cleaned_text
stringlengths 1
200k
⌀ | category
stringclasses 7
values |
---|---|
Nyu-York bosh prokuraturasi AQSH prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlarini boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra, prezident soliqlarni to'lamaslik uchun millionlab dollarlarni konsalting xizmatlariga o'tkazgan, aslida bu pullar qizining hisobiga tushgan. Prokuratura sentyabr oyi oxirida Tramp o'n yil davomida federal daromad solig'ini to'lamagani to'g'risidagi ma'lumotlar tarqalganidan keyin tergov ishlarini boshladi. — The New York Times . Foto: Aleksandr Ryumin / TASS Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilayotgan oppozitsiya faollari Yeravanning bir necha markaziy ko'chalarini to'sib qo'yishdi. Namoyishchilar Tog'li Qorabog'dagi mag'lubiyatda Pashinyanni ayblashmoqda. «Nikol xoin!», «Nikol ketishi kerak», — deb qichqirishmoqda namoyish qatnashchilari. — TASS . Koronavirus pandemiyasi tufayli yalpi jahon qarzi shu yil oxiriga kelib rekord darajadagi 277 trln dollarni (jahon YAIMning 365 foizi) tashkil etishi kutilmoqda. Qarz o'tgan yilning oxiriga nisbatan 15 trln dollarga ko'paydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzi ularning yalpi ichki mahsulotining qariyb 210 foizini tashkil etmoqda. Mutaxassislar dunyo miqyosidagi qarzlarning o'sishiga sabab sifatida past foiz stavkalari tufayli davlatlar va korporatsiyalar tomonidan beriladigan kreditlar sonining ko'payishini keltirib o'tdilar. — Institute of Internatioal Finance . Koreya Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi vakili Yun Ta Xo Seulda koronavirusning uchinchi to'lqini boshlanganini e'lon qildi. Mamlakatda kasallikka chalinish holatlari ko'paymoqda. Mamlakat bosh vaziri Chong Se Gyun fuqarolarni ommaviy tadbirlarni, shu jumladan yangi yil bayramlarini o'tkazmaslikka chaqirdi. Shuningdek, kompaniya rahbarlariga ishdan keyin qo'shma tadbirlar o'tkazmaslik va masofadan turib ishlaydigan xodimlar sonini ko'paytirish tavsiya qilindi. — TASS . Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun narxi bir dozasi uchun 15,5 yevroni (18,34 dollar) tashkil etadi. — Gazeta.uz Belarus xavfsizlik xizmati mamlakatning eng mashhur Telegram kanali asoschisi va uning sobiq bosh muharririni kuzatib boriladigan terrorchilar ro'yxatiga kiritdi. Nexta va Nexta Live kanallarining asoschisi 22 yoshli Stepan Putilo va 25 yoshli Roman Protasevich Belarus fuqarolari bo'lib, davlat xavfsizlik qo'mitasi tomonidan tuzilgan 700 dan ortiq «terroristik faoliyatga aloqador shaxslar» ro'yxatiga kiritildi. 726 shaxsdan iborat bo'lgan ushbu ruyxat 19 noyabr kuni KGB (Davlat xavfsizlik qo'mitasi) saytida yangilandi. — Gazeta.uz
|
world
|
Rossiyada o'tgan kun davomida 24 822 ta yangi COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etilib, jami kasallanish holatlari ikki milliondan oshdi. Bu haqda mamlakat Koronavirusga qarshi qurashish operativ shtabi ma'lumotlariga asoslanib Meduza xabar bermoqda . Bu bilan kasallanish holatlarining kunlik o'sishida yana bir rekord o'rnatildi. Bir kun oldin 24 318 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Umuman olganda, Rossiyada koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri COVID-19 ning 2 064 748 ta holat qayd etilgan. Yangi holatlarining aksariyati Moskvada aniqlandi, u yerda kunlik maksimal o'sish qayd etildi — 7168 kishi. Sankt-Peterburg ikkinchi o'rinda — kuniga 2476 ta COVID-19 ga chalinish holatlari aniqlanmoqda va bu ham pandemiya boshlanganidan beri maskimal ko'rsatkich hisoblanadi. O'tgan kun davomida koronavirus tasdiqlangan 467 kishi vafot etdi. Bu borada ham rekord yangilandi. Avvalgi rekord 19 noyabrda bo'lgan — kuniga 463 o'lim. Pandemiya boshlanganidan beri, koronavirusga qarshi kurash bo'yicha federal tezkor shtabning hisob-kitoblariga ko'ra, Rossiyada 35 mingdan ortiq kishi koronavirusdan vafot etdi. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan jami 1 577 435 kishi, shu jumladan, o'tgan kun davomida 26 021 kishi shifo topdi.
|
world
|
Estoniya ta'lim va fan vaziri Mailis Reps iste'foga chiqishini e'lon qildi. 21 noyabr, shanba kuni ertalab prezident Kersti Kalyulaid uning arizasini qabul qilib, vazir lavozimidan ozod qildi. «O'tgan hafta mening siyosiy faoliyatimdagi eng qiyin davr bo'ldi. Vazir va ona rollarini birlashtirganim tufayli katta bosim ostida qoldim. Xatolar qilganimni tan olaman va buning uchun uzr so'rayman», dedi Reps. Mailis Reps uni qo'llab-quvvatlaganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirdi va Riygikogu deputati sifatida ishlashni davom ettiradi. Bosh vazirning ta'kidlashicha, Mailis Repsning hukumatdan ketishi uning hamkasbi uchun ham, shaxsan o'zi uchun ham katta zarba bo'ldi. «Men o'z sohasining mutaxassisi, juda malakali va o'z ishiga to'la sadoqat bilan qaraydigan chinakam vakolatli vazirning hukumatdan ketishidan juda afsusdaman», dedi u. Vazir prezident tomonidan Bosh vazirning taklifiga binoan lavozimidan ozod qilinadi. Bosh vazirning taklifiga binoan ta'lim vaziri lavozimiga yangi nomzod aniq bo'lgach, hukumatning yangi a'zosini tayinlaydi. Seshanba kuni Ta'lim va fan vaziri Mailis Reps vazirlik mulkidan va ishchi kuchidan noo'rin foydalanayotgani, vazir haydovchisiga bolalarini tashishiga ruxsat bergani haqida Õhtuleht nashri xabar bergan edi. Ta'lim vazirining sobiq haydovchisi nashrga Mailis Repsning bolalarini o'zidan ko'proq olib yurganini aytgan. «Shuning uchun bugun men Ta'lim va fan vaziri lavozimidan ketishga qaror qildim, men ham ish va oilaviy hayotni birlashtirishdagi xatolarim uchun siyosiy javobgarlikni o'z zimmamga olaman», deya qo'shimcha qildi Reps.
|
world
|
XXR raisi Si Szinpin G20 sammitida koronavirus testi natijalari asosida «salomatlik kodlari» xalqaro tizimni tashkil etish taklifini ilgari surdi, deya xabar qildi «Meduza». XXR raisi Si Szinpin «Katta yigirmatalik» (G20) virtual sammitida «salomatlik kodlari»ni o'zaro tan olishning xalqaro mexanizmini ishlab chiqishni taklif qildi. «Sinxua» agentligi tomonidan e'lon qilgan Si Szinpin nutqining ingliz tiliga tarjima qilingan stenogrammasida gap koronavirus nuklein kislotasi testi natijalariga asoslangan xalqaro tan olingan QR-kodlar ko'rinishida markirovka haqida ketmoqda. Si Szinpin mazkur mexanizmga nafaqat G20 ishtirokchilari, balki boshqa mamlakatlarning ham qo'shilishidan umid bildirdi. Si Szinpin xalqaro mexanizmning boshqa tafsilotlariga to'xtalmadi. Xitoyda 2020 yilning bahoridan buyon «salomatlik kodlari» tizimi joriy etib kelinmoqda. Mamlakatda har kim koronavirus testlari natijalari, epidemiologik vaziyat og'ir bo'lgan hududda bo'lganlar, COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar bilan muloqotga kirishganlar va boshqa ma'lumotlar hisobga olingan «qizil», «sariq» va «yashil» QR-kodga bo'lishi ega. Ko'plab joylarga kirish uchun QR-kod «yashil» bo'lishi kerak. Avvaliga bunday kodlar alohida hududlarda amalda bo'lgan, may oyidan boshlab esa umumlashtirildi va butun Xitoy bo'ylab tatbiq etildi.
|
world
|
2021 yil 1 yanvardan Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Faqatgina pensiya yoshidagilar qog'oz shakldagilariga obuna bo'lishlari mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti. Ashxobod pochtasi 2021 yilga mo'ljallangan turkman gazeta va jurnallarga obunasini yangilamoqchi bo'lgan har bir fuqaroga yangi yildan mahalliy davriy nashrlarni faqat elektron shaklda olish mumkinligini ma'lum qildi. Bir yoki bir nechta nashrlarga obuna bo'lish mumkin emas, faqat mamlakatda rasmiy ravishda nashr etiladigan barcha gazeta va jurnallarga — 21 ta markaziy va mintaqaviy gazetalar va sakkizta jurnallarga obuna bo'lish mumkin. Turkmanistondagi deyarli barcha gazeta va jurnallar davlatga tegishli. Barcha davriy nashrlarga gadjetga o'rnatilishi kerak bo'lgan maxsus dastur orqali kirish mumkin bo'ladi.
|
world
|
Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini hisoblashdi . Faqat smartfon tarkibiy qismlarini hisobga olganda, uning tannarxi 373 dollarni tashkil etdi. Smartfonning eng qimmat qismlari: iPhone 12 Pro tannarxi oddiy versiyasidan 33 dollarga qimmatroq chiqib, 406 dollarni tashkil etdi. Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo'ladi. Eslatib o'tamiz, 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi Apple Event onlayn taqdimotini o'tkazdi. Taqdimotda HomePod mini portativ «aqlli» karnayi, iPhone 12, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro smartfonlari namoyish etildi . Smartfon narxlari narxlari quyidagicha belgilangan edi : iPhone 12 mini — 699 dollar; iPhone 12 — 799 dollar; iPhone 12 Pro — 999 dollar; iPhone 12 Pro Max — 1099 dollar.
|
world
|
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin o'z lavozimidan ketishini aytdi. «Men o'zim uchun biror bir konstitutsiya yasamayapman. Men siz bilan prezident sifatida yangi konstitutsiya bilan ishlamayman», — dedi prezident. Shuningdek, Lukashenko konstitutsiyani qabul qilishda hiylalarga yo'l qo'ymasligiga va'da berdi. — BelTA . Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqayotgan farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi uyushtirganini ma'lum qildi. Qaysi kompaniyalarga hujum qilingani bayonotda aytilmadi. — TASS . Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjen kelasi yili Xolirud (mahalliy parlament) saylovlaridan so'ng mamlakat mustaqilligi bo'yicha ikkinchi referendumni o'tkazmoqchi. Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish tarafdorlar soni aholining 58 foizini tashkil qiladi. Pardament saylovlari esa 2021 yil may oyida bo'lib o'tadi. — The Times . Facebook kompaniyasi kelasi yil boshida Libra kriptovalyutasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Ta'kidlanishicha, kriptovalyuta hajmi avval rejalashtirilganidan ancha kamroq bo'ladi. Ma'lumotlarga ko'ra, valyuta ishga tushirilishi vaqti loyihaning Shveysariya moliya bozori vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishiga bog'liq. Hozircha yanvar oyiga mo'ljallangan. — Financial Times . 2021 yil 1 yanvardan Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Faqatgina pensiya yoshidagilar qog'oz shakldagilariga obuna bo'lishlari mumkin. Ashxobod pochtasi 2021 yilga mo'ljallangan turkman gazeta va jurnallarga obunasini yangilamoqchi bo'lgan har bir fuqaroga yangi yildan mahalliy davriy nashrlarni faqat elektron shaklda olishi mumkinligini ma'lum qildi. — Gazeta.uz Fransiya Tashqi ishlar vazirligi o'zini-o'zi e'lon qilgan Tog'li Qorabog' respublikasi tan olinmasligini e'lon qildi. Tashqi ishlar vazirligining qo'shimcha qilishicha, Fransiyaning EXHT Minsk guruhining hamraisi sifatida Qorabog' mojarosini muzokaralar yo'li bilan hal qilish, xususan, Tog'li Qorabog'ning kelajakdagi maqomi to'g'risida ishlashdan iborat va bu muzokaralar natijasini oldindan va bir tomonlama ravishda aniqlash mumkin emas. — Gazeta.uz
|
world
|
Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ishi Oliy sud tomonidan quyi istansiyaga qayta ko'rib chiqishga yuborildi. Avvalroq, Atambayev 11 yil va ikki oy qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. — RIA Novosti . Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) 1-toifadagi kimyoviy qurollarning dunyo zaxiralaridagi 98,3 foizi yo'q qilinganligini tasdiqladi. Kimyoviy qurol zaxiralariga ega bo'lgan KQTTning yagona a'zosi AQSHdir. «31 oktyabr holatiga ko'ra, jami 96303 metrik tonna yoki 1-toifadagi kimyoviy qurollarning 98,3 foizi yo'q qilindi», — dedi KQTT rahbari Fernando Arias. — TASS . Indoneziyaning Lembata orolidagi Ili Levotolok vulqoni otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 4 km balandlikka ko'tarilgan kul ustuni mahalliy ayeroportni yopishga majbur qildi. O'tish taqiqlangan vulqon atrofidagi xavfli zona 2 km dan 4 km gacha kengaytirildi. Indoneziya rasmiylari aholiga o'zlarini vulqon kulidan himoya qilish uchun maskalardan foydalanishni maslahat berishdi. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q. — Interfaks . Foto: Telegram'dan skrinshot Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o'zining messenjerlaridagi telefon raqimini e'lon qilib, uni chatlarga qo'shishga chaqirdi. Prezident parlament saylovlaridan bir hafta oldin mamlakat fuqarolarini bir-birini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi va ular Maduroga ishonishlari mumkinligini ta'kidladi. «Men ko'chadan kelgan odamman. Siz menga ishonishingiz mumkin va men sizga ishonishimni bilaman», — dedi Venesuela prezidenti. — Nikolas Maduro Twitter'dagi sahifasi . AQSHda «qora juma» kuni onlayn sotuvlar hajmi rekord darajadagi 9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o'tgan yilga nisbatan 22 foizga ko'pdir. Mamlakatda do'konlarga tashrif buyuruvchilar soni esa 52 foizga kamaydi. Elektron bo'lmagan savdo-sotiqdagi eng katta pasayish zargarlik buyumlari va poyabzal kabi toifalarda qayd etildi. — Associated Press .
|
world
|
8 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Pari Sen-Jermen» — «Istanbul Bashakshexir» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14-daqiqada to'xtatib qo'yildi. Bunga sabab, ruminiyalik to'rtinchi hakam Sebastyan Kolteskuning turk jamoasi bosh murabbiysi assistenti Per Veboni «qora yigit» deb atagani bo'ldi. Turk jamoasi norozilik izhor etish maqsadida maydonni tark etdi, keyin fransuzlar ham o'yinni ushbu hakam bilan davom ettirmasligini bildirib, maydondan chiqib ketishdi. Uchrashuvning qolgan qismi bugun boshqa hakamlar brigadasi ishtirokida soat 22:55 da (Toshkent vaqti bilan) davom ettirilishi kutilmoqda. UEFA ushbu vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishini ma'lum qildi.
|
world
|
Hindiston janubidagi Andhra-Pradesh shtatida noma'lum kasallikning sababi qo'rg'oshin va nikeldan zaharlanish bo'lishi mumkin, ularning izlari suv va sutda uchraydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti shtat bosh vaziri idorasiga tayanib. O'tgan yakshanba kuni Eluru shahri va uning atrofida kasallik avj oldi. Kasallikning alomatlariga uch-besh minut davomida epilepsiya belgilari, bir necha daqiqa davomida xotirani yo'qotish, to'satdan hushidan ketish, bosh va bel og'rig'i kiradi. Ushbu kasallikdan jami 505 kishi jabr ko'rdi, 370 dan ortig'i sog'aydi va yana 120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. «Noma'lum kasallikni nima qo'zg'atganligi to'g'risida to'liq ma'lumot markaziy bo'limlar hisobotlarini topshirgandan keyingina ma'lum bo'ladi. Avvalo, yuqtirishning sababi qo'rg'oshin ekanligi aniqlandi», — dedi Sog'liqni saqlash bo'yicha shtat rahbarining o'rinbosari Alla Kali Krishna Shrinivas. Hisobotda ta'kidlanishicha, bu dastlabki ma'lumotlar va qo'shimcha tadqiqotlar natijalarini kutish kerak. The Times of India nashrining yozishicha , tadqiqotlar Hindiston kimyoviy texnologiyalari instituti va boshqa institutlar mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda va uning natijalari yaqin kelajakda e'lon qilinadi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, ba'zi bemorlar suvning rangi va ta'mida o'zgarishlarni sezganliklarini aytishgan.
|
world
|
Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi, deya xabar berdi TJournal. Hujjatga ko'ra, «O'z lavozimini tark etgan RF prezidenti va uning oilasi kafolatlari» to'g'risidagi federal qonunning uchinchi bandiga o'zgarish kiritildi. Ushbu o'zgarish sobiq prezidentning jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilmasligini, uni hibsda ushlab turish, so'roq qilish, tintuv o'tkazish kabi choralarni qo'llamaslikni kafolatlaydi. Bu shuningdek, uning barcha mol-mulki, hujjatlari, yuki va yozishmalarigacha amal qiladi. Hujjatning oldingi tahririga ko'ra, sobiq prezidentni faqat o'z vakolatini egallab turgan muddati davomidagi faoliyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas edi. Qonunga ko'ra, sobiq prezident duma tomonidan davlatga xiyonatda ayblansagina, undan dahlsizlik huquqi olib tashlanishi mumkin. Sobiq prezidentlarning daxlsizligini kafolatlash to'g'risidagi qonun loyihasi 5 noyabr kuni Davlat Dumasiga taqdim etilgan edi. Davlat Dumasi hujjatni birinchi ko'rib chiqishdayoq, 17 noyabr kuni qabul qildi.
|
world
|
Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vazirligi ko'magi bilan Interpol tomonidan muvofiqlashtirilgan telefon va internet firibgarliklariga qarshi kurash bo'yicha yirik xalqaro operatsiyasi 20 mingdan ziyod odamning hibsga olinishi va 150 mln dollardan ziyod mablag' musodara qilinishi bilan yakunlandi. Maxsus operatsiya 1 sentyabrdan noyabr oxiriga qadar 35 ta mamlkatda o'tkazilib, quyidagi natijalarni berdi: 10,3 ming manzilda tintuvlar o'tkazildi, 21,5 ming operatorlar, firibgarlar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga aloqador shaxslar hibsga olindi, 310 ta bank hisob raqamlari bloklandi, 153,9 mln dollar musodara qilindi. — INTERPOL . Koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfini kamaytirish uchun Olma-Ota shifokorlari COVID-19 yuqtirganlarning hammasini, shu jumladan alomatsiz va virusning yengil shaklini boshidan kechirayotganlarni kasalxonaga yotqizishlarini e'lon qilishdi. «Olma-Ota sog'liqni saqlash boshqarmasi, koronavirus infeksiyasiga chalingan barcha kasallarni yakkalash va davolashni boshlashga ko'rsatma berdi», — dedi shahar bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshin. Unga ko'ra, alomatsiz va yengil kasal bo'lganlar uchun uy karantini o'z samarasini ko'rsatmadi va hatto yuqtirishning asosiy manbalaridan biriga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, kasallanganlarning 35−36 foizi uy sharoitida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. — Interfaks . Braziliyaning Gol aviakompaniyasi dunyoda birinchi bo'lib Boeing 737 MAX samolyotlarida tijorat parvozlarini tiklaydi. 2019 yilning bahorida ushbu samolyot aviahalokatlar sababli tijorat maqsadida ishlatilishi to'xtatilgan edi. 9 dekabr kunidan boshlab kompaniya ushbu turdagi samolyotlarda parvozlarni amalga oshiradi. Joriy yil oxirigacha Gol o'zining barcha yettita Boeing 737 MAX samolyotlarini yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya 20 oy davomida ushbu samolyotlarning xavfsizligi bilan bog'liq masalalarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqqanligini aytdi. — O Globo . Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Kaliforniyadan Texasga ko'chdi. Bunga Maskning Texasda yangi Tesla zavodi qurilayotganini va Kaliforniya hokimiyatining tadbirkorlarga nisbatan salbiy siyosati sabab bo'ldi. Maskning so'zlariga ko'ra, avvalgi aviakompaniyalari, boshqalar singari, o'z faoliyatini Kaliforniyadan boshqa shtatlarga ko'chirishdi. — The Wall Street Journal . Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko'ra, sobiq prezidentning jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilmasligi, unga nisbatan hibsda ushlab turish, so'roq qilish, tintuv o'tkazish kabi choralar qo'llanmasligi kafolatlanadi. — Gazeta.uz
|
world
|
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga 14 dekabr kuni sakkiz kishi, jumladan, hukmron Liberal-demokratik partiyaning bosh kotibi Toshixiro Nikay ishtirok etgan kechki bazmda qatnashgani uchun uzr so'radi. «Garchi kechki ovqat qatnashchilari o'rtasida yetarlicha masofa bo'lgan bo'lsa-da, men sodir bo'lgan voqea aholi o'rtasida tushunmovchilikni keltirib chiqarganidan chin dildan afsusdaman», — deya Suga javob berdi koronavirus tarqalishi sharoitida bunday hodisani munosib deb biladimi degan savolga. — Kyodo . Parij meriyasi ma'muriyatda rahbar lavozimlarda ayollar soni ko'p bo'lganligi uchun 90 ming yevro jarima to'laydi. «Shahar rahbarlik lavozimlariga juda ko'p ayollarni tayinlagani uchun jarima to'lashi kerak. Rahbarlarning 69 foizini ayollar (11 kishi) va besh nafarini erkaklar tashkil etadi», — dedi Parij meri Ann Idalgo shahar kengashi yig'ilishida. Qonunga ko'ra, lavozimga tayinlanishda erkaklar va ayollarning nisbati kamida 60 foizga 40 foiz bo'lishi kerak, ideal holda ularning soni teng bo'lishi kerak. — Ann Idalgoning Twitter'dagi sahifasi . Yevropa Komissiyasi (YeK) Rossiyaning «VKontakte» ijtimoiy tarmog'i va Telegram messenjerini noqonuniy kontentni tarqatishni targ'ib qiluvchi manbalar ro'yxatiga kiritdi. Ro'yxat 2018 yilda tuzilgan bo'lib, to'rtta bo'limni o'z ichiga oladi: litsenziyasiz (noqonuniy) kontentni taqdim etadigan yoki ularga kirishni yengillashtiradigan onlayn xizmatlar (shu jumladan «VKontakte» va Telegram), onlayn savdo maydonchalari, giyohvand moddalarni tarqatadigan onlayn dorixonalar va xizmatlar, va oflayn savdo maydonchalari. Hujjatga ko'ra, «VKontakte» foydalanuvchilari noqonuniy filmlarni ko'rish, shuningdek litsenziyasiz kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega. Hujjatda qayd etilishicha, VKontakte ham, Telegram ham ularning ro'yxatga kiritilishiga qarshi bo'lib, noqonuniy tarkib tarqalishiga qarshi kurashayotganlarini bildirgan. — Yevropa Komissiyasi ( hujjat ). Nyu-Yorkdagi Tayms-skverda an'anaviy ravishda yangi yil bayrami bu yil masofadan turib o'tkaziladi, mehmonlar maydonga kiritilmaydi. Maydondagi bayram tadbiri tomoshabinlarsiz o'tkaziladi, ammo OAV orqali namoyish etiladi. Bayram tadbiri amalda bo'lgan barcha epidemiologik talablarni hisobga olgan holda va tibbiyot mutaxassislari bilan maslahatlashgandan so'ng tashkil etiladi. Tadbirning maxsus mehmonlari «2020 yil qahramonlari», ya'ni favqulodda vaziyatlar xodimlari, koronavirus bemorlari bilan ishlaydigan shifokorlar va ularning oilalari bo'ladi. Maydonga kirishga ruxsat berilgan har bir kishi koronavirusga test topshirishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi talab qilinadi. — The Hill .
|
world
|
16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi. Uch yil oldin kripto valyuta ushbu belgiga yaqinlashgan edi, ammo bu ko'rsatkichdan o'tolmay qulab tushdi, deya xabar bermoqda Spot. Hozirda BTC'ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Foto: coindesk.com 2020 yilda milliarderlar va yirik kompaniyalar bitkoinga sarmoya kiritdilar. Masalan, bahorda, inqiroz avjiga chiqqan paytda Tudor Investment xejfondi asoschisi Pol Tyudor Jons 50 mln dollarlik kripto valyuta sotib oldi. Taxminan boyligi 4,4 mlrd dollarga teng bo'lgan Stenli Drakenmiller bitkoinni sotib olishi to'g'risida noyabr oyida e'lon qilgan edi. Shu bilan birga, mayda investorlarning kripto valyutaga bo'lgan qiziqishi 2017 yilga qaraganda ancha past. Google Trends ma'lumotlariga ko'ra, raqamli pullar hozirgi paytda jismoniy shaxslarning e'tiborini uch yil avvalgiga qaraganda qariyb 4 baravar kam jalb qilmoqda.
|
world
|
Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun kosmosga uchirilgan «Chan'e-5» yig'uvchi apparati 17 dekabr kuni o'z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi, deya xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi. Apparat so'nggi 44 yil ichida ilk bor Yerga Oydan tuproq olib keldi. «Ushbu modulning Yerga qaytishi uch bosqichdan: Oyga uchish, Oyga qo'nish va Oy tuproqlarining namunalarini Yerga yetkazib berishdan iborat bo'lgan Oyni o'rganish dasturi rejasining muvaffaqiyatli yakunlanganini anglatadi. Dastur 2004 yilda boshlangan edi», — deyiladi xabarda. Missiya dastlab 2017 yilga rejalashtirilgan edi, keyin u 2019 yil oxiriga, keyin esa 2020 yil noyabriga qoldirilgan. Eslatib o'tamiz, «Chan'e-5» yig'uvchi apparati 24 noyabrda kosmosga uchirilgandi .
|
world
|
BMT tomonidan taqdim etilgan so'nggi hisobotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Quyida qochqinlarning ko'pchiligi qaysi mamlakatdan ekanligi ko'rsatilgan: Qochqinlarning ko'pchiligi quyidagi davlatlarga borib joylashmoqda:
|
world
|
Ekvador olimlari tomonidan mamlakatda koronavirusning yangi turlari aniqlandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Ulardan biri mamlakatda kasalliklar sonining ko'payishiga ta'sir qilishi mumkin deya taxmin qilinmoqda. Biroq ular Buyuk Britaniyada qayd etilgan shtamm bilan hech qanday aloqasi yo'qligi ma'lum qilindi. Tadqiqotchilar genetik materiallarni mamlakatning 22 provinsiyalaridan olingan 2,5 mingdan ortiq namunalarni saqlab qolishdi, bu har bir shaharda paydo bo'lgan virus shtammining turini, mutatsiyalar mavjudligini aniqlashga imkon berdi. Bundan tashqari, Ekvadorda koronavirisning yana ikki turi aniqlandi, ular iyul va noyabr oylari orasida paydo bo'lgan.
|
world
|
Telegram asoschisi Pavel Durovning ma'lum qilishicha , Telegram'da faol foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashmoqda. U shu sabab ko'pchilik «bunday o'sish uchun kim mablag' ajratadi?» degan savolni bermoqda deb yozgan. Chunki foydalanuvchilar soni ortishi bilan, xarajatlar ham ortib boraveradi. Durov 2021 yildan boshlab Telegram'ni tijoratlashtirishini ma'lum qildi. Uning aytishicha, kompaniya bunda o'z qadriyatlariga sodiq qoladi va oddiy foydalanuvchilar dasturdan bepul foydalanishda davom etadi, «farq deyarli sezilmaydi». Hozirda mavjud xizmatlar bepulligicha qoladi. Biznes jamoalar va qo'shimcha ehtiyojli foydalanuvchilar uchun pullik qo'shimcha funksiyalar joriy etiladi. Shaxsiy va guruh chatlarida reklamalar bo'lmaydi, tijoratlashuv ommaviy kanallarda reklamalar berilishi evaziga amalga oshiriladi. Ommaviy kanallar uchun reklama platformasi taklif etiladi. «Biz kanallar uchun o'z shaxsiy platformamizni taklif qilamiz. U foydalanuvchilar uchun qulaylik va mahfiylikni ta'minlaydi, biz uchun esa serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradi», — deydi Pavel Durov. Masalan ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo'lsa, ushbu kanallar egalari o'zlarining imkoniyatlariga qarab bepul trafikka ega bo'lishadi. Telegram asoschisining aytishicha, ushbu yondashuv messendjerning mustaqilligini saqlab qoladi va rivojlanishiga turtki bo'ladi.
|
world
|
Sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg'izistonning Botken viloyatidagi Qadamjay tumani Markaziy tuman kasalxonasiga tashrif buyurdi . U Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev bilan shifoxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Zamonaviy shifoxona qurilishi va jihozlanishi to'liq O'zbekiston tomonidan moliyalashtirildi va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi. Shifoxona 200 o'rinli bo'lib, zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan to'liq jihozlangan. Alimkadir Beyshenaliyev yuqumli kasalliklar shifoxonasining qurilishi, uning jihozlanishida ko'rsatilgan amaliy ko'mak va taqdim etilayotgan gumanitar yordam uchun O'zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.
|
world
|
Isroil parlamenti (Knesset) 2020 yilgi davlat byudjetini tasdiqlash muddati tugagani sababli avtomat ravishda tarqatib yuborildi. Bu haqda The Times of Israil xabar bermoqda . Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning «Likud» partiyasi va mudofaa vaziri Beni Gansning «Kaxol-Lavan» partiyasi o'rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli byudjet kelishuvlariga erishilmagan. 2020 yilning mart oyidagi saylovlardan so'ng partiyalar rahbarlari koalitsion hukumat tuzishga kelishib oldilar, ammo keyinchalik bir-birini kelishuvlarni buzganlikda aybladilar. Muddatidan oldin parlament saylovlari 2021 yil 23 martga rejalashtirilgan, ammo sana o'zgarishi mumkin. Ushbu parlament saylovlari mamlakatda so'nggi ikki yil ichida to'rtinchi bo'ladi.
|
world
|
Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 mln 141 mingdan oshdi. Birgina AQSHning o'zida koronavirusdan zararlanganlar soni 20,6 mln dan oshdi. Hindistonda esa ushbu ko'rsatkich 10,3 mln ni tashkil qilmoqda. Keyingi o'rinlarda Braziliya (7,73 mln), Rossiya (3,2 mln), Fransiya (2,7 mln), Buyuk Britaniya (2,66 mln), Turkiya (2,24 mln) va Italiya (2,15 mln) mamlakatlari turibdi. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko'proqni tashqil qilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko'rsatkich Qozog'istonda (203 ming kasallanganlar) bo'lib turibdi. Shuningdek, hozirda Qirg'izistonda 81 mingdan ortiq, Afg'onistonda 51 ming, Tojikistonda 13 mingdan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar bor.
|
world
|
Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli O'zbekiston fuqarosi M.B. (ayol kishi) 10-qavatdan sakrab, o'z joniga qasd qildi. Bu haqda Haberler ma'lumot berdi . Voqea Izmir shahrining Karshiyaka tumani Mavishehir turar majmuasida soat 14:00 atrofida sodir etgan. Tibbiy yordam ko'rsatilishiga qaramay, ayol vafot etgan. Turkiya OAVlarining xabarlariga ko'ra, unda ruhiy muammolar kuzatilgan. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.
|
world
|
«Toshkent Dushanbega javob berdi va COVID-19 bemorlarini taqsimlash markazini qurishga tayyorligini bildirdi», — deya yozmoqda «Aziya-Plyus». Yangi inshoot Xatlon viloyatining Kubodiyon tumanida O'zbekiston tomonidan qurilayotgan tibbiyot markazi negizida barpo etiladi. Ma'lumotga ko'ra, taqsimlash markazini jihozlash «O'zbekneftgaz» AJ moliyalashtirishi hisobiga amalga oshiriladi. Kubodiyon tumanidagi zamonaviy tibbiyot kompleksining qurilishi to'g'risida 2018 yil mart oyida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida kelishilgan edi. Kompleks qurilishi o'sha yilning ikkinchi yarmida boshlangan va 2021 yilning bahorida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bunga javoban Tojikiston hukumati Samarqandda 640 o'quvchiga mo'ljallangan maktab va Farg'ona viloyatida bolalar bog'chasini bunyod etishini ma'lum qildi. Bunga oid farmoyish 2018 yilning mart oyida Tojikiston Prezidenti Yemomali Rahmon tomonidan imzolangan edi.
