cleaned_text
stringlengths 1
200k
⌀ | category
stringclasses 7
values |
---|---|
Amerika Qo'shma Shtatlarining Afg'onistondagi harbiy missiyasi 31 avgust kuni yakunlanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden 8 iyul kuni Oq uydagi chiqishida ma'lum qildi . U Amerika harbiylarini Afg'onistondan olib chiqish bo'yicha o'z qarorini himoya qilib , AQSh mamlakatga harbiy kontingent kiritishdan ko'zlangan maqsadga erishganligini ta'kidladi: 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkka hujum uyushtirgan «Al-Qoida» terroristik tashkilotining rahnamosini yo'q qilish va kelajakda bunday hujumlarning oldini olish. «Biz ushbu maqsladlarga erishdik, shuning uchun ham ketdik. Biz Afg'onistonga millat qurish uchun kelmadik, o'z kelajagini aniqlash va o'z mamlakatini qanday boshqarish bo'yicha qaror chiqarish faqat afg'on xalqining huquqi va mas'uliyatidir», — dedi Jo Bayden. Oq uy rahbari AQSh NATOdagi hamkorlari bilan birgalikda Afg'onistonning mudofaa va xavfsizlik bo'yicha milliy kuchlarining deyarli 300 ming nafar harbiy xizmatchilarini o'qitib, qurol-aslaha bilan ta'minlaganligini ta'kidladi. Shuningdek, g'arb harbiy kontingenti so'nggi 20 yilda yana 100 ming nafar harbiylarni tayyorlagan. «Biz afg'on hamkorlarimizni mashg'ulot va qurollanish uchun barcha vositalar bilan ta'minladik. Ularga ilg'or qurollarni taqdim etdik. Va ularni moliyalashtirishda va texnika yetkazishda davom etamiz. Ular o'zining harbiy havo kuchlarini qo'llab-quvvatlay olishlari uchun imkoniyat yaratamiz», — deya ta'kidladi AQSh prezidenti. U AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va AQShning Afg'onistonda tinchlikka erishish bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzoddan mojaroni muzokaralar yo'li bilan hal qilishni qo'llab-quvvatlash uchun Afg'onistondagi tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro manfaatdor tomonlar bilan «faol ishlashni» so'raganligi haqida aytib berdi. «Mintaqadagi mamlakatlar mojaroning tinch yo'l bilan hal qilinishida muhim rol o'ynashlari kerak. Biz ular bilan ishlaymiz va ular ham o'z harakatlarini faollashtirishlari kerak», — deya qayd etdi Jo Bayden. Amerika rahbari AQSh o'z harbiylari bilan ishlagan afg'on fuqarolari bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini ta'kidladi. U ushbu afg'on fuqarolarining AQShga kirishi uchun maxsus immigratsion vizalarni (SIV) rasmiylashtirish muddati qisqartirilganligini qo'shimcha qildi. Bundan tashqari, iyul oyidan boshlab AQSh SIV vizasiga ariza topshirgan afg'onistonliklar va ularning oilalarini xavfsizroq joyga ko'chirish bo'yicha reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bayden ushbu afg'onistonliklar aynan qaysi mamlakatlarga ko'chirilishi haqida ma'lumot bermadi. Oldinroq Bloomberg AQSh O'zbekiston, Qozog'iston va Tojikiston mamlakatlaridan Amerika harbiylari bilan ishlagan 9000 nafar afg'onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni so'raganligi haqida xabar bergan edi . Oq uy rahbari Afg'oniston hududida AQSh qo'shinlarining joylashuvini nima uchun cho'zdirmaganligiga izoh berib, «yana bir yillik harbiy harakatlar — yechim emas, balki u yerda noma'lum muddatga qolish uchun vosita» deya ta'kidladi. U 2020 yil Doxada tinchlik shartnomasi imzolangandan keyin toliblar Amerika qo'shinlariga yirik hujumlar uyushtirishni to'xtatganligini, uning buzilishi hujumlar yana takrorlanishiga olib kelishini qo'shimcha qildi. «Men boshqacha natija bo'lishini bilmasdan turib Afg'onistonga amerikaliklarning yana bir avlodini urush uchun yubormayman. Amerika Qo'shma Shtatlari 20 yil oldingi dunyoda tuzilgan siyosatga bog'liq bo'lib qola olmaydi», — dedi Jo Bayden. O'z navbatida, u AQShning mamlakatni va uning manfaatlarini «Afg'onistondan chiqayotgan yoki kelayotgan har qanday yangi terroristik xavfdan» himoya qilish imkoniyatlari borligini ta'kidladi. AQSh rahbari o'z chiqishidan so'ng jurnalistlarning Afg'onistondagi vaziyatga oid savollariga javob berdi. «"Tolibonga" ishonasizmi?» degan savolga Jo Bayden: «Yo'q» deb javob berdi. Shuningdek, u «Tolibon» Afg'onistonni bosib olishiga ishonmasligini, chunki 75 ming toliblarga qarshi afg'on armiyasida 300 ming yaxshi ta'minlangan harbiylar borligini ta'kidladi. «"Tolibonga" ishonamanmi? Yo'q. Lekin men yaxshiroq o'rgatilgan, yaxshiroq qurollangan va urush olib borish nuqtayi nazaridan malakaliroq bo'lgan afg'on harbiy kuchlariga ishonaman», — deya javob berdi Oq uy rahbari. Shuningdek, AQSh prezidenti afg'on hukumati va rahbariyati o'zini qulashining oldini olish uchun birlashishi kerakligini ta'kidladi. «Gap ularning birdamlikka kela olishida. Gap ularning imkoniyatida emas. Ularning imkoniyatlari bor. Kuchlari bor. Texnikasi bor», — dedi Jo Bayden. «Afg'onistonda tinchlik va xavfsizlikka erishishning yagona yo'li — bu "Tolibon" bilan modus vivendi`ni (hayot tarzi — tahr. ) aniqlash va qanday qilib tinchlik o'rnatish bo'yicha xulosaga kelish», — dedi Bayden. U Afg'onistonda butun mamlakatni boshqaradigan yagon hukumat bo'lishining imkoniyati juda kichkina ekanligini qo'shimcha qildi. Oq uy rahbari «Afg'oniston xalqi qanday hukumatni xohlashini o'zi hal qilishi kerak, biz ularga qaysi hukumatni tanlashni ko'rsatmasligimiz kerak», deb qaytardi. «Hech qaysi davlat Afg'onistonni birlashtira olmagan, hech qaysi davlat. Imperiyalar u yerga kelib bu ishni uddalamagan», — dedi Jo Bayden, mamlakatning 19-asrda Britaniya imperiyasi tomonidan okkupatsiya qilingani va 1979−1989 yillarda Sovet ittifoqining harakatlarini nazarda tutib.
|
world
|
9 iyul kuni «Tolibon» harakati vakillari Afg'onistonning Qandahor shahriga kirib kelishdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti manbasi. Ma'lumotga ko'ra, janglar markaziy qamoqxona hududida bo'lib o'tgan va hozirda bozor hududida davom etmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo'lgan va yaralangan, ammo ularning aniq soni hozircha ma'lum emas. Milliy xavfsizlik boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, hukumat armiyasining maxsus bo'linmasi tunda shaharning bir necha qismida «Tolibon»ga qarshi operatsiya o'tkazgan, natijada to'qqiz jangari yo'q qilingan va yana ikkitasi yaralangan. Shuningdek, Qandahor gubernatori shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanligini, jangarilar orqaga chekinayotganini ma'lum qilgan. Avvalroq, harakat vakillari Afg'onistonning 400 ta uyezdidan 174 tasini o'z nazoratiga olganini ma'lum qilgan. Eslatib o'tamiz, 1 may kuni AQSh Afg'onistondan qo'shinlarni chiqarishni boshladi, iyun oyi boshida mamlakatdan g'arb harbiy kontingentining uchdan bir qismi chiqib ketdi . RIA Novostining yozishicha , shundan so'ng «Tolibon» Afg'oniston hukumati pozitsiyalariga hujum qilishni boshladi. 8 iyul kuni Moskvada Rossiya prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili va «Tolibon» harakati delegatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazgani haqida xabar bergan edik. Unda «Tolibon» Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi buzilmasligiga, Afg'oniston hududida xorij davlatlarining diplomatik va konsullik vakolatxonalari xavfsizligi bo'yicha kafolat bergan. Bundan tashqari, harakat vakillari mamlakatdagi barcha etnik guruhlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, muzokaralar orqali mamlakatda barqaror tinchlikka erishishdan, shuningdek, inson huquqlarini, shu jumladan ayollarni Islom me'yorlari va afg'on urf-odatlari doirasida hurmat qilishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh «Al-Qoida» rahbarini yo'qotib, mamlakatdagi o'z maqsadlariga erishganligini ta'kidladi. «Afg'onistonning keyingi taqdirini hal qilish — faqat afg'on xalqining huquqi va mas'uliyati», — dedi u.
|
world
|
Isroilning NSO Group kompaniyasiga tegishli dasturiy ta'minotdan dunyoning turli burchaklaridagi huquq himoyachilari va jurnalistlarni kuzatish uchun bir nechta davlat hukumatlari hamda maxsus xizmatlari foydalanishgan. Bu haqda The Guardian tomonidan 16 ta media-tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv, « Pegasus loyihasi «da aytilgan. The Guardian xabariga ko'ra, NSO Pegasus josuslik dasturi iOS va Android uyali telefonlariga yashirin joylashib olib, ulardan xabar, fotosurat va elektron pochta xabarlarini olishga, qo'ng'iroqlarni yozib olishga va mikrofonlarni yashirincha faollashtirishga imkon bergan. Jurnalistlar o'z fuqarolarini kuzatadigan va NSO Group mijozlari bo'lgan mamlakatlardan 50 ming telefon raqamlari ro'yxatini olishgan. Ushbu ro'yxatni Parijda joylashgan Forbidden Stories jurnalistik notijorat tashkiloti va Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti «Pegasus loyihasi» doirasida nashrlarga taqdim etgan. «Ro'yxatda telefon raqamining bo'lishi, qurilmada Pegasus o'rnatilganligi yoki uni buzishga urinilganligini isbotlamaydi. Biroq OAVlar konsorsiumi ushbu ma'lumotlar NSO mijoz-davlatlari tomonidan kuzatish mo'ljallangan shaxslarga ishora qiladi, deb hisoblaydi», — deyiladi surishtiruvda. Jurnalistlardagi ma'lumotlarga ko'ra, ro'yxatda yuzlab kompaniyalar rahbarlari, diniy arboblar, olimlar, nodavlat tashkilotlar va kasaba uyushma xodimlari hamda rasmiylar, jumladan vazirlar, prezidentlar va bosh vazirlarning mobil raqamlari mavjud. Nashrlar yaqin kunlarda raqamlari ro'yxatga kiritilgan odamlarning kimligini oshkor qilishni rejalashtirmoqda. Nashrlar ro'yxatda dunyoning turli mamlakatlaridan bo'lgan 180 nafar jurnalistni, shu jumladan Financial Times, CNN, New York Times, France 24, Economist, Associated Press va Reuters kabi yetakchi ommaviy axborot vositalarining muxbirlari, muharrirlari va rahbarlarini aniqlashga muvaffaq bo'ldilar. Forbidden Stories infografikasi. Tarqalgan ma'lumotlarni tahlil qilib, jurnalistlar NSO mijozlari deb tahmin qilingan va tizimga raqamlarni kiritgan kamida 10 ta davlatni aniqladilar: Ozarbayjon, Bahrayn, Qozog'iston, Marokash, Ruanda, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari. Umuman olganda, raqamlar to'rt qit'adagi 45 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan. Ruanda, Marokash, Hindiston va Vengriya ro'yxatdagi shaxslarning telefonlarini buzish uchun Pegasus`dan foydalanilganini rad etishdi. Ozarbayjon, Bahrayn, Qozog'iston, Saudiya Arabistoni, Meksika va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari jurnalistlarning so'rovlariga javob bermadilar. NSO`ning o'zi bir nechta bayonotlarida mijozlarining faoliyati to'g'risida «tasdiqlanmagan ayblovlarni» rad etdi , ammo «[dasturiy ta'minotni] suiiste'mol qilish bo'yicha barcha ishonchli da'volarni tekshirishda davom etishiga» va'da berdi. Kompaniya oshkor qilinmagan 40 mamlakatda harbiy, huquqni muhofaza qilish va razvedka idoralariga dasturiy ta'minotni sotadi va josuslik dasturlarini sotishdan oldin mijozlarning inson huquqlari bo'yicha reputatsiyasini yaxshilab tekshirishini ma'lum qildi. The Guardian nashrining ta'kidlashicha, Isroil Mudofaa vazirligi NSO ishini qat'iy tartibga soladi va boshqa mamlakatlar tomonidan uning dasturiy ta'minotini sotib olish uchun individual eksport litsenziyalarini taqdim etadi. Avvalroq, NSO mijozlar bilan tuzilgan shartnomalardan ko'chirmalarni e'lon qilgan. Ularda kompaniyaning texnologiyasidan faqat jinoiy va milliy xavfsizlik bo'yicha tergov uchun foydalanishi kerakligi aytilgan. «NSO mijozlari Pegasus`dan terrorizm yoki jinoyatchilik harakatlarini tekshirishda foydalanmagan deb taxmin qilish uchun hech qanday asos yo'q. OAVlar konsorsiumi ro'yxatda gumon ostidagi jinoyatchilarning raqamlarini ham topdi. Biroq jinoyatchilikka aloqasi bo'lmagan odamlarga tegishli ko'plab raqamlarning borligi, ba'zi NSO mijozlari demokratiya tarafdorlari va korrupsiya bo'yicha surishtiruv o'tkazayotgan jurnalistlar, shuningdek siyosiy muxoliflar va hukumat tanqidchilari ortidan josuslik qilib, kompaniya bilan tuzilgan shartnomalarni buzayotganiligini ko'rsatmoqda », — deb yozadi The Guardian. Hujum usullari: Pegasus telefonga WhatsApp yoki iMessage kabi ommabop ilovlarning zaifliklaridan foydalangan holda yoki qurilma egasi o'tishi mumkin bo'lgan virusli havola orqali o'rnatilishi mumkin. Dastur imkoniyatlari: SMS, elektron pochta xabarlarini chiqarish, WhatsApp chatlariga kira olish imkoniyati, fotosuratlar va video, kontaktlar ro'yxati, mikrofon va kamerani faollashtirish, qo'ng'iroqlarni yozib olish, GPS ma'lumotlari va taqvim. «Pegasus loyihasi» — NSO Group va uning mijozlari faoliyatini o'rganuvchi jurnalistik surishtiruv. Kompaniya kuzatuv texnologiyasini butun dunyo hukumatlariga sotadi. Uning asosiy mahsuloti iOS va Android qurilmalari uchun mo'ljallangan josuslik Pegasus dasturiy ta'minoti hisoblanadi. Parijda joylashgan Forbidden Stories jurnalistik notijorat tashkiloti va Amnesty International tashkiloti NSO mijozlari tomonidan kuzatilish ehtimoli bo'lgan 50 mingdan ortiq telefon raqamlari ro'yxatini qo'lga kiritishdi. Ro'yxat 2016 yilga to'g'ri keladi. Ro'yxat The Guardian va boshqa 16 nashr, shu jumladan The Washington Post, Le Monde, Die Zeit va Süddeutsche Zeitung`ga taqdim etilgan. Bir necha oy davomida 80 dan ortiq jurnalistlar birgalikda Amnesty International xavfsizlik laboratoriyasining texnik ko'magi bilan Forbidden Stories tomonidan muvofiqlashtirilgan surishtiruv ustida ish olib borishdi.
|
world
|
Ta'kidlanishicha, gap Darai-Suf Bala (Samangan provinsiyasi), Surxi Parsa va Shayx Ali (Parvon provinsiyasi), shuningdek, Malistan (G'azni provinsiyasi) hududlari haqida ketmoqda. Avvalroq mudofaa vakili general Ajmal Shinvari so'nggi to'rt kun ichida Afg'oniston qurolli kuchlari 967 nafar tolib jangarisini yo'q qilgani va yana 500 ga yaqinini yaralaganini aytgan edi. Mamlakatning 34 viloyatidan 20tasida shiddatli janglar davom etmoqda, deya yozmoqda TASS . Xususan, Taxar provinsiyasidagi Talukan shahri «Tolibon» hujumlaridan himoya qilinmoqda. — Afg'oniston mudofaa vazirligi. Avvalroq Afg'oniston hukumati va «Tolibon» Qatardagi muzokaralarda o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erisha olishmagani, lekin iloji boricha tezroq kompromissga erishishga kelishishgani haqida xabar bergan edik. Isroil bosh vaziri Naftali Bennet koronavirusga chalinib, lekin o'zini yakkalash tartibini buzgan va boshqalarning sog'lig'iga xavf tug'dirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va sudga jalb qilishni buyurdi . Bennett, shuningdek, «tantanalar, ommaviy tadbirlar va ayniqsa to'y marosimlarida qoidalarga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha nazorat qiluvchi organlarning asosiy vazifasini ko'rib chiqishni» hamda «jarima solish va uni jinoyatchidan undirish o'rtasidagi vaqt oralig'ini kamaytirish bilan birga nazorat jarayonini optimallashtirish» bo'yicha topshiriq berdi, deyiladi bayonotda. 25 iyundan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar sonining o'sishi munosabati bilan Isroil yopiq joylarda niqob taqish rejimiga qaytdi . «Emlanishni istamaydigan odamlar bilan ishlashda tabaqalashtirilgan yondashuvni qo'llash kerak. Ushbu guruh (emlanishni istamaydiganlar — tahr.) bir xilda emas. Emlashdan bosh tortish sabablari ko'p. Bunday odamlar orasida ikkilanadiganlar ham ko'p», — dedi Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev. Prezidentning so'zlariga ko'ra, ularni har qanday usul bilan, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ishontirish kerak. «Ba'zi rivojlangan G'arb mamlakatlarida ishontirish usullaridan majburlash choralariga o'tmoqdalar. Biz bunga rozi bo'lmaymiz, faqat yirik mehnat jamoalari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan alohida holatlar bundan mustasno», — dedi Tokayev. Shuningdek, prezident ushbu sohadagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan vaksinalar turini kengaytirish muhimligini ta'kidladi. — TASS . Foto: Ivan Kargapolsev/TASS Foto: Ivan Kargapolsev/TASS Qurilishi 2016 yil noyabr oyida boshlangan majmua Shanxaydagi Pudun tumanining Lingan erkin savdo zonasida joylashgan. Asosiy binoning maydoni 38 ming kv. m., kompleksning umumiy maydoni esa 58,6 ming kv. m.ni tashkil etadi. Planetariy asosiy bino va bir qator yordamchi inshootlardan, shu jumladan yoshlar ilmiy markazi va ikkita jamoat rasadxonasidan iborat. Ko'rgazma qismida mehmonlar 70 ga yaqin turli xil meteoritlarning parchalarini, shu jumladan Vesta asteroidi, Oy va Marsdan kelgan artefaktlarni ko'rishlari mumkin. Kolleksiyaga, shuningdek, Isaak Nyuton, Galileo Galiley, Nikolay Kopernik va boshqa bir qator olimlarning asl asarlari kiritilgan. Planetariyning ta'lim dasturlarida ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, VR, biometriya va sun'iy intellekt kabi texnologiyalar keng qo'llaniladi. — TASS .
|
world
|
Tojikistonning Jayxun tumanida qochqinlarni vaqtinchalik saqlash bazasi qurilishi uchun maxsus joy ajratildi. Bu haqda 19 iyul kuni matbuot anjumanida Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda ma'lum qildi, deya xabar berdi «Aziya-plyus». Buning uchun viloyat byudjetidan zarur mablag' ajratilgan. Qurilish ishlarini Tojikiston IIV xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Hudud rahbari ilk qochqinlarning Quyi Panj ko'prigi orqali Xatlon viloyatiga qurol-yarog' va texnikalari bilan kirib kelgan 113 nafar harbiy bo'lganini ham aytib o'tdi. «Biz ularni qabul qildik, chodirlar va issiq ovqat bilan ta'minladik. 94 kishi Shamsiddin Shoxin tumaniga chegaradan o'tishdi. Ular uchun chegaradosh bozorda chodirli shaharcha qurdik. Mo'minobod tumanidagi Mo'mirakda [qishlog'i] ham markazlashtirilgan chodirli shaharcha tashkil etildi», — deya qo'shimcha qildi u. Qurbon Hakimzoda Xatlon viloyatida bo'lgan va Tog'li Badaxshon avtonom viloyati hududiga davlat chegaralari orqali o'tgan barcha qochqinlar Ko'lob aeroportidan Kobulga qaytganini ma'lum qildi. U Tojikistondagi fuqarolik urushi vaqtida afg'onlar fuqarolarni qabul qilib, oylar davomida turar-joy, oziq-ovqat bilan ta'minlaganini eslatib o'tdi. «Bugun ular boshiga mushkul ish tushdi va biz shunchaki odamgarlik yuzasidan yordam berishga majburmiz. Albatta, xavfsizlik va sanitariya me'yorlarini hisobga olgan holda», — deya ta'kidladi Qurbon Hakimzoda. Eslatib o'tamiz, 7 iyul kuni Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) Afg'oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berishni so'ragan edi . O'shanda Tojikistonning KXSHTdagi doimiy vakili so'nggi ikki hafta ichida Afg'oniston hukumat kuchlarining 1500 ga yaqin harbiy xizmatchilari Tojikiston hududiga o'tganini ma'lum qildi. Iyul boshida Eurasianet hukumat kuchlari va «Tolibon» o'rtasidagi janglar bo'lib o'tayotgan Afg'onistonning chegaradosh hududlaridan qochqinlar oqimi kirib kelishi kutilayotgani munosabati bilan O'zbekistonning Surxondaryo viloyatida Termiz yaqinida chodirli shaharcha qurilgani haqida xabar bergan edi. «Gazeta.uz» mazkur xabarni tekshirish uchun 8 iyul kuni DXX Chegara qo'shinlari rahbariyati nomiga yozma so'rov jo'natgan edi, biroq hozircha javob olgani yo'q.
|
world
|
Shuningdek, Afg'onistondan AQShga immigratsiya dasturi bo'yicha 20 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat departamentining yuqori martabali vakili Brayan Makkeon ma'lum qildi . Evakuatsiya qilinganlar vaqtincha Virjiniya shtatidagi Fort-Li shahriga joylashtiriladi. G'arb OAV хабарлари га ko'ra, Amerika harbiylariga, shu jumladan tarjimon sifatida yordam bergan 18 mingga yaqin afg'onistonlik va yana 53 ming oila a'zolari AQSh immigratsion vizalarini olishga umid qilmoqda. Biroq bu juda uzoq jarayon bo'lgani sababli, ularni evakuatsiya qilishga qaror qilindi. Amerikalik inson huquqlari faollari va qonunchilar Vashington ma'muriyatini ushbu afg'onlarni AQShga qarashli Tinch okeanidagi Guam oroliga jo'natishga chaqirmoqdalar. Avvalroq Tojikistonning Xatlon viloyatida afg'on qochqinlari uchun vaqtinchalik saqlash bazasi qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgan edik . Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakat qo'shinlarining Afg'onistondan olib chiqilishi 95 foizga bajarilgan . Maldiv hukumati iyul oyi boshida soliq kodeksiga o'zgartirish kiritdi, unga ko'ra respublikadan chiqib ketayotgan barcha fuqarolardan, shu qatorda sayyohlardan soliq undiriladi va u aviachiptalar narxiga kiritiladi (ikki yoshga to'lmagan bolalar va diplomatik immunitetga ega bo'lgan shaxslar bundan mustasno). Yangi soliq aeroport yig'imi o'rniga 2022 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi. Yangi tartibga ko'ra, ekonom-klass yo'lovchilari oroldan uchib ketayotgan paytda 30 dollar, mamlakat fuqarolari esa 12 dollar to'laydi. Fuqaroligidan qat'i nazar, barcha biznes-klass yo'lovchilari 60 dollar, birinchi klass yo'lovchilari esa 90 dollar to'laydi. Xususiy samolyot yo'lovchilaridan 120 dollar olinadi. Bundan tashqari, Velana xalqaro aeroportidan jo'nab ketayotgan barcha yo'lovchilarga aeroportni rivojlantirish uchun 25 dollar miqdorida soliq solinadi. Soliq faqat dollarda to'lanadi. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, ushbu to'lovni aviakompaniya orqali to'lash mumkin bo'ladi, deya yozmoqda nashr. Hozirda sayyohlar 15 dollarlik aeroport yig'imini to'laydilar. — Interfaks . Mamlakat dunyoda birinchi bo'lib koronavirusga qarshi bunday turdagi vaksinani sinovdan o'tkazadi. Vaksina Oramed Pharmaceuticals — Oravax Medical ko'shma kompaniyasi, shuningdek Hindiston Premas Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. The Jerusalem Post'ning yozishicha Sog'liqni saqlash vazirligi yaqin bir necha hafta ichida sinovlarni boshlashga ruxsat berishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, bir necha ming vaksina kapsulalari allaqachon ishlab chiqarilgan. Oramed Pharmaceuticals bosh direktori Nadav Kidronning tushuntirishicha, yangi preparat koronavirus tarkibidagi uchta oqsilga hujum qiladi, aksincha, vaksinalar esa faqat boshoqli S-oqsilga hujum qila oladi. «Virus bir himoya chizig'ini yorib o'tgan taqdirda ham, ikkinchi chiziq paydo bo'ladi, ikkinchisini buzsa, uchinchisi paydo bo'ladi», — deydi Kidron. — The Jerusalem Post . Foto: Feature China/Getty Images Provinsiyada xavfli hududlardan 376 ming kishi evakuatsiya qilingan. Tabiiy ofatlar maydoni 215 ming gektardan oshgani aytilmoqda. To'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy zarar 1,22 mlrd yuan (143,5 mln dollar) miqdorida baholanmoqda. Meteorologlarning ma'lumotlariga ko'ra, yog'ingarchilikning umumiy miqdori 500 mm dan, ba'zi hududlarda esa 900 mm dan oshgan. Kuchli yomg'irlar natijasida provinsiyada temir yo'l, havo va avtomobil qatnovi to'xtatildi, Chjenchjou metrosi suv ostida qoldi, yo'llar va uylarni suv bosgan, shahar ko'chalarining bir qismi harakat uchun xavfli deb e'lon qilindi. — Interfaks . Tojikistondan Rossiyaga kelgan mehnat muhojirlarini pensiya bilan ta'minlashni tartibga solish to'g'risidagi bitim loyihasining barcha jihatlari kelishib olindi, deya ta'kidladi Tojikiston ijtimoiy sug'urta va pensiya agentligi direktori Dilmurod Davlatzoda. Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi vaqtda agentlik pensiya va ijtimoiy sug'urta sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qirg'iziston va O'zbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda. Dushanbe bilan tegishli kelishuvga ega bo'lmagan mamlakatlarda ishlayotgan Tojikiston fuqarolari pensiya yoshiga yetganda ijtimoiy nafaqa oladilar, dedi Davlatzoda. — Interfaks . Saudiya Arabistoni hukumati kelasi oydan boshlab faqat COVID-19 koronavirusiga qarshi to'liq emlangan fuqarolar chet elga sayohat qilishlari mumkinligini e'lon qildi. «Vaksinaning ikkinchi dozasi 2021 yil 9 avgustdan boshlab barcha xorijiy sayohatlar uchun zaruriy shartga aylanadi», deyiladi mamlakat IIV bayonotida. Istisno holatlar: 12 yoshgacha bo'lgan bolalar; so'nggi olti oy ichida koronavirusga chalinib undan tuzalganlar; vaksinaning bir dozasi bilan emlangan, kasallikdan tiklanganlar. Bundan tashqari, faqat emlangan Saudiya fuqarolari masofadan turib ishlamasdan o'z ishlariga qaytishlari mumkin. — Interfaks .
|
world
|
Turkiyada terrorchi deb topilgan va taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqador «Olov bolalari» guruhi mamlakatdagi yong'inlar munosabati bilan bayonot berdi. Mamlakat OAVning xabariga ko'ra, tashkilot o'z bayonotida « turk rejimi boshqa tilni tushunmaydi », deb aytgan, shuning uchun ular « olov bilan tiz cho'ktirishga » qaror qilishgan. Shu bilan birga, «Yeni Safak» nashri «Olov bolalari» o't qo'yish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi, deb da'vo qilmoqda . «Daily Sabah» esa tashkilotning yong'inlarga aloqasi borligini aniq ko'rsatmasdan, «balki tarafdorlarini chora ko'rishga chaqirmoqda», deya ta'kidlagan . Ta'kidlanishicha, «Olov bolalari»ning Turkiyadagi o'rmon yong'inlari bilan bog'liq gumon markaziga tushib qolgan birinchi holat emas. Daily Sabah'ning yozishicha, 2020 yil oktyabr oyida sodir bo'lgan yong'inlarda, o't qo'yish hujumlarini qo'llab-quvvatlagan tashkilot a'zolarining hibsga olinishi kuzatilgan. Turkiya prezidenti Toyyip Erdog'an 31 iyul kuni mamlakatdagi o'rmonlarni yoqishda ishtirok etishi mumkin bo'lgan gumonlanuvchi shaxs hibsga olingani haqida e'lon qilgan edi . Bundan avval, mamlakat rasmiylari respublikada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan o't qo'yish va sabotaj qilish ehtimoli istisno qilinmayotgani haqida ta'kidlagan edilar. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya favqulodda xizmatlari 107 ta o'rmon yong'inlari bilan bog'liq vaziyatni nazoratga olishga muvaffaq bo'lgan . Hammasi bo'lib, 28 iyuldan buyon Turkiyaning 32 viloyatida olov o'choqlari qayd etilgan. Yong'inlar natijasida 6 kishi halok bo'ldi, 400 dan ortiq kishi jarohatlandi. Litvaning Belarus bilan chegara hududlarida joylashgan chegara postlari, qo'shni Belursdan mamlakatga Osiyo va Afrikadan kirib kelgan noqonuniy muhojirlar bilan to'lib ketgan . Bu haqda Litva IIV huzuridagi Davlat chegara xizmati boshlig'i general Rustamas Lyubayevas ma'lum qildi. «Chegara postlarida muhojirlarni joylashtirish uchun boshqa joy qolmagan» — dedi u. Yil boshidan beri Litva-Belarus chegarasida 3832 nafar noqonuniy muhojir ushlangan. Bu butun 2020 yilga nisbatan deyarli 50 barobar ko'pdir. Ta'kidlanishicha, muhojirlar uchun 200 dona konteyner ijaraga olinishi rejalashtirilgan . «Uch yilga tuzilgan shartnomada 900 kishiga mo'ljallangan 200 ta konteynerni ijaraga olish ko'zda tutilgan», — dedi chegara xizmati vakili Gedryus Mishutis. Ijara agentlikka 5,4 mln yevroga tushadi. May oyi oxirida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «mamlakat noqonuniy muhojirlarni qo'shni davlatga o'tkazishda to'siq bo'lib xizmat qilgan, biroq G'arbning siyosiy bosimini hisobga olgan holda, Minskda buni davom ettirishga arziydimi, degan savol tug'ilishi mumkin», deya aytgan edi. Eron prezidenti lavozimini tark etayotgan Hasan Ruhoniy rahbarlik qilgan yillardagi hukumatning xato harakatlari uchun mamlakat xalqidan kechirim so'radi. Bu haqda TASS 1 avgust kuni bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasining yig'ilishiga tayanib xabar bermoqda . «Biz [siyosatimizda] xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka harakat qildik. Ammo, agar ular bo'lgan bo'lsa, men buning uchun xalqdan kechirim so'ramoqchiman», — dedi u. Ruhoniyning so'zlariga ko'ra, «aholi turmush darajasidagi vaziyatdan norozi va bu o'z haqiqatiga ega». «Ammo biz iqtisodiy urush holatida bo'lganimizni tushunishimiz kerak (AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp davrida joriy etilgan sanksiyalar haqida) va shu nuqtai nazardan, nima qilishimiz mumkinligiga qarash kerak», deya qo'shimcha qildi u. Eronning yangi prezidenti Ibrohim Raisining inauguratsiyasi 5 avgustda bo'lib o'tadi.
|
world
|
Oradan 16 yil o'tib mamlakatga qaytgan Qirg'izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev Davlat milliy xavfsizlik qo'mitasidagi so'roqdan keyin brifingda so'zga chiqdi, deya xabar qildi «AKIpress» AA. «Vatanga qaytish imkoniyatini berganlari uchun mamlakat rahbariyati, prezident Sadir Nurgojoyevichdan juda ham minnatdorman. Men hamkorlik qilish, yordamlashish uchun keldim», — dedi u. Askar Akayev «Kumtor» oltin koni loyihasini amalga oshirish to'g'risidagi ish bo'yicha tergovga yordam bermoqchi ekanligini ma'lum qildi. «Men Kumtorni qanday qurganimiz, Kumtorni nima uchun qurganimiz, qanday ehtimoliy xatolarga yo'l qo'yilganini chin yurakdan, samimiy aytish uchun keldim», — deya tushuntirish berdi mamlakatning birinchi prezidenti. Eslatib o'tamiz, Askar Akayev 2005 yilda mamlakatdan qochib ketganidan buyon Qirg'izistonda bo'lmagan. 2021 yilning iyulida DMXQ raisi Kamchibek Tashiyev Askar Akayev «Kumtor» to'g'risidagi ish bo'yicha qidiruvga berilganini e'lon qildi. Sobiq siyosatchi Rossiyada emigratsiyada yashadi va ilmiy faoliyat bilan shug'ullandi, 2006 yildan buyon Rossiya Fanlar Akademiyasining chet ellik a'zosi hisoblanadi.
|
world
|
Afg'oniston rasmiylari «Tolibon» bilan tinchlik o'rnatishga va hokimiyatni taqsimlashga tayyor, lekin «Tolibon» ma'lum shartlarga rioya qilsa. Bu haqda Afg'oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida aytib o'tdi . «Afg'oniston hukumati «Tolibon»ni hokimiyatni taqsimlash to'g'risidagi bitimga qo'shishga va birgalikda ishlashga tayyormi?! Javob: ha. Biz «Tolibon» bilan ishlashga tayyormiz, ularni hukumatga qabul qilishga tayyormiz, ular bilan sulh tuzishga va ular bilan hokimiyatni taqsimlashga tayyormiz. Va buning uchun bizda ko'p shartlar yo'q, aslida bitta — mamlakat ichida Afg'oniston kelajagi afg'on xalqining irodasi bilan hal qilinishi kerak, tashqi chegaralarda esa Afg'oniston xavf tug'dirmasligi kerak. Boshqa hech bir mamlakatga va bizda bitta ham xorijiy terrorchi kuch bo'lmasligi kerak», — dedi Atmar. Bizning hukumatimiz «Tolibon»ni terrorizmni qo'llab-quvvatlashni bas qilish sharti bilan o'zining bir qismi sifatida qabul qilishga tayyor», deya qo'shimcha qildi u. Afg'oniston barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor va respublika raqobat emas, balki hamkorlik maydonchasiga aylanishini istaydi, dedi Afg'oniston tashqi ishlar vaziri. Shuningdek : Afg'oniston armiyasi Hilmand viloyati ma'muriy markazi bo'lgan Lashkargoh shahri aholisiga murojaat qilib, uni tark etishni so'radi — hududda «Tolibon» harakati tarafdorlariga qarshi keng ko'lamli operatsiya bo'lib o'tadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildi . «AQShga koronavirusga qarshi vaksinalar yetkazib bergani uchun minnatdorchilik bildiraylik, men ularga imtiyoz sifatida nimadir berdim. Men xorijiy kuchlar kelishuvining tiklanishini bunga minnatdorchilik sifatida deb bilaman», — dedi Duterte. Uning so'zlariga ko'ra, u shaxsan aeroportga borib, Moderna kompaniyasining yangi dori partiyasini kutib oladi. 11 fevralda Filippin 1998 yildan buyon amalda bo'lib turgan AQSh bilan ikki tomonlama harbiy bitim bekor qilinganini e'lon qilgan edi. Ushbu hujjat amerikalik harbiylarga Filippinda qolishga ruxsat bergan, shuningdek, qo'shma mashg'ulotlar o'tkazish jarayonini tartibga solgan. Iyul oyi oxirida ikki mamlakat mudofaa vazirlari ushbu shartnoma tiklanayotganini e'lon qilishgan. Iroqdan noqonuniy olib chiqilgan 17 mingdan ziyod artefakt va qadimiy buyumlar respublikaga AQSh va boshqa bir qator mamlakatlardan yetkazib berildi. Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatga AQShdan 17321ta, Yaponiyadan 9ta, Niderlandiyadan 7ta va Italiyadan bitta qadimiy buyum olib kelingan. «Islomiy davlat» terrorchilik guruhining jangchilari 2014 yilning yozida Iroq hududining qariyb uchdan bir qismini bosib olgan edi. Hukumat 2017 yil dekabr oyida esa terrorchilar ustidan g'alaba qozonganini e'lon qildi. Bu davr mobaynida Iroq hududida harakat qilgan terrorchilar minglab qimmatbaho asarlar va qadimiy buyumlarni Iroqdan tashqariga olib chiqib ketishdi, ko'plab muzeylar va tarixiy joylarni vayron qilishdi, muhim arxeologik zonalarni talon-toroj qilib, noqonuniy qazish ishlarini olib borishgan. — TASS . Bu haqda mamlakat IIV huzuridagi Davlat chegara xizmati boshlig'ining o'rinbosari Vidas Machaytis ma'lum qildi . «Chegaraning 508 km qismini to'rt metrli payvandlangan metall simli devor bilan yopish rejalashtirilgan, uning ustiga konsertina o'rnatiladi», — dedi u. Litva-Belarus chegarasining umumiy uzunligi qariyb 680 km. Chegara departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, rejalashtirilgan muhandislik inshooti 152,5 mln yevroga tushadi. «Moliyalashtirishga qarab, qurilish ishlari bir yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin», — deydi Machaytis. Shuningdek : Litva rasmiylari Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlarga uylariga qaytishlari uchun to'lov taklif qilishni rejalashtirmoqda . Mumkin bo'lgan to'lovlarning aniq miqdori hozircha belgilanmagan. Avvalroq Litva-Belarus chegara hududining noqonuniy muhojirlar bilan to'lib ketgani haqida yozgan edik . Konsertina — bu harbiylar tomonidan ishlatiladigan o'tkir tikanli sim. Maxsus asboblarsiz bunday to'siqni yengib o'tish mumkin emas, deb hisoblanadi. Oziq-ovqat yetishmayotgani sababli KXDR harbiylar uchun mo'ljallangan guruch zaxirasidan foydalanishga majbur bo'ldi. Bu haqda Associated Press Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasiga (NIS) tayanib xabar bermoqda . NIS'ning ta'kidlashicha, KXDR hukumati oziq-ovqat yetishmayotgan fuqarolarga, shuningdek, ishchilar va qishloq xo'jaligi bo'limlariga guruch tarqatishni boshlagan. Razvedka ma'lumotlariga ko'ra, issiqlik va qurg'oqchilik sholi va boshqa donli ekinlarning yo'q bo'lishiga, chorva mollarining nobud bo'lishiga olib keldi. Hozirda, Shimoliy Koreya rahbariyati qurg'oqchilikni «milliy omon qolish masalasi» deb belgilagan va jamoatchilikning bu muammo haqdagi xabardorligini oshirishga harakat qilmoqda. Aytilishicha, KXDRdagi 26 mln fuqaro uchun 5,5 mln tonnaga yaqin oziq-ovqat kerak, biroq ayni paytda 1 mnn tonna oziq-ovqat yetishmayapti. Shuningdek, mamlakatda guruch narxi — u yerdagi eng muhim don — bu yil boshidan buyon ikki barobar oshgan, iyulda narx barqarorlashdi, lekin keyin yana ko'tarila boshladi. Foto: EPA-EFE/HOLLIE ADAMS/POOL
|
world
|
Germaniyada sentabr oyida keksa yoshdagi va xavf osti guruhida bo'lgan fuqarolarni COVID-19 ga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni taklif eta boshlaydilar, deb xabar bermoqda The Guardian. 12 yoshdan oshgan bolalar ham emlash dasturiga kiritiladi. The New York Times aniqlik kiritishicha, uchinchi doza uchun Pfizer/BioNTech yoki Moderna vaksinalari qo'llaniladi. Fuqaro bundan oldin qaysi vaksinani olganidan qati nazar mazkur preparatlar bilan emlanadi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda Germaniyada aholining yarmidan ko'pi to'liq emlangan va aholining qariyb 62 foizi vaksinaning kamida bir dozasini olgan. Avvalroq, 60 yoshdan oshgan odamlarni Pfizer/BioNTech vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlash to'g'risidagi qaror Isroilda ham delta shtammining kuchayib borayotgan infeksiyasi fonida qabul qilingan edi. Pfizer iyul oyida Pfizer/BioNTech`ning uchinchi dozasi tananing delta shtammidan himoyasini "sezilarli darajada" kuchaytirishi mumkinligi haqidagi yangi ma'lumotlarni e'lon qilgan edi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, preparatning uchinchi dozasini olgan 18 dan 25 yoshgacha bo'lgan odamlarda delta shtammiga qarshi antitanachalar darajasi besh baravar oshadi. Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari COVID-19 ga qarshi mRNK vaksinalaridir. Mushak ichiga, mos ravishda 21 va 28 kunlik tanaffus bilan, ikki dozada emlanadi.
|
world
|
Isroil va Marokash bir necha oy ichida diplomatik munosabatlar darajasini ko'tarish va o'z elchixonalarini ochishga kelishib olishdi. Bu haqda TASS Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga tayanib xabar bermoqda . 12 avgust kuni Lapid Isroilning Marokashdagi aloqa idorasining (diplomatik vakolatxona) ochilish marosimida qatnashdi. Isroil TIV rahbari Marokashga tashrifini 11 avgust kuni boshlagan. Tashrif doirasida u Marokashdagi hamkasbi Nosir Burita bilan uchrashuv o'tkazdi. Tomonlar uchta hujjatni imzoladilar: siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yaratish to'g'risidagi anglashuv memorandumi; madaniyat, yoshlar va sport sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitim va Marokash Qirolligi hukumati va Isroil davlati hukumati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim. Ta'kidlanishicha, bu Isroil TIV rahbarining 2003 yildan buyun Marokashdagi birinchi tashrifi. Eslatib o'tamiz, 2020 yil 15 sentyabr kuni Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitimlarni imzolagan edi . O'tgan oylarda Litvaga Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlarning birorta ham murojaati qondirilmagan. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi migratsiya departamenti direktori Evelina Gudzinskayte ma'lum qildi . Hammasi bo'lib, uning so'zlariga ko'ra, migratsion inqiroz paytida bo'limga boshpana so'rab 1,5 mingga yaqin ariza kelib tushgan. «Yakuniy qaror 200 ta ariza bo'yicha qabul qilindi. Barcha so'rovlar rad etildi, chunki ijobiy qaror qabul qilish uchun asos topilmadi», — dedi departament direktori. Hozirda Litvada 4 mingdan ortiq shunday odamlar bor . Migratsiya bo'limining qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin, deya ta'kidladi Gudzinskayte, shu bilan birga, «departament noqonuniy muhojirlarga muqobil variantni taklif qilmoqda» — o'z vataniga qaytishga ixtiyoriy rozilik berganlar 300 yevrolik naqd to'lov va samolyot chiptalari bilan rag'batlantiriladi. Ta'kidlanishicha, bunday taklifni shu paytgacha faqat ikki kishi qabul qilgan — biri Kamerundan, ikkinchisi Iroqdan.
|
world
|
«Tolibon» harakati Afg'oniston shimoli-g'arbidagi Balx viloyatining ma'muriy markazi bo'lmish Mozori-Sharif shahrida o'z nazoratini o'rgantganini e'lon qildi. Bu haqda TASS toliblarning rasmiy vakili Zabihulla Muxohidning Twitter`da qoldirgan bayonotiga asoslanib xabar bermoqda. «Hozirgina Balx viloyatining poytaxti — Mozori-Sharif shahri bizning nazoratimizga o'tdi. Bir necha daqiqa oldin gubernator, politsiya rahbari, razvedka xizmati <...> va viloyatning boshqa rahbarlari qo'lga olindi», — deyiladi xabarda. «Al-Arabiya» telekanali ma'lumotlariga ko'ra , hukumat qo'shinlari Mozori-Sharifni deyarli jangsiz toliblarga topshirishgan, o'z pozitsiyalari va qurollarini tashlab, qochishga tushishgan. Shahar chekkalarida kichik to'qnashuvlar davom etmoqda. Reuters agentligining Balx viloyati mahalliy kengashi rahbari Muhammad Afzal Hadidga tayanib ma'lum qilishicha , Mozori-Sharifdan qochgan hozirda hukumat qo'shinlari vakillari O'zbekiston bilan chegara tomon yo'l olgan. VoA jurnalisti Ayaz Gul (Ayaz Gul) Hayraton (Afg'oniston) hamda Termiz (O'zbekiston) shaharlarini birlashtiradigan Amudaryo ustidagi avtomobil-temiryo'l ko'prigi bo'lmish Do'stlik ko'prigidan lavhalarni e'lon qildi . Uning so'zlariga ko'ra, Afg'oniston xavfsizlik xizmatlarining chekingan qismi qo'shni O'zbekiston tomon qochgan . Do'stlik ko'prigi. Foto: «Gazeta.uz» New York Times nashrining yozishicha , «Tolibon» shimoldagi so'nggi shaharni juda tez egallab olgan. Shahar chekkasidagi front liniyasi kesib o'tilgandan so'ng bir soat o'tiboq toliblar Mozori-Sharifda o'z nazoratini o'rnatgan. Bundan ko'p to'may hukumat xavfsizlik kuchlari va mahalliy jangari guruhlar qochishni boshlagan. Ularning orasida Afg'oniston o'zbeklarining norasmiy yetakchisi marshal Abdul- Rashid Do'stum va tojiklar yetakchisi, Balx viloyatining sobiq gubernatori Atta Muhammad Nur ham borligi aytilmoqda. «Tolibon» nazorati ostidagi hududlar, bahsli va hukumat hududlari Manba: The New York Times. «Gazeta.uz» hozircha chegaradagi holat bo'yicha O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Chegara qo'shinlari matbuot xizmatlaridan izoh olomadi. Shu hafta «Tolibon» Afg'onistonning ikkinchi yirik shahri Qandahorni va eng yirik viloyatlardan biri Hirotni egalladi . Mozori-Sharif toliblar qo'liga o'tgandan so'ng faqatgina ikkita yirik shaharlar — Qobul va mamlakatning sharqida joylashgan Nangarxar viloyati markazi bo'lmish Jalolobod shahri hukumat nazorati ostida qolmoqda.
