T10X milliy elektromobilining birinchi egasi bo'ldi, deya xabar bermoqda TRT Heber nashri. Anqaradagi prezident majmuida o'tkazilgan tantanali marosimda Erdog'an Togg elektromobili mamlakatning texnologik va iqtisodiy taraqqiyoti hamda jahon miqyosidagi obro'-e'tiborining ramzi sifatida yaratilganini ta'kidladi. "Bugundan boshlab biz Togg`ni yo'llarda ko'ramiz", — dedi prezident. Keyinroq u rafiqasi Emine Erdog'an hamda sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank bilan anadolu (qizil) rangli mashinaga minib, majmuani aylanib chiqdi. So'ngra jurnalistlar bilan muloqot o'tkazdi. Muloqot davomida Turkiya rahbari mashina Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga ham yetkazib berilishini va uning rangi qizil ekanini aytdi. Shuningdek, avtomobil O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham borishini, uchrashuv kutilayotganini qo'shimcha qildi. Ma'lumot o'rnida, 160 kilovattli, bir quvvatlanishda 314 kilometr masofani bosib o'toladigan Togg elektrokarining eng arzon modeli 953 ming lira (50 ming dollardan ortiq), kuchliroqlari 1,215 million turk lirasi (63 ming dollar)ga baholanmoqda. Birinchi yetkazib berish iyul oyiga rejalashtirilgan. Hozirgacha unga 177 mingta oldindan buyurtma olingan.
|
world
|
Finlyandiya Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga 4-aprel — ittifoq tashkil etilgan kunda a'zo bo'ldi. Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto Bryusselda tegishli hujjatni imzoladi, deya xabar berdi mamlakat TIV. Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayoni tashkilot tarixidagi eng tezkor jarayonga aylandi, deb yozadi Euronews. Undan oldin o'ttiz yillik harbiy betaraflik hukm surgan. Bryussel shtab-kvartirasi hovlisida bo'lib o'tadigan tantanali marosimda a'zolik hujjatlari tashkilot ta'sis shartnomasining saqlovchisi bo'lgan AQSh Davlat kotibiga topshiriladi, so'ngra u yerda Finlyandiya bayrog'i ko'tariladi. 4-apreldan e'tiboran mamlakat jamoaviy mudofaa majburiyatlari doirasida alyans nizomining 5-moddasiga bo'ysunadi, unga ko'ra, bir a'zoga qilingan hujum "hammaga qilingan hujum deb hisoblanadi". "Rossiya bilan 1300 km chegaradosh bo'lgan Finlyandiya xuddi qo'shni Shvetsiya singari 10 oy oldin — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko'p o'tmay NATOga a'zo bo'lish uchun ariza bergan", — deya ta'kidlaydi Euronews. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu jarayon yuzasidan bayonot berdi . "Finlyandiyaning NATOga qo'shilishi Rossiya-Finlyandiya ikki tomonlama munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi", — deyiladi unda. TIV Rossiya "Finlyandiyaning NATOga kirishidan kelib chiqadigan milliy xavfsizlikka tahdidlarni to'xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko'rishga majbur bo'lishini" ta'kidladi.
|
world
|
O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakat hududida bo'lib turgan o'zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi . Qayd etilishicha, so'nggi vaqtlarda OAV, internet hamda huquq-tartibot idoralari orqali o'zbekistonliklarning Turkiya hududida sodir etilgan turli jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo'lib qolganliklari haqida tez-tez xabarlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan konsulxona fuqarolardan bunday ko'ngilsiz holatlarda jabr ko'rishlari yoki aybdor bo'lib qolishlarining oldini olish maqsadida mehmon bo'lib turgan mamlakat talablariga qat'iy rioya qilishlarini so'radi . "O'zingiz va yaqinlaringizning hayoti, sog'lig'i va mulkiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan joylar va shaxslardan yiroq bo'lishingizni, bunday vaziyatlarni keltirib chiqarmaslik choralarini ko'rishingizni, musofir yurtda vatandoshlarimizga o'zaro hurmat va yordam ko'rsatishingizni yana bir bor iltimos qilamiz", — deyiladi xabarda. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan biror sababga ko'ra ushlanganda yoki hibsga olinganda bu haqda zudlik bilan Bosh konsulxonaga xabar berishni talab qilish huquqiga ega ekanliklari bildirildi. "Ijtimoiy tarmoqlarda tekshirilmagan ma'lumotlarni tarqatmaslikni, fuqarolarning shaxsiy daxlsizlik huquqlariga rioya qilishni va bu orqali qonun oldida javobgar bo'lib qolishdan o'zingizni asrashingizni so'rab qolamiz", — deyiladi konsullik xabarida. Yordamga muhtoj fuqarolar har qanday holatda Bosh konsulxonaga (02123232037 raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com elektron pochta manzili) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o'tildi.
|
world
|
Rossiya Davlat dumasi mamlakat fuqaroligiga ega migrantlarni Ukrainadagi urushga yollash imkonini beruvchi loyihani tayyorlamoqda. Bu haqda deputat Mixail Matveyevning so'zlariga tayanib, "RIA Novosti" xabar berdi . Qayd etilishicha, loyihada Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar, shu jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkazortidan kelganlarni urushga yuborishga ruxsat berish, shuningdek, ulardan qurilish batalonida foydalanish nazarda tutilgan. "Gap Rossiya armiyasining mavjud bo'linmalari o'rtasida taqsimlash uchun safarbarlik va chaqiruv imkoniyatlari haqida bormoqda. "Mahalliychilik" qilib, harbiy intizomni buzmasliklari uchun ularning soni har bir vzvodda 2−3 tadan oshmasligi kerak… Shuningdek, ulardan qurilish batalonida, jumladan, old qatorlarda foydalanish nazarda tutilgan", — deb yozgan deputat o'zining Telegram kanalida. Deputat qonun loyihasining tayyorlanishini ikki fuqarolikka ega bo'lganlar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmasligi bilan izohlagan. Hozirda ular faqat shartnoma asosida Rossiya Qurolli kuchlariga ko'ngilli sifatida qo'shilishi mumkin. Deputat, shuningdek, hokimiyat va maxsus xizmatlarning migratsiya va demografik muammoga yondashuvini tubdan o'zgartirmasdan turib, muammoni hal qilib bo'lmasligini ta'kidladi. Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya hukumatining Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni yollashga urinayotganini xabar qilgandi . Harbiy xizmatga rozi bo'lganlar rus qo'shinlarining yo'qotish darajasi yuqori bo'lgan frontga yuborilishi mumkin, deyilgan sharhda. 2022-yil sentabr oyida Rossiyada mamlakat armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklarga Rossiya fuqaroligini tezkorlik bilan olish imkoniyatini beruvchi tuzatishlar qabul qilingan . Dekabr oyida Moskva jamoat transportida o'zbek, qirg'iz va tojik tillarida Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish evaziga Rossiya Qurolli kuchlari safiga qo'shilish haqidagi e'lonlar tarqatilgani xabar qilingan . O'zbekiston Bosh prokuraturasi esa xorijdagi vatandoshlarni qurolli kuchlar safiga qo'shilmaslik va jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi hamda buning uchun jinoiy javobgarlikdan ogohlantirgan .