|
world
|
Buyuk Britaniya hukumati epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli Angliyada milliy karantin joriy etish va maktablarni yopish to'g'risida qaror qabul qildi . Bu haqda Bosh vazir Boris Jonson televideniye orqali xalqqa murojaatida aytdi. «Virusning yangi turi qo'rqinchli darajada tez tarqalmoqda. Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kasalxonalar har qachongidan ham ko'proq bosim ostida» — dedi Jonson. Seshanba kunidan boshlab Angliyadagi barcha maktablar masofadan ishlashga o'tmoqda, faqat «asosiy» kasb vakillari — shifokorlar, ijtimoiy xizmatchilar, o't o'chiruvchilar, politsiyachilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilarning farzandlari ta'lim muassasalariga qatnay olishadi. Aholiga ko'chaga faqat sayr qilish, shifokorga, do'konga borishga ruxsat beriladi. Og'ir surunkali kasalliklarga chalinganlarga uydan umuman chiqmaslik tavsiya etilmoqda. Jonson ushbu karantin choralari kasallanish darajasining o'sishiga bog'liq ekanligini ta'kidladi. Shu bilan birga, u keyingi oyda aholining to'rt ustuvor guruhi orasida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarini boshlashni va'da qildi. Fevral oyida qariyalar uylaridagi fuqarolar, shifokorlar, boshqa keksalar va og'ir surunkali kasalliklarga chalingan kishilar emlanishi rejalashtirilmoqda. 4 yanvarda Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni pandemiya boshlanganidan beri 58 784 ta rekord ko'rsatkichni qayd etdi. So'nggi bir hafta ichida kuniga 50 mingdan ortiq yuqtirish holatlari kuzatilmoqda. Yangi cheklovlar kamida fevral oyining o'rtalarigacha amal qilishi belgilandi.
|
world
|
11 yanvar kuni Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma'lum qildi, deb yozadi The Korea Times nashri Yonhap agentligiga tayanib. Jarayon keyingi oydan boshlanishi rejalashtirilgan. Prezident o'zining yangi yil tabrigida 2021 yil pandemiya inqirozidan «qutulish», ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish uchun «inklyuzivlik» va Janubiy Koreyani yetakchi davlatga aylantirish yili bo'lishini aytdi. 11 yanvar kuni Janubiy Koreyada Covid-19 bilan kasallanganlar soni 451 nafarni tashkil etdi . Kasallanganlarning umumiy soni 69,1 ming kishiga yetdi, Covid-19 asoratidan vafot etganlar soni 1140 nafar. Kasalliklar sonining pasayishi 3 yanvardan boshlab kuzatilmoqda, o'sha kuni 1000 dan ortiq holatlar qayd etilgan edi. Kasalanish kamayishiga 17 yanvargacha kiritilgan ijtimoiy masofalanish chora-tadbirlari yordam berdi. The Korea Times gazetasi, shuningdek, Janubiy Koreyada bu yil gripp bilan kasallanish darajasi o'tgan mavsumga nisbatan sezilarli darajada kamligini yozmoqda. Mamlakatda 14 million odam grippga qarshi bepul emlandi. Biroq koronavirusga qarshi kengaytirilgan himoya choralari — niqob taqish, masofani saqlash va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi, deydi mutaxassislar.
|
world
|
Yakshanba kuni bo'lib o'tgan Qirg'izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sadir Japarov dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 79,25 foiz ovozlarni qo'lga kiritdi, deb xabar berdi «Kabar» AA. Saylovdan keyingi matbuot anjumanida u fuqarolarga uning nomzodini qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. «Siz menga kuch va ishonch berasiz, men sizning ishonchingizni oqlashga va'da beraman», dedi u. Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi paytda Qirg'iziston eng og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda va yaqin kelajakda u fuqarolarning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj. «Bilasiz, bir-ikki yil ichida iqtisodiyotni ko'tarishning iloji yo'q. Bizga siyosiy barqarorlik kerak. Biz avvalgi hukumatning xatolarini takrorlamaymiz. Eski mutasaddi va poraxo'r amaldorlardan qutulishimiz kerak», — dedi Sadir Japarov o'z tarafdorlariga murojaat qilib. Saylovda g'alaba qozonish uchun prezidentlikka nomzod 50 foizdan ko'proq ovoz olishi kerak. Umumiy hisobda saylovlarda 1 mln 399 dan ortiq kishi ishtirok etdi, bu saylovchilarning 37,59 foizini tashkil etadi. Boshqa nomzodlar (18 ta) quyidagigi hisobda ovoz yig'ishdi: Saylovchilarning 1,33 foizi hammaga qarshi ovoz berdi. Shu bilan birga, mamlakatda boshqaruv shakli bo'yicha referendum o'tkazildi. Saylovchilarning 81,29% prezident boshqaruv shakli uchun, 10,85% saylovchilar parlament shakli uchun, 4,43% hammaga qarshi ovoz berishdi. Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, Toshkentdagi ovoz berish jarayonida 174 nafar qirg'izistonlik qatnashgan. Qirg'izistondagi prezidentlik saylovlari avvalgi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabr oyida iste'foga chiqqandan so'ng e'lon qilindi. Bu parlament saylovlari natijalari e'lon qilingandan keyin paydo bo'lgan noroziliklar natijasida sodir bo'ldi. Namoyishlar paytida Sadir Japarov tartibsizliklarni uyushtirganlik va garovga olganlikda ayblanib koloniyada 10 yillik qamoq jazosini o'tamoqda edi. Uning o'zi ayblovlarni siyosiy sabab deb atagan. Uni namoyishchilar ozod qilgan va ertasi kuni parlament uni bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida tasdiqlagan. Sooronbay Jeenbekov iste'foga chiqqandan so'ng, parlament spikeri Kanat Isayev prezidentlik lavozimini rad etdi va Sadir Japarov prezident lavozimini egalladi.
|
world
|
Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi Nur Otan partiyasi 71,09% ovoz bilan mamlakatda 10 yanvar kuni bo'lib o'tgan parlament saylovlarida g'alaba qozondi , deya xabar bermoqda Kazinform Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga asoslanib. Qozog'iston Demokratik «Ak jol» partiyasi uchun 10,95%, Qozog'iston Xalq partiyasi uchun 9,10% ovoz berildi. Shunday qilib, uchta yetakchi partiya parlamentga o'tadi. «Auыl» Xalq demokratik partiyasi uchun 5,29%, ADAL partiyasi uchun 3,57% ovoz berilgan. Parlament saylovlarida qatnashuvchilar 63,3 foizni tashkil etdi. Avvalroq dushanba kuni Qozog'iston Xalq assambleyasi sessiyasi ishtirokchilari mamlakatda yashovchi turli etnik guruhlar vakili bo'lgan yana to'qqiz nafar deputatni saylashdi. Majlisda 107 deputat mavjud bo'lib, ularning 98 nafari yashirin ovoz berish orqali umumiy saylov huquqi asosida partiya ro'yxatlari bilan saylanadi. Majlisga kirish uchun partiyalar 7% to'siqni yengib o'tishlari kerak. Yana to'qqiz nafar deputat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi va mamlakatda yashovchi barcha etnik guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi maslahat organi Qozog'iston xalqi assambleyasi tomonida saylanadi. Majlisning deputatlar vakolat muddati besh yil.
|
world
|
Armaniston hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog'liq vaziyat tufayli 11 yanvargacha joriy etilgan karantin choralarini 11 iyulgacha uzaytirdi. Bundan tashqari, ommaviy tadbirlarda qatnashuvchilar soni bo'yicha cheklovlar ham olib tashlandi. Oldinroq bunday tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgan edi. Dushanba kuni qabul qilingan qarorga binoan, chet elliklar Armanistonga borishdan 72 soat oldin kechiktirmasdan o'tkazilgan PZR testlarining salbiy natijalariga ega bo'lsalar, ularga nafaqat havo yo'li bilan, balki yer osti nazorat punktlari orqali kirishga ham ruxsat beriladi. Chet el fuqarolari, shuningdek, chegara bojxona postida koronavirusga test topshirishlari va o'zlarini izolyatsiya qilib, uning natijalarini kutishlari mumkin.
|
world
|
Bloomberg COVID-19'ga qarshi vaksinalar bo'yicha erishilgan shartnomalar haqida ma'lumot berdi . Dunyo bo'yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo'yicha kelishuvlar mavjud. Bu dunyo aholisining yarmini emlash uchun yetarli (vaksinalarning ayrim turlari ikki marta emlashni talab qiladi). Eng ko'p vaksina bo'yicha kelishuvlarga Hindiston ega — 2,2 mlrd doza (AstraZeneca/Oxford, Novavax, Gamaleya). Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 1,4 mlrd doza, AQSH 1 mlrd dan ortiqroq doza vaksinalar sotib olish bo'yicha kelishuvlarga ega. Bu borada aholi jon boshiga vaksina bo'yicha eng katta qamrov Kanadada — 214 mln doza (aholi soni 38 mln), 303% qamrov (Novavax/Sanofi, Moderna, AstraZeneca/Oxford, Medicago, Pfizer/BioNTech, Johnson & Johnson). O'zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo'yicha kelishuvga ega (faqat Gamaleya bilan). Eng ko'p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo'lib turibdi — 2,9 mlrd doza. Shuningdek, Novavax kompaniyasi vaksinalar bo'yicha 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan.
|
world
|
Tarixdagi eng keng masshtabli vaksinatsiya kampaniyasi boshlanganidan buyon dunyo bo'ylab jami 49 mamlakatda 35 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi . Pfizer/BioNTech vaksinasini qo'llash bo'yicha ruxsat berilgach Shimoliy Amerika, Yevropa va Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlarda ommaviy emlash jarayoni boshlab yuborildi. Shuningdek, Moderna vaksinasi 95% samarali deb topildi, AstraZeneca/Oxford vaksinasi ham Buyuk Britaniyada ommaviy qo'llash uchun tasdiqlandi. Keyinchalik Xitoy ham Sinopharm vaksinasini qo'llashga ruxsat berdi va fevral oyigacha 50 mln kishini emlashni rejalashtirgan. ( Yashil rangda ko'rsatilgan mamlakatlarda vaksinatsiyaga start berilgan ) Hozirda AQSHning o'zida 12 mln ga yaqin inson virusga qarshi emlangan. Isroil esa 2,2 mln kishini emlagan, ya'ni bu har yuz kishining 24 nafari vaksina qilinganligini anglatadi. Eslatib o'tamiz, ayni damda O'zbekistonda Xitoyning ZF 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari o'tkazilmoqda .
|
world
|
Tojikiston milliy axborot agentligi «Xovar» ma'lum qilishicha , mamlakatning koronavirusga qarshi kurash shtabi qarori bilan O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Ikki mamlakat orasida aviaqatnovlar 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatib qo'yilgan edi. Kelishuvlarga ko'ra, haftaning chorshanba kunlari «O'zbekiston havo yo'llari», juma kunlari «Somon Eyr» aviakompaniyasi reyslari amalga oshiriladi. Tojikiston Fuqarolik aviatsiyasi agentligi direktori Ikrom Subxonzodaning aytishicha, yo'lovchilarda uchishdan oldin 72 soat ichida COVID-19ga PZR testi topshirib, uning manfiy chiqqanligi to'g'risidagi tibbiy guvohnoma bo'lishi kerak. Oldinroq, O'zbekiston yangi koronavirus shtammi aniqlangan 7 ta mamlakat bilan aviaqatnovlar bo'yicha cheklovlarni 1 fevralga qadar uzaytirgan edi .
|
world
|
Rossiya ishtirokchi mamlakatlarning bir-birining hududi bo'ylab razvedka parvozlarini amalga oshirishga imkon beradigan Ochiq osmon shartnomasidan (OOSH) chiqish tartib-qoidalarini boshlamoqda. Tashqi ishlar vazirligining so'zlariga ko'ra, o'tgan yili AQSHning kelishuvdan chiqishi ishtirokchi mamlakatlar manfaatlari muvozanatini jiddiy ravishda buzgan. Bo'limning ta'kidlashicha, Moskva shartnomani amalda saqlab qolish uchun turli xil takliflarni ilgari surgan, ammo ular Vashingtonning kelishuvda qolgan ittifoqchilaridan javob ololmagan. «Shartnomani yangi sharoitlarda davom ettirishdagi to'siqlarni bartaraf etishda ishlar yurishmaganligi sababli, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining OOSHdan chiqib ketishi bo'yicha ichki protseduralar boshlanganligi to'g'risida e'lon qilmoqda», — deyiladi bayonotda. Protseduralar tugagandan so'ng, Rossiya depozitariy davlatlarga (Kanada va Vengriya) kelishuv to'g'risida rasmiy ravishda xabar beradi. — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi . Amerika Mudofaa vazirligi AQSHda faoliyat yuritadigan va Vashingtonning so'zlariga ko'ra XXR harbiy sanoati bilan bog'liq bo'lgan Xitoy kompaniyalari ro'yxatini kengaytirdi. Ro'yxatga yana to'qqizta tashkilot qo'shildi, ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi (COMAC) va Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri Xiaomi ham bor. «Pentagon kerak bo'lganda qo'shimcha tashkilotlarni [qo'shib] ro'yxatni yangilashni davom ettiradi», — dedi AQSH departamenti. Ro'yxat o'tgan yilning iyun oyida AQSH Kongressiga yuborilgan. Uning tarkibiga 20 ta kompaniya, shu jumladan Huawei ham kiritilgan edi. Keyinchalik ro'yxat bir necha bor to'ldirildi. Ro'yxat AQSHda 1999 yilda qabul qilingan qonun talablariga muvofiq tuzilgan. Unga kiritish avtomatik ravishda sanksiyalarni keltirib chiqarmaydi, ammo ushbu qonunga binoan AQSH prezidenti unda ishtirok etayotgan kompaniyalarga cheklovlar qo'yishi mumkin. — AQSH Mudofaa vazirligi . Argentina prezidenti Alberto Fernandes 15 yanvar kuni abortni qonuniylashtirish to'g'risidagi hujjatga imzo chekdi. «Ko'p ayollar uchun bugun, ular abortni jinoyat deb hisoblamaslikka urinishgan uzoq muddatli kurashning oxiri», — dedi Argentina rahbari prezident saroyida bo'lib o'tgan marosimda. Fernandes shuningdek, homiladorlik paytida va bola hayotining dastlabki uch yilida ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qonunni imzoladi. «Biz jamiyatimiz biroz teng huquqli bo'lishi uchun muhim qadam tashladik», — dedi prezident. Dekabr oyi oxirida Argentina parlamentining ikkala palatasi homiladorlik muddati 14 haftagacha bo'lgan, tibbiy ko'rsatmalarsiz abort qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini yoqlab, ovoz bergan edi. — TASS . Joriy yilning boshidan beri Belarusda birinchi o'lim jazosiga hukm o'qildi. Slutskdagi Minsk viloyat sudi ikki nafaqaxo'rni o'ldirish va 85 yoshli ayolni o'ldirishga urinishda ayblangan uch kishini sud qildi. Sudlanuvchi Vitaliy Skrundik o'limga, sheriklari esa 22 va 18 yilga qattiq rejimdagi koloniyada jazo o'tashga hukm qilinishdi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, sudlanuvchilar avval qariyalarni bo'g'ib o'ldirgan, so'ngra ularni yoqib yuborishgan. — Vesna .
|
world
|
Iroq poytaxti Bog'dodda sodir etilgan portlashda halok bo'lganlar soni eng kamida 32 nafar, jarohatlangan esa 110 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda . Politsiya tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Tayaran maydonida barpo etilgan bozorda ketma-ket ikkita portlash sodir etilgan. Iroq qurolli kuchlari bosh qo'mondoni matbuot kotibining ma'lum qilishicha, hujum ikki nafar xudkush terrorchi xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tekshirilayotgan vaqtda o'zlarini portlatib yuborgan. CNN ma'lumotlariga ko'ra, hujum qilganlarning biri o'zini yomon his etayotgandek ko'rsatib, atrofida odamlar yig'ilishini kutgan. Ikkinchisi esa hodisa joyiga mototsiklda kelib, o'ziga o'rnatilgan portlovchi uskunani harakatga keltirgan. Hozircha hodisa uchun javobgarlikni hech qaysi terroristik guruh o'z bo'yniga olgani yo'q. #New Video allegedly shows the moment of the second suicide attack in #Baghdad pic.twitter.com/FxRyhwgTIG
|
world
|
Mo'g'uliston bosh vaziri Uxnaagiyn Xurelsux ko'zi yorigan ayolning issiq ustki kiyimsiz holda koronavirus bilan kasallanganlar kasalxonasiga olib borilgani bilan bog'liq mojaro tufayli yuzaga kelgan noroziliklardan so'ng iste'foga chiqishini e'lon qildi. Avvalroq, bosh vazir ushbu voqea sababli Vazirlar Mahkamasining butun tarkibini ishdan bo'shatishni taklif qilgandi. U o'z nutqida sodir bo'lgan narsadan afsusda ekanligini aytdi. «Mening ikki vazirim iste'foga chiqishga qaror qilishdi. Men Vazirlar Mahkamasini tuzganimda, ularning barchasi bilan bir guruh bo'lib ishlashni rejalashtirgandim. Shuning uchun men bosh vazir sifatida mas'uliyatni o'z zimmamga olib, jamoatchilik talablarini qabul qilishim kerak», — deya ta'kidladi bosh vazir. — TASS . Ukraina hukumati 2013−2014 yillarda Kiyev va mamlakatning boshqa shaharlaridagi «Maydan» harakatlari bilan bog'liq voqealarning 39 ishtirokchisining da'volari uchun 322 ming yevro tovon pulini to'lashga majburlandi. Bu haqda Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi (IHES) ma'lum qildi. «IHES Ukraina Inson huquqlari to'g'risidagi Yevropa konvensiyasining 3-moddasi (qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsitadigan munosabatlarni taqiqlash), 11-modda («Yig'ilish va birlashish erkinligi»), shuningdek, 2-modda («Yashash huquqi») va 8-moddasini («Shaxsiy hayotni hurmat qilish huquqi») buzganliklarini bir ovozdan tasdiqladi. Da'vogalarning 38 nafari Ukraina, bir nafari Armaniston fuqarolari. O'z navbatida, sud hukumat qasddan zo'ravonlik choralarini qo'llagan va bir namoyishchining o'limi uchun davlat javobgar degan xulosaga keldi. «Ko'plab hibsga olish buyruqlari o'zboshimchalik bilan qilingan va rasmiylar haddan tashqari zo'ravonlik va noqonuniy hibsga olish usullarini qo'llagan holda dastlab tinch namoyishlarni buzishga urindi», — deyiladi bayonotda. — TASS . Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'z hududlariga Buyuk Britaniya fuqarolariga kirishni taqiqlashi va u bilan barcha yo'lovchi transport aloqalarini to'xtatishi mumkin, deya The Times yozmoqda. «Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar aholining sog'lig'ini muhofaza qilishni zarur deb hisoblasa, koronavirus keng tarqalgan mamlakatlardan (Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar) kirishga vaqtincha taqiq qo'yishlari mumkin», — deyiladi taklifda. Germaniya kansleri Angela Merkel tomonidan qattiq qo'llab-quvvatlangan ushbu taklif hozirda Yevropa Ittifoqiga ko'rib chiqilishi uchun yuborilgan. Nashrning yozishicha, ushbu taqiq avvalo Buyuk Britaniyaga taalluqli bo'lishi mumkin, chunki mamlakatda koronavirusning avj olishi kuzatilmoqda. — The Times . AQSH prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning Jahon sog'liqni saqlash tashkilotidan (JSST) chiqish to'g'risidagi qarorini bekor qiladigan farmonni imzoladi. AQSHni JSSTga qaytarish to'g'risidagi qaror Bayden prezidentlik lavozimiga kirishganidan so'ng qabul qilgan birinchi qarorlardan biri bo'ldi. Ushbu qaror qabul qilinmaganda, AQSH rasmiy ravishda 2021 yil 6 iyulda tashkilotdan chiqib ketgan bo'lar edi. Shuningdek, Bayden AQSHning Parij iqlim kelishuviga qaytishini imzoladi. — Interfaks .
|
world
|
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 19 yanvar kuni Faxriylar masalalari departamentiga 2001 yildan 2005 yilga qadar O'zbekistondagi Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan barcha faxriylarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha topshiriq bergan. Bu haqda AQSH Oq uyi ma'lumot berdi . Xujjatda yozilishicha, AQSH Mudofaa vaziri ushbu buyruq chiqarilgan kundan boshlab 365 kun ichida 2001 yil 1 oktyabrdan boshlab 2005 yil 31 dekabrga qadar Qarshi-Xonobod O'zbekiston aviabazasida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarda zaharlanish ta'sirini yaxshilab o'rganib chiqishi kerak. Tadqiqot quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: McClatchy'ning ma'lumotlariga ko'ra , AQSHning maxsus operatsion kuchlari 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so'ng O'zbekistondagi harbiy zonada joylashgan. U yerda yashil rangda yarqirab turgan hovuz, yerda oqib turgan qora shilimshiq va «nurlanish xavfi»ni ogohlantiruvchi belgi ko'zga tashlanardi, deyiladi maqolada. Foto: mcclatchydc.com Foto: mcclatchydc.com Foto: Johnny Lee. «Qarshi-Xonobod, K2 nomi bilan tanilgan , 2001 yil 11 sentyabr hujumlaridan bir necha hafta o'tgach, AQSH hukumati tomonidan ijaraga olingan eski Sovet bazasi edi. Ushbu maydon Afg'oniston shimolidagi al-Qoida va Tolibon nishonlaridan bir necha yuz km uzoqlikda joylashgan», — deya yozadi nashr. Foto: mcclatchydc.com K2 bazasi qo'shinlarni Afg'onistonda tushirish, tibbiy evakuatsiya va havo hujumlarini ta'minlash uchun muhim markazga aylandi. Ammo Qarshi-Xonobod zonasi kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan radioaktiv uran va boshqa xavfli moddalar bilan zaharlangan bo'lgan, deb yozadi nashr. «Jangdan qaytib kelgandan so'ng, bir necha yil o'tgach, biz hammamiz saratonning turli formalari bilan kasallandik, ammo buni Faxriylar masalalari departamenti tan olishni istamadi», — deydi 2001 yil oktyabr oyida K2ga joylashtirilgan maxsus operatsiya harbiy razvedkasi xodimi Skott Uelsh. 2014 yilda unga qalqonsimon bez saratoni tashxisi qo'yilgan. 2015 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, u yerda xizmat qilgan erkaklar va ayollarning kamida 61 nafari saraton kasalligiga chalingan yoki bu kasallik tufayli vafot etgan. Nashrning ta'kidlashicha, bu ma'lumotlarga K2-ga joylashtirilgan maxsus operatsiyalar kuchlari kiritilmagan bo'lishi mumkin, chunki ularning operatsiyalari maxfiy bo'lgan.
|
world
|
Kanada ijrochi hukumati boshqaruvchisi Juli Peyett ish joyida «zaharli muhit» yaratganlikda ayblanganidan so'ng iste'foga chiqishini e'lon qildi, deya xabar berdi RBK. Uning idorasidagi xodimlar jamoat oldida haqorat qilishlar va kamsitilishlar bo'lganidan shikoyat qilishgan. 2020 yil iyul oyida Kanada Maxfiy kengashi idorasi, CBC telekanalining xabariga javoban tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan edi. Telekanal xabarida 10 nafardan ortiq shaxslari sir saqlangan davlat xizmatchilari Peyettning Rido-xoll rezidensiyasi xodimlarini omma oldida so'kkani va haqorat qilgani aytilgan. Ayblovlar uning yordamchisi Assunto di Lorensoga ham tegishli edi. 5 yanvar holatiga ko'ra, Rido-xoll rezidensiyasi da'volarga javoban qonuniy vakillik uchun hukumat mablag'laridan 150 ming dollardan ko'proq mablag' sarflagan. Kanada general-gubernatori Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning vakili hisoblanadi. Juli Peyett ushbu lavozimda 2017 yil 2 oktyabrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bungacha u kosmonav bo'lgan va Discovery va Endeavour kemalari parvozlarida qatnashgan.
|
world
|
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sog'liqni saqlash vaziriga mamlakat fuqarolarini vaksinalar bilan ta'minlash bo'yicha bir qator ko'rsatmalar berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti «Neytralnыy Turkmenistan» gazetasi ma'lumotlariga tayanib. Turkmaniston prezidenti vazirga JSST tomonidan tasdiqlangan dori-darmon va vaksinalarni ro'yxatdan o'tkazishni davom ettirish bo'yicha topshiriq berdi. Hukumat xabarlariga ko'ra, Turkmanistonda COVID-19 virusi qayd etilmagan. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish joylarining faoliyatiga cheklovlar joriy qilingan. Eslatib o'tamiz, Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib «Sputnik V» vaksinasini o'z hududida qo'llashni rasman ma'qullagan.
|
world
|
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o'zining Twitter akkauntida ma'lum qildi . BMT Bosh kotibi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgani haqida xabar bergan. «Barcha uchun hamma joyda vaksina bo'lishi uchun ishlashimiz kerak. Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo'lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo'lmaymiz», — deb yozgan BMT bosh kotibi. Guterresh qaysi vaksinadan foydalangani ma'lum qilinmagan.
|
world
|
Qozog'iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Alik Shpekbayev kichik va o'rta og'irlikdagi korrupsiya jinoyatlari uchun jamoat ishlarini jazo sifatida tayinlashni taklif qilmoqda. «IHTTning (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) bir qator mamlakatlarida jamoat ishlari korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun asosiy yoki qo'shimcha jazo sifatida juda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Xususan, Buyuk Britaniyada mahkumlarga " Ж амият oldidagi qarzni qaytarish " yozuvi bilan yorqin nimcha (jiletka) kiydirish odatga aylangan. Shuningdek, ular past malakali ko'cha ishlariga majburlanadi», — dedi Shpekbayev bo'lim boshqaruvi yig'ilishida. Uning so'zlariga ko'ra, psixologik jihatdan jazoning ushbu turi samaraliroq bo'lib, jamiyat o'zining anti-qahramonlarini ko'rish orqali tanib qoladi. — Kazinform . Xitoyda davlat aktivlarini boshqarish China Huarong kompaniyasining sobiq raisi poraxo'rlik, o'g'rilik va xotinbozlik uchun o'lim jazosiga hukm qilindi. «Bugun ertalab Tyanszin O'rta Xalq sudi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Lay Syaominga qarshi o'lim jazosini ijro etdi», — deyiladi Xitoy Markaziy televideniyasida. Lay Syaoming 5 yanvarda o'limga mahkum etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shaxs 25 mln yuanni (taxminan 3,9 mln dollar) noqonuniy ravishda o'zlashtirgan, 1,79 mlrd yuan (taxminan 280 mln dollar) miqdorida pora olgan, shuningdek, qonuniy rafiqasi bo'lganiga qaramay, boshqa ayollar bilan uzoq vaqt mobaynida ishqiy munosabatda bo'lgan. Xitoy OAVlarining yozishicha, Lay Syaominning 100 dan ortiq xonadonlari bo'lgan. Ba'zi xabarlarga ko'ra, u ma'shuqalarini davlat aktivlarini boshqarish kompaniyasi tasarrufida ishlaydigan 33 korxonada yuqori lavozimlarga joylashtirgan. Unga qarshi tergov 2018 yilda boshlangan va o'sha yili u lavozimidan chetlashtirilib, partiya safidan chiqarilgan. — CCTV . Germaniyaning Robert Kox nomidagi virusologiya instituti Emlash bo'yicha doimiy komissiyasi (Stiko) mutaxassislari ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasining AstraZeneca vaksinasini 65 yoshdan oshganlarga qo'llamaslikni tavsiya etishdi. Ular ushbu preparatni 18 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan kishilarga ishlatish mumkinligini ta'kidlashdi. Nashrning yozishicha, bu vaksinaning 65 yoshdan oshgan odamlar uchun samarali bo'lishiga oid ma'lumotlar yetarli emas. — Deutsche Welle . AQSH Mudofaa vazirligi Tolibon harakati bilan tinchlik shartnomalarini buzgan holda AQSH qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqish to'g'risidagi qarorni qayta ko'rib chiqish ehtimolini ma'lum qildi. Pentagonning jamoat ishlari bo'yicha rahbar yordamchisi Jon Kirbi Afg'onistonda hozirda AQSHning 2500 ga yaqin harbiy xizmatchisi borligini tasdiqladi. «Hozirda ushbu kuchlarning kelajakda qanday bo'lishiga oid qarorlar qabul qilinmagan. Va men Tolibon rahbarlariga quyidagilarni aytgan bo'lar edim: ular Afg'onistondagi [AQSH] kuchlari borasidagi yakuniy qarorni istamasliklari bilan vaziyatni murakkablashtirmoqda. Oqilona, barqaror va ishonchli muzokaralar bo'yicha majburiyatlarni qabul qiling», — dedi Pentagon vakili. «Tolibon AQSH oldidagi majburiyatlarini bajarmadi», — deya qo'shimcha qildi u. Ta'kidlanishicha, Tolibon bilan tuzilgan kelishuvlarga binoan AQSH may oyigacha barcha qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqishi kerak. — TASS .
|
world
|
Qirg'iziston Respublikasi prezidenti Devoni axborot siyosati boshqarmasi boshlig'i Nurgazi Anarkulov shaxsdan rahbarlik lavozimini egallashi uchun ta'magirlik yo'li bilan pora talab qilgani uchun qo'lga olindi. Bu haqda Kabar axborot agentligi ma'lum qildi. «Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Antikorrupsiya xizmati xabar berishicha, Anarkulov egallab turgan lavozimini suiiste'mol qilib, shaxsiy moddiy boyish maqsadida nomzoddan davlat rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlash to'g'risidagi masalani ijobiy hal etish uchun juda katta miqdorda pulni talab qilgan», deyiladi xabarda. Mazkur fakt bo'yicha Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasining Davlat tergov boshqarmasi Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 326-moddasi (pora talab qilish) alomatlari bilan sudga qadar ish yuritishni boshladi. «2021 yil 30 yanvar kuni tezkor-tergov tadbirlari doirasida A.N.S. qo'lga olindi va MXDQ Davlat tergov boshqarmasiga keltirildi», deya qayd etilgan xabarda.
|
world
|
3 fevral kuni O'zbekiston va San-Marino mamlakatlari o'rtasida diplomatik aloqalarni o'rnatish bo'yicha protokolni imzolash rasmiy marosimi bo'lib o'tdi, deya xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi. O'zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, hujjatni O'zbekiston tomonidan elchi Otabek Akbarov, San-Marinodan esa mamlakatning Italiyadagi elchisi Daniela Rotondaro imzolagan. Ikki mamlakatda ichki protseduralar o'tkazilgach, protokol kuchga kiradi va San-Marino O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 136-davlatga aylanadi. San-Marino dunyodagi eng kichik davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat Janubiy Yevropada joylashgan va to'rt tomondan ham Italiya bilan chegaradosh. Dunyodagi eng qadimgi konstitutsiyalardan biri amal qiladigan San-Marino uning zamonaviy chegarasi e'tiborga olinganda Yevropaning eng uzoq tarixga ega davlati hisoblanadi (301 yilda tashkil topgan). Bundan tashqari, San-Marino aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi (2020 yil — 56 ming 690 dollar) bo'yicha dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. San-Marino elchisi ikki tomonlama munosabatlarni savdo-iqtisodiy hamkorlik orqali rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi bilan yaqin aloqada bo'lgan San-Marino O'zbekiston kompaniyalari va eksportchilariga Yevropa bozorlariga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ta'kidladi. Yana bir muhim yo'nalish deb turizm sohasidagi hakorlik tilga olindi. Ma'lumot uchun, San-Marinoga har yili 3 mln dan ziyod sayyoh tashrif buyuradi. Mamlakat bu boradagi tajribasi bilan almashishga tayyorligini bildirdi.