|
world
|
2021 yilning iyuli ob-havo ustidan olib borilgan 142 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo'ldi. Bu haqda TASS AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasiga ( NOAA ) tayanib xabar qildi . Boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, iyul oyida ular tomonidan qayd etilgan yer va okean sathidagi umumiy o'rtacha harorat XX asrdagi o'rtacha haroratdan 0,93 daraja yuqori bo'lib, 15,8 darajaga yetdi. Mazkur idora ob-havoni 1880 yildan buyon kuzatib kelmoqda. Iyuldagi avvalgi rekord 2016 yilda qayd etilgan, so'ngra xuddi shu ko'rsatkich 2019 va 2020 yillarda ham kuzatilgan edi. O'sha yillarda rekord 0,01 daraja Selsiyni tashkil etgan. Shu bilan birga, 2021 yilning iyuli Osiyoda kuzatilgan eng issiq oy bo'ldi, Yevropada esa bu bo'yicha ikkinchi bo'ldi — rekord 2018 yil iyulida qayd etilgan. Shimoliy va Janubiy Amerika, Okeaniya va Afrikada esa eng issiq oylar o'nligiga kirdi.
|
world
|
Gaitida sodir bo'lgan zilzila natijasida eng kamida 304 kishi vafot etdi, deya xabar berdi RIA Novosti. Mahalliy Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, yana yuzlab insonlar jarohatlangan va bedarak yo'qolgan. Gaiti qirg'oqlarida 7,2 magnitudali zilzila shanba kuni ertalab sodir bo'ldi. Yer osti silkinishlari o'chog'i kichik Peti-Tru-de-Nip aholi punkti shimolidan sakkiz kilometr masofada joylashgan. Keyinroq 5,2 magnitudagacha kuchdagi yangi silkinishlar takrorlandi. Gaiti bosh vaziri Ariel Anri bir oy muddatga favqulodda holat e'lon qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda. AQSh Geologiya xizmatining (USGS) aholi zichligi, binolarning zilzilaga bardoshligi to'g'risidagi ma'lumotlar tahlili hamda shu kabi falokatlar bo'yicha olib borilgan o'rganishlar natijalariga asoslanib xabar qilishicha, mamlakatning minglab fuqarolari hayotdan ko'z yumgan bo'lishi mumkin.
|
world
|
Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi BAA Tashqi ishlar vazirligi. Xabarda aytilishicha, Afg'oniston rahbari va uning oilasi gumanitar asoslarga ko'ra mamlakatga qabul qilingan. Ashraf G'ani 15 avgust kuni hokimiyatga «Tolibon» harakati kelganidan so'ng Kobulni tark etgan edi. Ayrim ommaviy axborot vositalari u turmush o'rtog'i va ikki yordamchisi bilan O'zbekistonga uchgani haqida xabar qilgan edi. 17 avgust kuni «Dunyo» AA Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani, afg'on dala qo'mondonlaridan Abdul-Rashid Do'stum va Atto Muhammad Nurning O'zbekistonda ekani haqidagi xabarlar haqiqatga mos emasligini ma'lum qildi .
|
world
|
Afg'onistondagi vaziyat: Afg'oniston va dunyo hamjamiyati: Chikagolik farmatsevt koronavirusga qarshi emlanganlik to'g'risidagi sertifikatlarni sotgani uchun hibsga olindi. AQSh Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, u har 12 ta ayblov uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ta'kidlanishicha, 34 yoshli Chjao Tantan shu yilning mart va aprel oylarida AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika federal markazining onlayn-maydonchasi orqali 125 ta sertifikatni sotgan. U har bir hujjatni 10 dollarga baholagan. Rasmiylar uni davlat mulkini o'g'irlashda ayblashmoqda. — TASS .
|
world
|
Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani mamlakatni tark etganini «qon to'kilishini oldini olish zarurati» bilan izohladi. Bu haqda u chorshanba kuni Facebook`dagi videomurojaatida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. U hozirda Birlashgan Arab Amirliklarida ekanini tasdiqladi. «Men Kobulni tark etishga majbur bo'ldim, poytaxtda qon to'kilishining sababchisi bo'lishni xohlamadim», — deya ta'kidlab, «uni qidirishgani» haqida aytdi. «Soqchilar toliblar poytaxtga kirgani va to'ntarishga o'xshagan bir nima bo'lgani haqida aytganida men saroyda edim», — dedi G'ani. G'ani o'zini xoin deb hisoblamasligini ta'kidladi. «Men o'z Vatanimga xiyonat qilmaganman va hammadan mish-mishlarga e'tibor bermaslikni so'rayman, biz Kobulga tinchlik tiladik va uning yo'q qilinishini xohlamadik. Umid qilamanki, Afg'onistondagi urush yakun topadi. Bu muvaffaqiyatsizlik uchun bizning qurolli kuchlar javobgar emas, bu butunlay siyosatchilar zimmasida», — dedi u. Shuningdek, u «Tolibon» bilan Kobul xavfsizligini ta'minlash va hokimiyatni tinch yo'l bilan o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borganini qayd etdi. G'ani tez orada mamlakatga qaytishga va'da berdi. «Men [Birlashgan Arab] Amirliklaridaman, lekin yaqin kelajakda o'z Vatanimga qaytaman», — deya, qaytishdan oldin «boshqalar bilan maslahatlashayotganini» aytdi. Ashraf G'ani «Afg'onistonda adolatga erishish uchun» harakatlarini davom ettirishini ta'kidlab, afg'onlar manfaati uchun kurashmoqchi ekanini ma'lum qildi. G'ani, shuningdek, katta miqdordagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. Eslatib o'tamiz, 15 avgust kuni «Tolibon» harakati a'zolari Qobulga kirishi bilan Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani va uning eng yaqin yordamchilari mamlakatni tark etgan edi . OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston hududida Afg'oniston etnik guruhlarining ayrim shaxslari va yetakchilari borligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq O'zbekiston TIVga tegishli bo'lgan «Dunyo» axborot agentligi O'zbekistonda Afg'oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo'qligi haqida ma'lum qilgan . Chorshanba kuni esa BAA Tashqi ishlar vazirligi Ashraf G'ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida ekanligi haqida xabar bergan.
|
world
|
«Tolibon» harakati 1994 yilda tashkil etilgan. Harakatning asoschisi Mulla Umar bo'lib, u 2013 yilgacha (o'limiga qadar) toliblar yetakchisi bo'lgan. Bir ko'zi ojiz bo'lgan harbiy rahbarning o'limini uning sheriklari faqat 2015 yilda tan olishgan. O'shandan beri «Tolibon» o'z rahbarini ikki marta o'zgartirgan. O'tgan hafta Afg'onistonning butun hududini nazorati ostiga olgan toliblar mamlakatning yangi rahbariyatini tanishtirish niyatida. Hozirda «Tolibon»ning yetakchilari kim va ular haqda nimalar ma'lumligi to'g'risida «Gazeta.uz» so'z yuritadi. Haybatulla Ohundzoda. Foto: Voice of America / Wikimedia Commons «Tolibon» harakati vakillari ro'yxatida birinchi bo'lib tashkilotning amaldagi oliy rahbari Haybatulla Ohundzoda turadi. 1980 — yillardagi Sovet kampaniyasi paytida u mujohidlar safida jang qilgan, ammo uning front chizig'idagi janglarda qatnashgani haqida ma'lumot yo'q. Ohundzoda 1994 yilda tuzilganiga ko'p bo'lmagan «Tolibon» safiga qo'shilib, harakat asoschisi mulla Muhammad Umarning ishonchli kishilaridan biriga aylangan. 1996 yilda «Tolibon» Afg'onistonda hokimiyatga kelganida, Ohundzoda harbiy sudni boshqargan va Oliy sud raisining o'rinbosari bo'lgan. Aytilishicha, u jinoyatga qo'l urganlarni toliblar tomonidan o'rnatilgan qattiq jazolarga hukm qilgan (masalan, o'g'rilik uchun qo'llarni kesish). Afg'onistonda toliblar rejimi ag'darilgandan so'ng, Ohundzoda Pokistonga ko'chib, turli madraca, Islom diniy maktablarida dars bergan. 2013 yilda Tolibon asoschisi mulla Umar o'ldirilgan. Axtar Muhammad Mansur guruhning yangi rahbari etib saylangan va Ohundzoda uning o'rinbosarlaridan biriga aylanib, «Tolibon»ning terroristik hujumlarini uyushtirishda asosiy shaxslardan biri bo'lgan. 2016 yilda Mansur Pokistonda halok bo'lgan. Bir necha kundan keyin Ohundzoda harakatning yangi rahbari deb e'lon qilingan. Ohundzoda guruhning oliy qo'mondoni sifatida siyosiy, harbiy va diniy ishlar bilan shug'ullanadi. Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, Ohundzodaning oldiga «Tolibon»ni birlashtirish vazifasi qo'yilgan edi, chunki Mansur davrida harakat ichida kelishmovchiliklar va hatto qurolli to'qnashuvlar boshlangan. Ular Ohundzodani kamtarin inson sifatida qayd etib, toliblarning avvalgi yetakchisidan farqli o'laroq, Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish uchun muzokaralarga rozi bo'lishi mumkin, deb taxmin qilishgan. Ammo harakat a'zolari uning tinchlik sulhini tuzishga rozi bo'lmasligini ta'kidlashgan. «Tolibon»da Ohundzoda omma oldida ko'rinishni yoqtirmaydigan konservativ diniy ulamo sifatida tanilgan, deydi afg'onistonlik jurnalist Sami Yusufzay. Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, toliblar Ohundzodadan sudyalik vazifalari bo'yicha o'tmishi uchun qo'rqishadi. «Tolibon» rahbariga ham suiqasdlar bo'lgani haqida ma'lumotlar bor. Matbuot uning o'limi haqida bir necha bor xabar bergan (shu jumladan koronavirusdan ham), lekin ular tasdiqlanmagan. Avgust oyi boshida «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulla Mujohid Ohundzodaning toliblar yetakchisi bo'lib qolishini, diniy, siyosiy va harbiy masalalarda hal qiluvchi so'zga ega ekanligini aytgan. Mulla Abdul G'ani Barodar. Foto: «O'zbekiston 24» lavhasi. Tolibonning «yuzi»ga aylangan Abdul G'ani Barodar 1968 yilda Afg'oniston markazidagi Uruzgan provinsiyasida tug'ilgan. U Qandahorda o'sgan va Sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirgandan keyin ularga qarshi janglarda qatnashgan. Taxminlarga ko'ra, aynan o'sha paytda Barodar mulla Umar bilan tanishgan. SSSR qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqqanidan so'ng, Barodar Umar bilan birgalikda Qandahorda madrasa ochgan va keyinchalik «Tolibon» asoschilaridan biriga aylangan. «Islom amirligi» paytida u «Tolibon»ning asosiy harbiy strateglaridan biri bo'lib, terroristik va harbiy operatsiyalarni muvofiqlashtirish va moliyalashtirishga mas'ul bo'lgan. 2001 yilda AQSh qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirganida va «Tolibon» rejimini ag'darganida, Barodar mudofaa vazirining o'rinbosari bo'lib ishlagan. «Tolibon» Afg'onistonda mag'lub bo'lganidan so'ng, Barodar Pokistonga qochib ketgan. Uni AQSh ko'magida hokimiyatga kelgan Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay bilan murosa tarafdori deb atashgan. Ammo 2009 yilda Barodar Amerikaning Newsweek jurnaliga bergan intervyusida amerikaliklar Afg'onistondan chiqib ketmaguncha, «Tolibon» qurollarini tashlamasligini aytgan. Barodar «Tolibon»ning asosiy muzokarachisi bo'lib qolmoqda. Aynan u G'arb davlatlari vakillari va Afg'onistonning sobiq hokimiyati bilan tinchlik muzokaralarini olib borgan. U AQSh bilan 2020 yil boshida amerikalik qo'shinlarni olib chiqish bo'yicha shartnomani imzolagan. Hujjatni tayyorlash uchun u o'sha paytda Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari bo'lib ishlagan Mayk Pompeo bilan uchrashgan, o'sha paytdagi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashib, Oq uy rahbari bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashgan birinchi «Tolibon» yetakchisiga aylangan. Barodar bilan shaxsan uchrashgan afg'onistonlik jurnalist Sami Yusufzay uni xotirjam, juda diplomatik odam deb ta'riflagan. Sirojiddin Haqqoniy. Foto: fbi.gov Sirojiddin — Jaloliddin Haqqoniyning o'g'li. Jaloliddin Haqqoniy Sovet qo'shinlari bilan jang qilgan va bu jangda Amerika maxsus xizmatlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Uning vafoti 2018 yilda e'lon qilingan. Toliblarga qo'shilishdan oldin Jaloliddin o'zining «Haqqoniy tarmog'i» terrorchilik guruhini tuzgan. Jaloliddinning o'g'li Sirojiddin Haqqoniy 2015 yilda «Tolibon» safiga qo'shilgan. Bungacha u otasining tashkiloti safida jang qilgan. AQSh uni olti kishi halok bo'lgan Kobuldagi mehmonxonada sodir bo'lgan terakt va o'sha yili Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayga qilingan suiqasdda gumon qilib qidirmoqda. Kichik-Haqqoniy Afg'oniston janubi va janubi-sharqidagi hududlarni nazorat qilardi. Ammo so'nggi yillarda, AQSh harbiylari ma'lumotiga ko'ra, u harbiy rejalar bo'yicha mas'ul bo'lgan. AQSh Federal tergov byurosi «Tolibon» qo'mondoni Sirojiddin Haqqoniy qo'lga olinishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ma'lumot uchun 5 mln dollar taklif qilmoqda. «Haqqoniy tarmog'i»ning yetakchisi 2020 yilda The New York Times `da «Biz, Tolibon, nimani istaymiz» nomli maqolani e'lon qilgani bilan ham mashhur. 2010 yilda esa u o'zining 144 sahifadan iborat «Mujohidlar manfaati uchun urush darslari» kitobini nashr etgan. Unda u boshni tanadan judo qilish va xudkush-terroristlarning portlashlarini qo'llab-quvvatlagan, shuningdek G'arb musulmonlarini olomon bilan qo'shilib ketishga, sochni oldirib, G'arb kiyimlarini kiyishga va «sabrli bo'lishga» undagan. RBK. Uning suratlari ochiq manbalarda mavjud emas. Guruhdagi yana bir muhim shaxs va harakatning eng yosh rahbarlaridan biri — «Tolibon» asoschisi Muhammad Umarning to'ng'ich o'g'li Muhammad Yoqub hisoblanadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, Yoqub 1990 yilda tug'ilgan. Xuddi otasi kabi Yoqub mulla maqomini olgan, 2013 yilda Umar vafotidan keyin mashhur bo'lib ketgan. Garchi u Umarning vorisi sifatida «Tolibon» rahbari sifatida tan olingan bo'lsa-da, hozirda u harakatning qurolli kuchlarini boshqaradi. Yoqub 2013 yilda harakatning boshqa vakillari bilan ziddiyat tufayli otasining o'rnini egallay olmagani taxmin qilinadi. U jangarilarga rahbarlik qilishdan tashqari, «Tolibon»ning hozirgi rahbari o'rinbosarlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda harakat rahbari COVID-19 bilan kasallanganida Yoqub vaqtincha tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi bo'lgan. Shu bilan birga, «Tolibon» Afg'onistonni qo'lga kiritishi bilan u birinchilardan bo'lib harakat jangarilarini afg'on harbiylari va hukumat a'zosiga zarar yetkazmaslikka chaqirib, mamlakatdagi bozor va do'konlarning barqaror ishlashini kuzatishni talab qilgan. Britaniya Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) ma'lumotlariga ko'ra, Yoqubni Afg'oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarini qo'llab-quvvatlagan «shartli bosiq» «Tolibon» qanotiga kiritish mumkin. RUSI uni Saudiya Arabistoniga yaqin deb ataydi. Afg'onistonlik jurnalist Frad Bejanning so'zlariga ko'ra, u Pokistondagi islomiy maktablarda tahsil olgan. Mulla Abdul Hakim. Foto: / TGhazniwal/twitter.com Qandahor viloyatida tug'ilgan, 54 yoshda. 2020 yilda muzokaralar olib borish bo'yicha lavozimni egalladi. Bungacha u «Tolibon»ning asosiy siyosiy organi joylashgan Kvetta shahrida islomiy diniy maktabni boshqargan. «Tolibon» hukmronligi davrida u Qandahor sudida sudya bo'lib ishlagan va dars bergan. Besh yil oldin u sud ishlari boshlig'i etib tayinlangan, shundan so'ng u ko'plab fatvolar chiqargan. Aytilishicha, u sheriklari orasida huquqiy va diniy masalalarda eng bilimdon hisoblanadi. Pokistondagi Darul-ulum-Xakaniya madrasasini tamomlagan, Ohundzodaning ishonchiga sazovor bo'lgan yetakchilardan biri.
|
world
|
«Shimoliy alyans» rahbari marhum Ahmad Shoh Mas'udning o'g'li, ayni damda Panjsher viloyatida to'plangan toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas'ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. Ahmad Mas'ud ittifoqdoshlari qanchaligi va Afg'oniston kelajagini qanday ko'rayotgani haqida so'zlab bergan. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini e'tiboringizga taqdim qiladi. Biz muloqotga tayyormiz — Ciz hozir qayerda ekanligingizni ayta olasizmi? Panjsherdamisiz? — Ha, men Panjsherdagi uyimdaman. — Hozir siz bilan qancha odam bor, jangchilar soni qancha? — Minglab odamlar kurashishni istaydi va ular (jangga) tayyor, aynan qanchaligini aytish qiyin, ammo butun vodiy jangga tayyor. — Vaziyat qanday? Toliblar bilan janglar yoki qandaydir qurolli to'qnashuvlar ketyaptimi? — Hozircha yo'q. Biz o'z kuchlarimizni tiyib turibmiz. Ikki tomon ham muzokaralar boshlashga urinmoqda, biroq shu bilan birga, harbiy variantga ham tayyorgarlik ko'rmoqda. Hozirda vaziyat shunday. Biz tinchlik jarayoni boshlanishiga umid qilamiz, agar muzokaralar amalga oshsa, biz ularga imkon berishimiz kerak. Biz muloqotga tayyormiz. Biz tinchlikka imkon berishga ham tayyormiz. Umid qilamizki, boshqa mamlakatlar — bizning qo'shnilarimiz, mintaqadagi derjavalar — vaziyatga aralashadi va muzokaralarni boshlashi uchun «Tolibon»ga bosim o'tkazadi. Chunki men tinchlik muzokaralari — yagona to'g'ri yo'l ekanligiga chindan ham ishonaman. Ammo ayni vaqt Panjsher vodiysida bir qancha harbiy manyovrlar va tayyorgarlik ishlari olib borilgani bois biz o'zimizni himoya qilishga, ularga qarshilik ko'rsatishga ham tayyormiz. — Boshqa tomon Panjsherga bostirib kirishga tayyorgarlik ko'ryaptimi yoki qandaydir hodisalar yuz berib ulgurdimi? — Hozircha ular faqat tayyorlanmoqda va ular nimagadir tayyorlanayotgani haqida ma'lumotlar mavjud, ammo hech qanday harakat sodir bo'lmayapti. — Siz tinchlik muzokaralariga tayyorligingiz va buni xohlayotganingizni aytdingiz. «Tolibon» muzokaralarga tayyormi? — Gap shundaki, ular gapirayotgan va qilayotgan ishi — bu ikkita turli xil narsadir. Ular muzokaralarga tayyor ekanligini aytishmoqda va ochig'ini aytganda bu bizni ham ruhlantiryapti. Umid qilamizki, ular o'z so'zlariga sodiq qolishadi. Biz ham muzokaralarga tayyormiz, chunki Afg'onistonga so'nggi 20 yilda va umuman so'nggi ellik yillikdagi urushlar yetarli bo'ldi. Shunday ekan bizga tinchlik kerak va biz gaplashib olishimiz zarur. Ammo yerda sodir bo'layotgan narsalar — harbiy harakatlar davom etayotgani tinchlik bo'lishiga shubhamizni oshirmoqda. — Kelgusi vaziyat keskinlashuvi va toliblar bilan to'qnashuv ehtimoli qanchalik yuqori? — Men ellikka ellik — degan bo'lar edim. Ehtimol, tinchlik muzokaralari o'z natijasini berar, lekin harbiy qarama-qarshilik ham ro'y berishi mumkin. Meni hech kim hech qayerga taklif qilmadi — G'arb OAV manbalarining xabar berishicha, toliblar sizga o'z g'oyasiga ko'ra mamlakatni boshqaruvchi kengashga kirishni taklif qilishgan. Shu to'g'rimi? — Hozircha hech narsa tasdiqlanmadi, bular faqat mish-mish, meni hech kim hech qayerga taklif qilmadi. Ammo mening qarshiligim, mening kurashim va mening murojaatim shundaki, menga o'zim uchun joy topishning o'zi yetarli emas, Afg'oniston uchun yechim topish kerak. Chunki oxir-oqibat «Tolibon» o'z hukumatini shakllantirgan taqdirda ham, biz kurashdan voz kechsak ham — Afg'oniston uchun bu yechim bo'la olmaydi. Biz o'tmishizdan kelib chiqib boshqalarni inkor qilgan holda hukumat shakllantirib bo'lmasligini tushuntirishni istaymiz — bu ish bermaydi. Afg'onistonga barcha manfaatdor tomonlar ishtirokidagi hukumat zarur va bu oldinga harakatlanishning yagona yo'li. Biz butun Afg'onistonni ifodalash, yechim qanday bo'lishi va qanday qilib oldinga intilish mumkinligi haqida gapirmoqchimiz. Eng muhimi — inklyuzivlik. Agar barcha tomonlar ishtirokidagi hukumat tuzilsa, shundagina biz kelajakka umid bilan boqishimiz mumkin. Agar bunday bo'lmasa, bu davlat qurish uchun yana bir muvaffaqiyatsiz urinishga aylanadi. Afg'oniston yana muammolar girdobiga tushib qoladi, muammolar ortidan yangi muammolar yuzaga kelaveradi. Biz Afg'onistonni qutqarmoqchimiz, biz afg'onlarga eski xatolarni yana va yana takrorlamasligi uchun yordam bermoqchimiz. Afg'onistonda davlat qurish mumkin, biz ularga agar har kim o'zini hokimiyat strukturasida ko'ra olsa, buning imkoni borligini tushuntirmoqchimiz. — «Tolibon» yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalaringiz bormi? — Ha, men ular bilan bir necha bor gaplashdim. Men ularga qanday yechimni ko'rayotganimni aytdim. — Kim bilan? — Men harbiy va siyosiy rahbariyat vakillari bilan gaplashdim. — Siz «Tolibon» yetakchilari, xususan harbiy rahbariyat bilan suhbatlashganingizni aytyapsiz. Abdul G'ani Barodar bilan ham muloqot qildingizmi? — Hozircha yo'q. Ammo, biz tez orada muloqot qilishimiz mumkin. — Kengashga taklif qilishsa kirasizmi? — Bu mening qarorim emas, men o'z odamlarim bilan gaplashishim kerak bo'ladi. Men bu ishlarni o'zim uchun qilmayapman. Moskva yordam berishi mumkin — Rossiya rasmiy vakillaridan kimdir bilan aloqaga chiqdingizmi? — Hali yo'q. Ammo men umid qilamanki, bunga imkon bo'ladi. Sababi Rossiyaning Afg'onistondagi xavfsizlik holati va siyosiy vaziyatdan xavotirlari bor. Umid qilamanki, ular siyosiy jihatdan aralashadi va zo'ravonlik avj olishining oldini olishga ko'maklashadi. Bundan ular ham manfaatdor, sababi bu yerda ekstremistik mafkura yoyilsa, u butun Markaziy Osiyo va Rossiya janubida ham alangalanib ketadi, oqibatda ekstremizm kuchaya boshlaydi. «Tolibon» Kobulni olganida dunyo bo'ylab ko'plab guruhlar ularni tabriklagani guvohiga aylandik va endi ular o'zining a'zolariga buni namuna sifatida ko'rsatyapti, ular ham shunday natijalarga erishishii mumkinligini aytishmoqda. Shunday ekan, bularning barchasi zo'ravonliklar keskin oshishi va Markaziy Osiyoga kirishni yoki Rossiya janubidagi vaziyatni beqarorlashini xohlovchi yangidan yangi terrorchilar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Vaziyatga aralashish va bu yerda inklyuziv hukumat tuzishga ko'maklashish — ularning manfaatlari doirasidagi ish ekanligiga ishonchim komil. — Rossiya faolroq bo'lishi kerak deganda aynan nimani nazarda tutayapsiz? — Men o'ylaymanki, Moskva biz va «Tolibon» o'rtasida favqulodda tinchlik muzokaralari o'tkazish va ularni bunga ko'ndirishda yordam berishi mumkin. Bu ularning qo'lidan keladigan yordam. Biz izolyatsiyada yashashni istamaymiz — Nima sababdan Afg'oniston uchun «Tolibon»ning boshqaruvi to'g'ri kelmaydi? — Biz Afg'oniston mintaqaviy derjavalar va dunyoning boshqa davlatlari tan olmaydigan davlat bo'lishini istamaymiz. Biz Afg'oniston fuqarolari jabr ko'radigan izolyatsiyadagi davlat bo'lib qolishni xohlamaymiz. Biz ham Afg'onistonda ham uning tashqarisida bir-birimiz bilan do'stona yashash imkonini bermaydigan hukumatni istamaymiz. Biz qarshilik ko'rsatishimiz va salbiy ssenariylar sodir etilishiga yo'l qo'ymasligimiz uchun kuch beradigan qator savollar va xavotirlar mavjud. Afsuski, «Tolibon»ning harakatlari ular inklyuzivlik, tolerantlik, inson va ayollar huquqlari tarafdori emasligini, ular demokratik qadriyatlarni baham ko'rmasliklarini ko'rsatmoqda. Bular xalqaro hamjamiyat hukumatni tan olishi uchun muhim hisoblangan jihatlardir. Va bu biz uchun ham muammo, buni qabul qila olmaymiz. Biz izolyatsiyada yashashni xohlamaymiz, biz mintaqa va dunyo bilan yaxshi munosabatlar o'rnata olmaydigan hukumatni qabul qila olmaymiz. Bundan tashqari, biz o'z xalqining huquqlarini inkor etuvchi hukumatni qabul qilishimiz ham mumkin emas. — Inson huquqlariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan «Tolibon» 1990-yillar bilan solishtirganda o'zgarganmi? — Ular o'zgarganliklari haqida aytishga urinishyapti. Ammo, afsuski, aslida bunday emasligini isbotlovchi dalillar bor. Qandahordan G'azni va Kobulgacha vaziyat bir xil (so'nggi hafta davomida Afg'oniston bo'ylab musiqa eshitishga qo'yilgan taqiqlar, tinch namoyishchilarning o'qqa tutilishi va G'ani hukumati davridagi harbiy boshliqlarning qatl qilinayotgani haqida xabarlar kelmoqda — RBK). Ular o'zgarmaganini ko'rsatuvchi ko'plab dalillar bor. Ammo bizda hamon umid bor. Biz ular faqat tilda emas, amalda ham o'zgarganliklarini ko'rsatishlarini xohlaymiz. Misol uchun, biz bilan muzokaralar o'tkazishni. Ular barcha manfaatdor tomonlar ishtirokidagi hukumat xohlayotganligini, Afg'oniston kelajagining to'liq emas, balki bir qismi bo'lishini istayotganlarini aytishini xohlaymiz. — Ozchilik o'zbeklar va Abdul-Rashid Do'stum oilasi qarshilik kuchlariga qo'shilgani rostmi? — Bizning qarshiligimiz oldiga qo'yilgan vazifa faqat Panjsherni himoya qilishdan iborat emas. Biz butun Afg'oniston va Panjsherni ifoda etamiz. Biz butun mamlakat nomidan himoyalanayapmiz. Afsuski, hozir tinchlik, hududiy yaxlitlik, suverenitet, mustaqillik taqdiri boshqa tomonlar qo'lida bo'lib qoldi. Men so'nggi kunlarda Do'stum va boshqa yetakchilar bilan gaplashdim. Ular juda ruhlantirib, umid bag'ishlab, har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorliklarini — ular har qaysi vaziyatda ham men bilan ekanliklarini aytishdi. Agar tinchlik muzokaralari boshlansa — ushbu yetakchilar va «Tolibon» o'rtasida ham tinchlik bo'lishi lozim, agar qarshi kurashish va urush bo'lsa — ular ham jangga kirishadi. — Siz Tojikiston yoki boshqa har qanday chet el davlatidan harbiy yordam olayapsizmi? — Yo'q. Biz qandaydir yordam yoki qurol olganimiz haqida ko'plab mish-mishlar bor. Biroq, afsuski, bugungi kunda biror davlat afg'on qarshilik kuchlariga yordam ko'rsatmayapti. Bizda nimaiki bo'lsa — bu faqat shu vaqtgacha Afg'oniston xalqida bo'lganlaridan iborat. — Siz o'zingiz so'nggi bir necha kun davomida muloqot qilgan muxolifat yetakchilari nomlarini ayta olasizmi? — Albatta, men marshal Abdulrashid Do'stum, Atto Muhammad Nur, Ismoil Xon, Abdulla Rasul Sayyaf, Hazrat Ali va boshqalar bilan — ayni vaqtda Kobulda uy qamog'iga o'xshash holatda bo'lgan Hamid Karzay, Abdulla Abdulla bilan gaplashdim. Men ko'pchilik bilan muloqot qildim. — Sizning fikringizcha, nima uchun G'ani rejimi bu qadar tez quladi? — Sabablar ko'p, bu kutilgan edi. Men hukumatning o'zim tanish bo'lgan har bir vakili bilan gaplashdim, barcha xorijlik vakillar bilan ham gaplashdim — elchilardan tortib amerikalik generallargacha va elchi Xalilzod [AQSh prezidentining tinchlik muzokaralaridagi maxsus vakili] bilan ham Afg'onistonning qurilishi, mamlakatda qanday siyosiy muammolar borligi xususida suhbatlashdim. Men [amerikaliklar] olib ketilgach, Afg'oniston bir necha oy uyoqda tursin, bir necha hafta ham turib bera olmasligini aytgan edim. Ularning taxminlariga ko'ra, hukumat ikki yilgacha saqlanib turishi kerak edi. Hatto men ham haq bo'lib chiqmadim. Bu tez sodir bo'lganining sabablari — korrupsiya, xudbinlik siyosati hamda ular va xalq o'rtasidagi ulkan, vayronkor jarlik. Yana bitta sabab shundaki, afg'on armiyasi Amerikaning shartnoma asosidagi askarlari va uning ko'magiga uzoq vaqt davomida bog'lanib qolganki, ularsiz u faoliyat ko'rsata olmay qolgan. Ularning (amerikalik harbiylar — RBK) tez chiqib ketishi qo'llab-quvvatlash, ta'minot va qo'mondonlikda vakuum hosil qilgan — va armiyada sarosima boshlangan, jangovar ruh tushib ketgan va bularning barchasi shunday tartibsizliklarga olib keldi. — «Tolibon» boshqaruvidagi davlatda yashashni xohlamayotgan va mamlakatdan chiqib keta olmayotganlarni qanday himoya qilish mumkin? — Masala shundaki, Panjsher vodiysi — xavfsiz hudud. Xalqaro hamjamiyat, mintaqaviy derjavalar, shu jumladan Rossiya «Tolibon»ga bosim o'tkazib, Afg'onistonni tark etolmaganlar uchun uni bufer zonaga aylantirishi mumkin. Bu tinchlik muzokaralari biror natijaga olib kelmagunicha ular qolishi mumkin bo'lgan erkin hududga aylanishi mumkin edi. Ular bu yerda tinchlik va hamjihatlikda yashashlari mumkin. Bu bizda mavjud imkoniyatlardan biri. Shuningdek, menimcha «Tolibon» odamlar nega va nimadan qochayotganini anglashi kerak. Bu «Tolibon»ni uyg'otuvchi signal bo'lishiga ishonaman. Ular (toliblar — RBK) o'zgarishi kerak, odamlar qochishni istamaydigan hukumat tuzishlari kerakligini tushunib yetishlari lozim. Odamlarning qochishi ular juda qo'rqayotganini va hozirgi vaziyat yoqmayotganini ko'rsatadi. Kichik Ahmad Mas'ud 1989 yilda tug'ilgan. Otasi, Shimoliy alyans rahbari Ahmad Shoh Mas'udni jurnalistlar qiyofasida qarorgohga kelgan ikki jangari o'ldirganida u atigi 12 yoshda edi. Bu hodisa «Al-Qoida»ning 2001 yil 11 sentabrda AQShda amalga oshirgan teraktlaridan ikki kun oldin sodir bo'lgan. AQShdagi terakt 3 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bo'lib, Amerika tarixidagi eng yirik teraktga aylangan. AQSh va uning ittifoqchilari Afg'onistonga bostirib kirishiga bu mamlakatni 1996 yildan beri boshqarib kelgan «Tolibon» «Al-Qoida» rahbarlariga boshpana berganini sabab qilib ko'rsatgan. Oradan 20 yil o'tib AQSh va NATO Afg'onistondan o'z harbiylarini olib chiqishni yakunlamoqda, oqibatda mamlakatning deyarli butun hududi toliblar qo'liga o'tdi. Kichik Ahmad Mas'ud Erondagi maktabni tamomlagan. Oliy ta'limni Buyuk Britaniyada olgan. Avvaliga bir yil Sandherstdagi Qirollik harbiy akademiyasida o'qigan, keyin King`s College`da harbiy ishlarni o'rgangan, undan keyin esa London shahri universitetida (City, University of London) xalqaro munosabatlarni o'rgangan. Afg'onistonga 2016 yilda qaytgan, 2019 yilda esa rasman otasining merosxo'riga aylangan. Tantanali marosim Panjsher vodiysida o'tkazilgan edi.
|
world
|
AQSh prezidenti Jo Bayden payshanba kuni Kobuldagi terakt munosabati bilan murojaat bilan nutq so'zladi . Afg'oniston poytaxtida yuz bergan portlashlar oqibatida kamida 100 kishi, jumladan 13 AQSh askari halok bo'ldi . Hujum uchun javobgarlikni «Islomiy davlat» (ISHID) terrorchilik guruhi o'z zimmasiga oldi. «Bu hujumni uyushtirganlar, Amerikaga zarar yetkazmoqchi bo'lganlar bilib qo'ying: biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi Oq uy rahbari. Uning so'zlariga ko'ra, u ISHID rahbarlari va obyektlari qayerda bo'lishidan qat'i nazar, ularga zarba berish rejalarini tayyorlashga buyruq bergan. «Biz tanlagan vaqtda, joy va lahzada kuch va aniqlik bilan javob qaytaramiz», — dedi Jo Bayden. Amerika prezidentining aytishicha, oxirgi 12 soat ichida Kobul aeroportidan 7000, 15 avgustdan beri 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. U teraktlarga qaramay AQSh evakuatsiyani yakunlashga va'da berdi. Jo Bayden, shuningdek, harbiylar bilan maslahatlashganidan keyin Afg'onistonga qo'shimcha kuchlar yubormasligini aytdi. U Afg'onistonda sodir bo'lgan hamma narsa uchun «prinsipial javobgarlikni» o'z zimmasiga oldi va mamlakatdan qo'shinlarni olib chiqish qaroridan afsuslanmasligini yana bir bor ta'kidladi. «Biz tarixda hech qachon birlasha olmagan mamlakat — Afg'onistonda demokratiyani o'rnatishga urinish uchun amerikaliklarning umrilarini qurbon qilishga majbur emasmiz», — dedi Oq uy rahbari.
|
world
|
Germaniya Afg'onistondan evakuatsiya qilish missiyasini yakunladi, deb yozmoqda Deutsche Welle. Mudofaa vazirligining (bundesver) so'nggi to'rtta samolyoti Germaniya va boshqa davlatlar fuqarolari bilan 26 avgust kuni Kobuldan Toshkentga uchib ketdi. «Bundesver (Germaniya Federativ Respublikasi armiyasi)ning oxirgi A400M samolyoti Afg'oniston havo maydonini tark etdi, u Kobuldan 18:20 da uchdi. Harbiy evakuatsiya operatsiyasi yakunlandi», — deyiladi bundesverning Twitter`dagi xabarida. Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer va bundesver bosh inspektori Eberxard Sorn evakuatsiyada qatnashgan bundesver askarlari bilan uchrashish uchun Toshkentga kelishdi. Foto: Twitter Annegret Kramp-Karrenbauer. Annegret Kramp-Karrenbauer ham Twitter`dagi o'z sahifasida ko'rsatilgan yordam uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi. «Men juda keskin vaziyatda ishonchli sherik bo'lgan O'zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildiraman. Biz buni unutmaymiz!», — deb yozadi vazir. Hammasi bo'lib, Germaniya qurolli kuchlari Afg'onistondan 5300 dan ortiq odamni, shu jumladan kamida 45 mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilib, 37 ta reysni yakunladi. «Biz himoyaga muhtoj bo'lganlarga g'amxo'rlik qilishni davom ettiramiz. Xavfsizlik holati tufayli operatsiyani uzaytirish imkonsiz edi», — deb tushuntirdi Mudofaa vazirligi. Kuni kecha Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo'ldi, ulardan biri — Baron mehmonxonasi yaqinida, OAV xabarlariga ko'ra, chet elliklar, shu jumladan Britaniya va AQSh fuqarolari yig'ilganida sodir bo'lgan. Portlashlarda 90 nafardan ortiq afg'on fuqarosi va 13 nafar amerikalik harbiy halok bo'lgan. «ISHID» terrorchilik tashkiloti Kobul aeroportidagi hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi. Jo Bayden Kobuldagi portlashlardan keyin ISHIDga qarshi hujumlarni tayyorlashni buyurdi .
|
world
|
AQSh Respublikachilar partiyasi vakillari — qonunchilar Kobuldagi aeroportda sodir bo'lgan terakt natijasida amerikalik harbiylarning o'limi sababli AQSh prezidenti Jo Bayden va Pentagon rahbariyatini tanqid qilib, iste'foga qadar javobgarlikka tortishni talab qilishdi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda . «Noto'g'ri rejalashtirish oqibatida hujumlar sodir etilishiga yo'l qo'yganlardan boshlab, javobgarlikka tortish vaqti keldi. Jo Bayden, Kamala Xarris, Entoni Blinken, Lloyd Ostin va Mark Milli iste'foga chiqishi yoki impichment qilinishi va lavozimidan chetlatilishi kerak», deb aytilmoqda senator Marsha Blekbern bayonotida. Respublikachi Elis Stefanik «Jo Baydenning qo'llari qonga belangan» deb Twitter'da yozdi. Uning so'zlariga ko'ra, Kobul aeroportidagi terakt va u yerdagi amerikaliklarning o'limi oliy bosh qo'mondon bo'lib qola olmaydigan «Baydenning qobiliyatsiz va zaif rahbarligi» natijasida mumkin bo'lgan. Respublikachi-senator Todd Yang o'z bayonotida shunday yozgan: «Bu jasur harbiy xizmatchilar amerikaliklar va begunoh afg'on ittifoqchilarini evakuatsiya qilish uchun qo'lidan kelganini qildilar. Afsuski, ularning qahramonona harakatlariga prezident Jo Bayden va uning ma'muriyati putup yetkazdi». Uning qo'shimcha qilishicha, «Amerika xalqi o'z qo'mondoni hukmlarida bu xatolarga dosh berolmaydi va dosh berolmasligi kerak». Biroq ba'zi respublikachilar siyosiy dividendlarni qo'lga kiritish emas, balki ayni damda birlashish zarur deb o'ylashmoqda. «Ba'zilar bu lahzani siyosiy ochko olish uchun ishlatishi mumkin bo'lsa-da, hozir buni qilish vaqti emas. Men amerikaliklarni birlashishga chaqiraman. Prezident Bayden ham harakat qilishi, bizga kerak bo'lgan bosh qo'mondon bo'la olishi va dunyoga bunday yovuz hujumlarga toqat qilmasligimizni ko'rsatishi kerak», deyiladi senator Kevin Kramer bayonotida. Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo'lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi . «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u. O'tgan hafta Efiopiya g'arbida «Oromo ozodlik armiyasi» separatistlar guruhi jangarilari tomonidan tinch aholi obyektalariga uyushtirilgan hujumlar natijasida kamida 210 kishi halok bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, qurolli separatistlar guruhi 18 avgust kuni g'arbiy Oromiya shtatidagi Jida Kiremu tumani aholisiga hujum qilib, 150 kishini o'ldirgan. Ertasi kuni jangarilar bu hududga yangi hujum uyushtirdilar, natijada yana 60 kishi halok bo'ldi. Ta'kidlanishicha, jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar «etnik xarakterga» ega bo'lgan. Ta'kidlanishicha, Oromo ozodlik frontining harbiy qanoti bo'lgan «Oromo ozodlik armiyasi» ko'pincha mustaqil ishlaydi. Ular Efiopiyaning Oromiya shtati tomonidan mustaqillikka erishishni o'z maqsadi deb ma'lum qilgan. Federal hukumat «Oromo ozodlik armiyasi»ni terrorchi tashkilot deb e'lon qildi. — TASS (AFP). Iroq hukumati chet elga noqonuniy olib chiqilgan 200 mlrd dollarni, shu jumladan sobiq prezident Saddam Husaynning mulklarini mamlakatga qaytarishga harakat qilmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Ali Alaviy ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, «bir vaqtlar Iroqdan 150 dan 200 mlrd dollargacha kontrabanda orqali olib chiqilgan, shundan atigi 5 foizi sobiq rejim puli». «Biz ularni qaytarish uchun boshqa davlatlar va xalqaro sudlar bilan hamkorlik qilishimiz kerak, bu esa juda qiyin vazifa», deb aytdi u. Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin so'zga chiqqan moliya vaziri, bu mablag'lar mamlakatning moliyaviy ahvolini yaxshilashda jiddiy yordamchi bo'lishi mumkinligini, xususan, byudjet taqchilligini qoplash va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkinligini aniq ko'rsatdi. Iroqning 2021 yilgi byudjeti parlament tomonidan 90 mlrd dollarga ma'qullandi, byudjet taqchilligi 20 mlrd dollarga baholandi. — TASS (SHAFAQ News). Avvalroq, chet eldan Iroqqa 17 mingdan ortiq artefakt qaytarilgani haqida yozgan edik . Mamlakatdagi vaziyat: Afg'oniston va dunyo hamjamiyati: Qozog'iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste'foga chiqishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Interfaks. «Men o'zim uchun qaror qabul qildim, men iste'foga ketaman, iste'foni so'rayman. Va qarorni davlat rahbari qabul qiladi», — dedi vazir. Uning so'zlariga ko'ra, u bunday qarorni Jambil viloyatida sodir bo'lgan voqea to'g'risida «eshitgan zahoti» qabul qilgan.
|
world
|
Zeromax allaqachon bankrotlikka uchragan, biroq EY uchun savollar hech qayerga yo'qolgani yo'q, deb yozmoqda Financial Times, deya xabar qildi Spot. Dunyoning eng yirik va mashhur firmalaridan biri hisoblangan EY Shveysariyadagi bo'linmasining Zeromax auditori bo'lgani hamda 2005, 2006 va 2007 yillarda unga clean bill of health (hammasi joyida ekani kafolatlanadi) sertifikatini bergani uchun bosimlar ostida qoldi. Qayd etilishicha, Shveysariyaning huquqiy tizimi shaffof bo'lmagani va korporativ ma'lumotlarni oshkor qilish rejimi tufayfli bu haqda hozirga kelibgina keng jamoatchilik xabardor bo'lmoqda. Zeromax 1999 yilda Delaverda (AQSh) ro'yxatga olingan va 2005 yilda Shveysariyada qayta ro'yxatdan o'tkazilgan. O'shanda kompaniya bu «O'zbekistonning qator sanoat sektorlariga investitsiyalarni yo'naltirish» uchun amalga oshirilganini ma'lum qilgan edi. Investorlar qo'lida EY auditi to'g'risidagi xulosasi bo'lgan kompaniya xizmatlaridan foydalanishni boshladilar. FT tanishib chiqqan hisobotda Zeromax qulashidan to'rt yil muqaddam kompaniya orqali katta miqdordagi mablag'larning ofshorlarga o'tkazilgani qayd etilgan. Nashr jurnalistlari hujjatlar, jumladan politsiya hisobtlari, elektron yozishmalar va kvitansiyalarni o'rganib chiqib, EY`ga nisbatan haqiqatan ham qator savollar borligini qayd etdilar. Chunki ko'plab tranzaksiyalarni tijoriy xarajatlar deb aytish qiyin. Masalan, 2006 va 2007 yillarda Zeromax qimmatbaho zebu ziynatlarga 13 mln dollar, jumladan, Jenevadagi Christian Dior do'konida 2 mln dollar sarflagan. Kelgusi ikki yilda esa yana 25 mln dollar xarajat qilingan. Financial Times nashrining yozishicha, EY ba'zida «konsultativ xizmatlar uchun» qabilidagi tijoriy takliflar ostida shaffof bo'lmagan ofshor kompaniyalarga pul o'tkazilganida xavotir bildirmagan. 2004−2007 yillar davomida Zeromax ofshorlarga eng kamida 288 mln dollar o'tkazgan. Eng kamida bitta holatda jinoiy faoliyatda ishtirok etishi taxmin qilingan kompaniya — Galat Enterprises hisobiga pul jo'natilgan. Kamida bitta holatda EY`ga Zeromax ofshorga nomuntazam xarakterdagi pul o'tkazgani haqida xabar topgan. 2008 yildagi eletkron xatda EY`ning yuqori lavozimli vakilidan kompaniya menejerlariga auditorlar va Shveysariya soliq organlariga Ystral kompaniyasi hisobiga 5,5 mln dollar o'tkazilganiga izoh berish so'ralgan. «Biz ayrim savollarimizning "ta'sirchan mavzularga" tegib ketishini tushunamiz. Xohlasangiz, yuqorida esga olingan mavjularni siz bilan muhokama qilamiz, bizga xabar qiling va biz uchrashuv/qo'ng'iroq tashkil etamiz», — deyiladi maktubda. Javob xatida Zeromax vakili ishga oid «ochiq» sabab ekanini aytadi. Bu kabi shubhali kelishuvlar soni EY Zeromax bo'yicha auditorlik hisobotlarini chiqarishni to'xtatgan 2008 yilda, ayniqsa, ko'paygan. Hozirda ko'plab yevropalik kreditorlar o'z pullarini qaytarib olishga urinmoqdalar, 2019 yilda esa Amerikaning Lion Point Capital xej-fondi hattoki Zeromax`ning qoplanmagan qarzlar transhini sotib olib, 1 mlrd dollar miqdoridagi zararni qoplash to'g'risida sudga da'vo kiritgan. Financial Times EY Switzerland`ga «Zeromax ishi» bo'yicha so'rov yuborib, kompaniyaning auditdagi roliga oid izohlariga e'tibor qaratdi: «2010 yili O'zbekistonda sud qarori bilan Zeromax aktivlarining ekspropriatsiyasi (majburiy tortib olish) va uning bankrotligiga olib keldi. Mazkur masala ayni vaqtda sudda ko'rib chiqilmoqda va EY Switzerland bahsli da'volarga nisbatan o'z pozitsiyasida qat'iy qolmoqda. Boshqa hech narsa ayta olmaymiz», — deya javob qilgan EY.