|
world
|
Qatar davlati rahbari shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O'zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda 8−9-may kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning Qatarda vazirlik, idoralar hamda yirik kompaniyalari rahbarlari bilan o'tkazgan muzokaralar davomida so'z boradi . Uchrashuvlarda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko'rib chiqilgan. "Qatar tomoni o'zaro hamkorlik salohiyatini yuqori baholadi va Qatar rahbarining O'zbekistonga bo'lajak tashrifi ko'p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishi hamda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi", — deyiladi vazirlik xabarida. Shuningdek, tadbirda o'zaro savdoni rivojlantirish bo'yicha Qo'shma harakatlar rejasini hamda energetika, neft-kimyo, kimyo, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, IT sohasi va boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini qamrab olgan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo'yicha qo'shma dastur ishlab chiqishga kelishilgan. Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi bitimlarni imzolashga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar kelishib olindi. Tomonlar birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan Toshkentda ikki davlatning yirik ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi. Keltirilishicha, moliya vaziri Ali al-Kuvariy bilan suhbat chog'ida bir qator infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ko'rishga kelishildi. Markaziy bank Boshqaruvchisi — Qatar investitsiya agentligi raisi Abdulla al-Tani bilan Qatar va O'zbekiston tijorat banklari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi. Energetika vaziri — Qatar Energetika kompaniyasi raisi Saad al-Kaabi bilan Nebras Power kompaniyasi bilan energetika sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qatar Savdo-sanoat palatasi raisi Xalifa al-Tani bilan uchrashuv doirasida qo'shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
|
world
|
14-may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari bo'lib o'tdi. Davlat rahbari lavozimiga amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog'an, muxolifatchilardan yagona nomzod Kemal Qilichdaro'g'li va Alyans Ata partiyasi blokidan nomzod Sinan Ogan da'vogarlik qildi. Yana bir muxolifat nomzodi, "Vatan" partiyasi rahbari Muharrem Inje raqiblarini halol raqobat tamoyillarini buzganlikda ayblab, 11-may kuni bo'lib o'tajak saylovlardan voz kechishini bildirdi. Saylov byulletenlarining 98,96 foizi sanab chiqilgach, Erdog'an 50 foizdan kam ovoz to'pladi . Turkiya matbuoti tomonidan e'lon qilinayotgan ma'lumotlarga ko'ra, Toshkent vaqti bilan 10:30 holatiga Erdog'an 49,35 foiz, Qilichdaro'g'li 45 foiz, Ogan esa 5,22 foiz ovozga ega. Hozirgi natija Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 28-may kuni bo'lib o'tishini anglatadi. Sababi birinchi turda nomzodlardan biri g'alaba qozonishi uchun u kamida 50 foiz ovoz olishi talab etiladi. "TASS" manbasiga ko'ra , joriy saylovdagi 93,6 foiz ishtirok Turkiya uchun rekord hisoblanadi. OdaTV kanali esa biroz kamroq ko'rsatkich qayd etdi — 87,62%. Yakuniy natijalar 19-may kuni e'lon qilinadi. Meduza nashrining yozishicha , hozircha ovoz berish natijalari saylovga bir haftadan sal ko'proq qolganida o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalaridan farq qiladi. Konda kompaniyasining 6−7-may kunlari o'tkazgan so'rov natijalariga ko'ra, 49,3% ovoz bilan Qilichdaro'g'li g'alaba qozonishi, Erdog'an esa ikkinchi o'rinni 43,7% ovoz bilan qo'lga kiritishi taxmin qilingandi. 14-may kuni Erdog'an Istanbulning Uskudar tumanidagi maktablardan biridagi saylov uchastkasida ovoz berdi. Saylov uchastkasida prezident va uning rafiqasini ularning tarafdorlari kutib oldi. Qilichdaro'g'li esa turmush o'rtog'i va yana bir nufuzli muxolifat siyosatchisi, Turkiya poytaxti meri Mansur Yavas bilan Anqaradagi saylov uchastkasida ovoz berdi. Ularni ham ko'plab tarafdorlar kutib oldi. Qilichdaro'g'li o'z tvitida saylov kuzatuvchilariga murojaat qilib, ularni ovozlarni sanash jarayonini diqqat bilan kuzatishga chaqirdi. "Men demokratiya qahramonlariga murojaat qilmoqchiman. Oxirgi saylov qutisi sanab chiqilmaguncha, hech qanday sabab bilan saylov qutisini qarovsiz qoldirmang. Xalq irodasining to'liq va to'g'ri namoyon bo'lishi sizning qat'iyatingizga bog'liq. Va amin bo'lasizki, charchoqlarining mukofotlanadi", — deb yozgan siyosatchi. Saylovda ommaviy firibgarlik hali qayd etilmagan. Shu bilan birga, individual qonunbuzarliklar aniqlangan: masalan, Istanbul va Giresun shaharlarida saylov uchastkalarida Erdog'an muhri bosilgan varaqlar topilgan . Bu faktlar YSK ga kuzatuvchilar tomonidan ma'lum qilingan. Erdog'anning o'zi saylovlar "muammolarsiz" o'tayotganini aytgan . YSK raisi Ahmed Yener ham xuddi shunday baho bergan . 74 yoshli Qilichdaro'g'li Turkiya parlamenti deputati, Xalq alyansi yetakchisi hisoblanadi. Lekin u nafaqat o'z partiyasidan, balki Xalq alyansini tuzgan yana beshta muxolif partiyadan ham nomzod bo'ldi. Deutsche Welle nashriga ko'ra , Amaldagi prezident Erdog'an bu natijalardan so'ng bergan bayonotida saylovlarning ikkinchi bosqichiga tayyorligini ma'lum qildi. Qilichdaro'g'li ham ikkinchi tur o'tkazilishiga roziligini aytdi. O'z navbatida, siyosatchilarning har ikkisi ham o'z g'alabalariga ishonch bildirgan. Ma'lumot uchun, O'zbekistonda jami 1772 nafar Turkiya fuqarosi saylovda ovoz berdi. Ovozlarning 52,6 foizi Erdog'anga, 40,88 foizi Qilichdaro'g'liga berilgan.