|
world
|
Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganidan so'ng 25 mingga yaqin AQSH milliy gvardiyasi askarlarining Vashingtonga joylashtirilishi AQSH hukumatiga kamida 480 mln dollarga tushdi. Bloomberg'ning ta'kidlashicha, ushbu mablag'larga poytaxt ma'muriyatining tartibsizliklar sodir bo'lgan kunida Kapitoliyga qo'shimcha politsiya bo'linmalarini yuborish uchun xarajatlari kiritilmagan. 2 fevral kuni Pentagon vakili Jon Kirbi xavfsizlik uchun Vashingtonga yuborilgan Milliy gvardiya shaharda zarur bo'lgan vaqtgacha qolishini ma'lum qildi. — Bloomberg . AQSHning yangi ma'muriyati chet eldan qochqinlarni qabul qilish kvotasini ko'paytirmoqda va bu yil uni 125 ming kishiga yetkazmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Jo Bayden AQSH Tashqi ishlar vazirligida o'zining tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini tanishtirgan nutqi davomida ma'lum qildi. «Bugun men misli ko'rilmagan global ehtiyojlarni qondirishga yordam berish uchun qochqinlarni qabul qilish dasturini tiklash bo'yicha og'ir ishlarni boshlaydigan farmonni imzolayman. Shunchalik jiddiy zarar ko'rgan narsalarni tiklash uchun vaqt kerak bo'ladi. Ushbu farmon birinchi to'liq moliyaviy yilda 125 ming kishiga qochqinlarni qabul qilish kvotasini tiklashimizga imkon beradi», — dedi Bayden. Donald Tramp prezidentligi davrida qochqinlar kvotasi 2016 yil moliyaviy yilidagi 85 ming kishidan 2021 yilda 15 ming kishiga kamaytirildi. AQSHda moliyaviy yil 1 oktyabrdan boshlanadi. — TASS . Turkiya sayyohlik mavsumini 2021 yil aprel oyida ochadi — avval O'rta dengizda, so'ng Egey dengizining sohilida. Bu haqda mamlakat turizm vaziri Mehmet Ersoy ma'lum qildi. «Mavsum O'rta yer dengizi sohillaridan boshlanadi va keyin Egeyga tarqaladi», — dedi vazir. Ersoyning ta'kidlashicha, birinchi bo'lib Turkiyaga yevropaliklar keladi. Shuningdek, uning aytishicha, 19 may kuni Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan musulmon sayyohlar kela boshlaydi. Turizmning avgust oyida to'liq tiklanishi kutilmoqda. 2020 yil natijalarini sarhisob qilgan Ersoy, Turkiya Gretsiya va Ispaniyadagi kabi ko'plab sayyohlarni yo'qotmaganligini ta'kidladi, chunki xavfsiz sertifikatlash dasturi tufayli mamlakat chet elliklar uchun ochiq edi. Turkiyaga jami 16 mln chet ellik mehmonlar kelgan, ulardan kelib tushgan daromad 12,1 mlrd dollarni tashkil etgan. — Interfaks . Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) doirasida ta'lim sohasidagi yagona axborot portali yaratilishi kerakligi taklif etildi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig'ilishi paytida. «Ta'lim sohasida yagona axborot portalini yaratish rejalashtirilgan. Bugun biz qozog'istonlik sheriklarimizning ajoyib ishlanmalariga guvoh bo'ldik. YeOII davlatlari bo'ylab eng mashhur mutaxassisliklar bo'yicha kasbiy malakalarning, shuningdek ilmiy darajalar va unvonlarning tan olinishini ta'minlash kerak», — dedi Rossiya bosh vaziri Mishustin. — RIA Novosti . Germaniyada Shtutgof konsentratsion lageri komendantining 95 yoshli sobiq ayol kotibiga 10 mingga yaqin mahbusni o'ldirishda va qotillikka urinishda ishtirok etganligi sababli ayblov hukmi chiqarildi. «Biz Shtutgof konslageri komendantining sobiq kotibiga qarshi ayblovlar qo'ydik. Biz uni 10 mingdan ortiq qotilliklar va qotillikka urinishda aloqadorlikda ayblaymiz», — dedi prokuror Peter Myuller-Rakov. Shtutgof konslageri 1939 yilda Polshada tashkil etilgan. — RIA Novosti . Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OTOM) 2021 yildan 2030 yilgacha harbiy samolyotlarning eng yirik import qiluvchisiga aylanadi. Bunday ma'lumotlar Aviation Week & Space Technology jurnalining hisobotida (Aero India 2021 ko'rgazmasi) keltirilgan. Nashrning ta'kidlashicha, belgilangan muddat ichida ishlab chiqariladigan harbiy samolyotlarning taxminan 37,5 foizini OTOM mamlakatlari sotib oladi. Ushbu davrda OTOM mamlakatlariga (Xitoy bundan mustasno) 1,5 mingga yaqin harbiy samolyotlar yetkazib berilishi taxmin qilinmoqda. Hindiston 2021−2030 yillarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik xaridoriga aylanadi, u 640 ga yaqin samolyot sotib olishi kutilmoqda. Ikkinchi o'rinni Janubiy Koreya egallaydi (taxminan 120 ta samolyot), uchinchi o'rinni Yaponiya (100 ga yaqin samolyot) egallaydi. Jurnal mutaxassislari Vetnam 100 ga yaqin, Malayziya — 80−90, Indoneziya — 55, Bangladesh — 30 ta harbiy samolyot sotib olishlarini taxmin qilishdi. — TASS .
|
world
|
Hindistonning Uttarakxand shtatida muzlik ko'chishi sodir bo'ldi: 14 kishining halok bo'lgani tasdiqlandi, 6 kishi jarohatlangan bo'lsa, 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda The Times of India xabar berdi . Ulkan muz uyumi tog'li Himolaydan Alaknanda daryosiga ko'chib tushgan va suv toshqinini keltirib chiqargan. Toshqin zarbasi NTPC va Rishi Ganga gidroelektrstansiyalari qurilayotgan joyga qadar yetib kelgan, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Suv toshqini munosabati bilan Uttarakxanda hukumati daryoning gidroelektrstansiyalardan quyi qismlarida joylashgan qishloqlar aholisini evakuatsiya qildi. Shuningdek, Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlaridagi suv omborlari suvlari favqulodda holatning oldini olish maqsadida qo'yib yuborildi.
|
world
|
Uzoq davom etgan sa'y-harakatlardan so'ng Fransiyadagi to'rtta nodavlat tashkilot va Affaire du Siècle (Asr masalasi) petitsiyasini qo'llab-quvvatlagan ikki milliondan ortiq fuqarolar iqlim o'zgarishi bo'yicha sudda Fransiya hukumati ustidan g'alabaga erishdi. Parij ma'muriy sudi tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari tarafini oldi va hokimiyatni va'dalarni bajarmaganligi uchun javobgar deb topdi. Sud davlatni iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganligi sababli yetkazilgan ma'naviy zarar uchun da'vogarlarga ramziy ravishda 1 yevro to'lashni buyurdi. Ekologik zarar uchun davlat hukumatining javobgar deb tan olinishi Fransiya qonunlarida ko'rilmagan hodisa hisoblanadi. Ushbu holat ma'muriy sud mansabdor shaxs atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini ko'rsatmoqda, deyiladi xabarda. «Bu kun tarixda qoladi», — dedi Sesiliya Rinodo «Bizning umumiy ishimiz» (Notre Affaire à Tous) uyushmasi nomidan. — TASS . AQSH prezidenti ma'muriyati BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi bilan o'zaro munosabatlarni tiklashga tayyorlanmoqda. «Yaqin kelajakda AQSH Kengash bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni qayta tiklaydi», deyiladi xabarda. Ta'kidlanishicha, tegishli buyruq AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan berilgan. AQSH davlat kotibining so'zlariga ko'ra, mamlakat «ushbu lavozimda Kengashda xizmat qilish, muzokaralarda qatnashish va boshqa mamlakatlar bilan qarorlar taqdim etish uchun hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo'ladi». «Biz Inson huquqlari bo'yicha kengash o'zining kun tartibini, tarkibi va diqqat markazini isloh qilishi kerak bo'lgan nuqsonli organ ekanligini tan olamiz», — dedi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken. Mamlakat 2018 yilda BMTning Inson huquqlari bo'yicha Kengashidan chiqishini e'lon qilgan edi. O'shanda Donald Tramp ma'muriyati Kengash Isroilga haddan tashqari e'tibor qaratayotgani ta'kidlangan edi. Bundan tashqari, Vashington bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Kuba va Venesuelaning Kengashga a'zo bo'lishiga qarshi chiqdi. — Associated Press (AP). Buyuk Britaniya xavfsizlik kuchlari Xitoyga qurol-yarog'lar haqidagi maxfiy ma'lumotlarni taqdim etganlikda gumon qilinayotgan mamlakatning 200 ga yaqin olimlarini tergov qilmoqda. Nashrning yozishicha, ular strategik jihatdan muhim sohalarda «dushman» davlatlarga intellektual mulkning o'tkazilishining oldini olishga qaratilgan qat'iy eksport cheklovlarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Tergov qilinayotgan ko'plab olimlar Xitoy kompaniyalari bilan tijorat shartnomalari tuzish orqali qonundan bexabar holda buzganlikda shubha qilinmoqda. «Yaqin kelajakda biz sudlarda o'nlab olimlarni ko'rishimiz mumkin», dedi manba The Times nashriga. Eksportni nazorat qilish to'g'risidagi farmonni (2008) buzganlikda aybdor bo'lganlar o'n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. — The Times . Suriya Tashqi ishlar va emigrantlar vazirligi Turkiya hukumatining ikki davlat chegarasida joylashgan Halabda tibbiyot kolleji va Istanbul tibbiyot fanlari universiteti qoshidagi institutni ochish to'g'risidagi qarorini «xalqaro huquqning» buzilishi deb hisoblaydi. Vazirlik vakili ta'kidlaganidek, mamlakat «Turkiya hukumatining Halab shimolida joylashgan Ar-Ray shahridagi Istanbul universiteti qoshidagi kollej va institut ochish to'g'risidagi qarorini butunlay rad etadi». Bayonotda aytilishicha, Anqaraning harakati «Suriyadagi inqirozni qo'zg'atishga, terroristik guruhlarni qo'llab-quvvatlashga va imperiyaga xos ambitsiyalariga xizmat qilishga qaratilgan Turkiya hukumatining siyosatini davom ettirishdan boshqa narsa emasdir». — TASS . Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat madaniyat vaziri Atageldi Shamiradovga so'nggi ogohlantirish bilan hayfsan e'lon qilib, kamchiliklarni iloji boricha tezroq tuzatishni talab qildi. 7 fevral kuni madaniyat va ommaviy axborot vositalarida ishlashga bag'ishlangan ishchi yig'ilishda Berdimuhamedov «xalqning bugungi yutuqlari va baxtli hayotini madh etuvchi yangi spektakllar madaniyat markazlari va teatrlarida namoyish etilmayotganini ta'kidladi. Prezidentning gaplariga ko'ra, bu «teatr yo'nalishi va yaratilgan asarlarning badiiy saviyasining pastligi natijasidir». Berdimuhammedov 2021 yilda nishonlanadigan Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligini «munosib yoritib berish» bo'yicha ham topshiriq berdi. — Neytralnыy Turkmenistan .
|
world
|
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining xalqaro guruhi 14 yanvar kuni COVID-19 ni keltirib chiqaruvchi Sars-Cov-2 virusining tarqalish sabablarini o'rganish uchun 2019 yil dekabrning oxirida kasallik o'chog'i ilk bor aniqlangan Xitoyning Uxan shahriga borgan edi. Olimlar ikki hafta davomida ilmiy tadqiqot institutlari, shifoxonalar vakillari hamda shahardagi dengiz mahsulotlari bozori xodimlaridan intervyu oldi. Dushanba, 9 fevral kuni ekspertlar o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdilar. Ular kasallanish laboratoriyada infeksiya sizib chiqishi natijasida yuzaga kelgan bo'lishi ehtimolini juda past deb hisoblamoqdalar, deya xabar qildi RIA Novosti. «Biz virusning odamlarga qanday yuqishi mumkinligi to'g'risida to'rtta farazni ilgari surdik… Birinchisi, hayvondan odamga to'g'ridan-to'g'ri yuqishi. Ikkinchi gipoteza, virus odamga eng yaqin bo'lgan oraliq hayvondan yuqqan bo'lishi mumkin, ya'ni ushbu virus odamga yuqquniga qadar moslashib, aylanib yurgan bo'lishi mumkin. Uchinchi versiya — bu oziq-ovqat zanjiri, ayniqsa muzlatilgan oziq-ovqat, uning sirti odamga yoki oziq-ovqat orqali virusni yuqtirish manbai bo'lishi mumkin. Va oxirgisi laboratoriya bilan bog'liq hodisa bo'lishi mumkin», — dedi JSST xalqaro guruhi rahbari Piter Ben Embarek. Uning ta'kidlashicha, mutaxassislar barcha farazlarni diqqat bilan o'rganib chiqishgan. Eng katta ehtimol bilan virus oraliqdagi tashuvchi orqali yuqtirib olingan bo'lishi mumkin. JSST mutaxassislari kelgusida ushbu farazni o'rganmoqchi. Bundan tashqari, mutaxassislarning fikricha, muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yuzasi orqali virus yuqishi ehtimoli ham katta. Bu virusni uzoqdan tashib kelingan bo'lishi ehtimolini ilgari surmoqda. Uchinchi ehtimolga ko'ra, virus ko'rshapalaklardan to'g'ridan-to'g'ri yuqqan bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, virusning laboratoriyada sizib chiqish yo'li bilan insonga yuqqan bo'lishi ehtimoli juda past. Ushbu faraz ekspertlar kelgusida virusning kelib chiqish sabablarini aniqlashga qaratilgan o'rganishlar uchun tavsiya qilinadigan farazlar o'rtasida yuqori o'rinlarda turmaydi.
|
world
|
Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasi bo'yicha so'nggi yetti yil ichida ikkinchi bor referendum o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda The National nashriga asoslanib, Meduza xabar berdi . Hukumatning izohlashicha, bunga sabab 2016 yilda ko'pchilik shotlandlar qo'shma qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishiga qarshi chiqqan bo'lsa-da, Buyuk Britaniya YeIni tark etgani bo'lmoqda. Mustaqillik uchun birinchi referendum 2014 yil o'tkazilgan edi. Unda 55% shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolish tarafdorlari sifatida ovoz berishgan edi. Shotlandiya hukumati yaqin bir necha hafta ichida ikkinchi referendumni o'tkazish masalalari va uning sanasi borasida aniq bir qarorga keladi.
|
world
|
Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o'tkazilgan maxsus operatsiyada muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) a'zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avji qo'lga olinib, Turkiyaga olib kelindi. Bu haqda Daryo nashri Haberler ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda. Ma'lumotga ko'ra, qo'lga olinganlar Iroq va Suriyadagi terrorchi tashkilotlarni o'q-dori, raketa, antidron, radar tizimi kabi uskunalar bilan ta'minlashda qatnashgani aytilmoqda. Turkiya mudofaa sanoatida faoliyat yuritib kelgan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to'ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan. Aniqlanishicha, Sevilay O'zbekistondan turib FETO a'zolariga moddiy yordam ko'rsatib kelgan. Tamer Avji esa tashkilotga yangi a'zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug'ullangan, deyiladi xabarda.
|
world
|
Kanada hukumati tomonidan mamlakatdagi qurol qonunchiligini kuchaytirish tashabbusi doirasida shu hafta qurol-yarog' sotib olish bo'yicha katta dastur boshlanishi kutilmoqda. CTV telekanali manbalariga ko'ra, xususan, o'qotar qurol egalari uchun tovon puli taklif qilinadigan batafsil ro'yxat taqdim etiladi. Telekanal dastur bilan bog'liq xarajatlar haqida xabar bermadi. 2019 yilgi kuzgi saylov kampaniyasi paytida bosh vazir Jastin Tryudo saylovchilarga uning hukumati qurollar to'g'risidagi qonunlarni kuchaytirish haqida va'da bergan edi. Xususan, 2020 yil aprel oyida Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir bo'lgan otishmadan so'ng Kanadada avtomatlar va shunga o'xshash qurollardan foydalanish, sotish, sotib olish, olib kirish va tashish taqiqlandi. Jami 1,5 ming turdagi hujum qurollari ro'yxatga kiritildi. — CTV . Falastin milliy ma'muriyati Isroilni G'azo sektoriga koronavirusga qarshi Rossiyaning Sputnik V vaksinasining dastlabki 2000 dozasini yetkazib berishda aralashishda aybladi. «Ishg'ol idoralari (G'azo sektoriga vaksinalar) olib kirilishining oldini olishdi. Ushbu dozalar COVID-19 bilan kasallangan reanimatsiya bo'limlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlariga, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam bo'limlarida ishlaydigan xodimlarga mo'ljallangan edi», — dedi Falasti sog'liqni saqlash vaziri May Alkayla. Falastin tomoniga ko'ra, vaksinalar partiyasi Isroil nazorat punktida ushlab qolingan. Isroilning The Guardian manbasiga ko'ra, Falastin hukumati bundan avval Isroil Milliy xavfsizlik kengashidan G'azo sektoriga vaksinalar yuborilishini so'ragan, ammo qaror qabul qilinmagan. «Bu masala hanuzgacha ko'rib chiqilmoqda. Gap Isroil rad etganlikda emas. Biz G'azo sektoriga vaksinalarni kiritmasligimiz haqidagi da'volar haqiqatga to'g'ri kelmaydi», — deb qo'shimcha qildi manba. — The Guardian . Gaaga sudyasi Niderlandiyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli o'rnatilgan komendantlik soati darhol bekor qilinishi kerak degan qarorga keldi. Sudning fikriga ko'ra, bunday keskin chorani joriy qilish uchun hech qanday sabab yo'q edi, xususan favqulodda vaziyat (bu parlament bilan maslahatlashmasdan komendantlik soati e'lon qilishga imkon beradi). Komendantlik soatining joriy etilishi bo'yicha Viruswaarheid (Virus to'g'risida haqiqat) tashkiloti sudga murojaat qilgan. Shu bilan birga, sudning ta'kidlashicha, kiritilgan cheklov harakatlanish erkinligi va odamlarning shaxsiy hayotga bo'lgan huquqini jiddiy ravishda cheklaydi, shuning uchun uni juda ehtiyotkorlik bilan joriy etish kerak edi. Niderlandiyada komendantlik soati yanvar oyining o'rtalarida boshlangan va oxirgi marta 3 martga qadar uzaytirilgan. Harakatlanishga taqiq soat 21.00 dan 4.30 gacha belgilangan. Ushbu qaror noroziliklarga sabab bo'ldi. Mamlakat Adliya vazirligi sud qarorini e'tiroz qilish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin uni puxta o'rganib chiqishini aytdi. — DutchNews . Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari COVID-19 pandemiyasini qo'zg'atgan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishining to'rtta versiyasini «hayotiy» deb hisoblashadi. Bu haqda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Vladimir Dedkov ma'lum qildi. U JSST missiyasi doirasida Xitoyning Vuxan shahriga tashrif buyurgan. «Ko'rib chiqilayotgan to'rtta versiya qoldi: hayvondan odamga oraliq tashuvchi vositasida yuqishi (katta ehtimol), hayvondan odamga to'g'ridan-to'g'ri yuqishi (ehtimol), muzlatilgan oziq-ovqat orqali virus yuqishi (ehtimoldan yiroq) va laboratoriyadan kelib chiqishi (juda past)», — dedi Dedkov. Olimning ta'kidlashicha, virus kelib chiqishining istisno qilinishi mumkin bo'lgan versiyalari allaqachon chiqarib tashlangan. Dedkovning qo'shimcha qilishicha, Vuxanga tashrifi natijasida «virusning kelib chiqishi haqida ma'lumot olinmagan, ammo hozirgi paytda voqealar xronologiyasi bo'yicha yetarlicha tushuncha bor». Tadqiqotlarni davom etish kerak, dedi u. — Interfaks . KXDR 16 fevral kuni asosiy davlat bayramlaridan biri — mamlakat marhum rahbari Kim Chen Ir tug'ilgan kunini ommaviy tantanalarsiz va harbiy paradlarsiz nishonlamoqda. Manbaga ko'ra, KXDR markaziy gazetasi «Nodong Sinmun» va boshqa nashrlarda ushbu sanaga bag'ishlangan tahririyat maqolalari chop etilgan bo'lib, unda Kim Chen Irning xizmatlari esga olingan, ammo hech qanday ommaviy tadbirlar yoki amaldagi rahbarning maqbaraga an'anaviy tashrifi haqida so'z yuritilmagan. «O'rtoq Kim Chen Ir mamlakatimiz ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratgan va uning mudofaa qudratini mustahkamlagan buyuk vatanparvar», — deyiladi «Nodong Sinmun» maqolasida. Nashr Koreya Ishchilar partiyasining (KIP) barcha a'zolarini va butun xalqni «KIPning so'nggi qurultoyida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga jamlashishga va sotsialistik qurilishda yangi g'alabalarga erishishga» chaqirdi. — Yonhap . Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 16 fevralda otasining tug'ilgan kunini nishonlash uchun Pxenyanda marhum Kim Chen Irning maqbarasini ziyorat qildi . 15 fevral kuni noma'lum shaxslar Iroqdagi Erbil xalqaro aeroporti tomon bir nechta raketalarni otishdi. Ta'kidlanishicha, uchirilgan raketalardan ikkitasi aeroport yaqinidagi aholi turar joyiga tushgan. Manbalarga ko'ra, hujum Mosul yaqinidagi Al-Hamdaniya hududidan qilingan. Raketa hujumlari natijasida kamida bir kishi halok bo'ldi va olti kishi yaralandi. «Bir fuqaro halok bo'ldi, besh fuqaro jarohat oldi va yana bir AQSH askari yaralandi», — deb yozadi AQSH boshchiligidagi xalqaro antiterror koalitsiyasi vakili polkovnik Ueyn Marotto. — Rudaw .
|
world
|
Yaponiya parlamentining quyi palatasi a'zosi (Liberal-Demokratik partiyasidan) Takaki Surasuka favqulodda rejim cheklovlariga qaramay kechqurun klubga borgani uchun iste'foga chiqishga majbur bo'ladi. Shuningdek, u keyingi parlament saylovlarida qatnashmaydi. OAVlarning yozishicha, 10 fevral kuni deputat ayol kishi bilan kechki soat sakkiz yarimlarda klubga kirib borgan va u yerda o'nga qadar bo'lgan. Favqulodda rejimning bir qismi sifatida Yaponiya hukumati restoran va barlarning soat 20:00da yopilishini va bir soat oldin spirtli ichimliklar bilan xizmat qilishni to'xtatishni talab qilmoqda. Ushbu qoidani buzgani uchun endi umumiy ovqatlanish korxonasi 300 ming iyenaga (2,8 ming dollardan ortiq) jarima bilan jazolanishi mumkin. — Kyodo . Prezident Jo Bayden ma'muriyati 19 fevraldan boshlab ayrim toifadagi muhojirlar uchun AQSHdan boshpana so'rash bo'yicha murojaatlarni ko'rib chiqishni boshlaydi. Ta'kidlanishicha, AQSH rasmiylari Meksika hukumati va nodavlat tashkilotlari bilan yaqin kelishilgan holda ishlaydi. Shu bilan birga, Oq uy potensial muhojirlarni hech qanday mustaqil choralar ko'rmaslikka va zudlik bilan AQSHga kirishga urinmaslikka chaqiradi. Yaqinda AQSH hukumati «istalgan joydan kirish mumkin bo'lgan» boshpana berish to'g'risidagi arizalarni virtual ro'yxatga olish tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. — Oq uy ma'muriyati . Yangi Zelandiya 2021 yil mayigacha Afg'onistondan o'z harbiy kontingentini olib chiqadi. «Yangi Zenlandiya mudofaa kuchlarining Afg'onistonda bo'lgan 20 yillik faoliyatidan so'ng bizning kontingentimizni [bu mamlakatda] joylashtirishni yakunlash vaqti keldi», — dedi bosh vazir Jasinda Ardern. Shuningdek, u Afg'onistondagi harbiy ishtirok mamlakat tarixidagi eng uzoq muddatli bo'lganini aytdi. Tashqi ishlar vaziri Nanaiya Maxutaning ta'kidlashicha, Yangi Zelandiya Afg'oniston hukumati va xalqini qo'llab-quvvatlashni davom ettiradi, ammo bu «Afg'oniston ichidagi tinchlik jarayoni doirasida» amalga oshiriladi. Bu kungacha Afg'onistonda mamlakatning 3,5 mingdan ortiq askari xizmat qilgan. — The Guardian . 16 fevral kuni AQSHning Texas shtatida rekord darajada past harorat tufayli qariyb 4,4 mln kishi elektr ta'minotisiz qoldi. Xyuston va Galveston hududlari eng ko'p zarar ko'rgan. Sovuq ob-havo elektr energiyasiga bo'lgan talabni oshirgan, lekin davlat elektr tarmoqlari bu talabni qondira olmadi. AQSHda Arkanzasdan Indiana shtatigacha rekord darajada past harorat o'rnatildi. O'tgan payshanba kunidan beri kamida 25 kishi sovuq harorat tufayli sodir bo'lgan baxtsiz hodisalarda vafot etdi. Shtat, shuningdek, elektr ta'minotidagi uzilish sababli mahalliy sog'liqni saqlash bo'limida koronavirusga qarshi vaksinalarning buzilishidan xavotirda. — NBC . Yevropa kosmik agentligi (ESA) Oyga ekspeditsiyalar uchun 26 nafar astronavtni jalb qilishga tayyorlandi, keyinchalik ularni Marsga jo'natish rejalashtirilgan. ESA o'z xodimlari orasida ko'proq ayollar va nogironlarni ko'rishni xohlaydi. Yangi kosmonavtlar jalb etish jarayoni 11 yil ichida birinchi marta o'tkazilmoqda va u boshqariladigan kosmik ekspeditsiyalarni qayta tiklash sifatida namoyish etilmoqda. Tanlov dasturi 2022 yil kuzigacha davom etadi. Nogironlarni kosmosda ishlashga jalb qilish imkoniyati yangi texnologiyalar tufayli paydo bo'ldi. «Gap kosmosda ishlashga kelsak, biz hammamiz nogironmiz», — dedi italiyalik kosmonavt Samanta Kristoforetti. Kelajakdagi kosmonavtlardan magistr darajasi va fan, muhandislik, matematika yoki informatika sohasida uch yillik amaliyot hamda sinovlarga psixologik tayyorlikni talab qilinadi. — The Guardian .
|
world
|
AQSH prezidenti Jo Bayden 24 fevral kuni mamlakat sobiq prezidenti Donald Trampning bir qator chet el fuqarolarining AQSH hududiga kirishini cheklash to'g'risidagi farmonini bekor qildi. "Mamlakatga kirishning 2020 yil 22 apreldan boshlab to'xtatilishi (koronavirus avj olish oqibatlaridan iqtisodiy tiklanish davrida AQSH mehnat bozoriga xavf tug'diradigan muhojirlar uchun) <...> AQSH manfaatlariga javob bermaydi. Aksincha, bu AQSHga zarar keltiradi", deyiladi matnda. — <...> Tegishli qarorlar bekor qilinadi". Tramp 2020 yil 22 aprelda koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy iqtisodiy oqibatlari tufayli bir qator toifalar uchun mamlakatga immigratsiyani 60 kunga taqiqlash to'g'risida farmonni imzolagan edi. Farmon bir necha bor uzaytirildi. — Oq uy veb-sahifasi . Yadro quroliga ega Hindiston va Pokiston qariyb 20 yil ichida birinchi marta o't ochishni to'xtatishga kelishib oldilar. Ikki mamlakatning harbiy qo'mondonlari nazorat chegarasida (chizig'ida) o'q uzishni to'xtatishga va 25 fevraldan boshlab barcha kelishuvlarga qat'iy rioya qilishga kelishib oldilar. Nazorat chizig'i — bu Kashmirdagi Hindiston va Pokiston o'rtasidagi demarkatsiya chizig'idir (aslida davlatlar o'rtasidagi chegara). Bunday qadamlar 2003 yildan beri birinchi marta amalga oshirildi. Nashrning yozishicha, bu mamlakatlar o'rtasidagi ziddiyatlarni kamaytiradi. — The Washington Post . 6 yanvardagi hujumidan keyin Kapitoliyni ta'mirlash uchun kamida 30 mln dollar kerak bo'ladi. Bu haqda Kapitoliy me'mori Bret Blenton ma'lum qildi. AQSH Vakillar palatasining mablag' ajratish bo'yicha qo'mitasida binoga yetkazilgan zarar bo'yicha maxsus tinglovlar o'tkazildi. Bleton yozma bayonot yuborib, unda Kapitoliyni tiklash uchun qo'mitaning 30 mln dollar ajratganini aytdi. Biroq, uning so'zlariga ko'ra, xarajatlar o'sishi mumkin. Bletonning aytishicha, bino ichidagi tartibsizliklar paytida deraza va eshiklar singan, qalampir purkagich va o't o'chirish vositalaridan zararli kimyoviy moddalar qadimiy haykallar, devoriy rasmlar va suratlarga tushgan. Me'mor qimmatbaho san'at asarlarini tiklash uchun professional tozalash va konservatsiya zarurligini ta'kidladi. — Deutsche Welle . Avstraliya parlamenti 25 fevral kuni Google va Facebook kompaniyalarini o'z platformalarida foydalanadigan yangiliklar uchun media kompaniyalarga pul to'lashga majbur qilish to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasi yengillashtirilgan tahrirda qabul qilindi. Bu shuni anglatadiki, agar kompaniyalar Avstraliya OAVlari bilan hamkorlik qilish to'g'risida kelishib olmasa, ular pul to'lashi kerak bo'ladi. Qancha pul to'lash kerakligini hukumat o'zi hal qiladi. Ikki tomon kelishib olishlari uchun (IT kompaniyalar va Avstraliya OAVlari) ikki oy beriladi. 17 fevral kuni Facebook avstraliyalik foydalanuvchilar uchun yangiliklarni bloklab qo'ygan edi. Kompaniya 26 fevralda Avstraliyadagi yangiliklar sahifalarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. — 9News . Hindistondagi tibbiyot xodimlari sinovlarning so'nggi bosqichida samaradorlik ma'lumotisiz tasdiqlangan mahalliy COVAXIN vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortmoqdalar. Hindistonda 10,5 mlndan ortiq shifokor koronavirusga qarshi emlandi. Ammo ularning atigi 1,2 mlni yoki taxminan 11 foizi mahalliy vaksinani tanladilar. Qolganlari AstraZeneca bilan emlandi. "Bularning barchasi COVAXIN faqat eksperimental vaksina bo'lganligi va sinovlarning uchinchi bosqichidan o'tmaganligi haqidagi dastlabki bahs-munozaralarning natijasi", — dedi Maxarashtra shtati hukumatining emlash strategiyasi bo'yicha maslahatchisi Subarash Salunxe. Shu oyning boshida muxolifat nazorati ostidagi Chxattisgarx shtati federal hukumatga COVAXIN samarali ekanligi tasdiqlanmaguncha ishlatmasligini aytdi. Epidemiologlar va mutaxassislar ham preparatni shoshilinch ravishda ma'qullanishini tanqid qildilar. Vaksinani ishlab chiqaruvchi Bharat Biotech yaqinda 26 ming ko'ngilli o'rtasida o'tkazilgan sinovlar to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishini aytdi. — Hindustan Times .
|
world
|
Shvetsiyaning Spotify musiqiy striming xizmati O'zbekistonda ham faoliyat yurita boshladi. Bu haqdagi ma'lumotni kompaniya saytidagi xizmat ko'rsatilayotgan mamlakatlar ro'yxatining yangi tahririda ko'rish mumkin. Ushbu xizmat iOS va Android platformalari uchun mavjud. Xizmatdan ham bepul, ham pullik asosda foydalanish mumkin. Bundan avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun VPN xizmatidan foydalanishga, shuningdek, ro'yxatdan o'tayotganda boshqa mamlakatni tanlashga to'g'ri kelar edi. Avvalroq xabar berilganidek , Spotify O'zbekiston bilan bir qatorda yana 84 ta yangi mamlakatda xizmat ko'rsata boshladi. Spotify, va'da qilganidek, O'zbekistonga to'liq global katalogni taqdim etdi. Spotify platformasida 50 milliondan ortiq musiqalar va 4 milliardan ortiq pleylistlar mavjud.