|
world
|
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti COVID-19 vaksinalarining zaxirasi pandemiyaning davom etishiga yordam berishini aytdi. «Bu [vaksinalar zaxiralari] shunchaki adolatsiz emas, axloqsiz ham emas, balki bu pandemiyani uzaytirmoqda», — dedi Mariya Van Kerxov, tashkilotning shoshilinch kasalliklar bo'limining texnik guruhi rahbari. BMT ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa Ittifoqi o'z aholisining 57 foizini to'liq emlagan, Fransiya va Buyuk Britaniyada esa ko'shimcha (buster) dozalardan foydalanilmoqda. AQSh aholisiniing 53 foizi to'liq vaksinatsiyadan o'tgan bo'lib, 1,3 mln kishiga buster dozalar qo'llanilgan, deya keltiradi nashr. Shu bilan birga, Afrika o'z aholisining atigi 3 foizini koronavirusga qarshi to'liq emlagan. — CNBC . 4 avgust kuni JSST sentabr oyining oxirigacha har bir mamlakat aholisining 10 foizini emlashni rejalashtirgan holda, rivojlangan davlatlardan ortiqcha vaksinalarni kambag'al mamlakatlarga taqdim etishni so'ragan edi . Shuningdek, tashkilot dekabr oyida dunyo aholisining 40 foizini emlash uchun muddat belgilab qo'ygan. 7 sentabr kuni «Tolibon» harakati Afg'onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e'lon qildi . Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, bosh vazir o'rinbosari lavozimiga Abdul G'ani Baradar tayinlandi. Interfaksning mahalliy OAVga tayanib yozishicha , e'lon qilingan hukumatda, ikki asosiy pushtun qabilasi — durrani va gilzai vakillari bor, boshqa millat va elat vakillari yo'q. Dunyo hamjamiyati bunga fikr bildirdi: Bundan tashqari: Grenlandiyada 2021 yilda ahamiyatli darajada muz erishi kuzatilmoqda. Daniya tadqiqotchilarining hisob-kitoblariga ko'ra, shu yilning iyul oyida Grenlandiya muzliklarida AQShning butun Florida shtatini besh santimetr suv bilan qoplash uchun yetarlicha muz erigan. Avgust oyida Grenlandiya muzliklarida oxirgi o'n yil ichida uchinchi marotaba havo harorati noldan yuqori ko'rsatkichga ko'tarildi. Tarixda ilk bor yog'ingarchilik qor emas, yomg'ir shaklida tushgan. Ta'kidlanishicha, global isish sharoitida muz qoplamining kamayishi qaytarilmas holatga aylandi. — Interfaks . Foto: Mario Tama/Getty Images Foto: Mario Tama/Getty Images Foto: Mario Tama/Getty Images Foto: Mario Tama/Getty Images
|
world
|
Afg'onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar «Tolibon» tuzgan hukumatni «noqonuniy» deb atadi va jahon hamjamiyatini uni tan olmaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. «Men "Tolibon" bilan inson huquqlarini hurmat qilmaguncha va inklyuziv hukumat tuzmaguncha hamkorlik qilmayman», — dedi elchi jurnalistlarga. «Tolibon» rejimi asosida tuzilgan hukumat noqonuniydir va men jahon hamjamiyatini buni tan olmaslikka chaqiraman. Bu yaqinda Guantanomodagi (Kubaning Guantanamo prefekturasidagi harbiy bazada joylashgan AQSh qamoqxonasining eng maxfiy bo'limi — tahr .) jinoyati uchun qamalgan terrorchilar hukumati", — deya tushuntirdi u. Afg'on diplomatining so'zlariga ko'ra, u Afg'oniston vitse -prezidenti Amrulla Solihni Tojikistonda vakili bo'ladi. «Panjsherdagi qarshilik davom etadi va kuchayadi va men Amrulla Solihni bu yerda Afg'oniston prezidenti sifatida taqdim etaman», — dedi u. Unga ko'ra, dunyoning turli mamlakatlaridagi Afg'onistonning barcha 67 diplomatik idoralari «Tolibon» hukumatini tan olmayapti. U qarshilik kuchlari joylashgan Panjsher darasidagi vaziyatga ishora qilib, toliblar katta yo'qotishlarga duch kelayotganini va daraning asosiy qismi qarshilik kuchlari nazoratida ekanligini aytdi. Agbar «hozir mamlakatda urush faqat afg'onlar o'rtasida emas, Pokiston faol aralashib, Panjsherga hujum uyushtirayotganda» deya ta'kidladi. Diplomat Al-Jazeera telekanalining qarshilik kuchlari safida Massud va sobiq mudofaa vaziri Muhammad Fahim o'rtasidagi kelishmovchiliklar boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qarshilik safida kelishmovchiliklar yo'q, hamma bitta mushtdek harakat qiladi, «Tolibon» rejimini qabul qilmagan Afg'onistonning barcha millatlari, shu jumladan o'zbeklar, hazoralar va pushtunlar ham qarshiliklar safiga qo'shilishdi. Panjerda «Tolibon»ni tan olmagan barcha taniqli harbiy rahbarlar ishtirokida butun afg'oniston yig'ilishi va kengashi tashkil etiladi», — dedi Agbar.
|
world
|
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) qo'shiladi. SHHTga qo'shilish jarayonlarining boshlanishi Tojikistonda bo'lajak sammitda e'lon qilinadi, deb RIA Novosti «Kommersant'»ga tayanib xabar bermoqda. SHHT sammiti 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo'lib o'tadi. Tadbirda Eronning yangi prezidenti Ibrohim Raisi ishtirok etishi kutilmoqda. «Tez orada tashkilotning to'qqiz a'zosi bo'ladi. Dushanbeda bo'ladigan sammitda davlat rahbarlari o'z saflariga Eronni qabul qilishni boshlashganini e'lon qilishlari kerak», — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, SHHTga a'zo bo'lish jarayoni biroz ko'proq vaqtni olishi mumkin. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti — Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston rahbarlari tomonidan asos solingan doimiy hukumatlararo xalqaro tashkilot. SHHTni tuzish to'g'risidagi deklaratsiya 2001 yil 15 iyunda Shanxayda olti davlat rahbarlarining uchrashuvida imzolangan.
|
world
|
2050 yilga kelib, iqlim o'zgarishi dunyoning olti mintaqasidagi 216 ml kishini o'z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko'chishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda Jahon bankining o'tgan hafta chop etilgan Groundswell («To'qqizinchi to'lqin») yangi hisobotida aytilgan . «Iqlim o'zgarishi ichki migratsiyani harakatga keltiruvchi qudratli kuch bo'lib, u aholinig daromad mabalariga chambarchas bog'liq va uning ta'siri eng ko'p seziladigan hududlarda aholining hayot sifatiga keskin ta'sir ko'rsatadi», — deyiladi hisobotda. Hisobot uchta mintaqa uchun prognozlar va tahlillarni o'z ichiga oladi: Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo. Unda davlat organlariga uzoq istiqboldagi rejalarni ishlab chiqishga yordamlashish uchun kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisalaring ehtimoliy rivojini taxmin qilishga imkon beruvchi ssenariylar asosidagi yondashuvlardan foydalanilgan. Mazkur yondashuv mamlakat ichidagi iqlim migrantlarining chiqib ketish va borib joylashish «o'choqlari», ya'ni suv tanqisligi, ekinlar hosildorligi pasayishi va dengiz sathi ko'tarilishi tufayli odamlar chiqib ketishi kutilayotgan joylar, shuningdek hayotni yangidan boshlash uchun qulayroq bo'lgan shahar va qishloq tumanlarini aniqlaydi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu mintaqalarda ichki iqlim migratsiyasi «o'choqlari» 2030 yilgacha shakllanishi mumkin va 2050 yilga borib bu jarayonning ko'lami va intensivligi oshadi. Afrika davlatlarining Sahroi Kabirdan janubga ko'chadigan ichki iqlim migrantlari ichki bu yilda 86 mln, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 49 mln, Janubiy Osiyoda 40 mln, Shimoliy Afrikada 19 mln, Lotin Amerikasida 17 mln, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 5 mlnga yetishi mumkin. 2050 yilga kelib Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 5,1 mln nafargacha iqlim muhojirlari paydo bo'lishi mumkin. Bu umumiy prognoz qilinayotgan aholining 2,3 foizini tashkil qiladi. Ulardan 2,4 mln nafargachasi Markaziy Osiyoda yashaydi (o'rtacha tayanch pessimistik ssenariy bo'yicha). Mutaxassislarning taxmin qilishicha, Farg'ona vodiysi (Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston hududida), Toshkent atrofida va Tojikiston janubidagi pasttekisliklar (shu jumladan Dushanbeda), shuningdek, Qozog'iston shimolidagi aholi zich joylashgan shaharlar (Qarag'anda, Nur-Sulton va Kostanay) iqlim muhojirlari oqimi zonasiga aylanadi. Bu Markaziy Osiyoning ushbu hududlarida suv ta'minoti va ekinlar hosildorligi ortishi kutilayotgani bilan bog'liq, deyiladi hisobotda. Ekspertlar Qozog'iston janubi, O'zbekiston va Tojikistonning Farg'ona vodiysiga tutash hududlari, shuningdek, Bishkek atrofidagi yerlar iqlim migrantlarining chiqib ketish zonasiga aylanishini kutishmoqda. Bu mintaqaning ushbu qismlarida suv ta'minoti va ekinlar hosildorligining pasayishi bilan bog'liq, deyiladi hisobotda. Xuddi shu sabablarga ko'ra, Amudaryo bo'yida joylashgan Sharqiy Turkmaniston va O'zbekiston janubining ayrim hududlari ham iqlim muhojirlari uchun potensial chiqib ketish joylari sifatida qaraladi, deb hisoblamoqda ekspertlar. Hisobotda aytilishicha, global chiqindilarni kamaytirish hamda yashil, inklyuziv va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun zudlik bilan birgalikda choralar ko'rish iqlim migratsiyasini 80 foizga kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar iqlim migratsiyasi ta'sirini kamaytiradigan va kutilayotgan migratsiya oqimiga tayyorgarlik ko'radigan bir qator siyosiy tavsiyalarini berdilar, jumladan: Jahon bankining 2018 yilda chop etilgan oldingi «To'qqizinchi to'lqin» hisoboti Sahro Afrikasi, Janubiy Osiyo va Lotin Amerikasiga bag'ishlangan edi. Unda mutaxassislar 2050 yilga kelib dunyoning ushbu uch mintaqasida ichki iqlim muhojirlari soni 143 nafarga yetishini bashorat qilishgan.
|
world
|
Bugun, 20 sentabr kuni Permda politsiya universitetda otishma sodir etgan shaxsni hibsga oldi, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, vafot etganlar va yaradorlar bor, deb xabar beradi RIA Novosti. «Bugun ertalab navbatchi politsiya bo'limiga Perm davlat milliy tadqiqot universiteti hududida o'q ovozlari eshitilgani to'g'risida xabar keldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lganlar va yaradorlar bor», — deyiladi xabarda. Rossiya Tergov qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, sakkiz kishi halok bo'lgan, bir necha kishi yaralangan. Hibsga olingandan so'ng, otishmada gumonlanuvchi talaba ekanligi aniqlandi. Hibsga olish paytida u politsiyaga qarshilik ko'rsatgan va yaralangan. Hujum paytida ba'zi talabalar va o'qituvchilar auditoriyalarda berkingan. Ba'zilar derazadan sakrab yashirinishga harakat qilishgan. May oyida Qozon shahridagi maktabda otishma sodir bo'lgan. Unda o'smir tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Oqibatda 32 kishiga zarar yetgan. RIA Novosti va boshqa manbalarning ma'lumotiga ko'ra, 11 kishi halok bo'lgani aytilgan. Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanovning ma'lum qilishicha , otishmada jarohatlangan va halok bo'lganlar orasida O'zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Vaziyat O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.
|
world
|
Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro'y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo'lganlar orasida O'zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma'lum qildi. Vaziyat O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan, deb qo'shimcha qildi u. Eslatib o'tamiz, 20 sentabr kuni ertalab qurollangan yigit Perm davlat universiteti kampusiga o'q uzgan , shundan so'ng u o'quv binosida otishmani davom ettirgan. Sakkiz kishi halok bo'ldi, 28 kishi yaralandi. RIA Novosti xabariga ko'ra, qo'ng'iroqdan so'ng voqea joyiga birinchi bo'lib YPH xodimlari yetib kelishgan. Ulardan biri evakuatsiyani uyushtirgan, ikkinchisi tajovuzkorni qidira boshlagan. U zinapoyadan birinchi qavatga tushayotganida politsiyachini ko'rib, unga qarata o'q uza boshlagan. IIV xodimi uni javob qaytaruvchi o't bilan zararsizlantirgan, so'ngra birinchi yordam ko'rsatgan. Ma'lumki, hujumchi Perm davlat universiteti talabasi. «Tergov tomonidan uni tavsiflovchi materiallar to'planmoqda, hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda», — dedi Rossiya Tergov qo'mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko. Ma'lum bo'lishicha, hujumchi qurolni shu yilning may oyida qonuniy ravishda sotib olgan.
|
world
|
YouTube video xizmati saylovlar to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlarni o'z ichiga olgan kontentni, shuningdek, saylov natijalariga shubha tug'diradigan videolarni joylashtirishni taqiqladi. Bu kompaniya tomonidan e'lon qilingan yangilangan xizmat ko'rsatish qoidalarida ko'rsatilgan. Yangi qoidalarda ta'kidlanishicha, «saylovchilarni yo'ldan ozdirish» qat'iy man etiladi. «Bunga ovoz berish vaqti, saylov uchastkasining manzili, ovoz berish usullari yoki unda qatnashish shartlari kabi noaniq ma'lumotlarga ega bo'lgan kontent kiradi. Bundan tashqari, ovoz berishga jiddiy xalaqit beradigan noto'g'ri ma'lumot tarqatish taqiqlanadi», deyiladi kompaniya xabarida. Shuningdek, nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar joylashtirish taqiqlanadi. Gap amaldagi mahalliy qonunchilik bilan tartibga solinadigan talablar haqida ketmoqda, masalan, nomzodning yoshi va fuqaroligi", deyiladi qoidalarda. Bundan tashqari, «saylov natijalarini shubha ostiga qo'yadigan» kontent kompaniya tomonidan cheklanadi. «Bunga o'tgan har qanday umumiy saylovlar natijalariga katta miqdordagi soxtalashtirish ta'sir ko'rsatdi, degan noto'g'ri da'volar, yakuniy natijalar rasman tasdiqlanganidan keyin tizimlarning ishlashidagi xatolar yoki texnik nosozliklar to'g'risida materiallar kiradi», deyiladi xabarda. Aniqlik kiritilishicha, bu qoida hozirda «AQShning barcha o'tgan prezidentlik saylovlariga, shuningdek, Germaniyada 2021 yilgi parlament saylovlariga» tegishli. Shuningdek, yangi qoidalar «demokratik jarayonlarni buzishga chaqiriqlar — tomoshabinlarni ovoz berishga to'sqinlik qilishga yoki uning tartibini buzishga undaydigan kontent»ni joylashtirishni taqiqlaydi. Kompaniyaning xabar berishicha, bunday videolar o'chirib tashlanadi, mualliflari esa bu haqda elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Tailand rasmiylari koronavirusga qarshi emlangan chet ellik sayyohlarni Bangkok va mamlakatning boshqa to'qqizta viloyatiga 1−30 noyabr kunlari karantinsiz kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Ma'lum qilinishicha, viloyatlarning butun hududi emas, balki sayyohlar uchun faqat maxsus belgilangan «turistik zonalar» mavjud bo'ladi. Tailand rasmiylarining rejasiga ko'ra, bu Krabi va Pxangnga, Chiangmay, Xuaxin, Pattayya, Cha-Am, Buriram, Ko Payam va boshqa joylardir. 1 dekabrdan 31 dekabrgacha sayyohlar uchun yana 20 ta provinsiya ochilishi rejalashtirilgan. Bularga Ayuttaya, Chiangray, Kxon Kayen, Lampxun va boshqa hududlar kiradi. 1 yanvardan hukumat chegara viloyatlarini ochishni boshlaydi. Bundan tashqari, 1 oktabrdan Tailandga kirib kelayotganlar uchun majburiy karantin muddati — emlangan sayyohlar uchun yetti kungacha va emlanmagan sayyohlar uchun 10 kungacha qisqartiriladi. — Bangkok Post . «Tolibon» Afg'onistonning so'nggi qiroli Muhammad Zohir Shoh hukmronligi davridagi (1933−1973) konstitutsiyaga vaqtincha amal qiladi. Bu haqda adliya vaziri v.b. etib tayinlangan Abdul Hakim Sharia ma'lum qildi, deb yozadi TASS Amadnews'ga tayanib. Hukumat vakilining aniqlik kiritishicha, konstitutsiyadan shariat qonunlariga zid bo'lgan nizomlar istisno qilinadi. Afg'onistonda mustaqillikka erishganidan, ya'ni 1919 yildan buyon yetti marta konstitutsiya o'zgardi. «Tolibon» hokimiyatga kelishidan oldin mamlakatda 2004 yilda qabul qilingan konstitutsiya amal qilgandi. 1964 yilda Loya jirga (Butun Afg'oniston oqsoqollar kengashi) Zahir Shoh raisligida Afg'onistonning yangi Konstitutsiyasini tasdiqlagandi. Ushbu asosiy qonun mamlakat tarixidagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu hujjatda diniy me'yor va marosimlarga rioya qilish mamlakat aholisi uchun majburiy emasligi belgilangan. Bundan tashqari, bir qancha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sohalarda, jumladan, sud tizimida diniy rahbarlarning roli cheklangan edi. Shu bilan birga, Afg'oniston parlamenti birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini bildirish huquqiga ega bo'lgan. Shuningdek : Yaponiyada 1 oktabrdan boshlab COVID-19 koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilinadi, cheklovlar esa asta-sekin olib tashlanadi. «Koronavirusga qarshi kurashimiz yangi bosqichga o'tmoqda. Nihoyat, biz ijtimoiy va iqtisodiy faolligimiz normal holatga qaytayotganini ko'rishimiz mumkin», — dedi Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga. Uning ta'kidlashicha, virus tarqalishi munosabati bilan qo'yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi va hukumat COVID-19 bilan kurashish uchun vaqtinchalik davolash muassasalarini ochadi hamda aholini emlashni davom ettiradi. Yaponiyada favqulodda holat rejimi olti oydan ko'proq vaqt davomida amal qilmoqda. Hozirgi vaqtda u mamlakatning 47 ta prefekturasidan 19 tasida joriy qilingan. — Associated Press (AP).
|
world
|
Shanba kuni Afg'onistonning Jalolobod shahrida (Nangarxor provinsiyasi markazi) ketma-ket portlashlar sodir bo'ldi. Uch kishi halok bo'ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda . Xabarga ko'ra, halok bo'lganlardan ikki nafari «Tolibon» a'zolaridir. Yaralanganlarning aksariyati tinch aholi vakillari. Ta'kidlashicha, teraktlar «Tolibon»ga qarshi qaratilgan bo'lishi mumkin — portlashlar ular nazoratidagi politsiya bo'limi va hukumat binosi yonida sodir bo'lgan. Yakshanba kuni kechqurun provinsiyaning Sherzod tumanida sodir bo'lgan portlashda esa bir bola halok bo'ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi, deb yozmoqda TOLO News. TASSning Al Jazeera'ga tayanib xabar berishicha , «Tolibon» Jalolobod shahri yaqinida maxsus operatsiya o'tkazmoqda. «Afg'oniston muvaqqat hukumati qurolli kuchlari Jalolobod shahri yaqinida tozalash ishlarini olib bormoqda. Yaqinda sodir bo'lgan portlashlar ortida "Islomiy davlat" terrorchilik guruhi turibdi», — deydi harakat vakillari. Shu bilan birga, boshqa manbalarda ham «Islomiy davlat» teraktlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan, deb aytilmoqda. Shuningdek : Atlantika okeanidagi Kanar arxipelagi tarkibiga kiruvchi Ispaniyaning Palma oroli ma'muriyati Kumbre-Vexa vulqoni otilishi sababli 5 ming aholini evakuatsiya qilishga qaror qildi. Ta'kidlanishicha, bir qator hududlarda evakuatsiya majburiy deb e'lon qilindi, odamlar uchun vaqtinchalik boshpanalar tayyorlandi. Jabrlanganlar to'g'risida ma'lumot kelmagan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hozirgi vaziyat tufayli Nyu-Yorkka rejalashtirilgan safarini kechiktirib, orolga yetib keldi. 85 mingga yaqin aholi yashaydigan orolda vulqon otilishidan oldin, taxminan bir hafta mobaynida seysmik faollik kuzatilgan. Orolda oxirgi marta 1971 yilda Tenegiya vulqoni otilgan edi. — Interfaks . Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Avstraliya va AQShni AUKUS mudofaa alyansini tuzishda yolg'on gapirishda aybladi. Avvalroq, mamlakat AQSh va Avstraliyadagi elchilarini chaqirib olishga qaror qilgan edi. Vazir ittifoqchilar bilan «jiddiy inqiroz» boshlanganini aytdi. «Amerika Qo'shma Shtatlari va Fransiya o'rtasidagi munosabatlar tarixida birinchi marta o'z elchimizni maslahatlashuvlar uchun chaqirib olayotganimiz, mamlakatlarimiz o'rtasida mavjud bo'lgan inqirozning kattaligini ko'rsatadigan jiddiy siyosiy harakatdir», — dedi u. AUKUS bitimi doirasida Avstraliyaga atom suv osti kemalarining qurilish texnologiyasi taqdim etiladi. Shu bilan 2016 yilda Fransiya va Avstraliya o'rtasida imzolagan 37 mlrd dollarlik suv osti kemalari bo'yicha bitim tugatildi. Fransiya bu haqda alyansning e'lon qilinishidan bir necha soat oldin xabardor qilindi. — BBC News . TikTok ilovasiga egalik qiluvchi ByteDance Xitoyda 14 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun «yoshlar rejimi»ni joriy qilmoqda. Ushbu rejimda ilovadan kuniga 40 daqiqadan ko'p bo'lmagan vaqt mobaynida foydalanish mumkin. Shuningdek, kirish kechasi, 22:00 dan 6:00 gacha mavjud bo'lmaydi. Kompaniya ota-onalarga fan, san'at va adabiyot ommaboplaridan ibort bo'lgan «ajoyib kontent»ni olish uchun, birinchi navbatda, o'z farzandlariga haqiqiy ismlar bilan ro'yxatdan o'tishga yordam berishni tavsiya qildi. — Spot . Avvalroq, Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko'proq vaqt davomida video o'yinlar o'ynash taqiqlangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek : Xitoy janubi-g'arbidagi Guychjou provinsiyasida yo'lovchi kemasi ag'darildi . Buning natijasida sakkiz kishi halok bo'ldi, yana yetti kishi bedarak yo'qoldi. Hindiston hukumati mamlakatni chet ellik sayyohlar uchun ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda yaqin o'n kun ichida e'lon qilinadi. Ta'kidlanishicha, 1,5 yil ichida Hindiston xorijiy sayyohlar uchun yopiq bo'lgan. Bunday qaror mamlakatda koronavirus bilan kasallnish holatlari sonining kamayishi tufayli qabul qilinmoqda. Mamlakat hududlari bosqichma-bosqich ochilishi rejalashtirilmoqda. Xabarga ko'ra, birinchi 500 ming xorijlik sayyohga bepul viza beriladi. Bu, Hindiston rasmiylariga ko'ra, turizm va aviatsiya sanoatining tiklanishiga yordam beradi. Aksiya 2022 yil 31 martgacha yoki barcha besh yuz ming turistik vizalar berilguncha davom etadi. Sayyoh bir marta bepul viza olish huquqidan foydalana oladi. — Interfaks .
|
world
|
Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) lavozimiga saylandi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi . Xabarga ko'ra, Fumio Kisida saylovlarning ikkinchi bosqichida 427 tadan 257 ta ovoz to'pladi. Uning raqibi, sobiq mudofaa vaziri Taro Kono 170 ta ovoz oldi. Shunday qilib, Kisida LDP yangi raisi lavozimini egalladi va tez orada u Yaponiyaning yangi, yuzinchi bosh vaziri bo'ladi. Ma'lum qilinishicha, caylovda Taro Kono va Fumio Kisidadan tashqari, avval bir qator vazirlik lavozimlarida ishlagan Sanae Takaiti va Seiko Noda ishtirok etgan. Lekin ular saylovning birinchi bosqichida yetarli ovoz to'play olishmagan. Yangi hukumat rahbarligiga nomzod 4 oktabr kuni bo'lib o'tadigan parlament sessiyasida tasdiqlanadi. LDP raisligiga saylovlar bosh vazir Yosixide Sugining vakolat muddati tugashi munosabati bilan o'tkazilmoqda. U bu lavozimni o'tgan yili Sindzo Abening to'satdan iste'fosi tufayli egallagan edi. Suganing o'zi bu yilgi saylovda qatnashishdan bosh tortdi. U bu qarorini o'zining bosh vazir sifatidagi qolgan muddatini koronavirusga qarshi kurashga bag'ishlash istagi bilan izohlagan .
|
world
|
Avgust oyining o'rtalaridan beri Afg'onistonni boshqarayotgan «Tolibon» Tojikistonga tahdid soldi. Tojikiston rasmiylari bundan oldin toliblar hukmronligini tan olmasliklarini e'lon qilishgan va Panjsherda bo'layotgan voqealarni qoralashgan. «Gazeta.uz» tomonlarning ziddiyatlari haqida so'z yuritadi. «Tolibon» tuzgan Afg'onistonning yangi hukumati haligacha xalqaro miqyosda e'tirof etilmadi, biroq ko'p davlatlar ushbu mamlakatda hukumat o'zgarishiga tan berishdi. Biroq, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 25 avgust kuni Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashuvda Afg'onistondagi davlat tizimini iroda ifodasi va mamlakatning barcha fuqarolarining pozitsiyasini hisobga olgan holda belgilash kerakligini aytdi. «Tojikiston bu mamlakatda zulm va ta'qiblar yo'li bilan tuzilgan boshqa hukumatni tan olmaydi, butun afg'on xalqining, ayniqsa, uning barcha milliy ozchiliklarining pozitsiyasini hisobga olmagan holda», — deya prezident so'zlaridan iqtibos keltiradi uning matbuot xizmati. Uning qo'shimcha qilishicha, tojiklar kelajakdagi Afg'oniston hukumatida munosib o'rin egallashi kerak. Avvalroq «Tolibon» harakati Afg'oniston muvaqqat hukumati tarkibini e'lon qilgan edi. Unda o'zbek va tojik millatlaridan bitta vakil bor. Tayinlangan vazirlarning ko'pchiligi pashtunlar, lekin hazoralar yo'q. Yangi Afg'oniston hukumatining etnik tarkibi Anadolu AA tomonidan баtaфсил taҳлил qilgan. Hukumat tuzilgandan so'ng, Tojikistonning Kobuldagi elchixonasi Emomali Rahmon tomonidan e'lon qilingan pozitsiya o'z kuchida qolganini ma'lum qilgan. Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin 22 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasida Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha Tojikistonning pozitsiyasini tushuntirib, Afg'oniston xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko'rsatish, ayollar va qizlarning ta'lim olish huquqlarini ta'minlash, shuningdek, barcha etnik guruhlar vakillari, ayniqsa mamlakat aholisining 46 foizini tashkil etadigan tojiklar ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligini ta'kidlagan edi. Bundan tashqari, Tojikiston TIV rahbari «toliblar nafaqat jinoyat bilan shug'ullanadigan, balki tinch aholini qiynoq va azoblarga duchor qiladigan» Panjsher viloyati aholisining ahvoliga alohida e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan u xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlarni «Panjsher va Afg'onistonning boshqa hududlari aholisiga gumanitar yordam ko'rsatish uchun yo'llar ochishga yordam berib, bu azob va qonunbuzarlikni tezroq to'xtatishga» chaqirdi. Foto: BMT BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Tojikiston prezidenti «BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik guruhlar ro'yxatiga kiritilgan» «Tolibon» harakati hokimiyatga kelishi mintaqadagi shundoq ham murakkab bo'lgan geosiyosiy jarayonni yanada murakkablashtirganini" ta'kidladi. Emomali Rahmon «Tolibon » inklyuziv hukumat tuzish haqidagi va'dasini bajara olmaganidan afsus bildirdi. Faqat afg'on jamiyatining barcha qatlamlari, shu jumladan afg'on tojiklari ishtirokidagi muloqot ushbu mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlik o'rnatilishiga olib kelishi mumkin, deydi u. «Shu nuqtai nazardan, aholining 46% dan ko'prog'ini tashkil etadigan Afg'oniston tojiklari, ushbu mamlakatning boshqa etnik guruhlari qatorida, davlat boshqaruvida munosib o'rin egallash huquqiga ega», — deb ta'kidladi Tojikiston rahbari. U, shuningdek, Afg'oniston xalqining barcha qonunbuzarliklari, qotilliklari, talonchiliklari va zulmlarini qoralab, Panjsher viloyatidagi og'ir gumanitar vaziyat haqida gapirib, u yerda haqiqiy gumanitar falokat yuzaga kelgani haqida ta'kidladi. Emomali Rahmonning so'zlariga ko'ra, Tojikiston Afg'oniston ichki ishlariga aralashmoqchi emas. U «bu mamlakatda hokimiyat tuzilmasini referendum orqali va mamlakatning barcha fuqarolari pozitsiyasini hisobga olgan holda aniqlashni» taklif qildi. Asia-Plus xabariga ko'ra, sentabr oyining o'rtalarida Dushanbeda Panjsher qarshilik harakatlarini qo'llab-quvvatlash mitingi bo'lib o'tdi. Tojikiston poytaxtida yashovchi afg'onlar «Yashasin qarshilik fronti!» va «Tolibonga o'lim» shiorlari ostida yig'ilishgan edi. OAVda shuningdek, ushbu fonda Tojikiston janubidagi minglab yoshlar mamlakat rahbariyatidan dala qo'mondoni Ahmad Shoh Massud o'g'li Ahmad Masud qo'mondonligi ostidagi qarshilik kuchlariga yordam berish uchun Panjsherga borishga ruxsat berishni so'ragani haqida xabar berilgan. Emomali Rahmon Ahmad Masudni «Ismoili Somoniy» I darajali ordeni bilan taqdirladi, xuddi Afg'onistonning sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniyni taqdirlagani kabi. «Tolibon» tojik rasmiylarining bayonotlariga javoban, Tojikiston rahbariyatini qo'shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. «Biz Tojikistonning ichki ishlarimizga aralashmasligini istaymiz. Biz u bilan yaxshi munosabatda bo'lishni xohlaymiz, lekin bir mamlakatning qo'shni mamlakat ichki ishlariga aralashuvi hech kimning manfaatlariga xizmat qila olmaydi. […] Har qanday harakatga qarshi choralar ko'riladi, — dedi toliblar tomonidan Afg'oniston muvaqqat hukumati raisining o'rinbosari etib tayinlangan Abdul Salam Hanafiy, Qatarning Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida (TASS iqtibosi ). Foto: Zabihullah Mujahid / Twitter «Tolibon» hukumatidagi madaniyat va axborot vaziri o'rinbosari Zabihulloh Mujohid 25 sentabr kuni Twitter`dagi sahifasida Tojikiston bilan chegaradosh Taxor viloyatiga «Afg'oniston islom amirligi Mansuri armiyasining o'nlab maxsus harbiylarini (harbiy qism nomi) sodir etilishi mumkin bo'lgan tahdidlarni qaytarish uchun» qayta joylashtirilgani haqida yozgan. Bu fonda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg'oniston bilan chegarada Darvoz viloyatida harbiy xizmatchilar, chegarachilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining paradini qabul qildi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati. Foto: president.tj Harbiy parad 2000 nafar askar va ofitser hamda 50 ta harbiy texnika ishtirokida o'tkazilgan. Darvoz viloyati Tog'li Badaxshon avtonom viloyati tarkibiga kiradi va Afg'oniston bilan chegaradosh hisoblanadi.
|
world
|
Tunis prezidenti Qais Said Najla Romdanga mamlakatning yangi hukumatini tuzishni buyurdi. Shu tariqa Tunis tarixida birinchi marta ayol kishi hukumat rahbari bo'ladi. Prezident uni «ko'p vaqt yo'qolgani sababli yaqin vaqtlar yoki kunlar ichida hukumat tarkibi to'g'risida takliflar kiritishga» chaqirdi. Najla Romdan — geolog-muhandis, ilgari Tunis Ta'lim vazirligida Jahon banki loyihalarini bajarishga mas'ul bo'lgan. Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, uning davlat boshqaruvida tajribasi kam. — Interfaks . Eslatamiz, 25 iyul kuni Qais Said Xalq vakillari assambleyasi (bir palatali parlament) faoliyati 30 kunga to'xtatilishini, barcha deputatlarning daxlsizligi bekor qilinishini va bosh vazir Xisham Mashishining iste'fosini e'lon qilgan edi. Fransiya hukumati 2017 yildan buyon mamlakatda 650 ta islomiy targ'ibot markazini yopdi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen va IIV vazir-delegati Marlen Shyappaning Le Figaro'ga berilgan qo'shma intervyusida aytilgan. «Hukumat hech qachon hali Fransiyada radikal islomiyatga qarshi bunday keng ko'lamli choralarni ko'rmagan edi. So'nggi to'rt yil mobaynida o'nlab bunday uyushmalar tarqatib yuborilgan. 24 ming xil tekshiruv o'tkazildi, buning natijasida fundamentalistlar tashrif buyuradigan 650 ta muassasa yopildi. Bundan tashqari, o'tgan yilning noyabr oyidan buyon razvedka xizmatlarida shubha uyg'otgan 89 ta ibodat joylari tekshirilgan — ularning uchdan bir qismi hozir yopilgan yoki ularga nisbatan mamlakat uchun zararli faoliyat bilan shug'ullanishga ruxsat bermaydigan choralar ko'rilgan», — dedi ichki ishlar vaziri. Marlen Shyappaning so'zlariga ko'ra, rasmiylar radikal g'oyalarni targ'ib qiladigan masjidlarga va hatto sport klublariga bosim o'tkaza boshlagach, islomiy targ'ibot markazlari o'z joylarini o'zgartirishni boshladilar. Uning aytishicha, 15 ta shahar mavzesi nazoratga olingan, 175 ta muassasa «nishon» ostidadir. Turkmaniston Mejlisi mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni «Turkmen edermen» medali («Jasur turkman») va «Garassyz Turkmenistanyn Watan goragcysy» (Mustaqil turkman vatan himoyachisi) yubiley medali bilan taqdirlashga qaror qildi . Davlat mukofotlarini prezidentga parlament raisi Gulshat Mammedova davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan Davlat xavfsizlik kengashi a'zolari bilan uchrashuvida topshirdi. Prezident harbiy islohotlarning muvaffaqiyati va «Turkmanistonning davlat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzumini mustahkamlash va himoya qilish, Vatanning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, dunyoda barqarorlik va tinchlikni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun» mukofoti bilan taqdirlandi, deb aytiladi Mejlis qarorida. Shuningdek, qarorda prezident «harbiy texnikani, shu jumladan, juda murakkab harbiy samolyotlarni boshqarishda mukammal qobiliyat, yuksak mahorat, botirlik va jasorat namunasini ko'rsatgani» qayd etilgan. «Tolibon» Afg'oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida hamda poytaxt hududida «Islomiy davlat» (ID) terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganini e'lon qildi. Joriy oyda Nangarxorda birdaniga bir nechta portlashlar va qurolli hujumlar sodir bo'lgan , qurbonlar orasida «Tolibon» vakillari va mahalliy aholi bo'lgan. «Xurosondagi Islomiy davlat» ushbu voqealar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi. Kobulda bir necha marotaba raketa hujumlari uyushtirilganda, ID tarafdorlari bunda ham javobgarlikni o'z zimmalariga olishgandi. Shu bilan birga, 21 sentabr kuni harakat matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Afg'onistonda ID va «Al-Qoida» jangarilari borligi haqidagi xabarlarni uydirma deb atadi va ID «Tolibon»ga tahdid solmasligini ta'kidladi. — TASS . Shuningdek : Foto: EPA-EFE/KCNA Shimoliy Koreya 28 sentabr kuni birinchi marta yangi «Xvason-8» gipertovushli raketasini sinovdan o'tkazdi. Xabarga ko'ra, sinovlar mamlakat shimolidagi Chagando provinsiyasidagi poligonlardan birida o'tkazilgan. Muvaffaqiyatli sinov uchirilishi paytida raketaning manyovrligi va barqarorligi tasdiqlandi, uning sirpanish xususiyatlari tekshirildi. Shuningdek, KXDR harbiylari dvigatel va yonilg'i tizimining barqaror ishlashiga ishonch hosil qilishdi, deb yozadi Rodong Sinmun. Bundan avval Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirgan edi.
|
world
|
Adabiyot yo'nalishida 2021 yilgi Nobel mukofoti tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazoq Gurnaga topshirildi. Bu haqda Shvetsiya qirolligi fanlar akademiyasining Nobel qo'mitasi ma'lum qildi . Qo'mita qarorida ta'kidlanishicha, Gurnaga mukofot «kolonializm oqibatlari hamda madaniyatlar va qit'alar oralag'idagi jarlikdagi qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani» uchun berilgan. Abdulrazoq Gurnaning mashhur asarlari «Jannat» (1994 yil) va «Qochoqlik» (2005) romanlari hisoblanadi. Uning so'nggi asari «Qabrdagi hayot» 2020 yilda chiqqan. U hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. O'tgan yili amerikalik shoira Luiza Glyuk ushbu yo'nalishda Nobel mukofoti sohibasi bo'lgan edi. Nobel haftaligi 4 oktabr kuni boshlanib, oldinroq tibbiyot , fizika va kimyo bo'yicha sovrindorlar e'lon qilingan edi.
|
world
|
Finlyandiya 30 yoshgacha bo'lgan erkaklarni koronavirusga qarshi emlashda Moderna preparatini qo'llashni to'xtatishga qaror qildi. Bu xaqda Yle mamlakat sog'liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish instituti direktori Mika Salminenga tayanib xabar bermoqda . Endi ular Pfizer bilan emlanadi. Moderna vaksinasining birinchi dozasini olganlar ham Pfizer'ning ikkinchi dozasini olishadi. Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniyada o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'g'il bolalar va yosh yigitlarda Moderna Spikevaxdan foydalanish yurak mushagining yallig'lanishi bo'lgan miokardit rivojlanish ehtimolini biroz oshiradi, deb ta'kidlamoqda Salminen. Uning so'zlariga ko'ra, aksariyat hollarda miokardit bir necha kun davom etadi va belgilarsiz kechadi. Biroq, shunga qaramay, ehtiyot chorasi sifatida, rasmiylar bu guruhni Moderna bilan emlashni to'xtatishga qaror qilishdi, deb aytadi u. Daniya rasmiylari xavfsizlik nuqtai nazaridan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarni COVID-19'ga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlashni to'xtatdilar, deb yozadi The Local. Daniya SSV bu qaror «ehtiyot chorasi sifatida» qabul qilinganini aytdi. Associated Press'ning xabariga ko'ra, Shvetsiya hukumati 30 yoshgacha bo'lgan aholini preparatning yon ta'siri xavfi ortishi sababli undan foydalanishni vaqtincha to'xtatdi. Moderna Spikevax vaksinasining yon ta'sirlariga miokardit va perikardit holatlari rasman kiritilgan . Davlat operativ tibbiy komissiyasi Latviyaning sog'liqni saqlash tizimida favqulodda holat e'lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Interfaks respublika sog'liqni saqlash vaziri Daniel Pavlyutsga tayanib xabar bermoqda . Endi kasalxonalar COVID-19 bilan kasallanganlarga ham, boshqa og'ir kasallarga ham yordam berish uchun o'z resurslaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Pavlyutsning ta'kidlashicha, hozirgi vaziyatda tez yordam mashinalari yetishmovchiligi kuzatilmayapti, lekin muammo shundaki, ular kasalxonalarning qabul bo'limlari yonida navbatda turishib, boshqa o'tkir holatlarda murojaatlarni qabul qila olmayapti. COVID-19 bilan kasallanishning ko'payishi munosabati bilan Latviya bemorlarni davolash va dala kasalxonasini joylashtirish uchun xalqaro yordam so'rashi mumkin, dedi vazir. Pokistonning Balujiston viloyatida yuz bergan 5,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida 20 kishi halok bo'ldi, 200 dan ortiq odam jarohatlandi. Zilzila markazi 10 km chuqurlikda, Kvetta shahridan taxminan 100 km uzoqlikda qayd etilgan. 100 dan ortiq uylar qulab tushgan, aksariyat binolar, jumladan hukumat binolari zarar ko'rdi. — Interfaks . Bundan tashqari: Yakshanba kuni Ummon va Eronga bostirib kelgan « Shohin » siklonining qurbonlari soni 14 kishiga yetdi. Ummonda, ma'lum qilinishicha, 12 kishi halok bo'lgan. Eronda rasmiylar ilgari yo'qolgan beshta baliqchidan ikkitasining jasadini topganliklarini aytishdi. Ikkala mamlakatda ham bir necha kishi bedarak yo'qolgan hisoblanadi. — Associated Press . Mamlakatda «Tolibon» tomonidan to'y o'tkazish qoidalari belgilandi, ulardan biri bayram paytida jonli ijrodagi musiqaning taqiqlanashidir. Tegishli qaror yaqinda tuzilgan islomiy da'vat, yo'nalish, ezgulik amri va nomunosiblikni taqiqlash vazirligining maxsus yig'ilishida qabul qilindi. Bundan tashqari, harakat nikoh marosimini bayramona dasturxondan oldin o'tkazishni taqiqladi, tadbir davomida erkaklar va ayollar alohida xonalarda bo'lishlari kerak bo'ladi. — TASS (Afghanistan International). Shuningdek : Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksina — RTS,S'dan foydalanishni ma'qulladi. Bu, mutaxassislarning fikricha, har yili Afrikadagi o'n minglab bolalarni qutqarib qolishi mumkin. «Faoliyatim boshida men bezgak kasalligi bo'yicha tadqiqotlar bilan shug'ullanardim va bu qadimiy va dahshatli kasallikka qarshi samarali vaksina paydo bo'ladigan kunni intizorlik bilan kutardim. Va bugun o'sha kun keldi, bu tarixiy kundir. Bugun JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani keng qo'llashni tavsiya qiladi», — dedi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. «Ushbu vaksinani bezgakka qarshi profilaktika vositalarigaga qo'shimcha sifatida ishlatish har yili o'n minglab yoshlarning hayotini saqlab qolishi mumkin», deya qo'shimcha qildi u. JSST rahbari vaksina «xavfsiz» ekanligini ta'kidladi. Biroq taxminan to'rt yil davom etgan klinik sinovlarga ko'ra, vaksinaning samaradorligi cheklangan: sinov paytida, Afrikadagi bolalar orasida preparat bezgak infeksiyasining 39 foiz holatlarini va og'ir shakllarining 29 foizining oldini olgan. — The Guardian .
|
world
|
2021 yilgi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti jurnalistlar Mariya Ressa (Filippin) va Dmitriy Muratovga (Rossiya) topshirildi . Nobel qo'mitasining ta'kidlashicha, mukofot ularning «demokratiya va davomiy tinchlikning asosiy sharti bo'lgan so'z erkinligini himoya qilishdagi sa'y-harakatlari uchun» berilgan. Rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov «Novaya Gazeta» gazetasining bosh muharriri hisoblanadi. Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi uning tahririyatini «bugungi kunda Rossiyada mamlakat miqyosida ta'sirga ega yagona haqiqiy tanqidiy gazeta» deya ta'riflagan . Mariya Ressa filippin-amerikalik jurnalist va muallif bo'lib, u qariyb yigirma yil davomida CNN uchun janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida surishtiruvchi muxbir sifatida faoliyat yuritgan. U, shuningdek Fillipindagi onlayn OAV Rappler`ning ham-muassisi va ijrochi direktori hisoblanadi. 2020 yilda tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturiga ochlik bilan kurashish borasidagi sa'y-harakatlari uchun berilgan edi .
|
world
|
Afg'onistonning Qunduz shahrida shia mazhabiga mansub aholi masjidi portlatildi, deya xabar bermoqda Associated Press. Qunduz politsiyasi rahbarining o'rinbosari Do'st Muhammad Obaidaning aytishicha, masjidga xudkush terrorchi tomonidan olib kirilgan bomba juma namozi vaqtida portlatilgan bo'lishi mumkin. «Tolibon» harakati vakillarining so'zlariga ko'ra, kamida 100 kishi portlash natijasida halok bo'lgan. «Men shia birodarlarimizni ishontirishim mumkinki, Tolibon ularning xavfsizligini ta'minlashga tayyor», dedi Obaida. Holat bo'yicha tergov ishlari boshlangan. Hozircha ushbu portlashni hech qaysi terrorchi guruh o'z bo'yniga olgani yo'q. Associated Press ilgari toliblarga qarshi uyushtirilgan teraktlar «Islom davlati» tomonidan amalga oshirilganligini qayd etdi. Hozircha Qunduzdagi portlashda halok bo'lganlar soni boshqa manbalar tomonidan tasdiqlangani yo'q. Agar bu raqamlar tasdiqlansa, bu avgust oyida «Tolibon» hukumat tepasiga kelganidan keyin amalga oshirilgan eng katta terakt bo'ladi.