|
world
|
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash harakatlari bo'yicha bayonot berdi, unga ko'ra, endilikda chegaradan qonuniy bo'lmagan holda o'tganlar boshpana olish huquqiga ega emas deb hisoblanadi. Bu haqda Ichki xafvsizlik departamenti saytida xabar qilindi . "Bugun tundan boshlab chegaraga noqonuniy yo'llar bilan kelgan odamlar boshpana olish huquqiga ega emas deb hisoblanadi. Biz AQShda qolish uchun qonuniy asosga ega bo'lmaganlarni chiqarib yuborishga tayyormiz", — deyiladi bayonotda. Ta'kidlanishicha, janubi-g'arbiy chegarada 24 000 nafar chegara xizmati xodimlari va ofitserlar bor. Shuningdek, qonunlarni amalga oshirishda yordam berish uchun minglab askar va pudratchilar hamda qochqinlar bilan ishlash xizmatining mingdan ortiq xodimlari jalb qilingan. "Kontrabandachilarning yolg'onlariga ishonmang. Chegara ochiq emas", — deya ogohlantirish berib o'tilgan. Qayd etilishicha, AQShga kirish uchun mavjud qonuniy yo'llardan foydalanmaydigan odamlarga nisbatan keskin choralar ko'rilishi mumkin. Qayta kirishni kamida 5 yilga taqiqlash va jinoiy javobgarlikka tortish shular jumlasidandir. Bu ishlarni federal hukumat va G'arbiy yarimshardagi hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirish reja qilingan. Gap shundaki, 11-may kuni AQShda koronavirus sababli sog'liqni saqlash sektorida e'lon qilingan favqulodda holat rasman nihoyasiga yetdi. Ya'ni AQSh-Meksika chegarasida muhojirlarni qabul qilmaslik uchun asosiy sabab sifatida ko'rsatilgan, Tramp davrida pandemiyaga oid qabul qilingan cheklovlar o'z kuchini yo'qotdi. Koronavirus pandemiyasining dastlabki kunlarida AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) sog'liqni saqlash bo'yicha buyruq chiqargan, u COVID-19 tarqalishini to'xtatishga qaratilgan. Buyruq bilan hukumatga muhojirlarni AQSh quruqlik chegaralaridan tezda chiqarib yuborishga ruxsat berilgan. Bunday siyosat CDC direktoriga uni chiqarishga ruxsat bergan federal qonundagi nizom — 42-xatboshi nomi bilan tanilgan. 42-xatboshi bilan muhojirlar o'z mamlakatlariga yoki Meksikaga qaytarib yuborilgan. AQSh bojxona va chegara himoyasi ma'lumotlariga ko'ra, bu o'zgarish boshlanganidan beri rasmiylar AQSh-Meksika chegarasidagi muhojirlarni 2,8 million martadan ortiq holatda chiqarib yuborgan. Rasmiylarning prognozlariga ko'ra, bu qoidaning olib tashlanishi AQShga o'tishga urinayotgan muhojirlar sonining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Bayden lavozimga kelganidan beri, Human Rights First tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 42-xatboshi ostida chegaradan o'tishga ruxsat etilmagan odamlarni o'g'irlash, qiynoqlar, zo'rlash yoki boshqa zo'ravonliklar bilan bog'liq 13 000 dan ortiq holat aniqlagan. Rasmiylarga ko'ra, muhojirlar sonidagi o'sish prognozining yana bir sababi ulardan moliyaviy manfaatlarni ko'zlayotgan kontrabandachilarning berayotgan noto'g'ri ma'lumotlaridir. Bir hafta oldin jurnalistlar bilan suhbatda Alexandro Mayorkas muhojirlarni bu harakatlar qurboni bo'lmaslikka chaqirgan. "Siz aldanib, hayotingizni xavf ostiga qo'yasiz. Chegara ochiq emas va 11-maydan keyin ham ochilmaydi", — degandi u. G'arbiy yarimshardagi ommaviy migratsiya davrida AQSh immigratsiya organlari 10 yillik protokollarga murojaat qiladi. Ushbu tizimga ko'ra, muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi, hibsga olinadi yoki ularning ishlari AQShdagi immigratsiya sudida ko'rib chiqiladi. Ammo Bayden ma'muriyati, shuningdek, hukumat chegaradagi bosimni yengillashtiradigan qator o'zgarishlarni rejalashtirmoqda, deb yozadi CNN. Ba'zi istisnolar mavjud bo'lsa-da, boshpana bermaslik to'g'risidagi yangi qoida AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o'tgan muhojirlarga nisbatan qo'llanadi. Bu hamrohi bo'lmagan migrant bolalarga taalluqli emas. "Biz bu o'zgarishlarga ancha vaqtdan beri tayyorgarlik ko'rdik va hozir tayyormiz", — dedi Mayorkas, lekin u chegarada ko'p sonli muhojirlar kutilayotganini ham tan oldi. Ma'lumot uchun, 6-may kuni AQSh hukumatining 2023-yil uchun "Turli millatga mansub immigrantlar vizasi" — Green Card javoblari e'lon qilingan. Ushbu vizani qo'lga kiritish uchun taxminan 119 mingdan ziyod kishi ro'yxatdan o'tgan. Dastur natijalariga ko'ra, Green Card yutganlarning eng ko'pi Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ro'yxatdan o'tgan. O'zbekiston 5511 nafar g'olib bilan Misr (5529) va Jazoirdan (5526) keyin fuqorolariga eng ko'p yutuq chiqqan 3-mamlakat bo'ldi .