|
world
|
AQSH Suriyadagi binoga aviatsiya orqali zarba berdi. Bino Damashqni qo'llab-quvvatlayotgan eronliklardan iborat ko'ngilli kuchlarga aloqador deb topilgan, deya xabar berdi Politico AQSH mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib. Xabarga ko'ra, raketa orqali zarba berish buyrug'ini prezident Jo Bayden bergan. Ta'kidlanishicha, zarba mudofaa maqsadida va ko'ngilli kuchlarning amerika harbiylariga amalga oshirgan uchta hujumiga javob sifatida amalga oshirilgan. Bloomberg xabariga ko'ra, Pentagon vakili Jon Kirbi ushbu harakatni «Bayden Amerika va koalitsiya bo'yicha AQSH sheriklarini himoya qilish uchun jiddiy harakatlarga tayyorligini anglatadi» deya izohladi.
|
world
|
Germaniya kansleri Angela Merkel bu haqda koronavirus masalasi bo'yicha yig'ilishdan so'ng aytib o'tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Uning so'zlariga ko'ra, emlanganlikni tasdiqlash uchinchi mamlakatlardan Yevropa Ittifoqiga kirish uchun asos bo'lishi mumkin. Kansler birinchi navbatda bunday sertifikatlar a'zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilishini va Yevrokomissiya Ittifoqning barcha mamlakatlarida foydalanish imkoniyatini ta'minlash maqsadida ularni birlashtirishini ma'lum qildi. «Vaqtning chegaralanganligiga kelsak, texnik jihatdan ta'minlash ishlari uch oy davom etadi, ya'ni Yevropa darajasida barcha mamlakatlarda ishlay oladigan tizim yaratish uchun kamida uch oy vaqt kerak bo'ladi», — dedi Yevrokomissiya rahbari. Yevropa Ittifoqi 2020 yil martidan beri boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun tashqi chegaralarni yopgan edi. Hozirda YeIga faqat olti mamlakat — Avstraliya, Yangi Zelandiya, Ruanda, Singapur, Janubiy Koreya va Tailanddan kirish mumkin.
|
world
|
COVID-19ga qarshi to'liq emlangan AQSH fuqarolariga boshqa emlangan odamlar bilan yopiq joylarda niqob taqmasdan va masofani saqlamasdan muloqot qilishlariga ruxsat berildi. Tegishli tavsiyalar AQSH SSV agentligi — CDC (U.S. Centers for Disease Control and Prevention — AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari) tomonidan berilgan. Tavsiyalarga ko'ra, COVID-19 og'ir shaklinining rivojlanish xavfi past hisoblanib, bir oiladan bo'lgan shaxslar bilan ham ko'rishishlari mumkin. CDC shu bilan birga, emlangan odamlarga jamoat joylarida niqob taqishni, odamlar gavjum joylardan uzoq bo'lishni va masofani saqlashni tavsiya qilmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, odam ikki dozali preparat yoki bir martalik vaksinaning ikkinchi dozasini olganidan keyin ikki hafta o'tgach, COVID-19 ga qarshi to'liq emlangan hisoblanadi. CDC ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunga qadar 31 milliondan ortiq amerikaliklar (AQSH aholisining 9,5%) koronavirusga qarshi to'liq emlandi.
|
world
|
Missuri hukumati va AQSHning yana 11 shtati mamlakat prezidenti Jo Bayden va uning ma'muriyatiga qarshi aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi farmonni imzolagani uchun sudga murojaat qildi. Da'vogarlar federal regulyatorlarning vakolatlarini kengaytirish jiddiy iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin, deb hisoblaydi, deya yozmoqda 8 mart kuni nashr. Ma'lumotlarga ko'ra, Missuri bosh prokurori Erik Shmitt tomonidan ilgari surilgan da'voga Arkanzas, Arizona, Indiana, Kanzas, Montana, Nebraska, Ogayo, Oklaxoma, Janubiy Karolina, Tennessi va Yuta shtatidagi hamkasblari qo'shilishdi. Murojaatnomada ta'kidlanishicha, farmon matniga binoan federal hokimiyat organlari issiqxona gazlari uchun davlat xarajatlari ko'rsatkichlarini tasdiqlashlari mumkin, bu keyinchalik federal regulyatorlar tomonidan yangi qoidalarni o'zgartirish va kiritish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, bu esa mamlakatda oddiy odamlar uchun qo'shimcha moliyaviy yukni keltirib chiqaradi. Da'vogarlarning fikriga ko'ra, farmon hokimiyatni taqsimlash prinsipini buzmoqda. Murojaatnomada keltirilgan Bayden ishchi guruhining oraliq hisob-kitoblariga ko'ra, bunday ijtimoiy xarajatlarining umumiy miqdori 9,5 trln dollarga teng. «Aslida, bu ulkan ko'rsatkich federal regulyatorning ulkan kengayishini oqlash uchun ishlatiladi, bu esa Amerika hayotining barcha jabhalariga — ularning mashinalaridan tortib, muzlatgichlari va uylariga, oziq-ovqat va elektr energiyasi uchun to'lovlarga aralashadi», — deya yoziladi da'vo matnida. — The Hill . Bayden 20 yanvarda bo'lib o'tgan inauguratsiyadan so'ng Parij kelishuviga qo'shilishi to'g'risida farmonni imzolagan edi . 2018 yilda mamlakat sobiq rahbari Donald Tramp kelishuvdan chiqishga qaror qilgan edi, bu, uning fikriga ko'ra, AQSH iqtisodiyotining rivojlanishini sekinlashtirgan. Gonkong hukumati asosiy qonunga sodiqlik qasamyodini qabul qilishdan bosh tortgan 200 ga yaqin xodimni davlat xizmatidan bo'shatmoqchi. O'tgan yilning oktyabr oyidan beri majburiy qasamyod qilish tartibi XXRning ushbu maxsus ma'muriy hududidagi barcha 180 ming davlat xizmatchilarini qamrab oldi. Biroq 200 kishi biron sababga ko'ra tegishli deklaratsiyani imzolashdan bosh tortdi. «Agar davlat xizmatchilari asosiy vazifalarni qabul qilish va bajarish to'g'risida hujjatni imzolashdan bosh tortsa, biz ularga bo'lgan ishonchni yo'qotamiz. Ular davlat xizmatidan ketishlari kerak bo'ladi», dedi davlat xizmatchilari ishlari bo'yicha vazir Patrik Nip. Uning ta'kidlashicha, rasmiylar har bir aniq holatda rad etish sabablarini tushunishga harakat qilishadi. XXR markaziy organlari yaqinda Gonkongni faqat «vatanparvarlar» boshqarishi uchun ruxsat berilishini ta'minlash zarurligini ta'kidladilar. Ayni paytda ushbu maxsus ma'muriy hududda saylov tizimining tegishli islohoti tayyorlanmoqda. — South China Morning Post . Dunyo mamlakatlarining uchdan bir qismi chet ellik sayyohlar uchun to'liq yopiq bo'lib qolmoqda, ayniqsa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevropada qat'iy cheklovlar qo'llanilmoqda, deyiladi BMTning Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisobotida. «COVID-19 ning yangi shtammlarining paydo bo'lishi ko'plab hukumatlarni sayohatlardagi cheklovlarni bekor qilish rejalaridan voz kechishga majbur qildi. Natijada, dunyodagi har uch yo'nalishdan biri yoki 32 foiz davlatlar endi xalqaro turizm uchun to'liq yopiq», — deya yozmoqda tashkilot hisobotida. Ma'lumotlarga ko'ra, 217 ta yo'nalishdan 69 tasi to'liq yopilgan, shulardan 30 tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, 15 tasi Yevropada, 11 tasi Afrikada, 10 tasi Shimoliy va Janubiy Amerikada, uchtasi Yaqin Sharqda. Shu bilan birga, 34 foiz mamlakatlar turizm uchun qisman yopiq. UNWTO'ning ta'kidlashicha, tobora ko'proq mamlakatlar sayohatchilarga COVID-19 uchun PSR testni o'tkazishni va/yoki karantin bilan birgalikda aloqalarni kuzatib borish uchun marshrut ma'lumotlarini berishni talab qilmoqda. Endilikda bunday talablar mamlakatlarning 32 foizida amal qiladi. «Endi turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklash vaqti kelganligi sababli, biz ushbu cheklovlarni infeksiya holati to'g'risidagi so'nggi ma'lumotlarga asoslanib doimiy ravishda qayta ko'rib chiqish zarurligini tan olishimiz kerak. Aks holda, millionlab odamlarni ish bilan ta'minlaydigan sanoatning qayta tiklanishini ta'minlash mumkin bo'lmaydi», deya ta'kidladi UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili. 2020 yil aprel oyida sayohatga cheklovlar kiritgan mamlakatlar soni 100 foizga yetdi. UNWTO ma'lumotlariga ko'ra, yil oxiriga kelib xalqaro turizm 74 foizga, eksportdan tushadigan daromad esa 1,3 trln dollarga kamaydi. — UNWTO . Saudiya Arabistoning davlat neft shirkati bo'lgan Saudi Aramco aprel oyida Osiyo va AQSH xaridorlari uchun xom ashyoning ko'pgina turlari narxlarini ko'tarishini, shu bilan birga, yevropalik xaridorlari uchun narxlarni pasaytirishi haqida e'lon qildi. Osiyolik xaridorlar uchun Arab Light bir barreli uchun 0,4 dollarga ko'tariladi. Natijada, u bir barreli uchun Ummon va Dubaydan kelgan neftdan 1,4 dollarga qimmatga tushadi. Arab Heavy turining Osiyo uchun narxi o'zgarmaydi, boshqa turlar esa barreliga 0,2−0,6 dollarga qimmatlashadi. Aprel oyida Shimoliy-G'arbiy Yevropa xaridorlari uchun neft narxining pasayishi bir barreli uchun 1,5 dan 1,8 dollargacha, O'rta yer dengizi hududi uchun — 1 dollardan 1,9 dollargacha pasaytirilishi ko'zda tutilgan. — Interfaks . 8 mart kuni Meksika poytaxtida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan marsh ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar paytida 60 dan ortiq politsiya xodimasi jarohat oldi. «62 nafar politsiya xodimasi va 19 nafar fuqaro jarohat oldi, to'qqiz nafar politsiyachi tibbiy yordam olish uchun kasalxonalarga yetkazildi, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda», — deyiladi xabarda. Ilgari Mexiko shahri ma'murlari jarohat olgan 15 nafar huquq-tartibot xodimasi haqida xabar berishgan edi. Mexiko shahridagi jamoat xavfsizligi boshqarmasi rahbari o'rinbosari Marcyela Figeroaning so'zlariga ko'ra, politsiyaga bolg'a, tayoq, petarda va Molotov kokteyli (yonuvchan aralash butilkalar) bilan hujum qilingan. Hokimiyatning taxminiy hisob-kitoblariga ko'ra, namoyishda 20 mingga yaqin odam qatnashgan. Meksika hukumati feministik marshni himoya qilish uchun 2,7 mingga yaqin ayol politsiyachini jalb qildi. Ular qurollanmagan va o'zini himoya qilish uchun maxsus vositalarsiz bo'lishgan. — Mexiko shahri jamoat xavfsizligi boshqarmasi . AQSH «Moderna» va «Pfizer» G'arb vaksinalari to'g'risida noto'g'ri ma'lumot tarqatayotgan «Rossiya manbalarini aniqladi», deya ma'lum qildi 8 mart kuni Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays. «Razvedka xizmatlari nazorati ostida ishlagan hamda AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlangan vaksinalar to'g'risida noto'g'ri ma'lumot tarqatgan Rossiyaning to'rtta onlayn platformasi aniqlandi», — deydi Prays brifingda. Bundan avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki «Biz qo'limizdan kelgan barcha vositalardan foydalanib, dezinformatsiyaga qarshi kurashamiz» degan edi . Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o'z navbatida, The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Rossiya maxsus xizmatlarining ba'zi OAVda COVID-19ga qarshi G'arb vaksinalarini tanqid qiluvchi ma'lumotlarning paydo bo'lishi bilan hech qanday aloqasi yo'qligini aytdi . «Bu bema'nilik. Rossiya maxsus xizmatlari vaksinalarni tanqid qilish bilan hech qanday aloqasi yo'q», dedi u. «Agar biz «Sputnika V»ni tanqid qiladigan har bir nashrni AQSH maxsus xizmatlari faoliyati natijasida ko'rib chiqsak, biz aqldan ozgan bo'lardik: axir biz barcha ingliz OAVda har kuni, har soatda bunday ma'lumotlarni ko'rib turibmiz», deb qo'shimcha qildi Peskov. — AQSH Davlat departamenti .
|
world
|
Fransiya harbiylari 8 mart kuni kosmosda mashg'ulotlarni boshladilar, bu mamlakat qurolli kuchlari tarixida birinchi marta, deya ta'kidlandi. Mashg'ulotlar 1965 yilda uchirilgan birinchi fransuz sun'iy yo'ldoshi — Asterix xotirasiga bag'ishlangan bo'lib, AsterX deb nomlandi. Harbiylar manyovrlar paytida potensial xavfli kosmik ob'eklarini hamda o'z sun'iy yo'ldoshiga xavf solayotgan tahdidlarni kuzatib boradi. «Bir qator tadbirlar bo'lib o'tmoqda va bizning kosmik infratuzilmamizga qarshi inqirozlar va tahdidlar mavjud, lekin bu hammasi emas», — deya ta'kidladi Fransiya kosmik kuchlari qo'mondoni Mishel Fridling. U mashqlarni «bizning tizimlarimiz uchun stress testi» deb atadi va ular «Fransiya armiyasi uchun birinchi va hatto Yevropada birinchi» ekanligini ta'kidladi. OAV xabarlariga ko'ra, mashg'ulotlarda AQSH kosmik kuchlari va Germaniya kosmik agentligi ham ishtirok etmoqda. Mashg'ulotlar 12 mart kunigacha davom etadi. OAV Fransiya kosmik kuchlari qo'mondonligi 2019 yilda tashkil etilganini eslatmoqda. 2019 — 2025 yillarda uni moliyalashtirishga 5 mlrd dollar ajratilishi, xodimlar soni esa 500 kishini tashkil qilishi kerakligi aytilmoqda. — Interfaks (Fransiya OAVga tayanib). AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin 9 mart kuni xavfsizlikni ta'minlash uchun Kongress hududiga Milliy gvardiya jangchilarini joylashtirish muddatini 23 mayga qadar uzaytirdi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbining yozma bayonotida aytiladi. Oldinroq Kapitoliy politsiyasi mudofaa vazirligiga qo'shinlarni joylashtirishni ikki oydan ko'proq muddatga uzaytirish to'g'risida so'rov yuborgan edi. «Ostin Kapitoliy politsiyasining Milliy gvardiya qo'llab-quvvatlovini 2021 yil 23 maygacha uzaytirish to'g'risidagi iltimosini ma'qulladi», — dedi vakil. Unga ko'ra Milliy gvardiyaning 2,3 mingga yaqin askari Kongress hududida qoladi. «Bu hozirgi ko'makning deyarli 50 foizga qisqarishini anglatadi», dedi Kirbi. — Pentagon matbuot xizmati . Tailand hukumati chet ellik sayyohlarga yaxtalarda ikki haftalik majburiy karantindan o'tishga ruxsat berdi. «Tailandga tashrif buyurgan mehmonlar endi yaxtada ikki haftalik majburiy karantindan o'tishlari mumkin. Ushbu ruxsat hukumatning mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb beshdan biriga to'g'ri keladigan turizm sanoatini tiklash bo'yicha dasturi doirasida belgilangan», — deb yozadi nashr. Yanvar oyida Tailand rasmiylari chet elliklarga golf klublarida karantindan o'tishga ruxsat berishgan edi. Dastur Pxuketda boshlangan, u yerda koronavirus uchun salbiy PSR-testi bo'lgan sayyohlar yaxtada yoki kichik kruiz kemasida karantin muddatini o'tkazishlari mumkin. Ishtirokchilar hayotiy ko'rsatkichlarni, shu jumladan harorat, qon bosimini va egasining GPS joylashuvini nazorat qiluvchi aqlli bilaguzuk taqishlari kerak bo'ladi. Qurilma hatto dengizda ham 10 km radiusda ma'lumot uzatishi mumkin. — Nikkei Asia . Moldova prezidenti ma'muriyati rahbarning mamlakatdagi qarorgohining xarajatlarini ikki baravar kamaytirishga va'da berdi. Bu haqda Prezident ma'muriyati bosh kotibi Andrey Spinu aytib o'tdi. 10 mart kuni u jurnalistlar uchun mamlakat sobiq prezidenti Igor Dodon to'rt yil yashagan Kondritsa qishlog'idagi qarorgohiga ekskursiya uyushtirdi. Hozirda u yerda hech kim yashamayapti. Spinu ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda byudjetdan 2,6 mln ley (taxminan 150 ming dollar) miqdorida qarorgoh uchun mablag' ajratilgan. 2021 yilda 2,3 mln ley (taxminan 135 ming dollar) mablag' sarflanishi ko'zda tutilgan, ammo ma'muriyat xarajatlarni qayta ko'rib chiqishni va ularni 50 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Spinu ba'zi xarajatlarni samarasiz deb hisoblaydi. Masalan, uning so'zlariga ko'ra, o'tgan yili taxminan 75 ming ley internet xizmatlariga (4,5 ming dollar) sarflangan, yana 50 ming (3 ming dollar) — basseyn uchun ajratilgan. «Kelajakda turar joydan foydalanish bo'yicha turli xil takliflar ko'rib chiqilmoqda. Uni oilaviy zo'ravonlik qurbonlari markazi yoki madaniy tadbirlar uchun maydon sifatida ishlatish variantlari mavjud», dedi Spinu. Uning ta'kidlashicha, prezident Mayya Sandu davlat qarorgohidan voz kechgan va Kishinyov turar joyidagi ikki xonali kvartirasida yashashni tanlagan. Bir kun oldin telekanallardan birida nutq so'zlagan Dodon Kondritsadagi turar joy uchun xarajatlarning pasayishini ko'rmayotganini aytdi. — Interfaks . Bloomberg xabariga ko'ra, xakerlar shifoxonalarda, politsiya uchastkalarida va ayrim kompaniyalarda o'rnatilgan 150 mingga yaqin kuzatuv kameralaridan olingan ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Gap internet orqali foydalanuvchilar tomonidan boshqarilishi mumkin bo'lgan Verkada kameralari haqida ketmoqda. Agentlikka o'zini xakerlardan biri deb tanishtirgan odam murojaat qildi. Bloomberg'ning yozishicha, hujum xalqaro xakerlar guruhi tomonidan videokuzatuv tizimini buzish qanchalik osonligini ko'rsatish uchun qilingan. Xususan, xakerlar Tesla'ning Shanxaydagi fabrikalari va omborlaridagi 222 kameradan, AQSH va Buyuk Britaniyadagi Cloudfare dasturiy ta'minotining xavfsizlik kameralariga, shuningdek, bir nechta kasalxonalar, maktablar, qamoqxonalar va politsiya uchastkalari kameralaridan ma'lumot olishdi. Verkada vakili «Biz har qanday ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun barcha ichki administratorlarning ma'lumotlarini o'chirib qo'ydik», deya xabar berdi nashrga. — Bloomberg . Boltiqbo'yi davlatlari infeksiya tarqalishining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqini foydalanilmaydigan koronavirusga qarshi vaksinalarni a'zo davlatlar o'rtasida qayta taqsimlash masalasini ko'rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda 10 mart kuni Bloomberg Litva, Latviya va Estoniya sog'liqni saqlash vazirlarining Yevropa sog'liqni saqlash komissari Stella Kiriakidesga yozgan qo'shma maktubiga asoslanib xabar berdi. «Vaksinalarni qayta taqsimlash mexanizmini joriy etish orqali emlash kampaniyalarini [o'tkazish] va a'zo davlatlar o'rtasida birdamlikni yanada mustahkamlash bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz samaradorligini oshirish haqida o'ylash juda muhimdir», deyiladi maktubda. Shu bilan birga, vazirlarning ta'kidlashicha, hozirgi kunda «Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib beriladigan vaksinalarning foydalanilmagan ortiqcha qismi to'planib bormoqda, bu esa o'z navbatida qisqa muddatli dori vositalarining yaroqsiz holatiga olib kelishi mumkin». Bundan tashqari, Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, fuqarolarning emlashdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlardan qo'rqishidan ba'zi bir dozadagi vaksinalar ishlatilmay qolmoqda. «Biz Yevropa Komissiyasini ajratish uchun imtiyozlarni asoslab beradigan va [dori-darmonlarni] eng katta ehtiyojga ega bo'lgan a'zo davlatlarga yetkazib berish mexanizmini yaratish bo'yicha faol choralarni ko'rishga chaqiramiz», deyiladi qo'shma bayonotda. — Bloomberg .
|
world
|
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax to'rt yil muddatga tashkilot prezidenti etib qayta saylandi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar berdi. Saylovlar qo'mitaning 137- sessiyasida onlayn shaklda o'tkazildi. Tomas Bax yagona nomzod bo'lgan. Baxni qayta saylash uchun 93 ta ovoz berilgan, bitta ovoz qarshi bo'lgan. Prezident vakolatlari Tokioda 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari yakunlanganidan keyin kuchga kiradi. Qilichbozlik bo'yicha Olimpiya chempioni, 67 yoshli Tomas Bax 2013 yilda sakkiz yillik muddatga qo'mita rahbari etib saylangan. Uning yangi prezidentlik muddati 2025 yilda tugaydi.
|
world
|
KXDR Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya fuqarosi AQSHga ekstraditsiya qilingani sababli Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi. Federal qidiruv byurosi (FBI) Malayziyada yashovchi shimoliy koreyalik ishbilarmonni BMT sanksiyalarini buzgan holda Singapurdan Pxenyanga taqiqlangan mahsulotlarni yetkazib berishda aybladi. Malayziya Oliy sudi uni ekstraditsiya qilish to'g'risidagi KXDR iltimosnomasini rad etib, AQSHga topshirishga ruxsat berdi. Pxenyanning aytishicha, tadbirkor "qonuniy tashqi savdo faoliyati" bilan shug'ullangan. "Bu voqea butun dunyoga hayratlanarli bo'lib, AQSHning mamlakatimizni yakkalash va bo'g'ishga qaratilgan dushmanlik siyosatidan hamda Malayziya hukumati tomonidan Amerika tarafdori xizmatkorligidan kelib chiqqan holda Koreyaga qarshi fitnaning aniq mahsuli hisoblanadi", deyiladi rasmiy bayonotda. Buning fonida Pxenyan "AQSHning bosimi foydasiga KXDRga qarshi dushmanlik qilgan" Malayziya bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi. Shimoliy Koreya Malayziya rasmiylari ikki mamlakat o'rtasida yuzaga keladigan barcha oqibatlarga to'liq javobgar bo'lishini ogohlantirdi. Pxenyan, shuningdek, AQSH "bu voqeada parda ortidagi manipulyator va asosiy aybdor" sifatida "munosib haq to'lashini" aytdi. — KCNA . Malayziya KXDRning ikki tomonlama diplomatik aloqalarni uzish to'g'risidagi qororini hurmatsizlik va do'stona emas deya atab, Shimoliy Koreya elchixonasi xodimlari va ularning oilalaridan 48 soat ichida mamlakatni tark etishlarini talab qildi. Bu haqda Malayziya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi . Tailand rasmiylari 1 apreldan mamlakatga kelgan fuqarolar uchun karantin muddatini ikki haftadan 10 kungacha qisqartirdi. Manbaning so'zlariga ko'ra, yangi chora pandemiya sababli mamlakatda iqtisodiyot va turizmning og'ir ahvoli bilan bog'liq holda amalga oshirilmoqda. Ta'kidlanishicha, karantin muddatining qisqartirilishi virusning yangi shtammlari qayd qilingan mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarga taalluqli emas. Shu bilan birga, 8 mart kuni mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi emlangan chet el fuqarolari uchun aprel oyidan boshlab majburiy karantin muddati yetti kungacha qisqartirilishini aytgan edi. — Sinxua . Norvegiya politsiyasi bosh vazir Erna Sulbergning 60 yoshini nishonlash paytida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun buzilgan bo'lishi mumkinligi bo'yicha tergov ishlarini boshlamoqda. "Tergov aslida nima bo'lganiga va faqat mahalliy yoki markaziy cheklovlar buzilganligiga oydinlik kiritadi", — deyiladi politsiya bayonotida. Politsiya mumkin bo'lgan qonunbuzarliklar to'g'risida ma'lumotni OAV materiallaridan va Sulbergning so'zlaridan olgan. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, fevral oyida bosh vazirning oilasi uning tug'ilgan kunini nishonlash uchun ikki marotaba yig'ilgan va pandemiya sababli mavjud cheklovlarga qaramay, har ikkala safar ham 10 dan ortiq kishi qatnashgan. — NRK . Yevropa mamlakatlari AstraZeneca preparati bilan koronavirusga qarshi emlashni qayta boshlashdi. Germaniya va Fransiya hukumatlari yaqin kelajakda aholini emlash jarayonini qayta tiklashga va'da berishdi. Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks 19 mart kuni aholining ushbu dori-darmonga bo'lgan ishonchini tiklash uchun shaxsan o'zi emlanishini aytdi. Italiya, Ispaniya, Bolgariya, Portugaliya va Sloveniya ham AstraZeneca vaksinasini qayta qo'llashni boshlaydi. Shvetsiya hanuzgacha uning xavfsizligi bo'yicha o'z tekshiruvini olib bormoqda. 18 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AstraZeneca vaksinasi bilan emlanishga va'da bergan edi. "Barchamizga imkon qadar tezroq emlanish kerak. Va ertaga o'zim emlanaman", — dedi u. U buni amalga oshiradigan vaksinatsiya markazida AstraZeneca va Oksford universitetining dori vositalari ishlatilishini ta'kidladi. — Bloomberg . Turkiyaning Kilis viloyati Suriyadan raketa hujumiga uchradi, deya xabar qildi Turkiya mudofaa vazirligi payshanba kuni kechqurun. "Suriyadan otilgan raketalar Kilis viloyatidagi cho'l zonasiga tushdi. Qurbonlar yo'q. Zarar ko'rilmadi", deyiladi bayonotda. Turkiya OAV mamlakat rasmiylariga murojaat qilib, o'q otish natijasida hech kim jabrlanmagan va turk harbiylari javob qaytarib o'q uzganini ta'kidlamoqdalar. — Turkiya Mudofaa vazirligi . Bundan avval Tanzaniya vitse-prezidenti bo'lgan Samiya Suluhu Hasan 19 mart kuni qasamyod qilib, mamlakat tarixida birinchi ayol prezident bo'ldi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV. "Men, Samiya Suluhu Hasan, halol bo'lishga, Tanzaniya konstitutsiyasiga rioya qilishga va uni himoya qilishga va'da beraman", — deya OAV prezidentning qasamyodidan iqtibos keltiradi. Tanzaniyaning sobiq prezidenti Jon Magufuli 17 mart kuni 61 yoshida vafot etdi. U 2015 yildan buyon davlat rahbari sifatida ishlab kelgan. — Интерфакс .
|
world
|
Germaniya kansleri Angela Merkel va federal shtatlarning ma'murlari, videokonferensaloqa orqali bo'lib o'tgan 11 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvdan so'ng, mamlakatda COVID-19 tarqalayotgani sababli joriy etilgan karantinni uzaytirishga kelishib oldilar, deya xabar bermoqda RBK. Karantin 18 aprelga qadar uzaytiriladi. Cheklov choralari nooziq-ovqat do'konlari, shuningdek mehmonxonalar, restoranlar, sport zallari va dam olish maskanlarining qisman yopilishini o'z ichiga oladi. Kansler fuqarolardan mamlakat ichkarisida ham, horijda ham sayohat qilmaslikka chaqirdi. Bundan tashqari, Merkel 1 apreldan 5 aprelgacha Pasxa ta'tillariga cheklovlar kuchaytirilishini e'lon qildi (katoliklar bu yil Pasxani 4 aprelda nishonlaydilar). Ushbu davrda oziq-ovqat do'konlaridan tashqari barcha do'konlar yopiq bo'ladi. Shu bilan birga, shaxsiy yig'ilishlar bitta xonadonda va besh kishi bilan cheklanib, jamoat yig'ilishlari taqiqlanadi.
|
world
|
Avstraliyada 22 mart kuni kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida toshqinlar sodir bo'ldi. Buning natijasida Port-Makkuori shahri va uning atrofidagi bir qator aholi punktlaridan 18 ming kishi evakuatsiya qilindi. 23 mart kuni yana 15 ming kishi evakuatsiya to'g'risida ogohlantirildi. Avstraliya hukumati suv toshqinidan zarar ko'rgan hududlarga yordam berish uchun armiyani jalb qilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Skott Morrison ma'lum qildi. «Avstraliya mudofaasi harbiylari mamlakat sharqidagi toshqin qurbonlarini evakuatsiya qilishda yordam berishadi. Yangi Janubiy Uels rasmiylari Richmond shahri va Kolo daryosi havzasidagi odamlarni qutqarish uchun harbiy vertolyotlarni yuborishga yordam so'radi. 500 dan 1000 nafargacha bo'lgan askar va ofitserlarning safarbar etilishi ko'rib chiqilmoqda, agar kerak bo'lsa, zarar ko'rgan hududlarga yuboriladi», dedi Morrison. — TASS . Myanmada xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to'qnashuvda kamida 164 namoyishchi halok bo'ldi. Bu haqda Reuters 22 mart kuni harbiylarning rasmiy vakili Zo Min Tunga tayanib ma'lum qildi. «Ularning vafot etganidan afsusdaman, chunki ular ham ushbu mamlakat fuqarolari», deya ta'kidladi u. Namoyishlar natijasida xavfsizlik kuchlarining to'qqiz xodimi ham halok bo'lgani aytildi. Oldinroq Myanmadagi siyosiy mahbuslarga yordam berish uyushmasi 1 fevraldan beri namoyishchilar va xavfsizlik xizmati xodimlari o'rtasidagi to'qnashuvda 250 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi . — Reuters . 1 fevral kuni Myanmada hukumat rahbarlari harbiylar tomonidan hibsga olingani va mamlakatda bir yilga favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar bergan edik . Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning rafiqasi Kim Chjon Suk AstraZeneca vaksinasi bilan emlandilar. Emlanish Seul markazidagi prezident qarorgohi — Moviy uy yaqinidagi tuman klinikasida o'tkazildi. Mamlakat rahbari va birinchi xonimidan tashqari, Koreya Respublikasi hukumatining to'qqiz nafar vakili ham koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya Buyuk Britaniyada 11−13 iyun kunlari bo'lib o'tadigan G7 sammitiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirildi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Mun Chje In AstraZeneca vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi «xalqaro miqyosda» tasdiqlanganligini aytdi. U mamlakat aholisini vaksinaning xavfsizligiga shubha qilmaslikka va emlanishga chaqirdi. — Yonhap News Agency . Buyuk Britaniya rasmiylari xalqaro sayohatlardagi taqiqni iyul oyigacha uzaytirishni rejalashtirishmoqda, qoidabuzarlarga 5 ming funt sterling (6,9 ming dollar) miqdorida jarima solinishi ko'zda tutilgan. The Times'ning xabariga ko'ra, hukumat 22 mart kuni deputatlarga tegishli tavsiyalar bergan. Ushbu masala bo'yicha ovoz berish 25 martga belgilandi. Nashrning ta'kidlashicha, 30 iyunga qadar zarur deb hisoblanmaydigan barcha chet el safarlari taqiqlangan bo'lib qoladi. Ish, o'qish, davolanish uchun chet elga chiqish, o'lim to'shagida bo'lgan qarindoshi yoki do'stiga tashrif buyurish, uylanish yoki yaqin qarindoshining to'y marosimida qatnashish, mol-mulkni ko'chirish yoki sotish uchun istisnolar amalga oshiriladi. Chet ellik sayyohlarning qirollikka kirishi bilan bog'liq yangi tafsilotlar yo'q. Ammo, yozilishicha, Buyuk Britaniyaga kirish uchun majburiy karantin qoidalari avgust-sentyabr oylariga qadar yumshatilishi kutilmayapti. Endi har qanday mamlakatdan kiradiganlar 10 kun o'z-o'zini yakkalaydi, shuningdek, koronavirusga qarshi kamida uchta testdan o'tishi kerak — biri kirishdan oldin, ikkitasi — kelgandan keyin, karantinning ikkinchi va sakkizinchi kunlarida. — The Times . BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus pandemiyasi sharoitida osiyoliklarga nisbatan kamsitish va hujumlardan xavotir bildirdi. «Bosh kotib COVID-19 pandemiyasi paytida osiyoliklarga va osiyolik millatiga mansub kishilarga nisbatan zo'ravonlik ko'payganidan chuqur xavotirda», deyiladi bayonotda. Bosh kotib «dahshatli halokatli hujumlar, og'zaki va jismoniy zo'ravonlik, maktablarda bezorilik, ish joyidagi kamsitish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda nafratni qo'zg'atish, hokimiyatdagi odamlarning provokatsion bayonotlari» ga e'tibor qaratdi. «O'tgan yil davomida minglab hodisalar asrlar osha toqat qilmaslik, stereotip, ekspluatatsiya va zo'ravonlik holatiga aylandi», deya qo'shimcha qildi Guterrish. — BMT veb-sahhifasi . Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aholini COVID-19 koronavirusiga qarshi emlash imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga chaqirdi. Emlash markaziga tashrif buyurish chog'ida, Makron vaksinatsiya «maksimal» bo'lishi kerakligini va haftada yetti kun «ertalab, kunduzi va kechasi» o'tkazilishi kerakligini aytdi. «Emlash uchun dam olish yoki ta'til kunlari bo'lmasligi kerak», dedi Fransiya rahbari. Shuningdek, u 27 mart kunidan boshlab 70 yoshdan oshgan insonlar Fransiyada koronavirusga qarshi vaksinani olishlari mumkinligini ma'lum qildi. Bungacha, 65 yoshdan 74 yoshgacha bo'lgan odamlar, agar ularda og'ir kasalliklar bo'lsa emlanishi mumkin edi. — Interfaks .