|
world
|
Turkiyalik ekani taxmin qilinayotgan xaker Donald Trampning saytini buzib kirdi Ijtimoiy tarmoqlarda RootAyyildiz nomi ostidagi xaker AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp veb-saytining bo'limlaridan birini buzib kirgan. Buzilgan sayt bo'limida xaker tomonidan Quron suralaridan birining matni qoldirilgan, deya xabar bermoqda VICE nashri. Xabarga ko'ra, xakerning turkiyalik ekani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, xaker Youtube sahifasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning millatchilik ruhidagi videosini ham e'lon qilgan. Ushbu xaker Tramp saytining bo'limini uch oy nazorat qilgan. «Xakerlik qilish mumkin bo'lgan juda ko'p sohalar mavjud. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi yoki veb-saytlardagi akkauntlarni buzish mumkin. Men aktivist xakerman. Men veb-saytlar ustida anchadan beri ishlayman. Meni yaxshiroq eshitishlari uchun men shu yo'lni tanladim», — deya qo'shimcha qilgan xaker. Hozircha Tramp vakillari bu bo'yicha hech qanday izoh bermagan. Yaponiya bosh vaziri mamlakat sohiliga KXDR tomonidan ballistik raketalar otilganini tasdiqladi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida KXDR ikkita ballistik raketa uchirganini ta'kidladi. Hukumat rahbari baliqchilar kemalariga zarar yetkazilgani haqida ma'lumot bor yoki yo'qligi haqidagi jurnalistlarning savoliga, hozircha bunday ma'lumot yo'qligini aytdi. Kisida Yaponiya hozirda raketalarning uchirilishi bo'yicha ma'lumotlar tahlil qilinayotganini ham aytib o'tdi. U raketalarning turi va zarba maydoni haqida batafsil ma'lumot bermadi. Ushbu raketalar uchirilishi munosabati bilan Yaponiya bosh vaziri idorasida inqiroz shtabi tashkil qilindi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya Qurolli kuchlari bundan oldin KXDR tomonidan Yapon dengizi tomon bitta ballistik raketa uchirilgani haqida xabar bergan. Unga ko'ra, raketa Xamgyon-Namdo provinsiyasidagi Sinpxo shahri yaqiniga tushgan — TASS . Vetnamda maktab o'quvchisi dars paytida mobil telefon portlashidan vafot etdi Vetnamda Ngean provinsiyasidagi maktabning beshinchi sinf o'quvchisi pandemiya tufayli masofadan ta'lim olar ekan, telefonini quvvatlagichga ulagan holda darsga qo'shilgan va to'satdan telefon portlab, bolaning kiyimlari yonib ketgan. Qo'shnilar jabrlanuvchiga yordamga kelishgan va uni tezda kasalxonaga olib ketishga harakat qilishgan. Biroq bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi. Vetnam OAVlarining yozishicha, bolaning oilasi politsiyadan ushbu fojea sabablarini tekshirmaslikni so'ragan. Mobil qurilmaning modeli haqida ma'lumot yo'q. Gruziya bosh vaziri sobiq prezident Saakashvili tarafdorlarining inqilobiy ssenariylari va provokatsiyalariga yo'l qo'yilmasligini aytdi 30 oktabr kuni Gruziyada munitsipal saylovlarning ikkkinchi bosqichi bo'lib o'tadi. Mixail Saakashvilining Birlashgan milliy harakat partiyasi a'zolari shu kuni hibsda saqlanayotgan siyosatchini ozod qilishni talab qilib, keng ko'lamli miting o'tkazmoqchi, deya xabar bermoqda RIA Novosti . «Odatda, biz nafrat so'zlari haqida gapirganimizda, birinchi navbatda «Birlashgan milliy harakat»ni eslaymiz. Bu odamlar to'qqiz yil davomida mamlakatni nafrat, qiynoq bilan boshqargan, aholi bilan bo'lgan barcha dahshatli voqealar o'sha paytda sodir bo'lgan. Men faqatgina bir narsani aytmoqchiman. Mamlakatda inqiloblar va urushlar davri tugadi. Biz endi provokatsiyaga yo'l qo'ymaymiz», — deya ta'kidlagan Gruziya bosh vaziri matbuot anjumanida. Mixail Saakashvili 1 oktabrda Tbilisiga qaytishi bilanoq hibsga olingan edi. Unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo'zg'atilgan. U 2004 yildan 2013 yilgacha Gruziya prezidenti bo'lgan va o'z vakolat muddati tugashidan biroz oldin mamlakatni tark etgan. Shundan so'ng, unga nisbatan to'rtta jinoiy ish qo'zg'atilgan, ulardan ikkitasiga sud hukmi chiqarilgan. 2018 yilda bankir Sandro Girgvlianining o'ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi bo'yicha Saakashvili sirtdan sud qilindi. Birinchisida u uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan . Xalqaro banklar UEFAning pandemiyadan keyingi 7 mlrd yevrolik moliyaviy dasturida ishtirok etish uchun raqobatlashmoqda AQShning Goldman Sachs, Avstraliyaning Macquire va Apollo xususiy investitsiya kompaniyalari UEFAning pandemiyadan keyingi 7 mlrd yevrolik moliyaviy dasturida ishtirok etish uchun raqobatlashmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi . Xabarda aytilishicha, tenderda qatnashgan yana bir bank — Italiyaning UniCredit banki tenderning birinchi turidan so'ng qisqa ro'yxatga kira olmagan. AQShning Citi banki ham UEFA bilan muzokaralar olib borgan, lekin birinchi bosqichga ariza topshirgani aniq emas. Ushbu yordam dasturi orqali UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi Yevropa klublarini dastlabki bosqichda 2 mlrd yevro miqdorida moliyalashtirish jamg'armasini yaratish ko'zda tutilgan. Keyinchalik esa ushbu jamg'arma miqdori 7 mlrd yevrogacha o'sishi kutilmoqda. Tashkilot ushbu jamg'armadan iloji boricha ko'proq Yevropa klublariga kredit stavkasi 2% bo'lgan imtiyozli kreditlar berish uchun foydalanmoqchi. Biroq UEFA tashkil etilayotgan jamg'armaga qanday mexanizm yordamida mablag' jalb qilishni rejalashtirgani hozircha aniq emas. Ma'lum bo'lishicha, UEFA musobaqani translyatsiya qilish huquqini sotish orqali jamg'arma mablag'larining bir qismini ta'minlashni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, ushbu dastur sport ligalari va assotsiatsiyalari faoliyatini moliyalashtirish masalasida moliyaviy institutlarga o'tish tendensiyasidan dalolat beradi. Bu tendensiya COVID-19 pandemiyasi davrida tezlashdi. UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin, Yevropa futboli ko'p yillik iqtisodiy o'sish pandemiya sababli to'xtab qolganidan so'ng endilikda «yangi moliyaviy haqiqatga» duch kelishi mumkinligini aytib o'tdi. Chexiya prezidenti sog'lig'i tufayli o'z vazifasini bajara olmayotgani sababli uning vakolatlari olib qo'yilishi mumkin Chexiya parlamentining Senati (yuqori palatasi) 5 noyabr kuni yig'ilish o'tkazadi. Unda Milosh Zemandan prezidentlik vakolatlarini olib qo'yish bo'yicha ovoz berish o'tkazilishi mumkin. Senat rahbariga ko'ra, senatorlar Chexiya konstitutsiyasining 66-moddasini amalga oshirish-oshirmaslikni ko'rib chiqadi. Unga ko'ra prezidentning vafoti yoki kasalligi munosabati bilan uning vakolatlarining bir qismi vaqtinchalik senat rahbariga, yana bir qismi esa vakillar palatasi spikeriga o'tadi. «Boshqa variant, afsuski, yo'q — biz konstitutsiyaning 66-moddasini qachon va qay tarzda kuchga kiritishni muhokama qilishimizga to'g'ri keladi», — dedi Milosh Vistrchil. 77 yoshli Zeman 10 oktabr kuni Pragadagi markaziy harbiy kasalxonaning jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Prezident ma'muriyati uning sog'lig'i haqida batafsil ma'lumot berishdan tiyilmoqda va davlat tashabbusi taqiqlanganiga ishora qilib, uning tashxisi haqida jamoatchilikka xabar bermagan. Praga qal'asining bu pozitsiyasi jiddiy tanqidlarga sabab bo'ldi. Respublika bosh vaziri Andrey Babish prezident ma'muriyati rahbari Vratislav Minarjni iste'foga chiqishga chaqirdi — TASS .
|
world
|
Chegaradan o'tayotgan fuqarolardan tizimli ravishda pul undirib kelgan Qirg'izistonning «Dostuk-avtodorojniy» nazorat-o'tkazish punkti xodimlari qo'lga olindi. Bu haqda 24.kg nashri Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi . Ular Chegara xizmatining ayrim rahbarlari homiyligi ostida faoliyat yuritishgan. Aniqlik kiritilishicha, O'zbekiston fuqarolari va og'ir yuk mashinalari haydovchilari ulardan eng ko'p jabr ko'rgan. Mazkur holat Qirg'iziston Jinoyat kodeksining «Bir guruh shaxslardan pora olish» moddasi bo'yicha ro'yxatga olingan. «19 oktabr kuni "Dostuk-avtodorojniy" nazorat-o'tkazish punkti boshlig'i A.E., Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining O'sh viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i Ch.N., shuningdek direktorning birinchi o'rinbosari — Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Bosh shtabi boshlig'i Kursanbek Bektashev qo'lga olindi. Qo'lga olinganlar MXDQning O'sh shahri va O'sh viloyati boshqarmasining vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi», — deyiladi xabarda.
|
world
|
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a'zolari bilan yig'ilishda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat tufayli butun Rossiya bo'ylab 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlanmaydigan kunlar joriy etilishi haqida e'lon qildi. Bu haqda «Rossiya 24» telekanalida xabar qilindi . Ta'kidlanishicha, xodimlarning oylik maoshlari saqlanib qoladi, ishlanmaydigan kunlar uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, «og'ir» hududlarda bu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin. Vladimir Putin aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoni hali ham sustligicha qolayotgani, shuning uchun kasallik tarqali sur'atlarini «sindirish» lozimligini ta'kidladi. U COVID-19 ga qarshi test o'tkazish hajmini kengaytirish kasallanishlar sonini qisqartirishga yordamlashishi mumkinligini aytib o'tdi. «Virus tarqalish zanjirini uzish kerak», — dedi Rossiya prezidenti. Putin yaqlari kasallikka chalingan rossiyaliklardan uyda qolishni so'radi. Mamlakat bosh vaziri o'rinbosari Tatyana Golikovaning ma'lum qilishicha, 35 ta hududda COVID-19 ga chalinish holatlari oshgan. Ularning 7 tasida — Stavropol, Adigeya, Chelyabinsk, Oryol, Amur, Samara, Saratov viloyatlarida kasalxonalardagi bo'sh o'rinlarning 95 foizi band. Rossiya bo'yicha bu ko'rsatkich 86,6 foizni tashkil etmoqda. Hukumat raisining birinchi o'rinbosari Andrey Belorusov ishlanmaydigan kunlarning joriy etilishidan biznes 60 mlrd rublga yaqinroq zarar ko'rishini ta'kidladi. 16 oktabr kuni Rossiyada ilk bor kuniga mingtadan ko'p koronavirusdan o'lim holati qayd etildi . Sankt-Peterburgda kasallanish va o'limlar soni ko'payishi ortidan kafe, restoran, muzey, kontsert va boshqa jamoat joylariga tashrif buyurish uchun QR-kodlar joriy etildi. Moskvada esa 60 yoshdan oshgan emlanmagan fuqarolar uchun o'zini izolyatsiya qilish rejimi e'lon qilindi. Ular fevralgacha uyda qolishlari kerak.
|
world
|
Rossiyada 30 oktabrdan 7 noyabrgacha ishlanmaydigan kunlar deb e'lon qilindi Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a'zolari bilan yig'ilishda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat tufayli butun Rossiya bo'ylab 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlanmaydigan kunlar joriy etilishi haqida e'lon qildi. Shuningdek, hudud rahbarlari belgilangan sanani kutmasdan, muddatidan oldin cheklov rejimini joriy etish huquqiga ega. Vladimir Putin agar kerak bo'lsa ushbu dam olish kunlari 7 noyabrdan keyin uzaytirilishi ham mumkin, deya ta'kidladi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi. Putin, shuningdek, bosh vazirning birinchi o'rinbosari Andrey Belousov tomonidan yig'ilishda e'lon qilingan biznesni qo'llab-quvvatlash tashabbusini ma'qulladi. Unga ko'ra, zarar ko'rgan korxonalar uchun (asosan kichik va o'rta korxonalar xodimlari uchun) eng kam ish haqining bir baravari miqdorida bir martalik grantlar joriy qilinadi. Rossiya hukumati ushbu cheklov muddatida biznes sohasi 60 mlrd rubl zarar ko'rishini ma'lum qildi. Shu bilan birga, to'lovlar uchun 27 mlrd rubl kerak bo'ladi va buning qamrovi ikki millionga yaqin odamni tashkil qiladi. Biznesni qo'llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlash dasturi joriy qilinadi. Bunda kredit miqdori xodimlar soniga bog'liq bo'ladi. Kredit limiti esa 500 mln rublni tashkil qiladi. Shuningdek: Yevroparlament Aleksey Navalniyni Saxarov nomidagi mukofot bilan taqdirladi. Navalniydan tashqari Saxarov mukofoti uchun qisqa ro'yxatga afg'onistonlik ayollar va Boliviyadan kelgan huquq himoyachisi ham kiritilgan. «Rossiya muxolifatchisi Aleksey Navalniy 2021 yilgi Saxarov mukofoti sovrindori», — deyiladi fraksiya Twitter sahifasida. G'oliblarni taqdirlash marosimini 15 dekabrda Strasburgda bo'lib o'tadigan Yevropa parlamenti yalpi majlisida o'tkazish rejalashtirilgan. Yevropa Parlamenti har yili akademik Andrey Saxarov nomidagi mukofotni inson huquqlari va Yevropa qadriyatlarini himoya qilishga katta hissa qo'shgan taniqli shaxslar va tashkilotlarga topshiradi. Mukofot 1988 yilda ta'sis etilgan. 2020 yilgi mukofotni Belarus ayollari olishgan. Facebook kompaniyasi o'z nomini o'zgartirmoqchi Facebook kelasi haftada o'z nomini o'zgartirishi mumkin, deb xabar berdi The Verge nashri. Xabarga ko'ra, yangi nom korporatsiya tarkibidagi WhatsApp, Instagram va Oculus tarmoqlarini ham o'zida mujassam etishi kerak. Facebook rahbari Mark Sukerbergning 28 oktabr kuni bo'lib o'tadigan Connect yillik konferensiyasida rebrending haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda. Bu yangi nom hozirda sir tutilmoqda, hatto korporatsiya rahbariyatining a'zolari ham bu haqda bilmaydi. Nashrining yozishicha, yangi nom Facebook'ning yangi virtual ofis ilovasi Horizon bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Kompaniyaning o'zi hozircha nom o'zgarishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga izoh bermadi. Braziliya senati prezident Bolsonaruni pandemiyadagi harakatlari bilan fuqarolarning o'limiga sabab bo'lganlikda aybladi Braziliya Senati hisobot e'lon qilib, mamlakat prezidenti Jair Bolsonaroni pandemiya paytida qilgan harakatlari uchun qotillikda ayblash kerakligini aytdi. Shuningdek, unga jami 11 modda bo'yicha ayblovlar qo'yilgan. 1200 sahifali hisobot Senatning maxsus komissiyasi tomonidan o'tkazilgan keng ko'lamli tergovga asoslangan. Mualliflarning fikricha, prezidentning aybi shundaki, u vaksinalarni o'z vaqtida sotib olmagan, bu aholini emlash kampaniyasini murakkablashtirgan va 95 ming odamning o'limiga olib kelgan. Braziliya pandemiyadan eng ko'p zarar ko'rgan mamlakatlardan biriga aylandi. Pandemiya boshlanganidan beri u yerda 21 milliondan ortiq odam kasallikka chalingan. O'lim darajasi bo'yicha (603 ming kishi) Braziliya AQShdan keyin ikkinchi o'rinda (730 ming) turadi. Vaziyatni boshidanoq virus xavfini inkor etgan prezident Bolsonaroning pozitsiyasi og'irlashtirdi. Prezident koronavirusni «yengil gripp» deb atadi, u ot minishda va niqobsiz yig'ilishlarda qatnashdi va o'zi kasal bo'lib qolganida, shifokorlarning tavsiyalariga amal qilmadi — Kommersant' . Prezident Bolsonaroning o'zi unga qo'yilgan ayblovlarni rad etib, ularni siyosiy sabablari borligi bilan izohlagan. Ba'zi kuzatuvchilar bu ish sudda ko'rib chiqilishiga shubha bilan qaramoqda. Buning sababi esa ayblovlarni prezidentning himoyachisi hisoblangan mamlakat bosh prokurori e'lon qilishi kerak bo'ladi. Buyuk Britaniyada koronavirusning «delta» shtammidan ham kuchliroq turi aniqlandi Buyuk Britaniyada «delta» shtammidan kelib chiqqan koronavirusning AY.4.2 varianti bilan yuqadigan infeksiyalar ulushi o'sib bormoqda va hozirda bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish holatlarining 10 foizini tashkil etmoqda. Infeksiyaning yangi shakli «delta» variantiga qaraganda yuqumliligi kuchliroq bo'lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda, deb yozadi Financial Times . AY.4.2 shtammi birinchi marta Buyuk Britaniyada 2021 yil iyul oyida aniqlangan. Kembrij genom tadqiqot markazi direktori Jeffri Barret va London universiteti kolleji Genetika instituti direktori Fransua Ballouning so'zlariga ko'ra, koronavirusning yangi varianti «delta» shtammidan 10−15 foizga yuqumliroq. Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining har o'ninchi holati allaqachon yangi shtamm bilan bog'liq ekani ma'lum qilindi. Koronavirusning yangi shtammi paydo bo'lishiga niqob rejimiga va ijtimoiy masofaga yetarlicha rioya qilinmasligi, shuningdek, xodimlarning kamchiligi masofadan turib ishlashi sabab bo'lgan. sentabr oyining o'rtalaridan buyon Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanish va o'lim darajasi, shuningdek kasalxonaga yotqizilganlar soni yana oshdi. AY.4.2 Yevropaning bir qancha mamlakatlarida topilganiga qaramay, u faqat Buyuk Britaniyada keng tarqalgan. Britaniya olimlari AY.4.2 ning tarqalishini istisno qilmaydi. Shunga qaramay, AY.4.2 infeksiyasining birinchi holati Isroilda aniqlangani ma'lum bo'ldi.U yerda virus Moldovadan qaytgan 11 yoshli bolada topilgan va u darhol karantinga olingan . Suriyada harbiylar avtobusi portlashi oqibatida 14 kishi halok bo'ldi Suriyaning Damashq shahri markazida «Rais» ko'prigida portlash sodir bo'ldi. SANA agentligining xabar berishicha, jangarilar ikkita portlovchi moslamani ishga tushirgan, oqibatda harbiylar ketayotgan avtobus portlab ketgan. RIA Novosti manbasining xabar berishicha, portlash oqibatida 14 kishi halok bo'lgan. Ma'lum bo'lishicha, voqea joyida uchinchi bomba zararsizlantirilgan. Hali hech qaysi terrorchilik guruhi hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmagan. Bitkoinning narxi 66 ming dollardan oshdi Dunyoning eng qimmat kriptovalyutasi bo'lgan bitkoin chorshanba kuni rekord darajadagi 67 ming dollarga yaqinlashdi va aprel oyida o'rnatilgan rekordni ortda qoldirdi. Bu oyda bitkoin narxi 50% ga oshdi. sentabr oyining oxirida uning narxi 44 ming dollardan past edi. Yil oxirigacha bitkoin narxi 100 ming dollargacha oshishi kutilmoqda — CNN .
|
world
|
Gruziyada 30-oktabr kuni bo'lib o'tgan mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlariga saylovning ikkinchi bosqichi natijalari e'lon qilindi. MSK ma'lumotlariga ko'ra, hukmron «Gruzinskaya mechta — demokraticheskaya Gruziya» («Gruziya orzusi — demokratik Gruziya») partiyasidan merlikka nomzodlar 20 ta shahardan 19 tasida g'alaba qozongan. MSK ma'lumotlariga ko'ra, Tbilisining amaldagi meri, «Milan» futbol klubining sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze 55,6 foiz, uning muxolifatdagi «Yedinoye natsionalnoye dvijeniye» («Birlashgan milliy harakat») partiyasidagi raqibi Nikanor Meliya esa 44,4 foiz ovoz to'plagan. Rustavi shahrida Nino Latsabidze (53,7%), Batumida Archil Chikovani (51%), Kutaisida Ioseb Xaxaleishvili (51,6%), Potida Beka Vacharadze (57,3%) g'alaba qozondi. Muxolifat partiyasi vakili g'alaba qozongan yagona shahar — aholisi 25 mingdan kam bo'lgan Salendjixa bo'ldi. Saylovchilarning 51,1 foizi Georgiy Xarchilavga ovoz berdi. Saylovning ikkinchi bosqichida mamlakat miqyosida 49,09% saylovchilar ishtirok etgan. «Yedinoye natsionalnoye dvijeniye» («Birlashgan milliy harakat») yetakchisi Nikanor Meliya saylovlarni «soxta, zo'ravon va o'g'irlangan» deb atadi va o'z tarafdorlarini Tbilisi markazida muxolifatning keyingi rejalari e'lon qilinadigan mitingga yig'ilishga chaqirdi", deb yozadi NewsGeorgia portali. Meliya vatandoshlarini «murossiz kurashga» chaqirdi. Shuningdek, u bir haftadan so'ng — 7 noyabrda navbatdagi norozilik namoyishi bo'lib o'tishini, miting Ozodlik maydoniga to'planishini ma'lum qildi. Unga ko'ra, seshanba kuni Batumi, Kutaisi va respublikaning boshqa yirik shaharlarida norozilik aksiyalari boshlanadi. Avval xabar berganimizdek, 2004−2013 yillarda Gruziya prezidenti lavozimida ishlagan Saakashvili saylovning birinchi bosqichi arafasida mamlakatga qaytgan edi. So'nggi sakkiz yil davomida u xorijda yashab kelgan, chunki mamlakatda sobiq prezidentga qarshi bir necha jinoiy ish qo'zg'atilgan. U Tbilisida hibsga olingan va Rustavi shahrida qamoqqa olingan. Ikkinchi tur arafasida Saakashvili uning hayoti tarafdorlarining ovoziga bog'liqligini aytdi. «Mening yashashim yoki o'lishim har biringizga, ovozingizga va saylovda ishtirokizga bog'liq», — deya xulosa qildi siyosatchi. U hibsga olinganidan beri 31 kun davomida ochlik e'lon qilgan. 27-oktabr kuni koloniyadagi Saakashviliga Ukrainaning inson huquqlari bo'yicha ombudsmeni Lyudmila Denisova (Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukraina fuqarosi) tashrif buyurdi va u gapirishda qiynalayotganini hamda 14 kg vazn yo'qotganini aytdi, deb yozadi RBK.
|
world
|
Oksford inglizcha lug'ati 2021 yil uchun vax so'zini («vaksina» yoki «vaksinatsiya ma'nosini bildiruvchi so'zlashuv iborasi) tanladi. Bu haqda Oxford Languages veb-saytida ma'lum qilindi. Lug'at tuzuvchilari ta'kidlashicha, 2020 yilda nisbatan kam uchraydigan vax so'zi bu yil 72 marta ko'proq qo'llanilgan va ko'plab yasama so'zlar ham paydo bo'lgan. «Bu yilgi muhitni vax`dan ko'ra yaxshiroq aks ettiruvchi so'z yo'q», deb ta'kidladi tuzuvchilar. Vax so'zi birinchi marta 1980 yillarda ot sifatida paydo bo'lib, «vaksina» yoki «vaksinatsiya» degan ma'noni anglatgan. 2000 yillarning boshida u «emlash» ma'nosini anglatuvchi fe'l sifatida ham qo'llanila boshlandi. Vaksina so'zining o'zi birinchi marta 1799 yilda va undan yasalgan so'zlar — vaccinate («emlash») i vaccination («vaksinatsiya») 1800 yilda qayd etilgan Bu so'zlar lotincha vacca so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «sigir» degan ma'noni anglatadi. O'tgan yil davomida vax so'zidan hosil bo'lgan bir qator neologizmlar ham paydo bo'ldi: «Ushbu so'zlarning ko'pchiligi doimiy va keng qo'llanilmasada, lug'atlarga kiritilmasada, ular yil muammolarining «leksik surati»ni taqdim etadi», — deyiladi tilshunoslar hisobotida. O'tgan yili Oksford lug'ati yil so'zini tanlay olmagan, chunki olimlar 2020 yilni — «bir so'z bilan ifodalash mumkin bo'lgan yil emasligini» ta'kidlashgan.
|
world
|
Moskva rasmiylari shahar qurilish maydonlarida chet ellik ishchilardan voz kechish rejasini ishlab chiqadi. Bu haqda Moskva shaharsozlik siyosati va qurilish bo'yicha vitse-meri Andrey Bochkarev RBKga bergan intervyusida ma'lum qildi. Vitse-merning so'zlariga ko'ra, Rossiya poytaxtidagi qurilish obyektlarida «ikki-uch baravar ko'proq» ish haqi bilan «uch baravargacha kam» ishchini jalb etish kerak. Uning fikriga ko'ra, bu obyektlarni ikki baravar tezroq qurishga imkoniyat yaratadi. Bu obyektni qurishda yangi texnologik yechimlarga, shuningdek, jarayonni mexanizatsiyalashga yordam beradi, deb tushuntiradi Bochkarev. Masalan, devorlarni gipslash uchun to'rt kishidan foydalanish yoki uning o'rniga devorga eritmani surtadigan stansiyani qo'yish mumkin, dedi u. «Hozir Moskvada ishchilar va muhandislar yetishmaydi… Mehnat resurslari tanqisligi 40 foizga yaqin. Pandemiya tufayli mehnat migrantlari tarqab ketishdi: 120 mingdan atigi 40 mingtasi qoldi, ammo qurilish maydonlarida Moskva viloyati aholisi vakillari ko'paydi. Bundan tashqari, migrantning o'rtacha maoshi 30 ming rubldan 50−60 ming rublgacha o'sdi, lekin hozir ko'pchilik 80 ming rublga ham ishlashni xohlamaydi, — deydi Moskva meri o'rinbosari. Kapital qurilish loyihalarining xorijiy ishchi kuchiga bog'liqligini kamaytirish uchun rasmiylar maxsus dastur yaratishga tayyorlanmoqda. «Men qurilish majmuasidagi hamkasblarim va pudratchilar oldiga Moskva shahridagi qurilish obyektlarida xorijlik ishchi kuchisiz ishlashimizga imkon beradigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini qo'ydim», — dedi Bochkarev. Islohotning mazmun-mohiyati qurilish obyektlarida ishchilar sonini qisqartirish, ularning malakasini oshirish, texnik ta'minot va ish haqini bir necha baravar oshirishdan iborat. Bochkarev o'z qurilish maydonchalarida migrantlarni ishlatmaydigan Finlyandiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarini misol tariqasida keltirdi va ushbu davlatlardagi qurilish obyektlarida ishchilarning o'rtacha ish haqi Rossiya valyutasida 240−250 ming rublni tashkil qilishini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, hozirda Rossiya poytaxtida ushbu formatga o'tish uchun tajribalar o'tkazilmoqda. «Masalan, qator obyektlarda reja bo'yicha 450 kishi ishlashi kerak bo'lsa, pudratchi 170 ta ishchi bilan loyihani amalga oshiryapti», — deydi u. Bochkarev qurilish sohasidagi ta'lim sifatiga ham e'tibor qaratib, Rossiyada ushbu sohadagi asosiy intizom sanoat fuqarolik qurilishi fani bo'yicha o'qish 90%ga muhandislikdan (hisob-kitob, formula, konstruksiyalar va boshqalar), 10−15%ga qurilishni boshqarish usullaridan tashkil topganligini ta'kidladi. «Bizning o'quvchilarimiz, o'zim ham, asosan muhandislar». «Amerikaliklarda, nemislarda, shvedlarda bu fanlar ikkiga bo'lingan. Bittasi — muhandislik. Ikkinchisi — jarayonlarni tashkillashtirishni o'rgatadigan construction management fani. Amerikadagi qurilishga kirsangiz, ishchilar instrumentlar osib olgan. Chunki ular pullarini samarodorligi uchun oladi. Bu kichkina narsadek tuyulishi mumkin, lekin bu orqali bitta odam uch kishining o'rnini bosadi. Biz shunday ta'lim dasturlarini yaratishimiz kerak», — dedi Moskva meri o'rinbosari.
|
world
|
Angliyada ikki poyezd to'qnashib ketishi oqibatida 17 kishi jarohatlandi Angliyaning Solsberi shahrida ikki poyezd to'qnashib ketdi. Oqibatda 17 kishi jarohatlangan, poyezd haydovchilaridan biri esa tiqilib qolgan, deya xabar berdi xabar berdi BBC . Poyezd haydovchilaridan biriga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. To'qnashuv South Western Railway va Great Western xizmati poyezdlari ishtirokida sodir bo'lgan. Xabarga ko'ra, poyezdlardan biri tunneldagi obyektga urilgan, ikkinchi poyezd esa signalizatsiya muammosi tufayli u bilan to'qnashgan. Jabrlanganlarning hammasi kasalxonaga yotqizilgan, ularning jarohati jiddiy emas. Hozirda halokat joyida 50 nafar o't o'chiruvchi, shuningdek, politsiya va tez yordam xodimlari ish olib bormoqda. Poyezdlar harakati esa to'xtatib qo'yilgan. Tokioda o'lim jazosiga hukm qilinish uchun metroda yo'lovchilarga hujum qilgan shaxs ushlandi 31 oktabr kuni Tokio metrosida yo'lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan erkak politsiyaga «odamlarni o'ldirmoqchi bo'lganini va o'lim jazosini olmoqchi ekanini» tan oldi, deb xabar berdi Kyodo agentligi. Qayd etilisha, hujum qilgan shaxs voqea joyida qo'lga olingan, u qarshilik ko'rsatmagan. Erkak o'zini Kiota Xattori deb tanishtirgan, u 24 yoshda. Xabarga ko'ra, hujum vaqtida u maskarad libosida bo'lgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, hujum paytida erkakning bir qo'lida oshxona pichog'i, ikkinchi qo'lida esa plastik shisha bo'lgan. Xattori avvaliga sakkizinchi vagondagi keksa odamga pichoq bilan hujum qilgan, keyin esa oltinchi vagonga o'tib, u yerda yong'in chiqargan. Keyinchalik Xattori qo'lidagi suyuqlikni to'kib yuborgan va o't qo'ygan. Jabrlanganlar soni 17 kishini tashkil qilmoqda. Keksa odamning ko'kragiga pichoq bilan urilgan zarbadan keyin uning ahvoli og'ir ekani aytilmoqda. Qolgan 16 nafari yengil tan jarohati olgan yoki tutundan zaharlangan. Ikki yillik tanaffusdan so'ng ilk marta G20 davlatlari yetakchilari yuzma-yuz uchrashdi Yakshanba kuni Rimda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta yuzma-yuz o'tkazilgan G20 davlatlari yetakchilarining sammiti yakunlandi. G20'ga raislik qilayotgan Italiya yakunda erishilgan natijalardan mamnunligini bildirdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rimni tark etar ekan, Twitter'da sammit «umidlarni oqlamaganini», biroq «umidlar hali butunlay so'nmaganini» yozdi. Iqtisodiyot bo'yicha G20 mamlakatlari yetakchilari eng yuqori siyosiy darajada yirik korporatsiyalarga 2023 yilda kuchga kirishi kerak bo'lgan 15 foizlik minimal global soliqni joriy etish to'g'risida qarorni ma'qulladi. Bu soliq tarafdori bo'lgan AQSh prezidenti Jo Bayden yirik kompaniyalar uchun minimal global soliqning joriy etilishi jahon iqtisodiyotini o'zgartirishiga ishonishini bildirgan. Italiya poytaxtidan barcha dunyo yetakchilari Glazgoga ko'chib o'tmoqda, u yerda BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi bo'lib o'tadi. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash choralari bo'yicha muhokamalar davom etadi. Ispaniyada Xellouin kunida otishma yuz berdi RIA Novosti ma'lumotlariga ko'ra, Xellouin kunida Torrent (Valensiya provinsiyasi, Ispaniya) qabristonida yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo'ldi. Bir kishi ikki qarama-qarshi lo'li urug'ining otishmasi qurboni bo'ldi, yana biri yurak xurujidan vafot etdi va bu favqulodda holat otishma bilan bog'liq emas, deb yozadi Las Provincias . Shu bilan birga, otishma o'zaro urushayotgan klanlar o'rtasida emas, balki bir oila a'zolari o'rtasida sodir bo'lgan. Halok bo'lgan shaxs 45 yoshda, uning 20 yoshli o'g'li esa yaralangan. Shuningdek, qabristonga tashrif buyurgan 79 yoshli qariya yurak xurujidan vafot etgani xabar qilingan. Ukrainaning Kiyev shahrida ku-kluks-klan libosidagi shaxslar irqchilikka qarshi namoyish o'tkazdi Ku-kluks-klan kiyimidagi odamlar yakshanba kuni Kiyev markazida miting o'tkazdilar, ular qo'llarida irqchilikka oid yozuvlar yozilgan plakatlarni ushlab turdi, deb xabar beradi Ria Novosti . «Kecha Kiyevda irqchilikka qarshi miting bo'lib o'tdi. Ku-kluks-klan kiyimidagi odamlar "Ha, biz irqchilarmiz, KKK qaytdi", "White Power" plakatlari bilan Kiyev markazidan o'tishdi», — deyiladi nashr bayonotida. Avgust oyida Ukrainada irqchilik mojarosi avj oldi. Kiyevda noma'lum shaxslar yunon-rum kurashi bo'yicha ukrainalik Olimpiada chempioni va Oliy Rada deputati Jan Belenyukning oldiga borib, uning irqini haqorat qilgan. Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari bu bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu voqeani izohlar ekan, Ukrainada irqchilik ko'rinishlariga yo'l qo'yib bo'lmaydi, deya ta'kidlagan. Keyinchalik Beleniuk radikal muxlislardan qo'rqib, irqchilik namoyon bo'lgani uchun stadionga futbol tomosha qilish uchun bormaganini aytgan — Ria Novosti . Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarovning samolyoti Buyuk Britaniyaga kiritilmadi Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarovning samolyoti texnik talablarga javob bermagani uchun Buyuk Britaniyaga kiritilmadi, deb xabar bermoqda prezident ma'muriyatiga tayanib Sputnik Qirg'iziston . «Davlat rahbari uchayotgan "Bort №1 — TU-154 " samolyoti Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning texnik standartlariga javob bermaydi. Shu munosabat bilan Qirg'iziston tomoniga ushbu turdagi samolyotlarni qo'ndirishning iloji yo'qligi haqida xabar berilgan», — deyiladi xabarda. Xabarga ko'ra, Japarov Glazgoga Embraer Lineage 1000 xususiy samolyotida uchgan. Prezident hozir Buyuk Britaniyaga yetib kelgan va u seshanba kuni sammitda nutq so'zlaydi. Shuningdek:
|
world
|
4 noyabrda kunning ikkinchi yarmida O'zbekistonning ayrim hududlarini g'ayrioddiy chang-qumli tuman qopladi . Avval bunga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko'tarilishi sabab bo'lgani aytildi. Keyinroq, «O'zgidromet» mamlakatdagi keng ko'lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo'lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi. Markaz tomonidan olib borilayotgan kuzatishlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday g'ayrioddiy holat ilgari kuzatilmagan. Odamzod tomonidan avval kuzatilmagan tabiat hodisalari juda ham ko'p savollarni keltirib chiqarishi tabiiy. Ularning deyarli barchasi yoki taxminiy xulosalarga, yoki farazlarga asoslanadi. Ayrimlarining esa hanuzgacha sababi aniqlanmagan. Dunyoning turli chekkalarida kuzatilgan eng g'ayrioddiy tabiat hodisalari haqida «Gazeta.uz» maqolasida. Azaldan tuman va Buyuk Britaniya bir-biriga hamisha bog'liq bo'lgan. 1952 yil 5 dekabrda Londonga tushgan tuman haqiqatdan ham halokatli oqibatlarga olib kelgan va 12 ming kishining hayotiga zomin bo'lganligi aytiladi. 1952 yil Britaniyada qish ancha erta boshlangan. Noyabr oyida qattiq sovuq tushgan, qor yog'gan va dekabrga kelib, qishki ob-havo mamlakat hududini butunlay o'rab olgan. Londondagi havo fabrika va zavodlardan chiqadigan tutun bilan qattiq ifloslanib borayotgan edi, chunki mamlakat sanoati urush vayronagarchiliklaridan faol ravishda tiklanayotgan bo'lgan. Ko'plab avtomobillar va jamoat transporti ham atrof-muhitning ifloslanishiga hissa qo'shgan. O'sha yili Angliya poytaxtiga sovuq tuman tushgan, uning tarqalishiga esa hech qanday imkon bo'lmagan. Va bu tuman ichida chiqindi gazlar, zavod chiqindilari, yuz minglab kaminlarning qorakuya zarralari to'plangan. Ko'chalarda deyarli hech narsa ko'rinmas, odamlar faqat bino devorlarini ushlab harakatlana olar edilar. 5 kun davom etgan qora tuman minglab kishilar, ayniqsa katta yoshdagilar, yosh bolalar va respirator kasalliklari borlarning o'limiga sabab bo'lgan. Birlamchi hisobotlarga ko'ra, tuman oqibatida 4 ming kishi vafot etgan. Biroq, ayrim mutaxassislar qora tuman paytida zararlanib, keyinchalik vafot etganlar soni 12 minggacha yetgan bo'lishi mumkinligini ta'kidlashadi. Bunday tumanda burun va og'izga hatto qalin doka bog'lab ham nafas olish juda qiyin bo'lgan. Ko'pgina hayvonlarning nobud bo'lgani ham aniqlangan. Butun dunyo uchun 1952 yildagi buyuk London tumani atrof-muhitning ifloslanishi qanchalik xavfli ekanligini yaqqol ko'rsatgan. Buyuk Britaniyada ushbu tuman sabablarini o'rganish parlament darajasigacha ko'tarilgan. Mamlakatda bunday darajadigi ekologik halokat takrorlanishining oldini olish uchun qonunchilikni kuchaytirish choralari ko'rilgan. Foto: baartalaap.in 2012 yilning avgust oyida Hindistonning Kerala shtatidagi Kannur shahri aholisi g'ayrioddiy tabiat hodisasiga guvoh bo'lishgan. Shaharga qizil rangdagi yomg'ir yog'gan. Yomg'ir suvi shunchalik qizg'ish bo'lganki, hayvonlarning qonini eslatardi. Yo'llarda bir zumda qizil ko'lmaklar paydo bo'lgan, yomg'irdan yashirinishga ulgurmagan odamlarning kiyimlari qizarib ketgan. Yomg'ir o'n besh daqiqa yog'gani qayd etilgan. Ba'zi olimlar yomg'ir suv o'tlari sporalaridan o'zining g'ayrioddiy rangini oldi, deb hisoblashadi. Boshqalar ushbu tabiat hodisasi kosmosda kelib chiqqan bo'lishi mumkinligiga ishonishadi. Ilmiy tahlillar qizil yomg'ir tomchilarida, ehtimol kometa qoldiqlaridan yerga tushgan mikroskopik zarralar borligini ko'rsatgan. Yer atmosferasiga tushgan meteorit parchalari zarralari qizil yomg'ir bulutlarini hosil qilishi mumkin, deb taxmin qilingan. Bundan tashqari, suv omborlaridan qizil suv o'tlari sporalarini so'rib olgan suv quyuni ushbu hodisaning sababi bo'lishi mumkin deb ham aytiladi . Yomg'ir suvi bilan aralashib, bu sporalar qonli yomg'ir shaklida yog'gan degan taxmin ham bor. Ma'lumotga ko'ra, qizil yomg'ir birinchi marotaba Kerala shtatida 2001 yilda yog'gan, besh yildan so'ng yana takrorlangan. 2001 yilning o'zida 120 ta rangli, jumladan qizil, sariq, qora va yashil yomg'irlar qayd etilgan. Foto: Robertharding/Alamy Namib cho'lining qurg'oqchil tuprog'ida o'sgan o'tlarda g'alati hodisani kuzatish mumkin — diametri 2 dan 15 metrgacha bo'lgan, biror o'simlik o'smaydigan, go'yo asal qoliplaridek 2500 kilometr maydonga cho'zilgan millionlab dumaloq yamoqlar bor. «Jodugar doiralar» nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu yer go'yo kuya tomonidan teshib tashlangan katta o't gilamiga o'xshaydi. Hech kim ushbu teshiklarning qanday paydo bo'lganini tushuntira olmasligi ushbu hodisani yanada jumboqli qiladi. Olimlar bu joylarda tuproq radiatsiya bilan ifloslangani yoki ba'zi o'simliklar chiqaradigan toksinlar atrofdagi o'simliklarga ta'sir qilishi haqida taxmin qilishgan. Ba'zi odamlar doiralar qum termitlarining ishi deb ham o'ylashadi. Ular suv saqlash uchun yerda kovaklar qazishadi va o'simliklarning tagidagi qum yomg'ir namligini singdirishi uchun ularning ildizini yeyishadi. Yana bir taxminga ko'ra, cho'l iqlimida o'simliklar suv va ozuqa uchun kurash olib borishadi. Zaif o'simliklar nobud bo'lib, kuchliroqlari o'sib chiqqach, yashil qatlam turli shakllarda «o'z-o'zidan» kelib chiqadi. Foto: Robertharding/Alamy Ushbu pufakchalar suvga tushib, muzlab qolgan «uchar likopchalar» yoki muz bilan o'ralgan qadimgi meduzalarni eslatadi. Aslida, esa bu muz doiralari qotib qolgan metan pufakchalaridan iborat bo'lib, suv ostida muzlab, ajoyib manzara yaratadi. Bunday hodisani qishda shimoliy kengliklarda joylashgan ko'llarda, masalan Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Avraam ko'lida uchratish mumkin. Ular quruq barglar, o'tlar va hayvonlar suvga cho'kib, metan ajratadigan bakteriyalar uchun yemak bo'lganda paydo bo'ladi. Aytishlaricha, gaz pufakchalar shaklida ajralib chiqib, muzlagan suv bilan reaksiyaga kirishadi va o'n minglab oq muz disklariga aylanadi. Bahorda muz eriy boshlaydi va metan pufakchalari yorilib, shivirlaydigan ovoz chiqaradi. So'ng muz ajralib chiqa boshlaydi. Lekin agar kimdir yaqin atrofda gugurt yoqmoqchi bo'lsa, bu metan massasi alangalanadi va dahshatli portlash sodir bo'lishi mumkin. Bu Arktikaning muz ostidagi suvlarida paydo bo'lgan g'ayrioddiy tabiiy hodisa. Ko'rinishidan sumalakga o'xshaydigan ushbu aralashma biroz sho'rlangan muzli suv va sho'rroq okean suvi bilan to'qnashuvidan hosil bo'ladi. Uni «muz stalaktiti» deb ham atashadi, lekin aslida u muz emas. Braynikl — juda sovuq, o'ta to'yingan sho'r suv oqimi hisoblanadi. Tuzli okean suvi muzlaganda, yangi muz hosil qilish uchun tuz chiqaradi. Ortiqcha tuz muz yuzasida va muz massasidagi bo'shliqlarda qolgan suvni to'ydiradi. Natijada, muzlash nuqtasi juda past bo'lgan yuqori zichlikdagi sho'r suvli eritmani o'z ichiga olgan muzli suv zaxiralari paydo bo'ladi: harorat sho'rlanish darajasining oshishi bilan pasayadi. Agar muz yorilib ketsa, mazkur zich, og'ir va o'ta sovuq suyuqlik o'z yo'lidagi hamma narsani muzlatib, halokatli oqim shaklida suv tubiga cho'kishni boshlaydi. Yuqoridagi suratda ham dengiz yulduzlarining braynikl tufayli halok bo'lganini ko'rish mumkin.