|
world
|
Florida shtati gubernatori Ron Desantis 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida o'z nomzodini qo'yishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda BBC. Siyosatchi AQSh Federal saylov komissiyasiga ariza yuborgan. "Men Amerikaning buyuk qaytishiga rahbarlik qilish uchun prezidentlikka nomzodimni qo'yyapman", — deb yozdi u Twitter`da. 44 yoshli Desantis Respublikachilar partiyasidan vakillik qiladi va sobiq prezident Donald Tramp bilan Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashadi. Amerika matbuoti Desantisni Trampning asosiy raqibi sifatida ko'rmoqda. Siyosatga kirishdan oldin Ron Desantis dengiz flotida yurist bo'lgan. 2012-yilda u AQSh Kongressi a'zoligiga saylangan , 2018-yilda esa Florida gubernatori bo'lgan. 2022-yilda Desantis katta farq bilan lavozimga qayta saylangan hamda Respublikachilar partiyasida o'sib borayotgan yulduz sifatida ko'rila boshlagan. Florida gubernatori bo'lgan davrda siyosatchi shtatda abortlarni cheklab qo'ydi, aholiga yashirin qurol olib yurishni osonlashtirdi va davlat universitetlarida inklyuziv dasturlarni moliyalashtirishni taqiqladi. AQShda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo'lib o'tadi. Unda AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp ishtirok etadi. Saylovda AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, advokat Robert Kennedi va Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli ham o'z nomzodini ilgari surgan.
|
world
|
Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o'zaro tan olishga kelishib oldi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Moskvadagi YeOII yig'ilishidagi bayonotiga tayanib, "RIA Novosti" xabar bermoqda . "Shu asosda biz munosabatlarimizni tartibga solish yo'lida muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz", — dedi siyosatchi. O'z navbatida, "Boku va Yerevan o'rtasida tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati bor, ayniqsa, Armaniston Qorabog'ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida rasman tan olganini hisobga olsak", — dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev. Shuningdek, u Ozarbayjonning Armanistonga nisbatan hududiy da'vosi yo'qligini qo'shimcha qildi. Avvalroq Nikol Pashinyan Yerevanda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida agar Boku Tog'li Qorabog'dagi armanlarning huquqlarini hurmat qilsa, Armaniston bu hududni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini ma'lum qilgandi . Armaniston va Ozarbayjon hukumatlari may oyi boshida Tog'li Qorabog' bo'yicha mojaroni hal qilish jarayonini jadallashtirgan : ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Vashington va Moskvada, davlatlar rahbarlari esa Bryusselda hukumat faollari — Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel nazorati ostida uchrashgan. Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi Tog'li Qorabog' uchun mojaro 1980-yillarning oxiridan beri davom etib keladi. 2020-yil sentabr oyi oxirida vaziyatning navbatdagi keskin keskinlashuvidan so'ng Yerevan Tog'li Qorabog'ning bir qismini Boku nazoratiga qaytarishga rozi bo'lgan, tomonlar harbiy harakatlarni to'xtatish to'g'risida bitim imzolagan .
|
world
|
Ukrainaning Dnepr shahri Rossiya tomonidan o'qqa tutilgan vaqtda tibbiyot muassasasi binosiga raketa kelib tushdi. Natijada 21 kishi jabrlangan, ulardan uch nafari og'ir ahvolda, ikki nafar bola. Ikki kishi halok bo'ldi, deya ma'lum qildi Dnepropetrovsk viloyati rahbari Sergey Lisak. Viloyat rahbari, shuningdek, raketa zarbasidan ikkita bino yonib ketgani, yong'in maydoni 1000 kvadrat metrni tashkil etganini, binolardan biri, uch qavatlisi qisman vayron qilinganini qo'shimcha qildi . U, shuningdek, hodisa joyidan bir nechta videolarni joylashtirdi . Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha , hozirda o'qqa tutilishi oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. "Biz bu noinsoniylarni qaytmaydigan qilib imkon qadar tezroq mag'lub etishimiz kerak. Chunki bizning fursatimiz — bizning xalqimiz. Bizning odamlarimiz esa Ukrainadagi eng qimmatli narsadir", — deb yozdi u.
|
world
|
Frankfurt-Mayn hududiy sudi Germaniyada rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o'tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda . O'zbekiston elchixonasi nomidan ish ko'rayotgan advokatlar Peter Gauvayler (Peter Gauweiler) va Tomas Fisher (Thomas Fischer) ma'lumotlariga ko'ra, sud O'zbekiston fuqarosi Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvishda gumon qilish bo'yicha asoslar yo'qligi to'g'risida qaror chiqargan va shu munosabat bilan shahar prokurori tasdiqlagan tintuv noqonuniy deb topilgan, order esa bekor qilingan. Gap 2022-yil 15, 16 va 21-sentabr kunlari ko'chmas mulk obyektlari, shuningdek, 2022-yil 21-sentabrda "Dilbar" (Dilbar) motorli yaxtasida o'tkazilgan tintuvlar haqida bormoqda. Frankfurtdagi sud instansiyasiga fikriga ko'ra, tintuvlarni o'tkazish to'g'risidagi qaror "ochilishi kerak bo'lgan jinoyat tavsiflariga qo'yilgan minimal talablarga javob bermaydi". Advokatlar Germaniya hukumati yetkazilgan zararni qoplashiga hamda avvalroq davlat idoralariga tayangan holda tintuvlar o'tkazilgani haqida xabar tarqatgan matbuot organlarini Frankfurt-na-Mayn sudi qaroridan xabardor qilishiga umid bildirishdi. Alisher Usmonov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan edi. Forbes 2022-yil aprel oyida uning boyligini 11,5 mlrd dollarga baholagan. Tintuvlar o'tkazilayotgan paytga qadar Germaniya Federal Jinoyat boshqarmasi (BKA) xodimlari Usmonov bilan bog'liq operatsiyalarda banklardan pul yuvishda gumon qilingani to'g'risida yuzga yaqin ma'lumot to'plashgan edi. Tadbirkorning vakili jurnalistlarga uning aybsizligini, Rossiyada soliq to'lab, xayriya ishlari bilan shug'ullanayotganini aytdi. Der Spiegel nashrining qayd etishicha, nemis rasmiylari milliarderni Germaniyada soliq to'lovchi deb hisoblashgan, chunki urushdan oldin u asosan Bavariyadagi Tegernze ko'lidagi qarorgohida yashagan.