|
world
|
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o'zini yaxshi his qilmoqda, deya mamlakat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga xabar bermoqda. Putin Rossiyaning uchta vaksinasidan qaysi birini tanlaganiga aniqlik kiritilmadi. Peskov «Rossiyaning uchta vaksinasi mutlaqo ishonchli va samarali» ekanligini ta'kidlagan holda, Kreml ataylab prezidentning qaysi vaksina bilan emlangani ko'rsatilmayotganligi haqida aytib o'tdi. «Rossiya rahbarining emlanishi boshqa mamlakatlardagi ba'zi siyosatchilar singari ommaviy tadbirdek bo'lmadi. Kameralar ostida emlash masalasiga kelsak, Putin buni yoqtirmaydi», — deyiladi xabarda.
|
world
|
Armaniston parlamentining «Moy shag» xukmron fraksiyasi rahbari Lilit Makunsning ma'lum qilishicha, mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste'fo beradi. Bu haqda Interfaks xabar berdi . Fraksiya rahbarining aytishicha, «hozircha aniq kuni ma'lum emas, lekin bu aprel oxirida ro'y beradi». Avvalroq Nikol Pashinyanning o'zi aprel oyida iste'foga chiqishi haqida ma'lum qilgan edi . Shuningdek, u bundan oldin 20 iyun kuni Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo'lib o'tishini e'lon qilgandi . Amaldagi parlamentni tarqatib yuborilishi uchun Armaniston bosh vaziri iste'foga chiqishi kerak bo'ladi. Agar parlament ikki marta yangi bosh vazir saylay olmasa, u avtomatik ravishda tarqatib yuboriladi, shundan so'ng yangi parlament saylovlari o'tkaziladi. Yangi bosh vazir parlamentda ko'pchilik tomonidan tayinlanishi lozim. Bundan tashqari, 7 aprel kuni Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan .
|
world
|
Iordaniya shahzodasi, mamlakat qirolining o'gay ukasi Hamza ibn Husayn xorijiy davlatlar bilan fitna uyushtirib, mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirishni rejalashtirgan, deya ma'lum qildi Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi. 4 aprel kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida vazir davlatdagi vaziyatga to'xtalib, davlat to'ntarishini rejalashtirgan 20 ga yaqin kishining hibsga olinganligini tasdiqladi. U shahzoda bilan «fitna uyushtirgan davlatlar» nomini aytmadi. Iordaniya qirolining o'gay ukasi, sobiq valiahd shahzoda Hamza ibn Husaynning aytishicha, hozirda u uy qamog'ida . Shahzoda, shuningdek, rasmiylarni korrupsiyada va layoqatsizlikda ayblamoqda. «Iordaniya Qurolli kuchlari shtabi boshlig'i oldimga kelib, uyimdan chiqmasligim, odamlar bilan aloqada bo'lmasligim, hech kim bilan uchrashmasligim kerakligini aytdi», — dedi shahzoda. Unga ko'ra, u o'tkazgan bir qator uchrashuvlar va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar rasmiylarga yoqmagan, chunki u yerda shahzoda mamlakat rahbariyatini, shu jumladan Iordaniya qiroli Abdulla IIni tanqid qilgan. Hamza ibn Husayn harbiylarga bo'ysunishdan bosh tortmoqda. Iordaniyadagi harbiylar bundan oldin shahzodani uy qamog'ida ushlab turish to'g'risidagi xabarlarni rad etishgan, ammo qirolning o'gay ukasiga mamlakat «xavfsizligi va barqarorligiga» zarar yetkazishi mumkin bo'lgan harakatlarni to'xtatish buyrug'i berilganligini tushuntirishgan. 3 aprel kuni davlat xavfsizligini ta'minlash operatsiyasi doirasida bir necha kishi hibsga olingani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Hibsga olinganlar orasida, BBC ta'kidlaganidek , qirol oilasining yana bir a'zosi, shuningdek, sobiq moliya vaziri ham bor. Bir qator arab davlatlari ham Iordaniya rasmiylarini qo'llab-quvvatlashlarini bildirishdi. — Gazeta.uz Myanmada namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari xodimlari o'rtasidagi to'qnashuvlarda halok bo'lganlar soni 1 fevraldan beri 564 kishiga yetdi. Bu haqda 4 aprel kuni Myanmadagi siyosiy mahbuslarga yordam berish uyushmasi (AAPPB) xabar qilgan. «4 aprel holatiga ko'ra davlat to'ntarishi natijasida 564 kishi halok bo'ldi», deyiladi xabarda. Uyushma ma'lumotlariga ko'ra, 2667 kishi hibsda, 38 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan. Qo'shimcha 425 namoyishchiga qarshi hibsga olish to'g'risida order berildi. 3 aprel kuni The Irrawaddy nashri Save the Children jamg'armasiga asoslanib, mamlakatda kamida 43 nafar voyaga yetmaganlarning vafot etgani haqida xabar berdi . — AAPPB . 1 fevral kuni Myanmada harbiylar hokimiyatni qo'lga olib, bir yilga favqulodda holat e'lon qilishdi . Parij prokuraturasi ba'zi vazirlarning restoranlarda yashirincha kechki ovqatlarni o'tkazgani haqidagi xabarlarni tekshirishni boshladi. Parij politsiya prefekturasi, o'z navbatida, tergovning maqsadi «amaldagi sanitariya-epidemiologiya cheklovlariga zid bo'lgan barcha maxfiy o'tirishlar tashkilotchilari va ishtirokchilarini aniqlash» ekanligini ko'rsatdi. Surishtiruv M6 telekanali «bir qator vazirlar» Parijdagi hashamatli restoranlarga yashirincha tashrif buyurganliklari haqidagi xabarlarni berganidan keyin boshlandi. Europe 1 radiostansiyasi ma'lumotlariga ko'ra, bunday restoranlarda bir kishi uchun kechki ovqat narxi 160 dan 490 yevrogacha yetishi mumkin. Shundan so'ng, Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ijtimoy tarmoqlarda «tasdiqlangan taqdirda, ushbu maxfiy kechki ovqatlarning tashkilotchilari va ishtirokchilarini sudga berish uchun taqdim etilgan faktlarning to'g'riligini tekshirish uchun Parij politsiya prefekturasiga murojaat qilganini» yozdi. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish choralari doirasida Fransiyadagi restoranlar oktyabr oyidan beri yopiq. — Interfaks . Yaponiya aholisining deyarli 60 foizi mamlakat bosh vaziri Yosixide Suganing zudlik bilan yoki sentyabr oyida, uning hukmron Liberal-Demokratik Partiya (LDP) rahbari sifatida muddati tugashi bilan iste'foga chiqishini yoqlamoqda. Buni 5 aprel kuni Yomiuri nashri 2−4 aprel kunlari mamlakat bo'ylab o'tkazgan so'rovnoma javoblari asosida ma'lumot berdi. Unda 18 yoshdan 75 yoshgacha bo'lgan mingdan ortiq yaponiyaliklar qatnashdi, so'rov kompyuterdan tasodifiy tanlab olish orqali o'tkazildi. Respondentlarning 12 foizi bosh vazirning zudlik bilan iste'foga chiqishini yoqlamoqda. 47 foizi u sentyabr oyida hukmron partiyaning yetakchisi sifatida muddati tugagandan so'ng lavozimini tark etishi kerak deb hisoblaydi. Yosixide Suga o'tgan yilning sentyabr oyida Sindzo Abening sog'lig'i sababli iste'foga chiqqandan so'ng bosh vazir lavozimini egallagan edi. Hozirgacha Suga hukumat rahbari sifatida faqat sentyabr oyigacha, hukmron partiya yetakchisiga navbatdagi rejalashtirilgan saylovlar tugaguniga qadar ishlaydi. Amaldagi bosh vazir saylovlarni yutib olish uchun katta imkoniyatga ega, ammo, Yomiuri`ning yozishicha, uning mavqei yutuqlari yetishmasligidan aholi noroziligining kuchayishi tufayli zaiflashmoqda. — TASS (Yomiuri). Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'ziga davlat rahbari lavozimiga qaytadan nomzodini qo'yish huquqini beruvchi qonunni imzoladi. Qonunning bir qator bandlari konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartishlar ijrosidan kelib chiqib tayyorlangan. Asosiy qonunga kiritilgan o'zgartishlardan biriga muvofiq, prezidentlik muddatlari sonini cheklovchi bandlar bekor bo'ldi. Hujjatga ko'ra, mamlakatda eng kamida 25 yil doimiy yashagan, 35 yoshdan kichik bo'lmagan, shuningdek, muqaddam boshqa bir davlat fuqaroligiga yoki yashash guvohnomasiga ega bo'lmagan RF fuqarosi davlat rahbari etib saylanishi mumkin. — Gazeta.uz Iste'fodagi 104 admiral Istanbul kanali qurilishi munosabati bilan Bosfor va Dardanel bo'g'ozlari maqomiga oid Montryo konvensiyasini qayta ko'rib chiqish xavfi haqida ogohlantirgandan so'ng, Turkiya hukumati 10 nafar sobiq harbiyni hibsga oldi. Ularning maktubi demokratik yo'l bilan saylangan hukumat ishiga aralashishga urinish sifatida baholandi. Poytaxt prokuraturasi dalillarning yo'q qilinishiga yo'l qo'ymaslik va voqeaga aloqador boshqa gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun iste'fodagi 10 admiral hibsga olinganligini ma'lum qildi. Yana to'rt nafar gumonlanuvchi yoshi kattaligini hisobga olib hibsga olinmagan. Hibsga olinganlar orasida Turkiyaning yangi «Moviy Vatan» dengiz doktrinasi asoschilaridan biri Jem Gurdeniz ham bor. Ushbu doktrinaga ko'ra, Turkiya katta dengiz hududlariga, shu jumladan ba'zi yunon orollari suvlariga bo'lgan huquqlarga ega. 1936 yildagi Montryo konvensiyasi Turkiyaning Bosfor va Dardanel bo'g'ozlari ustidan hukmronligini tikladi. Tinchlik davrida ham, urush davrida ham har qanday mamlakatning savdo kemalari ushbu bo'g'ozlardan erkin o'tish huquqini saqlab qoladi. Bundan tashqari, tinchlik davrida bu konvensiya Qora dengiz davlatlariga tegishli har qanday sinfdagi harbiy kemalarning bo'g'ozlar orqali erkin o'tishiga imkon beradi. Qora dengizga kirmaydigan davlatlarning harbiy kemalari uchun Qora dengizda turi, og'irligi va vaqti uchun cheklovlar mavjud. Birinchi marta Erdog'an 2011 yilda Istanbul kanalini qurish g'oyasini ilgari surgan edi. O'shanda u Bosforda yuk tashish qisqarishi yoki umuman to'xtatilishi mumkinligini aytdi, bu esa Montryo konvensiyasiga ziddir. Loyihani 2023 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. — Daily Sabah . Yaponiya banki (markaziy bank) o'zining raqamli valyutasini chiqarish imkoniyatlarini sinab ko'rish bo'yicha eksperimentning birinchi bosqichini boshladi. Ta'kidlanishicha, kelgusi yilning mart oyigacha davom etadigan birinchi bosqichda yangi tizim uchun sinov muhiti ishlab chiqiladi. Shuningdek, raqamli valyutaning asosiy funksiyalari, shu jumladan emissiya va sotib olish bilan tajriba o'tkazish rejalashtirilgan. Ma'lumot uchun, Xitoy o'tgan yili raqamli yuan chiqarish bo'yicha sinovlarni o'tkazishni boshladi. Yevropa Markaziy banki (YeMB) raqamli yevroni ushbu o'n yillikning o'rtalarida chiqarishni rejalashtirmoqda. — Yaponiya banki . Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi elektromobillar, aqlli uylar, robotlar, sun'iy intellekt ehtiyot qismlariga ko'proq e'tibor qaratish maqsadida smartfonlar ishlab chiqarishni to'xtatayotganini e'lon qildi. Mobil bo'linma 31 iyulga qadar butunlay yopilishi aytilmoqda. LG'ning chiqarilgan telefonlari bozorda mavjud bo'lib qoladi va kompaniya bir muncha vaqt xizmatni qo'llab-quvvatlaydi va dasturiy ta'minotni yangilaydi. The Korea Times yanvar oyida kompaniya mobil bo'linmasini yopishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yildan beri kompaniya 4,5 mlrd dollar zarar ko'rgan. — Gazeta.uz
|
world
|
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olmpiya o'yinlarida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Sports in DPR Korea`ga tayanib. "KXDR Olimpiya qo'mitasi umumiy yig'ilish va muhokamadan so'ng, qo'mita a'zolarining taklifiga binoan, sportchilarni xavfli virus (koronavirus — tahr. ) sabab kelib chiqqan global sog'liqni saqlash inqirozidan himoya qilish maqsadida 32-Olimpiya o'yinlarida qatnashmaslikka qaror qildi", — deya xabar bermoqda portal. Ma'lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab Tokio Olimpiadasi 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgan edi. Bu yilgi o'yinlar 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tadi. Olimpiada tashkiliy qo'mitasi COVID-19 tarqalishi xavfi sababli Yaponiyada o'yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o'tkazish to'g'risida qarorni rasman e'lon qildi.
|
world
|
Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko'rsatgan itboqar unvonlari ta'sis etildi. Ularga bir martalik mukofot pullari va oylik pul mablag'lari berilishi ko'zda tutilmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi . Xalq itboqari unvoniga sazovor bo'lganlarga eng kam ish haqi (2021 yil 1 yanvardan 957 manat yoki 6 aprel holatida taxminan 273 dollar)ning 5 baravari miqdorida bir martalik mukofot va oylik, pensiya, nafaqa va stipendiyalariga eng kam ish haqining 30% miqdorida oylik ustama qo'shiladi. Bu haqda prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning tegishli qonunlarini nashr etuvchi «Neytralniy Turkmenistan» gazetasi yozmoqda. Turkmanistonning xizmat ko'rsatgan itboqar unvonini olganlarga esa eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida bir martalik mukofot va har oy eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida ustama beriladi. Mamlakatning xalq itboqari unvoni «Turkmaniston mustaqilligi yillarida xalqning milliy qadriyatlaridan biri bo'lgan turkman alabaylarining dunyo miqyosidagi obro'sini oshirishga katta hissa qo'shgan» shaxslar uchun beriladi. Turkmanistonda xizmat ko'rsatgan itboqar unvoni «turkman xalqining eng boy madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan turkman alabaylarini boqish va naslini ko'paytirishda katta xizmat qilgan» shaxslarga beriladi. Ushbu mukofotlar Turkmaniston fuqarolariga, shuningdek, chet elliklarga ham berilishi mumkin.
|
world
|
Xitoy TIV Yaponiya hukumatining Fukusima-1 AESdan okeanga suv oqizish to'g'risidagi bir tomonlama qaroridan xavotirda ekanligini ta'kidladi. "13 aprel kuni Yaponiya hukumati Fukusima AESdan chiqadigan suvlarni okeanga oqizishga qaror qildi. Yaponiyaning yaqin qo'shnisi va manfaatdor tomon sifatida Xitoy bundan jiddiy xavotirda", — deyiladi vazirlik xabarida. Bayonotda Yaponiyaning qarori "ichki va tashqi shubha va e'tirozlarga qaramay, qo'shni davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan keng qamrovli maslahatlashuvlarsiz" qabul qilinganligi qayd etilgan. Shuningdek, "barcha tegishli mamlakatlar va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan kelishuvlarga erishilmaguncha" okeanga suvlarni oqizishga ruxsat berilmasligi kerak, deyiladi TIV xabarida . O'z navbatida, Janubiy Koreyaning davlat siyosatini muvofiqlashtirish idorasi rahbari Ku Yun Chxolning ta'kidlashicha , Seul Yaponiya hukumatining Fukusima AESdan ifloslangan suvni okeanga oqizish to'g'risidagi qaroridan chuqur afsusda. Uning so'zlariga ko'ra, hukumat Janubiy Koreya aholisini ifloslangan suv xataridan himoyalashni ta'minlash prinsipiga muvofiq barcha choralarni ko'radi. AQSH Yaponiya ushbu masalasiga mas'uliyat bilan yondashganiga umid qilmoqda va bu masalada hukumat bilan kelgusida muvofiqlashtirishga umid qilmoqda . MAGATE Yaponiyaning ushbu qarorini qo'llab-quvvatlaydi . Yaponiya hukumati 13 aprel kuni shikastlangan "Fukusima-1" AESning katta miqdordagi suvlarini okeanga oqizishga ruxsat berdi . Hozirda suvda zararli tritiy moddasi mavjud, lekin mamlakat uning miqdorini sezilarli darajada pasaytirishini ma'lum qildi. AQSH FRGdagi harbiy kuchlarini 500 kishiga ko'paytirshni rejalashtirmoqda. Bu haqda 13 aprel kuni Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Berlindagi amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan muzokaralar yakunlari bo'yicha aytib o'tdi. "FRGdagi qo'shinlar 500 kishiga ko'paytiriladi. Bu birdamlikning kuchli belgisidir", dedi u. Vazir harbiylar qachon kelishi, ular qaysi bazada joylashtirilishi va qanday vazifalarni bajarishini aniq aytmadi. AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp, agar Berlin qo'shinlarni joylashtirish uchun pul to'lamasa va NATO doirasidagi kelishuvlarga muvofiq mudofaa xarajatlarini ko'paytirmasa, Vashington FRGdagi harbiy kontingentining sonini 34,5 ming kishidan 25 ming kishiga kamaytiradi, deb aytgan edi. Amaldagi prezident Jozef Bayden bu rejalardan voz kechdi. — TASS . Myanmada qizg'inlarning kuchayishi 2011 yilda Suriyada bo'lgani kabi to'laqonli qurolli to'qnashuvlarga olib kelishi mumkin, dedi BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Mishel Bachelet. "Men Myanmadagi vaziyat keng miqyosli mojaro tomon harakatlanishidan xavfsiramoqdaman. Boshqa mamlakatlar Suriyada va boshqa joylarda sodir bo'lgan o'tmishdagi halokatli xatolarni takrorlashga yo'l qo'yilmasligi kerak", dedi u. "Shubhasiz, 2011 yildagi Suriyadagi voqealar aks-sadosi sezilmoqda. Biz u yerda ham tinch norozilik namoyishlarini ko'rdik, keraksiz va tartibsiz ravishda kuch ishlatdik", — deya izohladi u. Uning so'zlariga ko'ra, Myanma harbiylari namoyishchilarga qarshi harakatlarini kuchaytirishni maqsad qilgan ko'rinadi va o'tgan hafta oxirida mamlakatning turli hududlarida zo'ravonliklar kuzatilgan: masalan, Bago shahrida juma va shanba kunlari 82 kishi o'ldirilgan. Hammasi bo'lib kamida 3080 kishi hibsga olingan va hibsga olishlar davom etmoqda, deb aytdi Bachelet. Komissar, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni aralashishga chaqirib, "qoralashni va cheklangan maqsadli sanksiyalar" hozirgi vaziyatda yetarli emasligini ta'kidladi. — Deutsche Welle . Isroil 23 maydan koronavirusga qarshi antitanachalari bo'lgan sayyohlar uchun o'z chegaralarini ochadi. "13 aprel kuni Sog'liqni saqlash vazirligi va Turizm vazirligining qo'shma ishchi guruhi emlangan va koronavirusdan davolanib chiqqan bo'lgan sayyohlar uchun Isroil chegaralarini ochish to'g'risida qaror qabul qilganligini e'lon qildi. Birinchi bosqichda bu belgilangan kvotaga muvofiq kichik guruhlar bo'ladi. Dastlabki natijalarni tahlil qilgandan so'ng, sayyohlik oqimini ko'paytirish va sayohatchilarni qabul qilish imkoniyati o'rganiladi", — deyiladi xabarda. Shuningdek, barcha sayyohlar parvozdan oldin PZR sinovidan o'tishi va Ben Gurion aeroportiga yetib borganida antitanachalar borligini tasdiqlash uchun serologik tekshiruv o'tkazishi kerakligi haqida ma'lum qilindi. Shu bilan birga, Isroil boshqa mamlakatlar bilan bir turdagi emlash sertifikatlarini tan olish to'g'risida muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda, bu serologik tekshiruvga ehtiyojni yo'q qiladi. — Interfaks . Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy o'zi saqlanayotgan Vladimir viloyatidagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. "Gap shundaki, ular menga Qur'on kitobimni bermayapti. Va bu mening jahlimni chiqarmoqda. Meni qamoqqa tashlashganlarida o'zimni rivojlantirishga xizmat qiladigan narsalar ro'yxatini tuzgandim. Shulardan biri Qur'on va payg'ambarning sunnatlarini chuqur o'rganish va tushunish bo'lgan", deya izoh berdi Navalniy. Uning so'zlariga ko'ra, bir oy oldin koloniyaga tushganida, u o'zi bilan birga kitoblar olib kelgan, shuningdek, buyurtma bergan, ammo hozirgacha unga bitta ham kitob berilmagan. "Chunki ularning barchasi ekstremizmga tekshirilishi kerak. Bunga uch oy vaqt ketadi", — dedi Navalniy. — Navalniyning Instagram'dagi sahifasidan . 3 fevral kuni sud Aleksey Navalniyga tayinlangan shartli hukmni qamoq jazosiga o'zgartirgani va u 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik . JSST 13 aprel kuni barcha mamlakatlar rasmiylarini yuqumli kasalliklar, xususan COVID-19 tarqalishi xavfi tufayli bozorlarda yovvoyi sutemizuvchilar savdosini cheklash choralarini ko'rishga chaqirdi. "JSST, shuningdek, Hayvonlar sog'lig'ini himoya qilish xalqaro tashkiloti va BMTning atrof-muhit dasturi shoshilinch choralar sifatida milliy vakolatli organlaridan oziq-ovqat yoki naslchilik maqsadida tirik ovlangan yovvoyi sutemizuvchilar savdosini to'xtishni va oziq-ovqat bozorlaridagi tegishli bo'limlarni yopishni talab qilmoqda", — deyiladi bayonotda. Hujjatda ta'kidlanishicha, davlatlar hokimiyati tavsiya etilgan choralarni darhol qabul qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqishi kerak. Ta'kidlanishicha, bunday choralar "samarali qoidalar qabul qilinmaguncha va xavfni yetarli darajada baholash amalga oshirilgunga qadar" amal qilishi kerak. JSST "zoonoz kasalliklar (hayvonlardan yuqadigan) yuqish xavfini kamaytirish uchun an'anaviy oziq-ovqat bozorlarida gigiyena va sanitariya holatini yaxshilash bo'yicha me'yoriy-huquqiy bazani kuchaytirishga" chaqirdi. Bundan tashqari, tashkilot hozirgi pandemiya paytida bozorlarda qo'llarni yuvish va dezinfeksiya qilish punktlari bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi. — JSST . Federal Sog'liqni saqlash va odamlarga xizmat ko'rsatish vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi (CDC) va Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) Johnson & Johnsonning vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlashga to'xtatishni tavsiya qildi. "Ushbu vaksinadan ehtiyot chorasi sifatida foydalanishni to'xtatib qo'yishga tavsiya qilamiz", deyiladi bayonotda. Regulyatorga ko'ra, mutaxassislar preparatni qo'llash bilan trombozlarning shakllanishi o'rtasidagi bog'liqlikni tekshirmoqdalar. — FDA .
|
world
|
AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi qator terroristik hujumlarning 20 yilligiga — 11 sentyabrga qadar AQSH qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqishini ma'lum qildi. "Biz qolgan qo'shinlarni tartibli ravishda 1 mayga qadar chiqarishni boshlaymiz va AQSHning barcha qo'shinlarini 11 sentyabrning 20 yilligiga [11.09.2001] qadar mamlakatdan olib chiqishni rejalashtirmoqdamiz", — dedi u va "chiqib ketish so'zsiz" bo'lishini qo'shimcha qildi. Uning ta'kidlashicha, NATO ham o'z qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqadi. "Biz NATOdagi ittifoqchilarimiz va operatsiyalar bo'yicha sheriklarimiz bilan qo'shinlarni qisqartirish masalasini muhokama qildik. Ushbu operatsiya davomida ular bilan qat'iyan birga bo'lamiz. Birgalikda boshladik, birgalikda muvofiqlashdik va endi [Afg'onistonni] tark etishga tayyorlanamiz", — dedi prezident. — Oq uy veb-sahifasi . Buyuk Britaniya AQSH ma'muriyatining ushbu qaroridan so'ng Afg'onistondan deyarli barcha qo'shinlarini olib chiqishini e'lon qildi. The Times'ning yozishicha , hozirda Afg'onistonda 750 ga yaqin ingliz qo'shini bor, ularning asosiy vazifasi Kobulda patrullik qilish va mahalliy harbiylarni tayyorlashdir. Nashrning o'z manbalariga tayanib yozishicha, mamlakat AQSH qo'shinlari ko'magisiz va harbiy bazalarisiz mamlakatda bo'lishni davom ettirish qiyin bo'ladi. Shuningdek, yozilishicha, mamlakat Sandhurst in the Sands deb nomlangan o'quv-mashg'ulot lageri ustidan nazoratni mahalliy hukumatga topshirish rejalarini ishlab chiqmoqda. Ushbu baza hududida ingliz harbiylari afg'on askarlarini o'qitgan. Tolibon barcha xorijiy qo'shinlar Afg'onistondan chiqarilguniga qadar xalqaro konferensiyalarda qatnashmasligini e'lon qildi. "Barcha xorijiy kuchlar bizning vatanimizni tark etguniga qadar biz Afg'oniston kelajagi to'g'risida qaror qabul qilishga bag'ishlangan konferensiyalarda qatnashmaymiz", dedi Tolibonning Qatardagi vakolatxonasi vakili Muhammad Naim. Turkiya kelgusi ikki hafta ichida aniqlangan COVID-19 infeksiyasi holatlari sonining ko'payishi sababli mamlakatda qisman lokdaunni joriy qilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Tayyip Erdog'an bayonotiga asoslanib Anadolu agentligi xabar bermoqda. "Turkiya COVID-19ga qarshi choralarni kuchaytiradi va Ramazonning dastlabki ikki haftasida qisman lokdaunni joriy qiladi", deya agentlik davlat rahbarining so'zlarini keltiradi. Bundan tashqari, shaharlar o'rtasida sayohat qilish taqiqlandi. — Anadolu . 2020 yil kuzida Tog'li Qorabog'dagi urush paytida, 14 aprel holatiga ko'ra, 3621 harbiy xizmatchining o'limi tasdiqlandi, dedi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan. 321 kishi bedarak yo'qolganlar ro'yxatiga kiritilgan, deya ta'kidladi u. Unga ko'ra, 201 kishining jasadi va qoldiqlari DNK tekshiruvidan o'tkazilmoqda. "Bundan tashqari, aniqlangan 100 dan ortiq odamlarning jasadlari bor, ammo qarindoshlari ushbu faktni qabul qilishdan bosh tortib, jasadlarini olib ketishmayapti", dedi Pashinyan. Ayni paytda Qorabog' mojarosi zonasida halok bo'lganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. — TASS . Qorabog' mojaro zonasida harbiy harakatlar 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan . 10 noyabrga o'tar kechasi Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o't ochishni to'xtatish va Rossiya tinchlikparvar kuchlarini kiritish, shuningdek, hududdagi bir necha viloyatlarni Ozarbayjonga o'tkazish to'g'risida uch tomonlama bayonot qabul qildilar . Meksikadan boshpana izlamoqchi bo'lgan chet el fuqarolari soni muttasil o'sib bormoqda, 2014 yildan 2019 yilgacha ko'rsatkich 30 barovar oshdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi 13 aprel kuni e'lon qilgan bayonotida aytilgan. "2021 yil mart oyida 9076 ta so'rov yuborildi [Meksikalik qochqinlar komissiyasiga], bu bir oy ichida eng yuqori ko'rsatkichdir", deyiladi hujjatda. Ushbu o'sish 2014 yilda boshlangan o'sish tendensiyasini aks ettiradi va mamlakat arizalarni ko'rib chiqish va qochqinlarni birlashtirish imkoniyatlarini oshirishi bilan davom etdi. 2014−2015 yillarda Meksikada ro'yxatdan o'tgan boshpana so'rovlar soni 2137 dan 70302 gacha o'sdi (3000 foizdan oshdi)". Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakat hukumati 70 foizga yaqin murojaatlarni Gvatemala bilan chegaradosh janubiy Chyapas shtatidan qabul qilgan. Mart oyida Meksika hukumati AQSHga kirmoqchi bo'lgan noqonuniy muhojirlarning ko'payishiga javoban xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun janubiy chegaraga ko'plab qo'shinlar va Milliy gvardiya jangchilarini yubordi. — TASS . AQSH prezidenti Jo Bayden ma'muriyati BAA bilan 23 mlrd dollarlik qurol-yarog' kelishuvini amalga oshirmoqchi. Yetkazib berish sanalari 2025 yildan keyingi davrga rejalashtirilgan. O'tgan yil oxirida mamlakatning Lockheed Martin F-35 rusumidagi 50 ta qiruvchi samolyoti hamda 18 ta MQ-9B razvedkachi uchuvchisiz samolyotini BAAga sotishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilingan edi. Kelishuvning umumiy qiymati 23,37 mlrd dollarga teng bo'lgan. Nashrning ta'kidlashicha, ushbu bitim Isroil va BAA o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni to'liq normallashtirish to'g'risidagi kelishuvdan so'ng e'lon qilindi. — The Hill . Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlashdan voz kechgan dunyodagi birinchi mamlakat bo'ldi. Ushbu qaror emlanganlarda kamdan-kam hollarda tromboz holatlari kuzatilishi bilan izohlanadi. Daniya sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil dori-darmonlarning mavjudligi fonida vaksinadan voz kechishga qaror qilinganini ta'kidladi. Biroq, shu sababli, aholini emlash jadvali uch haftaga o'zgartiriladi va u avgust oyining o'rtalariga qadar davom etadi. — Copenhagen Post .
|
world
|
The Henley Pasport Index reytingida O'zbekiston o'tgan yilgiga nisbatan bir pog'onaga ko'tarilib, 85-o'rinni egalladi, deya xabar bermoqda Spot.uz. Reytingga ko'ra O'zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz yoki yetib borgach viza olish orqali sayohat qilishlari mumkin. O'zbekiston bilan bir pog'onada (85-o'rin), shuningdek Kot-d'Ivuar mamlakati turibdi. Birinchi o'rinda Yaponiya bo'lib, mamlakat o'z fuqarolariga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda. Kuchli uchlikni, shuningdek Singapur (192 davlat), Germaniya (191 davlat) davlatlari to'ldirib turibdi. MDH davlatlari orasida ham yaxshilanish kuzatildi: Rossiya 48-o'rinda (118 davlat), Belarus 68-o'rinda (77 davlat), Qozog'iston 69-o'rinda (75 davlat), Tojikiston 84-o'rinda (58) va Turkmaniston 89-o'rinda (53 davlat). Eng so'nggi o'rinlarni esa Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg'oniston (26 davlat) egallagan.