|
world
|
Qochqinlar, ko'chirilganlar va boshpana izlovchilar soni 84 mldan oshdi. Odamlar mojarolar, zo'ravonliklar, iqlim o'zgarishi oqibatlari va ta'qiblar tufayli uylarini tashlab ketishmoqda. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi boshqarmasining yangi hisobotida aytilmoqda. 2021 yilning birinchi olti oyida dunyo bo'ylab ko'chirilganlar soni 82,4 milliondan 84 milliongacha oshgan. Ular orasida 21 million qochqin, 51 millionga yaqin ichki hududlarda ko'chirilganlar, 4,4 million boshpana izlovchilar hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bor. «Xalqaro hamjamiyat odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qiladigan zo'ravonlik, ta'qib va inson huquqlari buzilishining oldini ololmayapti», — deya ta'kidladi BMTning qochqinlar bo'yicha Oliy komissari Filippo Grandi. Uning so'zlariga ko'ra, aholining ko'chishi bilan bog'liq vaziyat iqlim o'zgarishi oqibatlari tufayli yanada og'irlashmoqda. Hisobotga ko'ra, joriy yilning birinchi yarmida ichki hududlarda ko'chirilganlar soni 48,6 milliondan 50,9 millionga ko'paygan. Bu o'sish, birinchi navbatda, mojarolar va zo'ravonliklar tufayli sodir bo'lgan. Yilning birinchi yarmida ichki hududda ko'chirilganlar soni ortgan mamlakatlar qatorida hisobot mualliflari Afg'oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Mozambik, Myanma va Janubiy Sudanni keltirgan. Qochqinlar soni 2021 yil iyun oyi oxirida 20,8 million kishini tashkil etgan, bu o'tgan yil oxiriga nisbatan 172 ming kishiga ko'p. 2021 yilda qochqinlar sonining ko'payishiga birinchi navbatda beshta davlat — Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Suriya, Afg'oniston va Nigeriyani tark etgan rezidentlar sabab bo'lgani aytilgan. Hisobotda aytilishicha, qochqinlarning aksariyatini hali ham 6,6 million kishidan iborat Suriya fuqarolari tashkil etmoqda. Ulardan keyin qochqinlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni venesuelaliklar egallab turibdi, ularning soni 3,7 millionni, Afg'oniston fuqarolari esa 2,7 millionni tashkil etadi. Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, qurolli to'qnashuvlar, COVID-19 pandemiyasi, qashshoqlik, oziq-ovqat muammolari va iqlimdagi favqulodda vaziyatlar ko'chirilgan odamlarning ahvolini yanada kuchaytirmoqda. Bugungi kunda qochqinlarning aksariyati past yoki o'rta daromadli mamlakatlarda yashaydi. Ma'lumotga ko'ra, eng ko'p qochqinlarni qabul qiladigan davlat Turkiya hisoblanadi. Mamlakat hududida 3,7 million qochqin bor. Undan keyin Kolumbiya, Uganda, Pokiston va Germaniya turadi. BMT Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligi rahbari xalqaro hamjamiyat tinchlikni ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishi, shuningdek, qochqinlar va ularni qabul qiluvchi jamoalarga yordam berish uchun ko'proq mablag' ajratishi kerakligini ta'kidladi.
|
world
|
Bir guruh migrantlar «Bruzgi» nazorat-o'tkazish punktidagi tikanli sim to'siqlarga shikast yetkazib, Belarusdan Polsha hududiga kirdi, deb xabar berdi «RIA Novosti». Voqea joyidan olingan videoda migrantlar guruhi bir necha o'nlab kishilardan iborat ekanligini ko'rish mumkin. Varshava migrantlarga Belarus xavfsizlik kuchlari yordam berganini aytmoqda, biroq Minsk ushbu ma'lumotni rad etdi. «Migrantlar Belarus tomonida joylashgan Kuznitsadagi chegara punktini kesib o'tishgan. Ularni Polsha armiyasi, chegara qo'riqlash xizmati va politsiya xodimlari to'xtatgan. Guruh to'siq bo'ylab yurishni boshlagan», — deyiladi Polsha Mudofaa vazirligi bayonotida. Chegara o'tish joyidan olingan qisqa videoda avtomobil trassasiga ko'ndalang o'rnatilgan sim to'siq bo'ylab bir guruh odamlarning qichqiriqlar bilan shiddatli harakatini ko'rish mumkin. Polsha huquq-tartibot idoralari buni panjaraning narigi tomonidan kuzatib turishgan. Bir guruh odamlar yo'lni kesib o'tib, harakatni davom ettirishgan. Avval xabar qilinganidek, Afg'oniston va Iroqdan kelgan bir necha yuz nafar migrant Belarus-Polsha chegarasida qolib, o'tishni kutmoqda. Yozda Belarus va Polsha chegaralaridagi Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan G'arbiy Yevropaga o'tishga urinayotgan qochqinlar oqimi ko'paydi. Vaziyat 8 noyabr kuni chegara to'sig'i oldiga 2000 ga yaqin odam to'planishi bilan keskinlashgan. Polsha xavfsizlik kuchlari chegarani kesib o'tishga bir necha urinishlarni oldini olishgan, jumladan, ko'zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida ham. Noqonuniy migrantlar esa o'z lagerlarini tashkil qilishgan. Vilnyus, Riga va Varshava sodir bo'layotgan voqealarda belaruslarni ayblamoqda, Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Lukashenkoning ta'kidlashicha, mamlakat endi odamlar oqimini to'xtata olmaydi: G'arb sanksiyalari tufayli «buning uchun na pul, na kuch bor».
|
world
|
Hindistonda o'z uylari ustida Pokiston bayrog'ini ko'targan 4 fuqaro davlatga hiyonatda ayblanib hibsga olindi Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtati politsiyasi o'z uylari ustidan Pokiston bayrog'ini ko'targan to'rt nafar fuqaroni hibsga oldi. Ularning barchasi davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Bu haqda TASS nashri xabar berdi . Xabarga ko'ra, voqea shu hafta Goraxpur shahrida sodir bo'lgan. Politsiya musulmonlar yashaydigan bir qancha uylar ustida Pokiston bayroqlari osilgani aks etgan video tasvirlarni olgan. Shundan so'ng, Hindistonning nufuzli tashkilotlarining shahar bo'limlari faollari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, Pokiston bayrog'i namoyishi uchun javobgarlarni zudlik bilan hibsga olishni talab qilgan. Hibsga olinganlarning da'vo qilishicha, ular ko'targan bayroqlar Pokiston davlat bayroqlari emas, «musulmon» bayroqlari bo'lgan. Hind faollari ayblanuvchilarning uylariga tosh otishni boshlaganlarida politsiyani harakatsizlikda ham aybladilar. AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi davlatlari migratsiya inqirozida Belarusni aybladi BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolari Estoniya, Fransiya, Irlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh, shuningdek, Albaniya Belarusdagi vaziyat yuzasidan bayonot berib, Minskni qo'shni davlatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun migrantlardan foydalanganlikda aybladi. Bayonot AQShning BMTdagi missiyasi saytida e'lon qilingan, deb yozadi Kommersant' nashri. Bayonotda aytilishicha, ushbu mamlakatlar «maqsadi qo'shni davlatlar va Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni beqarorlashtirish bo'lgan Belarusning siyosiy manfaatlari yo'lida hayoti va farovonligi xavf ostiga qo'yilayotgan odamlardan foydalanish va mamlakat ichida inson huquqlarining buzilishidan e'tiborni chalg'itish» borasidagi harakatini qoralaydi. Tomonlar Belarusning bu kabi harakatiga «xalqaro miqyosda keskin javob berilishi lozimligini» ma'lum qilgan. Shuningdek, ular Minskni insonlar hayotini xavf ostiga qo'ymaslikka va xalqaro tashkilotlarga gumanitar yordamlarni yetkazib berishda to'sqinlik qilmaslikka chaqirdi. Afg'onistonda masjidda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo'ldi Afg'oniston sharqidagi Nangarhor viloyatidagi masjidda yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi, 15 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda Ria Novosti . «Hozirgacha 3 kishi halok bo'ldi, 15 kishi yaralandi», deya ta'kidlagan mahalliy shifoxona shifokorlaridan biri. O'z navbatida, «Tolibon» harakatining ismini oshkor etmagan vakili masjiddagi portlash faktini tasdiqlab, u juma namozi vaqtida sodir bo'lganini ta'kidladi. Unga ko'ra, portlash Spingar okrugida sodir bo'lgan. Xabarda aytilishicha, bu hudud «Islomiy davlat» terrorchilik guruhi jangarilari faoliyatining «o'chog'i» hisoblanadi. Buyuk Britaniya Eronga 1974 yildagi shartnomaning buzilishi bo'yicha qarzni to'laydigan bo'ldi Eron tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Ali Bageri Kani Eron va Britaniya 1979 yilda yetkazib berilmagan tanklar uchun Tehronga 400 million funt sterling (535 million dollar) qarzni to'lash bo'yicha prinsipial kelishuvga erishganini aytdi, deb xabar beradi Bloomberg. «Qarzni qaytarishning asosiy masalasi va uning darajasi kelishib olindi, biroq to'lov usuli va jarayoni masalasi haligacha hal etilmagan», — dedi Yevropa bo'ylab safari chog'ida eronlik diplomat. 2012 yilda BMTning Xalqaro sudi Buyuk Britaniyani 1974 yilda International Military Services (IMS) va Eron o'rtasida Angliya tomonidan to'xtatilgan shartnoma uchun Eronga tovon to'lashga chaqirdi. Bu kelishuvga ko'ra, kompaniya Eronga 1000 donadan ortiq Britaniya tanklarini yetkazib berishga majbur bo'lgan, biroq 1979 yilda Eronda ro'y bergan inqilob va islomiy ruhoniylar hokimiyat tepasiga kelishi sababli London shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortgan. Tehron haligacha tovon ololmagan. Aleksandr Lukashenko migrantlar Donbassdan qurol o'tkazishga uringanini ta'kidladi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko asosan Donbassdan kelayotgan qurol-yarog' va o'q-dorilar Belarus-Polsha chegarasidagi migrantlar lageriga o'tkazilishi mumkinligidan xavotirda, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri. «Chegaramizda juda xavfli tendensiya mavjud, men buni taxmin qildim. Bu bizning harbiylar va Davlat xavfsizlik qo'mitasi masalasi. Lagerdagi odamlarga qurol-yarog', o'q-dorilar va portlovchi moddalarni o'tkazishga urinishlar bo'lgan. So'nggi ikki kundan beri qurol-yarog' o'tkazib berilgan», — dedi Belarus prezidenti. «Asosan, qurollar keltirilmoqda, men va rossiyaliklar bu masalani nazoratda ushlab turibmiz, Putin bilan shu mavzu bo'yicha gaplashdik. Qurol nega keltirilmoqda? Ular bu yerda provokatsiya uyushtirmoqchi» — deya ta'kidladi u. Lukashenkoning aytishicha, chegara atrofidagi vaziyat qattiq nazorat qilinishi lozim. «Chunki kurdlar bor. Kurdlar esa jangchilardir», — deya qo'shimcha qilgan Belarus prezidenti.
|
world
|
25 noyabr kuni Tojikistonning Xorug' shahri va shahar atrofi aholisi shaharning markaziy maydonida mitingga yig'ildi. Ularning talabi Roshtqal'a tumanida yashovchi «Gulbiddin Ziyobekovni otib o'ldirgan organ xodimlarini javobgarlikka tortish» bo'lgan, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus». So'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Xorug'dagi miting chog'ida o't ochilgan. Namoyishchilardan 6 kishi yaralangan, nashr manbasiga ko'ra, bir kishi halok bo'lgan. Roshtqal'a tumanida yashovchi yana bir shaxs bedarak yo'qolgan. «Aziya-Plyus» yozishicha, huquq-tartibot idoralari bu ma'lumotni tasdiqlashmagan ham, inkor qilishmagan ham. Ichki ishlar vazirligi hozircha voqealarga izoh bermagan. «Bu haqda (miting — tahr .) xabarlarni ham o'qidik, ular asossiz. Har holda, hozircha rasmiy xabar bo'lmadi», deya Tojikiston IIV matbuot xizmati ma'lumotlarini keltirmoqda nashr. Xorug'liklarning so'zlariga ko'ra, miting Tavdem jamoatida yashovchi Gulbiddin Ziyobekovning o'ldirilganligi sababli uyushtirilgan. Uning jasadi markaziy maydonga olib chiqilgan. Voqea guvohlaridan birining so'zlariga ko'ra, 25 noyabr kuni soat 11:30 da Ziyobekovning uyiga huquq-tartibot idoralari vakillari kelgan. Ziyobekovni hibsga olmoqchi bo'lishganida u qarshilik ko'rsatib, organ xodimlariga mushti bilan tashlanganligi aytilmoqda. Bunga javoban OMON xodimlari o't ochishgan va natijada ular 3 kishini yarador qilgan. Ulardan biri Taygun qishlog'ida yashovchi fuqaro bo'lib, u huquq-tartibot idoralari xodimlariga ularning xatti-harakatlari noqonuniy ekanini aytgan. Ikkinchisi ham Rozik ismli mahalliy aholi. Ularning ikkalasi ham yaralangan. Guvohning aytishicha, Gulbiddinning o'zi ham yaralangan va uni mashinaga o'tqazishgan. «Keyin uning o'limi haqida xabar berishdi», — deydi guvoh. Shundan so'ng odamlar mitingga to'planishgan. Tog'li-Badahshon avtonom respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Tavdem qishlog'ida yashovchi 1992 yilda tug'ilgan Gulbiddin Ziyobekov bir qator jinoyatlarni — uyushgan guruh tomonidan garovga olish, ijtimoiy, irqiy, milliy, mintaqaviy, diniy (konfessiyaviy) dushmanlikni qo'zg'atishni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo'lgan. 25 noyabr kuni soat 11:30 larda u qo'lga olish bo'yicha o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «Makarov» to'pponchasi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qurolli qarshilik ko'rsatgani qayd etilgan. Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, Ziyobekov Tog'li-Badahshon avtonom respublikasining Roshtqal'a tumani prokurori yordamchisi A.Abirzodani 2020 yil fevral oyida garovga olib, shu tumanning Barjangal qishlog'ida 8 soat davomida ushlab turgan. Shu bilan birga, u uni kaltaklagan. Mazkur epizod yuzasidan Ziyobekov va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, gumonlanuvchilar tergovchilarning qayta-qayta qo'ng'iroqlarini e'tiborga olmagan va ko'rsatma berish uchun kelishmagan. Mitingda ishtirok etgan xorug'likning aytishicha, prokurorning garovga olinishiga uning Roshtqal'a tumanida yashovchi qizlardan biriga tegajog'lik qilgani sabab bo'lgan. Uning aytishicha, qiz qarindoshlariga bu voqea haqida aytgan va ular boshqalar bilan birgalikda prokurorni qo'lga olib, undan kechirim so'rashini talab qilishgan.
|
world
|
Qirg'izistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish bostirildi. Bu haqda juma kuni respublika Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi (GKNB) matbuot markazi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda mahalliy 24.kg nashri. Xabarga ko'ra, Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan «bo'lajak parlament saylovlari xavfsizligini ta'minlash» bo'yicha olib borilgan ishlar davomida bir guruh shaxslar «barqarorlikni buzish maqsadida provokatsiyalar uyushtirishni rejalashtirganliklari» haqida ma'lumot olingan. Mazkur holat yuzasidan Qirg'iziston Jinoyat kodeksining «hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan egallab olishga tayyorgarlik ko'rish» moddasi bo'yicha tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan. Ismi va familiyasi hozircha e'lon qilinmagan gumonlanuvchilar parlament saylovlari natijalari e'lon qilinganidan so'ng «ayrim siyosiy kuchlar, jumladan, saylovda mag'lub bo'lganlar ko'magiga tayanib» Bishkek hududida ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirishni rejalashtirgan. Ular huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to'qnashuvlar keltirib chiqarishni ham maqsad qilgani aytilmoqda. Qayd etilishicha, ushbu rejalarni amalga oshirish uchun gumonlanuvchilar 1000 ga yaqin «tajovuzkor yoshlar»ni jalb qilmoqchi bo'lgan. Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi ishtirokchilarning yashash joylari va ular ijaraga olgan ofislarda tintuv o'tkazilib, hujjatli materiallardan tashqari o'qotar qurollar, o'q-dorilar va giyohvand moddalar topilganini qayd etdi. Ushbu ish doirasida 15 kishi hibsga olingan. «Hozirda mazkur jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari davom ettirilib, yuqorida qayd etilgan jinoiy guruhning boshqa a'zolari aniqlanib, ularning qilmishlariga ham tegishli huquqiy baho beriladi», — deyiladi matbuot markazi xabarida. Saylovlar 28 noyabrga belgilangan.
|
world
|
Qirg'izistonda davlat to'ntarishi to'xtatib qolindi Qirg'izistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish bostirildi. Bu haqda juma kuni respublika Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi (GKNB) matbuot markazi ma'lum qildi . Xabarga ko'ra, Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan «bo'lajak parlament saylovlari xavfsizligini ta'minlash» bo'yicha olib borilgan ishlar davomida bir guruh shaxslar «barqarorlikni buzish maqsadida provokatsiyalar uyushtirishni rejalashtirganliklari» haqida ma'lumot olingan. Ismi va familiyasi hozircha e'lon qilinmagan gumonlanuvchilar parlament saylovlari natijalari e'lon qilinganidan so'ng «ayrim siyosiy kuchlar, jumladan, saylovda mag'lub bo'lganlar ko'magiga tayanib» Bishkek hududida ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirishni rejalashtirgan. Ular huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to'qnashuvlar keltirib chiqarishni ham maqsad qilgani aytilmoqda — TASS . Ushbu ish doirasida 15 kishi hibsga olingan. «Hozirda mazkur jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari davom ettirilib, yuqorida qayd etilgan jinoiy guruhning boshqa a'zolari aniqlanib, ularning qilmishlariga ham tegishli huquqiy baho beriladi», — deyiladi xabarda. Istanbulda politsiya ayollar namoyishini tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi Istanbulda ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish uchun kurash kuni munosabati bilan namoyish o'tkazildi. Uning ishtirokchilari ayollarga qarshi jinoyatlar ko'payib borayotgani va ularning huquqlari poymol etilayotganiga, shuningdek, Turkiyaning ayollarni himoya qilish bo'yicha Istanbul konvensiyasidan chiqishiga qarshi chiqishdi. Norozilik bildiruvchilarni tarqatish uchun politsiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bu haqda Kommersant' xabar berdi. Aksiyalar butun Turkiya bo'ylab, jumladan Antaliya, Bursa, Diyarbakir, Izmir, Mug'la shaharlarida o'tkazildi. Istanbulda bir necha o'nlab ayollar ko'chaga chiqdi. Ular «Jim emasmiz, qo'rqmaymiz, itoat etmaymiz», «Ayollar birgalikda kuchlidir» kabi shiorlar bilan chiqishdi. Namoyishchilar ayollar mehnatining ekspluatatsiyasi, zo'ravonlikning kuchayishi va «ularning hayotiga aralashish»ga qarshi chiqishdi. Rossiyaning Kuzbass viloyatidagi konda yuz bergan falokatda halok bo'lganlar soni 52 kishiga yetdi Kuzbassdagi «Listvyajnaya» konida yuz bergan favqulodda hodisa natijasida 52 kishi halok bo'ldi, deya xabar berdi Interfaks . Xabarda aytilishicha, halok bo'lganlar orasida olti nafar qutqaruvchi va konchilar ham bor. Qayd etilishicha, halok bo'lganlarning ko'pchiligi is gazidan vafot etgan. Ushbu fakt bo'yicha Rossiya tergov qo'mitasi RF Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi (xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi talablarini buzish, ehtiyotsizlik natijasida odam o'limiga olib kelgan) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atdi. Viloyat prokuraturasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan tekshiruv o'tkazildi. Hozirda portlash xavfi tufayli qutqaruv ishlari ertalabgacha to'xtatilgan. Pekin tug'ilish darajasini rag'batlantirish uchun yangi choralarni joriy qilmoqda Pekin hukumati Xitoy hozirda duch kelayotgan demografik muammolar fonida ayollar uchun qo'shimcha bola parvarishi ta'tillari muddatini 30 kundan uzaytirdi, deyiladi shahar hokimiyati bayonotida. Bayonotda qayd etilganidek, ayollar uchun 98 kunni tashkil etuvchi asosiy tug'ruq ta'tilidan tashqari qo'shimcha ta'til 30 kundan 60 kunga oshirildi. Bundan tashqari, bola uch yoshga to'lgunga qadar, har bir er-xotin har yili qo'shimcha besh kunlik bola parvarishi ta'tilini olishlari mumkin — RIA Novosti . Shvetsiyada bosh vazirlikka saylangan ilk ayol 7 soatda iste'foga chiqdi 24 noyabr kuni Shvetsiya bosh vazirligiga birinchi marta ayol kishi — Sotsial-demokratik ishchi partiyasi rahbari va moliya vaziri Magdalena Andersson saylandi. U Yashillar partiyasining hukumat tarkibidan chiqish to'g'risidagi qarori bog'liq bo'lgan Vazirlar Mahkamasida bo'linish tufayli yetti soatdan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, Anderssonning iste'fosi parlament spikeri tomonidan ma'qullangan. «Spiker Andreas Norlen bosh vazir Magdalena Anderssonning iste'foga chiqish haqidagi arizasini qabul qildi va ma'qulladi. Spiker vaziyatni muhokama qilish uchun partiya yetakchilari bilan bog'lanadi va hukumatni shakllantirish jarayoni haqida nutq so'zlaydi», — deyiladi parlament bayonotida. Ushbu holat Shvetsiyada taxminan olti oydan beri davom etayotgan hukumat inqirozining davomi hisoblanadi. Bu mamlakat parlamentida (riksdag) bosh vazir ma'qullaydigan kuchlarning muvozanati bilan bog'liq. Andersson boshchiligidagi Sotsial-demokratik partiya hozirda riksdagdagi o'rinlarning uchdan biridan kamrog'iga (100) egalik qiladi, Yashillar partiyasi esa 349 tadan atigi 16 ta ovozga ega. Shunga qaramay, Shvetsiya hukumati ushbu ikki partiyaning koalitsiyasi asosida tuzilgan.
|
world
|
28 noyabr kuni Qirg'izistonda Jogorku Kenesh (parlament) deputatlari saylovi bo'lib o'tdi. Yangi tizimga ko'ra, ovoz berish ham bir partiyaviy saylov okrugida, ham bir mandatli 36 ta saylov okrugida o'tkazildi, deb xabar bermoqda mahalliy 24.kg nashri. Ta'kidlanishicha, saylovning dastlabki natijalari e'lon qilingan, biroq MSK tizimidagi texnik nosozlik ko'pchilikda rasman keltirilgan raqamlarning to'g'riligiga shubha uyg'otgan, deb yozmoqda nashr. "Ata Meken" ("Ota makon"), "Reforma" ("Islohot"), "Sotsial-demokratы" ("Sotsial-demokratlar"), "Azattыk" ("Ozodlik"), "Uluttar Birimdigi" ("Xalqlar birdamligi") partiyalari yetakchilari birlashib, umumiy bayonot bilan chiqishgan. Yetakchilar "parlament saylovlari natijalari soxlashtirilgani" tufayli ularni tan olmasliklarini ma'lum qilgan. Siyosatchilar Vazirlar Mahkamasining zudlik bilan iste'foga chiqishini, shuningdek, "adolatli saylovlar" qayta o'tkazilishini talab qilmoqda. "Bu saylovlar haqiqiy emas deb topilishi kerak, aks holda biz xalqaro maydonda o'zimizni sharmanda qilamiz", — dedi "Uluttar Birimdigi" partiyasi rahbari Melis Mirzakmatov. Nashrning ma'lum qilishicha, Qirg'iziston MSK saytida nosozlik yuz bergan: ma'lumotlar xato bilan e'lon qilingan. Keyinroq komissiya deputatlarni saylash tizimi bo'yicha ikkita dastur — saylov qutisidagi ovozlarni avtomatik sanash tizimi va ma'lumotlarni yig'ish va ularni aks ettirish dasturi ishlab chiqilganini tushuntirgan. "Avvaliga saytga noto'g'ri dastur yuklangan", — dedi MSK raisi Nurjan Shildabekova. Avvalroq, Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi tomonidan hokimiyatni zo'ravonlik bilan egallab olishga urinish to'xtatilgani haqida xabar bergan edik. Gumonlanuvchilar parlament saylovlari natijalari e'lon qilinganidan so'ng "ayrim siyosiy kuchlar, jumladan, saylovda mag'lub bo'lganlar ko'magiga tayanib" Bishkekda ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirishni rejalashtirgani aytilgan.
|
world
|
Dunyo bo'ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni 2021 yilda rekord darajaga yetdi. Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (JHQ) hisobotiga ko'ra, dekabr oyi boshidagi holatga ko'ra, 293 nafar OAV xodimlari hibsda saqlanmoqda. Xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, eng ko'p qamoqqa olingan jurnalistlar Xitoyda — 50 ta. Undan keyingi o'rinlarda Myanma — 26, Misr — 25, Vetnam — 23, Belarus — 19. Birinchi o'nlikka Turkiya (18), Eritreya (16), Saudiya Arabistoni (14), Rossiya (14) va Eron (11) kirgan. O'zbekistonda qo'mita hisob-kitoblariga ko'ra, qamoqda 2 nafar jurnalist — Elyorbek Tojiboyev va Otabek Satoriy bor. «Ketma-ket oltinchi yildirki, JHQ butun dunyo bo'ylab qamoqqa olingan jurnalistlar sonini rekord darajada qayd etmoqda. Bu raqam bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ikkita muammoni aks ettiradi: hukumatlar axborotni nazorat qilish va boshqarishga qat'iy qaror qilganini hamda ular o'z sa'y-harakatlarida yanada ko'proq surbetlikka yo'l qo'yayotganini. Jurnalistlarni yangiliklar haqidagi reportajlari uchun qamoqqa olish — avtoritar rejimning o'ziga xos belgisidir», — dedi JHQ ijrochi direktori Joel Saymon. Qo'mita qayd etishicha, jurnalistlarga nisbatan «davlatga qarshi» ayblovi eng keng tarqalgan ayblov bo'lib qolmoqda. Bu yil tashkilot, shuningdek, kiberjinoyatda ayblangan kamida 17 nafar qamoqqa olingan jurnalistlarning ishini hujjatlashtirdi. Ba'zi hollarda internetda har qanday nashr etilgan yoki ma'lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin, deyiladi hisobotda. Bundan tashqari, JHQ 24 jurnalistning o'ldirilishini hujjatlar bilan tasdiqladi. 2021 yilda o'z mehnati uchun o'ch olish maqsadida o'ldirilgan jurnalistlarning eng ko'pi — Hindistonda (4 nafar) ro'yxatga olingan. Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat bo'lib qolmoqda, deya qo'shimcha qiladi qo'mita. Joriy yilda mamlakatda 3 nafar matbuot xodimi o'z reportajlari uchun o'ldirilgan, yana oltita qotillik bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
|
world
|
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya, Xitoy va AQSh bilan 1950−1953 yillardagi Koreya urushi yakuniga yetgani haqida e'lon qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda respublika rahbari Mun Chje In ma'lum qildi, deya xabar berdi «Bi-bi-si» Biroq Shimoliy Koreya bilan muzokaralar hali boshlangani yo'q, deya qo'shimcha qildi u. sentabrda Shimoiy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning opasi Kim Yo Chjon Pxenyan AQSh uning ta'biri bilan aytganda «dushmanona siyosati»dan voz kechgan taqdirdagina muloqotga kirishishga rozi bo'lishini bildirgan edi. 1950−1953 yillarda davom etgan Koreya urushi tinchlik kelishuvi emas, balki yarashuv bilan yakunlangan. Texnik tomondan Shimoiy va Janubiy Koreya haligacha urush va keskin munosabatlar holatida — ularni mos ravishda Xitoy va AQSh qo'llab-quvvatlab turadi. «Shu boisdan biz deklaratsiya bo'yicha muhokamalar va muzokaralar uchun o'tira olmaymiz. Umid qilamizki, muzokaralar boshlanadi», — deya qayd etdi Mun Chje In. Avvalroq AQSh Shimoliy Koreya bilan qurolli mojaro boshlanishi ehtimolini baholagan edi. Pentagonning fikricha, KXDR bilan to'satdan qurolli mojaro boshlanishi ehtimoli o'ta past. Ushbu baho Qo'shma Shtatlar Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo'mitasi raisi general Mark Milliye tomonidan Aspen institutining xavfsizlik bo'yicha yillik forumida berilgan edi.
|
world
|
12 dekabr Rossiyada UzAuto Motors avtomashinalarini olib ketaytgan avtotreylerda yong'in chiqdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati Qayd etilishicha, voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o'tish vaqtida sodir bo'lgan. Yong'in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida yuzaga kelgan. Avtotreyler kabinasidagi alanga avtomobillar bo'lgan treylerga tarqalib, 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko'rgan. Ma'lumotga ko'ra, barcha tashilgan avtomobillar sug'urtalangan va rossiyalik mijozga tegishli bo'lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yong'in-texnik ekspertizasi o'tkazilib, yong'inning kelib chiqish sabablari o'rganilmoqda.
|
world
|
Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical biofarmatsevtika kompaniyasi ularning koronavirusga qarshi vaksinasi omikron shtammidan himoya qila olishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. «Xalqaro ko'p markazli klinik sinovning uchinchi bosqichi natijalari rekombinant vaksinaning har qanday darajadagi COVID-19'ga qarshi himoya qilish samaradorligi 81,43 foizni tashkil etishini ko'rsatdi», — deyiladi xabarda. Kompaniyaning qo'shimcha qilishicha, so'nggi tadqiqotga ko'ra, «rekombinant vaksina omikron shtammidan ham yaxshi himoya qiladi». Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, vaksina koronavirusdan o'lim ehtimolini 100 foizga va delta shtammidan 80 foizdan ortiqroq darajada himoya qiladi. Vaksina Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi va Xitoy fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan. 2020 yil 19 iyun kuni vaksina klinik sinovlar uchun mamlakat rasmiylaridan ruxsat olgan. Birinchi bosqich — 22 iyun kuni, ikkinchi bosqich esa — 10 iyulda boshlangan. Klinik sinovlarning uchinchi bosqichi o'sha yilnig 18 noyabr kuni Xunan provinsiyasi Syantan shahar okrugida, 10 dekabr — Toshkent shahrida boshlangan. Avvalroq, «Gazeta.uz» Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlayotgani haqida xabar bergandi . Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan. Eslatib o'tamiz, bundan oldin JSST Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning B.1.1.529 shtammini «xavotirli variant» deb tasniflagan edi . Tashkilot unga Omikron deb nom berib, uni virusning boshqa shakllariga qaraganda tezroq tarqalishi mumkinligini qayd etgandi.
|
world
|
Jahon banki 2021 yil yakuniga bag'ishlab o'z tadqiqotlari natijalari asosida tayyorlangan diagramma va grafiklar seriyasini e'lon qildi. Bank ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda COVID-19 eng qashshoq hamda zaif qatlamlarga nomutanosib ta'sir ko'rsatdi. Xususan, iqtisodiyotning tiklanishi notekis kechmoqda, vaksinalardan foydalanish imkoniyati, daromadlar yo'qotilishi hamda ta'limdagi tafovutlar tobora kengaymoqda. «Pandemiya tufayli 2020 yilda o'ta qashshoqlik darajasi 20 yil ichida birinchi marta o'sdi va 100 millionga yaqin odam kuniga 1,90 dollardan kam daromad hisobiga kun kechirmoqda», — deya qayd etmoqda bank. Jahon banki taqdim etilgan diagramma va grafiklar seriyasi orqali pandemiyaning og'ir asoratlari hamda global iqtisodiy vaziyatga sharh berdi. Jahon banki ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda past daromadli mamlakatlarda birinchi doza bilan emlanganlar aholining bor-yo'g'i 7 foizdan sal ko'proq qismini tashkil etsa, yuqori daromadli mamlakatlarda bu ko'rsatkich 75 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, global iqtisodiy tiklanishni mustahkamlash uchun COVID-19 vaksinalaridan «adolatli va keng foydalanish imkoniyati»ni ta'minlash zarur. Ma'lum qilinishicha, vaksinalar pandemiyani yengib o'tishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan bir paytda, ko'plab mamlakatlar vaksinalarni muvaffaqiyatli yetkazib berish va tarqatish uchun zarur infratuzilmaga muhtoj. Hozirda sog'liqni saqlash tizimlari epidemiyaga javob berish va eng zaruriy sog'liqni saqlash xizmatlarini qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq ikki tomonlama muammoga duch kelayotganligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, bank 140 dan ortiq mamlakatlarning COVID-19 vaksinalarini xavfsiz joylashtirishga tayyorlik darajasini baholagan. Bank hisob-kitoblariga ko'ra, har 10 ta davlatdan 9 tasi emlash uchun maqsadli aholi guruhini aniqlab ulgurgan. Biroq ularning yarmi endigina aholida vaksinaga nisbatan ishonch hosil qilish uchun jamoatchilikni jalb qilish strategiyalarini ishlab chiqqan, 43 foizida esa strategiya ishlab chiqish jarayonlari hali ham davom etmoqda. Shuningdek, o'rganishlar natijalari 70 foizga yaqin mamlakatlarda emlanadigan aholi guruhlarini tayyorlash jarayonlari o'z nihoyasiga yetganligini ko'rsatgan. 5 foiz mamlakatlar esa vaksinalarni xavfsiz joylashtirishga tayyor emas, deb baholangan. Vaksinalardan foydalanish imkoniyati tengsizligi fonida, past va o'rta daromadli mamlakatlar bilan yuqori daromadli mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy tiklanish borasida yuzaga kelgan tafovut tobora kengayib bormoqda. Jahon bankining iyunda e'lon qilingan Global iqtisodiy istiqbollar nashrida jahon iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6 foizga o'sishi kutilayotgani qayd etilgan edi — bu so'nggi 80 yil ichida turg'unlikdan chiqish davri uchun kuzatilgan eng tez sur'atdagi tiklanish. Past va yuqori daromadli davlatlar, BRICS hamda global YAIM o'sishi dinamikasi va prognozlari. Manba: Jahon banki Biroq tiklanish notekis tarzda kechadi. Past daromadli mamlakatlar iqtisodiyoti, vaksinatsiya sur'atlarining sekinligi hisobiga, 2021 yilda bor yo'g'i 2,9 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda — bu so'nggi 20 yil ichida kuzatilgan eng sekin o'sish ekanligi aytilmoqda (2020 yilni hisobga olmaganda). Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy hamda Janubiy Afrika (BRICS) davlatlari iqtisodiyoti esa dunyo bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori — 7,5 foizga o'sishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, pandemiya davrida barcha daromad guruhlarida yo'qotishlar kuzatilgan, biroq eng keskin daromadlar qisqarishini eng kambag'al 20 foizlik aholi guruhi boshdan kechirgan. 2021 yilda eng boy aholi guruhi esa yo'qotishlar to'lqinini to'xtata boshlaganda ham ushbu aholi guruhi daromadlari pasayishda davom etgan. Bunga sabab, eng kambag'al 40 foizlik aholi guruhida daromadlar darajasi hali tiklanmagan. Daromadlarning bu tariqa qisqarishi natijasida o'ta qashshoqlikda kun kechiradigan aholi soni 100 millionga yetganligi qayd etilmoqda. COVID-19 oqibatida daromadlar yo'qotilishi: pandemiya yuz bermagan holda daromadlarning kutilgan o'sishi (ko'k rangda) va pandemiya boshlanganidan beri kuzatilayotgan daromadlar o'zgarishi (sariq rangda) dinamikasi. Manba: Jahon banki Inqiroz ta'sirining nomutanosibligida gender omili ham rol o'ynaganligi aytilgan. «Erkaklar va ayollar inqirozni sezilarli darajada boshqacha tarzda boshdan kechirishganligi ajablanarli emas. Bank va boshqa hamkorlar ma'lumotlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, ayollar ish, daromad va xavfsizlik nuqtai nazaridan erkaklarga qaraganda ko'proq yo'qotishlarni boshdan kechirishgan», — deyiladi bank sharhida. Tashqi savdo iqtisodiy tiklanish hamda o'ta qashshoqlikni qisqartirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Karantin cheklovlari yumshatilib, chegaralar ochilganida mamlakatlar o'rtasida o'zaro savdo aloqalarining tiklanishi global tiklanishning tezlashishiga xizmat qildi. Jahon bankiga ko'ra, tashqi savdo eksportga barqaror tashqi talabni rag'batlantirish, oraliq mahsulot va xizmatlar importini ta'minlash orqali iqtisodiyotni pandemiyadan tezroq tiklashga yordam beradi. Ayniqsa, fiskal rag'batlantirish vositasida iqtisodiy tiklanishni qo'llab-quvvatlash imkoniyati cheklangan eng kam rivojlangan davlatlarda tashqi savdo iqtisodiy o'sishning asosiy manbai vazifasini o'taydi. Jahon bankining ta'kidlashicha, COVID-19 rivojlanayotgan davlatlar qarz yukini so'nggi 50 yillik davrdagi rekord darajaga olib chiqdi. Ayniqsa, past daromadli mamlakatlarda vaziyat keskin, sababi ularning yarmida pandemiyagacha bo'lgan davrdayoq qarz bilan bog'liq muammolar mavjud edi yoki qarz muammosi xavfi yuqori bo'lgan. Bank hisob-kitoblariga ko'ra, so'nggi o'n yillikda butun dunyo bo'ylab qarz darajasi tez va keng ko'lamda o'sib kelayotgan edi. 2020 yilda rivojlanayotgan davlatlarda davlat qarzining YAIMga nisbati 2010 yildagi 37,4 foizdan 63,1 foizgacha, xususiy qarzning YAIMga nisbati esa 80,8 foizdan 142,1 foizgacha o'sgan. Rivojlanayotgan davlatlarda so'nggi 50 yillik davrda davlat qarzi va xususiy qarzning o'zgarishi dinamikasi. Manba: Jahon banki Qayd etilishicha, pandemiya ortga chekingan taqdirda ham, qarzga xizmat ko'rsatish xarajatlari oshib boradi va natijada qarz yuki uzoq vaqt mobaynida sezilib turadi. Bu, o'z navbatida, tiklanishni sekinlashtirishi va boshqa rivojlanish maqsadlaridagi sa'y-harakatlarga to'sqinlik qilishi mumkinligi aytilmoqda. Bugungi kunda davlatlar qarzlari to'g'risida yuritiladigan statistika ushbu mamlakatlarning qarzni hisobga olish borasidagi standartlari va ta'riflari turlicha ekanligi sabab aslidagidan farq qilishi aytilmoqda. Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz shaffofligiga bag'ishlangan hisobotida keltirilishicha, past daromadli mamlakatlardagi qarz zaxiralarining umumiy ko'rsatkichlari mahalliy va xalqaro ma'lumotlar bazalariga oid ta'riflar va standartlar turlichaligi tufayli mamlakat yalpi ichki mahsulotining 30 foizigacha farq qilishi mumkin. Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpassning so'zlariga ko'ra, qarz ko'rsatkichlarining oshkoraligi yangi yuqori sifatli investitsiyalarni oson jalb qilish, korrupsiyani kamaytirish va hisobdorlikni ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Ma'lum qilinishicha, COVID-19 ta'limdagi tengsizliklarni ham yanada kuchaytirdi. Jahon banki hisob-kitoblarining ko'rsatishicha, maktablarning uzoq vaqtga yopilishi hamda ta'lim sifatining yomonlashuvi — o'zlashtirish darajasining pasayganligi sabab past va o'rta daromadli mamlakatlarda oddiy matnni o'qiy olmaydigan 10 yoshli bolalar ulushi 70 foizgacha yetishi mumkin. Pandemiyagacha bo'lgan davrda bu ko'rsatkich 56 foizni tashkil qilar edi. «Bu kelajakdagi daromadlar, qashshoqlikni kamaytirish va tengsizlik darajasini qisqartirshga doimiy ta'sir ko'rsatadi. So'nggi hisob-kitoblarga ko'ra, talabalarning bu avlodi endi umr bo'yi topadigan daromadidan 17 trillion dollar yo'qotish xavfi mavjud», — deya qayd etmoqda bank. Jahon banki prognoziga ko'ra, energiya narxlari 2021 yilda o'tgan yilga nisbatan o'rtacha 80 foizdan yuqori bo'lishi kutilmoqda. Energiya — oziq-ovqat ishlab chiqarish va isitish uchun muhim tovar bo'lganligi sababli, enegiya narxlarining oshishi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning qisqarishi va isitishdagi uzilishlarga sabab bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, yuqori energiya narxlarining ta'siri allaqachon sezilgan — uning o'g'it narxlariga ta'siri o'z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini oshirdi. Pandemiya sharoitida energiya, oziq-ovqat va o'g'it narxlari o'zgarishi dinamikasi. Manba: Jahon banki 2021 yilning ikkinchi yarmida oziq-ovqat tovarlari narxlari barqarorlasha boshlagan bo'lsa-da, hali ham pandemiyadan oldingi darajadan yuqori ekanligi aytilmoqda. Jahon banki iqlim o'zgarishi nazorat qilinmasa, 2030 yilga borib o'ta qashshoqlikda kun kechiruvchi aholi soni 132 million kishiga yetishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Shuningdek, ularning aksariyati nochorlik, tartibsizlik va zo'ravonlik hukm surayotgan sharoitda yashashiga to'g'ri kelishi mumkin. Groundswell hisobotiga ko'ra, iqlim o'zgarishi natijasida 2050 yilga kelib dunyo bo'yicha 216 million aholi o'z mamlakatlari ichida yashab turgan joyidan boshqa hududlarga ko'chib o'tishiga to'g'ri kelishi mumkin. Shundan: «Agar issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha birgalikda global sa'y-harakatlar amalga oshirilsa, shu bilan birga yashil, inklyuziv va barqaror rivojlanish qo'llab-quvvatlansa, bu raqamlarni sezilarli darajada kamaytirish va ichki iqlim migratsiyasini yaxshiroq boshqarish imkoniyati hali ham mavjud», — deya qayd etmoqda bank. Jahon banki xulosasiga ko'ra, 2021 yilda pandemiya taraqqiyotning barcha mumkin bo'lgan sohalariga ta'sir ko'rsatdi, qashshoqlikka barham berish va umumiy farovonlikni oshirishga jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Shunga qaramay yil yakuniga kelib ayrim ijobiy o'zgarishlar qayd etildi, jumladan, jahon iqtisodiyoti o'sdi, tovarlar savdosi tiklandi, oziq-ovqat tovarlari narxlari barqarorlasha boshladi, pul o'tkazmalari jadal tiklandi. Biroq, koronavirusning yangi variantlari va vaksinalardan foydalanish imkoniyatining tengsizligi hali hal etilishi lozim bo'lgan masalalar mavjudligini anglatadi.
|
world
|
Qozog'istonning Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so'm) ko'tarilganidan norozi bo'lib, ommaviy mitingga chiqdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Namoyishchilarning bir qismi yo'lga chiqib, avtomobillar harakatini to'sib qo'yishdi. Mangistau viloyati hokimligining Ichki siyosat boshqarmasi vaziyatga izoh berdi. «Soat 11.00da avtomobil egalari Janaozendagi FHDYO binosi yonida to'planib, suyultirilgan gaz narxini pasaytirish masalasini muhokama qilishdi. Yig'ilganlarga suyultirilgan gazni sotish bo'yicha ishlarning ahvoli va «Tinch yig'inlar tashkil etish to'g'risida»gi qonun, xususan, ularning xatti-harakatlari qonunga xilof ekani, yig'ilish o'tkazilishidan 5 ish kuni oldin hokimlikni xabardor qilish zarurligi tushuntirildi», — deya xabar qildi boshqarma. Shahar hokimligi vakillari yig'ilganlarni o'z talablarini yozma ravishda bayon etishga taklif qildi. Mangistau viloyati Energetika va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Berdibek Kartbayev gaz narxining oshishiga izoh berar ekan, respublikada gazning o'rtacha narxi litri uchun 110 tenge, qo'shni Atirau viloyatida — 115 tenge yoki Uralskda — 120 tengeni tashkil etishini ma'lum qildi. «Ayni paytda viloyatda oxirgi iste'molchi uchun gaz narxi 95−115 tenge atrofida. Avvalgi 60 tengelik narx qaytmaydi, chunki endi gazning birjadagi narxi transport va tadbirkorning operatsion xarajatlarini hisobga olmaganda litri 70−85 tengeni tashkil etadi», — deya tushuntirdi u. Keyinroq Mangistau viloyati markazi Aktau shahrida ham norozilik namoyishlari boshlandi. Asosan avtomobil egalari o'z noroziligini ko'rsatadi. 3 yanvar oqshomida bir necha yuz kishidan iborat bo'lgan namoyishchilar Aqtaudagi «Ыntыmak» maydonida isitish uchun o'tov o'rnatib, tarqalishmadi. Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o'zining Twitter-sahifasida vaziyatga ikki marta munosabat bildirdi. «Hukumatga Janaozendagi vaziyatni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda zudlik bilan huquqiy jihatdan ko'rib chiqishni topshirdim», — dedi u 3 yanvar kungi tvitida . Davlat rahbari: «Namoyishchilar jamoat tartibini buzmasligi kerak. Fuqarolar mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga o'z talablarini oshkora bildirish huquqiga ega, ammo bu qonunga, xususan, tinch yig'ilishlar to'g'risidagi qonunga muvofiq amalga oshirilishi kerak», — deya ta'kidladi. Hukumat prezidentning bayonotidan so'ng gaz narxi 85−90 tengegacha pasayganini ma'lum qildi. Qazaq Oil yoqilg'i quyish shoxobchalarining yirik tarmog'i suyultirilgan gazga bo'lgan talab keskin oshganiga qaramay, korporativ mijozlar oldidagi majburiyatlarini to'liq bajarish, gazni kuponlar va yonilg'i kartalari orqali «belgilangan narxda» sotish majburiyatini olishini ma'lum qildi . Shu bilan birga, kompaniyaning qayd etishicha, zaxiralar cheklanganligi sababli jismoniy shaxslarga yoqilg'i yetkazib berishda cheklovlar joriy etilishi mumkin. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, Energetika vazirligi tomonidan e'lon qilingan 85−90 tengelik narx koridori doirasida 10−12 yanvardan keyin qo'shimcha yoqilg'i yetkazib berish va suyultirilgan gazni cheklovsiz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. 4 yanvar kuni ertalab Qozog'iston prezidenti Twitter orqali yana vaziyatga izoh berdi. «Aqtauda tarkibiga prezident Administratsiyasi xodimlari ham kiritilgan hukumat komissiyasi ish boshladi. Respublika operativ shtabi doimiy asosda ishlamoqda, — deb yozdi Qosim-Jomart Toqayev. — Komissiyaga mamlakatimizdagi barqarorlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan muammoning o'zaro maqbul yechimini topish topshirildi». «Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tartibini buzish holatlarining oldini olishni ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi. Namoyishchilar mas'uliyat va muloqotga tayyorligini ko'rsatishi kerak», — deya ta'kidladi Qozog'iston prezidenti.
|
world
|
Qozog'iston prezidenti topshirig'iga ko'ra tuzilgan hukumat komissiyasi suyultirilgan gaz narxining 120 tengega (deyarli 3 ming so'm) ko'tarilishiga qarshi Aqtau shahridagi «Ыntыmak» maydonida norozilik namoyishi o'tkazgan faollar bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Yig'ilishda «Kazmunagaz» milliy kompaniyasining ijtimoiy mas'uliyati doirasida Aqtau tashabbus guruhi bilan suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang'istau viloyatida litriga 50 tengedan narx belgilash bo'yicha muzokaralar chog'ida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, faollarga maydonda bo'lganlar javobgarlikka tortilmasligiga kafolat berildi. Tomonlar, shuningdek, barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib oldilar. Avvalroq Qozog'istonning Mangistau viloyatida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyalarida ishtirok etgani xabar qilingan edi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev muammoga «o'zaro maqbul yechim» topish maqsadida Aqtauda hukumat komissiyasi ishboshlaganini ma'lum qildi.