|
world
|
Turbinali zalning portlashi natijasida Kaxovka GESi butunlay vayron bo'lgan. Stansiya qayta tiklanmaydi, deb xabar berdi Ukrainaning "Ukrgidroenergo" matbuot xizmati. "6-iyun kuni ertalabdan Kaxovka suv omborida suv sathi tez pasaymoqda, toshqin bo'lishi mumkin bo'lgan hududlardan aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlandi", — deyiladi kompaniya xabarida. "Ukrgidroenergo" aniqlik kiritishicha, suv ombori sathining nazoratsiz pasayishi Rossiya qo'shinlari tomonidan bosib olingan Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun qo'shimcha xavf hisoblanadi. "Kaxovka suv omboridagi suv AESga turbinali kondensatorlar va stansiya xavfsizlik tizimlarining quvvat olishi uchun zarur", — deya tushuntirdi matbuot xizmati va stansiyaning sovitish suv havzasi hozir to'laligini qo'shimcha qildi. Kaxovka GESini qayta tiklash mumkin emasligi haqidagi ma'lumotni bosib olingan Novaya Kaxovka hokimiyati ham tasdiqladi . Shaharga Rossiya tomonidan tayinlangan "mer" Vladimir Leontev stansiyani qayta qurish kerakligini aytdi. Vladimir Leontev avvaliga portlash haqidagi ma'lumotni rad etdi , biroq keyinroq Ukraina tomonidan tungi o'qqa tutish oqibatida stansiyaning yuqori qismi vayron qilingani, ammo to'g'onning o'zi saqlanib qolganini bildirdi . TASS xabariga ko'ra , Kaxovka GESi to'g'onining 28 ta oraliq qismidan 11 tasi vayron bo'lgan. Google Maps Xerson viloyatining Dnepr bo'yi hududlaridagi toshqin haqida ogohlantirishni boshladi. Eslatib o'tamiz, 6-iyun kuni erta tongda ijtimoiy tarmoqlarda GES yuqori to'g'onining vayron bo'lgan qismidan suv oqayotgani aks etgan video tarqaldi. Keyinroq Ukraina Qurolli kuchlarining "Janubiy" operativ qo'mondonligi Rossiya qo'shinlari gidroelektrostansiyani "portlatib yuborganini" ma'lum qildi . Ukrainada bu hodisa ekotsid (atmosfera yoki dengizlarni yoppasiga ifloslantirish) deb ataldi . Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining shoshilinch yig'ilishini chaqirdi. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Kaxovka GESining "buzilishi" "global oziq-ovqat xavfsizligiga zarba" ekanini ta'kidladi . "Chunki bu ofat Ukraina janubidagi sug'orish tizimiga ta'sir qiladi", — deya qo'shimcha qildi u.
|
world
|
AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens Federal saylov komissiyasiga 2024-yilda prezidentlikka nomzod bo'lish uchun ariza topshirdi, deb xabar bermoqda Euronews. U o'z qarorini 7-iyun kuni e'lon qilishi kutilmoqda. Respublikachilar partiyasi a'zosi sifatida 63 yoshli Pens Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun sobiq prezident Donald Tramp bilan raqobatlashadi. 25-may kuni Trampning asosiy raqiblaridan biri sanalgan Florida shtati respublikachi gubernatori Ron Desantis ham prezidentlik poygasida ishtirok etishini ma'lum qilgandi . Demokratik partiyadan AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden, shuningdek, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, advokat Robert Kennedi va Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli ham o'z nomzodini ilgari surgan. Mayk Pens 2017-yildan 2021-yilgacha prezident Donald Tramp davrida AQSh vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Pens 2013—2017-yillarda Indiana gubernatori lavozimida faoliyat olib borgan va 2001−2013-yillarda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a'zosi bo'lgan.
|
world
|
Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi ehtimoliy davlat to'ntarishiga urinishda gumon qilingan 30 dan ortiq shaxsni qo'lga oldi, deb xabar berdi 24.kg qo'mita matbuot markaziga tayanib. 6-iyun kungi xabarda aytilishicha, hibsga olinganlar "keyinchalik hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan egallab olish" uchun "ommaviy tartibsizliklar harakatlari"ni rejalashtirgan. Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, davlat to'ntarishini rejalashtirgan guruh tarkibida umumiy hisobda 100 ga yaqin odam bo'lgan. "[Muvaffaqiyatsiz to'ntarishining] tashkilotchisi va g'oyaviy ilhomlantiruvchisi jamoatchilik faoli va "Eldik Kenesh" siyosiy partiyasi raisi N.R.S.dir", — deyiladi xabarda. Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi tarqatgan hibsga olinganlarning suratlarida Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarovning sobiq tarafdori, "Eldik Kenesh" partiyasi raisi Roza Nurmatovani ko'rish mumkin. Nurmatova va boshqa hibsga olinganlar, qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, aybiga iqror bo'lgan va hozirda vaqtinchalik saqlash hibsxonasida qolmoqda. Qo'mita davlat to'ntarishining sabablari haqida hech narsa ma'lum qilgani yo'q. Qo'mita faqatgina "yaqin kelajakda tashkiliy masalalarni moliyalashtirish va asosiy mansabdor shaxslarga maosh to'lash uchun xorijiy manbalardan pul olish kutilgani"ni ta'kidladi.
|
world
|
Qozog'iston, Armaniston va Gonkong banklari Rossiyadan serverlar, mikrosxemalar, protsessorlar, telekommunikatsiya uskunalari va boshqa elektronikalar uchun to'lovlarni bloklashni boshladi. Bu haqda "Kommersant" o'zining elektronika bozoridagi manbalariga tayanib xabar berdi . So'nggi ikki hafta ichida Qozog'iston, Armaniston va Gonkong banklari Rossiya yuridik shaxslarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 8542 kodi bo'yicha to'lovlarni bloklash holatlariga ko'proq duch kela boshlagan. Bu tovarlar guruhi protsessorlar, mikrosxemalar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Nashr bilan suhbatlashganlardan biri bu Rossiya bilan hamkorlik qiluvchi banklarga xavf tug'diradigan AQSh sanksiyalarining o'ninchi paketi joriy etilishi bilan bog'liq ekanini aytgan. Buning natijasida rus kompaniyalari kompyuterlar, serverlar, ma'lumotlarni saqlash tizimlari va boshqa uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan komponentlarni muqobil kodlar bilan import qilishga majbur bo'lmoqda. Optimalog logistika kompaniyasi bosh direktori Georgiy Vlastopuloning ta'kidlashicha, Qozog'iston banklari ham sanksiya ostidagi mahsulotlar, jumladan, elektronika bo'yicha tranzaksiyalar ustidan nazoratni kuchaytirgan. "To'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchi mamlakatdan butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar, kompyuterlar va hokazolarni sotib olish mumkin emas, uchinchi davlatlar orqali sotib olish esa borgan sari qiyinlashib bormoqda. Shuning uchun olti oy yoki bir yil ichida biz sanksiya ostidagi mahsulotlar tanqisligiga duch kelishimiz mumkin", — degan u. Avvalroq "Kommerant" Qozog'iston hukumati Rossiyaga elektronika yetkazib berish ustidan nazoratni kuchaytirgani sabab distribyutorlar import mamlakatlarini Xitoy, Qirg'iziston va Birlashgan Arab Amirliklariga o'zgartira boshlaganini xabar qilgandi . Logistika kompaniyalari buning oqibatida yakuniy mahsulot tannarxi 10−12 foizga oshishini qayd etgan. Qozog'istonda nazoratning kuchayishi, shuningdek, Rossiyaning O'zbekistondan maishiy texnika import qilishini ham qiyinlashtirishi aytilgan. Qozog'iston Milliy statistika byurosi ma'lumotlariga ko'ra, uning Rossiyaga eksporti 2022-yilda undan oldingi yilga nisbatan 25 foizga oshgan. Xususan, Qozog'istondan 2021-yilda kir yuvish mashinalari eksport qilinmagan bo'lsa, 2022-yilda bu ko'rsatkich qariyb 100 mingtaga yetgan. Financial Times mart oyida Qozog'iston Rossiyaga reeksport qilinuvchi tovarlar ustidan nazoratni kuchaytirishi xaqida xabar bergandi .