|
world
|
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi ikki palatali parlament — Milliy kengashning Xalq maslahati palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda . Berdimuhamedov ushbu lavozimga yuqori palataning 14 aprel kuni bo'lib o'tgan birinchi majlisi chog'idagi yashirin ovoz berish yakunlari bo'yicha saylandi. «Men bu voqeani ulkan hurmat va butun xalq oldidagi katta mas'uliyat deb qabul qilaman», — deydi prezident. Yangi parlamentning faoliyati boshlanishiga atab Xalq maslahati apparati binosi ochildi. Balandligi 31,36 metr va uzunligi 112 metr bo'lgan majmua maydoni 6,39 gektar bo'lgan hududda joylashgan. Milliy kengash — parlamentning umumiy nomi, u ikki palatadan — Xalq maslahati (yuqori) va Xalq majlisidan (quyi) iborat. 2020 yil sentyabrda bo'lib o'tgan konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan Turkmanistonning Bosh qonuniga o'zgartirishlar va qo'shimchalar tasdiqlangan qarorga muvofiq, «Turkmaniston Milliy kengashi to'g'risida"gi qonun qabul qilingan. Uning asosida esa mamlakatda ikki palatali parlament tuzilgan edi. Avvalroq, Gurbanguli Berdimuhammedov Turkmaniston konstitutsiyasiga zid ravishda Xalq Maslahati Milliy Kengashi a'zoligiga saylangan edi .
|
world
|
Yevropa komissiyasi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi AstraZeneca kompaniyasi ustidan sudga shikoyat qilishini ma'lum qildi. Ushbu qarorga vaksinalarni yetkazib berish bilan bog'liq muammolar sabab bo'ldi. Joriy yilining birinchi choragida, kompaniya Yevropa Ittifoqi bilan shartnomada belgilangan 100 mln doza o'rniga 30 mln dozani mintaqa mamlakatlariga yetkazib berdi. Tanqislik Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi emlash kampaniyalariga jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Kompaniya ikkinchi chorakning oxiriga kelib 70 mln dozani yetkazib berishini taxminan qilgan, lekin shartnoma bo'yicha AstraZeneca 300 mln dozani yetkazib berishi kerak. Nashr manbalariga ko'ra, sudga murojaat qilishdan maqsad, kompaniyani vatsinalarning kelishib olingan miqdorini yetkazib berishni majburlashdir. — Politico . Mart oyining o'rtalarida Yevropaning bir qator mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo'llashni vaqtinchalik to'xtatib qo'ygan edi . Bir oy o'tgach Daniya vaksinadan butunlay voz kechdi . Joriy oyning boshida Yevropa dori vositalari bo'yicha agentligi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi va vaksinani qabul qilganlar orasida kuzatilgan tromboz holatlari orasida bog'liqlik borligi haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlagan edi . Foto: Atmosferadan kislorod ajratib oladigan maxsus qurilma / nasa.gov Perseverance nomli Mars yuzasida harakatlanuvchi qurilma ilk bor sayyora atmosferasidan kislorod ajratib oldi, deb xabar beradi NASA. Sinov paytida qurilma soatiga 6 grammga yaqin kislorod ishlab chiqardi. Ushbu miqdor odam uchun taxminan 10 daqiqalik normal hayotni ta'minlaydi, deya ta'kidladi kosmik agentlik. Umuman olganda, qurilma soatiga 10 grammgacha kislorod ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Qurilmaning funksiyalarini tekshirib olgandan so'ng, olimlar uni turli xil atmosfera sharoitida sinovdan o'tkazishni boshlaydilar. Kelajakda Marsda kislorod ishlab chiqarish texnologiyasi astronavtlarga sayyoraning o'zida raketa yoqilg'isi ishlab chiqarishga yordam beradi, shuningdek ularga nafas olish uchun mos muhit yaratadi, deya izoh berdi NASA. — NASA . Xalqaro Ona Yer kuni 22 aprelda nishonlanadi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu masala bo'yicha o'z murojaatida tabiat bilan urushni to'xtatish va global isishning oldini olish choralarini kuchaytirishga chaqirdi. «Insoniyat tabiiy boyliklarni shafqatsiz raivshda ekspluatatsiya qilishda davom etmoqda. Biz Yerning boyliklarini behuda sarf qilyapmiz, bu esa yovvoyi tabiat resurslarining kamayishiga olib keladi. Biz havo, quruqlik va dengizlarni axlatxonalar sifatida ko'rayapmiz», — dedi tashkilot rahbari. Uning so'zlariga ko'ra, bularning barchasi muhim ekotizimlarni halokat yoqasiga olib keldi. «Bunday harakatlar o'z joniga qasd qilishga o'xshaydi. Tabiat bilan bo'lgan urushimizni to'xtatish va uni davolash kerak», — dedi Guterrish. Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda sayyoramizdagi haroratning 1,5 darajadan oshishiga yo'l qo'ymaslik uchun iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda qat'iy choralarni ko'rish zarur. Bundan tashqari, BMT bosh kotibi bioxilma-xillikni muhofaza qilishni ta'minlash — flora va faunaning yo'qolib borayotgan turlarini saqlab qolish, shuningdek barqaror rivojlanish orqali ifloslanishni kamaytirishga chaqirdi. — Gazeta.uz AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning qirg'in qilinishini rasman tan olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal ismi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib. Ta'kidlanishicha, Bayden Usmonli turklari tomonidan 1915 yilda boshlangan armanlarning deportatsiyasi, ocharchilik va qirg'inlarini genotsid deb ataydi. Nashrning yozishicha, bu bayonot 24 aprel kuni har yili xotira kuniga bag'ishlangan nutq paytida aytiladi. Rasmiylarning qo'shimcha qilishicha, yakuniy qaror qabul qilinmagan, Bayden hanuzgacha boshqa prezidentlar singari qotillikni genotsid deb atamay, o'zinining chiqishini ramziy bayonot bilan cheklashga qaror qilishi mumkin. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Haberturk bilan suhbatda Baydenning mumkin bo'lgan genotsid haqidagi bayonoti ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarga zarar yetkazishini aytdi. — The Wall Street Journal . 1915 yilda Usmonli imperiyasida 1,5 mln nafargacha etnik armani o'ldirilgani, shu bilan birga, arman xalqining genotsidi bo'lganligini ko'plab davlatlar tomonidan tan olingan. 1965 yilda Urugvay birinchi bo'lib buni tan oldi, undan keyin Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Polsha, Litva, Slovakiya, Shvetsiya, Shveysariya, Gretsiya, Kipr, Livan, Kanada, Venesuela, Argentina, Braziliya, Chili, Vatikan, Boliviya, Chexiya, Avstriya, Lyuksemburg. Arman genotsidi Yevropa parlamenti va Butunjahon cherkovlar kengashi tomonidan ham tan olingan . Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (YeKPA) Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy bo'yicha rezolyutsiya qabul qildi. Rezolyutsiyaga ko'ra, Rossiya rahbariyati Navalniyni joriy yilning 7 iyunigacha ozod qilishi kerak. Qarorni 105 kishi qo'llab-quvvatladi, 26 kishi qarshi ovoz berdi va 11 kishi betaraf qoldi. YeKPA, shuningdek, Moskvani Navalniy ozod qilinishidan oldin «unga barcha kerakli tibbiy yordamni ko'rsatishga va uning huquqlarini to'la himoya qilishga», shu jumladan, o'zi tanlagan shifokorlar ko'rigidan o'tkazishga chaqirdi. Rossiyaning YeKPAdagi delegatsiyasi rahbari Pyotr Tolstoyning ta'kidlashicha, Rossiya ushbu rezolyutsiyani bajarmaydi va «rezolyutsiya tavsiya xususiyatiga ega, shuning uchun ular tavsiya qilaverishsin», deya ta'kidladi. 20 aprel kuni Yevropa Kengashining inson huquqlari bo'yicha komissari Dunya Miyatovich Rossiya hukumatini Navalniyni ozod qilishga va «sog'lig'ining jiddiy yomonlashishi munosabati bilan darhol tibbiy xizmatdan to'liq foydalanish imkoniyatini berishga» chaqirgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 19 aprel kuni «Rossiya Federatsiyasi hududidagi mahkumlar va mahbuslarning sog'lig'i holati boshqa davlatlar vakillari uchun qiziqish mavzusi bo'lmasin va bo'lmasligi kerak», deb aytdi. Shuningdek, Peskov huquq yoki qonunlarning buzilishi to'g'risida shikoyat va shubhalarni Rossiya prokuraturasiga yuborishni tavsiya qildi. — Interfaks . 21 aprel kuni Rossiya bo'ylab Navalniyni qo'llab-quvvatlash uchun mitinglar bo'lib o'tdi . Nigeriyaning shimoli-g'arbiy qismida Zamfara shtatida o'tgan kun davomida (21 aprel) kamida 45 kishi qaroqchilar tomonidan o'ldirildi. Qurolli to'dalar 21 aprel kuni Magami tumanidagi yettita qishloqqa hujum qilib, jami 45 nafar aholini, shu jumladan bolalarni o'ldirdilar, deb yozmoqda TASS mahalliy OAVga tayanib. Shtat hukumati qaroqchilarga qarshi kurashish uchun hududga maxsus kuchlarni yubordi. Zamfara shtatida 30 mingdan ortiq qaroqchining borligi aytilmoqda. Ularga qarshi 5 mingga yaqin xavfsizlik kuchlari kurash olib bormoqda. So'nggi oylarda Nigeriyaning bir necha shimoliy va markaziy qismida tinch aholiga qarshi to'da hujumlari sezilarli darajada ko'paymoqda. Eng ko'p hujumlar Zamfara, Kaduna, Sokoto va Katsina shtatlarida qayd etilgan. Endilikda jinoiy guruhlarning faoliyat zonasi mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqala boshladi, deya yozmoqda nashr. Qaroqchilar odamlarni o'ldiradi, to'lov uchun garovga oladi, mol o'g'irlaydi, aholini qo'rqitadi, har xil soliqlarni undiradi. Bunday sharoitda rasmiylar qaroqchilarga qarshi kurashish uchun maxsus politsiya va armiya bo'linmalaridan foydalanishga majbur bo'lmoqda. — TASS . Indoneziyaning KRI Nanggala-402 suvosti kemasi Bali yaqinida g'oyib bo'ldi. Kemada 53 nafar ekipaj a'zosi bor. Hozirda qidiruv ishlar ketmoqda. Nanggala suvosti kemasi torpeda mashg'ulotlarini o'tkazayotgan paytida aloqaga chiqmay qo'ydi. Ma'lumotlarga ko'ra, ehtimol, kema hozirda Shimoliy Bali suvlarida 700 metr chuqurlikdadir. 21 aprel kuni Bali orolining yaqinida, suvosti kemasi g'oyib bo'lgan joyda, neft to'kilgan izlari topildi. Indoneziya admiralining so'zlariga ko'ra, 21 aprel kuni g'oyib bo'lgan paytda, kemada 72 soatlik kislorod bo'lgan, kislorod ta'minoti 24 aprel, shanba kuni butunlay tugaydi . Yo'qolgan suvosti kemasini qidirishda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya va Avstraliya o'z yordamlarini taklif qilishdi. Singapur va Malayziya kema yo'qolgan joyga qutqaruv kemalarini jo'natishgan. — RBK .
|
world
|
Isroil vaksinatsiya bo'yicha dunyoda yetakchilardan biriga aylandi. Hozirda mamlakat aholisining deyarli 54 foizi koronavirusga qarshi emlangan. Mart oyi boshida Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroil COVID-19 ni yengib o'tgan birinchi mamlakat ekanligini aytgan edi. Isroilda istiqomat qiluvchi Aleksandr Rozenblyum Tengrinews.kz nashriga bergan intervyusida vaksinatsiya qanday o'tkazilganligi va koronavirus bilan qanday kurash olib borilganligi haqida gapirib berdi. Intervyuning tarjimasini «Gazeta.uz» taqdim etadi. «2020 yil 17 martda mamlakat qat'iy karantin rejimiga o'tdi. Dastlabki 3 oy qariyalar uylaridagilar eng ko'p zarar ko'rdi. 90 yoshdan oshganlar omon qolishmasdi. Qariyalarni asrash uchun ularning uylari butunlay bloklangan edi, tashqi dunyo bilan aloqa qilish taqiqlanib, hatto bolalarga tashrif buyurishga ruxsat berilmadi. Odamlarni ta'tilga jo'natishdi. Men o'zim uch oyni ishsiz o'tkazdim. Shu bilan birga, Milliy sug'urta instituti ish haqining 70 foizini to'lab berdi. Isroilda o'rtacha ish haqi 3000 dollarni tashkil qiladi. Sxema quyidagicha: kompaniya vaqtincha yopilishi va ishchining maoshi to'g'risidagi ma'lumotlarni milliy sug'urta institutiga yuboradi. To'lov yashash darajasidan kam bo'lmasligi va 5 ming dollardan oshmasligi kerak edi", — dedi Aleksandr Rozenblyum. Aleksandrning so'zlariga ko'ra, birinchi karantindan keyin koronavirus bilan kasallangan bemorlar ko'p bo'lmagan. Uydan faqat do'konga, dorixonaga, shifokor ko'rigiga, dafn, diniy marosimlarga 10 kishidan ko'p bo'lmagan holda chiqish mumkin edi. Niqob taqish va masofani saqlash majburiy edi. Niqobsiz yurganlik uchun jarimalar 160−180 dollar. «Epidemiya boshlanganidan keyin smartfonlar uchun ilova yaratilgdi. Uning yordamida bemorlarning qayerda bo'lganligini kuzatsa bo'lardi. Maxsus xizmatlar bemor bilan aloqada bo'lganlarni kuzatuv asosida aniqlab, ularni ikki haftalik karantinga olishar edi», — deb eslaydi Aleksandr. Isroilda qat'iy karantin 3 oy davom etdi. Keyinchalik cheklovlar yumshatila boshlandi, ammo jarimalar oshirildi. Niqobsiz yurganlik uchun 350 dollar jarima belgilangandi. Korxonani yoki butikni ruxsatsiz ochganlik uchun jarima 3500 dollarga yetar edi. Isroilda aholini ommaviy emlash 2021 yilning yanvarida boshlangan. Ushbu ehtiyojlar uchun davlat Pfizer vaksinasini sotib oldi. Aleksandrning so'zlariga ko'ra, avvalambor, keksalar va surunkali kasalliklari bor fuqarolar emlangan. Aholiga sms orqali emlanish mumkin bo'lgan eng yaqin manzillar haqida ma'lumot yuborilib, vaksinatsiyaga taklif qilinar edi. Katta shahar va tuman poliklinikalari, kasalxonalar va tibbiyot markazlaridan tashqari ko'chma emlash markazlari ham tashkil etilgan. So'nggi paytlarda emlash uchun mobil brigadalar tashkilotlarning o'ziga to'g'ridan-to'g'ri kelishar edi. Barcha aholi yosh guruhlariga bo'linib chiqilgan edi. Avval, 60 yoshdan katta fuqarolar emlandi, bir haftadan so'ng — 50 yoshdan 60 yoshgacha, keyinchalik 40 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan guruh qo'shildi. Birinchi bosqichda bolalar emlanmagan, emlashga faqat 18 yoshdan boshlab ruxsat berilgan. Keyinchalik mazkur chegara 16 yoshga, bir muncha vaqt o'tgach — 14 ga tushirildi va yaqinda 12 yoshdan boshlab emlash uchun rasmiy ravishda ruxsat berildi. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu birinchi bo'lib Pfizer vaksinasi bilan 2020 yil 19 dekabrda emlangan edi. Aleksandrning aytishicha, hukumatning vazifasi har bir isroillikni vaksinatsiya jaryonidan o'tkazish bo'lgan va bugungi kunda aholining taxminan 54 foizi emlandi. «Bizda tibbiy sug'urta va emlanishlar bir kompleksga kiradi. Poliklinikalarda bemorlar kirmaydigan alohida kirish joyi tashkil qilingan. U yerda ko'plab xonalar va harbiy hamshiralar bor. Bir kishi kirib keladi, unga ukol qilishadi. Keyin 15 daqiqa kutib, uning ahvolini baholaydilar. So'ng, ikkinchi emlash sanasi belgilanadi», — deydi Aleksandr. Mamlakatda emlashga qarshi bo'lganlar ham bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda «antivaksina» faollari Pfizerni ishlatish uchun yetarli darajada ishlab chiqilmaganligiga ishontirib, vaksinatsiya jarayonlarini boykot qilishga faol ravishda chaqira boshlashgan. «Bizda vaksinaga qarshi kuchli harakat bor edi, ular odamlarni emlash uchun klinikalarda navbatni egallashga, lekin bormaslikka chaqira boshladilar. Shunda shifokorlar ushbu dozadagi vaksinani tashlab yuborishlariga to'g'ri kelgan. Pfizer minus 70 daraja haroratda saqlanishi kerak va shifokorlar uni chiqarishganda, vaksina o'z-o'zidan qiziydi. Agar odam kelmasa, shifokorlar uni tashlab yuborishlari kerak bo'ladi. Biroq tibbiyot xodimlari bunday qilmay, kerak bo'lganda ko'chadan chaqirib emlashar edi», — so'zlab berdi Aleksandr. Aleksandr vaksinaga qarshi harakatlarni boshlaganlarni maxsus xizmatlar tezda aniqlaganini eslaydi. Bir kishi qarindoshi koronavirusdan vafot etganidan keyin emlashga bo'lgan munosabatini o'zgartirganini ham aytadi. 1 mart kuni Isroil Sog'liqni saqlash vazirligi kasalxonalardagi punktlariga 16 yoshga to'lgan va koronavirusdan tuzalganiga uch oydan ko'proq vaqt o'tgan fuqarolarga emlanishga ruxsat berdi. Tuzalib chiqqanlarni emlash 2 mart kuni boshlandi. Koronavirusga chalinmaganlardan farqli o'laroq, kasal bo'lganlar immunitetini mustahkamlash uchun faqat bitta dozadan emlanadi. 31 mart kuni Pfizer kompaniyasi o'z vaksinasini koronavirusga qarshi 12 yoshdan katta o'spirinlar uchun 100 foiz samarali ekanligi haqida xabar bergan . Mart oyining boshlarida Isroil hukumati karantin choralarini yengillatishini e'lon qilgan. Mamlakatda kafelar, restoranlar, sport zallari, ko'rgazmalar, suzish havzalari, kinoteatrlar va sayyohlik joylari qayta ochildi. Biroq, barcha cheklovlar faqat «yashil» pasport egalari, ya'ni emlanganlik haqidagi ma'lumotnomaga ega bo'lgan fuqarolar uchun bekor qilindi. Emlanganlar chet eldan qaytib kelgandan keyin yoki kasallikni yuqtirgan odam bilan aloqada bo'lgandan keyin o'zlarini yakkalashlari shart emas. Ammo har kim hamon jamoat joylarida niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashi kerak. Hozirda Isroil ko'chada niqob taqish talabini bekor qildi . Faqat binolar ichida niqob taqish zarur. Aleksandrning so'zlariga ko'ra, mazkur masala bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda, ehtimol bu talab ham bekor qilinadi, chunki kasallanish holatlari kamligicha qolmoqda.
|
world
|
22 aprel kuni Quddusning eski shahrida Damashq darvozasi oldida politsiya arab va yahudiy yoshlari o'rtasidagi to'qnashuvlarning oldini olishga harakat qilganda tartibsizliklar boshlandi. Isroil politsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, birinchi to'qnashuvlar taroveh namozi tugaganidan so'ng yuzlab yosh falastinliklar Eski shaharning Damashq darvozasi oldida namoyish uyushtirib, politsiyaga tosh otishni boshlaganlar. Shu paytda, o'ta o'ng qanotli Lehava harakati vakillari (yosh isroilliklar) "arablarni to'xtatish va kimning shahri ekanligini eslatish uchun" to'qnashuv joyiga kelishdi, deyiladi xabarda. Jerusalem Post'ning yozishicha , yuzlab yosh isroilliklar u yerga "terrorchilarga o'lim" va "arablarga o'lim" deb yozilgan plakatlar bilan kelishib, politsiya qurshovini buzib o'tishga harakat qilishgan. OAVning xabar berishicha, falastinliklar Isroil politsiyasi va Levaha harakatining vakillariga tosh va shishalar o'tishgan. Politsiya xodimlari olomonni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizadigan gaz, shovqinli granatalar va suv purkagichlardan foydalangan. "Kecha Quddus shahridagi to'qnashuvlarda jarohat olganlarning umumiy soni 105 nafarni tashkil etdi, ulardan 22 nafari kasalxonaga yotqizilgan [falastinliklar]. Shifoxonaga yotqizilganlarning hammasi o'rtacha darajadagi jarohatlar olgan", — deyiladi Qizil yarim oyi xabarida. Isroil politsiyasi tartibsizliklar natijasida 50 dan ortiq odam hibsga olinganligini, shuningdek, politsiyaning 20 nafar xodimi jarohat olganini ma'lum qildi. — RIA Novosti . TASSning yozishicha, Ramazon oyi boshlanishi bilan Sharqiy Quddusda falastinliklar va Isroil politsiyasi o'rtasida to'qnashuvlar kuzatilmoqda . Iroqda AQSH harbiylari joylashgan Viktoriya bazasi yaqiniga bir necha raketalar uchirildi. Baza Bag'dod xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan. Shafaq News'ning manbasiga ko'ra, "noma'lum shaxslar Bag'dod xalqaro aeroportidagi harbiy bazaga uchta raketa uchirishgan". Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujum natijasida hech kim jabrlanmagan. Shuningdek, C-RAM maxsus tizimi raketalarni yo'q qila olmagani va aniqlay olmagani ta'kidlanmoqda. Hozirda, Iroq harbiy kuchlari raketa hujumi qilingan joyni qidirmoqda. — Shafaq News . Qo'shimcha ma'lumot uchun, AQSHning Iroqdagi qo'shinlari sonini qisqartirishni rejalashtirmayotgani ma'lum bo'ldi . AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi rahbarining ta'kidlashicha, Iroq hukumati bunday talabni qo'ymagan. Afg'oniston hukumati AQSH va NATO mamlakatdan qo'shinlarni olib chiqib ketayotganda respublika armiyasiga qurol va harbiy texnikani qoldirib ketishini kutmoqda. "Bizga bu qurol va uskunalar kerak va ularni AQSH bizga topshirishini istardik", dedi Afg'oniston Mudofaa vazirligi vakili Favad Aman. Shu bilan birga, NATO missiyasi qo'mondonligi afg'on qurolli kuchlariga qurol-yarog' va texnikani topshirishga tayyor yoki tayyor emasligini hali e'lon qilmaganligini ta'kidladi. Afg'oniston OAVning xabarlariga ko'ra, Qobul mahalliy hukumati AQSH va NATOga o'zlari bilan qurol olib ketmaslik haqida rasmiy iltimos bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Ekspertlarning ta'kidlashicha, AQSH qurollarining bir qismi 2014 yilda yo'q qilingan. Bundan tashqari, ularning so'zlariga ko'ra, harbiy texnika ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangani sababli AQSH va NATO ularni qoldirib ketmasligi mumkin. — Interfaks . AQSH 1 maydan boshlab Afg'onistondan o'z qo'shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabr qadar yakunlash rejalashtirilgan . Shuningdek, bunday qarorni NATO, Buyuk Britaniya , Gruziya, Bolgariya qabul qilishdi. Myanma harbiy hukumati o'zlarini milliy birlik hukumati vazirlari deb e'lon qilgan 26 nafar muxolifat yetakchilarini hibsga olishga orderlar berdi. Milliy birlik hukumati Myanmadagi harbiy to'ntarishga qarshi bo'lgan kuchlarni birlashtirishga chaqirgan. Amaldagi hukumat uni noqonuniy tashkilot deb e'lon qilib, ushbu tashkilotning barcha 26 a'zosiga sirtdan xiyonat qilish ayblovini qo'ydi. Buning uchun Myanma qonunlariga ko'ra ular o'lim jazosiga qadar jazoga tortilishi mumkin. Milliy birlik hukumati 16 aprelda tashkil etilgan. Uning tarkibiga asosan muxolifatdagi Demokratiya uchun Milliy liganing qolgan rahbarlari kirdi. 21 aprel holatiga ko'ra 739 kishi, shu qatorda bolalar namoyishlar paytida vafot etdi. Hukumatga qarshi harakatining 3,3 mingdan ortiq ishtirokchilari hibsga olingan, ulardan 76 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan. 1059 namoyishchini hibsga olish to'g'risida order berilgan. — Kyodo . 1 fevral kuni Myanmada harbiylar hukumat rahbarlari hibsga olingani va mamlakatda bir yilga favqulodda holat joriy etilgani haqida e'lon qilgan edi . Latviya, Litva, Estoniya Tashqi ishlar vazirliklari, hamda Slovakiya Chexiya bilan birdamlik sifatida Rossiya elchixonalari xodimlari mamlakatdan chiqarib yuborilishi haqida e'lon qilishdi . Jami bo'lib Rossiyaning 7 nafar diplomati ushbu davlatlardan chiqarib yuboriladi — bir nafardan Latviya va Estoniyadan, ikki nafari Litvadan va uch nafari Slovakiyadan . Rossiya TIV Boltiqbo'yi davlatlarining ushbu harakatlarini javobsiz qoldirmasligini ma'lum qildi. 22 aprel kuni Rossiyaning Pragadagi elchixonasining 63 xodimi Chexiya Respublikasini tark etishi kerak, deya ma'lum qildi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek. Shunday qilib, 31 mayga qadar Rossiyaning Chexiyadagi va Chexiyaning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarida bir xil sonda, ya'ni yetti nafar diplomat va 25 nafar ma'muriy va texnik xodimlari qoladi. 18 aprel kuni Chexiya Rossiya elchixonasining 18 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan edi. Bunga javoban Rossiya TIV tomonidan Chexiya elchixonasining 20 nafar xodimi "persona non grata" deb e'lon qilingan .
|
world
|
Yakunlanayotgan hafta davomida O'zbekiston va jahonda sport sohasida qator voqea-hodisalar sodir bo'ldi. "Gazeta.uz" ushbu hodisalarning eng muhimlaridan haftalik sport yangiliklari dayjestini tayyorladi. O'zbek va jahon sportidagi haftaning eng muhim xabarlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin. 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi Yevropada 12 ta top klub futbol bo'yicha Superliga tashkil qilishlarini e'lon qilishdi . UEFA bunga qarshi chiqib, jamoalarga sanksiyalar qo'llashini, o'yinchilarni ham musobaqalaridan chetlatishi mumkinligini aytdi. 20 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga chiquvchi terma jamoalar nomini ma'lum qildi . Unga ko'ra Eron, Yaponiya va O'zbekiston futzal termalari Litvadagi jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo'lib o'tadi. 20 apreldan 21 aprelga o'tar kechasi "Paxtakor" jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvini "Sharja" klubiga qarshi o'tkazdi . Mazkur bahsda 1:4 hisobi qayd etildi va unda sharjaliklar g'alabaga erishishdi. Aynan shu kuni Angliyaning "Chelsi", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Tottenxem" klublari Superligada qatnashishdan bosh tortgandan keyin musobaqa rasman to'xtatildi . Keyinroq loyiha qaytadan ko'rib chiqilishi ma'lum qilindi. 21 apreldan 22 aprelga o'tar kechasi AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvni BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi o'tkazdi . Mazkur bahsda 2:1 hisobida olmaliqliklar irodali g'alabaga erishishdi. 22 aprel kuni futbol bo'yicha O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi . Guruhlardagi vaziyat: Foto: O'zPFL matbuot xizmati 13−23 aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi . Unda O'zbekiston qizlar va yigitlar terma jamoasi 18 nafar bokschi bilan (10 nafar o'g'il bola, 8 nafar qiz) ishtirok etdi. O'tkazilgan janglar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bokschilari 10 ta medalni qo'lga kiritishdi. Nigina O'ktamova Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo'ldi . 23 apreldan 24 aprelga o'tar kechasi "Paxtakor" jamoasi OCHL guruh bosqichida 4-tur uchrashuvini "Sharja" klubiga qarshi o'tkazdi . Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi va jamoalar 1 ochkodan bo'lishib olishdi.
|
world
|
AQSHning Los-Anjeles shahrida dunyodagi eng obro'li kino mukofotlaridan biri «Oskar» mukofoti 93-marotaba turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarga topshirildi. Eng yaxshi film — «Nomadland» («Ko'chmanchilar o'lkasi») bo'ldi, eng yaxshi aktrisa Frensis MakDormand («Ko'chmanchilar o'lkasi» filmidagi roli uchun) bo'ldi, eng yaxshi aktyor esa Entoni Xopkins («Ota» filmi) deb topildi. Foto: Frensis MakDormand «Oskar-2021» mukofoti bilan taqdirlash marosimida / Oskar kinoakademiyasi «Oskar-2021» mukofoti sovrindorlari:
|
world
|
Senatning Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi O'zbekistonda kitob savdosi korxonalariga qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qo'llash, qolaversa, sohani manzilli subsidiyalar orqali qo'llab-quvvatlash taklifi bilan chiqmoqda. Senat qo'mitasi raisi Odiljon Iminovning ta'kidlashicha , tegishli so'rov Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo'mitasiga yuborilgan. Qo'mita prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to'rtinchisi — kitobxonlikni keng targ'ib qilish ekanligini eslatib o'tdi. «Biroq kitob ishlab chiqarish sohasining, ya'ni noshirlar va bosmaxonalar uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, ularga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ining qo'llanishi aksariyat ishlab chiqaruvchilarni rasmiy faoliyat yuritishdan chetlashib, o'g'rincha (kontrafakt) mahsulotlar ishlab chiqarishga "undamoqda". Natijada "yashirin iqtisodiyot" rivojlanib, qonuniy faoliyat yuritayotganlarning salmog'i kamayib bormoqda, ya'ni sohada iqtisodiy nosog'lom muhit tarkib topmoqda», — deyiladi xabarda. Shundan kelib chiqib, soha vakillaridan kelgan murojaatlarda kitob ishlab chiqarishga nisbatan tabaqalashtirilgan QQS stavkasini qo'llash taklif etilmoqda. Misol uchun, kitob ishlab chiqarish sanoatiga umumiyga nisbatan Rossiya Federatsiyasida — 50 foiz, Germaniyada — 36 foiz, Fransiyada — 28 foiz, Buyuk Britaniyada esa «nol» foiz QQS stavkasi qo'llanilishi ta'kidlangan. Ya'ni, mazkur davlatlarda kitob ishlab chiqarish sohasi uchun QQS stavkasi kamida ikki barobarga pasaytirilgan. Aprel oyi boshida moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultanov iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash uchun tabaqalashtirilgan QQS stavkasidan foydalanish samarasiz ekanligini qayd etgan edi . Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta'kidlashicha , O'zbekiston toifalar va tarmoqlar bo'yicha tabaqalashtirilgan QQSga o'tadi. Uning gaplariga ko'ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo'lgan kuchli o'rta biznessiz mamlakat «hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi». Eslatib o'tamiz, QQS bo'yicha tabaqalashtirilgan stavkalar ilgari O'zbekistonda amal qilgan, 2018 yilda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilingan edi.
|
world
|
Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 mln 133 mingdan oshdi. Eng ko'p zararlanganlar AQSH (32,3 mln), Hindiston (18,4 mln), Braziliya (14,6 mln), Fransiya (5,6 mln), Turkiya (4,8 mln), Rossiya (4,7 mln) va Buyuk Britaniya (4,4 mln) mamlakatlariga to'g'ri kelmoqda. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 87,2 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 3 mln 162 mingdan ko'proqni tashqil qilmoqda. Dunyo bo'yicha kasallanganlar fuqarolari milliondan oshgan mamlakatlar soni 26 taga yetdi. Eslatib o'tamiz, yanvar oyi oxirida dunyo bo'yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik .
|
world
|
Isroil shimolidagi Meron tog'i hududida Lag ba-Omer diniy bayram paytida yuz bergan tiqilinchda kamida 44 kishi halok bo'ldi va 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Times of Israel gazetasi shifokorlarga asoslanib xabar bermoqda. Magen David Adom shoshilinch tibbiy yordam xizmati ta'kidlashicha, 18 nafar jabrlangannig ahvoli og'ir, ikkitasi o'rta darajada jarohat olgan va 80 nafari yengil darajada. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu voqeani «dahshatli falokat» deb atadi. «Jabrlanganlar sog'lig'i tiklanishi uchun duo qilinmoqda», — dedi u. Lag Ba-Omer bayrami koronavirus cheklovlari bekor qilinganidan beri Isroilda birinchi ommaviy tadbir bo'ldi. Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, tadbirda 100 minggacha odam qatnashgan.