|
world
|
Qozog'istonda seshanba kuni kechqurun Telegram, WhatsApp va Signal internet-messenjerlari ochilmay qoldi, deb xabar berdi mamlakat OAVlari. «Gazeta.uz»ning Qozog'istondagi manbalari ushbu ma'lumotni tasdiqlashdi. 2 yanvardan beri qo'shni davlatda namoyishlar bo'lib o'tmoqda. U Qozog'istonning Mangistau viloyati Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga (60 tengedan 120 tengega) ko'tarilganidan norozi bo'lib, ommaviy mitingga chiqishi bilan boshlangan edi. Shundan keyin, namoyishlar Aktau viloyati markazida ham bo'lib o'tdi, so'ngra Qozog'istonning boshqa hududlariga, jumladan poytaxt Nur-Sulton shahriga va sobiq poytaxt Olmaotaga ham tarqala boshladi. Avvalroq, prezident Qasim-Jomart Toqayev muammoga «o'zaro maqbul yechim» topish maqsadida Aqtauda hukumat komissiyasi ish boshlaganini aytdi, ular faollar bilan muloqot o'tkazdi. Seshanba kuni Mangistau viloyatida «Kazmunaygaz» «Kazmunagaz» milliy kompaniyasining ijtimoiy mas'uliyati doirasida suyultirilgan gaz narxi 50 tengegacha arzonlashtirilgani xabar berilgandi . Mitinglarda yangragan yoqilg'i narxini tushirishga chaqiriqlar asta-sekin turmush darajasini ko'tarish talablari bilan almashdi, deb yozmoqda Vlast.kz. Xabar e'lon qilingan vaqtga ko'ra, namoyishlar hali ham davom etmoqda. Olmaotada namoyishchilarning hibsga olinayotgani va mobil internet uzib qo'yilgani haqida ma'lum qilinmoqda. Seshanba kuni kechqurun prezident Qasim-Jomart Toqayev Twitter orqali namoyishchilarga «jamiyat barqarorligi va birligiga rahna solishdan manfaatdor bo'lgan buzg'unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so'rab, murojaat qildi. «Ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablar alohida, jumladan, ertaga poytaxtda bo'lib o'tadigan yig'ilishda ko'rib chiqiladi», — deb yozdi u.
|
world
|
Yakshanba kuni Qozog'istonning Qazaqstan va «Xabar 24» telekanallari kaltaklangan qirg'izistonlikning ishsiz ekanligi, Olmaotadagi pogromlarda qatnashgani va buning uchun 90 ming tenge (taxminan 200 dollar) olgani haqidagi lavhani namoyish etdi. Xabarlar boshqa OAVlarda ham tarqaldi. Biroq tez orada ular ushbu ma'lumotni rad etishga majbur bo'ldilar. «Mitingda qatnashishni taklif qilishdi, 90 ming tenge taklif qilishdi. Qirzig'istonda ishsiz bo'lganim uchun rozi bo'ldim. Ular menga chipta olib berishdi. Ikkinchi kuni Olmaotaga uchib keldim va meni Tojikiston va O'zbekiston fuqarolari ham bo'lgan kvartiraga olib borishdi, ularning nima haqda gaplashayotganlarini tushunmadim. Miting boshlanganida qo'rqdim. Kvartiraga qaytib keldim, bir oqshom qoldim, keyingi kuni esa uyga qaytishga qaror qildim va meni harbiylar Samsi qishlog'ida (Jambul viloyati — tahr .) ushladilar», — dedi u kameraga. Qirg'iziston ommaviy axborot vositalari darhol bu odamning qirg'izistonlik pianinochi va jazz musiqachisi, Olmaotada tez-tez konsert berib turadigan Vikram Ruzaxunov ekanligini aniqlashtirdi . Ruzaxunovning qarindoshlari va hamkasblari videoda aynan u ekanligini tasdiqlashgan . Ular Qozog'istonning Bishkekdagi elchixonasi oldidagi mitingga borishgan . Namoyishchilarga Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ham qo'shildi va u videoda qirg'iz musiqachisi aks etgani hamda uning terrorchi emasligini aytdi. U Qirg'iziston rasmiylaridan Qozog'istondagi qirg'izlarni pogromchilar sifatida ko'rsatishga urinayotganidan noroziligini bildirdi. «Fuqarolarimiz terrorizmda ayblansa, biz jim o'tira olmaymiz», — dedi Tashiyev. Uning so'zlariga ko'ra, Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi Qozog'istonga norozilik notasi yuborgan. Keyinroq Qozog'iston IIV videodagi kaltaklangan shaxs Vikram Ruzaxunov emas, balki Zokir Uburov (1990 yilda tug'ilgan) ekanligini ma'lum qildi . Ammo uning ukasi Tohir Uburov (to'g'ri yozilgani — Yuburov) lavhadagi shaxsning Zokir emasligi, ammo uning ukasi ham Qozog'istonda hibsga olinganini ma'lum qildi. Zakir Yuburov. Foto: Kaktus Media. Qirg'iziston IIV hibsga olingan shaxsning yaqinlariga tayanib, Vikram Ruzaxunovning Olmaotaga konsertlar o'tkazish uchun taklif etilganini ma'lum qildi . «Uni aeroportga onasi Qunduzxon va uning Bishkekdagi IPAM kompaniyasida dasturchi bo'lib ishlayotgan nabirasi Askat Serikov kuzatib borishgan. Qozog'istonda ularning qarindoshlari bo'lmagan va musiqachi faqat taklifnoma bilan konsert dasturlarini o'tkazish, shuningdek, Qozog'iston va MDH mamlakatlaridagi musiqa festivallarida qatnashish uchun safar qilgan», — deyiladi xabarda. Qirg'iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev diplomatik missiyaning advokatlari va konsullariga hibsga olingan qirg'izistonliklarni ko'rishga ruxsat berilmaganini ma'lum qildi . Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov o'z bayonotida ikki davlat vazirliklari o'rtasida zarur ishlar olib borilayotganini ta'kidladi . «Qozog'istonda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz ko'p. Ehtimol, ular orasida aksiyalarda ishtirok eta oladiganlar ham bo'lgan. Lekin biz qattiq kurashamiz va harakatlarda ishtirok etmagan va nohaq javobgarlikka tortilayotgan barcha fuqarolarimizni himoya qilamiz. Ikki davlat maxsus xizmatlari ishlarining natijalarini kutamiz», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarida. Bir kun avval Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Twitter orqali ingliz tilida «banditlar va terrorchilar» maxsus markazdan nazorat qilingani, ularning ba'zilari qozoq tilini bilmasligini yozgan edi. Keyinchalik bu xabarlar o'chirildi.
|
world
|
Qozog'istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan Qirg'iziston fuqarosi va musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. Bu haqda «Vecherniy Bishkek» nashri o'z manbasiga tayanib xabar berdi . Ma'lum qilinishicha, hozirgi vaqtda Ruzaxunovni Bishkekga olib ketishmoqda. Ma'lumot uchun, ushbu musiqachi yakshanba kuni Qozog'istonning Qazaqstan va «Xabar 24» telekanallarida 90 ming tenge uchun (taxminan 200 dollar) Olmaotadagi mitinglarda qatnashish uchun Qirg'izistondan uchib kelganini, ammo mitingni ko'rgach qo'rqib ketib, uyga qaytmoqchi bo'lganida harbiylar tomonidan ushlanganini aytgandi . Qirg'iziston ommaviy axborot vositalari darhol bu odamning qirg'izistonlik pianinochi va jazz musiqachisi, Olmaotada tez-tez konsert berib turadigan Vikram Ruzaxunov ekanligini aniqlashtirdi . Ruzaxunovning qarindoshlari va hamkasblari videoda aynan u ekanligini tasdiqlashgan . Ular Qozog'istonning Bishkekdagi elchixonasi oldidagi mitingga borishdi . Namoyishchilarga Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ham qo'shildi va u videoda qirg'iz musiqachisi aks etgani hamda uning terrorchi emasligini aytdi. U Qirg'iziston rasmiylaridan Qozog'istondagi qirg'izlarni pogromchilar sifatida ko'rsatishga urinayotganidan noroziligini bildirdi. «Vikram Ruzaxunov hech qanday tartibsizliklarda qatnashmagan. Qozog'iston davlat telekanali ma'lumoti noto'g'ri. Qo'shnilarimiz tergov ritorikasini o'zgartirishlari kerak. Bizning fuqarolarimizni terrorizmda ayblash — noto'g'ri», — degan edi Tashiyev. Qirg'iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev esa diplomatik missiyaning advokatlari va konsullariga hibsga olingan qirg'izistonliklarni ko'rishga ruxsat berilmaganini ma'lum qilgan edi . Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov o'z bayonotida ikki davlat vazirliklari o'rtasida zarur ishlar olib borilayotganini ta'kidladi . «Qozog'istonda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz ko'p. Ehtimol, ular orasida aksiyalarda ishtirok eta oladiganlar ham bo'lgan. Lekin biz qattiq kurashamiz va harakatlarda ishtirok etmagan va nohaq javobgarlikka tortilayotgan barcha fuqarolarimizni himoya qilamiz. Ikki davlat maxsus xizmatlari ishlarining natijalarini kutamiz», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
|
world
|
10 yanvar kuni Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdan tashqari yig'ilishida nutq so'zladi . Uning ta'kidlashicha, mamlakat oy avvalida boshidan kechirgan inqiroz mustaqillikning 30 yillik tarixidagi eng og'iri bo'ldi. Bugun Qozog'istonda mamlakatdagi fojia kunlarida halok bo'lganlar xotirasiga umumxalq motam e'lon qilindi. Davlat rahbari mamlakatdagi bugungi ahvol, o'tgan kunlarda sodir bo'lgan voqealar haqida gapirdi. «Voqealar haqida to'liq tasavvurga ega bo'lgan holda, mas'uliyat bilan aytishim mumkinki, joriy yil boshidan buyon barcha voqealar bir zanjirning halqalaridir, dedi u. — Ular tayyorgarligi uzoq muddat davom etgan yagona vayronkor maqsadga bo'ysundirilgan. Ushbu tayyorgarlik qancha davom etdi — bir yil, ikki yoki uch yilmi — tergov ko'rsatadi». Prezidentning fikricha, buzg'unchi kuchlar bir necha marta barqarorlikni buzish va tartibsizliklar keltirib chiqarishga urinishgan, bu harakatlarning barchasi qat'iy bostirilgan, biroq tashkilotchilar o'z rejalaridan voz kechmagan va qurolli namoyishlar tayyorlashga o'tgan. «Imkoniyat sifatida bir qator viloyatlarda aholining avtomobil gazi narxi oshishiga noroziligidan foydalanishdi. Mitinglar bo'lib o'tdi, unda ishtirokchilar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy talablarni ilgari surdi. Ularning barchasi davlat tomonidan eshitildi va bajarildi. Hukumat iste'foga chiqdi, avtogaz narxi avvalgi darajasida muzlatildi», — deb eslab o'tdi Qosim-Jomart Toqayev. «Aniq ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmui va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning aniq rejasi qabul qilinganini e'lon qildik. Ammo Qozog'istonga qarshi tajovuz tashkilotchilari uchun buning ahamiyati yo'q edi», — deya qo'shimcha qildi u. «Stixiyali norozilik namoyishlari pardasi ortida tartibsizliklar to'lqini paydo bo'ldi. Go'yoki bitta buyruq bilan diniy radikallar, jinoyatchi unsurlar, mashhur banditlar, talonchilar va mayda bezorilar paydo bo'ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy talablar ikkinchi-uchinchi darajaga tushdi, ular unutildi. Ular ortidan "issiq faza" boshlandi. O'z vaqtini kutayotgan qurollangan jangarilar guruhlari harakatga tushdi. Asosiy maqsad ayon bo'ldi: konstitutsiyaviy tuzumni barbod qilish, boshqaruv institutlarini yo'q qilish, hokimiyatni egallab olish. Gap davlat to'ntarishiga urinish haqida ketmoqda», — dedi mamlakat prezidenti. Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, bu jangovar harakatlarning barchasi bir markazdan muvofiqlashtirilgan. «Viloyat hokimiyati, huquq-tartibot idoralari, tergov izolyatorlari, strategik obyektlar, banklar, teleminora va telekanallarga qilingan sinxron, alohida ta'kidlayman, sinxron hujumlar shundan dalolat beradi», — dedi u. «Aeroportlar egallab olindi, avtomobil va temir yo'llar to'sildi, tez yordam mashinalari va o't o'chiruvchilar ishiga to'sqinlik qilindi. Harbiy qismlar va armiya nazorat-o'tkazish punktlariga hujumlar paytida bandit tuzilmalari qurol-yarog' va harbiy texnikani egallab olishga harakat qilishdi. Olmaota va boshqa shaharlarda haqiqiy janglar ketayotgan edi. Masalan, Olmaota shahridagi ichki ishlar boshqarmasi binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etgan. Politsiya teraktlarga qarshi kurashdi», — dedi Qosim-Jomart Toqayev. Prezidentning so'zlariga ko'ra, birgina Olmaotada 7 ta qurol do'koni qo'lga olingan. «Bular yaxshi o'qitilgan professionallar, jumladan, maxsus vintovkali snayperlar tomonidan uyushtirilgan hujumlar edi. Terrorchilar o'zlarining aloqa vositalaridan foydalanganlar, harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari formalarini kiyishgan. Ular o'zlari uchun jonli qalqon vazifasini bajargan ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari ortiga bezbetlarcha yashirindilar», — dedi davlat rahbari. «Kamida besh marta ko'proq ustunlikka ega bo'lgan banditlar militsiya xodimlari va harbiy xizmatchilarga hujum qilib, ularni o'ta shafqatsizlik bilan kaltaklagan, ikki nafar harbiy xizmatchining boshini kesib tashlagan. Kasalxonalarga vahshiyona hujumlar uyushtirildi», — dedi prezident. Uning so'zlariga ko'ra, tajovuz bir vaqtning o'zida 11 ta hududni qamrab olgan, biroq asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan. «Ma'lumki, bu bizning eng yirik shahrimiz va mamlakatimizning moliyaviy markazi bo'lib, u yerda eng muhim transport-kommunikatsiya markazlari joylashgan. Bu shaharning qulashi butun aholi zich joylashgan janubni, keyin esa butun mamlakatni egallashga yo'l ochardi. Terrorchilar Qozog'iston poytaxtiga zarba berish uchun huquq-tartibot kuchlarini o'zlariga tortib olmoqchi bo'lishgan», — deya ta'kidladi Qosim-Jomart Toqayev. «Aslida bu bizning davlatimizga qarshi turli usullar bilan boshlangan haqiqiy terrorchilik urushi edi. Bu bizdan misli ko'rilmagan choralarni ko'rishni talab qildi. Qozog'iston kuch tuzilmalari vaziyatni o'z nazoratiga olgan holda qisqa vaqt ichida safarbar bo'lib, hujumchilarni qaytarishga erishdi. Afsuski, bu juda qimmatga tushdi — xavfsizlik kuchlari va tinch aholi o'rtasida yo'qotishlar bo'ldi», — dedi u. Davlat rahbari e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, 16 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo'lgan, 1300 dan ortiq kishi jarohatlangan. Tinch aholi orasida ham qurbonlar bor, aniq soni aniqlashtirilmoqda. Mamlakat bo'ylab 1270 ta tadbirkorlik subyekti zarar ko'rdi. 100 dan ortiq savdo markazlari va banklar talon-toroj qilindi, politsiya mashinalariga zarar yetkazildi va 500 ga yaqin texnika yoqib yuborildi. «Men Qozog'istonga qarshi tajovuzda terrorchilar, jumladan, xorijiy jangarilarning bevosita ishtiroki haqida ishonch bilan gapiraman. Banditlarning tunda o'likxonalarga hujum qilishi, o'lgan sheriklarining jasadlarini olib ketishlari bejiz emas edi. Shuningdek, jangarilarning jasadlarini bevosita jang maydonidan olib chiqishgan. Bu kelib chiqishi noma'lum bo'lgan xalqaro terrorchilarning amaliyotidir. Ular izlarini shunday yopadilar. Keyinchalik hokimiyatni tortib olish uchun hududimizda tartibsizlik zonasini shakllantirish rejalari bor edi», — dedi Qosim-Jomart Toqayev. Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunga qadar Qozog'istonda KXSHTning 2030 kishidan iborat kollektiv tinchlikparvar kuchlari va 250 ta texnikasi safarbar etilgan va ular belgilangan vazifalarni bajarishga kirishgan. Ular aeroportlar, harbiy omborlar va boshqa strategik obyektlarni qo'riqlash va xavfsizligini ta'minlash funksiyalarini bajaradilar. «KXSHT nufuzli harbiy-siyosiy tashkilot sifatida o'zining dolzarbligi va samaradorligini ko'rsatdi. Bu haqiqatan ham davlatlarimiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashning samarali mexanizmi», — ta'kidladi Qozog'iston prezidenti. Qozog'iston prezidenti shunday deb qo'shimcha qildi: «Biz allaqachon KXSHT kuchlarining kiritilishining qonuniyligi haqida savollar tug'ilayotganini ko'rmoqdamiz. Bu ishonchli ma'lumotlarning yo'qligi va butun vaziyatni noto'g'ri tushunish bilan bog'liq. Alohida hollarda xalqaro hamjamiyat, jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham KXSHT kuchlaridan foydalanish bo'yicha, ham Qozog'istondagi vaziyatni mutlaqo noto'g'ri talqin qilish holatlari kuzatilmoqda. Barcha faktlarga qaramay, ba'zi manbalar Qozog'iston hukumati tinch namoyishchilarga qarshi kurashayotganini da'vo qilmoqda. Bu mutlaqo noto'g'ri ma'lumot. Biz hech qachon tinch namoyishchilarga qarshi qurolli kuch ishlatmaganmiz va foydalanmaymiz ham». «Buni bilgan holda Qozog'istonga hujum tashkilotchilari bir necha tajovuz to'lqinlarini uyushtirishdi. Birinchi bosqichda, aytganimdek, tinch namoyishlar bo'lib o'tdi. So'ngra, xususan, Olmaotada siyosiy mitinglar bo'lib o'tdi, keyin esa qurollangan jangarilar ulkan shoqol to'dalari singari uch tomondan shaharga yopirildilar. Avvaliga ular o'zlarini tinch namoyishchilardek ko'rsatishdi, huquq-tartibot idoralarini va hatto shahar aholisini chalg'itdilar, keyin esa tarixda "Olmaota fojiasi" nomi bilan qoladigan voqeani boshladilar», — dedi u. Shu bilan birga, davlat rahbari BMT nizomida har bir davlat uchun qurolli hujum sodir bo'lgan taqdirda o'zini-o'zi yakka yoki jamoaviy mudofaa qilishning ajralmas huquqi e'tirof etilganini eslatib o'tdi. «Yaqin kunlarda dastlabki tergov yakunlanganidan so'ng biz jahon hamjamiyatining hukmi uchun mamlakatimizga qarshi terroristik tajovuzga tayyorgarlik ko'rish va amalga oshirishga oid qo'shimcha dalillarni taqdim etamiz», — deya e'lon qildi davlat rahbari va bu borada shoshilinch xulosalar chiqarmaslik kerakligini qo'shimcha qildi. Qosim-Jomart Toqayevning qo'shimcha qilishicha, hukumat Qozog'iston xalqining tinch yo'l bilan o'z xohish-irodasini bildirish va ochiq muloqot qilish huquqini himoya qiladi, biroq, ayni paytda, zo'ravonlik ekstremizmning har qanday ko'rinishiga qat'iy barham beradi. «Ayni vaqtda Qozog'istonda konstitutsiyaviy tartib tiklandi, — dedi mamlakat prezidenti. — Aksilterror operatsiyasi doirasida jinoyatlarda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgacha 8000 ga yaqin odam politsiyaga topshirilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus organlar ularning terrorchilik, qotillik, talonchilik va boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshiradi. 116 ta qurol olib qo'yildi». Uning so'zlariga ko'ra, operatsiya davom etmoqda, «yashirinishning yangicha uslublarini qo'llayotgan, fuqarolar liboslarini kiyayotgan, soqollarini qirdirayotgan vahokazolarni qilayotgan» jangarilarni aniqlash bo'yicha rejalar ishlab chiqilmoqda Davlat rahbari ertaga, 11 yanvar kuni parlamentga hukumatning yangi tarkibi bo'yicha taklif kiritish va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o'tkir muammolarni hal etish bo'yicha vazifalarni belgilashni rejalashtirmoqda. «Yaqin vaqtlarda keng ko'lamli aksilterror operatsiyasi yakunlanadi va u bilan KXSHT kontingentining muvaffaqiyatli va samarali missiyasi yakunlanadi», — dedi Qosim-Jomart Tokayev.
|
world
|
AQShda yong'in oqibatida 19 kishi halok bo'ldi 9 yanvar kuni ertalab Nyu-Yorkdagi ko'p qavatli uyda sodir bo'lgan yong'inda 19 kishi, jumladan to'qqiz bola halok bo'ldi. Bu haqda AP xabar berdi. Omon qolganlar nafas olish uchun vahima ichida qorong'i yo'laklar va zinapoyalarga qochishgan. Evakuatsiya qilinganlarning yuzlari kuyik bilan qoplangan edi. O't o'chiruvchilar har bir qavatda qurbonlar borligini aniqladilar, ularning ko'pchiligi nafas ololmay halok bo'lgan, dedi yong'in bo'yicha komissar Daniyel Nigro. Qayd etilishicha, ushbu yong'in shaharda oxirgi 30 yillikdagi eng kattasi bo'lgan. Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo'llamoqchi bo'lgan sanksiyalaridan xavotirda — Bloomberg Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari Vashingtonning Rossiyaga qarshi ehtimoliy yangi sanksiyalaridan kelib chiqadigan iqtisodiy zarardan xavotir bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, AQShning G'arbiy Yevropadagi barcha ittifoqchilari hamon Moskvaga nisbatan qattiq cheklovlar joriy etilishini ma'qullamaydi. Qayd etilishicha, ayrim davlatlar nafaqat o'z iqtisodlari uchun sezilarli oqibatlardan, balki Rossiyaning javob harakatlaridan ham cho'chiydi. Ularning fikricha, sanksiyalar oqibatida Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni to'xtatishi mumkin. Bangladeshda qochqinlar lageridagi yong'in tufayli yuzlab uylar vayron bo'ldi Bangladesh janubi-sharqidagi roxinja qochqinlari lagerida yong'in kelib chiqishi oqibatida yuzlab uylar vayron bo'lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma'lumot yo'q — CNN . Yong'in milliondan ortiq rohinja qochqinlari istiqomat qiladigan chegara hududi — Koks-Bazardagi 16-lagerda sodir bo'lgan. Qochiqinlarning aksariyati 2017 yilda Myanmada harbiylar bosimidan qochib kelgan. Bangladesh hukumatining qochqinlar bo'yicha mas'ul xodimi Muhammad Shamsud Douzaning aytishicha, favqulodda vaziyatlar xodimlari yong'inni nazorat ostiga olgan. Yong'in sabablari aniqlanmagan, deya qo'shimcha qildi u. «Hammasi yo'q bo'ldi. Ko'pchilik uysiz qoldi», — deydi rohinjalik qochqin Abu Tohir. Qozog'istonning Jambil viloyati politsiya boshlig'i va Milliy xavfsizlik qo'mitasi polkovnigi vafot etdi Qozog'istonning Jambil viloyati politsiya boshqarmasi boshlig'i Janat Sulaymonov vafot etdi, uning o'limi sabablari aytilmadi, deb xabar berdi TASS Kommersant' nashrining yozishicha, IIB boshlig'i Janat Suleymenov o'z joniga qasd qilgan. «Hodisa sabablari o'rganilmoqda», — dedi Taraz hokimligi (viloyat ma'muriy markazi) matbuot xizmati. Shuningdek, Nur-Sultonda bugun, 10 yanvar kuni mamlakat Milliy xavfsizlik qo'mitasi polkovnigi Azamat Ибрае в o'lik holda topildi. Jasad o'z uyi hovlisidan topilgan. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi, deya xabar bermoqda qo'mita matbuot xizmati. Qozog'istondagi tartibsizliklar kamida 17 nafar xavfsizlik xodimi halok бўлд и — RIA Novosti . Yaradorlar va qurbonlarning umumiy soni rasmiylar tomonidan aytilmagan. Shu vaqtga qadar 8 mingga yaqin odam hibsga olingan .
|
world
|
AQSh va NATO 26 yanvar kuni Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo'yicha takliflariga o'z javobini yo'lladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Eslatib o'tamiz, Rossiya tomonidan AQSh va NATO uchun tayyorlangan takliflar Gruziya va Ukrainaning NATOga a'zo bo'lishini taqiqlash, Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlarda qurol-aslahalarni joylashtirmaslik va alyansning sharqqa qarab kengayishdan voz kechishi kabi bandlarni o'z ichiga olgan. Bu haqda dekabr oyida batafsil ma'lumot berganmiz. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo'yicha takliflariga javobni taqdim etishga bag'ishlangan matbuot-anjumanida, Amerika tomoni hujjatni ommaga e'lon qilmaslik qarorini qabul qilganini aytdi va RF tomoni ham xuddi shunday yo'l tutishiga umid bildirdi. Shunday bo'lsa-da, u AQSh javobidagi asosiy nizomlar haqida gapirdi. Hujjat shu paytgacha bildirilgan pozitsiyalarni o'zida aks ettirgan: AQShning Rossiya tomonidan xavfsizlik sohasidagi xatti-harakatlaridan tashvishdaligi hamda davlatlar o'zaro tutash nuqtalarni topishi mumkin bo'lgan sohalardagi takliflar. Javobda AQSh NATOning «ochiq eshiklar» tamoyilidan voz kechmasligi yana bir bor ta'kidlab o'tilgan. Entoni Blinken shuningdek, yozma javobda «juda ijobiy narsalar» borligini qayd etgan. Uning aytishicha, Vashington barcha, jumladan, Rossiya uchun ham xavfsizlikni kuchaytirish bo'yicha hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan «sohalarni belgilagan». Uning aytishicha, bu yerda gap Ukrainadagi hujum raketa tizimlari, harbiy mashg'ulotlar masalasi, qurol-aslahalar ustidan nazorat bo'yicha potensial choralar, xatarlarni pasaytirish haqida bormoqda. «Bularning barchasi umumiy tashvishni, jumladan, Rossiya aytib o'tgan tashvishni o'zida aks ettiradi», — dedi Entoni Blinken. Entoni Blinken. Foto: U.S. Department of State / Flickr Davlat kotibining so'zlariga ko'ra, AQSh prezidenti Jo Bayden hujjatni tayyorlashda shaxsan ishtirok etgan. Uning qo'shimcha qilishicha, hujjatni tuzishda AQSh ittifoqdoshlari fikri ham o'ziga xos o'rin tutgan: ularning pozitsiyalari «matnga integratsiya qilingan». AQSh javobni Ukraina bilan muvofiqlashgan holda tayyorlagan, deb ma'lum qilgan Entoni Blinken. O'z so'zi yakunida davlat kotibi Vashington Ukraina atrofidagi voqealarning har qanday rivojiga tayyorligini, ammo diplomatiyani ma'qul yo'l, deb hisoblashini ta'kidlab o'tdi. NATO ham Rossiyaga javoblarni taqdim etishga bag'ishlangan matbuot-anjumanini tashkillashtirdi. Tadbirda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg chiqish qildi. NATO bu javobni ommaga e'lon qilishni rejalashtirmagani uchun, Stoltenberg javob mazmuni haqida gapirib o'tdi. NATOning takliflari AQSh tomonidan yo'llangan takliflar bilan parallel bo'ladi, bizni barcha 30 ittifoqdoshimiz qo'llab-quvvatladi, deya bayonot qildi Yens Stoltenberg. Yens Stoltenberg. Foto: NATO / Flickr Alyans o'z javobida «ochiq eshiklar» tamoyilidan voz kechmasligini, Gruziya va Ukrainaning alyans a'zosiga aylanish istagi bilan bir qatorda, Shvetsiya va Finlyandiyada bunday istak yo'qligini bir xilda hurmat qilishini ma'lum qildi. NATO Rossiya bilan munosabatlarda progressga erishish maqsadida yozma javob berishga qaror qildi va RFga alyansdagi vakolatxonalari faoliyatini qayta tiklashni taklif etmoqda, xususan, u muloqotga, jumladan Rossiya-NATO kengashi muloqotiga tayyor. Bosh kotib so'zlariga ko'ra, alyans Rossiya bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa liniyasini o'rnatishga tayyor va qurolsizlantirish, raketalarni joylashtirish va qurol-aslahalar ustidan nazorat o'rnatish kabi mavzularni muhokama qilishni istaydi. «Biz Rossiyani vaziyatni zudlik bilan deeskalatsiya qilishga chaqiramiz. NATO kelishmovchiliklar va ziddiyatlar, kuch yoki kuch ishlatish tahdidi bilan emas, balki siyosiy tomonlama tartibga solinishi kerak, deya ishonadi», — deb bayonot qildi Yens Stoltenberg. NATO Rossiya deeskalatsiya doirasida Gruziya, Ukraina va Moldovadan o'z qo'shinlarini chiqarib ketishi kerak, deb hisoblaydi, dedi Stoltenberg. NATO bosh kotibi, siyosiy muzokaralar muvaffaqiyatiga umid qilgan holda, alyans «yomon ssenariyga ham tayyorgarlik ko'rayotganini» aytib o'tdi. «Biz harbiy mavjudligimizni kuchaytirmoqdamiz, jumladan, Boltiqbo'yi va Qora dengiz mintaqalarida ham», — dedi Yens Stoltenberg.
|
world
|
27 yanvar kuni Tojikiston va Qirg'iziston chegarasida minomyotlardan foydalangan holda qurolli to'qnashuv sodir bo'ldi. Qirg'iziston OAVning mamlakat chegara xizmatiga tayanib xabar berishicha, payshanba kuni kechqurun tojik chegarachilari Botken viloyatining Tort-Kocho hududida Botken-Isfana yo'lining bir qismini to'sib qo'ygan. Har ikki tomondan otishma boshlandi. Qirg'iziston IIVning xabar qilishicha , Tojikiston harbiy xizmatchilari og'ir o'qotar qurollardan foydalanib, Botken viloyatining Ko'k-Tosh qishlog'idagi oddiy odamlar istiqomat qilayotgan Chir-Dobo, Qum-Mozor, Daxma uchastkalariga, shuningdek, Orto-Bo'z qishlog'idagi Tort-Ko'ch uchastkasi va Ko'k-Tosh qishlog'idagi Qirg'iziston Respublikasi IIV ichki qo'shinlarining 707-harbiy qismi binosiga qarata hujumlar uyushtirgan. Mazkur holat yuzasidan tinchlikka qarshi jinoyat moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Qirg'izistonning Botken viloyati Ko'k-Tosh qishlog'ida yonib ketgan qishloq xo'jaligi binosi ichidagi chorva mollari bor. Foto: turmush.kg Tojikiston Chegara xizmatining ma'lum qilishicha , 27 yanvar kuni kechqurun Botken viloyatining Oqsoy qishloq fuqarolari yig'inida yashovchi Qirg'izistonning 50 nafar fuqarolari Xo'jay-Alo aholi punkti yaqinidagi ko'prikda Tojikiston hududi bo'ylab Xo'jai-A'lodan Somoniyon posyolkasiga qum olib o'tayotgan tojikistonlik fuqaroning mashinasini majburan to'xtatgan. Noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo'yish maqsadida mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari darajasida yig'ilish o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq Qirg'iziston tomoni uchrashuvga kelmagan. Buning o'rniga qirg'iz chegarachilari Tojikistonda tinch aholiga qarata o't ochgan, shundan so'ng mamlakat chegara xizmati ham qurolli to'qnashuvga kirishgan. 28 yanvarga o'tar kechasi Tojikiston va Qirg'iziston vakolatli organlari ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tomonlar o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishdi. Hozir har ikki davlat OAV xabarlariga ko'ra, chegaradagi vaziyat barqaror. Qo'shma komissiya chegaradagi mojaro sabablarini o'rganmoqda. Qirg'izistonning Botken viloyati Ko'k-Tosh qishlog'ida otishma izlari. Foto: turmush.kg Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning so'zlariga ko'ra, qirg'iz tomonidagi to'qnashuvda tinch aholi vakillari va harbiylardan qurbonlar bo'lmagan, 11 nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan, ular kasalxonalarda, deb yozadi «24.kg». Tojikiston tomonida tinch aholi orasida qurbonlar bor. Chegara xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Xo'jai A'lo aholisidan 1986 yilda tug'ilgan Obidjon To'ychiyev o'z hovlisida minomyot portlashi oqibatida halok bo'lgan. Isfara shahridagi tez tibbiy yordam haydovchisi, 1964 yilda tug'ilgan Abdulatif Sharipov ham Xo'jai A'lo qishlog'i aholisini qutqarish chog'ida qirg'iz tomonidan otilgan mina portlashi oqibatida halok bo'ldi. Tojikiston tomonidan 10 kishi yaralangan, ulardan 6 nafari harbiy xizmatchi va 4 nafari tinch aholi vakillari. Tojikistonning Isfara shahridan kelgan tez yordam mashinasi minomyotdan o'qqa tutildi. Foto: Isfara shahar hokimligi matbuot xizmati / asiaplustj.info Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Qirg'iziston va Tojikistonni murosaga chaqirdi . «SHHT MATT Ijroiya qo'mitasi qirg'iz-tojik chegarasida keskinlikning yangi kuchayishidan xavotir bildiradi, quroldan foydalanish, fuqarolar hayoti va sog'lig'iga tahdidni qabul qilib bo'lmas deb hisoblaydi», — deyiladi MATT saytida. MATT tuzilmasi tomonlarni «chegara muammolarining butun majmuasini faqat diplomatik vositalar orqali murosaga keltirish bo'yicha ikki tomonlama mas'uliyatli hamkorlikka» chaqirdi.
|
world
|
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28 yanvar kuni to'rtta rus radiostansiyasi efirida so'zga chiqib, bir qator bayonotlar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Rossiya o'z diplomatlarining bir qismini Kiyevdan evakuatsiya qilishi mumkin. Bu haqda Kommersant' nashri xabar berdi. «Amerikaliklar Ukrainadan Rossiyaga nisbatan ochiqchasiga va behayolik bilan foydalanishdiki, Kiyev rejimining o'zi qo'rqib ketdi. Ular [Ukraina rasmiylari] allaqachon aytmoqda — bu muhokamani bunchalik keskinlashtirishning hojati yo'q, ritorikani rad qilaylik, nega diplomatlarni evakuatsiya qilyapsiz? Aytgancha, evakuatsiya haqida — kim evakuatsiya qiladi? Amerikaliklar va boshqa anglosakslar — kanadaliklar va inglizlar. Demak, ular qolganlar bilmagan narsani biladilar. Endi biz ham o'ylab ko'ramiz, balki ular tomonidan qandaydir provokatsiya bo'lishini kutib, diplomatlarimizga nisbatan ehtiyot choralarini ko'rishimiz kerak. Ko'ramiz», — dedi Sergey Lavrov. AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi. Unga ko'ra, Vashington Kiyevni mudofaa va hujum vositalari bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda. Qo'shma Shtatlar qanday qurollar yuborishini Pentagon vakili aniqlashtirmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Jon Kirbi brifingda AQSh rasmiylarining rejalari haqida gapirdi. Yanvar oyida Qo'shma Shtatlar Ukrainaga deyarli 300 tonna harbiy yordamning uchta partiyasini jo'natdi. «Aytganimdek, uchta yuk jo'natildi, yangi yetkazib berishlar tayyorlanmoqda. Biz ularni tezlashtirish mumkinmi yoki yo'qmi bilishga harakat qilyapmiz», — dedi u. Nursulton Nazarboyev Qozog'istonning hukmron «Nur Otan» partiyasi raisi lavozimini tark etdi va bu lavozimga prezident Qasim-Jomart Toqayevni taklif qildi. Partiya bu taklifni qo'llab-quvvatlab, amaldagi prezidentni yangi rahbar etib sayladi. «Nur Otan»ning navbatdan tashqari XXI qurultoyi onlayn formatda o'tkazildi. U matbuot uchun yopiq «Partiyaning navbatdan tashqari 21-s'ezdi qarori bilan Qozog'iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Kemelevich Toqayev bir ovozdan "Nur Otan" partiyasi raisi etib saylandi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida . «Birinchi prezidentning tarixiy xizmatlariga hurmat bajo keltiraylik, uning shak-shubhasiz muvaffaqiyat va xizmatlarini alohida ta'kidlab, mumkin bo'lgan xatolarni mamlakatimizning bo'lajak rahbarlariga ogohlantirish sifatida qoldiraylik», — dedi janob Tokayev «Nur Otan» partiyasi raisi etib saylanganidan keyin qilgan chiqishida. Shuningdek, Nazarboyevning qizi va parlament quyi palatasi deputati Darig'a Nazarboyeva «Nur Otan» siyosiy kengashini tark etdi. Kecha Qozog'iston Senati Nazarboyevni barcha vakolatlardan mahrum qiluvchi tuzatishlarni ko'rib chiqdi va kengaytirdi. Tuzatishlar Majlisda qayta tasdiqlanib, prezident imzolagandan keyin kuchga kiradi. 2021 yil oxirigacha Nursulton Nazarboyev Qozog'istonning parda ortidagi rahbari hisoblangan, biroq butun mamlakat bo'ylab yanvar oyida bo'lib o'tgan norozilik namoyishlaridan so'ng u asta-sekin barcha lavozimlaridan ayrilgan — Kommersant' . Qirg'iziston va Tojikiston vakillari uchrashuv o'tkazdi va mamlakatlar o'rtasidagi bahsli hududlarda 27 yanvar oqshomida yuz bergan to'qnashuvlar sabablarini o'rganmoqda. Ushbu to'qnashuvlarda ikki kishi halok bo'ldi, 21 kishi yaralandi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mojaro natijasida ikki nafar Tojikiston fuqarosi halok bo'lgan, o'n nafari yaralangan. Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, 11 kishi jabrlangan, ularning ahvoli o'rtacha og'irlikda. To'qnashuv vaqtida halok bo'lgan ikkinchi shaxs Tojikiston bilan chegaradosh Xo'jai A'lo qishlog'ida jabrlanganlarga yordam ko'rsatish uchun yetib kelgan tez yordam mashinasi haydovchisi ekani aniqlandi, deb xabar qildi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi. Avvalroq Tojikiston tomonidagi to'qnashuvlar natijasida bir mahalliy aholi halok bo'lgani, o'n kishi, shundan bor-yo'g'i olti nafar harbiy xizmatchi yaralangani ma'lum bo'lgan edi. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi vaziyatni tinch deb baholamoqda. Hozirda otishma qayd etilmadi, vaziyat barqarorlashgan. Mojaro chiqqan yo'l transport harakati uchun ochiq — Kommersant' . Qo'shma Shtatlar Rossiya yoqilg'isiga muqobil sifatida Yevropaga 20 dan ortiq gaz tankerlarini jo'natdi, deb yozadi The Wall Street . Gazetaning yozishicha, hozir Vashington va Bryussel rasmiylari Moskva eksportini qisqa muddatda o'rnini bosuvchi vosita izlamoqda. Vortexa tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, yana 33 ta kema jo'natilishi mumkin. Kompaniya rahbari Kley Siglning so'zlariga ko'ra, ular Rossiya yetkazib beradigan gazning «faqat bir qismini qoplaydi.
|
world
|
Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari «Kremlga aloqador» oligarxlar sarmoyalariga va kompaniyalarga qaratiladi, deb yozadi The Times . 31 yanvar kuni Britaniya parlamenti deputatlariga taqdim etilgan rejalarga ko'ra, hukumat Rossiya hukumati uchun «strategik ahamiyatga ega» bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlarini muzlatib qo'yadi va sayohatlarni taqiqlaydi. Nashr manbasining ta'kidlashicha, yangi sanksiyalar «Rossiyaga haqiqatan ham og'riq keltiradigan joyga zarba beradi». Rossiya Buyuk Britaniya rasmiylari joriy etishga tayyorlanayotgan sanksiyalarni javobsiz qoldirmaydi, dedi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. U London tomonidan rossiyalik «oligarxlar»ga nisbatan e'lon qilingan choralarni xavotirli deb atadi. Kreml vakilining so'zlariga ko'ra, bu sanksiyalar «investitsion jozibadorlikka va umuman, Buyuk Britaniyaga ham xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi» — Kommersant' . Social Science Research Network (SSRN) saytida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, Janubiy Afrikada OIV-musbat bilan og'rigan ayol to'qqiz oy davomida koronavirus bilan kasallangan, shu vaqt ichida patogen uning tanasida 21 ta mutatsiyani to'plagan. Ta'kidlanishicha, u OIV infeksiyasi bilan tug'ilgan. Uzoq vaqt davomida ushbu kasallikdan to'g'ri davolanmagan — RIA Novosti . Polsha Ukrainaga «bir necha o'n minglab» mudofaa qurollarini yetkazib berishga qaror qildi, dedi mamlakat Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox. U gap qaysi qurol haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Polsha Ukrainaga harbiy yordam taklif qilgani haqida xabar bergan edi. «Ukrainaga mudofaa qurollarini topshirish to'g'risida qaror qabul qilindi», dedi Solox jurnalistlarga. Uning ta'kidlashicha, bu qurollar «hujum emas, mudofaa operatsiyalari uchun» mo'ljallangan. Yetkazib berish bo'yicha yakuniy qarorni respublika mudofaa vaziri Mariush Blashak qabul qiladi. Bundan tashqari, bir qator davlatlar, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya qo'shinlarining ehtimoliy bostirib kirishi munosabati bilan Ukrainaga yordam berishini e'lon qildi. NATO Sharqiy Yevropadagi mavjud joylariga qo'shimcha kuchlar jo'natmoqchi. Rossiya qo'shni davlatga hujum qilish rejalarini bir necha bor rad etgan — Kommersant' . Yevropa Ittifoqi diplomatik mag'lubiyat ehtimolini ko'rib chiqib, Rossiya harakatlarining barcha imkoniyatlarini o'rganmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Josep Borrel. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh, Qatar va Ozarbayjon bilan gaz yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. «Biz diplomatiyaning barbod bo'lishi ehtimoliga tayyor bo'lishimiz kerak. Biz barcha variant va ssenariylarni ko'rib chiqmoqdamiz, shuningdek, Rossiyadan yetkazib berish kechikishi yoki to'xtatilishi holatlarida AQSh, Qatar va Ozarbayjon kabi hamkorlar bilan gaz yetkazib berilishi bo'yicha ishlayapmiz», — deb yozdi Borrel Yevropa diplomatiyasi veb-saytidagi blogida. Moskvaning Rossiyaga tashrif buyurishi taqiqlangan yevropalik diplomatlar ro'yxatini kengaytirish haqidagi qarori «hech qanday qonuniy asos va shaffoflikka ega emas», dedi Borrel. «Rossiya bu qarori bilan deeskalatsiyaga hissa qo'shish o'rniga Yevropada keskinlik muhitini saqlab qolishda davom etmoqda», — deya qo'shimcha qildi u. Eslatib o'tamiz, YeI avvalroq Rossiya TIV harakatlariga javob berishga va'da bergan edi — Kommersant' . 30 yanvar kuni Pokistonning Belujiston viloyatida ekstremistlar tomonidan granata hujumi oqibatida kamida 17 kishi yaralandi. Bu haqda politsiya TАСС ga xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, voqea Dera Alloh Yar shahrida sodir bo'lgan, mototsiklda hujum qilganlar olomonga qo'l granatasini uloqtirgan. Portlash oqibatida 17 kishi, jumladan, ikki yo'l politsiyasi xodimi jarohatlangan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan to'rt nafarining ahvoli og'ir, deya aniqlik kiritdi nashr. Hozircha mamlakatda faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning hech biri sodir bo'lgan voqea uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmadi. Portugaliyada bo'lib o'tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida hukmron Sotsialistik partiya 41,7 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi, deya xabar bermoqda Kommersant' . Sotsialistlar respublika Assambleyasida (bir palatali parlament) 230 o'rindan 117 tasini oladi. Ko'pchilik bo'lish uchun kamida 116 o'rin olish kerak edi. Shu tariqa, partiya yetakchisi Antonio Kosta bosh vazir lavozimini saqlab qoladi. Mamlakatda ikkinchi o'rinda turgan Sotsial-demokratik partiya 27,8 foiz ovoz va parlamentdan 71 o'rinni qo'lga kiritdi. O'ta o'ngchi Chega partiyasi 7 foiz va parlamentdagi 12 o'rin bilan uchinchi o'rinni egalladi. So'lchilar va Kommunistik partiya 2019 yilgi saylovlarga nisbatan o'z mavqeini yanada yomonlashtirdi va birorta ham o'ringa ega bo'lmadi.