|
world
|
Iyun oyi boshidagi global o'rtacha harorat ushbu davr uchun rekord darajada yuqori bo'ldi. Ushbu ko'rsatkichlar avvalgi rekordlarni "sezilarli farq" bilan ortda qoldirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining iqlim o'zgarishi bo'yicha Copernicus xizmati xabar bermoqda . "Dunyo butun kuzatuvlar davridagi rekord darajadagi issiq bilan boshlangan iyun oyini boshdan kechirdi", — dedi Copernicus direktori Samanta Burgess. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, iyun oyining birinchi haftasida global havo harorati ilk marotaba sanoat davrigacha bo'lgan ko'rsatkichdan 1,5 daraja Selsiyga — 2015-yilgi Parij kelishuvida qayd etilgan "global isish chegarasi"gacha ko'tarildi. Rekord sayyoraning qizishiga xizmat qiladigan El-Nino deb nomlangan tabiat hodisasi bilan bog'liq. Copernicus xizmatining ogohlantirishicha, El-Nino rivojlanishda davom etar ekan, kelgusi yilda yanada ekstremal hodisalar kutilishi kerak. "Global o'rtacha harorat ko'tarilishda davom etib, Selsiy bo'yicha 1,5 darajadan oshib ketar ekan, buning umumiy ta'siri tobora kuchayib boradi va uni diqqat bilan kuzatib borish kerak", — deya ma'lum qildi xizmat. May oyida Butunjahon meteorologiya tashkiloti rekord darajadagi harorat haqida ogohlantirgan edi. Meteorologlarning fikriga ko'ra, 98 foizlik ehtimol bilan keyingi besh yil rekord darajadagi eng issiq yil bo'ladi. Avvalroq O'zgidromet iyun oyining birinchi yarmi O'zbekistonda barcha yillar davomida kuzatilgan eng issiq bo'lganini ma'lum qilgan edi. Cho'l zonasida havo harorati +46 darajaga yetdi. El-Nino — Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko'tarilishi bilan tavsiflangan tabiiy fenomen . Bu hodisa har 2−7 yilda sodir bo'ladi va 18 oygacha davom etishi mumkin. El-Nino epizodlari paytida tropik zonalarda yog'ingarchilik va atmosfera aylanishining normal sxemasi buzilib, butun dunyo bo'ylab ekstremal iqlim sharoitlarini keltirib chiqaradi
|
world
|
18-iyun kuni Ostonaning Do'stlik ko'chasida joylashgan Kaspi bank filialida noma'lum qurollangan shaxs bir necha kishini garovga oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri. Qozog'iston Ichki ishlar vazirliginining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, erkak yetti kishini garovga olgan. Bank ma'muriyatining aniqlik kiritishicha , ularning barchasi bank xodimlari bo'lgan, filialda mijozlar bo'lmagan. Politsiya erkak bilan muzokara olib borgan. Qumash nashrining yozishicha , bosqinchi bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag'allar va muhtojlar fondiga o'tkazishni talab qilgan. U o'z talablarini bajarish uchun uch soat vaqt bergan, aks holda garovga olinganlarni o'ldirish bilan tahdid qilgan. Oradan vaqt o'tib, politsiya bosqinchini hujum paytida qo'lga olgani ma'lum qilindi . Qayd etilishicha, barcha garovga olinganlar ozod qilingan va ularning hech biri jabrlanmagan.
|
world
|
Turkiya Respublikasi Markaziy banki (TRMB)ga yangi rahbar sifatida Hafize Gaye Erkanning tayinlanishi oyning eng e'tiborga molik voqealaridan biri bo'ldi. 9-iyun kuni o'zining yangi lavozimini rasman qabul qilib olgan Erkan Turkiya Markaziy banki boshqaruviga kelgan ilk ayol hisoblanadi. Qolaversa, u Turkiya regulyatorining so'nggi to'rt yillikdagi beshinchi rahbari hamdir. Mazkur tayinlov uni ayni paytda butun dunyo bo'ylab markaziy bank rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan 10 ga yaqin ayollar (Yevropa Markaziy banki prezidenti Kristin Lagard, Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina, serbiyalik Jorgovanka Tabakovich va boshqalar)dan biriga aylantirdi . Hafize Gaye Erkan Turkiya Markaziy banki rahbari lavozimini Shahap Kavchio'g'lidan (o'ng tomonda) qabul qilib oldi. Foto: Turkiya Markaziy banki. Mamlakat prezidentligiga qayta saylangan Rejep Tayyip Erdog'an Mehmet Shimshekni g'aznachilik va moliya vaziri etib tayinlashi hamda Markaziy bank rahbarligini Hafize Gaye Erkanga ishonib topshirishi mamlakatda pul-kredit siyosatining an'anaviy yo'nalishga qaytishi, moliyaviy vaziyatning barqarorlashuviga umid uyg'otmoqda . Erkan mazkur lavozimga Turkiya muammolar girdobida qolgan bir paytda kirishdi. Shunga ko'ra, yangi markaziy bank rahbari sifatida u ko'p yillik noan'anaviy pul-kredit siyosatidan so'ng mahalliy va xorijiy investorlarning ishonchini tiklash, mamlakatda inflyatsiyani jilovlash orqali yashash xarajatlari inqirozini yumshatishdek murakkab vazifa oldida turibdi, deb yozmoqda Reuters. Financial Times nashriga ko'ra , Hafize Erkanning mehnat faoliyati bungacha asosan yirik moliya institutlari balansidagi risklarni tahlil qiluvchi murakkab modellarni yaratishdan iborat edi. Erkanning klassik matematik nazariyalarga asoslangan qarashlari 2019-yildan beri beshta markaziy bank rahbarini tayinlagan Erdog'anning radikal iqtisodiy qarashlaridan keskin farq qiladi. "Axborotlar masalasida shubhaga o'rin yo'q. Har qanday pozitsiyani raqamlarning kuchi bilan mustahkamlash mumkin", deydi Erkan o'zining tarjimai holida. 