|
world
|
To'qnashuv joylaridan texnika va og'ir qurollar asl holatiga o'tkaziladi. Bu haqda hukumatning Botken viloyatidagi vakolatli vakili Omurbek Suvanaliyev 24.kg ga xabar bermoqda. Uning so'zlariga ko'ra, vaziyat barqarorlashmoqda. «Biroq, vaziyat butunlay yaxshilandi deyishga hali erta. Harbiy to'qnashuvning oqibatlari juda og'ir. Ta'kidlash joiz, tojikistonliklar Laylak viloyatidagi Arka qishlog'idan buldozerlarni olib tashlashdi» , — dedi Omurbek Suvanaliyev. Chegarada nizoli vaziyat 28 aprel kuni Botken viloyati, Ko'k-Tosh qishlog'idagi «Golovnoy» suv taqsimlash punkti hududida boshlangan. Tomonlar bir-biriga tosh otishni boshlashgan, so'ng otishma boshlangan. 29 aprel oqshomida Qirg'iziston va Tojikiston o't ochishni to'xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylashtirilgan joylariga olib chiqish to'g'risida kelishib oldilar. Qirg'izistonda 134 jabrlanuvchi tibbiy yordamga murojaat qilgan, 13 kishi vafot etdi, ular orasida bola ham bor. Tojikistonda 90 kishi jabr ko'rgan, 10 nafar fuqaro vafot etgan.
|
world
|
AQSH Afg'onistondan olib chiqilayotgan qo'shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda, deya xabar bergan edi The Wall Street Journal o'z manbalariga asoslangan holda. O'zbekiston Mudofaa vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi. Xabarda aytilishicha, bazalarni joylashtirish uchun variantlar sifatida, shuningdek, arab mamlakatlari va dengizdagi harbiy-dengiz kuchlari kemalari ham ko'rib chiqilmoqda. «Agar Afg'oniston bilan qo'shni mamlakatlarga qo'shin joylashtirish imkonsiz bo'lib chiqsa, u holda ushbu variantlar o'rganib chiqiladi». The Wall Street Journal xabarida aytilishicha, AQSH qo'shinlarini ushbu mamlakatlarga joylashtirish orqali Afg'onistonda yuz berayotgan voqealarga tezkor javob qaytarish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki ular Afg'oniston bilan chegaradosh. Ammo Rossiyaning mintaqadagi kuchli ishtiroki, Xitoyning u yerdagi o'sib borayotgan ishtiroki hamda AQSHning ushbu mamlakatlar bilan keskin munosabatlari u yerga o'z bazalarini joylashtirish rejalarini murakkablashtirishi mumkin. Shu bilan birga, O'zbekiston va Tojikistonga hozircha hech qanday rasmiy so'rov yuborilmagan. Hozircha bu variant AQSH Mudofaa vazirligi, Davlat departamenti va Oq uy tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Eslatib o'tamiz, 2018 yil yanvar oyida qabul qilingan O'zbekiston mudofaa doktrinasiga ko'ra, mamlakat o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga yo'l qo'ymaydi. Ma'lumot uchun, AQSH prezident Jo Bayden «AQSH 1 maydan boshlab Afg'onistondan o'z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda», deya e'lon qilgan edi .
|
world
|
Quddusdagi to'qnashuvlar muqaddas Ramazon oyi boshlanganidan buyon bir necha haftadan beri davom etmoqda. O'q otishlar Quddusda falastinliklar va Isroil xavfsizlik kuchlari o'rtasidagi to'qnashuvlar fonida boshlangan edi. Tartibsizliklarning kelib chiqishiga Isroil politsiyasining qadimgi Shom darvozasi oldidagi zinapoyada arablarning Ramazon oyi vaqtida to'planishiga taqiq qo'yilgani va Isroil sudining Quddusdagi bir necha arab oilalarini Shayx-Jarroh hududidan chiqarib yuborilishi haqidagi qarori sabab bo'lgan. Noroziliklar ayniqsa Isroil Quddus kunini nishonlaganida va shu kuni mamlakatning o'ng qanot faollari shahar bo'ylab yurib, bu ularning «bitta va bo'linmas» poytaxti ekanligini ta'kidlab yurganlarida kuchayib bordi. Erta tongda politsiya katta kuchlarni masjidga jalb etib, uning hovlisiga snayperlarni joylashtirdi va falastinliklarni bu hududdan chiqarib yuborish uchun ko'zdan yosh sizdiruvchi gaz ishlatdi. Al-Aqso direktorining aytishicha, politsiya masjidga «misli ko'rilmagan varvarlik hujumini uyushtirgan». Falastinning HAMAS harakati ultimatum e'lon qilib, xavfsizlik kuchlarini Ma'bad tog'idan olib chiqishni talab qildi va soat 18.00 da Quddusga va boshqa shaharlarga raketa hujumlarini boshladi. Tel-Avivda bombadan saqlanadigan joylar ochila boshladi. Isroil javoban zarbalar bergan — Falastin Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, 20 kishi, shu jumladan 9 nafar bola o'ldirilgan. O'zaro o'q otishlar kamida 10 soat davom etgan. Falastin rahbari Ramazon hayiti munosabati bilan o'tkaziladigan barcha bayram tadbirlarini bekor qildi va marhumlarga motam belgisi sifatida bayroqlarni tushirishni buyurdi. «Al-Aqso masjidi va Quddusning qadimgi qismlari atrofidagi to'qnashuv paytida 300 dan ortiq odam jarohat oldi», — deya xabar berdi TASS. Hozirda 228 kishi kasalxonalarda, ulardan yetti nafari og'ir ahvolda va jarrohlik amaliyotiga yuborilgan. BMT rahbari Isroilni xalqaro gumanitar huquq va xalqaro inson huquqlari qonunlari talablarini esga olib, Falastin uylarini buzishni to'xtatishga chaqirdi. «Isroil hukumati iloji boricha bosiqlik bilan tinch yig'ilishlar erkinligi huquqini hurmat qilishi kerak. Barcha rahbarlar ekstremistlarga qarshi kurashish hamda zo'ravonlik va da'vatning har qanday ko'rinishda namoyon bo'lishi uchun javobgardir», — deyiladi BMT bayonotida. Bosh kotib, shuningdek, «muqaddas joylarning maqomini» hurmat qilishga chaqirdi. Antoniu Guterrish tegishli rezolyutsiyalar, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida Isroil-Falastin mojarosiga yechim izlashga qaror qilinishini yana bir bor ta'kidladi. AQSH isroilliklar va falastinliklar ziddiyatni pasaytirish va raketa hujumlarini to'xtatish uchun amaliy choralar ko'rishlari kerak, deb hisoblaydi, dedi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken. Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati G'azo sektori va Sharqiy Quddusdagi zo'ravonliklarni to'xtatish zarurligini ham ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kommersant. G'azo va Isroil 10 may kuni raketa zarbalarini qayta boshlashgan edi. «Raketa hujumlari darhol to'xtashi kerak. Biz zo'ravonlikdan xavotirdamiz. Barcha tomonlar eskalatsiyani yumshatishi, bosimni kamaytirishi, mojaroni tugatish va vaziyatni tinchlantirish uchun amaliy choralar ko'rishi kerak», — dedi Blinken. Oq uy vakili Jen Psaki brifing chog'ida AQSH prezidenti Jo Bayden Isroildagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Qo'shma Shtatlar «falastinlik oilalarni uylaridan quvib chiqarilishi» mumkinligidan xavotirda va Isroilga qarshi raketa hujumlarini «qabul qilinmaydigan va qoralashga loyiq» deb hisoblaydi. Yevropa Ittifoqi G'azo sektori va Sharqiy Quddusda zo'ravonlik avj olishini to'xtatish zarurligini ham e'lon qildi. «Bosib olingan G'arbiy sohilda, shu jumladan Sharqiy Quddusda, shuningdek G'azo va uning atrofidagi zo'ravonlik zudlik bilan tugatilishi kerak. G'azo sektoridan Isroilning tinch aholisiga raketa hujumlari qabul qilinishi mumkin emas va bu eskalatsiyaning yanada avj olishiga olib keladi. Avvalo, tinch aholining qurbon bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak», — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.
|
world
|
London shahrining amaldagi meri, Leyboristlar partiyasidan nomzod sifatida Sodiq Xon Buyuk Britaniya poytaxti rahbarligi uchun saylovda ikkinchi marta g'alaba qozondi, deya xabar berdi BBC Russkaya slujba. 51 yoshli siyosatchi ikkinchi turda 55,2% ovoz yig'di, asosiy raqibi — konservator Shon Beyli esa 44,8% ovoz oldi. «Men ushbu shahar aholisi hayotini yaxshilash uchun harakat qilar ekanman, barcha londonliklar meri bo'lishda davom etaman», — dedi Sodiq Xon g'olibligi e'lon qilingandan so'ng. Sodiq Xon ilk bor 2016 yilda saylangan bo'lib, u Yevropa mamlakatlari orasida poytaxt meriyasini boshqargan birinchi musulmon bo'ldi. Odatda London meri to'rt yilga saylanadi, ammo Xonning oldingi vakolat muddati koronavirus pandemiyasi sharoitida 2020 yilda saylovlar bekor qilinganligi sababli bir yilga uzaytirilgan edi. Siyosatchi ushbu lavozimda yana uch yil faoliyat yuritadi.
|
world
|
11 may kuni ertalab Rossiyaning Qozon shahridagi 175-sonli maktabda otishma yuz berdi. Ma'lum qilinishicha, hujum qilganlardan biri 17 yoshli o'smir bo'lib, maktabga binosiga kirib, o'quvchilarga qarata o'q uza boshlagan. Bu haqda TASS xabar berdi . Ushbu voqea sodir bo'lgan vaqtda maktabda 714 nafar o'quvchi, deyarli 70 nafar xodim, jumladan, 52 nafar o'qituvchilar bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra , buning oqibatida 32 kishiga zarar yetgan. Respublika halokatlarga qarshi kurash markazining xabar berishicha, otishmadan so'ng 12 bola va bitta katta yoshdagi inson kasalxonaga yetkazilgan. RIA Novosti va boshqa manbalarning xabar berishicha , 11 kishi halok bo'lgan, 6 nafar o'quvchi reanimatsiyada. «Tatmedia» esa deya 8 kishining halok bo'lganini ma'lum qilmoqda . Keyinchalik, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ushbu mudhish voqea sababli 9 kishi halok bo'lganini, shuningdek, 18 nafar o'quvchi bolalar klinikasiga yotqizilganini aytdi . «Biz yetti nafar o'quvchimizdan ayrildik. Ular sakkizinchi sinf o'quvchilari edi. To'rt nafar o'g'il va uch nafar qiz. Bundan tashqari, bit nafar o'qituvchimiz halok bo'ldi. Bundan tashqari, yana bir ayoldan ayrildik. Jami, biz to'qqiz kishini yo'qotdik», — dedi u. Qurolli hujum yushtirgan 17 yoshli o'smir qo'lga olingan. TASS agentligining xabar berishicha, u yettita sakkizinchi sinf o'quvchilari va bir nafar o'qituvchini otib tashlagan. Hibsga olinish paytida u o'zining ro'yxatdan o'tish joyiga bomba qo'yganini aytgan. Xabarga ko'ra, keyinroq bino ichida qolgan ikkinchi o'smir operativ xodimlar tomonidan o'ldirilgan. Ma'lum qilinishicha, hujum uyushtirgan 19 yoshli o'smir bu maktabni 4 yil oldin bitirgan. Voqea joyidagilarning xabar berishicha , hujum paytida portlash tovushi eshitilgan va shundan so'ng otishma boshlangan. Bir necha bolalar derazadan sakrashgan. Jabrlanganlar orasida halok bo'lganlar borligi aytilmoqda. Qozonning barcha ta'lim muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Meriya maktablarga kirish cheklanganligini e'lon qildi. Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, respublika sog'liqni saqlash vaziri Marat Sodiqov, prokuror Ildus Nafikov voqea joyiga yetib borishgan.
|
world
|
Italiyaning shimolidagi Pemonte shahrida Majore ko'li yaqinida kanat yo'li bo'ylab harakatlanib ketayotgan kabina arqondan uzilib, quladi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. Xabarga ko'ra, kabina Streza kurort shahridan Pemontedagi Mottarrone tog'iga odamlarni olib ketayotgan bo'lgan va tik o'rmonli qiyalikka qulab tushgan. Qutqarish xizmati vakillarining so'zlariga ko'ra, jarohatlangan besh va to'qqiz yoshli ikki bola vertolyotda Turindagi kasalxonaga yuborilgan. Keyinchalik 9 yoshli bola olgan jarohatlaridan vafot etgan. Ikkinchi bolada ko'p sonli jaroxatlar aniqlangan. #Verbania #23maggio , incidente funivia Stresa-Alpino-Mottarone: concluso il lavoro dei 30 #vigilidelfuoco impegnati per l'ispezione della cabina precipitata e per il recupero dei corpi privi di vita delle 13 vittime [20:30 #23maggio ] pic.twitter.com/WLbjMVtae8 Qutqaruvchilar qurbonlar soni aniqlanayotgani va ko'payishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Avariyaning aniq sababi hozircha ma'lum emas, ammo guvohlarning so'zlariga ko'ra, kabinalar mahkamlangan metall arqoni tog'ning tepasigacha 300 metr qolganda uzilib ketgan. Ma'lumotga ko'ra, bunday kabinalar 40 yo'lovchiga mo'ljallangan, ammo hozirgacha qulagan kabinada qancha odam bo'lgani aniq emas. Qutqaruv xizmatiga signal yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan peshinda kelgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yerda pachoqlangan kabinani topishgan. U taxminan 20 metr balandlikdan qulab tushgani va bir necha marta ag'darilib, daraxtlar tomonidan to'xtab qolmasdan oldin qiyalikdan uchib tushgani aytilmoqda. Italiya bosh vaziri Mario Dragi avariyani fojia deb atadi. Ushbu kanat yo'li 1970 yilda ochilgan va 2014−2016 yillarda ta'mirlash uchun yopilgan edi. Karantin cheklovlari bekor qilingandan keyin kanat yo'li ochilganiga ko'p vaqt bo'lmadi.
|
world
|
23 may kuni Belarusda muxolifatchi Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich qo'lga olindi. Bu haqda Nexta kanali xabar bermoqda . Roman Protasevich Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair kompaniyasining samolyotida bo'lgan. Ryanair samolyoti bortida bomba o'rnatilganligi haqidagi signaldan keyin Minsk aeroportida qo'nishni amalga oshirgan. "Pul Pervogo" Telegram kanalining yozishicha , Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga vaziyat haqida ma'lum qilingan, u esa "samolyot ortga qaytarilsin va qabul qilib olinsin" deya buyruq bergan. Qayd etilishicha, Lukashenkoning farmoni bilan "yo'lovchi samolyotiga hamrohlik qilish uchun" osmonga MiG-29 qiruvchi samolyoti ko'tarilgan. Nexta ma'lumotlariga ko'ra, Protasevich parvozdan oldin uni kimdir kuzatayotganini sezgan. Litva prezidenti Gitanas Nauseda Belarus hukumatidan Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevichni zudlik bilan ozod etishni talab qildi . "Men NATO bo'yicha ittifoqdoshlarga va Yevroittifoqqa murojaat qilib, ularni Belarus rejimi xalqaro fuqarolik aviatsiyasi uchun solayotgan xavfga tezlikda chora ko'rishga chaqiraman", — dedi Nauseda. 2020 yil noyabrida Nexta asoschilari Roman Protasevich va Stepan Putilo (ikkalasi ham o'sha vaqtda Yevropada yashardi) Belarus KGBsi tomonidan terrorchilik faoliyatiga aloqador jismoniy shaxslar ro'yxatiga kiritilgan edi . Nexta Telegram kanalining o'zi va uning logotipi ayni paytda Belarus hududida ekstremistik materiallar deb tan olingan.
|
world
|
Litva hukumati respublikaga uchib kelayotgan va undan uchib ketayotgan samolyotlarga Belarus ustidan parvozni amalga oshirishni taqiqladi . Taqiq 25 maydan kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi bu qarorni 24 may kuni Belarusning Afinadan Vilnyusga uchayotgan yo'lovchi samolyotini Minskka qo'nishga majbur qilganidan so'ng qabul qildi. Shu bilan birga, Litva Belarusning Interpolga a'zoligini to'xtatishni taklif qildi . Mamlakat hukumatining fikriga ko'ra, Belarus siyosiy muxolifat vakillarini ta'qib qilishda xalqaro huquqiy vositalarini qo'llamoqda. Shuningdek, Vilnyus Yevropa Ittifoqi tomonidan Belarus havo hududi tijorat parvozlari uchun xavfli deb tan olinishiga harakat qilmoqchi . Boshqa xabarlaga ko'ra, Vengriyaning Wizz Air va Latviyaning Air Baltic aviakompaniyalarining 24 may kuni parvozlarni Belarus havo hududini chetlab o'tib amalga oshirayotgani ma'lum bo'ldi . Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo Yevropa Ittifoqini Belarusga qarshi sanksiyalarni qo'llash orqali mamlakatning «Belavia» aviakompaniyasi samolyotlarini hamjamiyat mamlakatlari aeroportlariga qo'nishini taqiqlashga chaqirdi . Latviyada ham bunday taklif bilan murojaat qilindi . Buyuk Britaniya rasmiylari aviakompaniyalardan Belarus ustidan uchib o'tmaslikka chaqirishdi . Belarusning o'zida Ryanair aviakompaniyasi bilan sodir bo'lgan voqeani tergov qilish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi . Germaniya sog'liqni saqlash vaziri Yens Span kelgusida pandemiyalarning oldini olish maqsadida xalqaro shartnomani ishlab chiqishga chaqirdi. U o'z taklifini 74-Jahon sog'liqni saqlash assambleyasida e'lon qildi. Ushbu shartnomaning vazifasi dunyo bo'ylab infeksiyalar tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatlar o'rtasida ma'lumot almashinuvini yaxshilash bo'ladi. Shu bilan birga, Germaniya vakili davlatlarni JSSTga badallarini oshirishga chaqirdi. «Xususiy fondlarning ba'zida dunyodagi eng yirik davlatlarga qaraganda ko'proq pul ajratishi to'g'ri emas. Hozir JSSTni isloh qilish vaqti keldi», — deya ta'kidladi u. 24 may kuni Jenevada 74-Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi ochiladi. U yerda koronavirus pandemiyasi bilan kurashish va yangi favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilinadi. — TASS . Bundan avval Buyuk Britaniya yangi pandemiyalarga qarshi samarali kurash olib boradigan xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilayotganini e'lon qilgan edi. Hindistonda mukormikozning (zamburug'ning bir turi) 8800 dan ortiq holatlari qayd etilgan. VVSning yozishicha, bu juda kam uchraydigan kasallik, ammo koronavirus pandemiyasi fonida uning holatlari tez-tez uchrab turmoqda. Mukormikozdan o'lish ehtimoli 50 foizgacha yetadi. Ta'kidlanishicha, davolash paytida ba'zi bemorlarning ko'zlari olib tashlanadi. Ushbu kasallikni yuqtirish holatlarining yarmidan ko'pi Gujarat va Maharashtra shtatlariga to'g'ri kelmoqda. Mamlakatning 29 ta shtatida epidemiya e'lon qilinishni mumkin. Shifokorlar kasallikning tarqalishi COVID-19ni davolashda steroidlardan foydalanish bilan bog'liq deb hisoblashmoqda. Hind shifokorlarining ma'lumotlariga ko'ra, kasallik odam koronavirusdan tuzalgandan 12−18 kun o'tgach aniqlanmoqda. Mumbayda o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, mukomikoz bilan kasallangan barcha bemorlar diabetga chalingan va yuqtirganlarning birortasida qonda shakar darajasi normal bo'lmagan. — VVS . Hozirga qadar Belarus sudlari Telegram messenjeridagi 50 dan ortiq kanal va chatlarni ekstremistik deb topdi. «24 may holatiga ko'ra, sud qarori bilan 30 ta Telegram kanali va 22 ta Telegramdagi chat ekstremistik deb topildi», deyiladi vazirlik xabarida. Mamlakatda ushbu manbalardan ma'lumotlarni tarqatayotganlar (repost, qayta joylashtirish) ma'muriy javobgarlikka tortiladi. — TASS . Foto: RR Auction Albert Eynshteynning eng taniqli E=mc² formulasi yozilgan xati AQSHda kim oshdi savdosida sotildi. Xabarga ko'ra, xat 1,2 mln dollarga sotilgan, bu kutilgan narxdan uch baravar ko'pdir. Maktub 1946 yil 26 oktyabrda bitta varaqqaga yozilgan bo'lib, o'sha paytda Eynshteynning ba'zi nazariyalariga qarshi chiqayotgan Lyudvik Zilbershteynga yo'naltirilgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, dunyoda faqat Eynshteynning ushbu formulasi yozilgan 3 ta qo'lyozma mavjud. E=mc² formulasi ilk bor 1905 yilda fizikning ilmiy ishida paydo bo'lgan. Hozirda formula zamonaviy fizikada fundamental tushunchalardan biri deb hisoblanadi. — VVS .
|
world
|
24 may, dushanba kuni Malayziyada poytaxt Kuala-Lumpurdagi Petronas egizak minoralariga yaqin yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to'qnashdi , 200 dan ortiq odam jarohat oldi deya xabar bermoqda Alghadeer TV. Hodisa soat mahalliy vaqt bilan soat 20:45 atrofida sodir bo'lgan. Rayon politsiyasi so'zlariga ko'ra, poyezdlardan biri yo'lovchilarni olib ketayotgan bo'lgan. Ikkinchisi esa sinov rejimida harakatlanib, bo'sh bo'lgan. «Biz hodisa yuzasidan hanuzgacha tergov ishlarini olib bormoqdamiz… Ammo, ehtimol, poyezdlar harakatini boshqarish markazida tushunmovchilik sodir bo'lgan bo'lishi mumkin», — dedi rayon politsiyasi rahbari Mohamad Zaynal. Hodisa natijasida 47 kishi og'ir, 213 nafari yengil tan jarohati olgan. Hukumat rahbari «nima bo'lganligi sabablarini har tomonlama tekshirishni» talab qildi, xabar bermoqda TASS. Transport vaziri Vi Ka Sion «bu Malayziyada yengil temir yo'l tizimining 23 yillik faoliyatidagi eng jiddiy voqea» ekanligini ta'kidladi. Malayziya operatori Prasarana Malaysia xabar berishicha, seshanba kuni ertalab halokat sodir bo'lgan metro liniyasida transport harakati qisman tiklangan, ammo poyezdlar bir tomonlama harakatlanmoqda. May oyining boshida Meksikada metro ko'prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushgan edi . Hodisa oqibatida 23 kishi halok bo'lib , 70 ga yaqin odam jarohatlangan edi.
|
world
|
Isroil parlamenti ko'pchilik ovozi bilan Isxak Gersogning mamlakat prezidentligiga nomzodini qo'llab-quvvatladi. Gersogga Knessetdagi (Isroil parlamenti) 120 deputatdan 87 nafari ovoz berdi. Shunday qilib, 9 iyul kuni u ushbu lavozimda Reuven Rivlin o'rnini egallaydi. Isxak Gersog Isroilning o'n birinchi prezidenti bo'ldi. Uning otasi — Xaim Gersog — mamlakatning oltinchi prezidenti bo'lgan edi. — Times of Israel . Shuningdek: Isroil AQShdan o'zining «Temir gumbaz» havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi uchun 1 mlrd dollarlik shoshilinch harbiy yordam so'rashni rejalashtirmoqda . Kamida 23 afrikalik muhojir Liviyadan Italiyaga O'rta dengizni kesib o'tmoqchi bo'lgan paytida, Tunis qirg'oqlari yaqinida halokatga uchradilar. Kema cho'kib ketdi. «[Tunis] dengiz floti 70 muhojirni qutqarib qoldi, yana 23 kishi cho'kib ketdi», dedi Tunis Qizil yarim oy vakili. Tashkilot vakili bortda 90 dan ortiq odam bo'lganini ta'kidladi. — TASS . Shuningdek: Eron dengiz kuchlarining eng yirik bo'lgan «Xark» kemasi Ummon ko'rfazida cho'kib ketdi . Kema bortida yong'in sodir bo'lgan, qutqaruvchilar yong'inni 20 soat ichida o'chirishga harakat qilishgan. Ushbu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi va natijada kema cho'kib ketdi. Barcha ekipaj a'zolari qutqarildi. «Markaziy qo'mondonlik taxminlariga ko'ra, biz chiqib ketish jarayonini 30−44 foizga yakunladik», deyiladi qo'mondonlik bayonotida. Xususan, AQSh harbiy kuchlari hozirgacha egallab turgan oltita obyektni Afg'oniston Mudofaa vazirligiga topshirgan. Bundan tashqari, katta miqdordagi harbiy texnikaning mamlakatdan olib chiqarilgani xabar qilinmoqda. Taxminan 13 ming dona asbob-uskunalar yo'q qilinishi uchun Pentagonning logistika idorasi xodimlariga topshirildi. — Gazeta.uz AQSh 1 maydan boshlab Afg'onistondan o'z harbiylarini olib chiqishni boshlagan va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek: AQSh armiyasi Kongressdan RCV (Robotic Combat Vehicle) robot jangovar majmuasini rivojlantirishni davom ettirish va harbiy xizmatchilar ishtirokida eksperimentga tayyorgarlik ko'rishda yordam berish uchun 84,5 mln dollar miqdorida mablag' so'ramoqda . Shuningdek, Oq Uy ma'muriyati Kongressdan AQSh razvedka hamjamiyati faoliyati uchun jami 85,5 mlrd dollar miqdorida mablag' so'ramoqda . Faqatgina harbiy razvedka dasturini (Military Intelligence Program, MIP) amalga oshirish uchun ma'muriyat 23,3 mlrd dollar ajratilishini talab qilmoqda. Mamlakatning boshqa barcha razvedka idoralari ehtiyojlari uchun 62,3 mlrd dollar sarflanishi kutilmoqda. Yevropa Komissiyasi 2 iyun kuni Shengen hududini mustahkamlash bo'yicha yangi strategiyani taqdim etdi. Yangi strategiyaga muvofiq, Shengen mintaqasining samarali ishlashi uchta asosiy prinsipga asoslanadi. «Bu Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini samarali boshqarish, ichki chegara nazorati yetishmasligining o'rnini qoplash bo'yicha ichki choralarni kuchaytirish, xususan politsiya hamkorligi, xavfsizlik va migratsiyani boshqarish, shuningdek, Shengen zonasini ishonchli boshqarishni ta'minlash», deyiladi hujjatda. Bundan tashqari, amaldagi me'yoriy hujjatlarga bo'lgan ishonchni kuchaytirish va kamchiliklarni tezda aniqlash hamda bartaraf etishni ta'minlash uchun Yevropa Komissiyasi Shengenni baholash va nazorat qilish mexanizmini qayta ko'rib chiqishni taklif qildi. Yevropa komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Shengen hududida, ya'ni 26 mamlakatda 420 mlndan ortiq kishi yashaydi. — Yevropa Komissiyasi . Bu haqda Fransiyaning xorijdagi hududlari vaziri Sebastyan Lekornyu ma'lum qildi. «Bizning fikrimizcha, umumiy manfaatlar referendumni tezroq o'tkazilishini talab qiladi. Hukumat uni 2021 yil 12 dekabrda tashkil qiladi», — dedi vazir. Keyin, uning so'zlariga ko'ra, «2023 yil 30 iyunga qadar o'z taqdirini o'zi belgilash bo'yicha yangi referendumga qadar o'tish davri bo'ladi», bu arxipelag aholisi bilan maslahatlashuvlarning to'rtinchi bosqichi bo'ladi. Yangi Kaledoniya 1853 yilda Fransiya tomonidan mustamlaka qilindi. Tinch okeanining janubi-g'arbiy qismida joylashgan ushbu chet eldagi muxtoriyat Fransiyada alohida ma'muriy-hududiy maqomga ega. Ko'p yillar davomida hududda keskin millatlararo ziddiyatlar, jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar kuzatilmoqda. — TASS . Chexiya politsiyasi tomonidan mamlakatning 156 nafar fuqarosiga favqulodda holat rejimi paytida koronavirus infeksiyasini ataylab tarqatish aybi qo'yilgan . Ularning aybi tasdiqlansa, jazo sifatida 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qo'llanishi mumkin. Chexiya qonunlariga ko'ra, kasallikni qasddan tarqatish uchun uch yillik qamoq jazosi belgilanadi. Ushbu jinoyat uchun favqulodda rejim davrida sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va tajovuzkorning xatti-harakatlari tufayli ikkitadan ortiq odam vafot etgan bo'lsa — 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan. Chexiyada mamlakat bosh vaziri Andrey Babish, shuningdek, adliya vaziri Mariya Beneshovaga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi . Namoyishchilar Praga markazida to'planib, rasmiylarni korrupsiyada ayblashgan. Ta'kidlanishicha, miting ishtirokchilari tibbiy niqob taqib, ijtimoiy masofani saqlashga harakat qilishgan. 29 aprel kuni bir necha ming kishi Chexiya prezidenti Milosh Zemanga qarshi namoyishlarda qatnashgan edi .
|
world
|
Ryanair bilan bo'lgan voqeadan so'ng «Belavia» kompaniyasi 21 ta mamlakatga reyslarni amalga oshira olmaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi . Kompaniya reyslarni amalga oshira olmaydigan mamlakatlarni sanab o'tdi. Bular: Litva, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ukraina, Latviya, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Italiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Ispaniya, Vengriya, Moldaviya, Serbiya, Kipr, qisman Rossiya (Kaliningrad) mamlakatlari. Shuningdek, RIA Novosti'ning xabar berishicha , 7 ta mamlakat, jumladan, Polsha, Portugaliya, Gretsiya, Bolgariya, Daniya va Irlandiya hukumatlari o'z aviakompaniyalaridan Belarusni aylanib o'tishni rasman talab qilgan. Yevropa mamlakatlari Belarus hukumatining Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair samolyotini Minskka majburiy tarzda qo'ndirib, Telegram'dagi Nexta kanalining (Belarusda ekstremistik deb tan olingan) asoschisi Roman Protasevichni hibsga olgani uchun «Belavia»ga nisbatan boykot e'lon qilishdi . Aviakompaniyaning ta'kidlashicha, kompaniya pandemiyadan so'ng endigina o'ziga kelishni boshlagan va bu kabi holatga duch kelishlarini umuman kutishmagan. «Aviakompaniya hozirgi vaziyatga hech qanday ta'sir ko'rsatmaganiga qaramay, bizning mutaxassislarimiz yangi yo'nalishlarni topish va yo'nalishlarni yo'lga qo'yish bo'yicha ish olib borishmoqda», — deya xabar bermoqda «Belavia». Hozirda aviakompaniya faqat sakkizta mamlakatga, jumladan, O'zbekistonga ham ucha oladi. Toshkent va Minsk o'rtasida haftasiga ikki marta aviqatnovlar amalga oshirilmoqda. «Belavia» samolyotlari, shuningdek Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Isroil, Qozog'iston, Turkiya va BAAga uchmoqda. Aviaqatnovlar cheklab qo'yilgan sharoitda o'zbekistonliklar ilgari ushbu yo'nalishdan Yevropaga yoki AQShga sayohat qilish uchun bog'lovchi yo'nalish sifatida foydalanishlari mumkin edi.