|
world
|
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat aholisiga murojaatida 2022 yilning 16 fevral kunini Birlik kuni deb e'lon qildi. "Bizni katta urush bilan qo'rqitishmoqda va nechanchi bor harbiy bosqin sanasini belgilashmoqda", — dedi Vladimir Zelenskiy. "Bizga qarshi tizimli urush barcha frontlarda olib borilmoqda. Harbiy frontda — chegaralar atrofida kontingent soni oshirilmoqda. Diplomatik frontda o'z tashqi siyosiy yo'nalishimizni mustaqil belgilash huquqimizdan mahrum qilishmoqchi. Energetikada — bizni gaz, elektr energiyasi va ko'mir yetkazib berishda cheklashmoqchi. Axborot frontida ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar va investorlar orasida vahima yoyishga urinishmoqda. Ammo bugun davlatimiz har qachongidan-da kuchlidir", — deya ta'kidlagan prezident. Zelenskiy hukumat boshqa davlat armiyasi chegaraning aynan qayerida turgani, uning soni, joylashuvi, ta'minoti va rejalari haqida axborotga egaligini aytib ishontirdi. Ukraina himoyasi bilan uning Qurolli kuchlari va diplomatiyasi shug'ullanmoqda, deb qo'shimcha qildi u. Vladimir Zelenskiyning ta'kidlashicha, Ukraina tinchlikka intiladi va barcha masalalarni faqatgina tinch yo'l bilan hal etish tarafdoridir. Prezident o'z nutqida shuningdek, yirik kapitalga ega bo'lgan shaxslar "o'z davlatidan allaqachon qochib ketishganini" qayd etdi. "[Ukrainani] eng mas'uliyatli vaqtda tark etganlarga murojaat qilmoqchiman. Sizning kuchingiz siz ega mablag'lar va samolyotlarda emas, balki namoyon etishingiz mumkin bo'lgan fuqarolik pozitsiyangizda. O'z mamlakatingiz va o'z xalqingiz yoniga qayting, axir siz ular tufayligina o'z zavodlaringiz va davlatingizga ega bo'lgandingiz. Bugun har bir shaxs Ukraina fuqaroligiga sinovdan o'tmoqda. Undan munosib o'ting. Ukraina kim uchun haqiqatan Vatan ekanligiyu, kim uchun — shunchaki pul uchun maydonligini hamma anglab olsin", — deya da'vat qildi prezident. Zelenskiy mamlakatni tark etgan yoki tark etishni rejalashtirayotgan davlat vakillari: davlat xizmatchilari va deputatlarga alohida murojaat qildi. "Ukraina xalqi sizga nafaqat davlat boshqaruvi, balki uning muhofazasini ham ishonib topshirgan. Hozirgi vaziyatda sizning bevosita majburiyatingiz — biz bilan, ukrain xalqi bilan birga bo'lish. Men hozir sizlarga 24 soat ichida Vatanga qaytishni va ukrain armiyasi, diplomatiyasi va xalqi bilan yelkama-yelka turishni taklif etaman" — deya da'vat qilgan Vladimir Zelenskiy. "Bizga 16 fevral hujum uyushtiriladigan kun bo'lishini aytishmoqda. Biz uni Birlik kuniga aylantiramiz, — deb bayonot qildi Ukraina prezidenti. — Tegishli qaror allaqachon imzolandi. Ushbu kunda biz milliy bayroqlarni ilamiz, ko'k-sariq tasmalarni taqib, butun dunyoga bizning birligimizni ko'rsatamiz". Farmonga ko'ra, 16 fevral kuni butun mamlakatdagi binolarda Ukraina davlat bayrog'i ko'tariladi, soat 10:00da esa davlat madhiyasi yangraydi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti matbuot xizmati . Aholini kundalik xavfsizlik holati va davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida qabul qilinayotgan choralar haqida xabardor etib borish uchun yagona "UArazom" platformasi tashkil etiladi. Hukumatga hududiy mudofaa tizimini yaratish va ishga tushirish va fuqarolarni milliy qarama-qarshilikka tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirig'i berilgan. Mansabdor shaxslar, farmonga muvofiq, 16 fevral kuni ish joyida bo'lishlari va qasamyodga muvofiq o'z majburiyatlarini bajarishlari lozim, aks holda ularga nisbatan sanksiyalar qo'llaniladi. Eslatib o'tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden, 10 fevral kuni NBC News efiridagi chiqishida , Rossiya tomonidan mamlakat hududiga amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy bosqin sababli, Ukrainada bo'lib turgan amerikaliklar zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerakligi haqida ogohlantirgan edi. "Gap dunyoning eng katta armiyalaridan biri haqida bormoqda. Hammasi juda tez o'zgarishi mumkin", — dedi u. AQSh ortidan dunyoning 30 ta davlatlari, jumladan, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar, shuningdek, BAA, Avstraliya va Kanada o'z fuqarolariga Ukrainani tark etishni yoki bu davlatga rejalashtirilgan safarlarni qoldirishni tavsiya etdilar. Rossiyaning Ukrainaga 16 fevral sanasida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy hujumi haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu haqda ilk marta Germaniyaning Spiegel nashrida xabar berilgan edi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, AQSh maxsus xizmatlari NATO bo'yicha ittifoqdoshlarga shoshilinch ogohlantirish yo'llab, unda bosqin aynan shu kuni boshlanishi mumkinligi haqida aniqlik kiritganlar. Spiegelning ta'kidiga ko'ra, insayderlar ham AQSh bunday ma'lumotni Rossiyaning hujumga doir rejalarini yo'qqa chiqarish uchun atayin tarqatgan.
|
world
|
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokara o'tkazmoqda. Ijtimoiy masofani saqlash uchun Putin Shols bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlashgani kabi katta stolning ikki chetida o'tirgan holda muzokaralar o'tkazmoqda, deya xabar berdi Kommersant' . Ochilish nutqida Rossiya prezidenti Germaniya kansleri bilan muzokaralarining salmoqli qismi Yevropadagi xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatga bag'ishlanishini aytdi. U suhbatdoshining tegishli baholarini tinglashga qiziqish bildirgan. Davlat Dumasi Rossiya Kommunistik partiyasining Donetsk va Lugansk respublikalarini (DNR va LNR) tan olish zarurligi to'g'risidagi Rossiya prezidentiga murojaati bo'yicha qarorini ma'qulladi. Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bu qarorni Ukraina Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotgani bilan asosladi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa LNR va DNRning tan olinishini Rossiyaning Minsk kelishuvlaridan chiqishi sifatida ko'rishlarini bildirdi — Kommersant' . 15 fevral kungi yig'ilishda DXR va LXRni tan olish bo'yicha ikkita loyiha bo'yicha ovoz berish bo'lib o'tdi. Kommunistik partiya fraksiyasi bevosita Vladimir Putinga murojaat yuborishni taklif qildi. «Yagona Rossiya» partiyasi o'zini o'zi respublika deb e'lon qilgan LNR va DNRni tan olish to'g'risidagi murojaatni birinchi navbatda Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tuzilmalar maslahatlashuvlari uchun ko'rib chiqishga yuborish kerakligini ta'kidladi. Natijada davlat Dumasi deputatlari birinchi rezolyutsiyani qabul qildi. 351 deputat uni yoqlagan bo'lsa, 16 deputat qarshi, bir nafari betaraf ovoz berdi. Volodin o'zining Telegram -kanalida ta'kidlaganidek, deputatlar DXR va LXRning tan olishi «xavfsizlik kafolatlarini ta'minlash va respublikalar aholisini tashqi tahdidlardan himoya qilish, shuningdek, xalqaro tinchlik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun asos yaratadi». Bu qaror ikkala respublikani xalqaro miqyosda tan olish jarayonini ham boshlab beradi, deydi spiker. Tesla bosh direktori Ilon Mask 2021 yilda o'z kompaniyasining qiymati 5,74 mlrd dollarga teng bo'lgan 5 mln dona aksiyasini xayriya qildi, deya xabar berdi Komersant' . Qimmatli qog'ozlar va birjalar bo'yicha kompaniya komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlarga ko'ra, dunyoning eng boy odami 19 noyabrdan 29 noyabrgacha elektromobil ishlab chiqaruvchi korxonaning 5 milliondan ortiq aksiyalarini xayriya qilgan. Qayd etilishicha, bu tarixdagi eng katta xayriyalardan biri bo'ldi. Hujjatlarda xayriya tashkilotining nomi ko'rsatilmagan. Maskning xayriya uchun sarflangan ushbu pullari AQSh tarixidagi eng katta soliq to'lovini kamaytirishga yordam berdi, deya yozadi Bloomberg . Qrim yarim orolining qo'shma qurolli poligonlarida rejalashtirilgan taktik o'quv mashg'ulotlari doirasida o'z vazifalarini bajargan Rossiya Janubiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari mashg'ulotlar yakunida Qrimdan doimiy joylashtirish punktlariga qaytishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Harbiy texnika va bo'linmalarning haydovchilar tarkibi temir yo'l orqali harbiy qismlarning doimiy joylashtiriladigan hududlariga, jumladan Dog'iston va Shimoliy Osetiya respublikalariga yetkaziladi. Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida o'tkazayotgan mashg'ulotlari va bu hududlarda harbiy va texnikaning to'planishi G'arb davlatlarida Rossiya Federatsiyasining qo'shni davlatga hujum qilishi mumkinligi borasida xavotir uyg'otgan edi. Avval yozganimizdek, 30 dan ortiq davlat , jumladan, Yevropa Ittifoqining ko'plab mamlakatlari o'z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi. Mamlakatning o'zida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkin bo'lgan kun deb hisoblangan 16 fevral «Birlik kuni» deb e'lon qilindi . Rossiya ommaviy axborot vositalari, xususan, «Vedomosti» tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning prezident Vladimir Putinga Yevropada xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha muzokaralarni davom ettirish zarur deb hisoblagan so'zlarini ijobiy signal sifatida keltirdi . Texas bosh prokurori biometrik ma'lumotlar sohasidagi huquqbuzarliklar tufayli Meta kompaniyasi (Facebook egasi) ustidan sudga da'vo kiritdi, deb xabar beradi Deutsche Welle . Prokuror Ken Pakstonning bayonotida ma'lum qilinishicha, millionlab texasliklarning biometrik ma'lumotlari ularning roziligisiz to'plangan, bu esa Texas qonunlariga zid hisoblanadi. «Facebook endilikda insonlarning xavfsizligi va farovonligi hisobiga foyda olish maqsadida odamlar hamda ularning farzandlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanmaydi. Bu Big Tech`ning aldamchi biznes amaliyotlariga yana bir misoldir va ular to'xtatilishi kerak. Men texasliklarning xavfsizligi va ma'lumotlarining maxfiy qolishi uchun kurashishda davom etaman», — deydi Pakston. Qayd etilishicha, suratlarda paydo bo'ladigan odamlarni avtomatik ravishda qayd etadigan yuzni tanish funksiyasi 2021 yil oxirida bekor qilingan. Biroq, prokurorning aytishicha, Facebook ijtimoiy tarmoq platformasiga yuklangan suratlar va videolardagi millionlab biometrik ma'lumotlarni saqlab qolgan. Meta kompaniyasi vakili ayblovlarda keltirilgan ma'lumotlarni asossiz deya ta'riflagan.
|
world
|
Ukraina Axborot xavfsizligi markazi 15 fevral kuni Mudofaa vazirligi, Qurolli kuchlar, davlatga qarashli «Privatbank» hamda «Oshadbank» veb-saytlariga DDoS-hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi — TASS . «So'nggi bir necha soat ichida "Privatbank" katta DDoS-hujumiga uchradi. "Oshadbank" ishida ham nosozliklar bor, internet-banking ishlamayapti. Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuchlari veb-saytlari ham hujumga uchragan», — deyiladi xabarda Shu tariqa, Ukraina Axborot xavfsizligi markazi banklar, Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlar saytlariga hujum ortida Rossiya turgan bo'lishi mumkinligini istisno etmadi. Xabarda Rossiya to'g'ridan-to'g'ri tilga olinmagan, biroq Ukraina rasmiylarining bayonotlarida va Ukraina qonunlariga ko'ra, aynan Rossiya rasmiy ravishda «tajovuzkor» deb ataladi. 2015 yil yanvarida Oliy Rada Rossiyani «bosqinchi davlat» deb tan olish to'g'risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Moskva Kiyevning bu ayblovlarini bir necha bor rad etgan. Ukraina MDH Antiterrorizm markazi tarkibidan chiqdi Ukraina Oliy Radaci mamlakatning MDHga a'zo davlatlar Antiterror markazini tashkil etish to'g'risidagi qarori va MDH davlatlarining Antiterror markazi to'g'risidagi qaroridan chiqish to'g'risida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. Ukraina parlamenti, shuningdek, 2006 yil 28 noyabrda Minskda imzolangan MDHning Antiterror markazi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qarordan ham chiqishni ma'qulladi. AQSh Rossiyaning Ukraina chegarasidan qo'shinlarini olib chiqib ketayotganini tekshiradi Qo'shma Shtatlar Rossiyaning Ukraina bilan chegaradan qo'shinlarning bir qismini olib chiqish haqidagi bayonotlari haqiqatga mos kelishiga ishonch hosil qilish niyatida, dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julian Smit. «Biz buni tekshirib ko'rishimiz kerak», — dedi u brifingda Moskvaning Ukraina yaqinidagi mashg'ulotlarning bir qismi tugagani haqidagi bayonotiga izoh berish so'roviga javob berib. Amerikalik diplomatning so'zlariga ko'ra, «bir-ikki kun ichida bu masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar» beriladi — Interfaks . Gonduras politsiyasi AQShning ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosiga binoan sobiq prezident Xuan Orlando Ernandesni hibsga oldi. Qo'shma Shtatlarda sobiq prezident giyohvand moddalar kontrabandasi, o'qotar qurollarni noqonuniy saqlash va ishlatishda ayblanmoqda. Ernandes Tegusigalpedagi uyidan qo'liga kishan va o'q o'tkazmaydigan jilet bilan olib chiqilgan. Undan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tish va so'roq qilish uchun politsiya bazasiga olib ketilgan, deya xabar beradi Reuters . So'rov matniga ko'ra, Xuan Orlando Ernandes 2004 yildan 2022 yilgacha bo'lgan davrda narkotik moddalar kontrabandasi bilan shug'ullanganlikda ayblanmoqda. Hujjatda aytilishicha, sobiq prezident Kolumbiya va Venesueladan AQShga jo'natish uchun jami bir necha tonna kokain yetkazib berishda ishtirok etgan. AQSh huquq-tartibot idoralariga ko'ra, Ernandes kontrabandachilarni politsiya va prokuraturadan himoya qilish evaziga millionlab dollar pora olgan. Bundan tashqari, so'rovda sobiq prezident o'qotar qurollarni, jumladan, pulemyotlarni qonunga xilof ravishda saqlagan, foydalangan yoki noqonuniy foydalanishga ko'maklashgani qayd etilgan. Ikki hafta oldin Gonduras prezidentligidan ketgan Xuan Orlando Ernandesning o'zi aybini tan olmadi, barcha ayblovlarni rad etdi va politsiya bilan hamkorlik qilishga va'da berdi. Ekstraditsiya ishi ikki-uch oy ichida ko'rib chiqilishi mumkin. Skotlend-Yard qirolicha Yelizaveta II'ning to'ng'ich o'g'li, Uels shahzodasi Charlzning xayriya jamg'armasiga xayriya qilish evaziga saudiyalik tadbirkor Mahfuz Mareyem Muborak ben Mahfuz Britaniya fuqaroligi va faxriy ordenlarini olgani yuzasidan tergov boshladi. «Bu [tergovning boshlanishi] saudiyalik tadbirkorning mukofotlar va [Buyuk Britaniya] fuqarolikni olish uchun [fondga] yordam berganligi haqidagi OAV xabarlari bilan bog'liq», — deyiladi Britaniya poytaxtidagi huquq-tartibot idoralari bayonotida. «Jamg'arma ish uchun tegishli bir qator hujjatlarni taqdim etdi. Ular qolgan ma'lumotlar bilan birga o'rganib chiqildi. Materiallarni tahlil qilib, tergov boshlashga qaror qilindi», — deyiladi Skotlend-Yard bayonotida. Ta'kidlanishicha, ayni paytda hodisa holatlarini aniqlash tartibi doirasida shubhali operatsiyalarga aloqador bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslarni hibsga olish va so'roq qilish ishlari amalga oshirilmagan — TASS . Tailand hukumati Bangkokning rasmiy nomini xorijiy tillarda yozishga qulay ko'rinishda o'zgartirishga qaror qildi. Endi shahar Krung Thep Maha Nakhon deb nomlanadi (Tailand tilidan «Farishtalar shahri, buyuk poytaxt» deb tarjima qilingan). Bu haqda so'z va nomlarni yozish standartlarini ishlab chiqish, joriy etish va o'zgartirishga mas'ul bo'lgan Tailand Qirollik ilmiy kengashi bayonotida aytildi. Agar yangi nom maxsus qo'mita tomonidan tasdiqlansa, poytaxtning rasmiy nomi Krung Thep Maha Nakhon barcha hujjatlarda, jumladan, chet tillarida ham qayd etiladi, Bangkok esa shaharning norasmiy nomi sifatida qoladi. Tailandda poytaxt har doim Krung Thep Maha Nakhon deb nomlangan, ammo bu shakl ham qisqartirilgan. Shaharning to'liq nomi 40 dan ortiq individual elementlardan iborat bo'lib, dunyodagi eng uzun poytaxt nomi hisoblanadi. Avvalroq Tailand Vazirlar Mahkamasi hududlar, mamlakatlar, poytaxtlar va ma'muriy zonalar nomlarini yangilash loyihasini ma'qullagan edi. Chet tillardagi poytaxt nomlarini asl tildagi nomlarning tovushiga moslashtirish to'g'risidagi qaror bir qator davlatlar, jumladan Xitoy tomonidan ham qabul qilingan va Pekinning inglizcha nomini Beijing'ga o'zgartirgan — Kommersant' .
|
world
|
Qo'shma Shtatlar Rossiyadan xavfsizlik masalalari bo'yicha o'z takliflariga javob oldi, u payshanba kuni Moskvadagi Amerika diplomatik missiyasi rahbari Jon Sallivanga topshirildi, deb xabar qildi RIA Novosti . «Rossiya Federatsiyasidan javob olganimizni tasdiqlashimiz mumkin. U bugun Moskvadagi elchi Jon Sallivanga topshirildi», — deya ta'kidlagan amerikalik diplomat. Sallivan kunning boshida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosiga tashrif buyurdi. U yerda 15 daqiqaga yaqin turgach, diplomat jurnalistlar bilan gaplashmay, Rossiya diplomatik idorasidan chiqib ketgan. Ukraina Mudofaa vazirligi 17 fevral kuni Donbassda sukunat rejimini buzish holatlari keskin ortganini ma'lum qildi. Hudud bo'yicha hisobotga ko'ra, Ukraina vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko'ra, sukunat rejimini 29 holatda buzilishi qayd etilgan, ulardan 27 tasi Minsk kelishuvlarida taqiqlangan qurollardan foydalanish bilan bog'liq ekani aytildi. Bir kun avval bir vaqtning o'zida 4 ta shunday holat kuzatilgan. «Rossiya qo'shinlari Lugansk viloyatidagi Luganskaya qishlog'ini o'qqa tutdi. Terrorchilar 122 mm kalibrli og'ir artilleriya qurollaridan 32 ta snaryad otgan. Oqibatda bolalar bo'lgan bog'cha binosi shikastlangan», — dedi harbiylar. «Kommunal infratuzilma ham shikastlangan — aholi punktining yarmi elektrsiz qolgan», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, otishma natijasida bog'chaning uch nafar xodimi snaryad zarbasini qabul qilgan. Harbiylar tezda bolalar va tarbiyachilarni boshpanaga evakuatsiya qilgan. Braziliyaning Petropolis munitsipalitetida kuchli yog'ingarchilik natijasida yuzaga kelgan ko'chki va suv toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 94 kishiga yetdi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi. Xabarda aytilishicha, halok bo'lganlarning 8 nafari voyaga yetmaganlar ekani aytildi. Ayni vaqtga qadar qutqaruvchilar vayronalar ostidan 24 kishini chiqarib olishgan, yana 35 kishini qidirish ishlari davom etayotgani aytildi. Qidiruv ishlariga 400 nafar qutqaruvchi, 200 nafar politsiyachi, shuningdek, harbiylar va volontyorlar jalb qilingan. «Bu shaharda 1932 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli yomg'ir bo'ldi», — dedi Rio-de-Janeyro shtati gubernatori Kaludiu Kastru. Afg'oniston Mudofaa vazirligi 150 ming kishilik yangi armiya qurishni rejalashtirmoqda, unga tajribali harbiylar ham jalb etiladi. Bu haqda toliblar mudofaa vazirining matbuot kotibi Inoyatullo Xorazmiy Bakhtar News Agency bergan intervyusida aytib o'tdi . «Bunday armiyani tashkil etish uchun tajribali harbiylar kerak va Milliy Mudofaa vazirligi yangi armiyaga tajribali harbiy zobitlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda», — dedi Inoyatullo Xorazmiy. Shuningdek, u Milliy mudofaa kuchlari maxsus formaga ega bo'lishini va bunday formani ishlab chiqarish bo'yicha ishlar olib borilayotganini aytdi. Xorazmiy avvalgi tuzum qulagan paytda mamlakatdan olib chiqilgan harbiy texnika bo'yicha «qator qo'shni davlatlar bilan bu borada muloqotlar davom etayotganini» ma'lum qildi. Global Firepower ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda harbiy xizmatchilarning umumiy soni 65 ming nafarni (Jahon bankining 2018 yildagi ma'lumotlariga ko'ra — 68 ming nafar) tashkil etadi. Taqqoslash uchun: Qozog'istonda — 77 ming, Qirg'izistonda — 22 ming, Tojikistonda — 15 ming harbiy xizmatchi mavjud. Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Qishloq xo'jaligi majmuasi binosida mamlakat Agrar partiyasining navbatdan tashqari, IV s'ezdi bo'lib o'tdi, uning kun tartibida Turkmaniston Prezidentligiga nomzod ko'rsatish masalasi ko'rildi. Bu haqda Turkmanistonning «Zolotoy vek» nashri xabar berdi. Mari viloyati hokimi o'rinbosari, Turkmaniston Agrar partiyasi vakili Agadjan Bekmiradovni davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko'rsatish taklifi ko'rib chiqildi va tasdiqlandi. Belgiya hukumati fuqarolarga haftasiga besh kun emas, to'rt kun ishlash imkonini beruvchi mehnat qonunchiligi islohotini e'lon qildi, deya xabar berdi Reuters . Ishchilarga bir kun kamroq ishlashga ruxsat beruvchi boshqa mamlakatlar va kompaniyalardan farqli o'laroq, Belgiya hukumati o'z fuqarolariga faqat ish smenasini oshirish orqali qo'shimcha dam olish kuni berishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Belgiyada standart ish haftasiga 38 soatni tashkil qiladi — bu soatlarda odamlar ishlashi kerak bo'ladi, shuning uchun ularning smenalari an'anaviy sakkiz soatdan o'n soatga oshadi. Biroq ish haftasini qisqartirish bo'yicha bunday shartlar hali ham hukumat koalitsiyasining dastlabki kelishuvi bo'lib, u hali qonun loyihasi sifatida rasmiylashtirilmagan va keyin tasdiqlash jarayonidan o'tadi. Bundan tashqari, ushbu formatdagi to'rt kunlik ish haftasi tajriba tariqasida joriy etiladi — faqat unda ishtirok etishni xohlovchi xodimlar qatnashishi mumkin. Bunday holda ular kasaba uyushmasi orqali ish beruvchining roziligini olishlari kerak bo'ladi. Agar ish beruvchi rozi bo'lsa, ishchilarga olti oy davomida yangi jadval bo'yicha ishlash imkoniyati beriladi. Faqatgina ushbu sinov muddatidan so'ng ular haftada to'rt kun ishlashni davom ettirishlari yoki an'anaviy rejimga qaytishlari mumkin bo'ladi.
|
world
|
Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan 24 fevral kuni Moskva vaqti bilan 03:45 dan boshlab Rossiya janubidagi bir qator aeroportlarga parvozlar vaqtincha cheklanadi, deya xabar qildi «Rosaviatsiya». Quyidagi aeroportlar ish faoliyatini to'xtatgan: Rostov (Platov), Krasnodar (Pashkovskiy), Anapa (Vityazevo), Gelendjik, Elista, Stavropol, Belgorod, Bryansk, Orel, Kursk, Voronej, Simferopol. Bundan tashqari, RF poytaxti Moskvadagi Sheremetevo aeproportidan mamlakat janubiga 10 dan ortiq reyslar ham bekor qilindi. TASS xabariga ko'ra, Sochi aeroportida beshta reys kechiktirildi, aeroport samolyotlarni qabul qiladi va chiqaradi, parvozlarning vaqtinchalik to'xtatilishi bunga ta'sir qilmagan. Avvadroq OAVda «Rosaviatsiya» RFning Ukraina bilan chegaradosh hududlari havo kengliklarini fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun yopgani haqidagi xabarlar paydo bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, Uzbekistan Airways 24 fevral kuni Namangan — Krasnodar yo'nalishi bo'yicha HY-9825 reysi Rossiyaning Rostov viloyati havo maydoni yo'lovchi samolyotlari uchun yopilgani sababli ortga majburiy qaytayotganini ma'lum qildi . 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e'lon qildi , biroq Ukrainaning Kiyev, Xarkov va boshqa shaharlarida ham portlashlar boshlandi. Shunday qilib, Rossiya rasman Ukraina hududiga bostirib kirdi.
|
world
|
Ukraina Oliy Radasi (parlamenti) mamlakatda harbiy holat joriy etishga ovoz berdi, deya xabar qildi UNIAN. Ayni paytda poytaxt Kiyev va boshqa shaharlardagi bombapanohlar ochilgan. Sal avval Ukraina prezidenti Ukraina hukumati butun mamlakat hududi bo'ylab harbiy holat e'lon qilayotgani haqida bayonot bilan chiqqan edi. «Biz mamlakat hududida harbiy holat joriy etyapmiz», — deb aytgan edi Zelenskiy o'zining Telegram-kanalida . Zelenskiyning bayonotiga ko'ra, Rossiya qo'shinlari mamlakatdagi harbiy infratuzilmalarga zarba bergan. «Rossiya infratuzilmalarimiz, chegarachilarimiz va chegaradagi otryadlarimiz bo'ylab zarbalar berdi. Ukraina bo'ylab ko'plab shaharlarda portlashlar ovozi eshitildi», — dedi Vladimir Zelenskiy. Zelenskiy mamlakat hududi bo'ylab harbiy holat joriy etilayotganini e'lon qilib, barcha ukrainaliklarni hotirjamlikni saqlashga va uyda qolishga chaqirgan. Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e'lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Kiyev metrosiga kirish bepul bo'ldi. Endilikda u bombapanoh sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu voqealar fonida AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi . «Prezident Zelenskiy bugun kechqurun menga murojaat qildi va biz hozirgina gaplashdik. Men Rossiya harbiy kuchlarining bu asossiz va asossiz hujumini qoraladim», — deya ma'lum qildi u. AQSh prezidenti ertaga G7 yetakchilari bilan uchrashishi, unda AQSh hamda uning ittifoqchilariz va hamkorlari Rossiyaga nisbatan qattiq sanksiyalarni joriy qilishini bildirdi. «Biz Ukraina va ukrain xalqiga qo'llab-quvvatlash va yordam berishda davom etamiz», — dedi u. Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e'lon qildi , biroq Ukrainaning Kiyev, Xarkov va boshqa shaharlarida ham portlashlar boshlandi. Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari aviabazalari harbiy infratuzilmalari to'liq ishdan chiqarilgani haqida ma'lum qilmoqda . Ukraina tomoni hammasi stabil holatda ekanligi, barcha qo'shinlar o'z joyida xizmatni davom ettirayotganini bildirgan.
|
world
|
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa obyektlari to'liq bostirilganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. RF Mudofaa vazirligi sal avval Ukraina chegarachilari Rossiya harbiy bo'linmalariga hech qanday qarshilik ko'rsatmayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Ta'kidlanishicha, Ukraina Qurolli kuchlari aviabazalari harbiy infratuzilmalari ham to'liq ishdan chiqarilgan. RF Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Ukraina harbiy infratuzilmasi, havo hujumidan mudofaa obyektlari, harbiy aerodromlar, mamlakat qurolli kuchlari aviatsiyasi yuqori aniqlikka ega bo'lgan yo'q qilish vositalari yordamida ishdan chiqarilgan. Shu bilan birga, vazirlik tinch aholiga hech narsa tahdid solmasligi haqida qo'shimcha qilgan. Bir vaqtning o'zida UNIAN axborot agentligi Ukraina bosh shtabi Donbassdagi harbiy harakatlar zonasida tajovuzkor tomonning beshta samolyoti va vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi . Agentlik shuningdek, Ukraina QK piyoda qo'shinlari tomonidan Rossiyaning ikkita tanki yo'q qilingani haqida xabar berdi . Shuningdek, xabarda Ukraina tomoni butun tun davomida kibermaydon muhofaza qilib kelingani aytilgan. «Barcha bazaviy axborot resurslariga kiberhujumlar bo'lgan va to'xtovsiz davom etmoqda. Barcha komandalar joyida. Hotirjamlikni saqlaymiz va vahimaga berilmaymiz», deyilgan xabarda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni ertalab millatga telemurojaatida Donbass hududida «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e'lon qildi. Putinning murojaati tugashi bilanoq, Kiyev, Xarkov, Mariupol, Odessa va Ukrainaning boshqa shaharlarida portlashlar boshlangani haqida xabar berildi . Donbassdagi separatistlar tomonidan ham otishmalar boshlandi. Shuningdek, 24 fevralga o'tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag'ishlangan yig'ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o'z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to'xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so'ragan va tinchlik o'rnatishga chaqirdi. Hozirda Ukraina hukumati tomonidan mamlakat bo'ylab harbiy holat e'lon qilingan .
|
world
|
Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani va favqulodda holat joriy etilganini inobatga olib, O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi o'zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqayotganligini ma'lum qildi . «Hozirda O'zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro'yxati ishlab chiqilmoqda», — deyiladi xabarda. Elchixona xabariga ko'ra, Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda jo'nab ketish yo'nalishlari va jo'nab ketish joyi ishlab chiqilmoqda. Maqbul evakuatsiya yo'nalishlari bo'yicha masalalar uchinchi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelishiladi. Bu haqda O'zbekiston fuqarolari elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo'shimcha ravishda xabardor qilinadi. Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O'zbekistonning barcha fuqarolari pasport ma'lumotlarini elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari mumkin. «Ukrainada bo'lgan O'zbekiston fuqarolaridan xotirjamlikni saqlashlarini va qo'shimcha savollar tug'ilganda elchixona bilan aloqada bo'lishlarini so'raymiz», — deyiladi elchixona murojaatida.
|
world
|
AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamenti — tashqi siyosat mahkamasiga Ukraina uchun 600 mln dollar miqdorida yordam ajratish topshirig'ini berdi. Oq uy prezident imzolagan hujjat matnini e'lon qildi . «Davlat kotibiga zudlik bilan Ukrainaga harbiy yordam ko'rsatish vakolati berilsin», — deyiladi AQSh prezidenti imzolagan hujjatda. AQSh davlat kotibi vakolatlari doirasida Ukrainaga 250 mln dollar miqdorida beg'araz yordam ajratish AQSh manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashi kerak, deyiladi hujjatda. Yana 350 mln dollar mudofaa sohasiga, jumladan, o'qitish va mashg'ulotlarni tashkil etishga yo'naltiriladi. Avvalroq Oy uch Kongressdan Ukrainaga yordam uchun 6,4 mlrd dollar ajratishni so'ragani ma'lum qilingan edi. Shu bilan birga, Washington Post nashri AQsh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Kiyevdan xavfsizroq joyga evakuatsiya qilish taklifini bildirgani, biroq Zelenskiy bu taklifni rad etganini xabar qilgan edi. Zelenskiy ma'muriyati u poytaxtda qolishi va uning mudofaasiga shaxsan rahbarlik qilishini aytganini ma'lum qildi. Bir necha daqiqalar muqaddam Zelenskiy Kiyevdan videomurojaat qilib, uning mamlakatni tark etgani haqidagi xabarlar yolg'on ekanini bildirdi.
|
world
|
Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yevropa Komissiyasi Rossiyaga nisbatan yangi "qattiq moliyaviy sanksiyalar" qo'llashga kelishib oldi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilindi. Unga ko'ra, hozirgacha AQSh va Yevropa sanksiyalari ostida qolayotgan Rossiya banklari xalqaro banklararo tizim — SWIFT`dan uzib qo'yiladi . "Bu esa ushbu banklarning xalqaro moliya tizimidan uzilishini va ularning global miqyosda faoliyat yuritish qobiliyatiga zarar yetkazishini ta'minlaydi", — deyiladi bayonotda. Shuningdek, Rossiya Markaziy bankining xalqaro zaxiralarini sanksiyalar ta'siriga qarshi tarzda joylashtirishga to'sqinlik qiladigan choralar ko'riladi. Bu choralar Rossiya Markaziy bankining xalqaro moliyaviy operatsiyalar orqali rubl kursini qo'llab-quvvatlash imkoniyatini yanada cheklaydi, dedi Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt. "Bu degani Rossiya regulyatori intervensiyalarni amalga oshirishda ham muammolarga duch kelishi mumkin. Qariyb 700 mlrd dollarlik Markaziy bank aktivlari likvidlikdan muammoliga aylandi", — deya izohladi iqtisodchi Otabek Bakirov. Bundan tashqari, endilikda Rossiya hukumatiga aloqador ishbilarmonlarmonlarning Yevropa va AQSh fuqaroligini olish va moliyaviy tizimlariga kirish imkoniyatini beruvchi "oltin pasportlar"dan voz kechilishi mumkin. Yana bir muhim sanksiyalardan biri, keyingi haftadan yuqoridagi davlatlar yurisdiksiyasida mavjud bo'lgan rossiyalik shaxslar va kompaniyalarning aktivlari muzlatiladi. Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarga butun dunyo bo'ylab o'z aktivlarini yashira olmasliklari uchun ushbu choralarga boshqa hukumatlar ham jalb etilishi ko'zda tutilgan. SWIFT — ma'lumotlarni uzatish va to'lovlarni amalga oshirish uchun xalqaro banklararo tizim. 1973-yilda tashkil etilgan bo'lib, shtab-kvartirasi Belgiyada joylashgan . Ushbu tizim butun dunyo bo'ylab moliya institutlariga moliyaviy operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarni xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli tarzda yuborish va olish imkonini beradi. To'lov tizimlaridan (Visa yoki Mastercard) farqli o'laroq, SWIFT faqat transfer xabarlarini tashiydi va banklar o'rtasida qo'llaniladi. 2015-yil holatiga ko'ra, dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida 11 mingdan ortiq moliya institutlari, shu jumladan mingga yaqin korporatsiyalar SWIFT a'zosi hisoblanadi. O'rtacha xabar almashuvlar soni kuniga 30 milliondan ortiqni tashkil etadi. Har kuni tizim 5−6 trln dollar miqdoridagi transfertlarni qayta ishlaydi . 2021-yil 29-aprel holatiga ko'ra, Rossiyadagi deyarli 300 ta bank SWIFT tizimidan foydalanadi (Rossiyada ro'yxatdan o'tgan kredit tashkilotlari umumiy sonining yarmidan ko'pi) — tizim foydalanuvchilari soni bo'yicha Rossiya AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turadi . 2017-yil oxirida SWIFT`ning Rossiyaning ichki trafigidagi ulushi (Rossiya tashkilotlari o'rtasida moliyaviy xabarlarni uzatish) rossiyalik SWIFT foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan xabarlarning 78 foizini tashkil etdi . Amerikaning Navigator Principal Investors kompaniyasi direktori Kayl Shostakning ta'kidlashicha, butun mamlakatni SWIFT`dan uzib bo'lmaydi, biroq bir qator yirik davlat banklarini tizimga kirishini cheklash mumkin. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu tizimdan uzib qo'yish Rossiya bank tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, juda kuchli iqtisodiy sanksiyalar dastagi hisoblanadi. "Nazariy jihatdan — ha bor. Biroq agar tez, ishonchli va oson pul o'tkazishni xoxlasang, unda yo'q", — deb yozadi MacroBS Telegram-kanali. "Nima uchun boshqa shunday tizimda buning imkoni past? Bu AQSh dollarining kuchi bilan bog'liq. Global to'lovlarning yarmi, xalqaro savdoning 90 foizi AQSh dollarida amalga oshiriladi. Swift orqali yuborilgan xabar bo'yicha dollardagi to'lovlar odatda bir-biri bilan o'zaro hisobraqamga ega bo'lmagan banklar o'rtasida amalga oshiriladi. Buning uchun odatda AQSh to'lov tizimiga ulangan ma'lum bir korrespondent bank ishtirok etadi". "Yuqoridan ko'rinadiki AQSh bilvosita bo'lsa ham davlatlar o'rtasidagi to'lovlarni amalga oshishiga ta'sir ko'rsata oladi. Swift`siz ham AQSh allaqachon yirik Rossiya banklarini AQSh moliya tizimidan uzishga ulgurdi va Rossiya uchun eksport masalasini ancha qiyinlashtirdi". "Gaz bo'yicha Yevropa davlatlarining Rossiyaga yuqori bog'liqligi tufayli uning ayrim a'zolari (Germaniya) energiya uchun to'lovlarni to'xtatishga qarshilik qilishayotgandi. Boshqacha aytganda, joriy qilingan sanksiyalar sanksiya qilish uchun maqsad qilinmagandi. Ammo vaziyat juda jiddiylashishi ortidan va xalqaro bosim ostida Germaniya ham Italiya ham Rossiyani Swift`dan uzishga qarshilik qilmasligini ma'lum qilishmoqda". "Rossiyanining Swift'dan uzilishi Rossiyaning eksport kompaniyalari uchun to'lov qilishni deyarli imkonsiz qiladi", — deya ta'kidlanadi postda. Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, Rossiya banklarini SWIFT`dan uzib qo'yishdan ko'ra, banklarning o'ziga sanksiya qo'llanilishi og'irroq chora bo'ladi. "Aytish joizki, SWIFT tizimidan rus banklarini o'chirishdan ko'ra, banklarning o'zini sanksiya ro'yxatiga kiritilishi og'irroq chora. Ya'ni Rossiya SWIFT tizimdan o'chirilsa, lekin ayrim banklar sanksiya ro'yxatiga kiritilmasa, chegaralararo to'lovlar qimmatlashishi mumkin, lekin imkonsizlik darajasida emas. Lekin agar qolgan rus banklari xuddi VTBdek to'liq sanksiyalar ostiga tushsa — o'sha payt, SWIFT o'chirilmasa ham muammoli holat bo'lar edi. Hozircha, rus bank sektorining juda kichik qismi sanksiyalar ostida", — deb yozdi u o'zining Telegram-kanalida. Iqtisodchining so'zlariga ko'ra, SWIFT`dan uzib qo'yilsa ham Rossiya banklari telefon, faks yoki elektron pochta orqali aloqa qilishlari mumkin. Aloqa imkoniyati imkonsiz emas. Bunda tranzaksion xarajatlar oshadi, chunki hozircha "qo'lda" yoki o'tkazish darajasi ancha zaifroq tizim orqali banklar bilan aloqa qilish kerak bo'lib qoladi. "Banklarga nisbatan sanksiyalar — o'sha narsa Rossiya moliyaviy tizimiga katta zarba beradi. Hozirgi vaqtga kelib, banklar to'liq sanksiyalar ostida emas. Lekin, aytish joizki, xorijiy banklarning o'zi Rossiya banklari bilan aloqalarni uzishi mumkin, ya'ni kelajakda sanksiyalar kiritilish xavfi borligi uchun. AQSh sanksiyalarining qiziq tomoni, ikkinchi darajali hamkorlar ham ma'sul bo'lishi mumkin", — deya izohladi Behzod Hoshimov.
|
world
|
Rossiya Markaziy banki xabariga ko'ra, har qanday ssenariy bo'yicha mamlakat ichida moliyaviy xabarlarni almashish regulyatorning "Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi" (СПФС) orqali amalga oshiriladi. Bu Yevropa va AQShning Rossiyaning sanksiya ostidagi banklarini xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi — SWIFT'dan uzib qo'yayotgani bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Xabarda aytilishicha, Rossiya Banki moliyaviy barqarorlikni saqlash va moliya sektorining operativ uzluksizligini ta'minlash uchun zarur resurslar va vositalarga ega. Regulyator doimiy ravishda banklarni rublda naqd va naqd bo'lmagan likvidlik (pulga aylanuvchi aktivlar) bilan ta'minlaydi. Dushanba kuni bo'lib o'tadigan REPO auksioni cheklanmagan asosda o'tkaziladi va banklardan kelib tushgan barcha arizalar to'liq qanoatlantiriladi. "Rossiya bank tizimi barqaror, har qanday vaziyatda muammosiz ishlashi uchun etarli kapital va likvidlikka ega. Barcha mijozlar hisoblaridagi mablag'lar saqlanadi va istalgan vaqtda mavjud. Bank xizmatlari odatdagidek ko'rsatiladi. Rossiyadagi barcha banklarning bank kartalari ham normal ishlashda davom etmoqda", — deyiladi xabarda. Eslatib o'tamiz, avvlroq Yevropa va AQSh Rossiya Markaziy bankining xalqaro zaxiralarini sanksiyalar ta'siriga qarshi tarzda joylashtirishga to'sqinlik qiladigan choralar ko'rishini ma'lum qildi . Ushbu choralar ko'rilishi boshlansa, Rossiya Markaziy bankining xalqaro moliyaviy operatsiyalar orqali rubl kursini qo'llab-quvvatlash imkoniyati cheklanishi mumkin.
|
world
|
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o'z Twitter sahifasida Ukraina Rossiya ustidan BMT Xalqaro sudiga shikoyat kiritganini e'lon qildi . Zelenskiyning ta'kidlashicha, Rossiya o'z agressiyasini oqlash uchun «genotsid» tushunchasini manipulyatsiya qilganligi tufayli javobgarlikka tortilishi kerak. «Biz Rossiyani harbiy harakatlarni hoziroq to'xtatishga buyuradigan shoshilinch qarorni talab qilamiz va sud jarayonlari kelasi hafta boshlanishini kutamiz», — deydi u. Bundan avval Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi «qattiq moliyaviy sanksiyalar» qo'llashga kelishib olgani haqida yozgan edik. Unga ko'ra, Rossiyaning sanksiya ostidagi banklari SWIFT tizimidan uzib qo'yiladi. Shuningdek, Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarning xorijdagi aktivlari muzlatiladi.
|
world
|
28 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «AQSh va ularga qo'shilgan xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning nodo'stona harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy choralarni qo'llash to'g'risida»gi farmonni imzoladi, deya xabar qildi RIA Novosti. Hujjat quyidagi chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi: «Bu xorijga barcha pul o'tkazmalari haqiqatda to'xtatilganligini anglatadi, — deya aniqlik kiritdi Oliy Iqtisodiyot maktabi qoshidagi Bank instituti direktori Vasiliy Solodkov «Meduza»ga. — Siz jismoniy shaxs sifatida hisobingizga pul o'tkaza olmaysiz, shartnoma bo'yicha to'lay olmaysiz, xorijiy to'lov tizimlaridan foydalangan holda pul o'tkaza olmaysiz. Har qanday transfer imkonsiz bo'lib chiqadi, bu hisob-kitoblarning to'xtatilishi degani». Joriy yilning 31 dekabriga qadar korxonalar o'zlari joylashtirgan qimmatli qog'ozlarni (ularning umumiy sonini kamaytirish maqsadida muomalada bo'lgan aksiyalarni sotib olishdan tashqari) bir qator shartlar asosida sotib olishlari mumkin. Farmon banklarga boshqa tashkilotdan mablag' o'tkazish haqida gap ketganda, jismoniy shaxsning shaxsiy ishtirokisiz yoki uning vakili ishtirokisiz hisob raqamini ochishga ruxsat beradi. Buning uchun hisob allaqachon ochilgan moliya tashkiloti jismoniy shaxsni identifikatsiya qilish uchun ma'lumot taqdim etishi kerak. Eslatib o'tamiz, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan G'arb davlatlari tomonidan mamlakatning beshta yirik banki, jumladan, Sberbank va VTBga sanksiya joriy etildi. Ayrim davlat kompaniyalari uchun xorijdan kapital jalb qilish qiyinlashdi. Yevropa Ittifoqi har qanday rus samolyotlariga Ittifoq davlatlari hududiga qo'nish, uchish yoki uchib o'tishni taqiqladi .
|
world
|
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kungi video murojaati davomida Rossiyani «terrorchi-davlat» deb atadi. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda . Zelenskiy o'z bayonotida 20 ga yaqin kishi jarohatlanishi, bir nechta binolarning barbod bo'lishiga olib kelgan Xarkovdagi Ozodlik maydoniga uyushtirilgan hujum haqida fikr bildirgan. «Xarkov. Yevropaning eng katta maydoniga qanotli raketa yordamida zarba berildi. Ozodlik maydoniga. O'nlab qurbonlar. Ozodlik to'lovi bu. Ukraina xalqi uchun mana shunday tong», — degan Zelenskiy ertalabki video murojaatida. Zelenskiy hujum Rossiya-Ukraina chegarasidan 40 km, Xarkovdan 70 km masofada joylashgan Rossiyaning Belgorod shahridan amalga oshirilganini aytgan. «Ukrainaning Xarkov va Rossiyaning Belgorod shahri hamisha yaqin shaharlar bo'lishgan. Ko'plab ma'nolarda. Ular o'rtasidagi chegara ham ramziy, shunchaki xaritada bo'lgan. Qalblarda chegara bo'lmagan. Endi hammasi o'zgardi. Belgoroddan Xarkovga amalga oshirilgan qanotli raketa zarbasidan so'ng. Raketa kelib tushgan Ozodlik maydoni — Xarkovimizning yuzi edi», — dedi prezident. Davlat rahbari bu nafaqat harbiy jinoyat, balki terrorchilik akti ekanligini ta'kidladi. «Bu shaharga qarshi terror, Xarkovga qarshi terror, Ukrainaga qarshi terror. Maydonda harbiy nishon yo'q edi. Xuddi, reaktiv artilleriyadan zarba berilgan Xarkov aholi turar-joylari singari. Markaziy maydonga yo'llangan raketa — bu hech qanaqasiga niqoblanmagan terrordir. Hech kim kechirmaydi, hech kim unutmaydi. Xarkovga amalga oshirilgan bu zarba harbiy jinoyat hisoblanadi, Rossiya Federatsiyasining davlat terrori. Bundan keyin Rossiya — terrorchi-davlatdir», — deb xulosa qilgan Zelenskiy. Ukraina rahbari xalqaro hamjamiyatni Rossiya harakatlariga zudlik bilan va ta'sirchan munosabat bildirishga, uning harakatlarini davlat terrori sifatida tan olishga chaqirgan.