43 yoshli Hafize Gaye Erkan bugungi kungacha AQSh korporativ dunyosida moliyaviy xizmatlar, bank ishi, investitsiyalar, risklarni boshqarish, texnologiya va raqamli innovatsiyalar bo'yicha qator muvaffaqiyatlarga erishgan . Shunga qaramay, Turkiyaning o'zida Erkan haqida kam narsa ma'lum, qolaversa, u o'z kar'erasida ilk marta davlat xizmatiga kirishganligi ham soha mutaxassislari hamda mamlakat jamoatchiligi e'tiborini tortdi. Hafize Erkan 1979-yilning aprel oyida Istanbulda ziyoli oilada tug'ilgan . Otasi — muhandis, onasi — matematika va fizika fanlari muallimasi bo'lgan Erkanda raqamlar bilan ishlash ko'nikmalari bolalikdan shakllangan. Qolaversa, dasturiy ta'minot guruhiga egalik qiluvchi qo'shnilaridan C++ dasturlash tilini o'rgangan. "Men ularga turk qahvasini tayyorlashim evaziga ular menga C++ tilini va rekursiv funksiyalar zavqini o'rgatishgan" , deb yozadi u tarjimai holida. Erkan Turkiyadagi eng yaxshi davlat maktablaridan biri hisoblangan Istanbul o'rta maktabini eng namunali o'quvchilar safida tamomlagan. O'rta maktab ta'limidan so'ng dastlab Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri — Bo'g'azichi universitetida sanoat muhandisligi bo'yicha tahsil oladi. 2006-yilda AQShning Prinston universitetida risklarni boshqarish bo'yicha dissertatsiya yoqlab, amaliyot tadqiqotlari va moliya muhandisligi bo'yicha doktorlik darajasini oldi. Keyinchalik — 2015 va 2016-yillarda Erkan Garvard biznes maktabi va Stenford Oliy biznes maktabining biznes dasturlarini ham bitirdi . Hafize Erkan o'z mehnat faoliyatini 2005-yilda Goldman Sachs global investitsiya bankida boshlagan. Bu yerda u 10 yilga yaqin faoliyat yuritgan, yirik moliyaviy guruhlarga o'z budjetlarini stress testidan o'tkazish bo'yicha maslahatlar bergan, 2011-yilga kelib esa boshqaruvchi direktor darajasigacha ko'tarilgan. Financial Times'ning yozishicha, Goldman Sachs bankida u AQShning First Republic banki asoschisi Jim Gerbert bilan uchrashadi. 2014-yilda Gerbert uni kaliforniyalik kreditorning investitsiya portfeli va uning risklarni boshqarish funksiyasining asosiy qismini boshqarish uchun yollaydi. Erkan First Republic bankida mansab pillapoyalaridan juda tez ko'tariladi va 2016-yilda depozitlar bo'yicha bosh direktor lavozimini ham o'z zimmasiga oladi. Hafize Gaye Erkan First Republic banki asoschisi Jim Gerbert bilan. Foto: Todd Johnson / San Francisco Business Times 2021-yilning yozida Erkan bankning hamraisi etib tayinlandi va o'sha paytda AQShning eng yirik mintaqaviy kreditorlaridan biri hisoblangan Jim Gerbertning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rildi. Biroq uning mazkur lavozimdagi faoliyati qisqa va og'ir kechdi: Erkan Financial Times nashri tomonidan "toksik" deb topilgan bir qator yuqori lavozimli rahbarlar bilan o'zaro aloqalarda ishtirok etgan edi. 2021-yilning dekabrida Gerbert yurak xastaligi sabab tibbiy ta'tilga chiqishga majbur bo'ldi. Erkan shundan bir oy o'tib — 2021-yil oxirida kompaniyani tark etdi. Bu esa bank aksiyalarining qulashiga sabab bo'ldi, deb yozadi Business Insider. Shundan buyon First Republic Bank AQShdagi 2008-yildan keyingi davrda kuzatilgan eng yirik bank inqirozining markazida bo'lib kelmoqda. U foiz stavkasining ko'tarilishi natijasida omonatchilar tomonidan katta bosimga duch keldi, natijada bank 2023-yilning may oyi boshida JP Morgan'ga sotildi. First Republic bankini tark etgach, Erkan bir yil o'tib, Nyu-Yorkdagi Greystone tijoriy ko'chmas mulk firmasining hamraisi sifatida qisqa muddat faoliyat olib bordi — 2022-yil iyun oyida lavozimga tayinlandi va o'sha yilning dekabrida ishdan ketdi . Foto: AA Photo 2018-yilda Hafize Erkan Crain New York Business hamda San Francisco Business Times tomonidan 40 yoshgacha bo'lgan eng samarali 40 shaxs ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, u AQShning 100 ta eng yirik banklaridan birida prezident yoki bosh direktor unvoniga sazovor bo'lgan 40 yoshgacha bo'lgan yagona ayol sifatida e'tirof etilgan edi. 2019-yilda esa American Banker tomonidan bank sohasidagi "eng kuchli ayollardan biri" deb topilgan . Reuters nashriga ko'ra , moliyaviy sohada nufuzli shaxs sifatida ko'riluvchi Erkan, shuningdek, Marsh MacLennan boshqaruv kengashidan joy olgan. Erkan Qizlar maktablari milliy koalitsiyasining qo'llab-quvvatlaydi. Yaqinda u koalitsiya bilan hamkorlikda yosh ayollar va qizlar uchun First Repblic bankining Hafize Gaye Erkan nomidagi stipendiya dasturiga asos solgandi . Foto: LinkedIn Davlat xizmatiga kirib kelishi Markaziy bank rahbarligi Erkanning davlat sektoridagi ilk ishi . Qolaversa, butun professional hayotini Turkiyadan tashqarida o'tkazgan Erkanning markaziy bank ishida rasmiy tajribasi yo'q, shu sababdan uning pul-kredit siyosatiga qay darajada moyilligi hali noaniq , deb yozmoqda Reuters. Shunga qaramay, sobiq hamkasblari uning davlat sektoridagi yangi rolidan ajablanishmadi. Xususan, Erkanning sobiq