|
world
|
Ikki yil davomida BMT byudjetiga doimiy badal to'lamagani uchun Eron va Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) tashkilot Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etildi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkirga yuborilgan xatda aytilgan. Eron va MAR mamlakatlaridan tashqari Komor orollari, Somali, San-Tome i Prinsipi davlatlari a'zolik badallarini to'lamagan. Biroq BMT bosh kotibining maktubida ushbu uch davlat Bosh assambleyada 75-sessiyasi tugaguniga qadar ovoz berish huquqini saqlab qolishi ta'kidlangan. BMTning doimiy byudjetiga badallari aholi jon boshiga tushadigan daromad va tashqi qarzni hisobga olgan holda, 10 yillik davrdagi mamlakatning o'rtacha YAIM miqdorida belgilanadi. Ta'kidlanishicha, agar mamlakatga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli to'lov kechiktirilgan bo'lsa, Bosh Assambleyasi BMTga a'zo davlatlarga ovoz berishda qatnashishga ruxsat berishi mumkin. Shuningdek, ovoz berish huquqi qarzni to'lagan mamlakatga avtomatik ravishda qaytariladi. Bosh kotibning maktubiga ko'ra, ovoz berish huquqini tiklash uchun Eron tashkilot byudjetiga 16,3 mln dollar, MAR esa 29,4 ming dollar to'lashlari kerak. — TASS . Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga oligarxlarning haddan tashqari ta'siriga qarshi qonun loyihasini taqdim etdi. Prezident o'zining matbuot xizmati orqali ushbu qonun oligarx deb tan olinadiganlarning huquqlarini buzmasligini, ammo ushbu konsepsiyaning ta'rifi kiritishi, oligarxlar doirasi belgilanishi va ularning hokimiyat bilan o'zaro munosabatlari qoidalarini kiritilishini ta'kidladi . Yangi qonun o'n yilga joriy etilishi rejalashtirilgan. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan, shuningdek, media makonining asosiy segmentlarini nazorat qiladigan shaxs «oligarx» deb hisoblash taklif etilmoqda. Shaxsni oligarx deb tan olish to'g'risida qarorni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) qabul qiladi. Ushbu organ, shuningdek, oligarxlar reyestrini yuritadi. Yuqori lavozimli amaldorlar, o'rinbosarlar, sudyalar va maxsus xizmatlarning rahbarlari oligarxlar bilan aloqalarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Oligarxlarning o'zi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va yirik aktivlarni xususiylashtirishda ishtirok etishni taqiqlashga taklif qilinmoqda. — Hujjat . Avvalroq Ukraina prezidenti uning rahbarlik faoliyatidagi ustuvor yo'nalishlarni, ya'ni oligarxlarsiz, urushsiz va hamma qonun oldida teng bo'lgan mamlakatni qurish deb ta'kidlagani haqida xabar bergan edik. Tokio o'yinlari tashkiliy qo'mitasi raisi Seyko Xasimoto Yozgi Olimpiya o'yinlarining bekor qilinishi yoki qoldirilishiga qarshi chiqmoqda. «Biz yana keyinga qoldira olmaymiz» — dedi u. — Interfaks . Tokio shahar assambleyasining aksariyat deputatlari O'yinlarning bekor qilinishiga moyil. Yaponiyaning bosh tibbiy maslahatchisi Sigeru Omining 3 iyun kuni parlament qo'mitasida aytishicha, hozirgi epidemiologik holatni hisobga olgan holda Olimpiadani o'tkazish «noto'g'ri». Tokioda ishlaydigan olti mingga yaqin shifokorlardan tashkil topgan uyushma ushbu yozda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarini bekor qilishni zarur deb hisoblamoqda . 7 may kuni 190 mingdan ziyod kishi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarini bekor qilishni talab qiladigan onlayn-petitsiyani imzolagan edi . Xalqaro olimpiya qo'mitasi Pfizer va BioNTech bilan Tokio Olimpiadasi ishtirokchilariga vaksinalarni yetkazib berish to'g'risida memorandum imzolanganligi haqida xabar bergan edik. Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo'lib o'tadi . Sport tadbirlariga chet eldan tomoshabinlar kelishi taqiqlandi . Taqdimot 24 iyun kuniga mo'ljallangan. Yangi dasturiy ta'minot interfeys dizaynidagi o'zgarishlarni, Windows app store (dasturlar do'koni) orqali yaratuvchilar va ishlab chiquvchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlarni, shuningdek foydalanuvchilar va jamoalar o'rtasidagi aloqalarni osonroq o'rnatish usullarini o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minot dastlab taqdimotdan so'ng yangi mahsulotlarni sinab ko'rish uchun ro'yxatdan o'tgan Windows sinovchilariga tarqatiladi. Rasmiy chiqishi kuzga rejalashtirilgan. — Bloomberg . Koreya ishchilar partiyasida (KIP) birinchi kotib lavozimi joriy etildi. Ma'lum qilinishicha, birinchi kotib KIP bosh kotibi Kim Chen Inning o'rinbosari vazifalarini bajaradi. Aytilishicha, ushbu lavozimni KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon egallashi mumkin. «Favqulodda vaziyatlar, shu jumladan Kim Chen Inning sog'lig'i bilan bog'liq vaziyatlarda, Kim Yo Chjon o'rinbosar lavozimini egallashi mumkin va hokimiyat Kim Chen Inning o'g'liga o'tgan paytgacha vaqtincha voris vazifasini bajaradi», deya Ryonxap Janubiy Koreyaning sobiq birlashish vaziri Li Chon Sokning so'zlarini keltiradi. Li Chon Sok birinchi kotibni saylash partiya qurultoyini chaqirishni talab qilmasligini ta'kidladi. Shaxs partiya markaziy qo'mitasining yalpi majlisida ushbu lavozimga tayinlanishi mumkin. — Ryonxap .
|
world
|
May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko'tarilishi so'nggi o'n yil ichida rekord darajaga yetdi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, may oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining o'rtacha qiymati aprel oyiga nisbatan 4,8 foizga va o'tgan yilning may oyiga nisbatan birdaniga 39,7 foizga yuqori bo'ldi. Ushbu o'sishning asosiy sabablaridan biri o'simlik yog'i, shakar va don mahsulotlari jahon narxlarining keskin ko'tarilishida edi. U 2011 yil sentyabridan buyon o'zining eng yuqori ko'rsatkichiga yetib, tarixiy maksimumidan atigi 7,6 foizga past bo'ldi. Donli mahsulotlar narxlari ko'tarilishining asosiy omili makkajo'xori qimmatlashganida edi — narxlarning o'rtacha qiymati o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 89,9 foizga oshdi. May oyida AQShda hosilni ekish istiqbollari tufayli makkajo'xori narxi biroz pasayib ketdi. Dunyoda bug'doy narxi ham oy oxirida pasayishni boshladi, ammo may oyining o'rtacha narxi aprel oyiga nisbatan 6,8 foizga yuqori bo'ldi. FAO o'simlik yog'i narxlari indeksi may oyida 7,8 foizga o'sdi, bunga palma, soya va kolza yog'lari narxlarining ko'tarilishi sabab bo'ldi. Shu bilan birga, FAO prognozlariga ko'ra, 2021 yilda dunyoda deyarli 2,821 mln tonna don ishlab chiqariladi, bu 2020 yilga nisbatan 1,9 foizga yuqori. Yaqin ikki yil ichida, ehtimol, donga bo'lgan talab ham o'sib borib, 2,826 mln tonnani tashkil etadi, bu esa o'tgan yilga nisbatan 1,7 foizga ko'p. Don zaxiralari uch yillik qisqarishidan so'ng o'sadi, ammo o'rtacha — faqat 0,3 foizga. Shakar ham 6,8 foizga qimmatlashdi. Bunga sabab — o'rim-yig'im kompaniyasining kechikishi va dunyodagi eng yirik shakar eksport qiluvchi Braziliyada kam hosil kutilayotgani. Hindistondan yetkazib berilayotgan yirik mahsulot narxlarining ko'tarilishi biroz pasaydi, ammo salbiy omillarni qoplay olmadi. May oyida go'sht narxi 2,2 foizga o'sdi — bu asosan Xitoyga importning ko'payishi, shuningdek yetakchi ishlab chiqaruvchi mintaqalarda parranda va cho'chqa go'shtiga bo'lgan ichki ehtiyojning oshishi hisobiga yuzaga keldi. FAO sut mahsulotlari narxlarining indekslari yog'li va quruq sutning faol importiga talab yuqori bo'lgani uchun 1,8 foizga o'sdi.
|
world
|
«Tolibon» harakati Turkiyadan NATOga a'zo boshqa mamlakatlar qatorida o'z qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda harakat vakili Sohayl Shahinning so'zlariga tayanib, «TASS» xabar berdi. «Biz AQSh bilan 2020 yilning 29 fevralida imzolagan kelishuvga muvofiq, Turkiya NATO a'zosi sifatida Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi lozim. Turkiya musulmon davlat, Afg'oniston u bilan tarixiy aloqalarga ega. Kelajakda mamlakatimizda yangi Islomiy hukumat tashkil etilgandan so'ng Turkiya bilan yaqin va yaxshi munosabatda bo'lishga umid qilamiz», — deya Shahinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TOLO News. «Tolibon» NATO askarlari Afg'onistonni tark etishi ortidan Turkiyaning Kobul aeroportini o'z qurolli kuchlari bilan muhofaza qilish to'g'risidagi taklifiga shu tarzda munosabat bildirdi. Reuters маълuмот ига ko'ra, NATOga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlarining may oyida bo'lib o'tgan uchrashuvida AQSh va uning ittifoqchilari Afg'onistondan qo'shinlarni olib chiqish rejasini muhokama qilgan vaqtda, Anqara Vashingtonga ushbu taklifini bildirgan. Turkiyaning mazkur taklifiga oid munozaralarni kelasi hafta bo'lib o'tadigan NATO sammiti chog'ida davom ettirish reja qilingan. Ma'lumot o'rnida, 14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg'onistondan Amerika qo'shinlarini olib chiqib ketish boshlangani, ushbu jarayon joriy yil 11 sentyabrga qadar yakunlanishini e'lon qilgandi . Donald Trapm boshchiligidagi avvalgi ma'muriyati 2020 yilning fevralida Dohada «Tolibon» harakati bilan imzolagan tinchlik bitimiga ko'ra, Vashington 2021 yilning 1 mayiga qadar o'zi va ittifoqdoshlarining qo'shinlarini mamlakatdan olib chiqishi kerak edi. Erishilgan kelishuvlardan bu tarzda chetlashish toliblar tomonidan keskin norozilikka sabab bo'ldi, bu holatda ular o'zlarini Doha shartnomasi bo'yicha qabul qilingan majburiyatlardan qariyb, ozod deb hisoblashini bildirgan. May oyida AQSh Afg'onistondan olib chiqilayotgan qo'shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston va Tojikistonga joylashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgani haqida xabar qilingan edi.
|
world
|
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatning yangi koalitsion hukumatini tasdiqladi. Yangi hukumatga 12 yil davomida bosh vazir bo'lgan Binyamin Netanyaxu va uning partiyasi kirmadi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda . Hukumat almashishi uchun Knessetning 60 nafar deputati, unga qarshi 59 deputat ovoz berdi. Yangi hukumatning rahbari «Yamina» partiyasi yetakchisi Naftali Bennet bo'ldi. U Isroilning 13-bosh vaziri sifatida qasamyod keltirdi. Foto: Noam Moscowitz / Parlament spikeri ofisi Koalitsion hukumat kelishuvi doirasida Bennet birinchi ikki yil davomida bosh vazir lavozimida faoliyat yuritadi. Keyin esa uning o'rnini Isroilning sobiq moliya vaziri va «Yesh Atid» liberal partiyasi yetakchisi Yair Lapid egallaydi. Naftalin Bennet turli yillarda hukumat tarkibida Ta'lim vaziri, Iqtisodiyot vaziri, Diniy xizmatlar vaziri, Quddus va diaspora masalalari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Eslatib o'tamiz, 23 mart kuni Isroilda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo'lib o'tdi , bu saylovlar so'nggi ikki yil ichidagi to'rtinchisi bo'ldi. «Likud» partiyasi parlamentda 25% o'rinlarni egallagan bo'lsa ham, Netanyaxu koalitsion hukumat tuza olmadi. Netanyaxu 1996−1999 yillarda, keyin esa 2009 yildan hozirga qadar Isroil bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2009 yildan oldin u to'rt yil davomida Knessetda oppozitsiya yetakchisi bo'lgan. Isroilda hokimiyat vakolatlari bosh vazir qo'lida.
|
world
|
Xitoyning «Tyanven-1» tadqiqot missiyasi tarkibiga kiruvchi «Chjujun» marsoxodi Marsdan «selfi» va boshqa fotosuratlarni yubordi. Bu haqda 11 iyun kuni Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. Uchta surat marsoxodning o'z kameralari orqali olingan. «Selfi» uchun esa «Chjujun» qo'nish maydonchasidan taxminan 10 m janubga harakatlanib, kamerani yuzada qoldirishi va dastlabki holatiga qaytishi kerak bo'lgan. Foto: Twitter/Chinese Mission to UN Marsoxod shuningdek, Utopiya tekisligining qo'nish joyidan panoramali fotosuratini va sathning boshqa rasmlarini suratga olgan. Bortdagi qo'nish maydonchasi fotosuratida XXR bayrog'ini va Pekin-2022 Olimpiadasining ramzlari — panda Bin Dundun va xitoy chirog'i Syue Junjunni ko'rish mumkin. Foto: Twitter/CNSA Avvalroq, Curiosity marsoxodi Marsdagi bulutlarning rasmlarini e'lon qilgan edi . «Erta» bulutlar deb nomlanuvchi mazkur bulutlar tarkibiy jihatdan Qizil sayyora uchun odatiy bulutlardan farq qiladi va quyosh botishida ko'plab ranglar bilan porlaydi.
|
world
|
12 iyun kuni Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida epidemiologik holatning yomonlashgani sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini e'lon qildi, deya xabar berdi RIA Novosti. 15−19 iyun oylik maoshlarni saqlab qolgan holda ishlanmaydigan kunlar deb e'lon qilindi. 13 iyundan 20 iyunga qadar hayvonot bog'lari, fudkortlar va bolalar uchun o'yin xonalari faoliyati to'xtatiladi. Moskvadagi oliygohlarda imtihonlar masofaviy bo'lib o'tadi. Barlar, kafe va tungi klublar ushbu davr mobaynida soat 23:00dan 6:00gacha ko'ngilochar tadbirlar o'tkaza olmaydilar va hech kimni qabul qila olmaydilar (buyurtmalarni berish va yetkazib berish xizmatlaridan tashqari). Moskvaning katta bog'larida va tabiat hududlarida attraksionlar, bolalar va sport maydonchalari, boshqa obyektlar yopildi. Gorkiy bog'idagi umumshahar bitiruv tadbiri ham bekor qilindi. «So'nggi haftada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog'liq vaziyat keskin og'irlashdi. Yangi qayd etilgan koronavirus bemorlarining soni o'tgan yilgi eng yuqori ko'rsatkichlar darajasiga ko'tarildi, — deb yozdi Sergey Sobyanin o'z blogida. — Bemorlarning katta oqimini tibbiy yordam bilan ta'minlash uchun biz shahar statsionarlaridagi minglab koykalarni qayta moslashtirishga majburmiz. Eng xavotirlisi: shifokorlar og'ir ahvoldagi bemorlar ko'pligini aytmoqda. Va bu faqatgina odatiy xavf guruhidagilar orasida emas. O'rta yoshdagi kishilar va yoshlar ham kasallikni og'ir o'tkazishmoqda. Bu vaziyatga e'tibor bermaslik mumkin emas». 17 iyundan Sankt-Peterburgda ham koronavirus tarqalishi sababli cheklovlar kuchaytiriladi , bu haqda tegishli qarorga gubernator Aleksandr Beglov imzo chekdi. Kafe va restoranlar soat 2:00dan 6:00gacha hech kimni qabul qilishmaydi va faqatgina o'zi bilan olib ketish va yetkazib berish uchun ishlaydi. Barcha tomosha va ko'ngilochar tadbirlari bekor qilinadi, bolalar xonalari va fudkortlar yopiladi, temir yo'l bekati, aeroport va AYOQSHlardagi fudkortlar bundan mustasno. Yetkazib berish xizmatlari ishlashiga ruxsat beriladi. Yevro-2020 fan-zonalarida ommaviy ovqatlanish xizmatlari ko'rsatilmaydi, ichimlik sotishdan tashqari. Tashkilotlar va individual tadbirkorlarga ish joylarida xodimlarning bo'lishini vaqtincha kamaytirish tavsiya etildi. 17 iyundan boshlab kinoteatr zallarini to'ldirish 75%dan 50%gacha tushiriladi. Bino va ochiq havoda o'tkaziladigan madaniy hamda tomosha tadbirlarida ishtirok etuvchilarning maksimal soni 3000dan oshmasligi belgilandi. Moskvada bo'lganidek, Peterburgda ham eng yaxshi bitiruvchilar tadbiri, «Medalistlar bali» bekor qilindi. Kecha Rossiya poytaxtida COVID-19 bilan kasallanishning 6590 ta yangi holatlari aniqlangan. Sankt-Peterburgda esa kunlik o'sish 865 ta holatni tashkil etadi.
|
world
|
Foto: EPA/Vostock-photo Chexiya Respublikasining janubi-sharqiy hududlarida sodir bo'lgan tornado oqibatida kamida uch kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor. Qutqaruvchilarning xabar berishicha, janubiy Moraviya hudididagi jami yettita aholi punkti, ulardan Grushki, Lujitse, Moravska-Nova-Ves va Mikulchitse qishloqlari eng ko'p zarar ko'rgan. Odamlar turar-joy binolari xarobalari ostida qolmoqda, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ta'kidlanishicha, Chexiya armiyasi, shuningdek Slovakiya va Avstriyadan kelgan qutqaruvchilar ham jabrlanganlarga yordam berishmoqda. — Associated Press . Vashington Afg'onistondagi kontingentining asosiy qismi chiqarilgandan so'ng mamlakatda 650 nafarga yaqin harbiyni qoldiradi. Bu haqda TASS AR'ga tayanib xabar bermoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, AQSh armiyasining asosiy qismi olib chiqib ketilgandan so'ng diplomatlarning xavfsizligini ta'minlash uchun taxminan 650 nafar AQSh harbiylari Afg'onistonda qolishi mumkin. Bundan tashqari, bir necha yuzlab AQSh harbiylari Kobul aeroportida, ehtimol sentyabrgacha Turkiya kuchlariga xavfsizlikni ta'minlashda yordam berishadi. Nashrning ta'kidlashicha, AQSh va xalqaro kuchlarning aksariyat qismi Afg'onistondan 4 iyulga qadar yoki undan ko'p o'tmay olib chiqiladi. — TASS . Shuningdek : AQShning Mayami shahrida (Florida shtati) ko'p qavatli turar-joy binosi qulashi natijasida 100 ga yaqin odam bedarak yo'qolgan, kamida bir kishi vafot etdi. U yerda 80 ta qutqaruv guruhlari ishtirokida uyda bo'lgan odamlarni keng ko'lamli qidiruv-qutqarish ishlari olib borilmoqda. Ular vayronalar ostidan taxminan 35 kishini olib chiqishga muvaffaq bo'lishdi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizildi. Yana o'nga yaqiniga joyida tibbiy yordam ko'rsatildi. Mamlakat prezidenti Jo Bayden Florida shtatida favqulodda holat e'lon qilish to'g'risidagi buyruqni imzoladi . Foto: Joe Raedle/Getty Images Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi. «Biz Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirdik. Moskva Minsk kelishuvlarini bajarishga qaratilgan ishini bajarishi kerak», deb yozdi Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel o'zining Twitter'dagi sahifasida . «Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan beshta asosiy prinsipga asoslangan yagona va strategik yondashuvga amal qiladi», deya qo'shimcha qildi u. Iqtisodiy sanksiyalar dastlab 2014 yil 31 iyulda «Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlari»ga javoban bir yil muddatga joriy etilgan edi. Keyin ushbu choralar 2014 yil sentyabr oyida kuchaytirildi. Foto: Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy / twitter.com/khamenei_ir Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinaning birinchi dozasini oldi. «O'z bilimlari va tajribalarini ishga solib, mamlakatga koronavirusga qarshi vaksina singari nufuzli imkoniyatni taqdim etish uchun ilmiy va amaliy sa'y-harakatlarni amalga oshirganlarning barchasidan chin yurakdan minnatdorman», — deb yozgan Xomanaiy o'zining Twitter'dagi sahifasida . Oliy rahbarning iltimosiga binoan, u Eronning COV-Iran Barekat preparati bilan emlangan. Ta'kidlashicha, emlashdan oldin Xomanaiy ikkita shartni ilgari surgan : u navbatdan tashqari emlashni xohlamagan va Eronda ishlab chiqarilgan preparat bilan emlanishni talab qilgan. Avvalroq Qozog'istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangani haqida xabar bergan edik. Dastlab Hindistonda aniqlangan koronavirusning delta varianti, Xitoyning Uxan shahrida topilgan dastlabki shtammdan ikki baravar yuqumli, dedi JSST bosh olimi Sumya Svaminatan. Uning tarqalish tezligini hisobga olgan holda, olim delta varianti dunyoda koronavirusning dominant turiga aylanishi mumkinligini aytdi. «Yaxshi xabar shundaki, bugungi kunda dunyoda qo'llaniladigan vaksinalarning aksariyati hech bo'lmaganda og'ir kasalliklarning oldini olishda samarali bo'lmoqda», dedi Svaminatan. — Interfaks .
|
world
|
Moskvadagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin, tegishli qaror 22 iyun kuni Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolandi, deya xabar bermoqda RBK. Mazkur kod koronavirusga qarshi to'liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar (kasallik fakti shifokorlar tomonidan qayd etilgan bo'lishi kerak) yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olgan fuqarolarga beriladi. Tekshiruvdan o'tgan mehmonlar kafe va restoranlarda niqobsiz va qo'lqopsiz bo'lishlari mumkin, ammo ovqatlanish joyi xodimlari ushbu shaxsiy himoya vositalarida bo'lishlari shart. Qabul qilish yoki yetkazib berish xizmati uchun QR kod talab qilinmaydi. 12 iyulga qadar QR kodisiz poytaxt restoranlarining yozgi verandalarida o'tirish mumkin bo'ladi. Bolalar va sayyohlar kafega tashrif buyurish uchun PSR testini topshirishlari kerak. Xuddi shu talab vaksinaning faqat birinchi dozasini olganlarga nisbatan ham qo'llaniladi. 16 iyun kuni Rossiyaning Rospotrebnadzori ishlaydigan moskvaliklarning 60 foizini emlashni buyurgan edi. Majburiy emlash savdo, xizmat ko'rsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal xo'jaligi, transport, ta'lim, sog'liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohalarida, shuningdek go'zallik salonlari, fitness-klublar, teatrlar, kinoteatrlar xodimlariga taalluqli. Xodimlarning 60 foizini emlamagan yuridik shaxslar 1 mln rublgacha jarimaga tortiladi. «Moskva shahrida epidemiologik vaziyat yomon deb baholanmoqda. Aholining jamoat joylariga faol tashrif buyurishi natijasida bemorlarning soni ko'paymoqda», — deyiladi hujjatda. Moskvada epidemiologik vaziyatning yomonlashgani sababli 15−19 iyun dam olish kunlari deb e'lon qilindi, 20 iyunga qadar hayvonot bog'lari va savdo markazlaridagi fudkortlar yopildi, restoran va kafelar kechki payt ishlamaydi. Talabalar imtihonlarni onlayn topshirishadi. Shunga o'xshash cheklovlar, faqat dam olish kunlarisiz, Sankt-Peterburgda ham joriy qilingan.
|
world
|
Rossiya poytaxti Moskva shahrida migrantlarni COVID-19 ga qarshi emlash jarayonlari boshlandi, deya xabar бермоқд а poytaxt meriyasi. Ma'lumotga ko'ra, migrantlarni emlash Rossiya iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo'yicha federal xizmatining buyrug'ida ko'rsatilgan sohalarga tegishli ish beruvchilarning talabnomasiga binoan amalga oshiriladi. Hozirda migrantlar «Sputnik Layt» vaksinasi bilan emlanmoqda. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur vaksinaning bir dozasi narxi 1300 rublni tashkil qiladi. Vaksina uchun to'lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Tashrif buyuruvchilar avval shifokor tomonidan tekshiriladi va qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar aniqlanmasa, emlanadi. Xabarga ko'ra, emlash punktlarida barcha epidemiologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilinadi: maxsus belgilar qo'yilib, vaksinalarni saqlash uchun muzlatgichlar o'rnatilgan. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar oqimini ajratish ta'minlanishi ko'zda tutilgan. Vaksinatsiya jarayonlari soat 09:00 dan 21:00 gacha olib boriladi. Avvalroq, Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkinligi haqida xabar bergan edik. Kod koronavirusga qarshi to'liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.
|
world
|
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven parlament tomonidan uning boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik votumini bildirilganidan so'ng iste'foga chiqishini e'lon qildi. «Bu men qabul qilgan eng qiyin siyosiy qaror bo'ldi», — dedi Lyoven matbuot anjumanida. — The Local . 21 iyun kuni Riksdag (mamlakat parlamenti) a'zolarining aksariyati bosh vazir Stefan Lyovenga ishonchsizlik votumini bildirgan edi. Bunga bosh vazirning yangi uylarda ko'chmas mulk ijarasi uchun bozor narxlarini joriy etish taklifi sabab bo'lgan. Konstitutsiyaga ko'ra, parlamentning bunday qaroridan so'ng hukumat rahbari iste'foga chiqish yoki muddatidan oldin saylovlarni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilishi kerak edi. Ta'kidlash joizki, Stefan Lyoven mamlakat tarixida ishonchsizlik votumini olgan birinchi bosh vazir bo'ldi. Hindiston so'nggi oylarda hududdagi pozitsiyani mustahkamlash maqsadida kamida 50 ming qo'shimcha qo'shinni Xitoy bilan chegara hududiga joylashtirdi. Bu haqda TASS Mint'ga tayanib xabar bermoqda. Mamlakat mudofaa vazirligi uchta chegara hududiga qo'shinlar va havo kuchlari qismlarini joylashtirgan. Hozirda u yerda 200 mingga yaqin harbiy bor, bu o'tgan yilga nisbatan 40 foizga ko'p. Ta'kidlanishicha, XXR, shuningdek, Himoloy tog' etaklari Hindiston bilan chegaradagi bahsli hududlarni qo'riqlash uchun qo'shimcha kuchlarni yuborgan. Manbalarda aytilishicha, Xitoy chegaraoldi hududlarda bunkerlar va aerodromlar barpo etmoqda. — TASS . Foto: Sergey Bobыlev/TASS Shaharning ko'plab ko'chalarini suv bosgan. «Yasenevo» metro stansiyasini suv bosgani sababli Kalujsko-Rijskaya liniyasi qismida poyezdlar harakati to'xtatildi. Shuningdek, Filevskaya yo'nalishida poyezdlar harakati Kiyevskayadan Kunsevskaya yer osti qismida to'xtatilgan. Ostankino telemarkazining birinchi qavatiga ham suv kelgan. Moskvadagi transformatorlarning biriga chaqmoq urgani sababli, shaharning bir qismi elektr ta'minotisiz qoldi. Shaharning ba'zi tumanlarida oylik yog'ingarchilik me'yorining 70 foizi bir necha soat ichida tushganligi ta'kidlanmoqda. — Meduza . Avvalroq Qrim sharqida kuchli yomg'irlar yoqqan edi . Natijada, taxminan 40 ming kishi elektr ta'minotisiz, 20 mingga yaqin odam suvsiz qolgan edi. Shuningdek, 300 dan ortiq uy suv ostida qolgandi. Afg'oniston armiyasining 17 kishidan iborat guruhi Balx viloyatidagi «Tolibon» bilan qurolli to'qnashuvdan so'ng chekinib, Tojikiston bilan chegaradagi Shahritus postidan o'tgan. Ta'kidlanishicha, mamlakat chegarachilari «insonparvarlik va yaxshi qo'shnichilik tuyg'usidan» afg'on harbiylarini o'z hududlariga kiritishgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 27 iyun kuni «Tolibon»ning qurollangan otryadi Balx viloyati Kaldor tumani Chukchuk qishlog'idagi chegara punktiga hujum qilgan. TASSning yozishicha, xududda hali ham keskin vaziyat mavjud, toliblar va hukumat kuchlari o'rtasida janglar davom etmoqda. — TASS . Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Tojikistonga Afg'oniston bilan chegaradagi vaziyat munosabati bilan o'z tarafidan so'raladigan kerakli yordamni taqdim etadi, deya yozmoqda RIA Novosti. «Hozirga qadar Tojikiston bu masalada KXSHTga murojaat qilmagan», dedi tashkilot matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov nashrga. Shuningdek:
|
world
|
Olimpiya o'yinlarining ochilishi ikki haftadan kam vaqt o'tishi kerak bo'lgan Yaponiya poytaxti Tokioda koronavirus bo'yicha favqulodda vaziyat 12 iyuldan 22 avgustgacha joriy etiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti NHK kanali ma'lumotlariga tayanib. Bundan tashqari, Okinavadagi favqulodda rejim va yana to'rtta prefektura — Osaka, Sayta, Chiba va Kanagavada kuchaytirilgan choralar rejimi ushbu muddatga uzaytirilmoqda. Favqulodda rejim paytida restoran va barlarda alkogolli ichimliklar sotilishi yana cheklanadi, deya taxmin qilinmoqda. Shuningdek, karaoke xizmatiga taqiq qo'yiladi. Bundan tashqari, rasmiylar aholini yozgi ta'til va o'lganlarni xotirlash Obon kuni paytida hududlar bo'ylab sayoxat qilmaslikka chaqiradilar. Yakuniy qaror payshanba kuni kechqurun bo'lib o'tadigan yig'ilish paytida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, payshanba kuni tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko'rib chiqish zarurligi to'g'risida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Xalqaro paralimpiya qo'mitasi, Tokio rasmiylari, Yaponiya hukumati va Tokio o'yinlari tashkiliy qo'mitasining besh tomonlama yig'ilishi rejalashtirilgan. Hozirda ma'lum bir arenadagi o'rindiqlar sonining 50 foizigacha, ammo 10 ming kishidan oshmasligi belgilangan. Paralimpiya o'yinlari tomoshabinlari to'g'risida qaror 16 iyulgacha qabul qilinadi.
|
world
|
Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) Afg'oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berishni iltimos qildi. 7 iyul kuni tashkilotning doimiy kengashi yig'ilishida Tojikistonning KXSHTdagi doimiy va muxtor vakili Xasan Sultonov tegishli bayonot bilan chiqdi. «Tojikiston, Afg'oniston bilan eng katta masofadagi chegaraga ega mamlakat sifatida, vaziyatni jilovlash va ushbu mamlakatdan kelib chiqadigan tahdid va muammolarga qarshi kurashish uchun zarur choralarni ko'rmoqda. Ammo, mintaqadagi mavjud vaziyatni, shuningdek, Afg'oniston bilan chegaraning ayrim uchastkalari uzoq tog'li hududlarda joylashganligini hisobga olsak, bu vazifani uddalash qiyindek tuyuladi», — dedi u. «Ushbu holatlar bizdan KXSHT doirasida adekvat javob qaytarishni, shu jumladan janubiy chegaralarni himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirish bo'yicha choralarni ko'rishni talab qiladi», — deya qo'shimcha qildi Hasan Sultonov. — Shu nuqtai nazardan, Kollektiv xavfsizlik kengashining (XKM) 2013 yil 23 sentyabrdagi «Tojikiston Respublikasiga tojik-afg'on chegarasini mustahkamlashda yordam ko'rsatish to'g'risida» gi qarorining bajarilishini ta'minlash zaruriyati dolzarb bo'lib qolmoqda. Shuning uchun biz tashkilotga a'zo davlatlarni ushbu hujjatning to'liq amalga oshirilishiga hissa qo'shishga chaqirmoqchimiz". Tojikistonning KXSHTdagi doimiy vakili, shuningdek, so'nggi ikki hafta ichida Afg'oniston hukumat kuchlarining 1500 ga yaqin harbiy xizmatchilari Tojikiston hududiga o'tganligi haqida to'xtalib o'tdi. «Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziriga Tojikiston va Afg'oniston o'rtasidagi chegarani yanada mustahkamlash uchun 20 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilarni safarbar etish topshirildi», — dedi Xasan Sultonov. Avvalroq, KXSHT Afg'oniston bilan chegaradagi vaziyati tufayli o'z murojaatida Tojikistonni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgandi. «Tojikiston KXSHTga murojaat qilgan taqdirda, kollektiv xavfsizlik shartnomasi va KXSHT nizomida nazarda tutilgan barcha zarur yordam ko'rsatiladi: bu siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam bo'lishi mumkin», — degan edi tashkilotning matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov (RIA Novosti tomonidan iqtibos keltirilgan). Afg'onistonda hukumat kuchlari va Tolibon to'qnashuvi davom etmoqda. Vaziyat AQSh sentabr oyigacha NATO qo'shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e'lon qilganidan keyin keskinlashdi. Bloomberg avval «Tolibon» Afg'onistondagi 400 ta tumanining yarmini nazorat qilayotgani haqida yozgan edi.
|
world
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.