|
world
|
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qiymati 10 ming dollardan ortiq bo'lgan naqd valyutani mamlakatdan olib chiqishni taqiqladi . Taqiq 2 martdan kuchga kiradi, deya xabar beradi "Interfaks" davlat rahbari farmoniga tayanib. Ilgari Rossiya Federatsiyasidan 10 ming dollardan ortiq ekvivalentdagi naqd pulni olib chiqishda pul miqdori deklaratsiya qilinishi kerak edi. Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha vaqtinchalik iqtisodiy chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonni ham imzoladi . Unda aytilishicha, ushbu choralar "Amerika Qo'shma Shtatlari hamda ularga qo'shilgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nodo'stona va xalqaro huquqqa zid harakatlari" tufayli yuzaga kelgan va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan. Hujjatga ko'ra, 2 martdan boshlab do'stona munosabatda bo'lmagan mamlakatlardan kelgan shaxslarning qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk bilan operatsiyalari, shuningdek, ularga rubl kreditlari berish faqat hukumat komissiyasi roziligi bilan amalga oshiriladi. Rossiyada G'arb sanksiyalari fonida xorijiy biznesga ham aktivlaridan chiqishi vaqtincha taqiqlanishi mumkin, dedi bosh vazir Mixail Mishustin iqtisodiy masalalar bo'yicha yig'ilishda. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarga qarshi kurashish bo'yicha maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatga ko'ra, rezidentlar endilikda xorijda ochilgan hisob raqamlariga xorijiy valyutani kiritish, shuningdek, xorijiy elektron to'lov vositalaridan foydalangan holda hisobvaraq ochmasdan mablag' o'tkazish imkoniga ega emaslar.
|
world
|
AQSh prezidenti Jo Bayden 1 mart kuni mamlakat Kongressida so'zlagan nutqida Amerika o'z osmonini Rossiya samolyotlari uchun yopishini ma'lum qildi . «Biz ittifoqchilarimizga qo'shilib, Amerika havo hududini Rossiyaning barcha reyslari uchun yopib qo'yamiz, bu esa Rossiyani yanada yakkalab qo'yadi va ularning iqtisodiyotiga bosimni kuchaytiradi», — dedi davlat rahbari. Eslatib o'tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan sanksiyalar doirasida har qanday rus samolyotlarining YeI hududiga qo'nishi, uchishi yoki uchib o'tishi, o'z kompaniyalariga esa Rossiyaga samolyot va ehtiyot qismlar yetkazib berishni taqiqlagan edi. Rossiya bunga javoban Yevropaning 37 davlati aviakompaniyalari uchun osmonini yopdi . «Olti kun avval Rossiya [prezidenti] Vladimir Putin ozod dunyoni tahdidkor usullari bilan o'ziga bo'ysundirishni o'ylab, uning asoslarini tebratishga qaror qildi. Ammo u hisobda qattiq adashdi. U Ukrainaga kira olaman va dunyo ostin-ustun bo'ladi, deb o'ylardi. Buning o'rniga, u tasavvur ham qila olmaydigan kuch to'sig'iga duch keldi. U Ukraina xalqi bilan to'qnash keldi. […] Shaharliklar o'z tanalari bilan tanklar yo'lini to'sdilar. Talabalardan tortib, nafaqadagi o'qituvchilarigacha vatanni himoya qiladigan askarlarga aylandilar», — deydi u. Jo Bayden AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni sanab o'tdi va yangi qarshi choralarni e'lon qildi. Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, AQSh Adliya vazirligi rossiyalik oligarxlar jinoyatlarini tergov qilish uchun maxsus guruh tuzadi. «Biz Yevropadagi ittifoqchilarimiz bilan yaxtalaringizni, hashamatli apartamentlaringizni, shaxsiy samolyotlaringizni topib, tortib olish uchun hamkorlik qilyapmiz», — dedi davlat rahbari. AQSh prezidenti Ukrainaga 1 mlrd dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri yordam berilishini ham ma'lum qildi. Shu bilan birga, Jo Bayden AQSh harbiylari Ukrainadagi rus qo'shinlari bilan to'qnashuvda qatnashmaganini va qatnashmasligini ta'kidladi. «Bizning kuchlarimiz Yevropaga Ukrainada jang qilish uchun emas, Putin g'arbga harakat qilishni davom ettirishga qaror qilsa, NATO bo'yicha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun ketmoqda. Shu maqsadda NATO mamlakatlari, jumladan Polsha, Ruminiya, Latviya, Litva va Estoniyani himoya qilish uchun AQSh quruqlikdagi kuchlari, havo otryadlari va kemalarini safarbar qildik», — dedi u. «Qo'shma Shtatlar va bizning ittifoqchilarimiz butun kuchimiz bilan NATO hududining har bir qarichini himoya qiladi», — dedi AQSh prezidenti. Jo Bayden, shuningdek, Qo'shma Shtatlar va boshqa 30 ta davlat butun dunyo bo'ylab zaxiralardan 60 mln barrel neftni chiqarish bo'yicha ishlarni yakunlaganini e'lon qildi. «Amerika strategik neft zaxiralarimizdan 30 mln barrelni bo'shatish orqali bu sa'y-harakatlarga rahbarlik qiladi. Va agar kerak bo'lsa, ittifoqchilarimiz bilan kuchlarni birlashtirib, ko'proq narsani qilishga tayyormiz. Bu qadamlar narxlarni pasaytirishga yordam beradi», — dedi u. «Bu haqiqiy sinov. Bu vaqt talab etadi, — dedi Jo Bayden Ukrainadagi vaziyatga qaytar ekan. — Shunday ekan, keling, Ukraina xalqining temir irodasidan ilhom olishda davom etaylik. […] Putin Kiyevni tanklar bilan o'rab olishi mumkin, lekin u hech qachon Ukraina xalqining yuragini va qalbini zabt eta olmaydi. U hech qachon ularning ozodlikka bo'lgan muhabbatini so'ndirolmaydi. U hech qachon ozod dunyoning qat'iyatini zaiflashtirolmaydi».
|
world
|
4 mart kuni Roskomnadzor Rossiya hududida Facebook ijtimoiy tarmog'iga (Meta kompaniyasiga tegishli) kirishni bloklashga qaror qildi. Xizmat xabariga ko'ra, bunga Rossiya OAVlariga nisbatan 26 ta kamsitish holatlari sabab bo'lgan. Shu jumladan mamlakatdagi «Zvezda» telekanali, «RIA Novosti» axborot agentligi, Sputnik, Russia Today, shuningdek, «Lenta.ru» va «Gazeta.ru» axborot resurslari akkauntlariga kirish cheklangan. Meta vitse-prezidenti Nik Kleggning aytishicha , «tez orada millionlab oddiy rossiyaliklar tasdiqlangan ma'lumotlardan uzilib qolishadi, oilasi va do'stlari bilan kundalik muloqot qilish imkoniyatidan mahrum bo'lishadi va ularni sukut saqlashga majburlashmoqda». «Biz o'z xizmatlarimiz odamlar uchun mavjud bo'lishida, ular o'z fikrlarini xavfsiz ifoda eta olishi va o'z harakatlarini ochiq bajara olishi uchun xizmatlarimizni tiklash maqsadida barcha chorani ko'rishda davom etamiz», — dedi u. Roskomnadzor 25 fevral kunidan trafikni sekinlashtirish orqali Facebook`ga kirishni cheklay boshlagandi . Regulyator Facebook`ning ayrim rus OAVlari tarqatgan materiallar ostida «ishonchsiz» degan belgi qoldirishni boshlaganidan va auditoriyani kamaytirish maqsadida nashrlarning qidiruv natijalariga texnik cheklovlar qo'yganidan norozi bo'lgan. Roskomnadzor ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyada Twitter`ga kirish «Bosh prokuraturaning 2022 yil 24 fevralda qabul qilingan qaroriga ko'ra» cheklangan .
|
world
|
«Aeroflot» kompaniyasi 8 martdan boshlab Minskdan tashqari qolgan barcha xalqaro reyslarni yopmoqda. Kompaniya matbuot xizmati buni «parvozlarning bajarilishiga to'sqinlik qiluvchi qo'shimcha holatlar paydo bo'lgani» bilan izohladi . Xalqaro tashuvlarni bekor qilinishi «Rossiya» va «Avrora» aviakompaniyalari reyslariga ham tegishli. «Aeroflot mamlakat janubidagi shaharlarga parvozlar uchun oldin belgilangan cheklovlardan tashqari, Rossiyada ichidagi barcha yo'nalishlar tarmog'i bo'ylab barcha parvozlarni amalga oshirishda davom etadi. Shuningdek, Minsk o'rtasidagi parvozlar davom etadi», — deyiladi xabarda. «Aeroflot» 6 martdan (Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan) boshlab agar orqaga qaytish muddati 8 mart sanasidan keyinga mo'ljallangan parvoz bo'lsa, unda ikkitomonlama chiptaga ega xalqaro reyslar uchun yo'lovchilarni qabul qilishni to'xtatadi. Kompaniya faqat bir tomonlama chiptaga ega bo'lganlarni 8 mart sanasigacha qabul qiladi. Bekor qilingan xalqaro reyslarning yo'lovchilari chipta narxini to'liq qaytarib olishlari mumkin. Kompaniya ikkitomonga chipta xarid qilgan xorijlik yo'lovchilar ularni qayta rasmiylashtirishi mumkin. «Parvozlar bekor qilingan vaqtda xorijda qolib ketgan yo'lovchilar uchun aviakompaniya Rossiyaga qaytishini tashkil qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi», — deyiladi xabarda. Rossiyaning yana bir kompaniyasi S7 Airlines 5 martdan boshlab xalqaro yo'nalishlardagi barcha reyslari to'xtatilganini ma'lum qildi. «S7 Airlines 5 martdan xalqaro yo'nalishlardagi barcha qatnovlarni bekor qilishga majbur bo'ldi. Qoldirilgan reyslar yo'lovchilari aviakompaniyadan bildirishnoma oladi, bizning mutaxassislarimiz ular bilan S7 kompaniyasining filiallarida ish olib boradi », — deya qayd etilgan press-relizda. Smartavia aviakompaniyasi xalqaro aviaqatnovlarni 19 martga qadar bekor qildi . «Aeroflot» O'zbekistonning ikkita shahri — Toshkent va Samarqandga to'g'ridan-to'g'ri qatnovlarni amalga oshirardi. S7 Airlines Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Urganch va Farg'onaga parvozlarni yo'lga qo'ygandi. Smartavia esa O'zbekistonga qo'yilgan quyidagi reyslarni bekor qildi : Sankt-Peterburg — Namangan — Sankt-Peterburg; Sankt-Peterburg — Buxoro — Sankt-Peterburg; Moskva — Farg'ona — Moskva.
|
world
|
Visa va Mastercard to'lov tizimlari Rossiyada faoliyatini to'xtatishini e'lon qildi. Bu haqda ushbu to'lov tizimlarining rasmiy saytida e'lon qilindi. Qayd etilishicha, Visa to'lov tizimi tranzaksiyalarni to'xtatish uchun mijozlari va hamkorlari bilan ish olib boradi. Ushbu ishlar yakullangach, Rossiya emitentlari tomonidan chiqarilgan Visa kartalari Rossiya tashqarisida ishlamaydi (O'zbekistonda ham). Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi banklar tomonidan chiqarilgan Visa kartalari ushbu mamlakat hududida ishlamaydi. «Biz Rossiyaning Ukrainaga asossiz bostirib kirishi va biz guvohi bo'lgan qabul qilib bo'lmas voqealardan so'ng harakat qilishga majburmiz», — dedi Visa Inc kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Al Kelli. Mastercard Rossiyada chiqarilgan Mastercard kartalari ham boshqa davlatlarda ishlamaydi va Rossiya tashqarisida chiqarilgan har qanday Mastercard kartasi rus banklarida yoki to'lov terminallarida ishlamaydi. Shu jumladan, O'zbekistonda emissiya qilingan Visa va Mastercard kartalari ham Rossiyada ishlamaydi. «Bir haftadan ko'proq vaqt davomida dunyo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida yuzaga kelgan dahshatli va halokatli voqealarning guvohi bo'ldi… Bularning barchasini hisobga olgan holda va hozirgi mojaroning misli ko'rilmagan xarakterini hamda noaniq iqtisodiy muhitni hisobga olib, biz Rossiyadagi tarmoq xizmatlarini to'xtatishga qaror qildik», — deyiladi kompaniya xabarida. Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan Visa yoki Mastercard kartalari bilan operatsiyalar Rossiyada ishlashda davom etadi, deb tushuntirdi Milliy to'lov kartalari tizimi vakillari RIA Novosti agentligiga. Rossiya Markaziy banki Visa va Mastercard kartalari bilan barcha transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirib bo'lmasligini ma'lum qildi. Bu xorijiy onlayn-do'konlarda xaridlar uchun ushbu tizim kartalari bilan to'lovlar qilib bo'lmasligini va chet elda ushbu kartalardan foydalanib bo'lmasligini anglatadi. Rossiyaliklarga chet elga sayohat qilishda naqd pul va «Mir» kartasini olish tavsiya etildi. Bugungi kunda ushbu kartalar Turkiya, Vetnam, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Janubiy Osetiya va Abxaziyada qo'llaniladi. Eslatib o'tamiz, bundan oldin Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo'ygandi . Visa — raqamli to'lovlar bo'yicha jahon yetakchisi bo'lib, 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda iste'molchilar, savdogarlar, moliya institutlari va davlat tuzilmalari o'rtasida to'lov tranzaksiyalarini amalga oshiradi. Mastercard — xalqaro to'lov tizimi bo'lib, 210 ta davlatdagi 22 000 ta moliya institutlarini birlashtirgan transmilliy moliyaviy korporatsiya hisoblanadi.
|
world
|
Rossiyaning Ukrainada o'tkazgan 10 kunlik harbiy amaliyotlari davomida 1,5 mln qochqin mamlakatni tark etib, qo'shni davlatlarga o'tib ketdi, deb xabar bermoqda BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissari boshqarmasi. Ko'plab insonlar esa majburlikdan mamlakat ichida ko'chib yurishiga to'g'ri kelmoqda. «Har daqiqada bu raqam ortib bormoqda», — deyiladi hisobotda. BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissari Filippo Grandi bu ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada eng tez o'sayotgan migratsiya inqirozi ekanligini ta'kidladi. «Agar bu ma'nosiz mojaro darhol to'xtatilmasa, yaqin kunlarda yana millionlab odamlar o'z uylarini tark etishadi», — deyiladi xabarda. Ukrainani tark etayotgan qochqinlarni eng ko'p Polsha qabul qildi. 7 mart kuni Polsha chegara xizmati qochqinlarning soni 1 mlndan oshganini ma'lum qildi. 28 fevraldan 7 martga qadar Ukrainani tark etgan 4359 nafar O'zbekiston fuqarosi 19 reys orqali Polshadan O'zbekistonga yetkazildi .
|
world
|
Qozog'istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiyaga samolyotlar parvozi to'liq to'xtatilganini ma'lum qildi, deya xabar berdi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar qildi . «Air Astana Rossiya Federatsiyasiga/dan tijoriy parvozlarni sug'urta bilan qoplash to'xtatilgani sababli mazkur yo'nalish bo'yicha uning hududi ustidan barcha parvozlar to'xtatilishini afsus bilan ma'lum qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida. Qayd etilishicha, aviatashuvchi reyslarni tezkor ravishda qayta tiklash uchun Qozog'iston hukumati bilan mazkur masalalarni hal qilmoqda. Bekor qilingan reyslar yo'lovchilariga mablag'larini qaytarib olish uchun ularni sotib olgan joylariga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o'tilgan. Pullar to'liq hajmda qaytariladi.
|
world
|
Ukrainadagi urush natijasida mamlakat iqtisodiyoti ikki hafta ichida 100 mlrd dollar zarar ko'rgan bo'lishi mumkin. Bu haqda Peterson xalqaro iqtisodiyot instituti onlayn-tadbirida Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Oleg Ustenko ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi. Zelenskiyning maslahatchisi bu zarar taxminiy ekanligini va buzilgan infratuzilma, binolar, yo'llar, ko'priklar, shifoxonalar va boshqa moddiy boyliklarni o'z ichiga olishini ta'kidladi. Urush sabab Ukrainadagi korxonalarning 50% to'liq faoliyatini to'xtatgan, qolgan yarmi esa o'z quvvatidan ancha past darajada ishlamoqda. Oleg Ustenko bunday zararni tiklash uchun mablag'larning bir qismi Rossiyaning butun dunyo bo'ylab muzlatilgan aktivlari, shu jumladan Rossiya Markaziy bankining mamlakat tashqarisida joylashgan va G'arb sanksiyalari bilan immobilizatsiya qilingan aktivlari hisobidan qoplanishi mumkinligini aytgan. Uning qo'shimcha qilishicha, rus oligarxlarining musodara qilingan aktivlari ham rekonstruksiya fondiga o'tkazilishi mumkin. Prezident maslahatchisining so'zlariga ko'ra, hozirda Ukrainaning budjet zaxiralari 27,5 mlrd dollarni tashkil etadi, Rossiyaning harbiy operatsiyasi boshlanishidan oldin zaxiralar 30 mlrd dollar atrofida bo'lgan.
|
world
|
Kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan, lekin bir necha yillardan beri Isroilda yashab kelayotgan « Dejurnыy po Izrailyu » Telegram kanali muallifi Mark Novikov urush payti axborot makonida yangiliklarga qiziqadiganlar o'zini qanday tutishi kerakligi haqidagi tavsiyalari bilan bo'lishdi. davletovuz Telegram kanali uning tavsiyalarini o'zbek tiliga tarjima qildi . Kanal muallifining roziligi bilan, «Gazeta.uz» ham ushbu tavsiyalar bilan bo'lishadi. Raqamli gigiyena. Voqea joyidan yuborilayotgan roliklarni, portlash va hujumlar, harbiy harakatlar videolarini tomosha qilishni yig'ishtiring. Bunday videolarda hech qanaqa ma'lumot yo'q, shunchaki asabingizni tamom qilgani qoladi, xolos. Mabodo judayam xohlasangiz yoki kasb taqozosi yoxud boshqa sabab voqealarni real rejimda kuzatishingiz kerak bo'lsa, o'zingiz ishonadigan matn shaklida yozadigan mualliflarni kuzating. Sizni dahshatga solgan, ammo unda emotsiyadan tashqari boshqa axborot bo'lmagan kontentni yaqinlaringizga, do'stlaringizga yuborib, ularning asabini ham buzmang. Siz uchun ma'qul ko'ringan kontent boshqalarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Internetda siyosiy qarashlaringizga qarama-qarshi taraf bilan bahslashishdan tiyiling . Siz ularni biror narsaga ishontirolmaysiz, ammo ko'p kuch va asabingiz ketgani, kayfiyatingiz buzilgani qoladi. Kayfiyat sizning kerakli resursingiz. Iloji bo'lsa, ular bilan ijtimoiy tarmoqlardagi aloqalarni to'xtatish kerak. Agar sharoit ko'tarsa, telefoningizda yangiliklar kanallari va saytlarning bildirishnomalarini o'chirib qo'ying, dam olish kunlari umuman o'zingizni yangiliklardan cheklang, axborot-detoks e'lon qiling . Yaxshilik qiling, odamlarga yordam bering, har qanday xayriya yordami odamga ichki xotirjamlik baxsh etadi, qalbini tinchlantiradi, hayotga mazmun bag'ishlaydi. Agar muammoga duch kelgan odamlarga — urushdagilar yoki qochqinlarga yordam berishning iloji bo'lmasa, yaqin atrofingizdagi yordamga muhtoj bo'lganlarga yordam bering. Ishoning, bunday odamlar juda ko'p. Ishlayotganingizda yoki uy ishlarini qilayotganda fonda axborotlarni kuzatib borish yaxshi emas . Hozir nima qilayotgan bo'lsangiz, shunga ko'proq diqqatni qarating. Choy ichyapsizmi — choy iching, chalg'imang. Odamlarga rahmat ayting va ularga iltifot ko'rsating. Shunchaki. Yaxshilikka sabab kerak emas. Ishoning, bu nafaqat o'sha odamning, balki sizning ham kayfiyatingizni yaxshilaydi. Kundalik hayotingizni tartibga soling, kundalik ishlaringizni iloji boricha, yozma ravishda rejalashtirib oling. Qat'iy rejada ijtimoiy tarmoqlar uchun ma'lum vaqt ajrating, shunda har doim lentaga qarayvermaysiz. Va oxirgisi — eng muhimi, oila a'zolaringizga, yaqinlaringizga ko'proq vaqt ajrating. Bu juda muhim.
|
world
|
5 mart kuni Visa va Mastercard to'lov tizimlari Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatishini bildirdi . 10 mart kuni esa 200 dan ortiq davlat va 130 dan ortiq valyutalarni birlashtirib turuvchi Western Union kompaniyasi ham Rossiya va Belarusda o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatishini ma'lum qildi . Bunday vaziyatda Rossiyada ishlayotgan o'zbekistonlik mehnat muhojirlari uyga pul yuborish yoki uydan pul jo'natmasini olishda qaysi tizimlardan foydalanishi mumkin? «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan bir nechta banklar bilan bog'lanib, ulardan izoh so'radi. «Sanoat qurilish bank» matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, Rosiyada istiqomat qilayotgan o'zbekistonliklar Moneygram, Unistream, Contact, «Zolotaya korona», Ria va Asia Express to'lov tizimlari orqali O'zbekistonga bemalol pul o'tkazishlari mumkin. Rossiya va O'zbekiston banklari o'rtasidagi pul o'tkazmalari bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q, deya ta'kidladi bank vakili. Bank matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Rossiyadan O'zbekistondagi «Ipoteka bank» kartalariga Paycent, «Sber onlayn» va «Zolotaya korona» ilovalari, shuningdek Rossiyada joylashgan banklar orqali pul o'tkazmalarini amalga oshirish mumkin. «Xalq banki» mutaxassisining «Gazeta.uz»ga ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtda Rossiyadan pulni o'tkazish uchun eng asosiy ilova bu «Sber onlayn» . «Bu ilova orqali bizni kartaga yoki boshqa biror kartaga to'g'ridan-to'g'ri pul o'tkazish mumkin. Eng mashhur servis shu, 90−95% pul o'tkazuvchilar shundan foydalanishadi. Bundan tashqari, «Zolotaya korona» bor, u orqali pul o'tkazish uchun migrantlar «Zolotaya korona»ni ofisiga borib, pul o'tkazmalarini amalga oshirishadi», — dedi mutaxassis. «Hamkorbank» matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, ayni vaqtda Rossiyadan bankning kartalariga «Sber onlayn» ilovasi va «Zolotaya korona» orqali muammosiz pul o'tkazsa bo'ladi. «Agrobank» mobil ilovasi orqali nafaqat Rossiyadan O'zbekistonga, balki O'zbekistondan Rossiyaga ham pul yuborish mumkin. Ushbu ma'lumotni bankning yagona axborot markazi xodimi «Gazeta.uz»ga tasdiqladi. «Kapitalbank» rasmiy saytida joylashtirilgan ma'lumotga ko'ra , «Asia Ekspress» ilovasi orqali bankning istalgan ofisida Rossiyadan pul o'tkazmalarini qabul qilish va yuborish mumkin. Avvalroq, O'zbekiston Markaziy banki banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallashtirish maqsadida Rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida o'zgartirib borish yuzasidan tavsiyalar bergan edi . Qayd etilishicha, bu Rossiyadagi O'zbekiston fuqarolariga pul mablag'larini Rossiya rublida yuborish va mamlakat hududida ushbu mablag'larni и хтиёрий valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.
|
world
|
Afg'oniston muvaqqat hukumati Ta'lim vazirligi 23 mart kuni qizlar uchun o'rta maktablar «keyingi xabarga qadar» yopiq qolishini e'lon qildi. Qizlarning maktabga qaytish sanasi ma'lum emas, deb xabar berdi TOLOnews. Avvalroq, Ta'lim vazirligi chorshanba kuni 1-sinfdan 12-sinfgacha bo'lgan barcha maktablar — ham o'g'il, ham qiz bolalar uchun qayta ochilishini e'lon qilgandi. Biroq, maktab boshlanishining birinchi kunida 6-sinfdan kattaroq qiz bola o'quvchilarga maktablarga kirish taqiqlandi yoki ularga darslar boshlanganidan bir necha soat o'tgach, darsni tark etish buyrug'i berildi. «Erta tongda maktabga kelganimda juda xursand bo'lgandim. Qarasam, direktorimiz yig'layapti, sababini bilmadim. Keyin esa hamma o'quvchilar yig'lab yuborishdi», — dedi o'quvchi qizlardan biri. Amaldorlar maktablarning yopilishiga sabab sifatida ayollar kiyimi bilan bog'liq muammolarni ko'rsatdi. «Biz hijob kiyib yuramiz. Ular boshqa yana qanday hijob turini nazarda tutayotganini bilmaymiz», — deydi boshqa bir qiz. BMT afg'on hukumatining o'rta maktab o'quvchilarini o'z partalariga qaytarishni keyinga qoldirish haqidagi qaroridan xavotirda, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati. «Yangi o'quv yili boshlanishini barcha o'quvchilar, qizlar va o'g'il bolalar, ularning ota-onalari, butun oilasi intiqlik bilan kutayotgan edi. De-fakto hokimiyatning layoqatsizligi ularning bir necha bor va'da berishiga qaramasdan, 6-sinfdan kattaroq qizlar uchun maktablar qayta ochilmasligi chuqur umidsizlikka tushirdi. Bu Afg'onistonga jiddiy zarar yetkazadi», — dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish bayonotida. BMT rahbari qizlarni ta'limdan mahrum etish nafaqat ularning huquqlarini poymol qilishini, balki afg'on ayollari va qizlarining ulkan salohiyatini hisobga olgan holda mamlakat kelajagiga tahdid solayotganini ta'kidladi. «Men Tolibonning de-fakto hokimiyatini kechiktirmasdan barcha o'quvchilar uchun maktablarni ochishga chaqiraman», — dedi Antoniu Gutterish. BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Tolibonni o'z majburiyatlari va oldingi va'dalarini bajarishga chaqirdi. «De-fakto hokimiyatning qizlarga ta'lim berish bo'yicha qayta-qayta va'da berishlariga qaramay, oltinchi sinfdan keyin qizlar uchun maktab ochilmagani, shu jumladan mening Kobulga ikki hafta oldin qilgan tashrifim davomida ham — Afg'onistonga jiddiy zarar yetkazmoqda», — dedi Mishel Bachelet. Uning qo'shimcha qilishicha, gap nafaqat qizlarning ta'lim olish huquqidan mahrum qilinganligi, balki ular zo'ravonlik va ekspluatatsiya oldida yanada himoyasiz bo'lib borayotgani haqida ketmoqda. Oliy komissarning so'zlariga ko'ra, yaqinda Kobulga tashrifi chog'ida u afg'on ayollari bilan suhbatlashish imkoniga ega bo'lgan, ular mamlakatni qamrab olgan iqtisodiy va gumanitar inqirozdan chiqish yo'li haqidagi tasavvurlari bilan o'rtoqlashgan. Mishel Bacheletning xabar qilishicha, uning suhbatdoshlari Tolibonga o'z rejasini taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. «Ular boshlang'ich, o'rta va oliy darajada sifatli ta'lim olishda teng huquqli bo'lishni talab qilishdi va maktablarning qayta ochilishini intiqlik bilan kutishgandi», — deya qo'shimcha qildi Mishel Bachelet. BMT Oliy komissarining ishonchi komilki, Afg'oniston aholisi yarmining huquqlaridan mahrum etilishi samarasiz va adolatsiz. Uning so'zlariga ko'ra, bunday kamsitish mamlakatning kelajakda qayta tiklanishi va rivojlanishi istiqbollariga putur etkazadi. U toliblarni «barcha qizlarning ta'lim olish huquqlarini hurmat qilishga va kamsitishlarsiz hamda kechiktirmasdan barcha o'quvchilar uchun maktablarni ochishga» chaqirdi. BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel ham bayonot bilan chiqdi. «Bugun Afg'oniston bo'ylab millionlab o'rta maktab o'quvchilari maktabga qaytib, o'qishni davom ettirish umidida uyg'ondi. Ammo, tez fursatlarda ularning umidlari puchga chiqarildi», — dedi UNICEF rahbari. Uning so'zlariga ko'ra, bu qaror o'smir qizlarning butun bir avlodini kelajak farovonligi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyatidan mahrum qiladi.
|
world
|
24 mart kuni BMT Bosh Assambleyasi qayta tiklangan maxsus favqulodda sessiyasida «Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari» rezolyutsiyasini qabul qildi. Uni 140 ta davlat qo'llab-quvvatladi. Besh delegatsiya — Rossiya, Belarus, Shimoliy Koreya, Suriya va Eritreya bunga qarshi chiqdi, 38 davlat, jumladan, O'zbekiston betaraf qoldi. Foto: twitter.com/UNGeneva. BMT axborot xizmati xabariga ko'ra, rezolyutsiya Rossiyadan Ukrainadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to'xtatishni, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilmaslikni talab qiladi. Hujjat mualliflari tinch aholining xavfsiz o'tishini, shuningdek, yordamga muhtojlarga insonparvarlik yordami yetkazilishini ta'minlashni ham talab qilishdi. Rezolyutsiyada ta'kidlanishicha, Ukrainadagi shaharlarning, xususan, Mariupolning qamal qilinishi tinch aholi uchun gumanitar vaziyatni yanada og'irlashtirib, evakuatsiya qilish harakatlariga to'sqinlik qilmoqda. Bosh Assambleya Ukraina shaharlari blokadasini to'xtatishga chaqirdi. Bosh Assambleya delegatlariga ko'rib chiqish uchun ikkita rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi — ulardan biri Ukraina tomonidan taqdim etilgan va 90 ta davlat hammualliflik qilgan, ikkinchisi esa Janubiy Afrika tomonidan ilgari surilgan. Janubiy Afrika loyihasi, boshqa narsalar qatori, o't ochishni to'xtatish va tinch aholini himoya qilishga chaqirdi. Ammo u sodir bo'layotgan voqealarda Rossiyani ayblamadi va uning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamadi, deya qayd etadi BMT axborot xizmati. Ukraina tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya qabul qilingandan so'ng, Janubiy Afrika delegatsiyasi o'z loyihasini ovozga qo'ydi. Ukrainaning doimiy vakili Sergey Kislitsa ushbu loyiha bo'yicha ovoz berishga e'tiroz bildirdi va uning chorshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyadan tashqari faqat bitta delegatsiya tomonidan qo'llab-quvvatlangan Rossiya loyihasining nusxasi ekanligini aytdi. Shundan so'ng Janubiy Afrika tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasi bo'yicha ovoz berish-qo'ymaslik masalasi ovozga qo'yildi. 67 delegatsiyaning 50 tasi yoqlab, 36 tasi betaraf ovoz berdi. Shunday qilib, ikkinchi loyiha ovoz berishdan olib tashlandi. Bosh Assambleyaning Ukraina bo'yicha 11-maxsus sessiyasining avvalgi yig'ilishi uch kun — 28 fevraldan 2 martgacha davom etgan va 96 davlat hamkorligida «Ukrainaga qarshi tajovuz» rezolyutsiyasini qabul qilish bilan yakunlangan edi. Uni 141 davlat qo'llab-quvvatladi, 35 davlat betaraf, 5 delegatsiya — Rossiya, Belarus, Shimoliy Koreya, Suriya va Eritreya qarshi ovoz berdi. O'zbekiston bu ovoz berishda qatnashmadi. O'shanda mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov Toshkentda edi. Ovoz berish natijasida navbatdan tashqari sessiya yopilmadi, uning ishi a'zo davlatlar talabiga ko'ra davom etish huquqi bilan to'xtatildi. Chorshanba kuni aynan shunday bo'ldi va uchrashuv payshanba kuni davom etdi. Navbatdan tashqari sessiya BMT Xavfsizlik Kengashining 1950 yildagi «Tinchlik uchun birlik» rezolyutsiyasi asosida qabul qilingan qarori asosida o'tkaziladi. Ushbu tartib Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolaridan qaysidir birining, ushbu holda Rossiyaning vetosini chetlab o'tishga imkon beradi.
|
world
|
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanganidan beri mamlakat qo'shinlari qurbonlari haqida ikkinchi marotaba ma'lumot berdi . Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunga kelib 1351 nafar harbiy xizmatchi urush harakatlarida halok bo'lgan, 3825 nafari yaralangan. Rossiya mudofaa vazirligi birinchi marotaba qurbonlar haqida 2 mart kuni ma'lumot bergan edi . O'shanda 498 nafar kishi halok bo'lganligi, 1597 nafari yaralanganligi aytilgan edi. Shuningdek, Rossiya urushning bir oyi davomida Ukraina qo'shinlarining yo'qotishlari 30 ming atrofida bo'lganligini ta'kidladi. Rossiya tomoni Ukrainaning havo kuchlari va havo kuchiga qarshi himoya tizimi deyarli to'liq yo'q qilinganligini, endilikda mamlakatning dengiz kuchlari umuman yo'qligini ma'lum qildi. Mudofaa vazirligi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi asosiy vazifalari amalga oshirilganini ta'kidladi. «Rossiya qo'shinlarining Ukrainaning blok qilingan hududlarida bo'lishi Kiyevning kuchlarini cheklaydi, Donbassdiga guruhni kuchaytirishga yo'l qo'ymaydi. Biz boshlanishida vayronagarchiliklar oldini olish va shaxsiy tarkib hamda tinch aholi orasidagi yo'qotishlarni minimallashtirish uchun ularga hujum uyushtirmoqi emasdik. Bizning kuchlarimiz va vositalarimiz asosiy masalaga qaratiladi — Donbassning to'liq ozod qilinishi», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. Ukraina Qurollik kuchlari Genshtabi 25 mart kuni bergan ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya tomonining yo'qotishlari 16 100 kishini tashkil etgan. Shuningdek, Ukraina tomoni Rossiyaning 561 ta tanki, 1625 ta harbiy zirhli mashinasi, 291 ta artilleriya tizimi, 49 ta havo hujumiga qarshi himoya tizimi, 125 ta vertolyoti, 1089 avtomobil texnikasi, 18 ta maxsus texnikasi va boshqa harbiy qurilmalarini yo'qotganligini ta'kidladi. Oldinroq Times nashri NATO hisob-kitoblariga ko'ra, Rossiya qurolli kuchlari urush boshlanganidan beri 7 000 dan 15 000 gacha odam yo'qotgan bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi . «Voice of America» jurnalisti Jeff Seldining xabar berishicha , umumiy yo'qotishlar, yaralanganlar, asirga tushganlar yoki daraksiz yo'qolganlarni hisobga olgan holda, 30 mingdan 40 minggacha bo'lishi mumkin. Urush paytida mojaro tomonlarining rasmiy vakillari tarqatayotgan muammolarni tekshirishning iloji yo'q. Har qanday ma'lumotga ehtiyotkorlik bilan yondashishni tavsiya qilamiz.
|
world
|
17−24 mart kunlari O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjantlar Abdurasul Tuyg'unov va Abdumalik Abdurahmonovlar AQShning Missisipi shtatidagi «Eng ilg'or jangchi-2022» musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. «Camp Shelby» harbiy o'quv bazasida o'tkazilgan musobaqada o'zbekistonlik askarlar AQSh Milliy gvardiyasining Maxsus bo'linmalari harbiy xizmatchilari bilan kuch sinashdi. Musobaqa davomida harbiy xizmatchilar yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari — 6 ta mashqni o'z ichiga olgan fitnes test, jismoniy va ruhiy zo'riqish yo'lagidan o'tish, tunda 15 km masofaga oriyentir olish, 15 kg yuk bilan 20 km masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo'yicha test, insho yozish (harbiy hamkorlik mavzusida 500 tadan kam bo'lmagan so'z) kabi sinovlarda o'z mahoratlarini namoyish etdi. Bundan tashqari, harbiylar artilleriya olovini boshqarish, AQSh namunasidagi o'qotar qurollarni noto'liq qismlarga yoyish, yig'ish va jangovar holatga keltirish, shuningdek, ulardan turli usul va sharoitlarda o'q otish, kutilmagan (syurpriz) mashqlar kabi shartlarni muvaffaqiyatli bajardi. Musobaqada O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari yuqori intellektual salohiyati, jismonan chiniqqanligi tufayli g'olib bo'ldi, deyiladi xabarda. Ma'lumot uchun, mazkur musobaqada o'zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019 va 2021 yillarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'olib bo'lgandi. 26-mart kuni erta tongda g'oliblar poytaxtdagi Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olindi.
|
world
|
Xalqaro Amnesty International inson huquqlari tashkiloti 2021 yil uchun «Zamonaviy dunyoda inson huquqlari» hisobotini e'lon qildi . Mualliflar tomonidan dunyodagi voqealar tanqidiy baholandi va kelgusi yilda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilanishi uchun hech qanday shart-sharoit qayd etilgani yo'q, deya taxmin qilindi. 2021 yil pandemiyadan shifo va tiklanish yili bo'lishi kerak edi, ammo bu o'nlab yillar davomida yanada tengsizlik va beqarorlikni keltirib chiqardi, dedi tashkilot bosh kotibi Anes Kallamar. «Badavlat davlatlar vaksina sohasidagi muvaffaqiyatlaridan xursand bo'lar ekan, ularning vaksina bo'yicha keng tarqalgan millatchiligi sababli yil oxirigacha dunyo aholisining yarmidan ko'prog'igina qisman emlandi yoki emlanmagan», — dedi u. O'tgan sentabrda Amnesty rivojlangan mamlakatlarda yarim mlrd dozadagi vaksinalar ortiqcha ekanligini aniqladi, bu eng kam emlangan bir qancha mamlakatlarni to'liq emlash uchun yetarli, dedi Kallamar. «Muddati o'tgan va tashlab yuborilgan dozalar dunyoda axloqiy me'yorlar yo'qolgani, dunyoning adashganiga dahshatli dalil bo'ldi. Kompaniyalar menejmenti va sarmoyadorlari o'zlarining o'ta yuqori foydalarini hisob-kitob qilar ekan, emlashni kutayotgan odamlarga kutish kerakligi aytildi. Va o'lish», — deb yozdi tashkilot rahbari. Vaksina ishlab chiqaruvchilar o'z bilimlari va texnologiyalarini kam daromadli mamlakatlar bilan baham ko'rishdan o'jarlik bilan bosh tortgani vaksinalarga erishishda tengsizlikni kuchaytiradi, dedi u. Koronavirus pandemiyasi davrida yangi mojarolar yuzaga keldi va eski, hal etilmagan mojarolar chuqurlashdi. Afg'oniston, Burkina-Faso, Isroil/Falastin, Yaman, Liviya, Myanma, Efiopiya kabi davlatlarda mojarolar xalqaro inson huquqlari va insonparvarlik qonunlarining ommaviy ravishda buzilishiga olib keldi. «Xalqaro hamjamiyat kamdan-kam hollarda zarur javob qaytardi, juda kam holatlarda adolat qaror topdi va aybdorlar javobgarlikka tortildi», — deyiladi bayonotda. Misol tariqasida Afg'onistondagi vaziyatni keltirish mumkin, deb hisoblaydi Amnesty International tashkiloti rahbari: «Ushbu mamlakatda barcha xalqaro kontingentlar olib chiqib ketilib, hukumat qulaganidan va hokimiyatga "Tolibon" kelganidan so'ng, inson huquqlari va demokratik qadriyatlar birinchi aflarda himoya qilgan afg'on ayollari va erkaklari taqdir hukmiga tashlab qo'yildi». Ko'pgina davlatlar muhojirlar va qochqinlarni o'z hududlariga yetib borishlariga to'sqinlik qilib, ularning o'z-o'zidan kelishiga yo'l qo'ymaslik orqali ularni himoya qilish majburiyatlaridan qochishmoqda. Chiqarib yuborish taktikasi, jumladan, yangi keskinlik o'choqlarida, masalan, Belarus va Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQSh-Meksika chegaralarida odatiy holga aylandi, dedi Anes Kallamar. U, shuningdek, BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha yillik COP-26 konferensiyasi natijalarini tanqid qildi: «Ikki haftalik muzokaralar tomonlarning xudbinligi tufayli izdan chiqdi va xiyonat bilan yakunlandi. Davlatlar hukumati halokatli isishning oldini olish choralari bo'yicha kelisha olmagan holda o'z xalqlariga xiyonat qildi». «Biz mas'uliyatni, inson huquqlari uchun javobgarlikni o'z zimmamizga olishimiz va birgalikda har birimizning huquqlarimiz istisnosiz, barchamiz manfaati uchun hurmat qiladigan global boshqaruvni talab qilishimiz kerak», dedi Anes Kallamar. Hisobotda aytilishicha, 2021 yilda kamida 67 davlat so'z, uyushmalar va yig'ilishlar erkinligini cheklovchi yangi qonunlar qabul qildi. Shu bilan birga, inson huquqlari bo'yicha ekspertlar va tergovchi jurnalistlarni o'z ichiga olgan «Pegasus loyihasi» tergovining muvaffaqiyati hukumat tanqidchilari va huquq himoyachilari ustidan nazoratni ochib berdi va muxolifatni yo'q qilish uchun qo'llanilgan yashirin taktikaga oydinlik kiritdi, deydi tashkilot. Noyabr oyida AQSh sudi WhatsApp messenjerining Pegasus josuslik dasturlarini ishlab chiqaruvchi NSO Group kompaniyasiga qarshi da'vosi bo'yicha qaror chiqardi, bu sud ma'lumotlarini oshkor qilishda muhim bosqich bo'ldi, deyiladi xabarda. Yil davomida yetakchi texnologiya kompaniyalari ham ma'lumotlarni himoya qilish va maxfiylik qoidalarini buzganliklari uchun eng katta jarimaga tortildi: Amazon uchun 746 million yevro; 225 million yevro — WhatsApp; 6,34 million yevro — Grindr, deya qayd etdi Amnesty. Hisobotda aytilishicha, mamlakat paxta sanoatida majburiy mehnatga barham berishda katta yutuqlarga erishgan. «Qiynoqlar va shafqatsiz munosabatning boshqa shakllarini qo'llashning ayrim kafolatlari» paydo bo'ldi, xususan, BMT tavsiyalariga muvofiq Jinoyat kodeksiga qiynoq tushunchasi kiritildi, Ombudsman huzurida jazoni ijro etish muassasalari va boshqa yopiq muassasalarni kuzatib borish bo'yicha mustaqil ravishda jamoatchilik guruhlari tuzildi, deya qayd etdi Amnesty. Bular bilan bir qatorda, tashkilot ayrim sohalarda yaxshilanish yo'qligini qayd etadi. Xususan, «mamlakatda so'z, uyushmalar va tinch yig'ilishlar erkinligi huquqlariga nisbatan qattiq cheklovlar saqlanib qolgan». Jinoyat kodeksiga fikr bildirish borasida kiritilgan o'zgartirishlar quyidagicha ta'riflanadi: «Tuhmat va haqoratga doir moddalar, shuningdek, «diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g'oyalarini o'z ichiga olgan materiallar»ni tayyorlash va tarqatish haqidagi noaniq mazmundagi moddalar saqlanib qolgan. Mart oyida prezidentni haqorat qilish besh yillik qamoq jazosi bilan jazolanadigan jinoyatga aylandi». «OAV o'z-o'zini senzura qilishga o'tishdi va tobora kuchayib borayotgan cheklovlar, jumladan, qonunchilik cheklovlari ostida ishladi… Jinoiy ishlar, jarimalar va hukumat tanqidchilarining (odatda bloggerlar) qamoqqa olinishi qo'rqitish vositasi bo'lib xizmat qildi», — deyiladi hisobotda. Xabarda misol tariqasida blogerlar Otabek Sattoriy (tuhmat va tovlamachilikda ayblangan) va Valijon Kalonov (prezidentni haqorat qilgani va tuhmat qilgani uchun hibsga olingan, sud-tibbiy ekspertiza tomonidan «ruhiy nosog'lom» deb topilib, majburiy davolashga jo'natilgan) keltiriladi. Tashkilotning qayd etishicha, 2021 yilda 2000 dan ortiq odam tinch diniy e'tiqodlari tufayli panjara ortida qolgan. Hisobotda «keng tarqalgan» ayollarga nisbatan zo'ravonlik bilan bog'liq vaziyatda biron bir o'zgarish ko'rsatilmagani ham qayd etilgan. Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz muomalalarga kelsak, hisobotda aytilishicha, inson huquqlari bo'yicha mustaqil ekspertlar institutsional muammolar hal etilmagani, qamoqdagi qiynoqlar hamma joyda qo'llanilgani, garchi u kamroq ma'lum bo'lsa ham, qo'llanilganidan xavotir bildirishda davom etganini bildirishda davom etayotgani keltirilgan. Nishon, Taxiatosh, Denov va Samarqand viloyatida qamoqda o'lim holatlari oshkor qilingan.
|
world
|
Giyohvand moddalar savdosiga mo'ljallangan rus tilida yuritiluvchi «Gidra» darknet platformasining nemis server infratuzilmasi tugatilib, platforma bilan bog'liq hisoblardan umumiy summasi 23 mln yevroga teng bo'lgan 543 bitkoinni musodara qilindi. Bu haqda Germaniya jinoyat politsiyasi xabar qildi . «Endi platformaga kirishda «platforma va jinoiy tarkib musodara qilindi» degan oyna paydo bo'ladi, deyiladi politsiya veb-saytida. Darknetdagi ushbu saytga kirish imokniyati kamida 2015 yildan beri mavjud bo'lib, noqonuniy savdo maydonchasida xaridorlarning 17 millionga yaqin va giyohvand moddalar sotuvchilarining 19 mingdan ortiq akkauntlari qayd etilgan. Shuningdek, platforma hujjatlarni qalbakilashtirish xizmatlari va turli xil noqonuniy raqamli xizmatlarni ham taklif qilgan. Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko'ra, bu dunyodagi eng ko'p tovar aylanmasiga ega bo'lgan noqonuniy savdo maydonchasi bo'lgan bo'lishi mumkin. 2020 yilda «Gidra» orqali sotuvlar kamida 1,23 milliard yevroni tashkil qilgan bo'lishi mumkin. Platforma raqamli bitimlarni yashirib borgan, bu esa o'z navbatida kriptovalyuta tranzaksiyalarini tekshirishni ancha murakkablashtirgan. Musodara qilish operatsiyasidan oldin tergov Germaniya jinoyat politsiyasi tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurash Markaziy boshqarmasi, Frankfurt prokuraturasi va AQSh tizimlari bilan birgalikda 2021 yil avgustidan buyon o'tkazilayotgan edi. Darknet — bu internet olamidagi qora bozor hisoblanadi. Muntazam qidiruv tizimlari va muntazam veb-brauzerlar Darknet sahifalarini ko'ra olmaydi.
|
world
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.