hamkasbi, Nyu-York Siti uchun hamkorlik tashkiloti prezidenti va bosh direktori Ketrin Uayldning qayd etishicha, Erkan "qat'iyatli, aqlli va samarali" mutaxassis sifatida ko'rilgan. "Erkan, shuningdek, davlat siyosati va jamiyat farovonligiga chuqur qiziqish bildirardi. Shunday ekan, uning davlat xizmatiga kirishishi ajablanarli emas", deydi Uayld. Business Insider nashriga ko'ra , Turkiyaning ko'p yillik davlat rahbari Erdog'an qo'li ostida mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy siyosatini yuritish Erkan uchun eng og'ir vazifa bo'ladi. Rejep Tayyip Erdog'an ko'p yillar davomida noan'anaviy iqtisodiy siyosatni qo'llab-quvvatlab keldi va bu investorlarning Turkiya budjeti ahvoliga doir xavotirlarini kuchaytirdi. Turkiya prezidenti foiz stavkalarini "barcha yovuzliklarning onasi va otasi" deb ataydi va yuqori kredit xarajatlari yuqori inflyatsiyani bartaraf etmasligi, balki unga sabab bo'lishini ta'kidlab keladi . Markaziy bankning avvalgi rahbari Shahap Kavjio'g'li ikki yil ichida stavkalarni 19 foizdan 8,5 foizga tushirdi. Bu, o'z navbatida, chuqur inflyatsiya inqirozini keltirib chiqardi va lirani kuchli bosim ostida qoldirdi. Markaziy bank, shuningdek, bu yil lira kursini barqarorlashtirishga urinishlari ortidan 25 mlrd dollarga yaqin xorijiy valyuta zaxiralarini sarflab yubordi . Turkiyada chuqur inflyatsiya inqirozi. Foto: Tradingeconomics Turk lirasi Erdo'g'on qayta saylanganidan beri pasayishda davom etmoqda. May oyida mamlakatda yillik inflyatsiya darajasi 39,59 foizni tashkil etdi. O'tgan yilning oktabr oyida mazkur ko'rsatkich 85,51 foizga ko'tarilgan edi . Shunday qilib, Turkiya markaziy banki Erdog'anning bank rahbarlarini ketma-ket lavozimidan ozod qilishi va inflyatsiya o'sib borayotgan sharoitda ham regulyatorni foiz stavkalarini pasaytirishga majbur qilishidan ko'p zarar ko'rdi. Shunga qaramay, prezidentlikka qayta saylanganidan so'ng Mehmet Shimshekni moliya vaziri etib tayinlagani iqtisodiy siyosatning barqarorlashuviga, xususan, Markaziy bank mustaqilligi qayta tiklanishiga umid uyg'otmoqda. Mehmet Shimshek. Foto: DHA Financial Times'ning yozishicha , Goldman Sachs Shimshekning tayinlanishi "pul-kredit siyosatining an'anaviyroq yo'nalishga o'tish ehtimolini oshiradi", deya taxmin qilgan. Darhaqiqat, Mehmet Shimshek mamlakatda "oqilona" siyosatni tiklashga va'da berdi. Iqtisodchilar va investorlarning fikricha, buning uchun 22-iyunda, ehtimol undan avvalroq, bo'lib o'tishi kutilayotgan markaziy bank yig'ilishida foiz stavkalarining keskin oshirilishi talab qilinadi. Markaziy bank boshqaruvchisi lavozimi, shubhasiz, Erkanning diplomatik mahoratini ham sinovdan o'tkazadi. Turk, ingliz va nemis tilida so'zlashuvchi Erkanning zimmasida Turkiya siyosatini nisbatan barqaror yo'nalishga solish, xorijiy investorlar ishonchini qayta qozonish, shu bilan bir paytda, an'anaviy iqtisodiy siyosatga nisbatan toqatsiz bo'lgan amaldagi davlat rahbarini rozi qilish vazifasi turibdi. "Mening nazarimda, Erkanning vazifasi ham qiyin, ham oson", deydi Markaziy bankning sobiq bosh iqtisodchisi Hakan Kara. "Qiyinligi shundaki, u yuqori inflyatsiyani meros qilib oldi va vaziyatni yumshatish uchun samarasiz qoidalar to'plamiga ega. Osonligi shundaki, o'zidan oldingi rahbarga nisbatan ishonch noodatiy darajada past bo'lganligi hisobga olinsa, u hatto Markaziy bank boshqaruvining eng elementar tamoyillariga asoslangan holda ham bozor kayfiyatini juda tez yaxshilashga erishishi mumkin". Teneo konsalting kompaniyasi vakili Volfango Pikkolining so'zlariga ko'ra, Erkan "ko'p yillik noto'g'ri boshqaruv, tozalashlar va ishdan olishlardan keyin [Markaziy bankni] qayta qurishiga to'g'ri keladi ". "Boshqa asosiy institutlar singari, [bank] o'z mustaqilligini yo'qotdi va Erdog'anning hokimiyatni markazlashtirishga bo'lgan intilishi ortidan tanazzulga yuz tutdi". Istanbuldagi Koch universitetining iqtisod professori Selva Demiralp CNBC'ga bergan intervyusida Erkanning Prinstonda tahsil olganligi va " AQSh bank sektorida orttirgan yuqori darajadagi tajribasini " hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvida an'anaviy siyosatga qaytilishiga ishonch bildirgan . Demiralpning qayd etishicha, bu Markaziy bankning qay darajada mustaqil bo'la olishiga bog'liq bo'lib, yaqin ikki kunlarda kutilayotgan foiz stavkasi bo'yicha bank qarori barchasiga oydinlik kiritishi mumkin. Demiralp Markaziy bankning mazkur yig'ilishida foiz stavkasining oshirilishini kutmoqda: "Stavkaning taxminan 25 foiz yoki undan yuqori darajada oshirish — boshlanishiga yaxshi qadam bo'lishi mumkin", deydi u. BlueBay Asset Management kompaniyasining rivojlanayotgan bozorlar bo'yicha yuqori darajali suveren strategi Timoti Eshning ta'kidlashicha , Erkanning markaziy bank rahbari etib tayinlanishidan "bozorlar ikki karra mamnun bo'ladi". Uning so'zlariga ko'ra, Erkan va Shimshek "birinchi raqamli jamoa" bo'ladi.
|
world
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.